Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
200
SOYA NAVLARI URUG‘LARINING LABORATORIYA
SHAROITIDAGI UNUVCHANLIGIGA BIOSTIMULYATORLAR
QO‘LLASHNING TA’SIRI
Iminov Abduvali Abdumannobovich
1
,
Bo‘riboyev Bekzod Yetmish o‘g‘li
2
1
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor,
Toshkent Davlat Agrar Universiteti
2
Tayanch doktorant, O‘simliklar genetik resurslari
ilmiy-tadqiqot instituti bekzod9225@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur ilmiy maqolada soyaning “Nafis” va “Vilana” navlari
urug‘larining laboratoriya sharoitidagi unish quvvati hamda unuvchanligiga turli
biostimulyatorlarning ta’siriga oid ma’lumotlar keltirilgan. Soya navlari urug‘lariga
biostimulyatorlar bilan ishlov berilishi ularning unish quvvati va unuvchanligiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatib, “Yer malhami” biopreparati va “Fitovak” biostimulyatori
qo‘llanilganda unuvchanlik 98-100 foizni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan 3-4
foizga yuqori bo‘lishini ta’minladi. “Uz gumin” biostimulyatori qo‘llanilganda esa
urug‘larning laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi 97-98 foizni tashkil etganligi
aniqlandi.
Kalit so‘zlar.
Soya, biostimulyator, biopreparat, Uz gumin, Fitovak, Yer
malhami, soyaning Nafis va Vilana navlari, unib chiqish quvvati, unuvchanlik.
ВЛИЯНИЕ ПРИМЕНЕНИЯ БИОСТИМУЛЯТОРОВ НА ВСХОЖЕСТЬ
СЕМЯН СОРТОВ СОИ В ЛАБОРАТОРНЫХ УСЛОВИЯХ
Аннотация.
В данной научной статье приведены сведения о влиянии
различных биостимуляторов на энергию прорастания и всхожесть семян сортов
сои «Нафис» и «Вилана» в лабораторных условиях. Обработка семян сои
биостимуляторами оказала положительное влияние на их энергию прорастания
и всхожесть: при применении биопрепарата «Ер малхами» и биостимулятора
«Фитовак» всхожесть составила 98–100 %, что на 3-4 % выше по сравнению с
контрольным вариантом. При использовании биостимулятора «Уз гумин»
лабораторная всхожесть семян составила 97-98 %.
Ключевые слова.
соя, биостимулятор, биопрепарат, Уз гумин, Фитовак,
Ер малхами, сорта сои Нафис и Вилана, энергия прорастания, всхожесть.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
201
THE EFFECT OF BIOSTIMULANT APPLICATION ON THE GERMINATION
OF SOYBEAN VARIETIES UNDER LABORATORY CONDITIONS
Abstract.
This scientific article presents data on the effect of various
biostimulants on the germination energy and seed germination of soybean varieties
“Nafis” and “Vilana” under laboratory conditions. Treatment of soybean seeds with
biostimulants had a positive effect on both germination energy and germination rate.
When the biopreparation “Yer malhami” and the biostimulant “Fitovak” were applied,
the germination rate reached 98-100%, which was 3-4% higher compared to the control
variant. It was also found that the use of the biostimulant “Uz Gumin” ensured seed
germination in laboratory conditions at the level of 97-98%.
Keywords.
Soybean, Biostimulant, Biopreparation, Uz Gumin, Fitovak, Yer
malhami, Nafis and Vilana Soybean varieties, germination energy, seed germination.
Kirish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxini pasaytirish va yalpi
ko‘rsatkichlarni oshirishning samarali usullaridan biri biologik faol moddalar va
mikroelementlarni keng qo‘llashdir. Urug‘laruf ekish oldidan ishlov berish va turli
rivojlanish davrlarida bargi orqali oziqlantirish o‘simliklarning mahsuldorligini
oshirish, urug‘larning sifatini yaxshilash va urug‘larning ularning xususiyatlarini
rivojlantirish mumkin. Ushbu usullar, vegetatsiya davrida o‘simliklarning fiziologik
jarayonlarini faollashtirib, noqulay sharoitlarga moslashish qobiliyatini oshiradi,
shuningdek, o‘simlik mahsuldorligini barqarorlashtirib, mahsulot sifatini yaxshilash
imkonini beradi
[8].
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Laboratoriya sharoitda urug‘larning
unuvchanligi dala sharoitidagi unuvchanlikka nisbatan doim yuqori bo‘ladi. Buning
asosiy sabablaridan biri urug‘larning unib chiqishi uchun laboratoriya sharoitida
maqbul sharoitlar (issiqlik, namlik va havo) yaratiladi. Urug‘larning dala sharoitidagi
unuvchanligiga turli hil omillar ta’sir qiladi. Shu boisdan urug‘larning laboratoriya
sharoitidagi unuvchanligi aniqlanib, tozaligiga bog‘liq holda ularni ekish uchun
yaroqliligi belgilanadi. Soya ekinidan yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida yig‘ishtirib
olish ham urug‘larning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi [2].
Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra,
bentonit gillari bilan qoplangan soya urug‘larining unuvchanligi GOST 12038-84
talablariga muvofiq baholangan, soyaning “Arleta” va “Nafis” navlariga bentonit
gillari bilan ishlov berilganda urug‘larning unib chiqish energiyasini 9–10 %,
unuvchanligini 8–10 %, ildiz uzunligini esa 2,4–2,6 sm ga oshirganligi aniqlangan [1].
Takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan soya ekini urug‘larini ekish oldidan
nitragin bilan ishlov berish va mineral o‘g‘itlarni maqbul me’yorlarda qo‘llash, nitragin
bilan ishlov berilmagan variantlarga nisbatan soya o‘simliklarining nobud bo‘lishini
0,5-1,5 % ga kamayganligi aniqlangan [9].
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
202
Tadqiqot o‘tkazish sharoiti va uslublari.
Dala tajribalari Toshkent davlat agrar
universitetining o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligi dalalarida olib borildi. Tajriba xo‘jaligi
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Chirchiq daryosining o‘ng sohili, dengiz sathidan
550-570 metr balandlikda joylashgan.
Tajriba xo‘jaligining tuprog‘i qadimdan sug‘orib kelinadigan tipik bo‘z tuproq.
Tajriba 20 variantni o‘z ichiga olib, har bir variant 4 qatorda joylashtirilgan va
soya qator oralig‘i 70 sm, tajriba variantining maydoni 70 m
2
, eni 2,8 m, bo‘yi 25 m,
shundan hisobga olinadigan maydon 35 m
2
va umumiy maydoni 4200 m
2
ni tashkil
qilib, variantlar rendomizasiya usulida 3 qaytariqda joylashtirildi.
Tadqiqotlar dala va laboratoriya sharoitida olib borilib, “Dala tajribalarini
o‘tkazish uslublari” (O‘zPITI), [3], “Metodika polevogo opita” (B.Dospexov), [6],
“Metodika Gosudarstvennogo sortoispitaniya selskoxozyaystvennix kultur” [4],
“Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix issledovaniy pochvi Sredney Azii”,
tuganaklar soni va vaznini aniqlashda G.S.Posipanov [7] uslublaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari.
Ma’lumki, urug‘ning unishi o‘simlik hayot siklining
dastlabki bosqichi bo‘lib, u harakatsiz quruq urug‘ning suvni shimishi bilan boshlanadi
va radikulaning (ildizchaning) urug‘ qobig‘idan chiqishi bilan yakunlanadi [9].
Soyaning “Nafis” va “Vilana” navlari urug‘larini laboratoriya sharoitidagi unib
chiqish quvvati va unuvchanligiga biostimulyatorlar qo‘llanilishi ijobiy ijobiy ta’sir
ko‘rsatganligi aniqlandi (1-jadval).
Tadqiqotlarimizda “Uz gumin” (300 ml/t) va “Fitovak” (200 ml/t)
biostimulyatorlari hamda “Yer malhami” (2,0 l/t) biopreparati soyaning “Nafis” va
“Vilana” navlari urug‘lariga qo‘llanildi. Nazorat variantlari sifatida hech qanday
bioperparatlar bilan ishlov berilmagan urug‘lar tanlandi.
Soyaning “Nafis” navida urug‘larni laboratoriya sharoitidagi unib chiqish
quvvati va unuvchanligi aniqlash bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, nazorat
variantida urug‘larning unib chiqish quvvati 2022 yilda 91%, 2023 yilda 89% va 2024
yilda esa 90% ni tashkil qilganligi aniqlandi. Biostimulyatorlar qo‘llangan variantlarda
esa bu ko‘rsatgichlar yuqoriroq bo‘lganligi aniqlandi. “Uz gumin” biostmulyator 300
ml/t me’yorda ishlov berilgan variantda 2022 va 2023 yillarda 93 % 2024 yilda 92 %
ni tashkil etib nazorat variantiga nisbatan tajriba yillari bo‘yicha mos ravishda 2 %, 4
% va 2 % ga yuqori bo‘lganligi kuzatildi. “Fitovak” biostimulyatori 200 ml/t me’yorda
qo‘llanilgan variantda esa unib chiqish quvvati 2022 yilda 93 %, 2023 va 2024 yillarda
94 % (nazorat variantiga nisbatan tajriba yillari bo‘yicha mos ravishda 2 %, 5 % va 4
% ga yuqori) ni tashkil etganligi aniqlandi. “Yer malhami” bioperiparati 2,0 l/t
me’yorda urug‘ga qo‘llanilgan variantda esa unib chiqish quvvati 2022 va 2023
yillarda 94 %, 2024 yilda 95 % bo‘lganligi aniqlandi, bu esa nazorat variantiga nisbatan
har yili unib chiqish quvvati 3% dan 5% gacha yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Ayniqsa,
qo‘llanilgan bisotmulyatorlar ichda “Yer malhami” ning ijobiy ta’siri aniq ko‘zga
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
203
tashlanib, har yili yuqori va barqaror natijalar qayd etganligi lobaratoriya tatqiqot
natijalarida kuzatildi.
Urug‘larni laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi bo‘yicha olingan
ma’lumotlarga ko‘ra, hech qanday biostmulyator qo‘llanilmagan nazorat variantida
urug‘larning unuvchanligi 2022 yilda 94 %, 2023 yilda 95 % va 2024 yilda 96 % ni
tashkil etgan bo‘lsa, biostmulyatorlar bilan ishlov berilgan variantlarda yuqoriroq
ko‘rsatgichlar qayd etildi.
“Uz gumin” stimulyatori 300 ml/t me’yorda qo‘llanilgan variantda 2022 va 2023
yillarda 97 % va 2024 yilda 98 % (har yili nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 3
%, 2 % va 2 %) urug‘lar ungan bo‘lsa, “Fitovak” stimulyatori 200 ml/t me’yorda
qo‘llanilgan variantda 2022 yilda 98 %, 2023 yilda 99 % va 2024 yilda 98 % (ya’ni
nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 4 %, 4 %, 2 % ga yuqori) ni tashkil etganligi
aniqlandi. “Yer malhami” biopreparati 2,0 l/t me’yorda qo‘llangan variantda esa 2022
yilda 99 %, 2023 yilda 98 % va 2024 yilda 100 % urug‘lar unib chiqqanligi aniqlandi.
Bu esa unuvchanlik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgichlarga erishishni ta’minladi.
Soyaning “Vilana” navida urug‘larni laboratoriya sharoitidagi unib chiqish
quvvati va unuvchanligi aniqlash bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, nazorat
variantida urug‘larning unib chiqish quvvati 2022 yilda 90%, 2023 yilda 88% va 2024
yilda esa 90% ni tashkil qilganligi aniqlandi. “Vilana” navida ham biostimulyatorlar
qo‘llangan variantlarda bu ko‘rsatgichlar yuqoriroq bo‘lganligi aniqlandi. “Uz gumin”
biostmulyator 300 ml/t me’yorda ishlov berilgan variantda 2022 va 2023 yillarda 92 %
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
204
2024 yilda 91 % ni tashkil etib nazorat variantiga nisbatan tajriba yillari bo‘yicha mos
ravishda 2 %, 4 % va 1 % ga yuqori bo‘lganligi kuzatildi. “Fitovak” biostimulyatori
200 ml/t me’yorda qo‘llanilgan variantda esa unib chiqish quvvati 2022 va 2023
yillarda 94 %, 2024 yilda 93 % (nazorat variantiga nisbatan tajriba yillari bo‘yicha mos
ravishda 4 %, 6 % va 3 % ga yuqori) ni tashkil etganligi aniqlandi. “Yer malhami”
bioperiparati 2,0 l/t me’yorda urug‘ga qo‘llanilgan variantda esa unib chiqish quvvati
barcha tajriba variantlarida 94 % bo‘lganligi aniqlandi, bu esa nazorat variantiga
nisbatan har yili unib chiqish quvvati 4 % dan 6 % gacha yuqori bo‘lganligi aniqlandi.
Ayniqsa, qo‘llanilgan bisotmulyatorlar ichda “Yer malhami” ning ijobiy ta’siri aniq
ko‘zga tashlanib, har yili yuqori va barqaror natijalar qayd etganligi lobaratoriya
tatqiqot natijalarida kuzatildi.
Soyaning “Vilana” navi urug‘larini laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi
bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hech qanday biostmulyator qo‘llanilmagan
nazorat variantida urug‘larning unuvchanligi 2022 va 2023 yillarda 94 %, 2024 yilda
esa 96 % ni tashkil etgan bo‘lsa, biostmulyatorlar bilan ishlov berilgan variantlarda
yuqoriroq ko‘rsatgichlar qayd etildi. “Uz gumin” stimulyatori 300 ml/t me’yorda
qo‘llanilgan variantda 2022 yilda 98 %, 2023 yilda 97 % va 2024 yilda 98 % (har yili
nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 2 %, 4 % va 2 %) urug‘lar ungan bo‘lsa,
“Fitovak” stimulyatori 200 ml/t me’yorda qo‘llanilgan variantda 2022 yilda 99 %, 2023
yilda 100 % va 2024 yilda 98 % (ya’ni nazorat variantiga nisbatan mos ravishda 5 %,
6 %, 2 % ga yuqori) ni tashkil etganligi aniqlandi. “Yer malhami” biopreparati 2,0 l/t
me’yorda qo‘llangan variantda barcha yillarda 100 % urug‘lar unib chiqqanligi
aniqlandi. Bu esa unuvchanlik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatgichlarga erishishni
ta’minladi.
Xulosa.
Soyaning “Nafis” va “Vilana” navlari urug‘lariga ekish oldidan “Uz
gumin” (300 ml/t), “Fitovak” (200 ml/t) biostimulyatorlari va “Yer malhami” (2,0 l/t)
biopreparati bilan ishlov berilishi urug‘larning unish quvvati va unuvchanligiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatib, “Yer malhami” biopreparati va “Fitovak” biostimulyatori
qo‘llanilganda unuvchanlik 98-100 foizni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan 3-4
foizga yuqori bo‘lishini ta’minladi. “Uz gumin” biostimulyatori qo‘llanilganda esa
urug‘larning laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi 97-98 foizni tashkil etganligi
aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. D.N.Qo‘ziyev., “Bentonit loyqasi ishlov berilgan soya bonini laboratoriya
unuvchanlik darajasi” Academic Research in Modern science International scientific-
online conference B-77-81.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_2-qism_Iyun-2025
205
2. Tuygunov.N.B, Ibragimov F.Y., “Laboratoriya Determination of Seed
Germination of Soybean Samples” Intersections of Faith and Culture: AMERICAN
Journal of Religious and Cultural Studies,
Volume 2, Issue6, 2024 ISSN (E):2993-2599
3. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Tashkent, O‘zPITI, 2007, B.125-131.
4.
Metodika
gosudarstvennogo
sortoispыtaniya
selskxozyaystvennqx
nauk.Vыp.2, Moskva, 1989, B.194.
5. Podvarko A.T., Ryabchinskaya T.A., Kudryavsev N.A., Zlotnikov A.K.,
Zlotnikov K.M. Vliyanie biopreparata Albit na ustoychivost selskoxozyaystvennix
rasteniy k vreditelyam.J.Vladimirskiy Zemledeles. Rossiy, 2017. №1(79). S.29-32.
6. Dospexov B.A.-Metodika polevogo opita, M.Kolos, 1985, S.249-251.
7. Posipanov G.S. –Metodi izucheniya biologicheskoy fiksatsii azota vozduxa,
M.Agropromizdat. 1991, S.27-30.
8. Ramis N. Saniev, Alexey V. Vasin, N.V. Vasina, Anatoly N. Prosandeev and
Elena S. Makarova International Scientific-Practical Conference “Agriculture and
Food Security: Technology, Innovation, Markets, Human Resources”. 2020. B. 1-9.
9. Volume179, Issue 6, December 2010, PaGES 574-581.
10. https://www.researchgate.net/publication/347522517.