Universal International Scientific Journal
145
Ismoilov Bexruz Yodgor o‘g‘li., Ro‘ziyeva Muhayyo Avazbek qizi., Ahmadjonova Odinaxon
Raximjon qizi., To‘lqinova Qanoatxon Ismonjon qizi.
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Uzbekistan
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ochiq va yopiq gidroponik tizimlarda mineral ozuqa eritmasining
tarkibiy o‘zgarishlari va ularning o‘simlik fiziologiyasi va o‘sishiga ta’siri tadqiq etildi. Tadqiqot natijalari
gidroponik tizimlarda eritma aylanishi, elementlar balansini saqlash va o‘simlik reaksiyalarini baholashda
muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
gidroponika, ochiq tizim, yopiq tizim, mineral ozuqa, eritma tarkibi, o‘simlik
reaksiyasi, bodring, vegetatsiya davri.
Аннотация:
В данной статье исследованы изменения состава минеральных питательных
растворов в открытых и закрытых гидропонных системах и их влияние на физиологию и рост
растений. Результаты исследования могут быть важны для оценки циркуляции раствора, баланса
элементов и реакции растений в гидропонных системах.
Ключевые слова:
гидропоника, открытая система, закрытая система, минеральные вещества,
состав раствора, реакция растений, огурец, вегетационный период.
Abstract:
This article investigates the compositional changes of nutrient solutions in open and closed
hydroponic systems and their effects on plant physiology and growth. The findings are important for
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi: https://universaljurnal.uz
OCHIQ VA YOPIQ GIDROPONIK TIZIMLARDA MINERAL OZUQA ERITMASI
TARKIBINING O‘ZGARISHI VA O‘SIMLIK REAKSIYALARI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 15.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
14
6
maintaining nutrient balance, evaluating plant responses, and managing solution recirculation in
hydroponic cultivation.
Keywords:
hydroponics, open system, closed system, nutrient solution, composition, plant response,
cucumber, growth stage.
Language:
Uzbek
Citation:
Ismoilov , B., Ro‘ziyeva , M., Ahmadjonova , O., & To‘lqinova , Q. (2025). CHANGES IN THE
COMPOSITION OF MINERAL NUTRIENT SOLUTIONS AND PLANT REACTIONS IN OPEN AND CLOSED
HYDROPONIC SYSTEMS. Universal International Scientific Journal, 2(5), 145–150. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1984
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Kirish
So‘nggi yillarda gidroponik
tizimlarda sabzavot yetishtirish texnologiyasi
O‘zbekistonda ham keng rivojlanmoqda.
Ayniqsa, yer resurslarining cheklanganligi va
ekologik holatning yomonlashuvi tufayli
intensiv qishloq xo‘jaligi texnologiyalariga
talab ortmoqda. 2022–2024-yillar davomida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qishloq
xo‘jaligi
sohasini
modernizatsiyalashga oid qaror va farmonlari
asosida ko‘plab issiqxonalar yangidan barpo
etildi va ularda tomchilatib sug‘orish hamda
gidroponik tizimlar joriy qilindi. Jumladan,
Toshkent,
Andijon,
Samarqand
va
Qashqadaryo viloyatlarida yopiq turdagi
issiqxona komplekslarida yuqori texnologiyali
gidroponik tizimlar orqali bodring, pomidor,
marul,
salat
va
boshqa
ko‘katlar
yetishtirilmoqda.
Gidroponik
tizimlarda
o‘simliklar
ozuqani to‘liq eritma ko‘rinishida oladi. Bu
eritma maxsus tayyorlangan bo‘lib, uning
tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan
barcha makro va mikroelementlar ma’lum
proporsiyada bo‘lishi kerak. Gidroponik
tizimlar ochiq va yopiq shaklda bo‘lib, ochiq
tizimda har sug‘orishdan keyin eritma tashlab
yuboriladi, yopiq tizimda esa ortiqcha eritma
yig‘ilib, qayta ishlanadi. Har ikkala tizimda
ham ozuqa eritmasining kimyoviy tarkibi va
fizik xossalarining nazorat qilinishi muhim.
Bodring (Cucumis sativus L.) — issiqxona
sharoitida keng yetishtiriladigan sabzavot
bo‘lib, vegetatsiya davrida turli bosqichlarda
suv va ozuqa moddalarga bo‘lgan talabi
o‘zgarib boradi. Dastlabki bosqichda azot va
fosforga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, hosil tugish
bosqichida kaliy va kaltsiy miqdori oshirilishi
zarur.
Quyidagi
jadvalda
bodringning
vegetatsiya davrida har bir bosqichga nisbatan
optimal eritma konsentratsiyasi berilgan:
Bodring vegetatsiya bosqichlariga ko‘ra eritmadagi elementlar konsentratsiyasi (mg/l)
1-jadval.
Vegetatsiya
bosqichi
N-NO3
P-H2PO4
K+
Ca2+
Mg2+
Fe
Mn
Zn
Cu
B
Boshlang‘ich o‘sish
120
50
150
100
40
2.0
0.5
0.3
0.1
0.3
Barg chiqish
150
60
180
120
50
2.5
0.7
0.4
0.1
0.4
Gullash
180
70
220
140
55
3.0
1.0
0.5
0.2
0.5
Universal International Scientific Journal
14
7
Meva tugish
200
70
250
160
60
3.5
1.2
0.5
0.2
0.6
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mineral
o‘g‘itlarning keng assortimenti mavjud bo‘lib,
ular
gidroponik
eritmalar
tayyorlashda
ishlatilmoqda. Quyidagi jadvalda ba’zi keng
tarqalgan
va mavjud bo‘lgan mineral
moddalarning
nomi,
ularning
eritmaga
qo‘shishdagi tavsiya etilgan shakli va tarkibi
keltirilgan:
O‘zbekistonda mavjud mineral o‘g‘itlar va ularning eritmaga qo‘shilishi
2-jadval.
O‘g‘it nomi
Kimyoviy formulasi
Eritmadagi rol
Tavsiya etilgan
konsentratsiya (mg/l)
Ammiakli selitra
NH4NO3
Azot manbai
50–100
Superfosfat
Ca(H2PO4)2
Fosfor manbai
40–80
Kaliy nitrat
KNO3
Kaliy, Azot
100–200
Kalsiy nitrat
Ca(NO3)2
Kaltsiy, Azot
100–160
Magniy sulfat
MgSO4·7H2O
Magniy
40–60
Temir xelat (Fe-
EDDHA)
C18H16FeN2NaO10
Temir
2–4
Mikroelementlar
kompleksi
MnSO4, ZnSO4,
CuSO4, H3BO3
Mikroelementlar
0.1–1.0 (har biri)
Tadqiqotni
olib
borish
usuli:
Tadqiqot Andijon viloyati, Andijon tumani,
Andijon
qishloq
xo‘jaligi
va
agrotexnologiyalar
instituti
hududida
joylashgan issiqxona sharoitida olib borildi.
Tajriba uchun bodring (Cucumis sativus)
Kuraj, Orzu, navlari tanlandi. Ikkita tajriba
guruhi tashkil etildi: biri ochiq gidroponik
tizimda, ikkinchisi yopiq (resirkulyatsion)
tizimda yetishtirildi. Har ikki tizimda ham
dastlabki ozuqa eritmasi bir xil tarkibda
tayyorlandi (makroelementlar: N – 200 mg/l, P
– 50 mg/l, K – 250 mg/l, Ca – 150 mg/l, Mg –
50 mg/l; mikroelementlar: Fe, Mn, Zn, Cu, B,
Mo). Eritma har 7 kunda tahlil qilindi – pH, EC
(elektr o‘tkazuvchanlik), NO3⁻, NH4⁺, K⁺,
Ca²⁺, Mg²⁺, PO4³⁻, va mikroelementlar
konsentratsiyasi o‘lchandi. O‘simliklarning
o‘sish sur’ati, barg yuzasi, vegetativ
biomassasi,
fotosintez
intensivligi
va
hosildorlik ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Natijalar:
Eritma
tarkibining
o‘zgarishi:
Yopiq tizimda 10 kun davomida
eritmadagi
asosiy
oziq
elementlarining
konsentratsiyasi sezilarli darajada o‘zgarishga
uchradi. Eritma tarkibida NO3⁻ miqdori 200
mg/l dan 120 mg/l gacha kamaydi, bu esa
o‘simliklarning
o‘sishiga
salbiy
ta’sir
ko‘rsatdi. Yopiq tizimda, ayniqsa, kaltsiy
(Ca²⁺) va magniy (Mg²⁺) ionlarining miqdori
ham kamaygan bo‘lib, bu o‘sish va hosil
shakllanishida muammolarga olib keldi.
Bunga sabab sifatida eritmadagi elementlar
aylanishi
va
yangilanishining
kamligi
ko‘rsatiladi.
Ochiq
tizimda
esa
eritma
har
sug‘orishdan so‘ng yangilanib borilishi
natijasida, uning tarkibi doimiy ravishda
muvozanatda bo‘ldi. Bu esa o‘simliklarga
kerakli ozuqa moddalarining yetarli miqdorda
yetib borishiga imkon berdi. Buning natijasida
o‘sish bosqichlarida o‘simliklar yanada tez
rivojlandi.
Ochiq tizimda eritma pH va EC (elektr
o‘tkazuvchanlik) darajasi doimiy ravishda
optimallashtirilib
bordi,
bu
esa
ozuqa
moddalarining samarali yutilishiga olib keldi.
Yopiq tizimda esa pH va EC ko‘rsatkichlari
Universal International Scientific Journal
14
8
o‘zgarib bordi, natijada ayrim ozuqa
moddalarining yutilishi kamaydi.
O‘simlik reaksiyalari va hosildorligi
:
Ochiq tizimda o‘simliklar balandligi o‘rtacha
180 sm bo‘lib, bu yopiq tizimga nisbatan 15%
ga yuqori bo‘ldi. Yopiq tizimda o‘simlik
balandligi 165 sm ga teng bo‘ldi. Ochiq
tizimda o‘simliklarning o‘sishi davomida
barglarining yashil rangini saqlab qolishi,
o‘simliklarning umumiy salomatligini yanada
yaxshilashga imkon berdi.
SPAD (Yaproq yashilligi) indeksiga
asoslanib olib borilgan o‘lchovlar shuni
ko‘rsatdiki, ochiq tizimda o‘simliklarning
yashilligi 43.5 ga yetgan, yopiq tizimda esa bu
ko‘rsatkich 38.2 edi. Bu, o‘z navbatida, ozuqa
moddalarining
etarli
darajada
yetkazib
berilishi va fotokimyoviy jarayonlarning
samaradorligini ko‘rsatadi.
Hosildorlik bo‘yicha amalga oshirilgan
tahlil natijalariga ko‘ra, ochiq tizimda
o‘simliklardan olingan hosil 3.4 kg bo‘lib,
yopiq tizimda bu ko‘rsatkich 2.6 kg ni tashkil
etdi. Boshqacha aytganda, ochiq tizimda hosil
30% ga ko‘proq bo‘ldi.
Mineral
ozuqalar
va
ularning
o‘zlashtirilishi:
Tadqiqot
davomida
eritmadagi ozuqa moddalarining yutilish
tezligi va samaradorligi o‘lchandi. Ochiq
tizimda ozuqa moddalarining yutilishi yopiq
tizimga qaraganda 25% ga yuqori bo‘ldi.
Xususan, NO3⁻ va K⁺ ionlari ochiq tizimda
o‘simliklar tomonidan tezda yutilgan, bu esa
ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Yopiq tizimda esa ozuqa moddalarining
yutilishi juda sekin kechdi, natijada o‘simliklar
yetarli ozuqa moddalari bilan ta’minlanmadi.
Shuningdek, yuqori konsentratsiyadagi NO3⁻
va
K⁺
ionlari
o‘simliklarning
yangi
barglarining shakllanishiga ta’sir qildi. Ochiq
tizimda bu ionlar barglarning o‘sishiga
yordam
berib,
fotosintez
jarayonining
samaradorligini oshirdi.
Eritma pH va EC ta’siri:
Eritma pH
va EC ko‘rsatkichlari o‘simliklarning o‘sishi
va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ochiq
tizimda
eritma
pH
ning
o‘zgarishi
o‘simliklarga
zarar
yetkazmasdan
optimallashtirildi. Yopiq tizimda esa pH
darajasi
tez-tez
o‘zgardi,
bu
esa
o‘simliklarning
o‘sishiga
salbiy
ta’sir
ko‘rsatdi. EC darajasi yopiq tizimda 2.2
mS/cm dan 1.4 mS/cm gacha kamaydi, bu esa
ozuqa moddalarining samarali yutilishiga
to‘sqinlik qildi.
Umumiy tahlil:
Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, ochiq gidroponik tizim
ozuqa
moddalarining
barqarorligi
va
o‘simliklarning
o‘sishiga
ijobiy
ta’sir
ko‘rsatadi. Yopiq tizimda esa eritma
tarkibining tez-tez o‘zgarishi va ozuqa
moddalarining
yutilish
tezligining
sekinlashishi o‘simliklarning rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, hosildorlik
ochiq tizimda sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.
Bundan tashqari, yopiq tizimda ozuqa
moddalarining
kamayishi
va
eritma
tarkibining o‘zgarishi o‘simliklarning umumiy
salomatligi va hosildorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi.
Xulosa
Ushbu tadqiqotda ochiq va yopiq
gidroponik tizimlarda mineral ozuqa eritmasi
tarkibining
o‘zgarishi
va
o‘simlik
reaksiyalarining ta’siri aniqlanib, gidroponik
tizimlar va ularning ozuqa moddalari bilan
ta’minlanishi bilan bog‘liq muhim jihatlar
ko‘rib chiqildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi
ochiq va yopiq gidroponik tizimlarda bodring
o‘simliklari o‘sishi va hosilini ta’minlash
uchun mineral ozuqa eritmasi tarkibining
qanday o‘zgarishini va bu o‘zgarishlarning
o‘simliklar rivojlanishiga qanday ta’sir
Universal International Scientific Journal
14
9
qilishini aniqlash edi. Tadqiqot natijalari
ko‘rsatilganidek, har ikki tizimning ozuqa
moddalarini ta’minlashdagi farqlari va bu
farqlarning o‘simliklarning o‘sishiga, yashil
massa shakllanishiga, hosildorlikka hamda
ozuqa moddalarining yutilishiga sezilarli
darajada ta’sir qilganligi aniqlandi.
Ochiq
va
yopiq
tizimlarning
taqqoslanishi: Ochiq gidroponik tizimda ozuqa
moddalarining doimiy ravishda yangilanib
borishi va eritma tarkibining barqarorligi
o‘simliklar o‘sishining tezligini oshirdi.
O‘simliklar
kerakli
makro
va
mikroelementlarni optimal miqdorda oldilar
va bu ularning vegetatsiya va generativ
bosqichlarining muvozanatli rivojlanishiga
imkon yaratdi. Ochiq tizimda o‘simliklar
yuqori SPAD indeksiga ega bo‘lib, yashil
rangini yaxshi saqlab qolishdi, bu esa
fotosintez jarayonlarining samaradorligini
ko‘rsatadi. Hosildorlik bo‘yicha olingan
natijalar ham ochiq tizimning afzalliklarini
ko‘rsatdi, chunki hosil yopiq tizimga
qaraganda 30% ga yuqori bo‘ldi.
Bundan
farqli
o‘laroq,
yopiq
gidroponik tizimda ozuqa moddalarining
kamayishi va eritma tarkibining o‘zgarishi
o‘simliklarning
o‘sishiga
va
hosil
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Yopiq
tizimda eritmadagi asosiy ozuqa moddalari
konsentratsiyasining
o‘zgarishi,
ayniqsa,
NO3⁻ va K⁺ ionlarining miqdorining
kamayishi
o‘simliklarning
vegetatsiya
bosqichida o‘sish tezligini pasaytirgan. Bu
holatning sabablaridan biri, yopiq tizimda
eritma qayta ishlanishi natijasida pH va EC
ko‘rsatkichlarining
o‘zgarishidir.
Eritma
tarkibi doimiy ravishda yangilanmaydi va
ozuqa moddalari yutilishi sekinlashadi, bu esa
o‘simliklarning o‘sishiga va hosildorlikka
salbiy ta’sir qiladi.
Bodring
o‘simliklarining
mineral
ozuqalarga talabi:
Bodring (Cucumis sativus
L.) o‘simliklarining mineral ozuqalarga talabi
vegetatsiya
davri
davomida
o‘zgaradi.
Dastlabki bosqichda bodring yuqori azot (N)
va fosfor (P) konsentratsiyasiga ehtiyoj sezadi.
Ushbu elementlar o‘simliklarning dastlabki
o‘sishini
rag‘batlantiradi.
Barglarning
shakllanishi va o‘sishi, shuningdek, ildiz
tizimi rivojlanishi uchun azot va fosforning
yetarli miqdori zarur. Keyingi bosqichda esa
kaliy (K), kaltsiy (Ca), magniy (Mg) va boshqa
mikroelementlar,
xususan,
temir
(Fe),
marganets (Mn), rux (Zn) va bor (B) kabi
elementlarning
muvozanatli
miqdori
o‘simliklarning optimal rivojlanishi uchun
zarur.
Gidroponik
tizimda
bu
ozuqa
moddalarining
yuqori
konsentratsiyalari
o‘simliklarning o‘sishiga yordam beradi,
ammo ularning miqdori haddan tashqari ortsa,
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bodringning vegetatsiya davrida ozuqa
moddalarining
optimal
konsentratsiyasi
quyidagi bosqichlarda belgilangan:
Boshlang‘ich o‘sish bosqichida
azot va
fosforning yuqori konsentratsiyasi talab
etiladi, bu o‘simlikning dastlabki o‘sishiga
ta’sir qiladi.
Barg chiqish bosqichida
kaliy va kaltsiy
miqdori oshirilishi zarur, bu o‘simlikning
barglarini kuchaytirishga yordam beradi.
Gullash bosqichida
kaliy va borning
yuqori konsentratsiyasi o‘simliklar hosilini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Meva tugish bosqichida
esa kaltsiy, kaliy
va magniy miqdori oshirilishi zarur.
Eritma tarkibining tahlili
: Tadqiqot
davomida mineral ozuqa eritmasining tarkibi
va uning o‘simliklarga ta’sirini o‘rganishda,
O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan mineral
o‘g‘itlarning roli ham katta ahamiyat kasb etdi.
O‘zbekistonning turli hududlarida ishlab
Universal International Scientific Journal
15
0
chiqariladigan mineral o‘g‘itlar gidroponik
tizimlarda keng qo‘llaniladi. Ammiakli selitra,
superfosfat, kaliy nitrat va boshqa o‘g‘itlar
eritmalarga qo‘shilgan holda o‘simliklar
o‘sishini yaxshilaydi va hosildorlikni oshiradi.
Bu o‘g‘itlarning har biri o‘zining kimyoviy
tarkibi
va
faoliyatiga
qarab
eritmaga
qo‘shilishining tavsiya etilgan miqdoriga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
Бобокалонов А.А., Махмудов М.М. Агроэкология ва гидропоника асослари. – Тошкент:
Ўқитувчи, 2007. – 210 б.
2.
Махмудов М.М. Гидропоника тизимларида озуқа eritmalarini boshqarish. – Самарқанд:
СамИҚХМ, 2021. – 98 б.
3.
Resh, Howard M. Hydroponic Food Production. – CRC Press, 2013. – 560 p.
4.
Savvas D., Passam H. C. Hydroponic Production of Vegetables and Ornamentals. – Embryo
Publications, 2002. – 463 p.
5.
Jones, J. Benton. Hydroponics: A Practical Guide for the Soilless Grower. – CRC Press, 2005. – 423
p.
6.
FAO. Soilless culture for horticultural crop production. Plant Production and Protection Paper 217,
Rome, 2019.
7.
Элмуратов Э., Азизов Ш. Ўсимликларни минерал озиқлантириш asoslari. – Тошкент: Mehnat,
1999. – 143 б.
8.
Тойиров А.Т., Иноятов Т.А. Ўсимлик физиологияси. – Тошкент: O‘qituvchi, 2006. – 210 б.
