Mualliflar

  • Qurvonaliyev Jasurbek Qodirjon o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.120020

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: korrupsiya huquqiy ong huquqiy madaniyat turlari manfaatlar to‘qnashuvi shaxsiy manfaatdorlik.

Annotasiya

Annotatsiya.  Mazkur  maqola  orqali  jamiyatdagi  korrupsiyaviy  omillar, 
korrupsiyaga  qarshi  kurashishda  mamlakatimiz  aholisining  ahamiyati,  korrupsiyaga 
qarshi  murosasiz  kurash  olib  borishda  huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyatni 
yuksaltirish chora-tadbirlari haqida yoritilgan. 


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

208

AHOLINING HUQUQIY ONGI VA HUQUQIY MADANIYATINI

YUKSALTIRISH – KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING

MUHIM OMILI SIFATIDA

Qurvonaliyev Jasurbek Qodirjon o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

“70420116 – Moliyaviy-huquqiy monitoring” mutaxassisligi magistranti

Annotatsiya.

Mazkur maqola orqali jamiyatdagi korrupsiyaviy omillar,

korrupsiyaga qarshi kurashishda mamlakatimiz aholisining ahamiyati, korrupsiyaga
qarshi murosasiz kurash olib borishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish chora-tadbirlari haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

korrupsiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat turlari, manfaatlar

to‘qnashuvi, shaxsiy manfaatdorlik.


Bugungi kunga kelib, xalqaro iqtisodiyotga korrupsiyaga oid jinoyatlarning sodir

etilishi oqibatida yetkazilayotgan zararning tobora ortib borayotgani natijasida
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yanada keng tadqiq etilishi, ayniqsa, dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.

BMT Bosh kotibi A.Gutterish tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga asosan, jahon

hamjamiyatida har yili 1 trillion AQSH dollari hajmida pora berish va olish holatlari
sodir etiladi. Dunyo iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion AQSH dollaridan
ortiq mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizini tashkil etadi

1

.

B.Xodjayevning fikricha esa, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish

sohasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq
hisoblanadi

2

:

Birinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashning preventiv choralari

samaradorligiga erishish. Mazkur yo‘nalishga ko‘ra, korrupsiyani oldini olishning
nazariy poydevori “ta’lim, xabardorlik va targ‘ibot” (Education, Awareness and
Advocacy) tamoyillariga asoslanib, amaliy tomondan esa “samaradorlik, shaffoflik va
hisobdorlik” (effectiveness, transparency, accountability) tamoyillari asosida aniq
davlat siyosatini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada davlat siyosati dunyoda (xususan,
Singapurda) “one size fits all” (“barcha uchun bir xil mezon”) modeli asosida ishlab
chiqilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali
institutsional tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy ta’minlab

1

Corruption is costing the global economy $3.6 trillion dollars every year” 2018. [Электрон манба]. URL:

https://www.weforum.org/agenda/2018/12/theglobal-economy-loses-3-6-trillion-to-corruption-each-year

2

http://uza.uz/oz/programs/korruptsiya-zhamiyat-kushandasi/zbekiston-korruptsiyaga-arshiandaykurashmo-da-17-01-

2019/168


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

209

turilishi, muntazam monitoring faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi
ko‘rsatilish lozim.

Ikkinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida

intergatsiyalashgan yondashuvni qo‘llash. Bunda davlat organlarining fuqarolik
jamiyatining barcha institutlari bilan hamjihat faol harakatini ta’minlash, shuningdek,
korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Bu borada
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga erishishga
to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri – aniq statistika va maqbul dalillarga asoslangan
ma’lumotga tayangan holda ish olib borish tizimining mavjud emasligi hisoblanadi.

Uchinchi yo‘nalish – jamiyatning har bir sohasida, xususan, tadbirkorlik, ta’lim,

sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish,
korrupsiya bilan bog‘liq ayrim hattiharakatlarni kriminalizatsiyalash hamda xalqaro
standartlarni to‘liq va to‘g‘ri qo‘llash. Bu borada xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan
“noqonuniy boylik orttirish”, “uchinchi shaxslarning moddiy manfaatlarini ko‘zlab
ta’magirlik qilish” kabi hatti-harakatlarni kriminalizatsiya qilish masalalarini ko‘rib
chiqish vaqti keldi, deb o‘ylaymiz.

To‘rtinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturining

bajarilishi. Bu borada monitoring jarayonida samarali huquqiy mexanizmning yetarli
emasligi, davlat xizmatchilarining etika qoidalariga rioya qilish darajasining pastligi,
davlat organlari faoliyati ochiqligi tamoyilining amalda nomigagina ishlayotganligi
kabi masalalar hal qilinishi lozim.

Va nihoyat, beshinchi yo‘nalish – korrupsiyaga qarshi kurashishning amonaviy

tendensiyalaridan kelib chiqib amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish.
Zamonaviy tendensiyaga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish uch bosqichda amalga
oshiriladi: birinchi bosqich – jamiyat a’zolari faolishtirokini kuchaytirish uchun
ma’lumotlarni erkin olish imkoniyatini yaratish; ikkinchi bosqich – yangi
texnologiyalardan foydalangan holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish va
oldini olish; uchinchi bosqich – korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va bartaraf
etishda jamoyatchilik ishtirokini ta’minlashning aniq tizimining amalda ishlashi.

Huquqiy ong bu – qonunga, davlat organlari faoliyatiga, shuningdek, shaxslarning

huquqiy tartibga solish sohasida sodir etilgan harakatlariga munosabatni ifodalovchi
g‘oyalar, his-tuyg‘ular yig‘indisidir. Huquqiy ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi
o'ziga xosligi uning odamlarning ijtimoiy va individual hayotining intellektual ifodasi
ekanligida namoyon bo'ladi. Huquqiy ong huquq tizimining quyidagi elementlari bilan
chambarchas bog’liq: huquqiy normalar, huquqiy tamoyillar, huquqiy munosabatlar,
huquq ijodkorligi jarayonlari va boshqalar.

Huquqiy madaniyat – huquqiy ongni amalga oshirish. Boshqacha qilib aytganda,

huquqiy madaniyat – bu huquq ijodkorligi faoliyati natijalarida qonunlarning sifati va


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

210

asosliligi, huquqni qo’llash jarayonida huquqni muhofaza qilish va huquqni muhofaza
qilish organlari xodimlarining xulq-atvor madaniyati ifodalangan obyektivlashtirilgan
huquqiy ongdir, yuridik institutlarning sud, prokuratura va boshqalar faoliyatida,
shuningdek, oddiy fuqarolarning xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi.

Huquqiy madaniyatning turlari uning tashuvchisiga qarab ajratiladi:
1) Jamiyatning huquqiy madaniyati;
2) Guruhning huquqiy madaniyati;
3) Shaxsning huquqiy madaniyati.
Jamiyatning huquqiy madaniyati deganda butun jamiyatning huquqiy faolligi va

ong darajasini bildiruvchi umumiy madaniyatning ma’lum bir qismi. Keng ma’noda
jamiyatning huquqiy madaniyatini ma'lum bir davr uchun to'plangan barcha huquqiy
bilim va tajribalar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.

Jamiyat

huquqiy

madaniyatining

rivojlanish

darajasini

ko‘rsatuvchi

ko‘rsatkichlar:

– qonunchilikning rivojlanish darajasi;

huquqiy normalarni talqin qilish sifati;

– aholining huquqiy faoliyati;

huquqiy bilimlarga talab darajasi va mavjudligi;

– huquq normalarida umuminsoniy va milliy tamoyillarning o'zaro bog‘liqligi;
– qonun hujjatlari talablariga subyektlar tomonidan rioya qilish darajasi;
– ijtimoiy guruhning huquqiy madaniyati - bu ma’lum bir ijtimoiy guruhning

huquqiy ongi va huquqiy xulq-atvori darajasining holati.

O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi

Qonunining 16-moddasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
ustuvor vazifa etib belgilangan. Buning uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar
korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi, shu jumladan, korrupsiyaga
qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy
tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy
adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlarni ko‘radi.

Qonunchilikda davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy

savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, davlat organlari va
boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan,
huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishi majburiy
etib belgilangan. Misol sifatida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

211

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan Davlat
dasturida korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan
biri ekanligini aholi va davlat xizmatchilari ongiga singdirish alohida vazifa sifatida
belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida

(2017-yil 22-dekabr) bugungi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmagani
ta’kidlagan edi. Bu NNT tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini
xolisona baholashga xalaqit bermoqda. Shundan kelib chiqib, davlat va jamiyat
boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan va amaliy
mexanizmlarini joriy etish maqsadida, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni
qabul qilish zarur ekanligini qayd qilgan edi

3

66. Shu ko‘rsatmaga asosan, 2018 yil 12

aprelda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunda
jamoatchilik nazoratining subyektlari (kimlar nazoratda ishtirok etishi); jamoatchilik
nazoratining obyektlari (kimlar va nimalar nazorat qilinishi); jamoatchilik nazoratining
asosiy prinsiplari; jamoatchilik nazoratining shakllari belgilab qo‘yildi. Avvalgi
bandlarda qayd qilinganidek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va NNT
jamoatchilik nazoratining subyektlari qatoriga kiritildi.

Huquqiy jamiyatda bosqichma-bosqich shakllanib boradigan shaxsning

ehtiyojlari va manfaatlarini maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, qonun
ustuvorligini va qonuniylikni mustahkamlashning samarali vositalaridan biri sifatida
ushbu tadbirlar orasida huquqiy madaniyat va huquqiy ong, huquqiy ta'lim alohida o'rin
tutishi kerak. Shunday qilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish jamiyat a’zolari ijtimoiy-siyosiy faolligining oshishiga, jamiyatdagi
islohotlarga ularning daxldorlik tuyg‘usi rivojlanishiga va turli huquqbuzarlik
holatlarining bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning

chinakam mustaqilligini ta'minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”giPF-6127-son Farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O’zbekiston

Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlarito‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni

3

Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. – T.: “O‘zbekiston”, 2018

y. – b. 103-104.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

44-to’plam_2-qism_Iyun-2025

212

3. O’zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi “Normativ-huquqiy

hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi
O’RQ-860-sonli Qonuni

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga

qarshi murosasiz munosabatda bo’lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat
boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik
ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF–6257-sonli Farmoni

5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat
organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-200-sonli Farmoni.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga

qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g'risida” gi PQ-5177-son Qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022-2026–yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to'g'risida”gi PF-60-sonli Farmoni.

8. Axrarov B.J. Boshqaruvi tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari uchun

javobgarlik muammolari: yurid. fan.dokt. ...dissertatsiya. – T., 2008 – B.143-146.

10. Бухарина Н.П. Коррупция в образовательных организациях: понятие и

признаки // Актуальные проблемы российского права. - 2016. -№ 12. - С. 144.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning

chinakam mustaqilligini ta'minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish

samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”giPF-6127-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O’zbekiston

Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlarito‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni

O’zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi “Normativ-huquqiy

hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi

O’RQ-860-sonli Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga

qarshi murosasiz munosabatda bo’lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat

boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik

ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF–6257-sonli Farmoni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat

organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini

oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-200-sonli Farmoni.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga

qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar

to'g'risida” gi PQ-5177-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022-2026–yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to'g'risida”gi PF-60-sonli Farmoni.

Axrarov B.J. Boshqaruvi tartibiga qarshi mansabdorlik jinoyatlari uchun

javobgarlik muammolari: yurid. fan.dokt. ...dissertatsiya. – T., 2008 – B.143-146.

Бухарина Н.П. Коррупция в образовательных организациях: понятие и

признаки // Актуальные проблемы российского права. - 2016. -№ 12. - С. 144.