Universal International Scientific Journal
261
Tirkashev Latibjon Yakubjonovich., Mirzaxokimov Diyorbek Doniyorbek o‘g‘li
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ilmiy maqolada O‘zbekiston aholisini sifatli va to‘yimliligi yuqori bo‘lgan chorvachilik
mahsulotlari (sut, go‘sht, tuxum, baliq, asal va boshq.) bilan ta’minlash uchun fermer xo‘jaliklari podasini
yuqori mahsuldor va naslli hayvonlar bilan to‘ldirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek,
xo‘jalikdagi qoramollarni to‘la qimmatli ozuqa ratsioni bilan boqishni tashkil etish, mavjud hayvonlarni
odatdagi ratsion bilan hamda to‘yimli moddalar bilan to‘yintirilgan kombikormalar bilan boqishning ta’siri
o‘rganiladi. Tadqiqotlar natijasida qoramollarning mahsuldorligi, konstitutsiyasi, konditsiyasi va
ekstereridagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi va amaliy tadqiqotlar asosida tushuntiriladi. Maqolada fermer
xo‘jaligidagi maxalliy zotlarni takomillashtirish, ularni to‘yimli moddalarga boy yem-xashaklar bilan
oziqlantirish to‘g‘risida fikrlar bildiriladi. Bundan tashqari shvits zotli sigirlarning mahsuldorligiga to‘la
qimmatli oziqlantirish tizimining ta’siri o‘rganiladi hamda qoramollarning mahsuldorligi va avlodlarining
sifati to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
oziq-ovqat muammolari, moliyaviy ko‘mak, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar,
seleksiya-naslchilik ishlari, mahsuldorlik, konstitutsiya, eksterer, poda strukturasi, asrash, parvarish qilish,
zoti, yoshi, tirik vazni, laktatsiya davri, sut miqdori, sut yog‘i, sut oqsili, sigirlarning sutdorlik koeffitsienti,
paxta kunjarasi, raps shroti, soya ekstrakti, omuxta yem, kepak, oqsil-vitamin va mineralli ozuqalar
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi: https://universaljurnal.uz
ASAKA TUMANI SHAROITIDA SHVITS ZOTLI SIGIRLARNING MAHSULDORLIGIGA
TO‘LA QIMMATLI OZIQLANTIRISH TIZIMINING TA’SIRINI O‘RGANISH
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 30.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
26
2
(premikslar), oziqbop korbomid, non sodasi, osh tuzi, oziqbop (so‘ndirilgan) oxak, boqish, somon, to’la
qimmatli ozuqalantirish, odatdagi (klassik) ozuqa ratsioni, granulali kombikorma (TK-100), xarajatlar,
ozuqaning tannarxi, sof foyda, rentabellik darajasi.
Аннотация:
В научной стате изучены вопросы эффективного исползования возможностей
пополнения стада фермерских хозяйств высокопродуктивными и племенными животными в селях
обеспечения
населения
Узбекистана
высококачественной и
питателной продуксией
животноводства (молоком, мясом, яйсами, рыбой, медом и др.), а также организация кормления
скота в фермерских хозяйствах полноценным кормовым рационом, а также эффект от кормления
имеющихся животных стандартным рационом и комбикормами, обогащенными питателными
веществами. В резултате исследований на конкретных примерах анализируются и объясняются
изменения в продуктивности, конституции, состоянии и экстерере крупного рогатого скота. В стате
представлены идеи по улучшению местных пород в фермерских хозяйствах и кормлению их
питателными кормами. Кроме того, изучается влияние швиской коров кормления
высококачественными кормами на продуктивност, а также обсуждаются наследственност скота и
качество их потомства.Аннотация: В научной стате изучены вопросы эффективного исползования
возможностей пополнения стада фермерских хозяйств высокопродуктивными и племенными
животными в селях обеспечения населения Узбекистана высококачественной и питателной
продуксией животноводства (молоком, мясом, яйсами, рыбой, медом и др.), а также организация
кормления скота в фермерских хозяйствах полноценным кормовым рационом, а также эффект от
кормления имеющихся животных стандартным рационом и комбикормами, обогащенными
питателными веществами. В резултате исследований на конкретных примерах анализируются и
объясняются изменения в продуктивности, конституции, состоянии и экстерере крупного рогатого
скота. В стате представлены идеи по улучшению местных пород в фермерских хозяйствах и
кормлению их питателными кормами. Кроме того, изучается влияние швиской коров кормления
высококачественными кормами на продуктивност, а также обсуждаются наследственност скота и
качество их потомства.
Ключевые слова:
продовольственные проблемы, финансовая поддержка, льготные кредиты,
субсидии, селекционно-племенная работа, продуктивность, конституция, экстерьер, структура
стада, содержание, уход, порода, возраст, живая масса, лактационный период, объем молока,
молочный жир, молочный белок, коэффициент надоя коров, хлопковый шрот, рапсовый шрот,
соевый экстракт, комбикорм, отруби, белково-витаминные и минеральные корма (премиксы),
кормовой карбамид, пищевая сода, поваренная соль, кормовая (гашеная) известь, кормление,
солома, полнорационный корм, стандартный (классический) кормовой рацион, гранулированный
корм (ТК-100), затраты, себестоимость корма, чистая прибыль, рентабельность.
Universal International Scientific Journal
26
3
Abstract:
The scientific article examines the issues of effective use of opportunities to replenish the
herd of farms with highly productive and breeding animals in order to provide the population of Uzbekistan
with high-quality and nutritious livestock products (milk, meat, eggs, fish, honey, etc.), as well as the
organization of feeding livestock on farms with a complete feed ration, as well as the effect of feeding
existing animals with a standard ration and compound feed enriched with nutrients. The results of the case
studies analyze and explain changes in the productivity, constitution, condition and exterior of cattle. The
article presents ideas for improving local breeds on farms and feeding them with nutritious feed. In addition,
the effect of feeding high-quality feed to Swiss cows on productivity is studied, and the heredity of cattle
and the quality of their offspring are discussed.
Keywords:
food problems, financial support, soft loans, subsidies, selection and breeding work,
productivity, constitution, exterior, herd structure, maintenance, care, breed, age, live weight, lactation
period, milk volume, milk fat, milk protein, cow's milk yield coefficient, cottonseed meal, rapeseed meal,
soybean extract, mixed feed, bran, protein-vitamin and mineral feeds (premixes), feed carbamide, baking
soda, table salt, feed (slaked) lime, feeding, straw, complete feeding, standard (classic) feed ration, granular
feed (TK-100), costs, feed cost, net profit, profitability.
Language:
Uzbek
Citation:
Tirkashev , L., & Mirzahokimov , D. (2025). STUDY OF THE IMPACT OF A COMPLETELY
VALUED FEEDING SYSTEM ON THE PRODUCTIVITY OF SWISS BREED COWS IN THE CONDITIONS
OF ASAKA DISTRICT. Universal International Scientific Journal, 2(5), 261–270. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2265
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat
Statistika Qo‘mitasi huzuridagi Statistiki
agentligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasining doimiy aholisi 2024 yilning
9 dekabr holatiga 37 million 535 ming 605
kishini tashkil etdi. O‘zbekiston aholisi 2024
yilning har bir oyida o‘rtacha 61,7 ming
kishiga oshdi. Ya’ni, joriy yilning har bir
kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2 ming
kishiga
ko‘paydi.
Bunday
statistik
ma’lumotlar mutaxassislarni ham o‘ylantirib
qo‘yishi muqarrar. Sababi jadal o‘sib
borayotgan aholini oziq-ovqat mahsulotlari,
kiyim-kechak va boshqalar bilan ta’minlashda
turli xil muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Muammolar
yechimini
topish
uchun
mukammal va puhta ishlab chiqilgan tizim
(struktura) ham bo‘lishi shart. Kuniga o‘sib
borayotgan aholini kundalik hayotida zarur
bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari (kartoshka,
sabzi, piyoz, un, makaron, guruch, qand,
shakar, yog‘ va boshq.), shuningdek,
chorvachilik mahsulotlari (sut, go‘sht, tuxum,
baliq, asal va boshq.) bilan ta’minlash oson
kechmaydi. Buning uchun meva-sabzavot,
uzumchilik
va
bog‘dorchilikka
ixtisoslashtirilgan
dehqon
xo‘jaliklarini
ko‘paytirish, bundan tashqari chorvachilik
mahsulotlarini
ishlab
chiqarishga
ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, klasterlar
ishlarini talab darajasida tashkil etish yuqorida
Universal International Scientific Journal
26
4
aytib o‘tilgan muammolarni hal qilishda
amaliy yordam beradi.
Ushbu
muammolarni
hal
qilish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019
yil 28 oktyabrda “Chorvachilik va em-xashak
yetishtirish
tarmoqlarini
kompleks
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5863-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur
farmonda naslchilik seleksiya ishlarini tizimli
yo‘lga qo‘yish, veterinariya xizmatlarini
modernizatsiya qilish, fermer xo‘jaliklariga
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kabi
muhim yo‘nalishlar belgilangan.
Shuningdek, 2022 yil 20 maydagi PQ-
265-sonli qaror asosida qoramolchilikni
hududiy ixtisoslashtirish, ilg‘or xorijiy
tajribalarni
mahalliy amaliyotga tatbiq etish,
ilmiy-tadqiqot
institutlari
bilan
fermer
xo‘jaliklari hamkorligini kuchaytirish kabi
chora-tadbirlar
belgilandi.
Ushbu
hujjat
asosida
ayniqsa
naslchilik
bilan
shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklariga davlat
tomonidan moliyaviy ko‘mak, imtiyozli
kreditlar va subsidiyalar ajratish tizimi yo‘lga
qo‘yildi.
Asaka
tumanidagi
“Turg‘unboy
Shokirov”
naslchilik
fermer
xo‘jaligi
2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Amerika
Qo‘shma Shtati seleksiyasiga mansub shvits
zotli
qoramollarni
ko‘paytirish
bilan
shug‘ullanadi va ular bilan maqsadli seleksiya-
naslchilik ishlarini olib borishda viloyatdagi
ilg‘or xo‘jaliklardan biri hisoblanadi. Fermer
xo‘jaligidagi qoramollarni
boqish, asrash va
parvarish qilish uchun yaratilgan sharoitlar va
amalga oshirilayotgan seleksiya-naslchilik
ishlari zamonaviy talablarga javob berishini
hisobga olib, “Asaka tumani sharoitida shvis
zotli
sigirlarning mahsuldorligiga to‘la
qimmatli ozuqalanish tizimining ta’sirni
o‘rganish” mavzusidagi bitiruv malakaviy
ishimni ushbu xo‘jalikda bajardim.
Tadqiqotlarni
o‘tkazishdan
oldin
xo‘jalikda mavjud qoramollar podasini
o‘rgandim. Xo‘jalikda urchitishning sof zotli
usulini qo‘llash hisobiga bir necha yillar
davomida (15 yil) shvis zotli qoramollar
takomillashtirilib, mahsuldorligini oshirish,
konstitutsiya
va
ekstererini
yaxshilash
bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilgan. 2025
yilning 15 yanvar holatiga qoramollar bosh
soni 635 boshni tashkil etdi. Shulardan 235
boshi sog‘in sigirlar hisoblanadi. Bundan
tashqari xo‘jalikda 150 bosh g‘unajinlar va
200 bosh bo‘rdoqiga boqilayotgan novvoslar
mavjud. Bugungi kunda xo‘jalikda 50 bosh 2
yoshgacha bo‘lgan erkak va urg‘ochi buzoqlar
hamda 45 bosh yangi tug‘ilgan buzoqlar
parvarish qilinmoqda.
1-jadval
“Turg‘unboy Shokirov” naslchilik fermer xo‘jaligidagi qoramollarning
poda strukturasi (tarkibi)
T/r
Qoramol guruhlari
Bosh soni
Ulushi,%
1.
Sigirlar
235
38,0
2.
18-24 oylik g‘unajinlar
34
3,1
3.
12-18 oylik urg‘ochi tanalar
116
17,6
4.
12-18 oylik buqachalar
91
14,7
5.
6 -12 oylik buqachalar
27
4,4
6.
6-12 oylik urg‘ochi tanalar
38
6,1
7.
3-6 oylik buzoqlar
33
5,3
8.
0-3 oylik buzoqchalar
61
10,8
Jami:
635
100
Fermer xo‘jaligida qoramollarni bahor-
yoz va kuz-qish mavsumida boqish uchun
talab darajasida beda pichani, makkajo‘xori
silosi, bug‘doy+suli senaji, bug‘doy, arpa va
Universal International Scientific Journal
26
5
makkajo‘xori doni jamg‘arilgan. Bundan
tashqari sigirlar paxta kunjarasi, raps shroti,
soya ekstrakti, omuxta yem, kepak bilan
boqiladi.
Qo‘shimcha
ozuqalardan,
premikslar, oziqbop korbomid, non sodasi, osh
tuzi, oziqbop (so‘ndirilgan) oxak ozuqa
ratsioniga qo‘shimcha kiritilgan.
Omuxta
yemlar,
jumladan
paxta
kunjarasi (O‘zbekiston), soya ekstrakti
(Qozog‘iston), arpa doni (Qirg‘iziston),
kombikorma (Rossiya), oqsil-vitamin va
mineralli
ozuqalar
(premikslar)
boshqa
davlatlardan sotib olib keltiriladi. Xo‘jalikdagi
sog‘in sigirlar bir kunda 2 maxal
ozuqalantiriladi.
Xo‘jalikda qoramollarni
oziqlantirish bir xil tipda, ya’ni monotipdagi
oziqlantirish
usulida
amalga
oshiriladi.
Xo‘jalikning tabiiy, iqtisodiy sharoitlari,
urchitilayotgan qoramol zotlari, qoramollar
bosh soni, xo‘jalikda chorva mollarini
oziqlantirish uchun jamg‘arilgan ozuqalar,
ozuqa ekinlari maydoni, qoramollarni asrash
sharoiti, sigirlarni sog‘ish ishlarini qanday
tashkil etilganligi kabi jarayonlar bilan
yaqindan tanishish va tahlil qilish maqsadida
zootexnikaviy
va
tahliliy
usullardan
foydalandim.
Tajriba o‘tkazish ob’yekti.
Andijon
viloyatining
Asaka
tumaniga
qarashli
“Turg’unboy Shokirov” naslchilik fermer
xo‘jaligi hisoblanadi.
Tajriba shartari va metodikasi.
Ilmiy
izlanishlar
Andijon
viloyatining
Asaka
tumanida joylashgan “Turg’unboy Shokirov”
naslchilik fermer hojaligi sharoitida “Asaka
tumani sharoitida shvits zotli sigirlarning
mahsuldorligiga to’la qimmatli ozuqalantirish
tizimining ta’sirini o‘rganish” mavzusida
bajarildi.
Tadqiqotlar
2024-2025
yillar
davomida amalga oshirildi.
Tajriba shartlari:
Tajribani o‘tkazish
uchun boqish, asrash va parvarish qilish
sharoitlari bir biriga yaqin bo‘lgan 20 bosh
sog‘in sigirlar ajratib olindi. Tadqiqot
o‘tkazish
uchun
nazorat
va
tajriba
guruhlaridagi sigirlarni zoti, yoshi, tirik vazni,
kelib chiqishi, mahsuldorligi, konstitutsiyasi,
ekstereri va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha
bir-biriga o‘xshash (yaqin)lari tanlab olindi.
Tajriba
metodikasi.
Tadqiqotni
o‘tkazish uchun 2 ta guruh (sog‘in sigirlar)
tashkil etiladi. 1. Nazorat guruhi - 10 bosh. 2.
Tajriba guruhi - 10 bosh. 1-guruh (nazorat)
guruhidagi sog‘in sigirlar naslchilik fermer
xo‘jaligida mavjud bo‘lgan odatdagi (klassik)
ozuqa ratsioni bilan boqildi. 2-guruh (tajriba)
guruhidagi sigirlar to‘la qimmatli ozuqa
ratsioni bilan boqildi. Ushbu guruhdagi sigirlar
odatdagi
ratsionga
qoshimcha
tarzda
toyintirilgan ozuqa moddalarga boy granula
holatdagi granulali kombikorma (TK-100)
berib boqildi. Har ikki guruhning mahsuldorlik
korsatkichlari tajriba davomida va yakuniga
qadar bir-biri bilan taqqoslab ko‘rildi va
olingan natijalar bo‘yicha umumiy xulosalar
qilindi va tavsiyalar berildi.
Nazorat guruhidagi 10 bosh sog‘in
sigirlar xo‘jalikda mavjud bo‘lgan quyidagi
ozuqalar bilan, jumladan beda pichani,
makkajo‘xori silosi, bug‘doy+suli senaji,
bug‘doy, arpa doni, makkajo‘xori doni
jamg‘arilgan. Bundan tashqari sigirlar paxta
kunjarasi, raps shroti, soya ekstrakti, omuxta
yem, kepak bilan boqiladi. Qo‘shimcha
ozuqalardan, premikslar, oziqbop korbomid,
non sodasi, osh tuzi, oziqbop (so‘ndirilgan)
oxak ozuqa ratsioniga qo‘shimcha kiritildi.
Tajriba guruhidagi 10 bosh sog‘in
sigirlarni bahor-yoz va kuz-qish fasllarida
(davrlar) to‘la qimmatli oziqlantirish ratsioni
bilan boqish maqsadida xo‘jalik sharoitida
mavjud bo‘lgan maxalliy xom-ashyolardan
maxsus retsept asosida to‘yintirilgan granulali
kombikorma (TK-100) tayyorlandi va tajriba
guruhidagi sog‘in sigirlar ozuqa ratsioniga
ayrim donli ozuqalar o‘rniga qo‘shib berildi.
2-jadval
Maxalliy yem-xashaklardan tayyorlangan to‘yintirilgan granulali
kombikorma (TK-100) tarkibi, %
Universal International Scientific Journal
26
6
Ozuqalar (em-xashak)
Miqdori,%
1 kg ozuqaning
to‘yimliligi,
ozuqa birligi,
kg
Ozuqa birligi
xissasi, kg
Eryong‘oq doni
12
1,20
0,127
Makkajo‘xori doni
12
1,01
0,107
Bug‘doy doni
12
1,03
0,109
Arpa doni
10
0,97
0,103
Paxta kunjarasi
10
0,93
0,098
Bug‘doy kepagi
8
0,61
0,065
Eryong‘oq po‘stlog‘i
8
0,28
0,030
Beda poyasi
8
0,34
0,036
Eryong‘oq poyasi
8
0,30
0,032
Makkajo‘xori poyasi
5
0,28
0,030
Paxta yog‘i
5
2,50
0,265
Tuz (NaCl)
0,5
-
-
Oxak (Ca)
0,5
-
-
Premiks (vitamin +mineral)
1,0
-
-
JAMI
100
9,45
1,00
Tadqiqotlar “Asaka tumani sharoitida
shvits zotli sigirlarning mahsuldorligiga to‘la
qimmatli oziqlantirish tizimining ta’sirini
o‘rganish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi
bo‘yicha tuzilgan sxema asosida bajarildi.
Xo‘jalikning tarixi, geografik joylashishi,
ekologik holati, suv va yer resurslari maydoni
va ulardan foydalanish, xo‘jalikning oziqa
zahirasi, xo‘jalikda texnikadan foydalanish,
mehnat resurslari, chorva mollari turi va
mahsulot
ishlab
chiqarish
holati,
qoramolchilikni
rivojlantirish
istiqbollari,
sigirlarning mahsuldorligi (sut va buzoq olish),
ozuqabop ekinlar va ularning xosildorligi,
chorvachilikda og‘ir ishlarni mexanizatsiya-
lashtirish va shu kabi ma’lumotlar xo‘jalikda
mavjud bo‘lgan rasmiy, huquqiy, statistik va
moliyaviy xujjatlar asosida o‘rganildi va tahlil
qilindi.
Ilmiy izlanishlarni 2024-2025 yillarda
o‘tkazilishini hisobga olib, o‘rganiladigan
ko‘rsatkichlar
va
tadqiqotlar
sxemasi
shakllantirildi.
1-tasvir
TADQIQOTLAR TASVIRI
Sigirlar guruhi
Tajriba guruhi
Asaka tumani sharoitida shvits zotli sigirlarning mahsuldorligiga to‘la qimmatli
oziqlantirish tizimining ta’sirini o‘rganish
Nazorat guruhi
I-guruh (n=10)
II-guruh (n=10)
Universal International Scientific Journal
26
7
Xo‘jalikda sog‘in sigirlarni
oziqlantirishni tashkil etish
Sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
fermer
xo‘jaliklarida
sog‘in
sigirlarni
oziqlantirish muxim omillardan hisoblanadi.
Sut berayotgan sigirlar organizmi dag‘al,
shirali, konsentrat ozuqalar, shuningdek,
sanoat
chiqindi
ozuqalari,
hayvonlar
mahsulotidan tayyorlangan ozuqalar hamda
ratsion tarkibiga qo‘shimcha oqsil-vitamin va
mineralli ozuqalarni kiritish hisobidan
qondiriladi.
Sigirlar (nazorat va tajriba) bir xil asrash
va parvarish qilish sharoitida boqildi.
Nazoratdagi sigirlar odatdagi ratsion asosida,
tajribadagi sigirlar ratsionida ayrim ozuqalar
o‘rnini to‘yintirilgan kombikorma (TK-100)
bilan to‘ldirib, quyidagi tartibda ozuqa ratsioni
tuzildi.
3-jadval
Nazorat guruhidagi sog‘in sigirlar uchun kuzgi-qishki ozuqa ratsioni
T/r
Ozuqalar
Miq-
dori,
kg
Sigirlarga 1 maxal beriladi
1 kg mahsulot
to‘yimliligi, oz.
bir.
Bir bosh
sigir uchun,
kg
Jami ozuqa
birligi, kg
(1 maxal)
1.
Makajoxori silosi
Kg
0,20
10
2,0
2.
Bug‘doy+suli senaji
Kg
0,30
5,0
1,50
3.
Beda pichani
Kg
0,45
1,0
0,45
Si
girlar
n
in
g m
ah
su
ld
or
li
gi va s
ifat
k
o‘r
satki
ch
lari
Ur
g‘oc
h
i tan
alarni
s
u
n
’iy
u
ru
g‘lan
tir
ish
Xo‘
jalik
d
agi
zoote
xn
iya h
isob
-k
itob
ish
larin
i
S
igi
rlarni
oz
iq
la
n
tir
ish
, asr
ash
va
p
ar
var
ish
q
il
is
h
Klassik (odatdagi) ratsion
asosida boqildi
To‘yintirilgan to‘la qimmatli
ratsion bilan boqildi
O‘rganiladigan ko‘rsatkichlar
Ishlab chiqarishga amaliy tavsiyalar
S
igi
rlarni
n
g
k
on
stitutsi
yasi
va
ek
ste
re
ri
Xo‘
jali
k
d
a oli
b
b
or
il
ayo
tgan sele
k
siya
-
n
aslchi
li
k
ish
la
ri
Xo
‘j
ali
k
d
a
zoote
xn
iya xu
jj
atlar
in
i
yu
ritish
Universal International Scientific Journal
26
8
4.
Paxta shroti
Kg
0,89
1,0
0,89
5.
Soya ekstrakti
Kg
1,35
0,5
0,67
6.
Arpa doni
Kg
-
-
-
7.
Bug’doy doni
Kg
1,17
0,5
0,58
8.
Makkajo‘xori doni
Kg
1,33
1,0
1,33
9.
Somon
Kg
0,20
5,0
1,0
10.
Kombikorma (TK-100)
Kg
-
-
-
11.
Premiks
Kg
-
0,07
-
12.
Mel
Kg
-
0,05
-
13.
Tuz
Kg
-
0,035
-
Jami
Kg
5,89
24,15
8,40
4-jadval
Tajriba guruhidagi sog‘in sigirlar uchun kuzgi-qishki ozuqa ratsioni
T/r
Ozuqalar
Miq-
dori,
kg
Sigirlarga 1 maxal beriladi
1 kg mahsulot
to‘yimliligi, oz.
bir.
Bir bosh
sigir uchun,
kg
Jami ozuqa
birligi, kg
(1 maxal)
1.
Makajoxori silosi
Kg
0,20
10
2,0
2.
Bug‘doy+suli senaji
Kg
0,30
5,0
1,5
3.
Beda pichani
Kg
-
-
-
4.
Paxta shroti
Kg
0,89
1,0
0,89
5.
Soya ekstrakti
Kg
1,35
0,5
0,67
6.
Arpa doni
Kg
-
-
-
7.
Bug’doy doni
Kg
1,17
0,5
0,58
8.
Makkajo‘xori doni
Kg
1,33
1,0
1,33
9.
Somon
Kg
0,20
5,0
1,0
10.
Kombikorma (TK-100)
Kg
1,30
2,0
2,6
11.
Premiks
Kg
-
0,07
-
12.
Mel
Kg
-
0,05
-
13.
Tuz
Kg
-
0,035
-
Jami
Kg
6,74
25,16
10,57
Yuqoridagi
jadvallardan
ko‘rinib
turibdiki, nazorat va tajriba guruhlaridagi
sigirlarni kuzgi-qishki ratsion asosida
boqilganda
nazoratdagi
sigirlar
kuniga
2 mahal oziqalantirilishi hisobiga 16,8 kg
ozuqa birligi sarflab, sut yog‘i 4,0% bo‘lgan
19,0 kg sut bergan bo‘lsa, tajriba guruhidagi
sigirlar esa kuniga 21,1 kg ozuqa sarflab, sut
yog‘i 4,2% bo‘lgan 26,0 kg sut bergan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, sog‘in
sigirlarni to‘g‘ri asrash va parvarish qilish,
shuningdek bahor-yoz va kuz-qish davrlarda
to‘la qimmatli ozuqa ratsioni bilan boqish
hamda
ular
ratsioniga
to‘yintirilgan
kombikorma (TK-100)dan qo‘shib berish
hisobiga mahsuldorligini oshirish mumkinligi
tajribada aniqlandi. Tajriba va nazorat
guruhlaridagi
sigirlarning
mahsuldorlik
ko‘rsatkichlarini tahlil qilish maqsadida
tadqiqot uchun ajratib olingan 20 bosh
sigirlarning zoti, yoshi, tirik vazni, laktatsiya
davri, sut miqdori, sut yog‘i, sut oqsili,
sigirlarning sutdorlik koeffitsienti o‘rganildi.
Tajribaning iqtisodiy samaradorligi
Tajriba tadqiqot ishlari davomida Asaka
tumani sharoyitida shvits zotli sigirlarning
mahsuldorligiga to‘la qimmatli oziqlantirish
tizimining tasiri o‘rganildi va texnologik tahlil
qlindi.
Universal International Scientific Journal
26
9
Tajriba davomida sarflangan ozuqalar
miqdori hisoblab chiqarildi hamda har bir sigir
uchun teng miqdorda taqsimlandi. Tajriba
o’tkazish davomida qo‘shimcha harajatlar
boqarlar, sog‘uvchilar, veterinar xodimlar va
boshqa hizmatlar uchun o‘rtacha har bir sigir
hisobiga 15 000 so‘m, hamda texnik hizmatlar,
ozuqa tayyorlash va tarqatish xizmatlari uchun
2
000
so‘m, bino va uskunalarning
amartizatsiyasi uchun 3 000 so‘m kunlik
qo‘shimcha harajatlar hisoblab chiqarildi.
Jami qoshimcha harajatlar miqdori 20 000
so‘mni tashkil etdi.
Nazorat guruhidagi sigirlar 39,71 kg
ozuqa iste’mol qilib, kunlik iste’mol qilingan
ozuqaning tannarxi 47 824 so‘mni tashkil etdi.
Bir yilda sarflangan ozuqa miqdori 14 494 kg
bo‘lib, bir yilik sarflangan ozuqaning tanarxi
17 455 760
so‘mga teng bo‘ldi. Tegishlicha,
tajriba guruhidagi sigirlarda 41,71
kg ozuqa
iste’mol qilib, kunlik iste’mol qilingan
ozuqaning tannarxi 58 133
so‘mni tashkil etdi.
Bir yilda sarflangan ozuqa miqdori 15 224
kg
bo‘lib, bir yilik sarflangan ozuqaning tannarxi
21 218 545
so‘mga teng bo‘ldi
5-jadval
Tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi
T/r
Ko‘rsatgichlar
Guruh nomi
Farqi +, -
nazorat guruhi
tajriba guruhi
1.
1 kunlik sut miqdori, kg
220,88
254,73
+33,85
2.
Laktatsyadagi sut miqdori, kg
67 370
77695
+10 325
3.
1 kg sutni sotish bahosi , so‘m
6 000
6 000
-
Harajatlar, shundan
4.
1 kg sut uchun sarflangan
barcha harajat, so‘m
4609,73
4481,43
-128,3
5.
1 kg sutdan olingan foyda,
so‘m
1390,27
1518,57
+128,3
6.
Yillik maxsuldorlik qiymati
404 220 200
466 170 000
+61 949 800
7.
Umumiy harajatlar, so‘m
310 557 600 348 185 450
+34 627 85
8.
Sof foyda, so‘m
93 662 600
117 984 550
+24 321 950
9.
Rentabellik darajasi, %
30,15
33,88
+3,11
Sigirlarning yillik mahsuldorligini va
harajatlarini hisoblash
Nazorat guruhidagi sigirlardan o‘rtacha 1
kunda 22 kg dan sut sog‘ib olindi. 1 kg sutni
sotish narxi 6 000 so‘mni tashkil qiladi, 1
kunlik sogib olingan sut narxi 132 000 so‘m,
1 kunlik sarflangan ozuqa 47 824 so‘m, 1
kunlik sigirga ketgan qo’shimcha harajatlar
20 000 so‘m bo‘lsa, sof daromad 64 176
so‘mni tashkil etdi.
Tajriba guruhidagi sigirlardan o‘rtacha 1
kunda 25,47 kg dan sut sog‘ib olindi. 1 kg sutni
sotish narxi 6 000 so‘mni tashkil qiladi, 1
kunlik sog‘ib olingan sut narxi 151 820 so‘m,
1 kunlik sarflangan ozuqa 58 133 so‘m, 1
kunlik sigirga ketgan qo’shimcha harajatlar
20 000 so‘m bo‘lsa, sof daromad 74 687
so‘mni tashkil etdi.
Nazorat guruhidagi sigirlardan 1 kunda
jami 220,88 kg sut sog‘ib olingan. Jami sog‘ib
olingan sutning tannarxi 1 100 000 so‘mga
teng. Jami sarflangan ozuqa tannarxi kunlik
478 240 so‘m, jami mollar uchun hizmatlar va
qoshimcha harajatlar tannarxi 200 000 so‘mni
tashkil etdi. Natijada nazorat guruhida kunlik
olingan foyda miqdori 426 160 so‘m, jami
yilik foyda miqdori 89 292 400 so‘mni tashkil
yetdi.
Universal International Scientific Journal
2
70
Tajriba guruhidagi sigirlardan 1 kunda
246 kg sut sog‘ib olingan. Jami sog‘ib olingan
sutning tannarxi 1 320 000 so‘mga teng. Jami
sarflangan ozuqa tannarxi kunlik 581 330
so‘m, jami mollar uchun hizmatlar va
qoshimcha harajatlar tannarxi 200 000 so‘mni
tashkil etdi. Natijada nazorat guruhidan kunlik
olingan foyda miqdori 448 670 so‘mni, yilik
yillik foyda miqdori 93 662 600 so‘mni
tashkil qildi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki,
sigirlar iste’mol qilgan ozuqa va boshqa
harajatlarga nisbatan yillik foyda (365 kun)
tajriba
guruhidagi
sigirlarda
nazorat
guruhidagi sigirlarga nisbatan 25,96%ga
yuqori bo‘ldi. Nazorat va tajriba guruhlaridagi
sigirlar laktatsiya davrida sog‘ib olingan sutga
nisbatan tahlil qilinganda tajriba guruhidagi
sigirlarda 15,32%ga ko‘proq sut berganligi
aniqlandi. Tadqiqotlar natijasida shvits zotli
sigirlarning mahsuldorligiga to‘la qimmatli
oziqlantirish tizimining tasiri yuqori ekanligi
isbotlandi va sigirlarni to‘yimli ozuqalar bilan
oziqlantirishda
to‘yintirilgan
granulali
kombikorma bilan boqish o‘zining ijobiy
natijasini berdi va sigirlarning mahsuldorligini
oshirishga
hamda
piravordida
iqtisodiy
samaradorlikni yuqori bo‘lishini ta’minladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Yalpi majlisi. Oziq-ovqat havfsizligi to‘g‘risida”gi
qonun. 2025 yil, 23 yanvar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbekiston-2030” “Atrof-muxitni
asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son farmoni.
2025 yil, 30 yanvar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Respublikada oziq-ovqat
havfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-36-son farmoni. 2024 yil, 16
fevral.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning PF-36-son farmoni 1-ilovasi bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat havfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlashning
2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi”. 2024 yil, 16 fevral.
5. Do‘stqulov S.D., Qaxxorov A.D. va boshqalar. Chorva mollarini urchitish. T., “Mehnat”, 1989
6. Sobirov P.S., Do‘stqulov S.D. Genetika asoslari va chorva mollarini urchitish. T., “Mehnat ”, 1989
7. Qaxxarov A.K., Narboyeva M.K., Shaptakov E.S., Shermatov A., Xushvaqtov A.A. Qishloq
xo‘jalik hayvonlarini urchitish. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2019
8. Sobirov P.S., Qaxxarov A.K., Do‘stqulov S.D. “Chorva mollarini urchitish”. Darslik. Toshkent
nashriyoti, 2011
9. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti. Sut chorvachiligi axborotnomasi. Toshkent,
2010
10. O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislarining amaliy qo‘llanmalari. Qoramollarni parvarish qilish
va boqish bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent, 2010
11. O‘zbekiston veterinariya medisinasi jurnali.
12. Internet ma’lumotlari.
• www.samqxi.uz
• www.edu.uz
• www.agro.uz, O‘zR - Qishloq xo‘jaligi vazirligi sayti
