Universal International Scientific Journal
159
A.N.Xudoyarov., N.A.Mamajonova., Sh.Ibroximova
Andijon qishloq xo jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Uzbekistan
Annotatsiya.
Respublikamizning sholi еtishtirish sholichilikka ixtisoslashtirilgan hamda takroriy
ekin sifatida sholi ekadigan fermer xo‘jaliklarini aksariyati asosan an’anaviy usulida ya’ni urug‘ni bevosita
sepib еtishtirib kelinmoqda. Ba’zi xo‘jaliklarda esa sholi ko‘chat usulda еtishtirilmoqda, bu usul asosan
qo‘l kuchida amalga oshirilishi natijasida ortiqcha sarf xarajatlarga, ish unumini pastligi esa ekish
muddatlarini cho‘zilib ketishiga olib kelmoqda, shuning uchun xo‘jaliklarda bunday usuldan kam
foydalanilib kelmoqda.
Kalit so‘zlar:
Sholi, ekish muddatlari, urug‘, fermer xo‘jaliklar, ko‘chat usulda еtishtirish.
Аннотация:
Большинство хозяйств нашей республики, специализирующихся на
выращивании риса и возделывающих рис как возвратную культуру, в основном возделывают его
традиционным способом, то есть прямым посевом семян. Некоторые фермы выращивают рис
рассадным методом, который в основном выполняется вручную, что приводит к чрезмерным
затратам, низкой производительности и увеличению сроков посадки. Поэтому этот метод редко
применяется в фермерских хозяйствах.
Ключевые слова:
Рис, сроки посадки, семена, фермерские хозяйства, выращивание рассады.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
SHOLINI EKISH USULLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA O‘TKAZILGAN TADQIQOT
NATIJALARI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 16.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
1
60
Abstract:
Most of the farms in our republic are specialized in rice cultivation and planting rice as a
repeated crop, mainly in the traditional way, that is, by direct sowing of seeds. In some farms, rice is grown
in the seedling method, which, as a result of this method being mainly carried out manually, leads to
excessive costs, low productivity and lengthening of planting periods, therefore, this method is rarely used
in farms.
Keywords:
Rice, planting periods, seeds, farms, seedling cultivation.
Language:
Uzbek
Citation:
Xudoyarov А., Mamajonova, N., & Ibroximova, S. (2025). RESULTS OF RESEARCH
ON STUDYING RICE PLANTING METHODS. Universal International Scientific Journal, 2(5), 159–
165. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1987
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Shuning uchun butun dunyoda oziq-
ovqat maxsulotlari narxlarining muttasil oshib
borishi hamda sifat darajasini pasayib
borayotganligi
sholichilikda
seleksiya,
urug‘chilik
va
agrotexnika
ishlarini
kuchaytirishni
Respublikada
oziq-ovqat
maxsulotlarini еtishtirish xajmlarini yanada
oshirishni, ularning turlarini ko‘paytirishni,
aholining oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan
talabini
to‘laroq
qondirishni
toqozo
qilinmoqda.
Respublikamizda so‘ngi yillarda qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha keng
qamrovli isloxotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yilning 2 fevraldagi PQ 4973-sonli
“Sholi еtishtirishni yanada rivojlantirish chora
tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida Sholichilik
sohasida
ilmiy-tadqiqotlarni
kuchaytirish
yuzasidan bir qator vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston sholichiligida hosildorlik
ko‘rsatkichlari
jahon
sholichiligi
ko‘rsatkichlaridan past bo‘lib kelmoqda.
Buning asosiy sababi jaxon sholichiligida
keng
qo‘llanilayotgan
innovatsion,
resurstejamkor
texnologiyalardan
foydalanilmay kelinayotganligi hisoblanadi.
Mamalakatimiz qishloq xo‘jaligi ko‘p
tarmoqli hisoblanib, unda ko‘pgina qishloq
xo‘jalik ekinlari qatori sholi aholining asosiy
oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanuvchi
guruch mahsulotining manbai sifatida azaldan
ekib kelinadi. Sholidan yuqori hosil olish,
aholini guruch mahsulotiga bo‘lgan talabini
qondirish va import qilinayotgan miqdorini
kamaytirib valyuta tejash maqsadida, tuproq-
iqlim sharoitlariga chidamli, sifatli don
ko‘rsatkichlariga ega, yuqori hosil beradigan
sholi navlarini joylashtirish, ularni еtishtirishni
yuqori
samarali
resurstejamkor
agrotexnologiyalarini va mahsus texnikalarni
ishlab chiqish va joriy etish o‘ta muhim
vazifalardan biri hisoblanadi.
Jahon miqyosida sholikorlar ko‘chat
usulining urug‘ni bevosita ekish usulidan
mohiyat e’tibori bilan bunday farq qilishiga,
uning afzalliklari nihoyatda ko‘pligiga ishonch
hosil qilib va foydali barcha jihatlarni hisobga
olib bu usulning og‘irligini, tashvishlarining
bir qismini mexanizatsiya zimmasiga yuklash
Universal International Scientific Journal
1
6
1
borasida
har
xil
moslamalar,
ekish
mexanizmlari yaratganlar, sinab ko‘rganlar,
qo‘llaganlar va natijada innovatsion usulda
ya’ni sholini ko‘chat usulida mexanizatsiya
bilan еtishtirish texnologiyasi qo‘llanilib
kelinmoqda.
Olib borilgan kuzatuv va taxlillar
Respublikamiz sharoitida maxaliy sholi
navlari
ko‘chatlarini
ekishni
mexanizatsiyalashgan texnologiyasini va uni
amalga oshiradigan mashina yaratish hamda
ularga qo‘yiladigan agrotexnika talablarini
ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda sholi ekini asosan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm,
Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona,
Andijon va Namangan viloyatlarida qariyb
114 ming gektar maydonlarda asosiy va
takroriy ekin sifatida ekilib kelinmoqda.
O‘rtacha hosildorlik gektariga 35-38 senterni,
yalpi hosil 421 ming tonnani tashkil etmoqda.
Ushbu miqdor mamlakatimizningkunsayin
ortib borayotgan aholisini asosiy oziq-ovqat
mahsulotlaridan
biri
bo‘lgan
guruch
mahsulotiga bo‘lgan talabini minimal darajada
qondira
olmoqda
xolos.
Rasmiy
ma’lumotlarga ko‘ra respublika aholisining
talabini to‘liq ta’minlash uchun xar yili 35
ming tonna atrofida guruch maxsuloti import
qilinmoqda.
Sholidan yuqori hosil olish, aholini
guruch mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirish
va import qilinayotgan miqdorini kamaytirib
valyuta
tejash
maqsadida,
tuproq-iqlim
sharoitlariga
chidamli,
sifatli
don
ko‘rsatkichlariga ega, yuqori hosil beradigan
sholi navlarini joylashtirish, ularni еtishtirishni
yuqori
samarali
resurstejamkor
agrotexnologiyalarini va sholichilikga bo‘lgan
mahsus texnikalarni ishlab chiqish va joriy
etish o‘ta muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Sholini ko‘chat usuli bilan еtishtirish ana
shu texnologik jarayonning eng muhim bir
tarmog‘i bo‘lib hisoblanadi, bu usulning
an’anaviy urug‘dan bevosita ekib еtishtirish
usulidan juda ko‘p farqlari va afzalliklari
mavjud.
Ammo, Uzbekistonda ko‘chat usuli bilan
ekish zamonaviy talab bo‘yicha agrotexnikasi,
еtishtirish texnologiyasi va ekish texnikalari
ishlab chiqilmaganligi sababli bu yo‘nalish
oqsab bormoqda.
Bugungi
kunda
O‘zbekistondagi
Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutiga Janubiy
Koreyaning “TYM” (Tong Yang Moolsang)
kompaniyasining RF-48 va RRO600V rusumli
sholi ko‘chatlari ekish mashinalari keltirilgan
va ulardan tajriba sifatida foydanilmoqda va
shu
aniqlandiki
mazkur
mashinalarning
ko‘chat ekish organlarining qatorlar orasi 30
sm ni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida mahalliy
sholi navlari ko‘chatlarini ekishga mos
kelmasligi aniqlandi.
Yuqoridagilardan
kelib
chiqib,
Respublikamiz sharoitida maxaliy sholi
ko‘chatlarini ekishning mexanizatsiyalashgan
texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi
qurilma konstruksiyasini ishlab chiqishni
taqazo etmoqda.
Maxaliy sholi navlari ko‘chatlarini
ekishning mexanizatsiyalashgan texnologiyasi
va
uni
amalga
oshiruvchi
qurilma
qo‘llanilganda
sholichilik
tarmog‘ida
quyidagi ishlar tizimli xal etilishiga erishiladi:
mahalliy sholi navlari ko‘chatlarini
ekishni mexanizatsiyalashgan texnologiyasi
ishlab chiqiladi va ko‘chat ekadigan
mashinaning yaratiladi, mashinaning ishlab
chiqish uchun dastlabki talablar va texnik
topshirqlar tayyorlanadi;
maxalliy sholi navlari ko‘chatlarini
ekishni mexanizatsiyalashgan texnologiyasiga
Universal International Scientific Journal
1
62
qo‘yilgan
agrotexnika
talablari
ishlab
chiqiladi;
taklif etilayotgan sholi ko‘chatlarini
ekishni mexanizatsiyalashgan texnologiyasi
amaliyotda qo‘llash bilan ish unumdorligi
ortadi, sholidan olinayotgan hosildorlikni
ortishga
erishiladi,
aholini
oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatlari
yaratiladi.
Sholi
eng
keng
tarqalgan
donli
ekinlardan biri bo‘lib, umumiy ekin maydoni
bo‘yicha bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinda,
hosildorligi bo‘yicha esa birinchi o‘rinda
turadi.
Sholi еtishtirishni to‘g‘ri tashkil etish
uchun eng avvalo tuproq iqlim sharoiti va
navning biologik xususiyatlarini xisobga olgan
holda ekish usullarini to‘g‘ri tanlash maqsadga
muvofiq xisoblanadi. Jahon amaliyotida sholi
ekini asosan ikki xil usulda: urug‘idan va
ko‘chatidan ekib еtishtiriladi.
Akademik G.G.Guщinning ma’lumotlari
bo‘yicha XX asrning boshlarida Hindiston,
Xitoy, Yaponiya, Koreya, Malayziya yarim
oroli, Yava, Filippin singari juda ko‘p
sholichilikning qadimiy o‘choqlarida sholini
faqat ko‘chatidan ekib o‘stirish juda keng
tarqalgan.
Italiyada ham keyingi paytlarda bu usul
keng tarqala boshladi, lekin bu usulga to‘liq
o‘tish uchun qo‘l kuchi kamligi asosiy to‘siq
bo‘lmoqda. Shunday bo‘lsada XX asr
boshlarida
Italiyada
umumiy
sholi
maydonining 30 foizdan ortig‘i ko‘chat usuli
bilan ekib еtishtirilgan.
Chen Xiaorong, Pan Xiaohua tomonidan
sholi еtishtirishning yangi usuli tavsiya etilgan
bo‘lib, bunda urug‘ ko‘plab teshiklari mavjud
bo‘lgan plastik kassetalarga ekiladi va
еtishtirilgan katta yoshli ko‘chatlar dalaga qo‘l
mehnatisiz seyalkalar bilan tez va oson
o‘tqaziladi, bu esa mehnatni tejash imkonini
beradi deb o‘tilgan. Ular yana o‘z tajribalarida
sholi o‘simligini ko‘chat usulida ekib azotli
mineral o‘g‘itlarni har xil muddatlar va
me’yorlarda
berishni
o‘rganishgan
va
o‘sishning kechki fazalari va yuqori o‘simlik
qalinligida azot me’yorini oshirish o‘simlik
nay
chiqarishini
tezlashtiradi,
azotning
yutilishini kuchaytiradi va azotning o‘simlikda
tez to‘planishini ta’minlaydi, barg sathi
indeksini
oshiradi,
quruq
biomassa
to‘planishini
kuchaytiradi,
fotosintezni
faollashtiradi, ko‘p miqdorda mahsuldor
ro‘vaklar shakllanishini ta’minlaydi va don
hosilini oshiradi deb, bunda azot me’yorini
o‘sishning ertagi fazalarida kamaytirish,
kechki fazalarda esa oshirish maqsadga
muvofiq ekanligini ta’kidlangan.
Xitoylik olimlar Wang Song liang, Lin
Wen xiong, Liang Yiyuan, Yu Gao jing
sholining 2 ta navida olib borgan tajribalarida
azotli o‘g‘itlar va ekish qalinligining (300, 375
va 600 ming o‘simlik/ga) poya sifati, hosil va
uning strukturasi, o‘simliklarning tuproq va
o‘g‘it
azotidan
foydalanishiga
ta’sir
o‘rganilgan. Balanslashtirilgan mineral ozuqa
sharoitlarida oddiy sholi uchun ko‘chat bilan
ekish uslubi eng yaxshi ko‘chat qalinligi 600
ming o‘simlik/ga, duragaylar uchun – 375
ming o‘simlik/ga deb topilgan. Ushbu holatda
hosil ortadi va uning strukturasi va don sifati
yaxshilangan.
Xuddi
shunga
o‘xshash
tadqiqotlar 2013 yili Su Zu-Fang, DuYong-lin,
va b. sholining generativ poyalar foiziga
o‘simlikning ko‘chat qalinligi va N-o‘g‘it
me’yorining
ta’sirini
o‘rganishgan.
Aniqlanishicha,
yuqori
hosildor
sholi
populyatsiyalarida ro‘vak chiqarish fazasida
mos holdagi barg sathi indeksi, samarali barg
sathining yuqori ulushi (75-78 foiz) kuzatiladi.
Don to‘lishish davrida fotosintetik potensial
yuqori – 2,1x106 m2/kun bo‘lgan.
Universal International Scientific Journal
1
63
Paul Reuben va boshqa olimlar sholi
ko‘chatlarini asosiy dalaga ko‘chirib o‘tkazish
yoshini aniqlash uchun “Sholini intensivlash
tizimida (SRI)” ilmiy-tadqiqotlar olib borgan.
Bunda, sholi ko‘chatlarining yoshi 8, 12 va 15
kunlik bo‘lgan ko‘chatlardan foydalanilgan.
Yuqori biomassa to‘plashi, bir uyadagi
ko‘chatlarning yuqori tuplanish darajasi va bir
ro‘vakdagi donlar sonini yuqori bo‘lishi
yuqori hosildorlikka erishish ko‘rsatkichlari
hisoblanishini ta’kidlab o‘tishga.
Pokistonlik olim A. Mohammadi va
Tailandlik H. Ullah, va A. Datta olimlar
sholini turli xil ekish usullari ya’ni, sholi
urug‘larini quruq va nam maydonlarga hamda
ko‘chatidan ekish usullaridan foydalanishgan.
Xindistonning Panjab qishloq xo‘jaligi
universiteti olimlari R. Bhatt va S. S. Kukal
sholini doimiy suv bostirib sug‘orish usulida
ekilganda
tuproqning
strukturaviy
yomonlashuviga olib kelishi to‘g‘risida
ma’lumotlar berib o‘tishgan. Sholini bug‘doy
bilan navbatlab ekishda asosan sholini ko‘chat
usulidan foydalanish talab etiladi.
T.H.Ishikava va boshqalarning fikriga
ko‘ra sholini ko‘chat usulida еtishtirish
joyning tabiiy iqlim sharoitiga hamda maydon
birligiga ekiladigan uyalar soniga bog‘liqdir.
Xindistonlik S. K. Sharma va boshqalar
dala tajribalari ko‘chat usulida va aerobik sholi
navlarini kompleks azot boshqarish ta’sirini
o‘rganish bo‘yicha Nyu-Dehli, Hindistonda
2009 va 2010 yillarda yomg‘irli mavsum
davomida o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalarida
sholini ko‘chat usulida ekilganda bir kg sholi
еtishtirish uchun 1529.2–1725.2 mm suv va
aerobik sholida esa 929.2–1225.2 mm suv
sarflanganligi to‘g‘risida ma’lumot berishgan.
M Kargaran ma’lumotlari bo‘yicha
sholini ko‘chat qilib еtishtirishda navlarning
ahamiyati katta. Bunda kech pishar navlarni
erta muddatlarda ekish lozim. Kechpishar
navlarni
kechki
muddatlarda
ko‘chat
tayyorlalanib ekilganida hosildorlik pasaygan.
Sholichilikda ko‘chat usulini qo‘llashda
sholi
ekiladigan
joyning
tuprok-iqlim
sharoitini bilish katta ahamiyatga ega. Sholi
navlarini
tuproq-iklim
sharoitiga
karab
joylashtirish o‘simlikni tashki muxitga oson
moslashishini ta’minlaydi. Tropik davlatlarda
ko‘chat ekish muddatini yanvar oyidan dekabr
oyiga qadar ekib o‘rganilganda eng yuqori
hosildorlik iyun-iyul oyida ekilgan sharoitda
olingan. Ko‘chat ekish muddatlarining sholi
rivojlanish davrlariga ta’siri o‘rganilganda
gullash davriga qadar eng kam ko‘rsatkich
barcha navlarda yanvar va mart oylarida
ekilganda (77 kun ertapishar va 127 kun
kechpishar
navlarda)
va
eng
yuqori
ko‘rsatkich noyabr oyida ekilganda (117 kun
ertapishar va 152 kun kechpishar navlarda)
qayd qilingan. Bunday holat esa sholining
ayrim xususiyatlari va hosildorligi yilning
davriga va quyosh radiatsiyasiga bog‘liqligini
ko‘rsatgan.
Jahonning turli mamlakatlarida sholi
ko‘chati 10x10 sm dan 60 x 60 sm gacha
bo‘lgan sxemada ekiladi. Ko‘pchilik olimlar
ko‘chatni 20x10, 15x15 sm va har bir uyaga 2-
3 ta o‘tqazishni maqbul deb hisoblaydilar.
Hind olimlari ko‘chat ekishni sxema 25,4
x 25,4 sm., 38,1 x 16,8 va 50,8 x 12,7 sm.ga
ekib o‘rganib, birinchi sxemada eng yuqori
hosil olishgan. L.L. Relwani (1963) tomonidan
olib borilgan tajribalarida esa 20 x 20 sm va 25
x 25 sxemada ekilganda 15x15 va 13x51 sm.ga
nisbatan yuqori natijalar olingan. Nigeriyada
har xil ko‘chat ekish sxemalarini sholi
hosildorligiga ta’siri o‘rganilganda, unda
sholini oziqlanish maydoni 225 sm2, 400 sm2
va 9000 sm2 bo‘lganda, eng yuqori hosildorlik
esa 225 sm2 yoki 15x15 smda olingan bo‘lib,
bunda 900 sm2ga nisbatan hosildorlik 22%
yuqori bo‘lishi qayd qilingan.
Universal International Scientific Journal
1
64
Nigeriya sharoitida Th.Bredero (1964)
ilmiy tadqiqot ishlariga asoslanib har qanday
sxemada uyadagi ko‘chatlar sonini oshishi
hosildorlikka katta ta’sir qilmaydi lekin
ko‘chat sonini oshib borishi o‘simliklarning
yotib qolish darajasini oshiradi degan xulosaga
kelgan.
Sholining hind tipidagi o‘rtapishar
Shangyou
63
navi
yapon
tipidagi
Guanglinxiangjing navida poyalar strukturasi
va barg sathi indeksi hamda hosilning
shakllanishi
o‘rtasidagi
aloqadorlikni
aniqlashgan.
Azotli
o‘g‘itlarning
turli
me’yorlari 23,3x10,0 sm va 30,0x10,0 sm
ekish qalinliklarida berilgan. Aniqlanishicha,
naychalashgacha va naychalash davridagi
o‘simlik soni va poya qalinligi naychalash va
ro‘vak chiqarish fazasidagi barg sathi indeksi
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Barg sathining
yuqori indeksi eng yuqori hosil shakllanishini
ta’minlagan.
R.Tillaev,
M.Ergashev,
X.Jo‘raev
ma’lumotlarida ko‘ra Andijon viloyati
sharoitida kuzgi bug‘doyni yig‘ib olgandan
keyin maydonlarda sholi ekishda, ko‘chatlarni
ikkinchi darajali ekin sifatida ishlatishda va
ikkinchi hosilni olishda 30x10x2 sxemasi
bo‘yicha iyul oyining birinchi o‘n kunligida 30
kunlik ko‘chatlarni ekishda "Iskandar"
navidan
yuqori hosil olish imkoniyati
mavjudligi qayd etilgan.
Himoyalangan
ko‘chatxonalarda
mahalliy sholi navlarining ko‘chatlarini
еtishtirish bo‘yicha Sholichilik ilmiy-tadqiqot
institutida soha olimlari tomonidan Janubiy
Koreyadagi
RDA
tashkilotining
O‘zbekistondagi
KOPIA
markazi
xamkorligida texnik loyiha asosida ilmiy-
tadqiqotlar
olib
borilgan.
Lekin,
mamlakatimizda
himoyalangan
ko‘chatxonalarda еtishtirilgan mahalliy sholi
navlarining
ko‘chatlarini
ekishning
mexanizatsiyalashgan texnolgiyasi va uni
amalga oshiruvchi mexanizmlarni ishlab
chiqish bo‘yicha ilmiy- tadqiqotlar olib
borilmagan.
XULOSA
Sholidan yuqori hosil olish, aholini
guruch mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirish
va import qilinayotgan miqdorini kamaytirib
valyuta
tejash
maqsadida,
tuproq-iqlim
sharoitlariga
chidamli,
sifatli
don
ko‘rsatkichlariga ega, yuqori hosil beradigan
sholi navlarini joylashtirish, ularni еtishtirishni
yuqori
samarali
resurstejamkor
agrotexnologiyalarini va mahsus texnikalarni
ishlab chiqish va joriy etish o‘ta muhim
vazifalardan biri hisoblanadi.
Respublikamizning
sholichilikka
ixtisoslashtirilgan hamda takroriy ekin sifatida
sholi ekadigan fermer xo‘jaliklarini aksariyati
asosan an’anaviy usulida foydalanayotganligi,
ayrimlari esa sholini ko‘chat usulda
еtishtirishda qo‘l kuchida amalga oshirilishi
natijasida ortiqcha sarf xarajatlarga, ish
unumini pastligi esa ekish muddatlarini
cho‘zilib ketishiga olib kelinishi aniqlandi.
O‘tkazilgan
tadqiqot
natijalari
Respublikamiz sharoitida maxaliy sholi
ko‘chatlarini ekishning mexanizatsiyalashgan
texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi
qurilma konstruksiyasini ishlab chiqishni
taqazo etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi «O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5853 sonli Farmoni
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi PQ-4973-sonli “Sholi
Universal International Scientific Journal
1
6
5
еtishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori
3.
Turkiya Respublikasi “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi” vazirligi hamda “Denizbank”
hamkorligida tayyorlangan “100 ta kitob” dan iborat to‘plami.
4.
Djumanov. Z. N va boshqalar. O‘zbekistonda sholi еtishtirish bo‘yicha ko‘rsatma.
Toshkent. M-1998. B.7-9
5.
Saimnazarov Y., Djumanov Z., Baraev X., Ergashev M., Egamnazarov A., Sattarov
M. O‘zbekistonda sholi еtishtirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent:2009.-1,25 b.t.
6.
Ergashev M.A., Asosiy va takroriy va takroriy ekin sifatida sholini ko‘chat usuli bilan
ekishning muqobil muddatlarini ishlab chiqish. (fan nomzodlik diss...avtoreferati) Toshkent:2008.-
b. 6-12.
7.
B.I.Qalandarov., M.A.Ergashev Izlanish, tadqiqot va natija.” Agro hidro news”
ijtimoiy-iqtisodiy jurnal. №2 son. Toshkent-2019yil. 20-21-betlar.
8.
Отамирзаев Н.Г., Эргашев М.А., Кодиров Б.Г., Равшанова Н.А Вредители риса
в Узбекистане. “Современного экологического состояние природной среды и научно-
практические аспекты ратсионалного природоползования” ИИ Международная научно-
практическая интернет конференция. C Cолёное Займище 2017г. стр. 1044-1046
9.
M.A.Sattarov., M.A.Ergashev va boshqalar O‘zbekistonda sholidan yuqori hosil olish
bo‘yicha tavsiyanoma. 1,5 taboq. Toshkent-2019 yil.
10.
Tillaev R. Sh. Ergashev M. A., Qodirov B.G, Sholi ko‘chatlarini mexanizmlar
yordamida ekishning iqtisodiy samaradorligi” Agro’ biznes in fo’rum iqtisodiy-ijtimoiy-ilmiy
jurnali. Toshkent. 2020. №3 158 soni
13.A.N.Xudoyarov, X.O. Tursunov, M.A. Yuldasheva, A.Uzoqov, S.Nurmatova,
D.Xudoynazarov Sholini ko‘chat usulida еtishtirish texnologiyasi Science and education in
acriculture №1 2022 Volume 1 Issue 1. www.seagc.andqxai.uz.
14.A.N.Xudoyarov, X.O. Tursunov, M.A. Yuldasheva, A.Uzoqov, S.Nurmatova,
D.Xudoynazarov Sholini ko‘chat usulida еtishtirishning afzalliklari AGRO ILM ISSN 2091-5616
Maxsus son-2 [86], 2022
