SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
6
SUN’IY INTELLEKT ORQALI MUSTAQIL TA’LIM OLISH JARAYONINI
TAKOMILLASHTIRISH
Azimova Ziyodaxon Ergashevna
1
.,
Aliyeva Dilobarxon Begali qizi
2
ADPI professor DSc
1
,
Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi
(Boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi magistranti
2
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15348918
Annotatsiya:
Hozirgi kunda sun’iy intellekt (SI) ta’lim jarayonida keng qo‘llanilmoqda va
ayniqsa, mustaqil ta’lim olish samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu maqolada SI asosidagi texnologiyalar mustaqil ta’lim jarayoniga qanday ta’sir qilishi,
ularning afzalliklari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, AI yordamida moslashtirilgan
o‘quv dasturlari, o‘quvchilarning bilim darajasini avtomatik baholash va individual ta’lim
yo‘nalishlarini yaratish usullari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so
ʻ
zlar:
Mustaqil ta’lim, sun’iy intellekt, kredit-modul tizimi, shaxsiylashtirilgan
o‘quv reja, adaptiv ta’lim tizimlari, bilimlarni avtomatik baholash.
Bugungi kunda mustaqil ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha respublikamizda bir qator
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
31-dekabrdagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq
tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosi
yuzasidan davlat oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi joriy
etilmoqda. Bu esa talabalarning mustaqil ta’lim olishini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi joriy etilishi talabalarga o‘quv
fanlarini ixtiyoriy tanlash imkoniyatini, mustaqil ta’lim soatlari hajmini oshirish va shu bilan birga
talabalar o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari asosida kredit to‘plash imkonini beradi. Bu tizim
talabalarni o‘z vaqtlarini mustaqil rejalashtirishga va o‘z ustida ishlashga ham zamin bo‘lmoqda.
Buning asosida esa ta’lim platformalari orqali mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha bir
qancha me’yoriy hujjatlar va o‘quv qo‘llanmalari ham joriy qilinmoqda. Shuningdek,
talabalarning mustaqil ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ZiyoNET (www.ziyonet.uz)
– darsliklar, qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar joylangan ta’lim portali, oliy ta’lim muassasalarining
elektron kutubxonalari – talabalar darsliklar va ilmiy materiallardan onlayn foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lgan bir nechta elektron platformalar tashkil etilgan. Shu bilan bir qatorda
mustaqil ta’lim olish jarayonini takomillashtirish maqsadida davlat oliy ta’lim tizimining
akademik va tashkiliy mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida oliy
ta’lim muassasalari yangi o‘quv rejalari va dasturlari tadbiq etildi. Shuningdek, talabalar o‘z
qiziqishlari va maqsadlariga mos ravishda o‘quv jadvalini shakllantira oladigan individual ta’lim
rejalari joriy qilish kabi maxsus dasturlar ham ishlab chiqildi. Bu raqamli texnologiyalar tez
rivojlanayotgan davrda ta’lim tizimini ham shu talablar aosida olib borishga qaratilgan
jarayonlardir. Zero, “Ta’lim va tarbiya jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlariga bog‘liq holda amalga oshadi.” [1] 264 bet
Mustaqil ta’lim – talabaning o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustaqil ravishda oshirish, yangi
bilimlarni egallash hamda o‘zlashtirish jarayonini o‘zi tashkil qilishidir. Bunda ta’lim oluvchi
pedagog rahbarligisiz yoki minimal nazorat bilan o‘rganish jarayonini olib boradi. Bugungi kunda
mustaqil ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylanib, talabalarga o‘z bilimini
istalgan joyda va vaqtda rivojlantirish imkonini bermoqda.
Mustaqil ta’limning asosiy xususiyatlari:
1. Talabaning faolligi – bilim olish jarayoni to‘liq ta’lim oluvchining o‘z tashabbusiga
bog‘liq bo‘ladi. Bu orqali ta’lim oluvchi o‘z maqsadlarini belgilab, ta’lim olish strategiyasini
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
7
mustaqil ravishda shakllantiradi. Bu jarayonda talaba kerakli manbaalarni izlaydi, qo‘shimcha
adabiyotlar bilan ishlaydi, tajriba o‘tkazadi va o‘z bilimini mustahkamlash uchun turli interaktiv
vositalardan foydalanadi. Shuningdek, talabaning faolligi uning o‘z-o‘zini baholashi, natijalarini
tahlil qilishi hamda o‘zlashtirish jarayonini doimiy takomillashtirishga yordam beradi.
2. O‘quv jarayonining erkinligi – talaba o‘ziga qulay uslub, jadval va resurslarni tanlash
imkoniyatiga ega, o‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga mos ravishda ta’lim jarayonini tashkil etadi. Bu
esa unga bilim olish jarayonida mustaqil qaror qabul qilish, o‘z bilim darajasi doirasida o‘rganish
va chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, erkin ta’lim muhiti talabaning ijodiy
fikrlashini rivojlantiradi, tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi va uni mas’uliyatli
bo‘lishga undaydi.
3. O‘zini-o‘zi baholash – mustaqil ta’lim oluvchi o‘z natijalarini kuzatib, kamchiliklarini
aniqlaydi va o‘rganish yo‘nalishini mos ravishda o‘zgartiradi. Bu jarayon talabaning o‘z ustida
ishlashiga, bilimlarini chuqurlashtirishga va yanada samarali o‘qish strategiyalarini ishlab
chiqishiga yordam beradi. Shuningdek, o‘zini-o‘zi baholash talabaning mas’uliyatini oshiradi,
kuchli va rivojlantirishga ehtiyoji bo‘lgan jihatlarini aniq ko‘rish imkonini beradi. Bu esa
o‘zlashtirish jarayonida mustahkam natijalarga erishishga, ta’limni yanada samarali tashkil etishga
va doimiy ravishda o‘zini takomillashtirib borishga xizmat qiladi.
4. Texnologiyalardan foydalanish – onlayn kurslar, elektron darsliklar, test tizimlari va
sun’iy intellekt asosida ishlovchi ta’lim platformalari mustaqil ta’lim jarayonida keng qo‘llaniladi.
Bu texnologiyalar o‘quvchilarga istalgan joyda va vaqtda ta’lim olish imkonini berib, o‘quv
jarayonini yanada moslashuvchan va samarali qiladi. Shu bilan birga, interaktiv vositalari va
multimedia resurslari bilimni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi, individual yondashuvni
ta’minlaydi va o‘quv materiallarini yanada qiziqarli qiladi. Natijada, texnologiyalardan
foydalanish nafaqat o‘qish jarayonini qulaylashtiradi, balki mustaqil fikrlash va o‘zini o‘zi
rivojlantirish ko‘nikmalarini ham shakllantiradi.
5. Hayot davomida ta’lim olish – mustaqil ta’lim nafaqat akademik muhitda, balki kasbiy
rivojlanish va shaxsiy o‘sishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda bilim va
texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bu davr inson doimiy ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini
yangilab borishini taqozo etmoqda. Bu esa hayot davomida o‘qish, kasbiy salohiyatini oshirish va
shaxsiy o‘sishiga ham xizmat qiladi. “Ta’limda yaxlitlik va uzliksizlikni ta’minlash, uni inson
hayoti davomida davom etadigan jarayonga aylantirish demakdir” [3] 272 bet. Shu asnoda, yangi
qiziqishlarni kashf etish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish va dunyoqarashni kengaytirishga yordam
beradi. Mustaqil ta’limni odatga aylantirish esa insonning muvaffaqiyatga erishishi va jamiyatning
faol a’zosiga aylanishiga zamin yaratadi.
Shuningdek, mustaqil ta’lim jarayonida sun’iy intellektlardan (SI) foydalanish talabalar
uchun yanada qulay shart-sharoit yaratishga, ularning bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga
xizmat qiladi. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro standartlarga
moslashtirish va innovatsion ta’lim tizimini rivojlantirishga zamin bo‘lmoqda. “Ta’limni fan va
ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy
etish, o‘qishni, mustaqil bilim olishni yakkalashtirish, masofali ta’lim tizimi texnologiyasi va
vositalarini ishlab chiqish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida elektron
ta’limdan foydalangan holda ta’limni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi”
[4] 172 bet.
Demak, zamonaviy ta’limda an’anaviy ta’lim tizimlari o‘rnini tobora moslashuvchan,
interaktiv va texnologik yechimlar egallayotgan davrda onlayn platformalar, raqamli
kutubxonalar, video darsliklar hamda masofaviy ta’lim tizimlari ta’lim jarayonining ajralmas
qismiga aylanib bormoqda. Sun’iy intellektning rivojlanishi esa mustaqil ta’limni yanada samarali
qilish imkonini bermoqda. Sun’iy intellekt yordamida har bir o‘quvchi o‘z ehtiyojiga mos holda
bilim oladi, o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi va bu orqali mustaqil ta’lim olish sifatini oshiradi.
Sun’iy intellekt texnologiyalari quyidagi jihatlari bilan mustaqil ta’lim sifatini oshirishga yordam
beradi:
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
8
• Shaxsiylashtirilgan o‘quv rejalarini yaratish – AI har bir o‘quvchining qobiliyati, bilim
darajasi va qiziqishlariga mos o‘quv materiallarini tavsiya qiladi. Ya’ni bunda har bir ta’lim
oluvchi bilan individual yondashiladi va uning yaxshi o‘zlashtirgan yoki u uchun qiyinchilik
tug‘diradigan tomonlari hisobga olinadi. Bu esa o‘quvchiga eng samarali o‘quv yo‘nalishini
tanlash, murakkab mavzularni chuqurroq tushunish va o‘zlashtirish jarayonini osonlashtirish
imkonini beradi.
• Adaptiv ta’lim tizimlari – O‘quvchining natijalarini kuzatib borib, unga mos murakkablik
darajasidagi mashqlarni taqdim etadi. Bu bilimni mustahkamlash, tushunmagan mavzular ustida
individual ishlash va o‘zlashtirish jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi. Sun’iy
intellekt asosida ishlab chiqilgan bunday tizimlar o‘quvchining xatolarini tahlil qilib, ularga mos
tushuntirish va qo‘shimcha materiallar ham taklif etadi. Shuningdek, o‘quv jarayonini yanada
interaktiv va qiziqarli qilish uchun gamifikatsiya (o‘yin elementlari), vizual materiallar hamda
shaxsiy rag‘batlantirish tizimlaridan foydalaniladi. Natijada, har bir o‘quvchi o‘ziga qulay uslubda
va sur’atda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Sun’iy intellekt asosida natijalarni avtomatik baholash tizimi – Sun’iy intellekt asosida
avtomatik test tizimlari ishlab chiqiliadi va bu o‘quvchilarning natijalarini tahlil qilish imkonini
beradi. Bu tizimlar test natijalariga asoslanib, o‘quvchining bilim darajasini aniqlaydi, uning qaysi
mavzularda kuchli ekanligini va qaysi sohalarda qo‘shimcha mashg‘ulotlarga ehtiyoji borligini
belgilaydi. Shuningdek, sun’iy intellekt real vaqt rejimida javoblarni tahlil qilib, o‘quvchiga
individual tavsiyalar beradi va tushunmagan mavzular bo‘yicha qo‘shimcha materiallar taqdim
etadi. Bu esa o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish, o‘rganishda samaradorlikni oshirish
va o‘zlashtirish jarayonini tezlashtirish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, baholash jarayoni
shaffof tarzda olib boriladi.
Yuqoridagi ko‘rib o‘tilgan sun’iy intellekt texnologiyalarining asosiy uch jihati
(shaxsiylashtirilgan o‘quv rejalarini yaratish, adaptiv ta’lim tizimlari, AI yordamida bilimlarni
avtomatik baholash) mustaqil ta’lim olish tizimini takomillashtiradi. Ya’ni mustaqil ta’lim oluvchi
pedagog yordamisiz mustaqil ta’lim mavzularini shaxsiylashtirilgan o‘quv reja asosida
o‘zlashtiradi, adaptiv ta’lim tizimlari orqali (mashqlar yordamida) olgan bilimini mustahkamlaydi
va AI yordamida (avtomatik test tizimlari asosida) o‘z natijalarini baholab, tahlil qilib boradi.
Sun’iy intellekt mustaqil ta’limni samarali va qulay qilish uchun katta imkoniyatlar
yaratmoqda. AI asosida shaxsiylashtirilgan o‘quv dasturlari, avtomatik baholash tizimlari va
interaktiv ta’lim platformalari mustaqil bilim olish jarayonini yaxshilaydi. Shu bilan birga ushbu
texnologiyalarni pedagogikada samarali qo‘llash uchun inson omilini saqlab qolish va AI
vositalaridan muvozanatli foydalanish ham muhimdir. Chunki “Pedagogika oila, davlat va
jamiyatning ta’lim-tarbiyaviy talab va ehtiyojlari asosida vujudga kelgan eng qadimiy fandir.
Ta’lim-tarbiya jarayoni insoniyat tarixi, hayoti, demak, kelajagining ajralmas qismi” [2] 416 bet.
Shunday ekan kelajak ta’limi sun’iy intellekt va pedagogikaning uyg‘unlashuvi orqali yanada
rivojlanadi.
Xulosa o‘rnida, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’lim platformalari o‘quvchilarga real
vaqt rejimida fikr-mulohazalar olish, o‘z bilim darajasini tahlil qilish va individual o‘sish
strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi deb ta’kidlay olamiz. Sun’iy intellekt orqali
mustaqil ta’lim olish jarayonini takomillashtirish ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil
o‘rganish jarayonini qo‘llab-quvvatlash va ularning individual ehtiyojlarini qondirishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdullayeva B.S., Xoliqov A.A., Farsaxonova D.R., Muhammadiyeva S.V., Sheranova
M.B. Umumiy pedagogika. – T.: Innovatsiya - Ziyo. 2021. 264 bet
2. Ibraimov X., Quronov M. Umumiy pedagogika. – T.: Sahhof. 2023. 416 b.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
9
3. Mirzayeva F.O., Voxidova N.X., Saidova B.N. Milliy tarbiya asoslari. – T.: NIF MSH.
2024. 272 bet.
4. Yuldoshev I.A. Ta’limda zamonaviy texnik vosita va texnologiyalar. – T.: Fan va
texnologiya. 2015. 172 b.
