Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
97
ABDULLA ORIPOV POETIKASIDA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI
Ravshonbekova Gulmira
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Filologiya va san’at fakulteti, o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mahoratli shoir Abdulla Oripov she’riyatidagi
tarixiy shaxslar obrazi xususida so‘z boradi. Tarixiy siymolarni yoritishdagi ijodkor
mahorati aniq misollar va namunalar yordamida ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Abdulla Oripov, tarixiy shaxslar, vatanparvarlik, “Qodiriy”,
“Alisher”, “Temur bog‘lari”, “Bilol Habash”, “Qirg‘iz diyori”, “Maxtumquli”
she’rlari.
KIRISH.
O‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri bo‘lmish
Abdulla Oripov ijodi o‘zbek xalqining ruhiy olami, tarixiy xotirasi va milliy o‘zligining
badiiy ifodasidir. A. Oripov she’rlarining mazmuni boyligi va rang-barangligi bilan
ahamiyatlidir. Ijodkorning asarlarida ko‘pincha vatan, millat, til, mustaqillik kabi
mavzular uchraydi. U o‘z xalqining milliy o‘zligini shakilantirishni ta’minlash, tarixiy
shaxslar haqida kitobxonlarga yetkazishni maqsad qilgan. Ko‘pgina she’rlarida nafaqat
bugungi zamon, balki o‘tgan tarix sahifalari, ulug‘ ajdodlar siymosi ham o‘z aksini
topgan.
TAHLIL VA NATIJALAR.
Shoir o‘z poetikasida tarixiy shaxslar obrazini
yaratish orqali xalqning tarixiy ongini uyg‘otish, milliy g‘ururni mustahkamlash kabi
ezgu maqsadlarni ko‘zlagan. Shoir o‘z asarlarida xalqining o‘tmishi bilan faxrlanishini
tez-tez ta’kidlaydi. U she’rlarida Beruniy, Ulug'bek, Ahmad Yassaviy, Amir Temur,
Alisher Navoiy, Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy,
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Zulfiya, Asqad
Muxtor, G‘afur G‘ulom, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Maxtumquli kabi tarixiy
shaxslar nomini tilga oladi. Ijodkor “Qodiriy” nomli she’rida A.Qodiriyga yuz ming
jannat ravo bo‘lishini va Xudo bu yozuvchi uchun bundan ko‘pini berishini, chunki u
shuncha yil do‘zaxiy kimsalar bilan yashab, ularga chidab kelganini ta’kidlaydi.
Sizga yuz ming jannat bo‘lgaydir ravo,
Balki bundan ko‘pin bergaydir Xudo.
Shuncha yil do‘zaxi kimsalar bilan
Chidab yashadingiz, Qodiriy bobo!” [7]
Shoir “Alisher” nomli she’rida esa dunyoda nom qoldirish uchun vatanni buzish
shart emas, degan naql haqiqat deydi. Ba’zilar nayzaning kuchi bilan maqtansa-da,
Alisher Navoiy faqat qalamini ko‘rsatganligini yozadi:
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
98
Dunyoda biror nom qoldirmoq uchun
Yurt buzish shart emas, degan gap-ku, rost.
Kimdur pesh qilganda nayzaning kuchin,
Alisher qalamni ko‘rsatgan xolos. [2]
Bu misralar orqali “So‘z mulkining sultoni” bo‘lmish Alisher Navoiyning qalami
o‘tkir va butun bir ijodi va yaxshi amallari orqali bu dunyo tarixida o‘zidan buyuk nom
qoldirib ketganiga amin bo‘lamiz.
A.Oripovning “Haj daftari” to‘plamiga kiritilgan “Bilol Habash” she’rida esa
Bilol roziyollohu anhu haqida so‘z boradi. Payg‘ambar ummati — qora tan Bilol
hamisha Rasulga kamarbasta bo‘lganligini, rost yo‘ldan hech qachon qaytmaganligini,
azonni yakka bo‘lib aytgani va sadoqatli inson bo‘lganini yozadi shoir. Va she’r ushbu
voqea bilan yakunlanadi:
Rasuldan so‘rashdi: Bu qora habash,
Jannat chehrasiga yarashgay qandoq?
Javob shunday bo‘ldi:— So‘ylangiz bilib,
Uning oq dilida iymon ohangi.
Jannat hurlariga qora xol qilib,
Bo‘lib berilgandir Bilolning rangi. [6]
“Temur bog‘lari” she’rida shoir: Amir Temurni mag‘lub bo‘lsa ham g‘alaba
qozonsa bo‘lsa ham uning mutlaq tarixda qayd etilishini bildiradi. Samarqand shahrini
me’morga qiyoslaydi va uning ijodi Registon va Shohizinda ekanligini yozadi. Shu
bilan birga, bobokolonimiz qurdirgan “Bog‘i behisht” va “Bog‘i shamol” obidalari
ham shu yerda ekanligi va bu yodgorliklar ulug‘ moziydan ekanligini ta’kidlaydi.
Mag‘lub bo‘lasanmi va yoki g‘olib,
Tarixda qolgaydir oyog‘ing gardi.
Temurning bog‘lari goho yo‘qolib,
Gohida: - Men bor, deb zimdan ko‘kardi.
Garchi Samarqand bu - aslida me’mor.
Ijodi - Registon, Shohizindadir.
Lekin, ahli jahon, aylang e’tibor:
Temur bog‘ari ham axir, bundadir!
U — Bog‘i behishtdir, u — Bog‘i shamol,
Barchasi yodgordir ulug‘ moziydan. [3]
A.Oripovning Chingiz Aytmatovga atalgan “Qirg‘iz diyori” she’rida: azamat
Manas yurtiga, To‘qtag‘ulning vataniga, Alpomish va Navoiy yurtidan salom
yo‘llaydi. U o‘zbeklarning nomidan qig‘izlar yurtiga mehr-muhabbatini yetkazadi, uni
o‘z yurtini baland tog‘lar diyori, moviy ko‘llar maskani deb ta’riflaydi. Olatovning
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
99
qirg’izlar boshidagi oq qalpoqdek qor bilan jimirlab turganini, yam-yashil
tekisliklarida behisob oppoq yaylovlar borligini, havosi qirg’iz xalqining qalbidek
musaffoligini, noyob asarlari bilan Chingiz nomining dunyoga ma’lum ekanini ta’-
kidlaydi:
Azamat Manas yurti, To‘qtag‘ulning vatani,
Alpomish va Navoiy yurtidan senga salom.
Yuksak tog’lar o‘lkasi, moviy ko‘llar maskani -
Qirg‘izlar diyoriga o‘zbeklardan ehtirom.
Mangu oppoq qor bilan yaltiraydi Olatov,
Bamisoli qirg‘izning boshidagi oq qalpoq.
Yam-yashil yaylovlarda son-sanoqsiz oq o‘tov
Qirg‘iz xalqin qalbiday beg‘uboru toza, pok.
Butun dunyo biladi ijodkor Chingiz nomin,
Azamat xalq, shuhrating bundan ham bo‘lsin ziyod. [4]
Oripov “Maxtumquli” nomidagi she’rida: “shoir ukam, Maxtumqulini o‘qi” deb
xitob qiladi. So‘ngra shoir insonni hayotga, ya’ni “ko‘hna olam”ga bepisand,
mensimay qarashdan ogohlantiradi. Hayotni to‘liq anglamasdan, uning barcha
mashaqqatlarini his etmasdan turib, unga loqayd qarash, uni past baholash – bu
nodonlik belgisi sifatida baholanadi. “Qismat qo‘lidan may ichmoq” iborasi hayot
taqdirining shirin-achchiq sinovlaridan to‘liq bahramand bo‘lish, tajriba orttirish,
hayotni chin yurakdan his qilish ma’nosida ishlatilgan. Shoir hayotning murakkab
yo‘llarini hali bosib o‘tmagan, taqdirning sinovlarini to‘liq tatib ko‘rmagan kishining
keskin bahosini noo‘rin deb biladi. Ikkinchi bandning uchinchi va to‘rtinchi misralarda
esa shoir ijodkorga murojaat qiladi: faqat o‘zing bilgan, his qilgan, boshdan kechirgan
narsalarnigina qog‘ozga tushirishni, ya’ni hayotiy haqiqatdan yiroq bo‘lmaslikni
tavsiya qiladi va bunga Maxtumquli ijodini misol qiladi:
Shoir ukam, o‘qi, Maxtumqulini,
Hikmatga yo‘g‘rilgan pandu nasihat.
G‘animat demish u umr yo‘lini,
Ha, umr o‘tkinchi, umr g‘animat.
Bepisand boqmagil ko‘hna olamga,
Hali may ichmabsan qismat qo‘lidan.
Faqat bilganingni olgil qalamga,
Buni ham o‘rgangil Maxtumqulidan.[5]
XULOSA.
Oripov tarixiy obrazlar orqali yosh avlodni tarbiyalash, ularni milliy
qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish vazifasini ham bajaradi. U tarixiy
shaxslarning hayoti va faoliyati orqali haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, sadoqat va
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
44-to’plam_1-qism_Iyun-2025
100
jasorat kabi tuyg‘ularni uyg‘otadi. Abdulla Oripov poetikasida tarixiy shaxslar
obrazining yaratilishi — bu shunchaki badiiy uslub emas, balki ma’naviy-axloqiy,
tarbiyaviy vazifani bajargan katta hodisadir. Shoir o‘zining she’riy iste’dodi orqali
o‘zbek xalqining ulug‘ tarixini, buyuk shaxslarini e’zozlaydi, ular orqali bugungi kun
yoshlariga milliy g‘urur, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini singdiradi. Bu esa
Oripov ijodining mangu qiymatga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Oripov A. Tanlangan asarlar. 5 jildlik. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot, 2000.
2.
Oripov A. Adolat ko‘zgusi, she’rlar, maqolalar, suhbatlar, tarjimalar. (Red.
Doniyor Begimqulov) Toshkent: “Adolat” nashriyoti, 2005.
3.
Oripov A. Bedorlik, she’rlar. (Red. Doniyor Begimqulov) Toshkent: Yozuvchi
nashriyoti, 1999.
4.
Oripov A. Birinchi muhabbatim. (Red. Laziz Tangriyev) Toshkent:
O‘zbekiston nashriyoti, 2006.
5.
Oripov A. Hayrat. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at
nashriyoti, 1974.
6.
Орипов, Абдулла. Ҳаж дафтари. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
нашриёт, 1992.
7. Qo‘shjonov M. ve Meli, S. Abdulla Oripov. Toshkent: “Ma’naviyat”, 2000.
8. Usmonov S. O‘zbek she’riyati va tarixiylik. – Toshkent: Fan, 2011.
9. Internet manbalari: www.ziyonet.uz, www.kitob.uz