Mualliflar

  • Raxmonov Ulug‘bek Karimovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.trtteztro.131917

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Bayram ertaliklar tarbiyachi nafaqat musiqa raqs ko‘nikmalar jamoaviy hamkorlik ijodiy fikrlash emotsional izhor estetik.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqola musiqa ta’limi orqali bo‘lajak trabiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirishda bayram ertaliklarini o‘rni, bayram ertaliklari orqali tarbiyachilar nafaqat musiqa va raqs  ko‘nikmalarini o‘rganadilar, balki jamoaviy hamkorlik, ijodiy fikrlash va emotsional izhor kabi estetik kompetentlikning asosiy komponentlarini shakllantirishda, shuningdek bayram ertaliklarining tarbiyachilarning estetik salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish dolzarb va muhim hisoblanishi haqida ilmiy fikrlar yuritilgan.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

73

MUSIQA TA’LIMI ORQALI BO‘LAJAK TRABIYACHILARNING

ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA

BAYRAM ERTALIKLARINI O‘RNI

Raxmonov Ulug‘bek Karimovich

Farg‘ona davlat universiteti Sirtqi bo‘limi

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti,

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim a’lochisi

Тел.+998 90 160 79 00

Annotatsiya.

Ushbu maqola musiqa ta’limi orqali bo‘lajak trabiyachilarning

estetik kompetentligini rivojlantirishda bayram ertaliklarini o‘rni, bayram ertaliklari
orqali tarbiyachilar nafaqat musiqa va raqs ko‘nikmalarini o‘rganadilar, balki
jamoaviy hamkorlik, ijodiy fikrlash va emotsional izhor kabi estetik kompetentlikning
asosiy komponentlarini shakllantirishda, shuningdek bayram ertaliklarining
tarbiyachilarning estetik salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish
dolzarb va muhim hisoblanishi haqida ilmiy fikrlar yuritilgan.

Kalit so‘zlar.

Bayram, ertaliklar, tarbiyachi, nafaqat, musiqa, raqs, ko‘nikmalar,

jamoaviy, hamkorlik, ijodiy, fikrlash, emotsional, izhor, estetik.

Аннотация.

В статье научно обоснована роль праздничных утренников в

развитии эстетической компетентности будущих воспитателей посредством
музыкального образования. Подчёркивается, что благодаря участию в
праздничных утренниках будущие воспитатели не только осваивают навыки
музыки и танца, но и формируют ключевые компоненты эстетической
компетентности, такие как коллективное сотрудничество, креативное мышление
и эмоциональное самовыражение. Кроме того, в статье раскрыта актуальность и
значимость изучения влияния праздничных утренников на развитие
эстетического потенциала будущих воспитателей.

Ключевые слова:

праздник, утренники, воспитатель, не только, музыка,

танец, навыки, коллективный, сотрудничество, креативное, мышление,
эмоциональное, самовыражение, эстетический.

Abstract.

This article scientifically explores the role of festive morning

performances in developing the aesthetic competence of future preschool educators
through music education. It emphasizes that through participation in such events, future
educators not only acquire skills in music and dance but also develop key components
of aesthetic competence, such as collaborative teamwork, creative thinking, and
emotional expression. Furthermore, the study highlights the relevance and importance
of examining how festive performances contribute to enhancing the aesthetic potential
of future educators.


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

74

Keywords:

celebration, morning performances, educator, not only, music, dance,

skills, collective, cooperation, creative, thinking, emotional, expression, aesthetic.

Kirish

Bugungi kunda ta’lim jarayonida estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayniqsa, bo‘lajak tarbiyachilarni estetik kompetentlikka ega qilish masalasi ta’lim
tizimining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Estetik kompetentlik - bu shaxsning
san’atga, jumladan musiqaga nisbatan bilimi, his-tuyg‘u va emotsional reaksiyalari
asosida shakllanadigan ma’naviy-estetik salohiyatdir.

Musiqa ta’limi tarbiyachilarning nafaqat musiqiy bilim va ko‘nikmalarini, balki

ularning estetik his-tuyg‘ulari va emotsional tafakkurini rivojlantirishda muhim o‘rin
tutadi. Shu jumladan, bayram ertaliklari — musiqa ta’limi va estetik tarbiyani amalga
oshirishda samarali pedagogik vosita sifatida keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
jarayonlardan biridir.

Bayram ertaliklari orqali tarbiyachilar nafaqat musiqa va raqs ko‘nikmalarini

o‘rganadilar, balki jamoaviy hamkorlik, ijodiy fikrlash va emotsional izhor kabi estetik
kompetentlikning asosiy komponentlarini shakllantiradilar. Shuning uchun bayram
ertaliklarining tarbiyachilarning estetik salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni va
ahamiyatini o‘rganish dolzarb va muhim hisoblanadi.

Ushbu maqolaning maqsadi - musiqa ta’limi orqali bo‘lajak tarbiyachilarning

estetik kompetentligini rivojlantirishda bayram ertaliklarining pedagogik ahamiyatini
aniqlashdir. Maqolada bayram ertaliklarining mazmuni, ularning musiqa ta’limidagi
o‘rni, hamda estetik tarbiyaga ta’siri o‘rganiladi.

Bayram ertaliklari - bolalar va bo‘lajak tarbiyachilar uchun musiqa va estetik

tarbiyani amalga oshirishda samarali vositalardan biri hisoblanadi. Ular orqali nafaqat
musiqa bilimlari va ko‘nikmalari, balki estetik his-tuyg‘u va ma’naviy-axloqiy tarbiya
ham rivojlantiriladi. Bayram ertaliklari bolalarda va bo‘lajak tarbiyachilarda musiqaga
nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi. Musiqiy va badiiy chiqishlar orqali ularda
estetik zavq va emotsional his-tuyg‘ular uyg‘onadi. Bayram ertaliklarida turli musiqiy
o‘yinlar, raqslar, qo‘shiqlar orqali tarbiyachilar musiqa elementlarini — ritm, temp,
intonatsiyani o‘zlashtiradilar va bu ko‘nikmalarni amalda qo‘llash imkoniga ega
bo‘ladilar. Bayram dasturlarini tayyorlash va olib borish jarayonida tarbiyachilarda
ijodiy fikrlash, badiiy sahna asarini ijro etish va estetik baholash qobiliyatlari
rivojlanadi. Bayramlardagi jamoaviy chiqishlar bolalar va tarbiyachilar o‘rtasida
o‘zaro munosabatlar, hamjihatlik va ijtimoiy ko‘nikmalarni oshiradi, bu esa estetik
kompetentlikning muhim qismi sanaladi.

Adabiyotlar tahlili va metodoliyasi

Musiqiy va estetik tarbiya masalalarida ko‘plab mutaxassislar tomonidan alohida

nazariy va amaliyotga yo‘naltirilgan tadqiqotlar olib borilgan. Sh.Axmedov va


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

75

A.Qurbonovlar musiqa ta’limida estetik tarbiyaning ahamiyati va uning pedagogik
asoslari haqida batafsil yozadilar. Ularning fikricha, musiqa ta’limi nafaqat texnika va
nazariy bilimlar berish, balki talabalarning estetik tafakkurini va emotsional
salohiyatini rivojlantirish vazifasini ham o‘z ichiga oladi.

Bayram ertaliklari pedagogikada bolalarning estetik va ma’naviy rivojlanishiga

ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil sifatida tan olingan. Ushbu maqolada bayram ertaliklari
orqali musiqa va badiiy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, jamoaviy hamkorlik
va ijodiy faollikni oshirish jarayonlari yoritishdan iborat.

2021 yili F.To‘xtamurodov musiqa ta’limida interaktiv usullarni qo‘llash va

o‘yinlarning estetik kompetentlikni rivojlantirishdagi o‘rnini o‘rganib, ularning ta’lim
jarayonini qiziqarli va ta’sirchan qilishdagi ahamiyatini ko‘rsatgan. Shuningdek, 2020
yili J.Eshmurodov estetik kompetentlikni baholash murakkabligi va uning sub’ektivligi
ham qayd etiladi. Umuman olganda, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, musiqa
ta’limi va bayram ertaliklari tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirishda
bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir va ularni birgalikda qo‘llash ta’lim
samaradorligini oshiradi.

Bayram

ertaliklari

bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini

shakllantirishda va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni ma’naviy
jihatdan boy va professional pedagoglarga aylantirishda samarali pedagogik vosita
hisoblanadi. Bayram ertaliklari musiqa ta’limi orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik
kompetentligini rivojlantirishda muhim va samarali vosita hisoblanadi. Bayramlar
davomida o‘tkaziladigan musiqiy o‘yinlar, qo‘shiqlar va raqslar tarbiyachilarda
musiqaga nisbatan emotsional munosabatni kuchaytirib, ularning estetik tafakkuri va
his-tuyg‘ulari chuqurlashadi. Shuningdek, bayram ertaliklari tarbiyachilarning ijodiy
salohiyatini oshirishga, jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga hamda
estetik baholash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bu jarayonda musiqa
ta’limi va bayram ertaliklari o‘zaro uyg‘unlashib, ta’lim samaradorligini oshiradi.

Bayram ertaliklari bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini

shakllantirishda va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni ma’naviy
jihatdan boy va professional pedagoglarga aylantirishda samarali pedagogik vosita
hisoblanadi.

Natija

Bayram ertaliklari musiqa ta’limi jarayonida nafaqat bilim berish, balki estetik

kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish uchun muhim pedagogik vosita
hisoblanadi. Musiqa bilan bog‘liq bayramlar orqali bo‘lajak tarbiyachilarda musiqaga
nisbatan his-tuyg‘u va emotsional munosabatlar mustahkamlanadi. Bu jarayon
ularning estetik tafakkuri va musiqiy savodxonligini mustahkamlashga yordam beradi.
Bayram ertaliklari doirasida o‘tkaziladigan musiqiy o‘yinlar, qo‘shiqlar va raqslar
tarbiyachilarda musiqa elementlarini – ritm, temp, intonatsiya va dinamikani aniqroq


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

76

his qilish imkonini beradi. Bu esa estetik kompetentlikning asosiy jihatlaridan biri
bo‘lgan musiqiy tafakkur va emotsional tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, bayramlar tarbiyachilarda ijodiy faollikni oshirishga yordam beradi.

Ular bayram dasturlarini tayyorlash va ishtirok etish jarayonida o‘zlarining ijodiy
salohiyatini namoyon etadi, yangi musiqiy g‘oyalar va yechimlarni izlashga intilgan
holda estetik qarashlarini kengaytirishadi. Bu jarayonda ularning estetik baxolash
qobiliyati ham mustahkamlanadi.

Jamoaviy xarakterga ega bo‘lgan bayram ertaliklari tarbiyachilar o‘rtasida

hamkorlik va kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Bu
ko‘nikmalar estetik kompetentlikning ijtimoiy-emotsional komponenti sifatida
muhimdir, chunki musiqa ko‘pincha jamoaviy va umumiy hissiyotlar orqali namoyon
bo‘ladi.

Bayram ertaliklarida pedagoglarning interaktiv usullardan foydalanishi – musiqiy

o‘yinlar, rolli o‘yinlar va turli faoliyatlarni joriy etishi ta’lim jarayonini qiziqarli va
ta’sirchan qiladi. Bu esa tarbiyachilarning musiqa ta’limiga bo‘lgan qiziqishini
oshiradi va estetik kompetentlikni yanada rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.
Natijada, bayram ertaliklari nafaqat musiqa bilimlari va ko‘nikmalarini
shakllantirishda, balki estetik va ma’naviy rivojlanishda ham muhim o‘rin o‘ynaydi.
Ular bo‘lajak tarbiyachilarni nafaqat bilimli, balki his-tuyg‘u va ijodiy salohiyati
yuqori darajadagi pedagoglar qilib tarbiyalashda samarali pedagogik vosita sifatida
xizmat qiladi. Shu bilan birga, estetik kompetentlikni baholash va uni aniq mezonlar
orqali o‘lchash sohasida yanada chuqur tadqiqotlar olib borish zarurligi aniqlandi. Bu
borada pedagoglar uchun maxsus metodik qo‘llanmalar va baholash vositalari ishlab
chiqilishi ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Muhokama

Maqola natijalari musiqa ta’limi va bayram ertaliklarining bo‘lajak

tarbiyachilarning estetik kompetentligini shakllantirishda o‘zaro mustahkam
bog‘liqligini ko‘rsatdi. Bu jarayonda bayram ertaliklari nafaqat musiqiy bilim va
ko‘nikmalarni mustahkamlash, balki emotsional va ijodiy salohiyatlarni
rivojlantirishda ham muhim o‘rin o‘ynaydi. Musiqa ta’limiy o‘yinlar, qo‘shiqlar va
raqslar orqali tarbiyachilarda estetik zavq va musiqaga nisbatan ijobiy munosabatni
shakllantirishga erishildi. Bu esa ularning musiqiy faolliklariga qo‘shimcha rang va
mazmun bag‘ishlaydi.

Muhokama jarayonida aniqlandiki, bayram ertaliklari pedagogikada interaktiv

usullarning samarali vositasi sifatida xizmat qiladi. Tarbiyachilarning faol ishtirok
etishi va ijodiy yondashuvlari ularning estetik kompetentligini rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bayram ertaliklarini tashkil etishda pedagoglarning faolligi va
ularning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, xususan musiqa o‘yinlari va


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

77

interaktiv metodlardan foydalanishi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirayotgani
faoliyatda o‘z aksini topgan.

Bayram ertaliklari orqali musiqa ta’limi nafaqat estetik kompetentlikni

rivojlantirish, balki tarbiyachilarda ijodiy salohiyatni oshirish, jamoaviy hamkorlikni
kuchaytirish, emotsional va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham muhim
ahamiyatga ega. Bu pedagogik jarayonlarning kompleks va integrativ tabiatiga
muvofiqdir.

Muhokamada shuni ta’kidlash lozimki, bayram ertaliklarining ta’lim jarayonidagi

o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlash uchun pedagoglar malakasini oshirish va
ularga maxsus metodik ko‘mak ko‘rsatish muhimdir. Shuningdek, estetik
kompetentlikni baholashning aniq va samarali usullari ishlab chiqilishi ta’lim sifatini
oshirishga xizmat qiladi.

Bayram ertaliklari musiqa ta’limi jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarning estetik

kompetentligini rivojlantirishda muhim pedagogik vosita hisoblanadi. Ular orqali
tarbiyachilar nafaqat musiqiy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, balki estetik his-
tuyg‘u, ijodiy salohiyat hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
Bayram ertaliklari musiqa ta’limida interaktiv va o‘yin usullarini qo‘llash imkonini
berib, ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Bu esa bo‘lajak tarbiyachilarning
musiqiy savodxonligi va estetik tafakkurini mustahkamlashda katta o‘rin o‘ynaydi.
Bayram ertaliklarining pedagogik salohiyatini to‘laqonli amalga oshirish uchun ularni
rejalashtirish va tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
muhimdir. Bayram ertaliklari musiqa ta’limi orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik
kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishda samarali pedagogik vosita sifatida
e’tirof etiladi.

Xulosa

Ushbu maqola orqali bayram ertaliklarining musiqa ta’limi jarayonida bo‘lajak

tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati
aniqlandi. Bayram ertaliklari nafaqat musiqiy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish uchun
qulay muhit yaratib berish bilan cheklanmaydi, balki tarbiyachilarning estetik his-
tuyg‘u, emotsional reaksiyalar va ijodiy salohiyatlarini ham shakllantirishda muhim
vosita hisoblanadi.

Bayram

ertaliklari

orqali

tarbiyachilar

nafaqat

musiqiy

bilimlarni

mustahkamlaydi, balki ularning musiqiy tafakkuri, estetik baholash qobiliyati va
musiqiy ijodga bo‘lgan qiziqishlari ham sezilarli darajada rivojlanadi. Bu jarayonda
musiqa ta’limiy o‘yinlar, qo‘shiqlar, raqslar va interaktiv faoliyatlar muhim o‘rin
o‘ynaydi. Ular tarbiyachilarning emotsional va ijodiy salohiyatlarini oshirish,
jamoaviy hamkorlik va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi.

Bayram ertaliklarining pedagogik salohiyatini oshirish uchun pedagoglar

zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishi, shuningdek, ularning


background image

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

www.pedagoglar.org

45-to’plam_2-qism_Iyul-2025

78

malakasini doimiy ravishda oshirish muhimligi aniqlandi. Shu bilan birga, estetik
kompetentlikni baholashning aniq mezonlari va usullarini ishlab chiqish bo‘yicha
qo‘shimcha tadqiqotlar olib borish zarur.

Xulosa qilib aytganda, bayram ertaliklari musiqa ta’limi orqali estetik

kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda samarali pedagogik vosita bo‘lib,
bo‘lajak tarbiyachilarning nafaqat san’atga bo‘lgan munosabatini, balki umumiy
ma’naviy-estetik fazilatlarini ham rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa
ularni yuqori kasbiy va ma’naviy darajadagi mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat
qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh.Axmedov.

Musiqiy tarbiya va estetik ma’rifat.

Toshkent: 2019 yil.

O‘qituvchi nashriyoti.

2.

A.Qurbonov.

Musiqiy ta’lim metodikasi: nazariya va amaliyoti

. Samarqand:

2018 yil. Samarqand davlat universiteti nashriyoti.

3.

M.Karimova. "Bayram ertaliklarining estetik va ma’naviy rivojlanishdagi
ahamiyati". Pedagogika jurnali, 2022 yil. 4(12).

4.

B.To‘xtamurodov.

Musiqa ta’limida interaktiv usullar.

Toshkent: 2021 yil.

O‘zbekiston pedagogika akademiyasi.

5.

J.Eshmurodov. (2020). "Estetik kompetentlik va uni baholash muammolari".
Maorif va fan,2020 yil. 3(8).

6.

F.Nazarov. (2017).

Bolalarda estetik tarbiya usullari.

2017 yil. Toshkent:

O‘qituvchi nashriyoti.

7.

D.Mirzayev. "Musiqiy o‘yinlarning ta’limdagi roli". Pedagogika va psixologiya
ilmiy jurnal. 2019 yil., 5(10).

8.

S.Hamidov.

Estetik kompetentlikni shakllantirish metodlari.

Toshkent: 2021

yil. O‘zbekiston milliy universiteti.

9.

L.Abdullayeva. (2020). "Bayramlar orqali tarbiya berishning pedagogik jihatlari".
Ta’lim tizimi va innovatsiyalar. 2020 yil. 2(5)..

10.

R.Jurayev.

Musiqa ta’limi va bolalarning estetik rivojlanishi

. 2018 yil..

Samarqand: Samarqand davlat pedagogika instituti.



Bibliografik manbalar

Sh.Axmedov. Musiqiy tarbiya va estetik ma’rifat. Toshkent: 2019 yil. O‘qituvchi nashriyoti.

A.Qurbonov. Musiqiy ta’lim metodikasi: nazariya va amaliyoti. Samarqand: 2018 yil. Samarqand davlat universiteti nashriyoti.

M.Karimova. "Bayram ertaliklarining estetik va ma’naviy rivojlanishdagi ahamiyati". Pedagogika jurnali, 2022 yil. 4(12).

B.To‘xtamurodov. Musiqa ta’limida interaktiv usullar. Toshkent: 2021 yil. O‘zbekiston pedagogika akademiyasi.

J.Eshmurodov. (2020). "Estetik kompetentlik va uni baholash muammolari". Maorif va fan,2020 yil. 3(8).

F.Nazarov. (2017). Bolalarda estetik tarbiya usullari. 2017 yil. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

D.Mirzayev. "Musiqiy o‘yinlarning ta’limdagi roli". Pedagogika va psixologiya ilmiy jurnal. 2019 yil., 5(10).

S.Hamidov. Estetik kompetentlikni shakllantirish metodlari. Toshkent: 2021 yil. O‘zbekiston milliy universiteti.

L.Abdullayeva. (2020). "Bayramlar orqali tarbiya berishning pedagogik jihatlari". Ta’lim tizimi va innovatsiyalar. 2020 yil. 2(5)..

R.Jurayev. Musiqa ta’limi va bolalarning estetik rivojlanishi. 2018 yil.. Samarqand: Samarqand davlat pedagogika instituti.