Mualliflar

  • Mahfuza Ibodova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110293

Kalit so‘zlar:

Integratsiya auksion dars innovatsion dars hamkorlik dars Zamonaviy dars tahlili didaktik zoologiya texnologiya interaktiv samaradorlik

Annotasiya

Ta’lim uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, uning sifati darsda qo‘llaniladigan bugungi kun talabiga mos tanlangan metodlar va o’qituvchining mahoratiga bog‘liq. Ushbu maqolada akademik litseylarda biologiya fanini fanlararo integratsiya asosida o’qitish orqali o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish yo‘llari aks ettirilgan


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

759

AKADEMIK LITSEYLARDA BIOLOGIYA FANINI FANLARARO

INTEGRATSIYA ASOSIDA O’QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING TANQIDIY VA

IJODIY FIKRLASH SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI

Ibodova Mahfuza Namozovna ,

pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) , dotsent,

Navoiy davlat universiteti

Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti,

Biologiya kafedrasi dotsenti

Ibodovamahfuza75@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15589596

Annotatsiya. Ta’lim uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, uning sifati darsda

qo‘llaniladigan bugungi kun talabiga mos tanlangan metodlar va o’qituvchining mahoratiga bog‘liq.
Ushbu maqolada akademik litseylarda biologiya fanini fanlararo integratsiya asosida o’qitish orqali
o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish yo‘llari aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: Integratsiya, auksion dars, innovatsion dars, hamkorlik dars, Zamonaviy dars

tahlili, didaktik, zoologiya, texnologiya, interaktiv, samaradorlik.

Абстрактный

.

Образование

это

длительный

и

сложный

процесс

,

и

его

качество

зависит

от

используемых

на

уроке

методов

,

соответствующих

современным

потребностям

и

навыкам

учителя

.

В

статье

отражены

пути

развития

навыков

критического

и

творческого

мышления

учащихся

посредством

междисциплинарной

интеграции

биологии

в

академических

лицеях

.

Ключевые

слова

:

Интеграция

,

урок

-

аукцион

,

инновационный

урок

,

совместный

урок

,

современный

анализ

урока

,

дидактика

,

зоология

,

технология

,

интерактив

,

эффективность

.

Abstract. Education is a long and complex process, and its quality depends on the methods used

in the lesson, corresponding to the modern needs and skills of the teacher. The article reflects the
ways of developing critical and creative thinking skills of students through interdisciplinary
integration of biology in academic lyceums.

Key words: Integration, auction lesson, innovative lesson, joint lesson, modern lesson analysis,

didactics, zoology, technology, interactive, efficiency.

Kirish. Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini o‘rgatishga, o‘quvchi

yoshlarni tafakkurini keng ko‘lamda rivojlantirishga, olamni bir butun anglashga hamda tasavvur
etishga, tevarak atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarni mohiyatini to‘g‘ri anglaydigan yoshlarni
tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Ya’ni bugungi kun ta’limining o‘z oldiga qo‘yga ulkan maqsadlaridan
biri o‘quvchilarni hali yosh paytlaridanoq sekin astalik bilan zo‘riqishlarsiz mustaqil fikrlovchi shaxs
sifatida hayotga tayyorlashdan iborat. Maktabda o‘qitilayotgan fanlarning tarqoqligi o‘quvchiga faqat
tor doiradagi nazariy bilimnigina beradi, bu esa o‘quvchi ongidan keyinchalik unitiladi, amaliyotga
taqbiq etilmaydi. Olimlarning fikricha, integratsiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular
orasida yetakchi o‘rin egallaydi. [1; 250-b]. Biologiya darslarida o‘quvchilarning aqliy faoliyatini
hat tomonlama rivojlantirishda integratsiyalashgan darslarning o‘rni beqiyos.

Rivojlangan davlatlatning 70 foizi ta’lim tizimida integrative xarakterdagi o‘quv dasturlari

va darsliklaridan foydalanmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ
fanlar joriy qilingan bo‘lsa, Koreya va Shveysariyada integratsiyalashgan fanlar, Vengiriyada
madaniyat yonalishidagi o‘quv fanlari, Irlandiyada fan va texnika bloklaridan barcha o‘quv fanlari
mujassamlashtirilgan holda o‘qitiladi. [2;75-b]. Pedagog U.Musayev integratsiyaning mavzulami
ketma-ket taqdim etish asosidagi integratsiyaga ahamiyat qaratishi bejiz emas. Bunda o‘quv
materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga amal qilinadi, ya’ni oldingi o‘quv materiali
keyingisini to'ldiradi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

760

Ta’lim-tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida o’qituvchining ishlash tizimi tubdan

o‘zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiyalashgan darslar, innovatsiyalar amaliyotda
keng qo‘llanilmoqda. O’quv fanlararo aloqadorlik ta’minlangan sharoitda o’quvchilarning egallagan
bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok qilish qobiliyati, faolliklari,
qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. [3; 210-b].

T. T. Lakotsenina va S. V.Kulnevich “Zamonaviy dars tahlili” kitobida quydagicha ta’rif

keltirilgan: “Integratsiya – bu ma’lum bir sohadagi umumlashtirilgan bilimlarni iloji boricha bir o‘quv
materialiga chuqur kiritib boorish, birlashtirish”. “Intergratsiya” so‘zi lotincha integratio-tiklash,
to‘ldirish, “integer” butun so‘zidan kelib chiqqan. Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon
sifatida talqin etiladi: birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va
vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon;
ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish
jarayoni.

Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va

nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari
mazmunini eng kamida ta’lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli
va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan
o‘quv predmetlari doirasida ma’lum didaktik birliklar orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini
va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ aloqadorlik
asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki
jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin
etishni talab etadi. [4; 352-b].

Integratsiya- differensiatsiyaning aksi bo‘lib, unga teskari bo‘lgan jarayondir.
Uni quydagi yo‘nalishlarda joriy etish mumkin.
a) o‘quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish;
b) turli o‘quv predmetlaridan tehsil beruvchi shaxslarning faoliyatini integratsiyalash;
c) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki o‘quv kunini integratsiyalash. Hozirgi

zamon biologiya ta’lim pedagogikasida ta’limning yanada samarali yo‘llarini topish jarayoni
kechmoqda. Pedagogik integratsiya ana shunday yo‘llardan biri bo‘lib, uning asoslaridan biri
integratsion darslardir. Integratsion darslar – interaktiv ta’lim tizimi bo‘lib, integrativ bilimlarni
chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o‘rganadi.
Biologiya darslarida o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish
integratsiyaning negizi hisoblanadi. Integrasiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir
butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o‘rgatadi. Integratsion
darslarda mavzularni va mashg‘ulotlarni hamkorlikda, mutaxasis ishtirokida va o‘quvchilar faolligida
o‘tiladi. [5; 126-b].

Integratsion darslarning 5 ta asosiy maqsadi mavjud va ular quydagilar:
1. O‘quvchilarning aqliy va emotsional qobiliyatlarini rivojlantirish;
2. O‘quvchilarning irodasini rivojlantirish;
3. O‘quvchilarning individual xarakterini rivojlantirish;
4. O‘quvchilarning boshqa fanlarga qiziqishini oshirish;
5. O‘quvchilarda tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish.
Fanlararo integratsiya bir o‘quv fanining materialidan boshqasini o‘rganayotganda

foydalanishda namoyon bo‘ladi. Bu darajada olib borilayotgan mazmunni tizimlashtirish o‘quvchilar
ongida o‘rganilayotgan ob’yektning yaxlit tasavvurini shakllantirish kabi natijaga olib keladi. 3 xil
integratsion dars turlari hozirda ommalashgan.

1. Auksion dars;
2. Innovatsion dars;
3. Hamkorlik dars.
Integratsion dars turlaridan biri auktsion dars deb nomlanib, muayyan mavzular bo‘yicha

qisqacha tushuntirish berilib, o‘quvchilarning fikri o‘rganiladi va ular mutaxassis tomonidan


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

761

baholanib boriladi. Bunday darsda o‘qucvchilar to‘rt guruhga bolinadi va guruh a’zolari qo‘yilgan
mavzular bo‘yicha fikrlar taqdimotini o‘tkazadi. Qaysi guruhning fikri mavzuni keng yoritib bersa,
shu guruh g‘olib hisoblanadi va guruh a’zolarining har biri teng baholanadi. Auksion dars yakunida
uyga vazifa berilmaydi. Hamkorlik darsi muayyan mavzularni mutaxassislarning ishtirokida
o‘tkazishga asoslangan. Unda mutaxassis mavzuni ma’ruza tarzida tushuntiradi va dars yakunida
o‘quvchilarning savoliga javob beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning muhokamada ishtirok etishiga
tayanib ularning bilimini baholaydi.

Innovatsion dars ko‘p hollarda kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Unga ko‘ra, o‘quvchi

tomonidan mavzu va uning matni kompyuter dasturiga joylashtiriladi. Dars jarayoni ham kompyuter
vositasida o‘tiladi va taklif qilingan mutaxassis yoki o‘quvchilar masofadan turib dars jarayonini
kuzatib boradilar. Darsning yakunida kuzatuvchilar darsga nisbatan o‘z munosabatini bildiradilar va
uning yangilik darajasini baholaydilar. Integratsion darslarning bir nechta didaktik asoslari mavjud:

- darsda aniq muammoni qo‘yish va dars oxirida muammoning yechimiga erishish; - darsda har

bir berilayotgan bilim va tushunchalarning ta’rifi hamda misollari keltiriladi;

- dars davomida o‘quvchilarning o‘zlashrirish jarayoni savolar berish bilan tekshirib boriladi;
- darsda faol istirok etgan o‘quvchilarning bilimi va tushunchasi darxol baxolanadi;
- dars yakunida beriladigan uyga vazifalarni o‘quvchi hamkorligida bajarish nazarda tutiladi.
Integratsion darslarga qo‘yiladigan talab darslarni davlat ta’lim standartlari asosida yoritishdir.

Biologiya darslarida kimyo, geografiya, matematika, tarix , tabiiy fan, ingliz tili va o‘qish fanlari
bilan integratsiyalash mumkin. Ta’limni integratsiyalashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
o’quvchilarda tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi
qonunlariga o‘z munosabatini bildirishga yo‘naltirishdan iborat. [6; 32-b].

Demak, integratsiya darsi mavzu jihatidan bir biriga mos kelishi va puxta reja asosida tuzilgan

bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ta’lim samaradorligini oshirish uchun integratsiya holatidagi dastur
va darsliklar yaratish lozim. Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini
tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o‘rgatish ta’limni integratsiyalashga
yondashuvning metodik asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni
chuqurlashtirish va boyitish, o‘quvchilarga tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali
erishish mumkin. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa o‘quv darslarida o‘zlashtirilgan bilimlarga
murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Integratsiyalashgan darslar ijodiy, erkin
bo‘lishi bilan bir qatorda, yaxlit, mantiqan ketma-ket,o‘ziga xos o‘tish metodologiyasiga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o‘rgatilishi va zarur o‘qitish vositalari
bilan ta’minlanishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va

boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Ped. fan. doktori. diss. –Toshkent: 2007. –250 b.

2.Begimkulov U.Sh., Djuraev R.X., Icyanov R.G., Sharipov Sh.C., Adashboev Sh.M., Soy

M.N. Pedagogik ta’limni axborotlashtirish: nazariyaci va amaliyot. –Toshkent: 2011. –75 b

3.

Бабешко

В

.

Н

.

Система

оценки

качества

программных

комплексов

для

дистанционного

обучения

. -

М

.:

ЦДО

МИЭМ

, 2004. -210

с

4.

Беспалько

В

.

П

.

Образование

и

обучение

с

участием

компьютеров

(

педагогика

третьего

тысячелетия

).

М

.:

Изд

-

во

Московского

психолого

-

социального

института

;

Воронеж

:

Издательство

НПО

«

МОДЭК

», 2002. 352

с

.

5.M.N.Ibodova Akademik litseylarda biologiya fanini o’qitishda integrativ

texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishning metodik tizimi. Uzluksiz ta’lim

Тошкент

.

2023 y.

6

Б

- 126-129 bet .

6.M.N.Ibodova Improving tne met hodologu of using OF electronic educa tional

Resources in improving tne effect tiveness of teaching tne subject “ ZOOLOGY” In pedago gical
higher educa tional institutions International scientific research journal ISSN: 2776-0979, Volume 4,
Issue 3, Mar., 2023

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Ped. fan. doktori. diss. –Toshkent: 2007. –250 b.

Begimkulov U.Sh., Djuraev R.X., Icyanov R.G., Sharipov Sh.C., Adashboev Sh.M., Soy M.N. Pedagogik ta’limni axborotlashtirish: nazariyaci va amaliyot. –Toshkent: 2011. –75 b

Бабешко В.Н. Система оценки качества программных комплексов для дистанционного обучения. -М.: ЦДО МИЭМ, 2004. -210 с

Беспалько В.П. Образование и обучение с участием компьютеров (педагогика третьего тысячелетия). М.: Изд-во Московского психолого-социального института; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2002. 352 с.

M.N.Ibodova Akademik litseylarda biologiya fanini o’qitishda integrativ texnologiyalardan foydalanishni tashkil etishning metodik tizimi. Uzluksiz ta’lim Тошкент . 2023 y. № 6 Б- 126-129 bet .

M.N.Ibodova Improving tne met hodologu of using OF electronic educa tional Resources in improving tne effect tiveness of teaching tne subject “ ZOOLOGY” In pedago gical higher educa tional institutions International scientific research journal ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 3, Mar., 2023