Jild 45 № 2 (2025)

Jild 45 № 2 (2025)
Nashr qilingan: 08-08-2025

Maqolalar

3-5 19 8

ZAMONAVIY JAMIYATDA KITOBNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Akramjonova Muhlisa Ikromjon qizi

Anotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda kitobning o‘rni va ahamiyati har tomonlama tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda kitobning inson tafakkurini shakllantirishdagi, yosh avlod tarbiyasidagi, madaniy va ma’naviy rivojlanishdagi roli chuqur o‘rganiladi. Kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, oila va ta’lim muassasalarining bu jarayondagi ahamiyati, shuningdek, elektron va bosma kitoblar o‘rtasidagi muvozanat masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda ilmiy-nazariy yondashuvlar bilan bir qatorda amaliy tavsiyalar ham keltirilgan.

89-92 13 4

THE TRANSFORMATION OF DISCONTENT: REINTERPRETING “ANGRY YOUNG MEN” THEMES IN 21ST-CENTURY GLOBAL LITERATURE

Chinakov Abdulahad Muminjon ugli

Abstract: This extended thesis explores the evolution and reinterpretation of the mid-20th-century British "Angry Young Men" literary movement within the context of contemporary global literature. Originating in post-World War II Britain, the Angry Young Men articulated discontent with entrenched class systems, political stagnation, and the alienation of the working class. This paper examines how those foundational themes of rebellion, class conflict, and identity crisis are being revived and transformed in the 21st century by authors such as Mohsin Hamid[4], Aravind Adiga[2], Dave Eggers[3], and Ocean Vuong[6]. These modern voices adapt the core concerns of their predecessors to address global issues, including economic inequality, technological alienation, intersectional identity, and postcolonial realities. Through comparative literary analysis, the paper demonstrates how the discontent of the mid-20th century persists in reconfigured forms, resonating deeply with modern readers across diverse cultures.

6-9 10 2

ARAB TILINI CHET TILI SIFATIDA O‘RGATISHDA KOMMUNIKATIV YONDASHUV

Maksumova Inoyathon Vahidulla qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada arab tilini chet tili sifatida o‘rgatish jarayonida kommunikativ yondashuvdan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Kommunikativ metod til o‘rganuvchilarning muloqotga kirishish malakalarini shakllantirish, ularni real hayotiy vaziyatlarga moslashtirish hamda erkin fikr bildirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada arab tili darslarida nutq faoliyatining barcha turlarini uyg‘un holda rivojlantirishga qaratilgan uslublar, mashqlar va interaktiv metodlar tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba va zamonaviy didaktik tamoyillar asosida arab tilini samarali o‘rgatish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.

10-13 16 3

MA’NAVIYAT – INSON VA JAMIYAT HAYOTINING MA’NAVIY POYDEVORI

Qosimova Gulbahor Ibragimovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada ma’naviyat tushunchasining inson va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda uning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Ma’naviyatning shaxs kamolotiga, ijtimoiy muhitga va milliy qadriyatlar tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini mustahkamlash yo‘llari, davlat siyosatida ma’naviy tarbiyaning tutgan o‘rni va an’anaviy qadriyatlarning zamonaviy hayotdagi roli haqida fikr yuritiladi. Maqola orqali ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlovchi muhim jihatlar, ayniqsa, oila, ta’lim va jamoatchilikning vazifalari asoslanadi.

14-18 22 4

MINTAQA IQTISODIY TIZIMINI BARQAROR O’SISHI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY TAMOYILLARI VA TENDINSIYALARI

Tursunova Aziza Xoshimovna

Annotatsiya. Ushbu maqolada mintaqah iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solinishi uning tamoyillari, takomillashtirish usullari va mexanizmlari o’rganilgan.

19-29 22 6

MINTAQAVIY IQTISODIY TIZIMNI RIVOJLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH

Tursunova Aziza Xoshimovna

Annotatsiya: Maqolada iqtisodiy o‘sish tushunchasining mohiyati, uning turlari, iqtisodiy o‘sish sur’atiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili, iqtisodiy o‘sishga berilgan ta’riflar, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning mohiyati va zarurati tahlil qilinadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakat o‘sishining mavjud holati tahlil qilindi. Shunday qilib, ushbu maqolaning asosiy e'tibori iqtisodiy o‘sish omillarining qanchalik muhim ekanligi, ya’ni mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o‘rni va

30-33 22 5

SHAVKAT MIRZIYOYEV DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDAGI ISLOHOTLARNING SAMARALARI VA ISTIQBOLLARI

Mo‘minbayev Diyorbek Jasurbek o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqolada Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan davlat boshqaruvi islohotlarining mazmun-mohiyati, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni hamda kelajak istiqbollari tahlil qilingan. Davlat xizmatini inson manfaatlariga yo‘naltirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, raqamli boshqaruv, meritokratiya va mahalliy hokimiyat vakolatlarining kengaytirilishi orqali boshqaruv tizimi zamonaviy talablarga moslashtirilmoqda. Maqolada bu islohotlarning natijalari va ularni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

34-38 17 3

QORA BALIQ (SCHIZOTHORAX INTERMEDIUS)NING JINSIY YETILISH BOSQICHLARI VA UNDAGI YOSHGA BOG’LIQ O’ZGARUVCHANLIK

Norova Dilfuza Xolmatovna

  Annotatsiya.Mazkur ishda Navoiy viloyati Nurota tumani Shomurot chorvoq qishlog’i hududida hamda Chashma ziyoratgohidagi qora baliqning jinsiy yetilish bosqichlari va urchish mavsumining morfologik belgilari o’rganildi.  Tadqiqot davomida erkak va urg’ochi individlarning gonadlari namunasi morfologik jihatdan baholandi.

39-41 17 2

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING TASNIFI

Yo‘ldosheva Charos Ollayor qizi

Annotatsiya: Ushbu tezisda frazeologik birliklar haqida tilshunoslarning ilmiy qarashlari yoritilgan hamda ularning turlari muhokama qilingan.

42-50 19 2

KINEMATIKA. NAMANAVIY MASALA YECHIMLARI

Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna, SHomurodova SHahzoda Akbar qizi

Annotatsiya:  Ushbu qo‘llanmada kinematika bo‘limiga oid murakkab va o‘rta darajadagi masalalarning namunaviy yechimlari keltirilgan. Har bir masala bosqichma-bosqich yechilgan bo‘lib, zarur formulalar, chizmalar va fizikaviy izohlar bilan boyitilgan. Qo‘llanma abituriyentlar, o‘qituvchilar va fizika fani bilan chuqur shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu to‘plam o‘quvchilarning fizikaviy tafakkurini rivojlantirish va amaliy masalalarni mustaqil yechishga tayyorlashga xizmat qiladi.

51-58 19 4

KINEMATIK MASALA VA UNING YECHIMLARI

Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna, SHomurodova SHahzoda Akbar qizi

Annotatsiya:  Mazkur metodik qo‘llanmada kinematika bo‘yicha tanlab olingan masalalarning to‘liq, bosqichma-bosqich yechimlari bayon etilgan. Har bir yechimda fizik qonuniyatlar, tegishli formulalar va grafik tasvirlar asosida tahlil o‘tkaziladi. Qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va kollej o‘quvchilari, shuningdek, pedagoglar hamda oliy ta’limga tayyorgarlik ko‘ruvchilar uchun mo‘ljallangan.

59-65 20 5

KINEMATIKA. NAMUNAVIY MASALA YECHIMLARI VA SAVOLLAR

Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna, SHomurodova SHahzoda Akbar qizi

Annotatsiya:  Qo‘llanmada kinematikaga oid  murakkab va amaliy masalalar to‘liq yechimlari bilan keltirilgan. Har bir masala boshlang‘ich ma’lumotlar, formulalar, bosqichma-bosqich yechim hamda natija bilan to‘ldirilgan.

66-72 13 3

MOLEKULYAR FIZIKA

Kamalova Dilnavoz Ixtiyorovna, SHomurodova SHahzoda Akbar qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada molekulalarning tartibsiz harakati, ularning kinetik energiyasi va harorat bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Molekulalarning harakatlanish xususiyatlari orqali moddalarning fizik holatlari, bosim va issiqlik hodisalari tushuntiriladi. Broun harakati va diffuziya kabi hodisalarga asoslangan holda molekulyar darajadagi jarayonlar yoritilgan.

73-78 19 5

MUSIQA TA’LIMI ORQALI BO‘LAJAK TRABIYACHILARNING ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA BAYRAM ERTALIKLARINI O‘RNI

Raxmonov Ulug‘bek Karimovich

Annotatsiya. Ushbu maqola musiqa ta’limi orqali bo‘lajak trabiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirishda bayram ertaliklarini o‘rni, bayram ertaliklari orqali tarbiyachilar nafaqat musiqa va raqs  ko‘nikmalarini o‘rganadilar, balki jamoaviy hamkorlik, ijodiy fikrlash va emotsional izhor kabi estetik kompetentlikning asosiy komponentlarini shakllantirishda, shuningdek bayram ertaliklarining tarbiyachilarning estetik salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish dolzarb va muhim hisoblanishi haqida ilmiy fikrlar yuritilgan.

79-83 18 5

15-16 YOSHLI FUTBOLCHILARNING TO‘PGA EGALIK QILISH TEXNIKASINING NAZARIY JIHATLARI

Baxodirov Sarvar Sirojiddinovich

Annotatsiya: Maqolada futbolchilarning to‘pga egalik qilishning nazariy jihatlarini  texnik mahorat harakatlarni  samaradorligi turli-tuman texnik usullar bo‘yicha mustahkam ko‘nikmani rivojlantirishni taqozo etgani xususida so‘z yuritilib, futbolchilarga ma’lum bir talabni qo‘yishni: jismoniy sifatlardan o‘yin samaradorligini oshirish vositasi sifatida foydalana bilish lozimligi tadqiq qilinadi.

84-88 14 2

O’SIMLIKLAR CHIDAMLILIGI VA HIMOYALANISH FIZIOLOGIYASI

Rajabboyeva Shahlo

Annotatsiya: Ushbu maqola barcha tirik organizmlar muhitning biotik va abiotik omillariga moslashuv va noqulayliklaridan esa himoyalanish xususiyati haqida o’rganiladi.Bundan tashqari qo’zg’alish fiziologiyasi, fizik omillar,kimyoviy omillar, biologik omillar, hujayraning qo’zg’alish mexanizmi kabi ma’lumotlar ko’rib chiqiladi. Hujayraga kuchsiz ta’sirlar bo’lganda  ham Masalan, unga bo’yoq moddalarning yutilishi sitoplazmaning yorug’lik o’tkazishi va uning yopishqoqligi o’zgarisi hamda ta’sir kuchli bo’lgnda esa yuqoridagi hollarning teskari bo’lishi kabi jarayonlar tahlil qilinadi.

150-154 14 4

REFLEKSIYA ORQALI PEDAGOGIK FAOLIYATDA O‘Z-O‘ZINI BAHOLASHNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Sodiqova Shaxnoza Ulug‘bek qizi

Annotatsiya. Mazkur ilmiy ishda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishida refleksiya va o‘z-o‘zini baholashning o‘rni tahlil qilinadi. Pedagogik faoliyatda reflektiv yondashuvdan foydalanish orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, didaktik yondashuvlarni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarda reflektiv madaniyatni shakllantirish orqali ularning mustaqil va ongli faoliyatini rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi. Eksperimental metodlar asosida olib borilgan ishlar natijasida refleksiyaning kasbiy o‘sishga ijobiy ta’siri amaliy jihatdan isbotlangan.

93-95 14 2

LITERARY REBELLION IN TRANSITION: THE CULTURAL LEGACY OF THE ANGRY YOUNG MEN MOVEMENT IN POST-WAR BRITAIN

Chinakov Abdulahad Muminjon ugli

Abstract: This extended paper explores the rise, development, and legacy of the "Angry Young Men" literary movement, which emerged in post-World War II Britain as a response to widespread social dissatisfaction and institutional stagnation. Characterized by class-conscious realism, anti-establishment rhetoric, and stylistic innovation, the movement provided a voice for a generation of disaffected writers and intellectuals. Through in-depth analysis of literary texts by John Osborne, Kingsley Amis, and Alan Sillitoe, this paper investigates how literature became a medium for rebellion and cultural transformation. It further considers the lasting impact of the movement on modern British literature and the relevance of its themes in the context of 21st-century socio-political challenges.

96-98 18 4

ГРАМОТНОСТЬ ШКОЛЬНИКОВ В ОБЛАСТИ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА: ВЫЗОВЫ ДЛЯ ПЕДАГОГИКИ

Феруза Закирова

Аннотация. В статье рассматривается феномен грамотности учащихся в области искусственного интеллекта как новая форма цифровой компетентности, необходимая для подготовки школьников к жизни в условиях широкого распространения интеллектуальных технологий. Проведён анализ международных определений, а также исследовано текущее состояние школьной литературы и практики на локальном уровне. Выявлены основные вызовы для внедрения модели грамотности учащихся в области искусственного интеллекта. На основе анализа предложены рекомендации для развития школьной теории и практики.

99-102 17 3

VOLEYBOL SPORTINING O‘ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI VA YOSH SPORTCHILARNI TAYYORLASHNING DOLZARB JIHATLARI

Murodova Nodirabegim

Annotatsiya: Ushbu maqolada voleybol sportining o‘ziga xos xususiyatlari hamda yosh sportchilarni har tomonlama musobaqalarga tayyorlash jarayonida jismoniy va psixologik omillarning ahamiyati yoritiladi. Trening mashg‘ulotlarining mazmuni, mashqlar ketma-ketligi, psixologik mustahkamlovchi metodikalar, shuningdek, jismoniy sifatlar – kuch, tezlik, chidamlilik va koordinatsiyaning rivojlantirilishiga oid amaliy tavsiyalar beriladi. O‘rganilgan holatlar asosida trening samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

103-106 18 2

O‘SMIRLARNING IJTIMOIYLASHUVIDA SHAXSIY XUSUSIYATLAR VA PSIXOLOGIK OMILLAR

Ahmadjonova Nargizaxon Adiljanovna, Turg’unova Sarvinoz Fazliddin qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘smirlarning ijtimoiylashuvida shaxsiy xususiyatlar va psixologik omillar tahlil qilinadi. O'smirlarda shaxslararo munosabatlari,ijtimoiylashuvi hamda bu jarayonga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar keng yoritilgan. Shuningdek, Erik Erikson, Lev Vygotsky va Jean Piage kabi mashhur psixologlarning nazaryialariga tayanilgan. O'smirlarda do'stlari bilan munosabatlari, guruhga mansublik hissi, ota-onalari bilan bo'lgan ziddiyatlar ko'rib chiqilgan. Maqolada o'smirlarning ijtimoiylashuv jarayonida oilaviy muhit, ta'lim muassasalari. shaxsiy xususiyatlar, psixologik omillar va axborot vositalari muhim o'rin tutishi ta'kidlanadi.

107-109 20 6

ADDRESSING CULTURAL DIFFERENCES IN THE TRANSLATION PROCESS

Bokieva Muharramoy Ne'matjon kizi

Abstract: Translation is not merely a linguistic task but a complex process that involves navigating cultural nuances to ensure meaning is accurately conveyed across languages. This thesis explores the role of cultural differences in the translation process, highlighting challenges, strategies, and their implications for effective communication. By analyzing theoretical frameworks and practical examples, the study identifies methods to address cultural barriers, including adaptation, localization, and cultural sensitivity training. The findings emphasize the importance of cultural competence in producing translations that are both accurate and culturally relevant. 

110-113 21 5

OLIY TA’LIM SHAROITIDA TURIZMNING PEDAGOGIK YONDASHUVLARI: INNOVATSION USULLAR VA ULARNING SAMARADORLIGI

Sariyeva E’tibor Matchanboyevna

Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm sohasining jadal rivojlanishi va ushbu jarayonda malakali mutaxassislar tayyorlashning pedagogik asoslari yoritilgan. Muallif tomonidan turizm ta’limida innovatsion pedagogik yondashuvlar, jumladan, muammoli ta’lim (Problem-Based Learning – PBL), amaliy mashg‘ulotlar, integratsiyalashgan va tajribaga asoslangan ta’lim usullarining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda sifatli va miqdoriy usullar asosida olingan ma’lumotlar asosida, turizm sohasi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda pedagogik yondashuvlarning o‘rni aniqlanadi. Maqola oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida turizm yo‘nalishida o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi.

114-117 21 4

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARIGA KATTA ZARAR YETQAZUVCHI KARTOSHKA KUYASIGA QARSHI FERAMON QO‘LLASH

Sulaymonov Inoyatullo Novatullo o‘g‘li

Annotatsiya: Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga zarari yuqori boʻlgan kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella Zell) zararkunandasiga qarshi feramon tutqichini qoʻllashning samaradorligi yoritilgan.

118-122 17 2

JADID DRAMALARIDA AYOLLAR TA’LIMI MASALASI

Bozorova G.R.

Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi xalqimiz tarixini yoritishda, shuningdek, mustamlaka Turkiston sharoitida milliy ma’rifatparvarlikning ahvoli, jadidlar faoliyatida ta’lim, ayollar ta’limi, matbuot masalalarini baholashda tub burilish yasadi. Turkistonda jadidchilik harakati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. Mahalliy ziyolilar, xotin-qiz islohotchilar Chor Rossiyasining musulmon hududlarida ayollarning haqiqiy emansipatsiyasiga uchta yo‘l bilan erishish mumkinligiga qat’iy ishonishgan. Ya’ni o‘sha davrdagi zamonaviy maktablarda erkaklar va ayollarning ta’limini bosqichma-bosqich takomillashtirish orqali (jadid maktablari misolida), Chor Rossiyasi Buxoro va Xiva hududlarida (1883–1917 yillarda) musulmonlar uchun soni va tarqalishi ortib borayotgan taraqqiyparvar gazeta va jurnallar orqali islohotchilik gʻoyalarini musulmon xalqlari oʻrtasida targʻib qilishni maqsad qilishdi. Turkistonda ayollarning zamonaviy ta’lim va ma’rifatparvarlikning ildizlari XIX asrning ikkinchi yarmida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini modernizatsiya qilish harakati boshlanishi bilan bog‘liq. 

123-125 15 2

XALQONA SHE’RIYATDA OBRAZLILIKNING ASOSIY TAMOYILLARI

Yallayev Behzod Toshtemirovich

Istiqlol solnomasi jamiyatimiz hayoti, xususan, milliy she’riyatda juda katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, alohida yo‘nalish sifatida bo‘y ko‘rsatayotgan she’riyat talqinlar borasida jiddiy tadqiqotlar olib borilganligi quvonarli hol. Har bir ijod namunasi davr ruhiyati, inson hayoti, quvonch-iztiroblari, maqsad-intilishlarini muayyan darajada qamrab olishi ayni haqiqat. Shu ma’noda Tilak Jo‘ra  she’riyati bu vazifani baholi qudrat yoritishga o‘zlarida imkon topdi. Xalqlarning ijtimoiy-ruhiy, madaniy-ma’rifiy sohadagi olib borayotgan ulkan islohotchilik an’analari bugungi kunda jahon hamjamiyatida o‘zining munosib bahosini olmoqda. Biz olib borgan tadqiqot mobaynida xalqona she’riyati mavzu-mundarijasi, ijtimoiy-psixologik asoslari, g‘oyaviy takomili yuzasidan aniqlik kiritamiz.

126-131 22 3

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI MILLIY URF-ODAT VA ANʼANALAR ASOSIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Yashinova Shahzoda To’lqin qizi

Annotatsiya.Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarini milliy urf-odat va anʼanalar asosida tarbiyalashning pedagogik asoslari yoritilgan. Milliy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalar o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirishda muhim o’rin tutishi ta’kidlanadi. Ayniqsa, boshlangʻich sinf davri bolaning shaxsiy dunyoqarashi, ijtimoiy ko’nikmalari va axloqiy sifatlari shakllanishida eng mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Shu bois xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan, milliy bayram va marosimlardan, oilaviy qadriyatlar hamda urf-odatlardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish yo’llari ochib beriladi. Tadqiqotda pedagogik va psixologik manbalar asosida milliy urf-odat va anʼanalar vositasida bolalarda Vatanga sadoqat, kattalarga hurmat, mehr-oqibat, halollik, odoblilik kabi fazilatlarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari ko’rib chiqilgan.

132-135 17 4

TARQALGAN PERITONITDA SHOSHILINCH LAPAROTOMIYA NATIJALARI VA PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI

Shonazarov Samandar Oybek oʻgʻli, Jo‘rayev Jasur Nurali o‘g‘li, Jabbarova Risolat Baxtiyor qizi

Annotatsiya: Tarqalgan peritonit — bu o‘tkir jarrohlik patologiyalaridan biri bo‘lib, ichki qorin bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonining keng tarqalgan shaklidir. Ushbu kasallik ko‘pincha ichak perforatsiyasi, appenditsitning kechikkan holati, divertikulit, gemorragik va nekrotik jarayonlar natijasida yuzaga keladi. Tarqalgan peritonitning rivojlanishi bemorning holatiga, patologiyaning sababiga va vaqtida shoshilinch jarrohlik aralashuvi bajarilishiga bog‘liq. Peritonitda shoshilinch laparotomiya — kasallikni bartaraf etish va asoratlar oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan asosiy jarrohlik muolajasi hisoblanadi. Ushbu maqolada tarqalgan peritonitda shoshilinch laparotomiya natijalari va prognoz ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilinadi.

136-140 21 2

ZAMONAVIY OILADA YOSHLARNING E'TIQODGA NISBATAN MUNOSABATINI KUZATISHDA OTA-ONANING TARBIYAVIY SAVODXONLIGI VA TARBIYAVIY USLUBLARI

Hamrayeva Maxfuza Baxtiyorovna

Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy oilada ota-onalarning tarbiyaviy savodxonligi va ular qo‘llaydigan tarbiyaviy uslublarning yoshlarning e’tiqodga nisbatan munosabatiga ta’siri pedagogik-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ota-onaning shaxsiy e’tiqodi, muloqot uslubi, ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan munosabati farzandning e’tiqodiy qarashlari va ijtimoiy xulq-atvorining shakllanishida muhim omil sifatida ko‘riladi. Shuningdek, zamonaviy axborot vositalari va ijtimoiy muhitning bu jarayondagi roli ham yoritiladi.

141-143 19 5

INGLIZ TILIDA MULOQOT VOSITASINI IFODALOVCHI NONVERBAL DIALOGIZMLAR

Sabitova Iroda Srajiddinovna

Annotatsiya: Mazkur tezis ingliz tilida muloqot vositasi sifatida xizmat qiluvchi nonverbal (og‘zaki bo‘lmagan) dialogizmlarni tahlil qiladi. Insonlar o‘zaro aloqa jarayonida nafaqat so‘zlar, balki tana harakati, yuz ifodalari, ko‘z bilan aloqa, imo-ishoralar, tana holati va masofa kabi nonverbal vositalar orqali ham muhim ma’lumot yetkazadilar. Ushbu vositalar ingliz tilida muloqotni yanada aniq, hissiy jihatdan boy va tushunarli qilishda muhim o‘rin tutadi. Tezisda nonverbal dialogizmlarning turli shakllari, ularning kommunikativ funksiyalari va madaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz tilidagi nutqiy jarayonda bunday vositalarning roli, ahamiyati hamda ularni samarali qo‘llash yo‘llari yoritiladi.

144-149 21 4

TISH SHIFOKORLARINING KASBIY FAOLIYATIDA ERGONOMIK YONDASHUV ASOSIDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Oxunjonova Hayotxon Xosiljonovna

Annotatsiya. Ushbu tezisda tish shifokorlarining kasbiy faoliyatida ergonomik yondashuv asosida kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari o‘rganilgan. Ergonomik kompetensiyaning tarkibi, ta’lim jarayoniga joriy etish bosqichlari va baholash mezonlari yoritilgan. Xorijiy va mahalliy tajriba tahlili asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari stomatologik ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan.