Jild 2 № 4.4 (2025)
“Zamonaviy biologiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Maqolalar
INTERAKTIV SIMULYATSIYALARNI PEDAGOGIK JARAYONGA TATBIQ ETISH
Maqola talabalarda genetika fanini o‘qitishda Interaktiv simulyatsiyalarni foydalanish uchun zarur bo‘lgan metodik bilimlarni shakllantirish, ko‘nikmalarni tarkib toptirish hamda an’anaviy va zamonaviy metodlarning kombinatsiyasi, shuningdek, interaktiv simulyatsiyalarni qo‘llash, o‘quvchilarning bilimini yanada chuqurlashtirish. Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash nafaqat o‘quvchilarning bilimini oshirish, balki ularning ijodiy va amaliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga Interaktiv simulyatsiyalar o‘quvchilarga murakkab tushunchalarni o‘zlashtirishda yordam beraAdi va ta’lim jarayonini yanada samarali qilish masalalariga q`aratilgan.
O‘SIMLIKLAR SISTEMATIKASI BO‘YICHA MASALA VA MASHQLAR TUZISH
Maqola talabalarda botanika fanini o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan metodik bilimlarni shakllantirish, ko‘nikmalarni tarkib toptirish hamda talabalarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalari¬ni rivojlantirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonida turli mantiqiy yo‘nalishdagi masala va mashqlarning tuzish masalalariga q`aratilgan
ODAM VA UNING SALOMATLIGI FANI BO‘YICHA MASALA VA MASHQLAR TUZISH
Maqola talabalarda odam va uning salomatligi fanini o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan metodik bilimlarni shakllantirish, ko‘nikmalarni tarkib toptirish hamda talabalarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalari¬ni rivojlantirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonida turli mantiqiy yo‘nalishdagi masala va mashqlarning tuzish masalalariga q`aratilgan.
O‘SIMLIKLARNING VEGETATIV VA GENERATIV ORGANLARI BO‘YICHA MASALA VA MASHQLAR TUZISH.
Maqola talabalarda botanika fanini o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan metodik bilimlarni shakllantirish, ko‘nikmalarni tarkib toptirish hamda talabalarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalari¬ni rivojlantirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonida turli mantiqiy yo‘nalishdagi masala va mashqlarning tuzish masalalariga q`aratilgan.
LACTOBACILLUS PLANTARUM BAKTERIYASINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu tezis Lactobacillus plantarumning inson salomatligi uchun biologik ahamiyatini o'rganadi. Probiyotik sifatida u ichak mikrobiota muvozanatini saqlash, immunitetni oshirish, antioksidant himoyani ta'minlash va yallig'lanish jarayonlarini kamaytirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Uning oziq-ovqat sanoati va farmatsevtikada amaliy qo'llanilishi ham tahlil qilinadi.
IVS2+1G>A MUTASYON CHASTOSLIGI VA 1100delC CHEK2 GENI POLIMORFIZMASI O'ZBEK AXOLOSI.
CHEK2 является одним из генов, участвующих в репарации ДНК и выполняющий важную роль в клеточном цикле, известен как ген-супрессор опухолей при раке молочной железы (РМЖ). Наши исследования были направлены на изучение связи полиморфизмов гена CHEK2 (IVS2+1G>A и 1100delC) с РМЖ. Образцы ДНК для исследования были выделены из периферической крови у 300 женщин узбекской национальности, 200 из которых составляли основную группу с диагнозом РМЖ и 100 женщин составляющие контрольную группу. Образцы крови были собраны и хранились в пробирках EDTA. ПЦР-амплификация была выполнена с использованием анализатора Corbett Research GRADIENT PALM CYCLER PCR Analyzers CG1-96 (Австралия). Из 200 пациентов с РМЖ у 4 была обнаружена гетерозиготная форма генотипа 1100delC (C/G), у 6 пациентов — гетерозиготная форма генотипа IVS2+1G>A (G/A).
BIOLOGIYANI O`QITISHDA TALABANING TA`LIMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqola biologiya fanini oʻqitish jarayonida talabalarning ta'limiy dunyoqarashini shakllantirishning ahamiyati va usullarini oʻrganadi. Maqolada biologiya fanining tabiat va inson oʻrtasidagi munosabatlarni tushunishdagi oʻrni, shuningdek, zamonaviy ta'lim usullari orqali talabalarda ilmiy dunyoqarash, tanqidiy fikrlash va ekologik ongni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Maqolada faol oʻqitish metodlari, masalan, loyiha asosidagi ta'lim, muammoli oʻqitish va raqamli texnologiyalardan foydalanishning ta'limiy dunyoqarashga ta'siri tahlil qilinadi. Shuningdek, oʻqituvchilarning ushbu jarayondagi roli va talabalarning oʻz-oʻzini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari alohida e'tibor markazida boʻladi. Maqola oʻqituvchilar, ta'lim sohasi mutaxassislari va biologiya faniga qiziqqanlar uchun foydali manba sifatida xizmat qiladi.
ZOOLOGIYA FANINING DARS SHAKLLARIDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH.
Mazkur maqola Oliy ta’lim muassasalarining biologiya yo‘nalishi talabalariga zoologiya fanining dars shakllari amaliy va laboratoriya darslarini olib borishda zamonaviy pedagogik tehnologiyalardan foydalanish orqali hayvonlar va organlar sistemasini evolyutsiyasini tuzib chiqish oid yangi topshiriqlar ishlab chiqishga va ularning mazmun mohiyatini ochib berishga qaratilgan.
MАSАLА VА MАSHQLАR УЕСHISH ОRQАLI О‘QUV-IJОDIУ FАОLIУАTINI TАSHKIL ЕTISHNING О‘ZIGА ХОS ХUSUSIУАTLАRI
Ushbu maqolada biologiyani o’qitishda mаsаlа vа mаshqlаr уесhish оrqаli о‘quv-ijоdiу fаоliуаtini tаshkil еtish, аn’аnаviу dаrslаrdаn sеzilаrli dаrаjаdа fаrq qilishi hamda о‘quvсhi fаоl subуеktgа ауlаnishi, mustаqil fikrlаsh, tаhlil qilish vа umumlаshtirish qоbiliуаtlаrini rivоjlаntirishi haqida ma’lumotlar yoritilgan.
MAKTAB O‘QUV TAJRIBA UCHASTKASIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI O‘RGANISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING BILISH FAOLLIGINI OSHIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada o‘quvchilarning biologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda dorivor o‘simliklarning roli haqidagi fikrlar bayon etilgan. Shu bilan birga o‘quv tajriba uchastkasida dorivor o‘simliklarni yetishtirish orqali o‘quvchilarda tabiatni asrash bo‘yicha ma’suliyat va tabiatni muxofaza qilishga javobgarlik xissi kabi fazilatlarni tarbiyalash kabi fikrlar yoritilgan.
BIOLOGIYA DARSLARIDA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA INTERFAOL METODLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya darslarini o‘tishda interfaol metodlardan samarali foydalanish usullari haqida
BOLALARDA OVOZ APPARATI TUZULISHINING ANATOMO-FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada bolalarda ovoz apparati tuzilishining anatomo-fiziologik asoslari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi bolalarda nutq va ovoz buzilishlarining oldini olish, tashxislash va tuzatishga zamonaviy yondashuvlarni talab etadi. Ovoz apparati a’zolarining yoshga doir rivojlanish bosqichlari, ularning tuzilishi va funksional o‘zgarishlari bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari logopediya, pediatriya va boshqa sohalardagi mutaxassislar uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
YASMIQ (LENS CULINARIS) – SIFATLI OQSIL MANBAI.
Ushbu maqolada yasmiq (Lens culinaris Medik) ekini sifatli oqsil manbai sifatida yoritiladi. Yasmiq dukkakli o‘simliklar oilasiga mansub bo‘lib, uning doni yuqori sifatli oqsillar va boshqa o‘ta muhim ozuqaviy moddalarga boydir. Maqolada yasmiqning oziqlanish qiymati, uning oqsil tarkibi, shuningdek, bu ekinning inson organizmi uchun foydalari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar taqdim etiladi. Yasmiqni nafaqat oziq-ovqat, balki agrar va ekologik jihatlardan ham yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ekin sifatida ta’riflash mumkin. O‘zbekiston sharoitida yasmiqni yetishtirish va undan to‘g‘ri foydalanishning iqtisodiy va ekologik ahamiyati ham ko‘rsatilgan.
RADIONUKLIDLARNING ORGANIZAGA KIRISH YO'LLARI VA INSON ORGANIMASIDA TARQALISH
Ushbu ish radionuklidlarning inson tanasiga kirish yo'llari haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, radionuklidlarning inson organizmiga kirib borishi, chiqarilishi va biologik ta'siriga misollar keltirilgan.
TERMITLAR (INSECTA: ISOPTERA) BO`YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLARGA OID
Ushbu maqolada termitlarning o‘rganilish tarixi, ularning klassifikatsiyasi, turlar xilma-xilligi va zarar keltirish darajasi yoritilgan. Xususan, dunyo bo‘yicha termitlar 12 ta oila, 330 ta avlod va 3015 ta turdan iborat bo‘lib, ularning 300 ga yaqini xavli zararkunanda turlar hisoblanadi. MDX davlatlarida 7 ta, Markaziy Osiyoda 4 ta, O‘zbekistonda esa 3 ta tur (Anacanthotermes turkestanicus, A. ahngerianus, Amitermes rhizophagus) aniqlangan. Shuningdek, ushbu hasharotlarning fiziologiyasi, bioekologiyasi, molekulyar identifikatsiyasi va boshqa yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar haqida ma’lumotlar berilgan.
O`ZBEKISTON IQLIM SHAROITIDA LOVIYA (PHASEOLUS VULGARIS L.) O`SIMLIGINING YETISHTIRISH
Ushbu maqola O`zbekiston iqlim sharoitida loviya (Phaseolus vulgaris L.) yetishtirishning agrotexnik va texnologik jihatlariga bag`ishlangan. Maqolada mamlakatning kontinental iqlimi, ya’ni issiq yoz va nisbatan sovuq qish sharoitida loviyaning o`sish xususiyatlari, optimal navlar, tuproq tayyorlash, ekish, sug`orish, zararkunchilarga qarshi kurashish va hosil yig`ish usullari ko`rib chiqilgan. Loviyaning azot fiksatsiyasi orqali tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati va iqtisodiy foydasi ta’kidlangan. Zamonaviy usullar, jumladan, tomchilatib sug`orish va seleksiyadan foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqola fermerlar, agronomlar va qishloq xo`jaligi mutaxassislari uchun amaliy tavsiyalar beradi
AKADEMIK LITSEYLARDA BIOLOGIYA FANINI FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA O’QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING TANQIDIY VA IJODIY FIKRLASH SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Ta’lim uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, uning sifati darsda qo‘llaniladigan bugungi kun talabiga mos tanlangan metodlar va o’qituvchining mahoratiga bog‘liq. Ushbu maqolada akademik litseylarda biologiya fanini fanlararo integratsiya asosida o’qitish orqali o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish yo‘llari aks ettirilgan
PEDAGOGIKA TA’LIM MASSASALARIDA “ZOOLOGIYA” FANINI O‘QITISHDA INTEGRATIVIY YUNDASHIDAN FOYDALANISH USULLARI.
Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol usullar va texnologiyalardan foydalangan holda tabiiy fanlarni o'qitishning samarali usullari keltirilgan. Shuningdek, integratsiya usullarining o‘quvchilar motivatsiyasiga ta’siri va ularning bilimlarni amaliyotda qo‘llash qobiliyatini oshirishdagi roli haqida so‘z boradi.
TABIYOT FANLARINI O‘QITISHDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI XUSUSIYATLARI.
Maqolada talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning dolzarbligi va uning tabiatshunoslik bilimlarini shakllantirishdagi roli muhokama qilinadi. Hozirgi vaqtda oliy ta'lim talabalarning mustaqil ishlarining turli shakllarini faol ravishda birlashtirmoqda. Va bu tabiiy va ilmiy fanlarni o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Bu fanlarga fizika, kimyo, biologiya, matematika va boshqa fanlar kiradi, ular nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham talab qiladi. Shuningdek, analitik ko'nikmalarni rivojlantirish. Va bu jarayonda mustaqil ish o'quv jarayonining ajralmas qismi bo'lib, o'quv materialini chuqur o'zlashtirishga va o'quvchilarning asosiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradi.
BIOLOGIYA TA’LIMIDA KEYS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida keys texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, biologiya fanini o‘qitishda ushbu texnologiyani samarali qo‘llash borasida o‘qituvchi va o‘quvchilarning vazifalariga alohida to‘xtalinadi. Maqolada umumta’lim maktablarining 8-sinf biologiya darsligi asosida ayrim mavzularga oid keys topshiriqlarining namunaviy misollari ham keltirilgan
ZАMОNАVIY BIОLОGIYАNING DОLZАRB MUАMMОLАRI VА RIVОJLАNISH ISTIQBОLLАRI
Ushbu mаqоlаdа zаmоnаviу biоlоgiуа fаnining dоlzаrb muаmmоlаri vа ulаrning уесhimlаri, shuningdеk, sоhаning kеlаjаkdаgi rivоjlаnish уо‘nаlishlаri уоritilgаn. Biоtехnоlоgiуа, gеn muhаndisligi, еkоlоgiуа, biоtibbiуоt vа nеvrоbiоlоgiуа kаbi уо‘nаlishlаrdаgi уutuqlаr tаhlil qilinаdi. Shu bilаn birgа, аtrоf-muhit muhоfаzаsi, gеnеtik хаvfsizlik, biоеtikа mаsаlаlаri vа biоlоgik хilmа-хillikni sаqlаsh muаmmоlаri kо‘rib сhiqilаdi. Mаqоlа biоlоgiуа fаnining jаmiуаtdаgi о‘rni vа uning turli sоhаlаrdаgi аhаmiуаtini уоritib, kеlаjаkdа аmаlgа оshirilishi mumkin bо‘lgаn ilmiу izlаnishlаr istiqbоllаrini kо‘rsаtаdi.
SUV HASHAROTLARINI O‘RGANISHGA OID YO‘RIQLAR
Maqolada "Umurtqasizlar zoologiyasi" fanidan o‘quv-dala amaliyoti jarayonida talabalarning suvda yashovchi hasharotlar — cho‘psimon suv o‘lchagich, suv chayoni va aylangich qo‘ng‘izlarni kuzatish orqali ularning tuzilishi va hayot tarzini o‘rganish bo‘yicha amaliy topshiriq va yo‘riqnomalar keltiriladi
INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING TURLARI, NAZARIY ASOSLARI VA ULARDAN GEOGRAFIYA O‘QUV MASHG’ULOTIDA FOYDALANISH MASALALARI.
Innovatsion ta’lim texnolgiyaning turlari va ulardan geografiya fanlarida foydalanish xususida so‘z yuritiladi.
UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARIDA BIOLOGIK EKSPERIMENTLAR ASOSIDA O‘QUV-TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI VA METODIK YONDASHUVLARI.
Maqolada biologik eksperimentlar asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilarida o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilingan. Biologiya fanining zamonaviy rivojlanish bosqichida hisoblash-matematik modellashtirish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi, fanlararo yondashuv asosidagi ilmiy izlanishlar, tajriba bazasining texnik va texnologik jihatdan murakkablashuvi hamda biologik tadqiqotlarning globallashuvi sharoitida yuqori malakali, kompetentli tadqiqotchilarni tayyorlash zarurati asoslab berilgan.
“IJODkorlik” kontseptsiyasiga yondoshuvlar
Ijodkorlik - bu muammolarni mustaqil ravishda ilgari surish, ko'plab original g'oyalarni yaratish va ularni nostandart hal qilishga yordam beradigan shaxsning intellektual va shaxsiy xususiyatlari to'plami. Ko'pgina olimlar ijodkorlik haqida o'z fikrlarini bildirgan. Maqolada ijodkorlik turlari, ijodiy fikrlashdagi to'siqlar va ijodiy odamlarning xususiyatlari tasvirlangan.
QULUPNAY OʻSIMLIGINING AHAMIYATI VA BIOKIMYOVIY TARKIBI
Mazkur tezisda qulupnay oʻsimligining ahamiyati, yer yuzida tarqalishi, dorivorlik xususiyatlari, tibbiyotda qoʻllanilishi, bu oʻsimlik tarkibidagi vitaminlar, ularning ahamiyati oʻrganilgan. Bundan tashqari quluqnay oʻsimligi ekologik toza mahsulot sifatida sogʻlom ovqatlanish tarafdorlari orasida talabgir hisoblanadi. Qulupnay immunitetni mustahkamlaydi hamda yurak - qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Xalq tabobatida qulupnay mevalari yurak ritmini me'yorda saqlash, qon bosimini pasaytirish, moddalar almashinuvini yaxshilash va qon tozalash vositasi sifatida qoʻllaniladi.
MAKTAB BIOLOGIYA DARSLARIDA FUNKSIONAL TOPSHIRIQLAR
Maqolada PISA dasturi asosida maktabdagi biologiya darslarida o‘quvchilarining funksional savodxonliklarini oshirish uchun ishlab chiqilgan topshiriqlardan namunalar keltirilgan. Bu topshiriqlar asosida 15 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilarining ijodiy fikrlashi, aqliy faoliyati, tezkor fikr yurita olishlariga xizmat qiladi.
KO‘P YILLIK O‘TKAZISHDA BIENALOGİYALARNING XUSUSIYATLARI.
Maqolada ko'p yillik asosda ildiz ekinlarining urug'chiligining biologik imkoniyatlarining asosiy jihatlari ochib berilgan, ularning texnologik usullari bir xil maydonda ekish sifati yuqori bo'lgan urug'lardan 2-3 ta hosil olishga yordam beradi;
SHAHRINAU-REGAR ZOTLI, HISSOR QO`YLAR ZOTLI QO`YISH VA SO`YMALARDA SO`YISH VA FIZIOLOGIK KO`RSATKORLARNI QO`YISHLI TAHLILI.
Maqolada yaratilgan zot turining tirik vazni, tana o‘lchovlari, go‘sht va jun mahsuldorligidagi o‘zgarishlar natijalari va ularning Hisor zotli qo‘ylarning Farxor zavod turi bilan solishtirma xususiyatlari hamda qonning klinik, morfologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari keltirilgan.
MAKKAJO‘XORI POYA PARVONASINING TUR VA RASALARINI JINSIY FERAMONLARGA SEZGIRLIGI
Maqolada O‘zbekistonda uchraydigan makkajo‘xori poya parvonasining Ostrinia nubilalis persica kenja turi ekani, uning jinsiy feromonlarga sezgirligi, morfologik va genetik xususiyatlari o‘rganilgan. Tur va rasalarni feromon tarkibidagi sis-(Z)-11-TDA va trans-(E)-11-TDA nisbatiga asosan ajratish mumkinligi ko‘rsatilgan. Biologik kurash vositalari sifatida Trichogramma pintoi tuxumlarga qarshi 67,8% va Bracon hebetor qurtlarga qarshi 100% samara bergan. Biroq, parvonaning yashirin hayot tarzi tufayli biologik kurashning dala sharoitida samaradorligi cheklangan. Tadqiqot natijalari samarali kurash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
GREK YONG‘OG‘I NAVLARI DARAXTLARINI O‘G‘ITLASHDAN OLDIN SHOX-SHABBALARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI
Bo‘stonliq tumanida joylashgan Grek yong‘og‘i kolleksiyasida 16 ta navdan iborat xosilli bog‘larda daraxtlarning bo‘yi va tanasini o‘lchamlari, shox-shabbalarining o‘lchamlari, proeksiyasi va shox-shabbalarining xajmi aniqlangan.
MEVA VA SABZAVOTLARNI GAZ MUHITIDA SAQLASH USULLARI
Sanoatda xom ashyoni qayta ishlash progressiv kimyoviy, biokimyoviy, texnik-fizikaviy usullari keng qo‘llanilayapti, masalan, olingan sharbatlarni ferment moddalar bilan, mag‘zini esa elektr tok bilan qayta ishlash, qovurilgan sabzavot va baliqlarni vakuum bilan sovutish va hokazo. Tomat pasta, tomat sharbatini, sabzavot ikrasini ishlab chiqarish uchun qisman avtomatlashtirilgan texnologik liniyalar yaratilgan.
RAPS OʻSIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA PARVARISHI
Ushbu tezisda Rapis (Rhapis spp.) turkumiga mansub palma oʻsimligining morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, uning barg tuzilishi, ildiz tizimi va vegetativ ko‘payish usullari ilmiy asosda bayon etilgan. Tadqiqot doirasida Rapis excelsa turi asosida o‘simlikning o‘sish sharoitlari, yorug‘lik, namlik va haroratga bo‘lgan talablari, parvarish texnologiyalari hamda xatoliklar oqibatida yuzaga keladigan kasallik va zararkunandalar bilan kurashish yo‘llari o‘rganildi. Bundan tashqari, ushbu palma turining ekologik foydasi, xususan havoni tozalashdagi roli va interyer dizayndagi estetik ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Tadqiqot natijalari uy va ofis sharoitida Rapis o‘simligini samarali yetishtirishga oid amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Ushbu ilmiy ish dekorativ o‘simlikshunoslik va fitodizayn sohalaridagi tadqiqotlar uchun muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
REGENERANTLARNING ILDIZLANISH JARAYONINI ENDOGEN STIMULYATOR TA’SIRIDA O‘STIRISH SHAROITLARI
azkur tadqiqotda Capparis spinosa L. o‘simligi regenerantlarining ildiz hosil qilish bosqichini tezlashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun BERES UNIVERSAL o‘g‘iti va IAA1 fitogormoni bilan boyitilgan ozuqa muhitlarining ta’siri o‘rganildi.
SHO`RLANGAN TUPROQLARNING KIMYOVIY IFLOSLANISHI VA ULARNING TA`SIRINI KAMAYTIRISH (SEMENT ZAVODI MISOLIDA)
kimyoviy moddalar, ifloslangan tuproqlar, tuproq xossalarining buzilishi, agrokimyoviy taxlil natiyjalari,sement zavodining faoliyati.
YASMIQ (LENS CULINARIS) YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada yasmiq (Lens culinaris Medik) ekinining O‘zbekistonning agroiqlim sharoitida yetishtirish texnologiyasi keng yoritilgan. Yasmiqning biologik va morfologik xususiyatlari, optimal ekish vaqti, ekin parvarishi, o‘g‘itlash usullari, qator orasi va urug‘ normasi kabi agrotexnik tadbirlar asosida hosildorlikni oshirish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish choralariga, hosilni yig‘ishtirish va saqlash texnologiyalariga ham e’tibor qaratilgan. Yasmiqning oziq-ovqat xavfsizligidagi o‘rni, ekologik tozaligi, iqtisodiy samaradorligi jihatidan ahamiyati ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan
NAMANGAN VILOYATI CHORTOQ TUMANI AYRIM MEVALI DARAXTLAR KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI
Maqolada Namangan viloyati Chortoq tumanida o`stirilayotgan mevali daraxtlarning turlari, ularning agrotexnik xususiyatlari, kasalliklari va parvarish usullari tahlil qilinadi. Xususan, nok, behi va boshqa mevali daraxtlarni yetishtirish texnologiyalari, ularning hosildorligini oshirish choralari, zamonaviy intensiv bog`dorchilik usullari va kasalliklarga qarshi kurashish strategiyalari muhokama qilinadi. Maqolada Chortoq tumanida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash dasturlari va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumotlar keltiriladi.
DORIVOR PUSHTI KATARANTUS O‘SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Maqolada dorivor pushti katarantus o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va yetishtirish texnologiyasi haqida bayon etilgan. Hozirgi kunda dorivor o‘simliklarni kamayib ketayotganligi, ayniqsa dorivor o‘simliklarning kamayishi, pushti katarantus o‘simligini to‘liq yetishtirish texnologiyasini yo‘qligi, bu o‘simlikni yovvoyi turi judayam kamayib ketgani va bu o‘simlik ustida amaliy tajribalar kamligi hammamizga ma’lum. Shuningdek bu o‘simlikdan olinadigan vinblastin moddasi va uning hosilalari turli diabet kasalliklari va rak kasalliklariga davo sifatida ishlatilishini alohida e’tirof etsak b’oladi.
QISHLOQ XO‘JALIGIDA TAGETES ERECTA LINN O‘SIMLIGINING AHAMIYATI VA NEMATODAGA QARSHI QO‘LLANILISHI
Ushbu tezisda tagetes erecta o‘simligining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati hamda zararkunanda nematodaga qarshi qo‘llanilishi undan ekin maydonlaridan foydalanish. Bundan tashqari bu o‘simlikning botanik tasnifi haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
O‘SIMLIKLARNING QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLILIGI VA ULARNING EKOLOGIK MOSLASHUV MEXANIZIMI
Qurg‘oqchilik - bu o‘simliklar hayoti uchun asosiy ekologik stresslardan biri bo‘lib, suv tanqisligi ularning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi esa ularning genetik, morfologik, fiziologik va biokimyoviy moslashuv mexanizmlariga bog‘liq bo‘lib, bu xususiyatlar o‘simliklarning atrof-muhitda omon qolishini ta’minlaydi.
FARG`ONA VILOYATINING UNUMDORLIGI PAST TUPROG`I SHAROITIDA SHAFTOLI MEVASI BIOKIMYOVIY TARKIBINI O`RGANISH NATIJALARI
Ushbu maqolada shaftolining turli navlari hosildorligi va mevasida o‘tkazilgan biokimyoviy tahlil natijalari berilgan.
Tadqiqotlar shaftoli navlarining hosildorligi, meva sifati, qimmatli xo‘jalik belgilariga ko` ra eng yaxshilarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan.
Tadqiqotlar 2023-2024 yillarda Farg'ona ilmiy-tajriba stansiyasining unumdorligi past, tosh-shag'alii yerida barpo qilingan shaftolining kolleksia bog’ida mahalliy, xorijdan introduksia qilingan turli navlarida mevaning bikimyoviy tahlil natijalariga asosan baho berishga harakat qilingan. Shaftoli hosildorligi bo‘yicha ustun bo‘lgan navlar sifatida Ifora, Hosiyat, Chempion, biokimyoviy ko‘rsatkichlariga asosan konserva sanoatida xom-ashyo uchun ishlatishga mos navlar sifatida Hosiyat, Vostok navlari aniqlab berilgan.
KIMYOVIY Stressning to'g'ri ichakka ta'siri
Ushbu tadqiqot eksperimental proktitning keng qo'llaniladigan modeli bo'lgan 0,5% sirka kislotasining mahalliy ta'sirida to'g'ri ichak shilliq qavatida morfofunksional o'zgarishlarni taqdim etadi [3]. Aniqlanishicha, kislotaning hatto past konsentratsiyasi ham aniq kimyoviy stressni keltirib chiqaradi, epiteliya qatlamining yaxlitligini buzadi va yallig'lanish reaktsiyalari kaskadini faollashtiradi. Giperemiya, shish, leykotsitlar infiltratsiyasining rivojlanishi va yallig'lanish vositachilarining (TNF-a, IL-1b, prostaglandinlar) chiqishi qayd etilgan. Kislota ta'siri oksidlovchi stressning faollashishi va erkin radikallarning haddan tashqari shakllanishi bilan birga keladi, bu esa to'qimalarning shikastlanishini oshiradi. Bundan tashqari, nosiseptorlar rag'batlantiriladi, bu yallig'lanishli ichak kasalliklariga xos bo'lgan og'riqli hislarni taqlid qiladi. Gistologik jihatdan eroziya, epiteliya destruktsiyasi, shilliq osti shishi, neytrofillar infiltratsiyasi, Liberkyuhn kriptalarining o'zgarishi va musin ishlab chiqarishning pasayishi kuzatiladi. Shu bilan birga, ichak devorining qalinlashishi va erta regeneratsiya belgilari qayd etilgan. Olingan ma'lumotlar ushbu modeldan yallig'lanishga qarshi va antioksidantlarni sinab ko'rish, shuningdek, anorektal mintaqadagi yallig'lanish va og'riq sindromining patogenetik mexanizmlarini o'rganish uchun foydalanish imkonini beradi, bu esa keyingi klinik tadqiqotlar uchun istiqbollarni ochadi.
YURAK-TOVAR KASALLIKLARI UCHUN XAVF FATORLARINI O‘rganish
Maqolada yurak-qon tomir patologiyalariga olib keladigan asosiy omillar ko'rib chiqiladi. Gipertenziyaning dinamik o'sishi bo'yicha statistik ma'lumotlar keltirilgan. 50 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan 25 nafar respondent uchun xavf omillari to'g'risida ma'lumot berilgan.
DORIVOR GULXAYRI O‘SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI VA ETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Maqolada dorivor gulxayri o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va еtishtirish texnologiyasi haqida bayon etilgan. Dorivor gulxayri o‘simligini tashqi ko‘rinishi va agrotexnik tadbirlari o‘rganildi.
JANUBIY OROL VILOYATIDA DOIMIY yashovchi bolalarda aylana tizimining funktsional xususiyatlari.
qon aylanish tizimi bolalar, Janubiy Orolbo'yi mintaqasi, qon bosimi, kardioritmogramma, yoshga bog'liq o'zgarishlar, atrof-muhit omillari, moslashuv, yurak-qon tomir tizimini tartibga solish. jismoniy rivojlanish.
BODOM PAYVANDTAGLARIDA SUV TANQISLIGINI O‘RGANISH
Ushbu maqolada bodom uchun Oq shaftoli urug‘ payvandtagi, GF 677, Garnem va SG-1 payvandtaglarida suvga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lgan yozning iyun, iyul, avgust oylarida bir yillik novdalaridan olingan barglari orqali suv tanqisligi o‘rganilib, payvandtaglarning qurg‘oqchilikka chidamliligi baholangan.
ULTRASONOGRAFIYANI HOMILA QIZIL SUYAK iligiGA TA'SIRI.
Ultratovush diagnostikasi (AQSh) akusherlik amaliyotining standartidir, ammo uning biofizik ta'siri, shu jumladan termal va mexanik ta'sirlar xomilalik to'qimalar, shu jumladan qizil suyak iligi xavfsizligi haqida savollar tug'diradi. Ushbu sharh ultratovushning jismoniy va biologik asoslari, homila gematopoezining xususiyatlari va klinik xavfsizligi to'g'risidagi ma'lumotlarni tizimlashtiradi. Eksperimental tadqiqotlar ultratovushning yuqori intensivlik parametrlarida gematopoetik ildiz hujayralariga potentsial subcellular ta'sirini ko'rsatadi.
SIDERAT O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TUPROQ STRUKTURASINI YAXSHILASHDAGI RO‘LI
Ushbu maqolada siderat o‘simliklar va ularning tuproq strukturasini yaxshilashdagi ro‘li qishloq xo‘jaligi sohalarida hozirgi kunda juda kerakli bo‘lgan organik o‘g‘it ekanligi yoritilib berilgan. Sideratlar ularning foydalari, tuproq strukturasini yaxshilashdagi ro‘li, vazifalari, mo‘l hosil olishga yordam berishi, tuproq mikroflorasini tabiiy ravishda tiklashi uni boyitishi va buni natijasida biz uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar olish kabi jarayonlar uchun muhim o‘simlik turlari haqida ma‘lumot berilgan.
MAKTAB O‘QUVCHILARINING KOGNITİV FUNKSIYALARINI DIAGNOSTIKASINING ZAMONAVIY USULLARI.
Maqolada kognitiv funktsiyalarni diagnostika qilishning zamonaviy usullari, jumladan, neyropsixologik testlar, instrumental texnologiyalar (fMRI, EEG) va Human Benchmark kabi kompyuterlashtirilgan platformalar va ularning afzalliklari, cheklovlari va ta'lim amaliyotida qo‘llash istiqbollari tahlil qilinadi.
BA’ZI SIDERAT O‘SIMLIKLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Ushbu maqola orqali siderat o‘simliklarning ahamiyati va tuproq unumdorligiga hissasi, tuproqning tuzulishini va xossalariga ta’sirini, yil davomida siderat o‘simliklar ekish natijasida olinadigan foyda haqida ma’lumot berilgan. Ekin ekiladigan dalalarda yil davomida yem-xashak va don ekinlarini doimiy ekish tuproqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi – foydali minerallar zaxiralari tugaydi va yer unumdorligi yo‘qoladi. Sideratlar ekish bu mikroelementlar bilan tuproqni boyitish, natijada tuproqni tabiiy ravishda yuqori unumdorligini ta’minlashga, asosiy ekiladigan ekinlarning kurtaklarini zararkunandalardan himoya qilishga, shuningdek, tuproqni yumshatishga va uni zararli mikroorganizmlardan himoya qilishga va tozalashga yordam beradigan o‘simlikning ma’lum turlari haqida batafsil bayon etiladi.
ILDIZ TIZIMINING SUVNI SO‘RISHIGA TASHQI SHAROIT OMILLARINING TA’SIRI
Ushbu tezsida ildiz tizimining suvni so‘rishga tashqi omillarning ta`siri haqida qisqacha ma`lumot berilgan. Xususan, tuproq namligi, harorat, tuproq tarkibi, yorug‘lik miqdori va atmosferadagi nisbiy namlik kabi omillarning ildiz faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganiladi. Tajriba va nazariy ma’lumotlar asosida suvni so‘rish darajasidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, o‘simliklarning ekologik moslashuv mexanizmlari yoritiladi. Ushbu tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.
FOTOEKDİSTEROIDLARNING OZIQ NOVDALARNING MEMBRANA GIDROLIZ FERMANLARI FAOLIYATIGA TA'SIRI.
Fitoekdisteroidlar turkesteron va ekdisteron o'sib borayotgan kalamushlarda membrana bilan bog'langan fermentlarning faolligini oshirishi ko'rsatilgan. Ekzogen fitoedisteroidlar o'sib borayotgan kalamushlarda doimiy laktaza faolligi fonida ichak maltazasi, saxaroza, glitsil-L-leytsin dipeptidaza va monogliserid lipaz faolligining sezilarli o'sishiga olib keladi. Enteral membrana bilan bog'langan fermentlarning reaktivligi ekdisteronga qaraganda turkesteron uchun ko'proq aniqlanadi.
BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALARDA SUYAK-MUSHAK TIZIMINING RIVOJLANISHI VA HARAKAT FAOLIYATI
Mazkur ilmiy ishda bog‘cha yoshidagi bolalarning harakat faoliyati va suyak-mushak tizimining rivojlanish jarayonlari o‘rganish uchun jismoniy rivojlanish qo‘rsatkichlari olingan va ularning taxlili asosida xulosalar hamda takliflar berilgan.
IN VIVO TAJRIBALARDA ORGANIZMNING IMMUNOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIR QILUVCHI PROBIOTIK VOSITA TARKIBINI TANLASH
Mazkur ishda in vivo tajriba sharoitida organizmning immunologik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan probiotik vosita tarkibini tanlash Mazkur ishda in vivo tajriba sharoitida organizmning immunologik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan probiotik vosita tarkibini tanlash bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar hususida bayon etilganbo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar hususida bayon etilgan
L-ARGININ AMINOKISLOTASI TA’SIRIDA OʻTKIR PANKREATIT KASALLIGINING KALAMUSH ORGANIZMIDA CHAQIRILISHI
Mazkur tadqiqotda L-arginin yordamida chaqirilgan oʻtkir pankreatit sharoitida kalamushlarda yuzaga keladigan fiziologik va biokimyoviy oʻzgarishlarga polifenollarning taʼsiri oʻrganilishi rejalashtirilgan. Buning uchun tajriba hayvonlari uch guruhga ajratilib, har birida kasallikning borishi va polifenollarning potensial terapevtik taʼsiri baholanadi
SHAHAR VA QISHLOQ HUDUDLARIDA YASHOVCHI 6 - 8 YOSHLI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHI VA KICHIK MOTORIKASI O‘RTASIDAGI FARQLAR
Ushbu maqolada 6–8 yoshli bolalarning yashash joyiga qarab (shahar va qishloq hududlari) jismoniy rivojlanishi va kichik motorika ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqlar o‘rganiladi. Tadqiqot davomida bolalarning antropometrik o‘lchovlari (bo‘y, vazn, ko‘krak qafasining aylana hajmi) hamda nozik harakatlarga oid ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi
RADIATSIYA VA GIPOKINEZIYANING KALAMUSHLAR AMILOLITIK FAOLLIGIGA TA'SIRINI O‘RGANISH
Maqola radiatsiya va gipokineziya omillarining kalamushlar organizmidagi amilolitik fermentlar faolligiga ta’sirini eksperimental jihatdan o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda organizmning metabolik jarayonlari, xususan, uglevodlar almashinuvida ishtirok etuvchi fermentlar faoliyatidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Olingan natijalar gipokineziya va radiatsiya sharoitida hazm qilish tizimining funksional holatini baholashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi..
HOMILADORLIK VA ARTERIAL GIPERTENZIYA
Maqolada homiladorlik gipertoniyasi, oddiy homiladorlik davrida qon bosimi o‘zgarishlari, homilador ayollarda qon bosimini o‘lchash qoidalari, homiladorlik davrida arterial gipertenziyaning diagnostik mezonlari haqida, yuqori qon bosimi aniqlangan homilador ayolni tekshirish, homilador ayollarda arterial gipertenziyaning uchraydigan turlari haqida ma’lumot berilgan.
TURLI YOSHDAGI SOG‘LOM INSONLARDA ORGANIZMNING TABIIY IMMUN REZISTENTLIGI KO‘RSATKICHLARI
Mazkur tadqiqotda turli yoshdagi sog‘lom insonlarda organizmning tabiiy immun rezistentligi ko‘rsatkichlari va ularning funksional holati o‘rganildi
TURLI SPORT BILAN SHUG‘ULLANUVCHI O‘SMIR YOSHDAGI BOLALARNING O‘SISH DINAMIKASI
Ushbu tezisda turli sport bilan shug‘ullanuvchi bolalarning jismoniy va fiziologik rivojlanish ko`rsatkichlari o`rganilgan. Tadqiqot Shaxrixon tumanidagi 10 - umumiy o‘rta ta`lim maktabi va 3 - maktablarida olib borilgan. Yil davomida bolalarning ish qobilyati jismoniy o‘sishi organizimdagi fiziologik jarayonlar taxlil qilib chiqilgan
YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING INTELEKTUAL RIVOJLANISHI VA “ANFIMOV JADVALI” ASOSIDA INTELEKTUAL RIVOJLANISH DARAJASINI TAHLIL QILISH
Mazkur maqola yuqori sinf o‘quvchilarining intellektual rivojlanish jarayoni zamonaviy psixologik va pedagogik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Intellektual rivojlanish tushunchasining mohiyati, uning asosiy tarkibiy qismlari va rivojlanish bosqichlari chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, ijodiy tafakkur kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda zamonaviy o‘quv metodlarining o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada Vygotskiy, Piaget, Bloom, Anfimov kabi olimlarning nazariyalari asosida intellektual rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi. Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilarini intelektual rivojlanish darajasini “Anfimov jadvali” asosida tahlil qilish va samarali intellektual rivojlanish muhitini yaratish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi.
QANDLI DIABETNING BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI VA TANA TARKIBI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK: ZAMONAVIY ILMIY YONDASHUVLAR TAHLILI
Mazkur maqolada 2-tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning tana tarkibi (yog‘ massasi, ozg‘in massa, TMI) bilan klinik-biokimyoviy qon ko‘rsatkichlari (glyukoza, HbA1c, insulin, lipid profili) o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritilgan. Jahon miqyosida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida ushbu korrelyatsiyaning ahamiyati aniqlanadi. Tana yog‘i va visseral semizlik darajasi oshgani sari metabolik buzilishlar, insulin qarshiligi va glyukoza tolerantligi yomonlashishi aniqlangan. Tadqiqotlar qandli diabetni individual yondashuv asosida boshqarish uchun tana tarkibini monitoring qilish zarurligini ta’kidlaydi.
O‘SMIRLIK DAVRIDA TANA TARKIBINING JINSGA XOS MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK O‘ZGARISHLARI: ADABIYOTLAR TAHLILI
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida tana tarkibida yuz beradigan jinsga xos morfologik va fiziologik o‘zgarishlar haqida ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Tana tarkibining asosiy komponentlari – mushak massasi, yog‘ to‘qimasi, suyak zichligi va bazal metabolizm – yigitlar va qizlarda pubertat bosqichlarida qanday farq qilishi o‘rganilgan. Sharhda ilg‘or tadqiqotlar, ayniqsa bioimpedans va DEXA metodlariga asoslangan empirik ma’lumotlarga tayangan holda jinsiy dimorfizm biologik asoslari yoritilgan.
O‘SMIRLARNING BIOLOGIK YETILISHI JARAYONIDA TANA KOMPOZITSIYASI VA JINSIY DIMORFIZMNING NAMOYON BO‘LISHI
Mazkur adabiyotlar sharhida o‘smirlik davrida tana tarkibining jinsiy farqlanishiga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan boʻlib, ushbu davrda tana tarkibida, ya’ni yog‘ massasi, mushak massasi va suyak zichligida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘smirlik davri o‘sish va jinsiy yetilishning intensiv bosqichi bo‘lib, erkak va ayol jinsida tana tarkibining farqlanishi biologik, gormonal, genetik va tashqi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Maqolada, tana tarkibidagi jinsiy farqlar, bu o‘zgarishlarning gormonal va tashqi omillar bilan bog‘liqligi, shuningdek, zamonaviy diagnostika usullari (DEXA va bioimpedansometriya) yordamida olingan ilmiy ma’lumotlar tahlil qilingan.
OKSIDATIV STRESS SHAROITIDA JIGAR MITOXONDRIYASINING ATF-BOG‘LIQ KALIY KANAL FAOLLIGIGA DKV-11 KON’YUGATINING KORREKSIYALOVCHI TA’SIRI
Ushbu maqolada oksidativ stress (OS) sharoitida jigar mitoxondriyasining ATFga bog‘liq kaliy (MitoKATF) kanali faolligiga DKV-11 kon’yugatining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot model sifatida PbCl₂ yordamida OS chaqirilgan kalamushlar ishlatildi. MitoKATF-kanalning o‘tkazuvchanligi spektrofotometrik usulda baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, OS holatida MitoKATF-kanal faolligi sezilarli darajada susaygan bo‘lsa, DKV-11 kon’yugati qo‘llanganda ushbu kanalning funksional faolligi tiklanganligi kuzatildi. Bu natijalar DKV-11 kon’yugatining mitoxondriyal funksional barqarorligini ta’minlovchi potensial antistress va gepatoprotektiv vosita sifatida farmakologik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
O‘SMIR YOSHDAGI QIZLARNING MORFOFUNKSIONAL KO‘RSATKICHLARI
Mazkur maqolada o’smir yoshdagi qizlarning rivojlanish jarayonlari taxlil qilinadi. O’smir qizlarning bo’y uzunligi, tana og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi aniqlangan va olingan natijalar taxlil qilingan.
ZAMONAVIY BIOTEXNALOGIYANING TIBBIYOTDAGI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Ushbu tezisda biotexnologiyaning zamonaviy tibbiyotdagi eng yangi yutuqlari — CRISPR-Cas9 texnologiyasi, individual genom asosida dori ishlab chiqish va biologik dorilar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilg‘or tadqiqotlar haqida so‘z boradi.
Qo'rg'oshin bilan zaharlanish va yog'li dieta bo'yicha kalamushlarda qandli diabet modelini ko'rsatish
To'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita tanaga kiradigan og'ir metallarning to'planishi natijasida yuzaga keladigan patologik sharoitlar alohida qiziqish uyg'otadi. Ushbu tadqiqotda og'irligi 210-220 gramm bo'lgan erkak oq kalamushlarga 28 hafta davomida 0,05 mg / kg qo'rg'oshin tuzi bo'lgan suv berildi va bu vaqt davomida yuqori yog'li parhez bilan oziqlandi. Hayvonlarning qonidagi glyukoza miqdori tajribaning 7, 14, 21 va 28-haftalarida tekshirildi. Uning ma'lumotlariga ko'ra, qondagi glyukoza miqdori 7 haftada 39,1 foizga, 14 haftada 60,7 foizga va 21 haftada deyarli 2,5 barobarga oshgani aniqlandi. 28-haftaga kelib, qondagi glyukoza darajasi deyarli 3,5 baravar ko'payganligi kuzatildi, nazorat guruhidagi indeks 5,2 mmol / l va eksperimental guruhda - 18,2 mmol / l ni tashkil etdi.
GIPERXOLISTEROLEMİYA FONIDAGI GIPER VA GIPOTİROİDIZLI QUYONLARNING QON zardobidagi oqsil bilan bog‘langan yod (PBI) MAZMUNI
Giperkolesterolemiya (giperlipoproteinemiya, dislipidemiya) - qonda umumiy xolesterin (TC) darajasining 5 mmol / l dan oshishi. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda dolzarb muammoga aylangan ushbu patologiya yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillaridan biridir. Patologik holat uzoq vaqt davomida sezilmasdan qolishi mumkin, keyin esa jiddiy va o'ta xavfli asoratlar ko'rinishida namoyon bo'ladi.
BOMBYX MORI НАНОАСКОРБАТ ХИТОЗАНИНИНГ ПОЛИМЕР-ПРЕПАРАТИВ ШАКЛИНИ ОЛИШ ВА УНИНГ АНТИМИКРОБЛИК ХОССАЛАРИ
Ушбу мақолада Bombyx mori наноаскорбат хитозанининг полимер препаратив шаклини олиш технологияси келтирилди ва олинган намуналарнинг заррачалар ўлчами атом кучланишли микроскопия методи ёрдамида тадқиқ қилинди ҳамда Fusarium oxysporum замбуруғларига қарши биологик фаол хоссалари аниқланди
PROTEAZA MAKSIMAL MAQDIRDAGI BIOSINTEZ UCHUN UGLEROD VA AZOTNING OPTIMAL MANBANI TANLASH.
Ushbu tadqiqotda UzRSMMT-413 Bacillus amyloliquefaciens shtammi tomonidan turli xil uglerod va azot manbalarining proteaz biosinteziga ta'siri o'rganildi. Tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatdiki, maksimal proteaz faolligi uglerod manbai sifatida 0,4% galaktoza va azot manbai sifatida 2 g / l karbamiddan foydalangan holda muhitda kuzatilgan; bu shtamm uchun proteaz faolligi 24 U/ml edi. Shtammlar pH = 6,0 optimal bilan 4,0 dan 8,0 gacha bo'lgan keng pH diapazonida proteazni sintez qilish qobiliyatini namoyish etganligi ko'rsatildi; ferment 40-60 ° S harorat oralig'ida barqaror edi; harorat 70 ° C ga ko'tarilganda, faollik optimaldan 50% dan yuqori bo'lib qoldi va faqat 80 ° C da u 30% gacha pasaydi.
MIKROSKOPIK zamburug'larni SUT QO'YISH FAOLIYATI BILAN IZOLASYON VA SKRORLASH
Ushbu tadqiqotda proteaz biosintezi uchun turli manbalardan (tuproq, oqava suv, sut kislotasi mahsulotlari) ajratilgan mikroskopik zamburug'larni shirdon o'rnini bosuvchi sifatida ajratish va skrining amalga oshirildi. Natijada mikroskopik zamburug‘larning 47 ta izolati va xamirturush kulturasining 2 ta izolati ajratildi, birlamchi skriningdan so‘ng 10 ta proteaz ishlab chiqaruvchi izolat tanlab olindi.
MIKROORGANIZMLAR - BIOSURFAKTANLARNI ISHLAB CHIQARISHLARI
Sut kislotasi bakteriyalari (LAB), Bacillus jinsi bakteriyalari va Rhodotorulla, Geotrichum va Sacchoromyces jinsi xamirturushlari biosurfaktanlarni (BS) sintez qilish qobiliyati uchun skrining o'tkazildi. Klassik, mikrobiologik va molekulyar genetik usullardan foydalangan holda shtammlarning turlarga mansubligi aniqlandi. BS biosintezi uchun optimal ozuqaviy muhit tanlangan. Olingan B. amyloliquefaciens UzRSMMT-413 va B.licheniformis 9/2 UzRSMMT-396 shtammlarining BS ning fizik-kimyoviy va biologik xossalarini o‘rganish natijasida BS keng pH, harorat va NaCl oralig‘ida barqaror ekanligini ko‘rsatdi. B. cereus, E. coli, Ps madaniyatlarini sinab ko'rish uchun BS ning antibakterial faolligi. aeruginosa, C. albicants tashkil etilgan. Birinchi marta BS shtammi B. subtilis UzRSMMT-413 eritmasidan foydalanib, mikroemulsiya olindi, uning asosida gelning dozalash shakli ishlab chiqildi va kurkuminning suvdagi eritmasi asosida yaratilgan mikroemulsiyaning o'ziga xos faolligi baholandi.
BACILLUS AVLODIGA MANSUB KERATINOLITIK MIKROORGANIZMLARNI SKRINING QILISH
Keratin chiqindilari tobora jiddiy ekologik va sog‘liq uchun xavfli bo‘lib bormoqda. Keratin chiqindilari asosan keratin oqsilidan iborat bo‘lib, tabiatdagi eng qiyin parchalanadigan polimerlardan biri hisoblanadi hamda ko‘plab fizik, kimyoviy va biologik omillarga chidamli. Fizik va kimyoviy usullar ekologik jihatdan zararli va qimmat bo‘lganligi sababli, keratinni mikroblarning keratinaza fermenti yordamida parchalash katta ahamiyatga ega, chunki bu usul ekologik jihatdan qulay va iqtisodiy jihatdan samaralidir. Ushbu tadqiqotning maqsadi parrandachilik fermalarining murakkab organik chiqindilarini utilizatsiya qilish uchun yuqori keratinolitik faollikka ega bakteriyalarni tekshirishdan iborat. Ushbu tadqiqotda, Bacillus авлоди bakteriyalari keratinolitik faollik uchun tekshirildi. Skrining natijasida keratinga nisbatan maksimal fermentativ faollikka ega shtammlar tanlab olindi.
АНТАГОНИСТ БАКТЕРИЯ ШТАММЛАРИНИ АЖРАТИБ ОЛИШ ВА ФИТОПАТОГЕНЛАРГА ҚАРШИ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ
Ушбу тадқиқотда сабзавот экинларида учрайдиган фитопатоген замбуруғларга қарши антагонистик таъсир кўрсатувчи бактерия штаммлари ажратиб олинди ва уларнинг самарадорлиги баҳоланди. Олинган штаммлар морфологик ва молекуляр усуллар ёрдамида идентификация қилинди.
AZOLLA SALVINIACEAE O‘SIMLIGI YORDAMIDA AMMONIFIKATSIYA JARAYONI O‘ZGARISHI
Oqava suvlarni tozalashda Azolla suv o‘simligini samarasi yuqori bo‘lib, asosan oqava suvdagi chiriyuvchi mikroorganizmlar ammonifikatsiya jarayoniga samarali ta’sir qilishi tufayli suv tubida faol il hosil bo‘lish jarayoni tezlashadi.
LENTINUS TIGRINUS DORIVOR ZAMBURUG’INING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqola dorivor Lentinus tigrinus zamburug‘ining biologik faol birikmalari, ularning dorivor xususiyatlariga qaratilgan. Zamburug’ ekstraktlarining zararsizligi hayvonlar ustida turli tajribalar natijasida aniqlangan va bu esa uni dorivor vosita sifatida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.
HOZIRGI VIRUSLARNI Identifikatsiya qilish to'g'risidagi bayonot
Ушбу мақолада Ўзбекистонда узумчилик ривожланиши ёритилган. Хозирги кунда дастлабки маниторинг натижасида қайси вируслар чет давлатларидан келиб тарқалаётганлигини кузатиш ва унга қарши курашишни ўрганиш мумкин. Биз мақоламизда Фанлиф вирусини (GFLV) индикатор ўсимликлар орқали идентификатциясини амалга оширик.
ZOVUR OQAVA SUVI TARKIBIDAGI NITRIFIKATSIYA JARAYAONINING O‘ZGARISH DINAMIKASI
Nitrifikatsiya nitrifikator mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladigan muhim jarayonlardan biri bo‘lib qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llanilgan va sug’orqali zovurlarga tushayotgan nitrat va nitritlarga boy oqava suv hisoblanadi.
ALKOLIK BO'LMAGAN YOG'LI JIGAR KASALLIKI (NAFLD) RIVOJLANISHDA Ichak mikrobiotalarining o'rni.
Maqolada ichak mikrobiotasidagi o'zgarishlar va alkogolsiz yog'li jigar kasalligi (NAFLD) rivojlanishi o'rtasidagi mumkin bo'lgan bog'liqlik ko'rib chiqiladi. Mikrobiota va jigar shikastlanish darajasi o'rtasidagi bog'liqlik, shuningdek, bu o'zgarishlarning gipoteza ostida yuzaga keladigan jarayonlarga ta'siri ko'rib chiqiladi. Ta'kidlanishicha, ichak mikrobiotasi metabolik kasalliklarning rivojlanishida ishtirok etishi mumkin bo'lgan mustaqil tizimdir. Ushbu jarayonlarni tushunish NAFLD sabablarini va mikrobiotaning jigar sog'lig'ini saqlashdagi rolini yangicha ko'rib chiqishga yordam beradi.
LACTOBACILLUS ACIDOPHILUS BAKTERIYASINING PROBIOTIK XUSUSIYATLARI VA AMALIY AHAMIYATI
Lactobacillus acidophilus — probiotik xususiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarning biologik ahamiyatli turi bo‘lib, u ovqat hazm qilish tizimi muvozanatini tiklash, immune tizimini javobni kuchaytirish hamda zararli mikroorganizmlarning faolligini bostirishdagi roli bilan ajralib turadi. Ushbu bakteriya ko‘plab farmatsevtik preparatlarning, xususan bioqo‘shimcha va probiotik dori vositalarining asosiy komponenti sifatida qo‘llaniladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi Lactobacillus acidophilus bakteriyasining morfologik, fiziologik ,va biokimyoviy chuqur o`rganish, shuningdek uning antibakterial faolligini aniqlash orqali farmatsevtikada qo`llash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
YOMG‘IR CHUVALCHANGINING ICHAK MIKROFLORASI O‘RGANISH VA BIOOG‘IT TAYYORLASH
Yomg‘ir chuvalchangining ichagida yashovchi foydali bakteriyalarning oziqlanish jarayonlarini o‘rganish va ularning ishtirokida ekologik toza bioo‘g‘it tayyorlash imkoniyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari biologik parchalanish, tuproq unumdorligini oshirish va barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarida bioo‘g‘itlardan samarali foydalanish imkonini beradi.
BIOGAZ ISHLAB CHIQARISHDA MIKROORGANIZMLARNI AHAMIYATI
Mazkur maqolada biogaz ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi mikroorganizmlarning roli, ularning turlari, metabolik faolligi va optimal sharoitlar ostidagi faoliyati yoritilgan. Shuningdek, anaerob fermentatsiya bosqichlari va mikroorganizmlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar ham ko‘rib chiqilgan.
BIFIDOBACTERIUM BIFIDUM BAKTERIYASINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Bifidobacterium bifidum — bu probiotik bakteriyalarning muhim vakillaridan biri bo‘lib, u asosan chaqaloqlarning ichak mikrobiotasida, kamroq miqdorda esa kattalarda uchraydi. Ushbu mikroorganizmlar ichakdagi mikrobiologik muvozanatni saqlash, immun tizimini tartibga solish hamda zararli mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qilishda muhim rol o‘ynaydi.
AZOTOBACTER CHROOCOCCUM BAKTERIYASINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Azotobacter chroococcum qishloq xo‘jaligida judayam katta ahamiyatga ega ya'ni ushbu bakteriya orqali xar taraflama foydali bioog’it olish mumkin. Bioo‘g'itlar kimyoviy o‘g'itlarga nisbatan o‘simliklarga yaxshi foyda keltiradi. A.chroococcum atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirib o‘simliklarni o‘sish gormonlarini ishlab chiqib õsishini tezlashtiradi hamda tuproqdagi organik moddalarni parchalab, tuproq tarkibini yaxshilab tuproqda foydali mikroorganizmlar kopayishiga yordam beradi.
AZOSPRILLUM AVLODI BAKTERIYALARINING BIOO‘G‘IT SIFATIDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Azospirillum bu biologik o‘g‘it sifatida ishlatiladigan bakteriyalardan biri hisoblanadi, chunki bu bakteriya azotfiksatsiya qilish va o‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi moddalar ishlab chiqaruvchi sifatida qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini rivojlanishi va hosildorligini oshirishga yordam beruvchi bakteriya hisoblanadi. Azospirillumning yana bir potentsiali - bu o‘simlik patogenlarini nazorat qilish uchun biokontrol agenti sifatida ishlatilishi. Ushbu maqolaning maqsadi - Azospirillumning bioo‘g‘it sifatida oziq-ovqat ekinlarga qo‘llanilishi va ularni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini oshirishga qaratilgan adabiyot manbalaribi sharhni o‘rganishdan iborat.
AKTINOMITSETLARNI ANTIBIOTIK SINTEZI
Aktinomitsetlar–bu gram-musbat, filamentli (ipak ko‘rinishidagi) bakteriyalar bo‘lib, tuproqda juda ko‘p uchraydi va metabolitlar, ayniqsa antibiotiklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Eng mashhur avlodi – Streptomyces bo‘lib 1950-yillardan boshlab, antibiotiklarning 70% dan ortig‘i aynan aktinomitsetlardan olingan. Ular metabolit sifatida antibiotik, antifungal, antiparazitar antibacterial, antiviral va boshqa farmakologik ta'sirlarga ega va immunosupressiv moddalarni hosil qiladi.
AKTINOMITSETLARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Aktinomitsetlar bu farmasevtikaninig kelajakdagi dolzarb boʻlgan muammolarga yechimidir. Aktinomitsetlar - mikroorganizmlarning biologik xarakterli guruhi boʻlib, antibiotiklar, fermentlar va boshqa biofaol moddalar ishlab chiqarishdagi ahamiyati bilan ajralib turadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi aktinomitsetlarning morfologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini oʻrganish shuningdek, ularning antibiotik faolligini aniqlash orqali yangi biotexnologik qoʻllash usullarini ishlab chiqishdir.
BAKTERIYA VA AKTINOMITSETLARDAN OLINADIGAN ANTIBIOTIKLAR
Bakteriya va aktinomitsetlardan olinadigan antibiotiklar — zamonaviy tibbiyotning muhim kashfiyoti bo‘lib, bakterial infektsiyalarga qarshi kurashda bebaho hissa qo‘shadi. Ushbu maqola bakteriya va aktinomitsetlardan olinadigan antibiotiklar dunyosiga qiziqarli sayohat sifatida taqdim etiladi. Bakteriyalar, masalan, Bacillus va Pseudomonas turlari, polimiksin va mupirotsin kabi muhim antibiotiklarni ishlab chiqaradi, ammo asosiy "yulduzlar" — aktinomitsetlar, xususan Streptomyces turlari. Ular tetratsiklin, makrolidlar, aminoglikozidlar va vankomitsin kabi keng spektrli antibiotiklarning tabiiy manbai hisoblanadi. Maqola ushbu mikroorganizmlarning tabiatdagi ajoyib qobiliyatlari, ularning antibiotik ishlab chiqarishdagi roli va inson salomatligini asrashdagi ahamiyatini yoritadi.
OROLBO‘YI HUDUDIDA SHO‘RLANGAN TUPROQLARNING MIKROBIOLOGIK HOLATINI BAHOLASH VA AGROEKOLOGIK TIKLANISH IMKONIYATLARI
Orol dengizining qurishi Markaziy Osiyoning asosiy ekologik muammolaridan biriga aylandi. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi Orol qishlog‘ida joylashgan sho‘r va qurg‘oqchil tuproqlarning agrokimyoviy va mikrobiologik holati o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, tuproqlarda organik moddalar, azot, fosfor va kaliy miqdori past. Shuningdek, mikroorganizmlarning faolligi og'ir sharoitlarga moslashgan bo'lsa-da, zonal unumdor tuproqlarga nisbatan sezilarli darajada past ekanligi aniqlandi. Bioo‘g‘itlar va mikrobiologik preparatlardan foydalanish tuproq unumdorligini oshirishda muhim omil bo‘lishi mumkin [1, 4].
O‘SIMLIKLARNING ZAMBURUG`LI KASALLIKLARGA CHIDAMLILIGI
Mazkur maqolada o‘simliklarda uchraydigan kasalliklar, ularning sabablari, rivojlanish bosqichlari va ularga qarshi kurashish yo‘llari yoritilgan. O‘simlik kasalliklari yuqumli (infeksion) va yuqumsiz (noinfeksion) turlarga ajratilgan holda ko‘rib chiqilgan. Noinfeksion kasalliklarga asosan abiotik omillar, ya’ni muhitning salbiy ta’sirlari sabab bo‘lsa, infeksion kasalliklar viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va parazitlar ta’sirida yuzaga keladi.Shuningdek, o‘simliklarning kasalliklarga qarshi chidamlilik turlari – mutlaq, nisbiy, fiziologik, kimyoviy va anatomo-morfologik chidamliliklar tahlil qilingan.
MIKROBIOLOGIK O‘G‘ITLARNING TUPROQ UNIMORLIGI VA KAROTOSHKA HOSILILIGIGA TA’SIRI.
Biokompostdan mikrobiologik o‘g‘itlar bilan birgalikda foydalanilganda tuproqdagi asosiy oziq moddalar va chirindi miqdori 1,616 t/ga ortishi aniqlandi. 1 t/ga biokompost + N-100, P-75, K-50 + N-100, P-75, K-50 qo'llanganda + N-100, P-75, K-50 + Fosstimda + Serhosilom bilan purkashda + 4 l / ga bionitrogen / ga, bionitrogen bilan ishlov berishda + 4 l / ga bionitrogen bilan ishlov berishda + N-100, P-75, K-50 qo'llanganda eng yuqori hosil 20,3 t/ga ga erishildi. Fosstim + Serhosilom bilan purkash - 19,8 t/ga. Nazorat variantida hosildorlik 19,1 t/ga, (N-100, P-75, K-50) fonida 16,1 t/ga tashkil etdi.
KAVSH QAYTARUVCHI HAYVONLAR FIZIOLOGIYASIGA SELLYULOLITIK VA PROBIOTIK BAKTERIYALAR KOMPLEKSIDA BERILGAN BIOPREPARATLARNING TA`SIRI
Mazkur tadqiqotda sellyulolitik va probiotik bakteriyalar assotsiatsiyasi asosida yaratilgan biopreparatning kavsh qaytaruvchi hayvonlar (qo‘ylar) organizmiga ta’siri o‘rganildi. Tajriba davomida fiziologik, biokimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlar kuzatildi. Olingan natijalar asosida bu biopreparat hazm qilishni faollashtirib, umumiy salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi aniqlash ishlarimiz yoritib berdik.
MIKROALGARLAR CHLORELLA VULGARIS TAHLILI
Ushbu maqola amaliy biotexnologiyaning turli sohalarida yuqori moslashuvchanlik va muhim salohiyatga ega bo‘lgan Chlorella vulgaris mikro suv o‘tining biologik va biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganadi. Turning kashf etilishi tarixi, uning evolyutsion barqarorligi va noyob hujayra tuzilishi tufayli keng tarqalishi tasvirlangan. Xlorellaning kimyoviy tarkibiga alohida e'tibor beriladi: oqsil, lipidlar, uglevodlar, xun tolasi, vitaminlar va mikroelementlarning yuqori miqdori.
LACTOBAKTERIUM CASEI MIKROORGANIZMI ISHTIROKIDA LAKTAZA FERMENTINI SOF HOLDA AJRATIB OLISH BIOTEXNOLOGIYASI
Laktobakterium casei inson salomatligi uchun muhim bo‘lgan probiotik bakteriyalardan biri bo‘lib, ichak mikroflorasini muvozanatlash, immunitetni mustahkamlash va oziq-ovqat mahsulotlarini fermentatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. Ushbu bakteriya sut mahsulotlarida faol o‘sadi va laktik kislota ishlab chiqarish orqali zararli mikroorganizmlarning rivojlanishini cheklaydi. Zamonaviy biotexnologiyada uni farmatsevtik preparatlar, parhez mahsulotlari va funksional oziq-ovqatlar tayyorlashda keng foydalanish imkonini beradi.
OQAVA SUVLARDAGI DENITRIFIKATSIYA JARAYONI VA UNING O‘ZGARISHI
Denitrifikatsiya jarayoni denitrifikator mikroorganizmlar ishtirokida oqava suvlarda to‘planayotgan azotli birikmalar har-xil azot oksidlari va erkin azot holda atmosfera gaz ko‘rinishida bug’lanadi.
SPIRULINA PLATENSIS SIANOBAKTERIYASINI OQSIL VA AMINOKISLOTALAR TAHLILI
Spirulina sianobakteriyalar (koʻk-yashil suv oʻtlari) turi boʻlib, tabiatda shoʻr suvli okeanlar, koʻllar va daryolarda oʻsadi. Spirulina siyanobakteriyasi inson va hayvonlar iste’moli uchun zarur boʻlgan oqsil, vitaminlar, minerallar, karotinoidlar va antioksidantlarga boy boʻlib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi. Haqiqatan ham, oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatida yuqori talabga ega boʻlgan inson salomatligiga foydali ta’sir koʻrsatadigan koʻplab biologik faol moddalarni ishlab chiqaradilar. Shunday qilib, Spirulina sianobakteriyasi biomassasini uning bir nechta yuqori qiymatli birikmalariga ega. Bu tadqiqot davomida Spirulina maxima hujayrasidan lipidlarni ajratib olish koʻrib chiqildi.
RHIZOBIUM RADIOBAKTER YO'LIDA EKZOPOLISAXARIDLARNING YANGI SINTEZI BO'YICHA BIRINCHI MA'ruza VA AMALIY QO'LLANISH.
Rizobakteriyalarning keng guruhi ekzopolisaxaridlar (EPS) sintezi bilan ajralib turadi va bu biopolimerlar fizik-kimyoviy xossalari: tuzilishi, monomer tarkibi, molyar ogʻirligi va boshqalarga koʻra farqlanadi (Rasulov va boshq., 2020). Ushbu rizobakteriyalar orasida Rhizobium jinsi vakillari ham EPS ishlab chiqarish haqida xabar berishgan (Rasulov va boshq., 2017). Jinsning EPSlari simbiozning samarali shakllanishi, tuz-stressni yumshatish uchun hujjatlashtirilgan (Rasulov va boshq., 2020). Rhizobium turlari va shtammlari uglevodlar turlari va molyar nisbati bilan bir-biridan farq qiladigan turli xil EPS tuzilmalarini ishlab chiqardi (Rasulov va boshq., 2020). Bu erda biz soya nodullaridan (Glycine max L.) ajratilgan Rhizobium radiobacter 36 shtammi bo'yicha yangi EPS ning sintezi va tavsifi haqida xabar beramiz.
IMMOBILIZATSIYADA FERMENTLARNING O'RNI
Fermentlarni immobilizatsiya qilish - fermentlarni tashuvchiga mahkamlash jarayoni bo'lib, ularning barqarorligini yaxshilaydi va biokimyoviy reaktsiyalarda takroriy foydalanishga imkon beradi. Ushbu texnologiya oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, ekologiya va kimyo sanoatida keng qo'llanilib, jarayonlar samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Maqolada adsorbsiya, kovalent bog'lanish va inkapsulyatsiya kabi immobilizatsiya usullari, shuningdek ularni turli sohalarda qo'llash ko'rib chiqiladi.
KUNCHIQ Urug‘i Urug‘laridagi PEROKSIDAZA FERMANT FAOLIYATIGA AY’RI PESTITSIDLARNING TA’SIRI.
Ushbu maqolada silista preparati va mikrobiologik o'g'itning ikki navli kungaboqar urug'larining peroksidaza fermentining o'sishi va faolligiga ta'siri haqida ma'lumot berilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, faol pestitsid kungaboqar urug'ining unib chiqishi peroksidaza fermenti faolligiga turli xil ta'sir ko'rsatadi. Bunda mikrobiologik oʻgʻit taʼsiridan koʻra silista pestitsid taʼsirida oʻrganilayotgan ikkala navda ham nazoratga nisbatan ferment faolligining pasayishi asosan kuzatildi. Eng kuchli pasayish Turkiyaning AS 444 navida 37% ga kuzatildi.
KUNCHIQ Urug'larining (HELIANTHUS) UNITISHI VA O'SISHIGA AY'RI PESTITSIDLARNING TA'SIRI.
Bu ishda kungaboqar urug’ining namlashdan oldingi massasi, shishishi jarayoni va kungaboqar urug’ining silist pestitsid ta’sirida unib chiqishi va unib chiqishidan keyingi massasi o’rganildi. Qo'llaniladigan Silist preparati kungaboqar urug'larining unib chiqishi va o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi ko'rsatildi. AC444 turk naviga mansub kungaboqar urug'larida Silist preparati eritmasiga namlanganda yuqori unib chiqish darajasi qayd etilgan. Ushbu tendentsiya ushbu o'simlikning nihollarining o'sishida kuzatildi.
MALINA (RUBUS IDAEUS L.)NING BIOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI
Ushbu tezisda malina (Rubus idaeus L.) o‘simligining asosiy fiziologik jarayonlari, xususan, fotosintez, transpiratsiya, oziqa moddalari almashinuvi, fitogormonlar faoliyati hamda generativ organlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar keng tahlil qilindi. Malinaning harorat, yorug‘lik va tuproq namligiga bo‘lgan fiziologik javob reaksiyalari, shuningdek, o‘sish va rivojlanishdagi modda almashinuvi xususiyatlari asosida uni samarali yetishtirish va hosildorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Ishda malinaning fiziologik moslashuvchanligi va agrotexnik tadbirlarga bo‘lgan reaksiyasi ham ilmiy asosda yoritilgan
BIOLOGIK MEMBRANALAR TUZILISHI VA UNI O`RGANISHNING ZAMONVIY ILMIY TADQIQOT USULLARI
Ushbu maqolada zamonaviy biologik membranalar haqida batafsil ma‘lumot berilgan. Xususan, hujayra membranalarining murakkab dinamik tabiati va ularning organizmning fiziologik jarayonlaridagi ahamiyati, membranalar tuzilishini oʻrganishda zamonaviy usullar, masalan, krioelektron mikroskopiya, superayirish mikroskopiyasi va molekulyar dinamika simulyatsiyalari kabilarni ahamiyati haqida fikrlar berilgan.
YERNING TABIIY RADIATSION FONI
Yerning tabiiy radiatsion foni insoniyat hayoti va atrof-muhit uchun doimiy mavjud bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan biridir. Ushbu tezisda tabiiy radiatsiya manbalari, ularning inson organizmiga ta'siri, geografik hududlarga qarab farqlanishi va biologik xavfsizlik choralarining ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, kosmik nurlar, yer po‘stidagi radioaktiv elementlar, radon gazi va ichki radiatsiya manbalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, radiatsiya monitoringi va xavfsizlik standartlari haqida ma'lumotlar keltiriladi.
KATALAZA VA PEROKSIDAZA FERMENTLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Ushbu tezisda oksidlovchi stressga qarshi hujayraviy himoyaning muhim komponentlari hisoblangan katalaza va peroksidaza fermentlarining tuzilishi, fermentativ faolligi hamda fiziologik ahamiyati o‘rganildi. Katalaza fermenti asosiy antioksidant himoya mexanizmlaridan biri bo‘lib, vodorod peroksidni tezlik bilan kislorod va suvga parchalash xususiyatiga ega. Peroksidazalar esa keng substrat spetsifikligiga ega bo‘lib, fenolik birikmalarni oksidlaydi va himoya reaksiyalarida ishtirok etadi. Fermentlarning molekulyar tuzilishi, kofaktorlar (masalan, gem), pH va haroratga sezuvchanlik, shuningdek turli organizmlardagi farqlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi.
MEMBRANA OQSILLARI: TUZILISHI VA HARAKATI
Ushbu maqolada hujayra membranasidagi oqsillarning tuzilishi, turlari va ularning membrana yuzasida yoki ichkarisida harakatlanish mexanizmlari ko`rib chiqiladi. Membrana oqsillarining strukturaviy va funksional ahamiyati, shuningdek, lateral diffuziya, flip-flop harakati kabi dinamik xususiyatlari tahlil qilinadi.
HUJAYRANING NURLANISHIGA SEZGIRLIGI
Mazkur tezisda hujayralarning ionlashtiruvchi nurlanishga bo‘lgan sezgirligi, bu sezgirlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar va hujayraviy javob mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda turli hujayra turlarining radiatsiyaga individual sezgirlik darajasi, DNK shikastlanishi, apoptoz, replikatsiya jarayonlariga ta’siri hamda radiatsiya bilan bog‘liq mutatsion o‘zgarishlar o‘rganiladi. Shu bilan birga, nurlanishga sezgirlikni kamaytirish yoki boshqarish imkoniyatlarini ta’minlaydigan zamonaviy yondashuvlar, jumladan, genetik modifikatsiya, antioksidantlar va radioprotektorlar qo‘llanilishi muhokama etiladi. Tadqiqot natijalari tibbiyot, onkologiya, kosmonavtika va ekologiya sohalarida radiatsiya xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
IONLANTIRUVCHI NURLANISHNING MIQDORI VA OʻLCHOVI. RADIOAKTIVLIKNING BIRLIKLARI
Ionlashuvchi nurlanish, atomlardan elektronlarni chiqarib tashlash va ionlar hosil qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan nurlanish turi sifatida tibbiyot, yadro fizikasi va atrof-muhit salomatligi sohalarida muhim ahamiyatga ega. Nurlanish miqdori va uni oʻlchash, tibbiy tasvirlash, saratonni davolash va yadro energiyasini ishlab chiqarish kabi turli sohalarda xavfsizlikni ta'minlash uchun juda muhimdir. Ushbu maqolada ionlashuvchi nurlanishni oʻlchash uchun ishlatiladigan asosiy miqdorlar, har bir miqdor bilan bog‘liq birliklar va ularning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, nurlanishni oʻlchashda qo‘llaniladigan usullar va asboblar, masalan, becquerel (Bq) va sievert (Sv) birliklari haqida so‘z boradi.
SOYA DONI TARKIBIDAGI YOGʻLARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada soya o‘simligining dunyo maydonida yetishtirilishi va undan olinadigan mahsulotlar haqida hamda soya doni tarkibida mavjud bo‘lgan biokimyoviy komponentlarga qisqacha ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, yog’lar va ularning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.
AYRIM HYPECOUM (PAPAVERACEAE) TURLARINING XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI
Maqolada ayrim Hypecoum turlarining xalq tabobatidagi ahamiyati va ularning qisqacha kimyoviy tarkibi yoritilgan. Hypecoum parviflorum Kar. & Kir. Va H. trilobum Trautv. Turlarining kimyoviy tarkibi hamda ushbuy turlar bo‘yicha olib borilgan qisqacha tadqiqotlarning tahlili keltirilgan.
RADIOAKTIV MODDALARDAN FARMASEFTIKADA FOYDALANISH TARIXI
Radioaktiv moddalar farmasevtikada diagnostika va davolash maqsadida qo‘llaniladi. Ularning tibbiyotda qo‘llanilishi XX asr boshlarida boshlangan bo‘lib, radiy va poloniy kabi elementlarning kashf etilishi bilan rivojlandi. Yadro tibbiyoti sohasida radiofarmatsevtik vositalar yordamida turli kasalliklarni, jumladan, saraton va qalqonsimon bez kasalliklarini aniqlash va davolash usullari ishlab chiqildi. Ushbu maqolada radioaktiv moddalarning farmasevtikada qo‘llanilish tarixi, rivojlanishi va zamonaviy amaliyoti haqida so‘z yuritiladi.
SHO‘RLANISH TA'SIRIDA AYRIM BUG'DOY NAVLARIDA PEROKSIDAZA FERMENTI O‘ZGARISHLARNI O‘RGANISH
Mazkur maqolada Andijon-2 va Veha bug'doy navlarining sho‘rlanishga chidamliligi o‘rganilgan. 3% va 6% NaCl hamda 0,25% MgSO4 eritmalari ta'sirida urug'larning unib chiqishi, maysa organlarining o‘sish dinamikasi va peroksidaza fermenti faolligida yuzaga kelgan o‘zgarishlar tahlil qilingan.
FOTOSINTEZNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Fotosintez jarayoniga tashqi omillar, ya’ni turli harorat chegaralari, quyosh yorug’ligi intensivligi , yorug’lik energiyasi, karbonat angidridi va kislorod konsentratsiyasi, ildiz orqali mineral oziqlanishi, suv bilan ta’minlanishi kabilarning ta’sirini hamda ushbu ta’sirlar ostida fotosintetik jarayonlarning sutkalik va mavsumiy ritmlari o‘zgarishini tahliliy o‘rganish asosiy maqsad va vazifalar bo‘lib hisoblanadi.
ULTRATOVUSHNING ORGANIZMGA TAʼSIRI
Ushbu maqolada ultratovushning inson organizmiga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirlari tahlil qilingan. Ultratovush texnologiyasining tibbiyotda keng qo‘llanilishi, ayniqsa diagnostika va fizioterapiyada qo‘llanilish usullari, organizmdagi hujayralar, to‘qimalar hamda qon aylanishiga bo‘lgan ta’siri yoritilgan. Shu bilan birga, ultratovush to‘lqinlarining haddan tashqari ta’siri organizmda yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, jumladan, termik va mexanik zararlar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Maqola tibbiyot sohasi mutaxassislari va talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, ultratovush texnologiyalaridan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
QISHLOQ XO‘JALIGIDA PESTITSIDLARDAN FOYDALANISHNING TA'SIRI: ULARNING FOYDALARI VA ZARARLARI
Maqolada qishloq xo‘jaligi xodimlarining pestitsidlardan zararlanishi, qishloq xo‘jaligi barqarorligi, oziq-ovqat va oziq-ovqat xavfsizligi, bioxavfsizlik, yashash imkoniyatlarini yaxshilash, iqlim o‘zgarishi ta’siri, atrof-muhit xavfsizligi va aholi salomatligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligida paradigma o‘zgarishini ta’minlash va hozirda pestitsidlardan notog‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan muammolar yoritib o‘tilgan.
O‘SIMLIKLARDA UGLEVODLAR MANBASI VA UNING ROLI
: O‘simliklar hayotiy faoliyatining barcha jarayonlari o‘sish, rivojlanish, stressga chidamlilik va modda almashinuvi energiyaga bog‘liq. Bu energiya manbai sifatida, asosan, fotosintez natijasida hosil bo‘lgan uglevodlar xizmat qiladi. Uglevodlar o‘simlik hujayralarida nafaqat zahira moddalari, balki energiya manbai sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Ularning parchalanish jarayoni dissimilatsiya deb ataladi.
IONLOVCHI NURLARNING TABIIY FONI
Ionlovchi nurlanishning tabiiy foni – bu atrof-muhitda doimiy mavjud bo‘lgan radiatsiya bo‘lib, u kosmik nurlanish, yer po‘stidagi radioaktiv elementlar va inson tanasidagi tabiiy izotoplar ta’sirida hosil bo‘ladi. Uning darajasi hududga, geologik sharoitga va atmosferaviy omillarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Odatda, tabiiy fon inson salomatligi uchun xavfsiz hisoblanadi, ammo ayrim zonalarda yuqori bo‘lishi mumkin, shuning uchun uni doimiy monitoring qilish muhimdir.
O‘SIMLIKLARNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIDA AZOTNING AHAMIYATI
Ushbu maqola o‘simliklar fiziologiyasi doirasida azotning o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishidagi muhim rolini yoritadi. Azot o‘simliklarning oqsil sintezi, xlorofil hosil bo‘lishi, fermentativ jarayonlar va umumiy metabolizmida asosiy element sifatida ko‘rib chiqiladi. Azotning tanqisligi va ortiqchaliligini o‘simliklar rivojlanishiga ta’siri labaratoriya tajribasi orqali o‘rganildi.
TERPENLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI, BIOLOGIK FAOLLIGI VA KO‘P QIRRALI FUNKSIYALARI
Mazkur tezisda o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan va biologik faol tabiiy moddalar guruhiga kiruvchi terpenlarning o‘simliklar fiziologiyasidagi roli, ekologik funksiyasi va inson salomatligidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu birikmalarning kimyoviy tuzilishi, sintezlanish mexanizmlari, tibbiyot, ayniqsa, urologiya sohasida qo‘llanilishi yoritilgan. Ishda zamonaviy tadqiqotlar natijalari asosida terpenlarning litokinetik va yallig‘lanishga qarshi ta’siri isbotlab berilgan hamda kelajakdagi amaliy tadqiqotlar uchun istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan.
ANTOTSIAN XILLARI, ANTOTSIAN RANGNING FENOTIPIK NAMOYON BO‘LISHI
O‘simlik organizmida moddalar almashinuvining biologik va fiziologik ahamiyati yoritilgan. Xususan, fotosintez, nafas olish, transpiratsiya, oziq moddalarning o‘zlashtirilishi kabi jarayonlar tahlil qilinib, ularning o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorlikka ta’siri haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, metabolizmning agronomik jihatdan ahamiyatli tomonlari, tadqiqotlar natijasida aniqlangan amaliy va ilmiy foydalari bayon etilgan.
O‘SIMLIKLARDAGI ANTOTSIAN RANGLARNI AHAMIYATI
Mazkur maqolada antosiyaninlarning o‘simliklar hayotidagi biologik roli, kimyoviy tuzilishi, sintezi va rang hosil qilishdagi o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Antosiyaninlar o‘simliklarning turli to‘qimalarida uchrab, ularning rang-barangligini ta’minlaydi hamda ekologik stress omillariga moslashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning rangga ta’siri atrof-muhit pH darajasi, metall ionlar va boshqa fizik-kimyoviy omillarga bog‘liq. Shuningdek, maqolada antosiyaninlarning oziq-ovqat sanoati va tibbiyot sohasidagi qo‘llanilishi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari antosiyaninlarning o‘simlik ekologiyasi va inson faoliyatidagi amaliy ahamiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
O‘SIMLIKLARDA FIZIOLOGIK JARAYONLARDA ANTOTSIAN PIGMENTNING AHAMIYATI
Antotsian pigmentlari o‘simliklardagi biologik jarayonlarning turli bosqichlarida muhim vazifalarni bajaradi. Ular yorug‘likni so‘rish, fotohimoya, antioksidantlik, harorat va stressga chidamlilik, changlanishni ta'minlash, urug‘ tarqalishiga yordam berish kabi bir necha funksional rolga ega. Ushbu maqolada antotsianlarning sintezi, ularning fiziologik va ekologik ahamiyati, o‘simlik hujayralarida bajaradigan rollari chuqur yoritilgan
GENOMIKA FANIDA AUTODOCK DASTURINI QOLLANILISHI VA IMKONIYATLARI
AutoDock dasturi molekulyar doking asosida ishlovchi qulay vosita bo‘lib, genomika sohasida keng qo‘llaniladi. U oqsil-ligand bog‘lanishini modellashtirish, genetik mutatsiyalarning funksional ta’sirini aniqlash va yangi dori vositalarini ishlab chiqishda foydalidir. AutoDock dasturi bioinformatika va uch o‘lchamli modellashtirish vositalari bilan integratsiyada ishlaydi va shaxsiylashtirilgan terapiya yo‘nalishida keng imkoniyatlar yaratadi.
FILOGENETIK SHAJARA DARAXTI BIOINFORMATIK USULDA O‘RGANISH
Filogenetik tahlil va evolyutsion aloqalarni aniqlashda "Mega dasturi"dan samarali foydalanilgan. Tadqiqotda biologik ob’ektlarning genetik o‘xshashlik va farqlilik darajasini aniqlash maqsadida molekulyar markerlar (masalan, DNK ketma-ketliklari) asosida filogenetik shajara daraxtlari qurildi.
DURAGAYLASH UCHUN OLINGAN SOYA NAVLARINING MORFO-XO‘JALIK BELGILARINI BARQARORLIGI
So‘ngi yillarda takrorlanayotgan suv tanqisligi, oziq-ovqat maxsulotlariga jahon bozorida narx navoning muttasil oshib borayotgani, aholining oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabini yanada to‘liqroq qondirish, ayniqsa oqsil va moy tanqisligini bartaraf qilish, respublikada oziq-ovqat ekinlari mahsulotlarini yetishtirish xajmlarini yanada oshirish hamda ularning turlarini ko‘paytirish pirovard natijada qishloq aholisi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirishni respublika hukumati qishloq xo‘jaligi yo‘lida aloqador bo‘lgan olimlarni oldidagi dolzarb masala qilib qo‘ymoqda.
YANGI YARATILGAN G‘O‘ZA TIZMALARIDA FENOLOGIK KUZATUVLAR VA HOSILDORLIGINI O‘RGANISH
Jahonda g‘o‘zaning hosildorligi va uning sifatini yanada oshirish, seleksiya jarayonlarini jadallashtirish, yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish bilan bir qatorda introgressiv shakllarni duragaylash asosida g‘o‘za genotipini boyitishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada, eksperimental poliploidiya usullarini qo‘llagan holda genetik jihatdan boyitilgan introgressiv duragaylarni olish va mavjud navlarni xo‘jalik uchun qimmatli belgilarini uyg‘unlashuvi va yaxshilanishi, genetik asosga ega bo‘lgan manbalarni yaratish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
LIGAND RETSEPTORLAR BILAN BOG’LANISH
Tirik organizmlarda bu o‘zaro ta’sirlar hujayraviy signal uzatish, metabolik yo‘llarni faollashtirish hamda farmakologik ta’sirlarni yuzaga chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda ligand-retseptor bog‘lanishini aniqlash va baholash uchun AutoDock dasturiy ta'minotidan foydalanildi. Dastur yordamida turli ligandlar maqsad retseptor bilan molekulyar docking orqali modellashtirildi hamda ularning bog‘lanish energiyasi, affiniteti va faol markazlarga joylashuvi tahlil qilindi.
BIOLOGIK MARTALIK KETMA-KETLIKLARNI MOSLASHTIRISHDA YUQORI ANIQLIKNI TA'MINLASH
T-Coffee (Tree-based Consistency Objective Function for Alignment Evalluation) tekislanishni baholash uchun daraxtga asoslangan izchillik maqsadi funksiyasi progressiv yondashuvdan foydalangan holatda bir nechta ketma-ketlikni tekislash dasturidir. U bir necha ketma-ketlikni moslashtirishga rahbarlik qilish uchun juftlik hizalamalari kutubxonasini yaratadi.
PEROKSIDAZA FAOLIYATI VA PAXTA MORFOLOGIYASIGA ISIQLIK Stressning TA’SIRI.
Yuqori haroratli stress o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan asosiy abiotik omil bo'lib, ayniqsa g'o'za (Gossypium spp.). Ushbu tadqiqot ikkita g‘o‘za navlari: Surxon-103 (an’anaviy ravishda yetishtirilgan) va Ravnaq-1 (marker yordamida seleksiya yo‘li bilan ishlab chiqilgan) peroksidaza fermenti faolligi va morfologik belgilariga issiqlik stressining (6 soat davomida 45°C) ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Natijalar issiqlikka chidamli “Surxon-103” navida peroksidaza faolligining sezilarli oshganligini (27,7 foizga) ko‘rsatdi, “Ravnaq-1” navida esa keskin pasayish (40 foiz) kuzatilganligi uning yuqori haroratga moyilligidan dalolat beradi. Morfologik tahlillar bu farqlarni yana bir bor tasdiqladi, Surxon-103 o'sish parametrlarini stress ostida saqlab qoldi, Ravnaq-1 esa o'simlik balandligi, ildiz uzunligi va biomassasining qisqarishini ko'rsatdi. Bu topilmalar g‘o‘zaning issiqlikka chidamliligining fiziologik va biokimyoviy asoslarini ko‘rsatib beradi va iqlimga chidamli navlarga qaratilgan naslchilik dasturlari uchun qimmatli ma’lumot beradi.
AMINOKISLOTA KETMA KETLIGI BO‘YICHA FAZOVIY STRUKTURANI YARATISH
Ushbu ishda aminokislotalar ketma-ketligining oqsillarning fazoviy strukturasi shakllanishidagi roli o‘rganilgan. Fazoviy struktura darajalari – birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi strukturalarning shakllanishi va ular orasidagi bog‘liqliklar ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy oqsil modelini yaratish texnologiyalari va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilingan.
ODAMLARDAGI XROMOSOMALAR STRUKTURASINING BUZULISHI NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN IRSIY KASALLIKLAR VA ULARNING ERTA DIOGNOSTIKASI
Irsiy kasalliklar – genetik informatsiya (irsiy axborotning buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar; asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutatsiyalar tufayli paydo bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tadi. Mutatsiyalar tashqi muhit omillari (ionlashtiruvchi nurlar, ayrim biologik faol kimyoviy birikmalar) hamda organizm va hujayralardagi salbiy ta’sirlar oqibatida mutatsiya ro‘y berishi mumkin.
Irsiy kasalliklar asosan, klinik-genealogik usul bilan o‘rganiladi, bunda avlodlar shajarasi tuziladi. Bu usul yordamida irsiy kasalliklar autosomada-dominant, autosomada-retsessiv va jins bilan bog‘liq kasalliklarning turli yo‘llar bilan nasldan-naslga o‘tishi aniqlanadi.
NAV SINASH KO‘CHATZORIDA DURAGAYLARNING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI VA IQTISODIY SAMARADORLIGINI O‘RGANISH
Ushbu maqolada paxtachilikda seleksiya ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Andijon viloyati sharoitida g‘o‘za duragaylarining nav sinash ko‘chatzoridagi qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tajriba PSUEAITI Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida amalga oshirildi. 92-T, 76-T, 106-T, 73-T, 968-T va 164-T tizimlari Andijon-35 andoza naviga nisbatan hosildorlik, tola sifati, ertapisharlik va iqtisodiy samaradorlik jihatidan baholandi
SCELIPHRON KLUG 1801 (HYMENOPTERA: SPHECIDAE) TURLARINING MORFOLOGIK VA MOLEKULAR-GENETIK TANILISHI.
Ushbu maqolada Sceliphron avlodiga mansub S. deforme (F. Smith, 1856), S. distillatorium (Illiger, 1807) va S. madraspatanum (Illiger, 1807) turlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar haqida ma'lumot berilgan. Ushbu turlar Farg'ona vodiysida birinchi marta qayd etilgan bo‘lib, ularning morfologik hamda molekulyar-genetik identifikatsiyasi amalga oshirilgan.
CHONDRULOPSINA INTUMESCENS TURINING MOLEKULYAR-GENETIK TASNIFI
Ushbu maqolada qorinoyoqli mollyuskalarning Chondrulopsina intumescens (Gissarika, Zarafshanika) turlari bo‘yicha molekulyar-genetik tekshiruv o‘tkazilib, ribosomal DNK ni 18S sohasi nukleotidlari solishtirib chiqilgan va ular asosida ma‘lumotlar keltirilgan.
BLAST DASTURI YORDAMIDA NUKLEOTID VA AMINOKISLOTALAR O‘ZARO KETMA-KETLIKLARINI SOLISHTIRISH
Genetik tahlillarda nukleotid va aminokislotalar ketma-ketliklarini aniqlash va ular o‘rtasidagi o‘xshashliklarni aniqlash muhim amaliy vazifalardan biridir. Ushbu vazifa BLAST (Basic Local Alignment Search Tool) dasturida amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ma’lum va noma’lum DNK ketma-ketliklari o‘rganilib, ularning BLASTn, MegaBLAST va boshqa variantlar yordamida qanday solishtirilgani ko‘rsatib beriladi.
QORAMOLLARNING TURLI ZOTLARIDA BETA-KAZEIN (CSN2) GENINI PZR USULIDA TAHLIL QILISH
Ushbu ilmiy tadqiqot ishida qoramollarning turli zotlarida beta-kazein sinteziga javobgar CSN2 genining polimorfizmlarini turli qoramol zotlarida PZR (Polimeraza Zanjiri Reaksiyasi) usulida tahlil qilishning ahamiyati va metodologiyasi ko‘rib chiqilgan. Qoramollarning Bushuyev, Simmental, Shvits zotlaridan 20 tadan qon namunasi olindi va DNK ajratilib, CSN2 geniga PZR o‘tkazildi va 1,5% agaroza gelida PZR mahsulotlarning elektroforez tahlili amalga oshirildi. CSN2 genini amplifikatsiya mahsulotlarning elektroferogrammalarini tahlil qilish natijasida barcha namunada PZR mahsulotlari mavjudligi aniqlandi, PZR mahsulotlarining uzunligi 9000 j. n. tashkil qildi. Shunday qilib, CSN2 genida va uning promoter regionida insertsion-deletsion polimorfizmlar aniqlanmadi. CSN2 genida SNP polimorfizmlarini aniqlash uchun keyingi bosqichda PCR mahsulotlarining sekvenslash amalga oshirish zarur
OQSIL STRUKTURASINING 3D MODELLARINI SHAKLLANTIRISH
Anotatsiya: I-TASSER dasturida - oqsil strukturalarini modellashtirish uchun moʻljallangan bo‘lib, ular turli algoritmlarga asoslangan holda oqsilning uch o‘lchamli (3D) strukturasini aniqlashga yordam beradi. I-TASSER - Iterative Threading ASSEmbly Refinement dasturi oqsilning tuzilishini oldindan mavjud strukturaviy shablonlarga asoslangan holda threading - ip o‘tkazish usuli orqali bashorat qiladi.
OQSIL STRUKTURALARINI RASMOL DASTURI ASOSIDA O‘RGANISH
RasMol dasturi oqsil molekulalarining fazoviy (uch o‘lchamli) tuzilishini vizualizatsiya qilish uchun foydalaniladi. RasMol orqali oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa biologik makromolekulalarning strukturasi chuqur tahlil qilinadi. Dastur Protein Data Bank (PDB) formatidagi fayllar asosida molekulalarning uch o‘lchamli modellari shakllarida ifodalanadi.
BUGʻDOY NAMUNALARIDA DREB1b TRANSKRIPSIYA OMILLARINI KODLOVCHI GENLAR IDENTIFIKATSIYASI
Maqolada DREB1b genining bugʻdoy namunalarda nukleotid ketma-ketliklari identifikatsiyasi, shuningdek sekvenirlangan ketma-ketliklar o‘zaro qiyosiy tahlil qilinib, undagi SNP (Single Nucleotide Polymorphism – yagona nukleotid polimorfizmi) hududlarining aniqlanganligi haqida ma’lumotlar bayon etilgan.
SITOGENETIK USULLAR DIAGNOSTIKA, NASAJ VA Atrof-muhitni monitoring qilish vositasi sifatida.
Цитогенетик усуллар замонавий тиббиёт, экология ва биотехнология соҳаларида кенг қўлланилади. Улар хромосомалардаги сон ва тузилиш аномалияларини аниқлаш, ирсий ва онкологик касалликларни ташхис қилиш ҳамда атрЦитогенетические методы широко используются в современной медицине, экологии и биотехнологии. Они позволяют выявлять числовые и структурные аномалии хромосом, диагностировать наследственные и онкологические заболевания, оценивать мутагенные эффекты факторов окружающей среды. Молекулярно-цитогенетические технологии, такие как FISH и GISH, имеют особое значение и применяются при отборе и мониторинге изменений генома. В статье обобщены современные подходы к цитогенетическому анализу и их практическое значение.ф-муҳит омилларининг мутаген таъсирини баҳолаш имконини беради. FISH ва GISH каби молекуляр-цитогенетик технологиялар алоҳида аҳамиятга эга бўлиб, селекция ва геном ўзгаришларини мониторинг қилишда қўлланилади. Ушбу мақолада цитогенетик таҳлилнинг замонавий ёндашувлари ва уларнинг амалий аҳамияти умумлаштирилган.
G.BARBADENSE L. TURI TURICHI SHAKLLARINING MORFOBIOLOGIK VA XOʻJALIK BELGILARINING TAVSIFI
Jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda, tezpishar, hosildor, tolasining sifati va chiqimi yuqori, shuningdek, kasalliklar, zararkunanda va muhitning salbiy omillariga chidamli g‘o‘za navlarini yaratish hamda nav turlarini ko‘paytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘nalishda Gossypium L. turkumiga mansub poliploid turlarining genetik jihatdan boy va noyob bioxilma-xillik manbasi bo‘lgan resurslaridan oqilona foydalanish katta ahamiyatga egadir. G.barbadense L. turi turichi shakllarining morfobiologik va xoʻjalik belgilarining tavsifi keltirilgan.
SOYANING SOCHILMAS NAVI ISHTIROKIDAGI F1 DURAGAY AVLOD O‘SIMLIKLARIDA DUKKAK SONI BELGISINING IRSIYLANISHI
Ushbu maqolada soyaning Sochilmas navining Genetik-1 navi va Rossiyaning Selekta-302 navi bilan to‘g‘ri va teskari retsiprok duragay o‘simliklarida dukkak soni belgisining irsiylanishini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Soyaning Sochilmas navini Genetik-1 navi bilan chatishtirib olingan retsiprok duragay kombinatsiyalarida bir o‘simlikdagi dukkak soni belgisi asosan yuqori ko‘rsatkichli navning ijobiy dominantligi holatida irsiylanishi aniqlandi.
ANDIJON SHAHRI ATMOSFERASIDA KO'P BO'LGAN ATMOSFERIK ALLERGEN ZAMBARUGLARNI O'RGANISH BO'YICHA BIRINChA MATERIALLAR.
Abstrakt. Ushbu maqolada Andijon shahrida aniqlangan atmosfera zamburug'larining allergen sporalari bo'yicha birlamchi ma'lumotlar keltirilgan. Bioaerozol zamburug'larining tarqalishiga yordam beradigan mintaqaning iqlimiy va ekologik sharoitlari ko'rib chiqiladi. Aeromikrobiologik tahlil qiymatmetriya usuli yordamida sporalarni mikroskopik identifikatsiyalash orqali o'tkazildi. Shahar havosida eng ko'p uchraydigan allergen potentsiali yuqori bo'lgan zamburug'lar avlodlari aniqlandi. Natijalar allergik kasalliklarning oldini olish uchun atmosferaning qo'ziqorin florasini muntazam ravishda kuzatib borish zarurligini ta'kidlaydi.
INULA GRANDIS UCHUN BIOKLIMATIK MODELLASH NATIJALARI
INULA GRANDIS UCHUN BIOKLIMATIK MODELLASH NATIJALARI
MIKOLOGIK GERBARIY FONDIDA SAQLANAYOTGAN LEVEILLULA G. ARNAUD TURKUM NAMUNALARINI ZAMONAVIY RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH
: Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida tarqalgan Leveillula turkumiga mansub un-shudring zamburug‘lari haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti Mikologik gerbariy (TASM) fondida saqlanayotgan ushbu turkumdagi gerbariy namunalari inventarizatsiya qilindi. Ularning nomlari xalqaro mikologik ma’lumotlar bazalari – Index Fungorum va MycoBank asosida aniqlashtirildi hamda zamonaviy ro‘yxati shakllantirildi. Natijada 7 ta tur va 103 ta forma, jami 110 takson aniqlanib, o‘zaro sinonim bo‘lgan taksonlar ajratib ko‘rsatildi. Tadqiqot jarayonida mazkur zamburug‘lar 41 oila, 126 turkum va 188 xo‘jayin o‘simlik turlarida uchrashi aniqlandi. Eng ko‘p uchraydigan xo‘jayin o‘simliklar qatoriga Fabaceae, Compositae, Lamiaceae va Apiaceae oilalari vakillari kiradi.
TAXONOMIC DIVERSITY OF THE ORDER MALVALES IN THE FLORA OF CENTRAL ASIA
Ushbu tadqiqotda Oʻrta Osiyo florasidagi Malvales turkumiga toʻliq taksonomik tavsif berilgan. U ikkita asosiy oilani - Malvaceae va Thymelaeaceae-ni aniqlaydi - taxminan 14 avlod va 44 tur bilan ifodalanadi. Tadqiqot ularning turli xil ekologik zonalarda, qurg'oqchil pasttekisliklardan to tog'li hududlargacha tarqalishini ta'kidlab, ularning ekologik moslashuvi va floristik ahamiyatini ta'kidlaydi. Malva va Althaea kabi keng tarqalgan kashshof taksonlarga va Dafne kabi ekologik jihatdan cheklangan avlodlarga alohida e'tibor qaratilgan. Bir nechta turlarning iqtisodiy, dorivor va ekologik ahamiyati, antropogen ta'sir va reliktual yashash joylaridagi roli muhokama qilinadi. Ushbu ish mintaqaning floristik va biogeografik tushunchasiga hissa qo'shadi va davom etayotgan saqlash va raqamli biologik xilma-xillik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi.
INTEGRATSIYANING ORGANIZM DARAJASI
Ushbu tezisda o‘simlik organizmida fiziologik jarayonlarning integratsiyalashuvi, ya’ni turli tizimlarning o‘zaro bog’liqligi va muvofiqlashtirilgan ishlashi ko‘rib chiqiladi. O‘simliklardagi metabolik, gormonal va morfologik tizimlarning integratsiyasi organizm darajasida qanday kechishi, buning rivojlanishga va atrof-muhit omillariga moslashuvga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi.
ANTIOKSIDANTLARNING O‘SIMLIKLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Antioksidantlar o‘simlik hujayralarida hosil bo‘ladigan erkin radikallar va reaktiv kislorod shakllarining (ROS) zararli ta’sirini bartaraf etishda muhim biologik moddalardir. Ular o‘simliklarning normal fiziologik jarayonlarini saqlab turish, stress sharoitlariga (masalan: qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, ekstremal harorat va biotik stress) bardoshliligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada o‘simliklarda antioksidant tizimining asosiy komponentlari — fermentativ (superoksid dismutaza, katalaza, askorbat peroksidaza) va nofermentativ (askorbin kislotasi, glutation, tokoferol) antioksidantlarning vazifalari va ular ishtirokida kechuvchi himoya mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, antioksidantlarning o‘sish, rivojlanish va ildiz hosil bo‘lish jarayonlaridagi fiziologik roli, ularning stressga qarshi adaptatsion strategiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Maqola antioksidantlar bilan bog‘liq zamonaviy tadqiqotlar natijalariga asoslanadi va ularning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishdagi potensial imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.
RASMOL DASTURI: XUSUSIYATLARI, IMKONIYATLARI VA ILOVA
RasMol uch o'lchovli molekulyar tuzilmalarni ko'rish uchun kuchli, ammo ishlatish uchun qulay dasturdir. U biokimyo, molekulyar biologiya va kimyoda oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa makromolekulalarning fazoviy modellarini tahlil qilish va ifodalash uchun keng qo'llaniladi. RasMolning rivojlanishi 1990-yillarda boshlangan va shundan beri u tadqiqot va ta'lim sohasida muhim vositaga aylandi.
HISOBLASHNING OCHIQ RAMKASINI IZLASH ORF FINDER DASTURI HAQIDA MA’LUMOT
ORF Finder (Open Reading Frame Finder) dasturida ishlash bosqichlarida - DNK ketma-ketligidagi ochiq o‘qish ramkalarini aniqlash orqali oqsil kodlovchi qismlarni topishga yordam beradi. ORF Finder vositasidan foydalanish orqali genetik materialdagi potensial genlarni aniqlash, ularning kodlash imkoniyatini baholash va keyingi bioinformatik tahlillarga tayyorlash mumkin. Ushbu dastur ilmiy tadqiqotlar, ayniqsa genetik tahlil va genom annotatsiyasi sohalarida keng qo‘llaniladi.
YERYONG‘OQ O‘SIMLIGI NAVLARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARIGA MIKROBIOLOGIK O‘G‘ITLAR TA’SIRI
Maqolada Andijon viloyati sharoitida yeryong‘oq (Arachis hypogaea L.)ning mahalliy navlari (Lider, Mumtoz, Salomat, Toshkent-112) va xorijiy namunalariga (Vetnam-1126, Senegal-685) mikrobiologik o‘g‘itlar – Plantastim va Fosfomax – ning ta’siri o‘rganildi. Biometrik baholash yong‘oq soni, yetilish foizi va 1000 dona urug‘ massasiga asoslandi. Plantastim yong‘oqlar soni va sifatini oshirgan bo‘lsa, Fosfomax urug‘ sifati va hosildorlik barqarorligini ta’minladi.
BAKTERIYALARDAN POLISAXARIDLARNI AJRATIB OLISH
Bakteriyalardan polisaxaridlarni ajratib olish jarayoni biotexnologiya, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada bakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy polisaxaridlar, ularni ajratish uchun ishlatiladigan metodlar va amaliy foydalari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Xususan, Escherichia coli kabi bakteriyalardan polisaxaridlar ajratish jarayonlari va ular orqali olinadigan mahsulotlarning qo‘llanilishi, immunitet tizimini rag‘batlantirish, biofilmlar va bioplastiklar ishlab chiqarishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.
YUMSHOQ BUG‘DOYNING YOTIB QOLISHGA CHIDAMLILIGI BILAN BOG‘LIQ ANATOMIK XUSUSIYATLARI
Mazkur tadqiqot ishida bug‘doy poyasining yotib qolishga chidamlilik hususiyatlarining irsiylanishi va anatomik tuzilishini o‘rganish maqsad qilingan. Bug‘doyning yuqori hosildorligi poyaga nisbatan og‘irlik kuchini oshirib, yotib qolish hodisasini keltirib chiqaradi. Bu hosil yo‘qotilishiga olib keluvchi jiddiy sabablardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham poyaning anatomik tuzilishini o‘rganish, uning yotib qolishga chidamli bo‘lgan duragay o‘simliklarni tanlab olishda muhim omil hisoblanadi.
DNK ketma-ketligidagi potentsial oqsillarni kodlash regionlarini aniqlash.
Ochiq o'qish ramkasi DNK ketma-ketligi bo'lib, u boshlang'ich kodoni bilan boshlanadi va to'xtash kodonini o'z ichiga olmaydi, ehtimol oqsilni kodlaydi. ORF Finder (Open Reading Frame Finder) dasturi DNKning ikkala zanjiridagi ochiq o'qish ramkalarini (ORFs) aniqlaydi. Ushbu dastur siz kiritgan genomik DNK ketma-ketligidagi ochiq o'qish ramkalarini qidiradi. ORF Finder dasturidan foydalanib, siz DNKning ikkala zanjirida ochiq o'qish ramkalarini aniqlashingiz mumkin.
FOTOSINTEZNING YORUGʻLIK BOSQICHINI OʻSIMLIK HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Fotosintez oʻsimliklar hayotidagi eng muhim jarayonlardan biri boʻlib, uning yorugʻlik va qorongʻulik bosqichlari oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va energiya taʼminoti uchun asosiy ahamiyatga ega. Yorugʻlik bosqichida xloroplastlarning membranalarida joylashgan xlorofill yorugʻlik energiyasini yutib, suv va karbonat angidridni kimyoviy energiyaga aylantiradi, natijada kislorod va ATF hosil boʻladi. Ushbu tezisda fotosintezning yorug‘lik bosqichining oʻsimliklar hayotidagi oʻrni va ekologik ahamiyati atroflicha yoritiladi.
Jigarning NEYROGUMORAL VA IMMUNOGEN FUNKSIYASI
Jigardagi gistokompozitsiya antijenlarining tarkibi ularning immun tizimi organlaridagi tarkibiga yaqinlashadi va boshqa organlar va to'qimalarga qaraganda sezilarli darajada yuqori. TETA antijeni miqdori bo'yicha miya va timus to'qimalaridan keyin jigar uchinchi o'rinda turadi. Jigar, shuningdek, neyramin kislotalari sintezlanadigan noyob organdir.
YOVVOYI G‘O‘ZA TURLARIDAGI ZARARKUNANDA HASHAROTLARGA CHIDAMLILIK BELGISINIНГ O‘RTA TOLALI NAVLARGA INTROGRESSIYASI
Maqolada A-256 navi (G. herbaceum turi euherbaceum kenja turi) hamda G. nelsonii Avstraliya yovvoyi g‘o‘za turi, shuningdek ular ishtirokida olingan diploid va allotetraploid duragaylarning sanchib-so‘ruvchi hasharotlarga, xususan oqqanot (Aleyrodidae) zararkunandasiga nisbatan chidamliligini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar keltirilgan. Ushbu noyob belgi-xususiyatning o‘rta tolali “Ravnaq-1” mahalliy naviga introgressiyasi dala sharoitida (oqqanot bilan zararlangan tabiiy fonda) morfo-biologik usullar orqali, laboratoriya sharoitida esa anatomik tahlillar asosida o‘rganilgan. Olingan natijalar yovvoyi g‘o‘za turlarining sanchib-so‘ruvchi hasharotlarga chidamlilik belgisi olingan duragaylarda irsiylanganligini tasdiqlaydi.
O‘ZBEKISTONNING TOG‘ HUDUDLARIDA ARCHA VA DO‘LANA O‘SIMLIKLARINING ASOSIY PATOGEN MIKROMITSETLARI
Mazkur maqolada O‘zbekistonning tog‘li hududlarida keng tarqalgan archa (Juniperus) va do‘lana (Crataegus) o‘simliklarida uchraydigan asosiy zamburug‘ kasalliklari va ularni keltirib chiqaruvchi patogenlar haqida ma’lumot berilgan. Xususan, archa o‘simligida aniqlangan zang (Gymnosporangium spp.), diplodioz (Diplodia juniperi), fomozi (Dothidella juniperi), mikroterium (Microthyrium juniperi) va do‘lanadagi un-shudring (Phyllosticta suffulta f. oxyacanthae), monilioz (Monilinia johnsonii) kabi kasalliklarning biologik xususiyatlari, tarqalish davrlari va ularning simptomlari yoritilgan. Tadqiqotlarda ayniqsa Gymnosporangium confusum turining O‘zbekiston tabiiy sharoitida yuqori virulentlik xususiyati va keng tarqalish areali aniqlangan. Ushbu patogenlar ikki turdagi xo‘jayin o‘simliklarda parazitlik qiladi: archa — asosiy xo‘jayin, do‘lana — oraliq xo‘jayin. Shuningdek, maqolada ushbu kasalliklarga qarshi kurash choralari, jumladan, agrotexnik va fungitsid asosidagi profilaktika usullari haqida ham tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari o‘rmon xo‘jaliklarida fitosanitar holatni yaxshilash, archa va do‘lana plantatsiyalarini saqlab qolish va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
FOTOSINTEZNING YORUG’LIK BOSQICHI
Fotosintezning yorug‘lik bosqichi o‘simliklarning xloroplastlarida sodir bo‘ladigan muhim jarayon bo‘lib, unda yorug‘lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylantiriladi. Ushbu bosqichda xlorofill molekulalari yorug‘likni yutadi, suv molekulalari parchalanadi (fotoliz), natijada kislorod, ATP va NADPH hosil bo‘ladi. Mazkur tezisda yorug‘lik bosqichining asosiy reaktsiyalari, ulardagi fermentlarning roli va energiya o‘zgarishlarining mexanizmlari atroflicha yoritiladi. Shuningdek, jarayonning o‘simliklar hayoti va global ekotizimdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
ҒЎЗА ГЕНКОЛЛЕКЦИЯСИ ЛИНИЯЛАРИДА F2 АВЛОДЛАРИДА ТОЛА УЗУНЛИГИ БЕЛГИСИНИНГ ЎЗГАРУВЧАНЛИГИНИ АНИҚЛАШ
Мақолада Ўзбекистон Миллий Университетининг Ғўза генетик коллекцияси линияларида ўтказилаётган тадқиқотлар алоҳида аҳамият касб этади. Ўзбекистон Миллий Университетининг Ғўза генколлекцияси линияларида F2 авлодларида тола узунлиги белгисининг ўзгарувчанлигини аниқлаш ижобий ҳолда ирсийланиши тажрибада аниқланган
RADIONUKLIDLARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada radionuklidlarning inson organizmiga ta’siri o‘rganilgan. Radionuklidlarning organizmga kirish yo‘llari, ulardan kelib chiqadigan kasalliklar va radiatsiyadan himoyalanish choralari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ionlashtiruvchi nurlanish DNK tuzilishiga jiddiy zarar yetkazib, genetik mutatsiyalarga va saraton kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Radiatsiya xavfidan himoyalanish uchun masofa, vaqt va ekranlash tamoyillariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega.
PALINOLOGYAGA OID TADQIQOTLARNING QISQACHA TAHLILI
Ushbu maqolada “Palinologiya”ga sohasiga hissa qo‘shgan olimlar, ularning asarlari va ilmiy izlanishlari yoritilgan. O‘simlik gulchangi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yillar kesimida izohlab berilgan. O‘simliklarning changlanish jarayoni, ularning gulchang donasi, chang ipi, gulchang morfologiyasi, anatomik tuzilishi, ulardagi ekzin va intin qavatlari hamda sohaga oid atamalarning kelib chiqishi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan
G1-G2 Gibridlarida Urug’chilik RIVOJLANISH FORTDAGI QIMMATLI VA IQTISODIY XUSUSIYATLARNING O’ZARI ALOQASI.
Maqolada O‘zbekiston Milliy universiteti paxta genetik kolleksiyasi asosida olib borilgan tadqiqotlar haqida so‘z boradi. O‘zbekiston Milliy universiteti g‘o‘za genetik kollektsiyasining izogen va introgressiv chiziqlaridagi iqtisodiy qimmatli belgilarning o‘zaro bog‘liqligi, jumladan miqdoriy belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlik ijobiy meros bo‘lishi eksperimental tarzda aniqlandi.
FOTOSINTEZ EKOLOGIYASI VA HOSILDORLIK
Ushbu tezisda o‘simliklar tanasida sodir bo‘luvchi mühim biologik jarayonlardan biri fotosintezning ekologiyasi, fotosintez jadalligiga ta’sir etuvchi omillar, yorug‘lik, CO2, O2 harorat, suv va fotosintez xosildorligini oshirish uchun ko‘rilishi kerak bo‘lgan agrotexnik chora-tadbirlar yig‘indisi haqidagi ma'lumotlar yoritib berilgan.
Jigar PATOLOGIYASIDAGI FERMENT TIZIMLARNING BUZISHI
Jigar kasalliklari patogenezini o'rganishning hozirgi bosqichida hujayra osti tuzilmalari, ularning membrana va ferment tizimlari darajasidagi patologik jarayonlarni o'rganish katta ahamiyatga ega. Ushbu yo'nalishda patogen agentning ta'sir qilish mexanizmi haqida batafsil ma'lumot berishga, hujayra shikastlanishining asosiy joyini lokalizatsiyasini aniqlashga imkon beruvchi ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.
MITOXONDRIYALARDA OKSIDATIV FOSFORILLANISHNING HUJAYRALARNING yashovchanligidagi roli.
Ish hujayra hayotiyligini saqlashda oksidlovchi fosforlanishning (OP) rolini o'rganishga bag'ishlangan. Mitoxondriyadagi OP samaradorligini oshirish hujayra hayotini uzaytirishga va sirkadiyalik ritmlarni barqarorlashtirishga yordam berishi mumkinligi haqidagi gipoteza taklif etiladi. Energiya almashinuvini "soat" genlarining ifodasi va qarish bilan bog'laydigan mexanizmlar muhokama qilinadi. Yoshga bog'liq va metabolik kasalliklarni davolashda potentsial maqsad sifatida mitoxondriyal metabolizmning ahamiyati ta'kidlangan.
ANDIJON VILOYATI IQLIMIDA G’O‘ZANING VEGETATSIYA DAVRIDA MINERAL O‘G’ITLAR BILAN OZIQLANTIRISH
Maqolada Andijon viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitlarida yetishtirilayotgan g‘o‘zaning “Andijon-35” g‘o‘za navida karbamid o‘g‘itlari asosida tayyorlangan suspenziyani g‘o‘zaning rivojlanish davrlarida bargi orqali qo‘llash me’yorlarini, o‘simlik o‘sishiga va rivojlanishiga, paxta hosiliga ta’sirini аниқланди.
O'`SIMLIK HUJAYRASINING KIMYOVIY TARKIBI
Ushbu tezis o`simlik hujayrasining kimyoviy tarkibini o`rganadi. Uning asosiy komponentlari suv, organik va noorganik birikmalarni tahlil qiladi. O`simlik hujayrasining funksional xususiyatlari va kimyoviy tarkibining fiziologik jarayonlardagi roli ko‘rib chiqiladi. Tezisda hujayra devori, vakuola va sitoplazmaning kimyoviy tuzilishi alohida e’tibor beriladi. Ushbu ma’lumotlar o‘simliklar fiziologiyasi sohasida fundamental bilimlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqot ilmiy adabiyotlarga asoslangan bo‘lib, o‘simlik hujayrasining hayotiy faoliyatini tushunishga yordam beradi.
QO‘QON DAVLAT UNIVERSITETI (KD) GERBARIYIDAGI ASTRAGAL L. TALIMASINI QAYTA KO‘RISH.
Maqolada Qo‘qon davlat universiteti Biologiya kafedrasi gerbariy fondida (KD) saqlanayotgan Astragalus L. turkumi tahlili yoritilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Astragalus turkumining 11 turining jami 57 ta gerbariy namunalari saqlanayotganligi aniqlandi.
PLANTAGO OVATA (FORSSK.)NING GENETIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada Plantago ovata Forssk.ning genetik xususiyatlari, kariotipi, xromosoma tuzilishi, genom hajmi hamda foydali belgilarni belgilovchi genlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘simlik genetikasini chuqur o‘rganish orqali yuqori hosilli, stress omillariga, qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli navlarni yaratish imkoniyati mavjud. Bu esa farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida yuqori sifatli mahsulotlar olishda muhim ahamiyatga ega.
G’OZA O‘SIMLIGIDA XLOROFILL "B" NING FOTOSINTEZ JARAYONIDAGI XUSUSIYATLARI
Tajribalar natijalariga asoslangan xoldagi quyidagicha ilmiy fikr yuritiladi. Olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, sho‘rlanish va alkalisatsiya alohida xarakatlari ham xlorofill а xlorofill б nisbati qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. Ushbu indikator qiymatida sezilarli o‘zgarishlarning yo‘qligi, ushbu omillar ushbu sinov ekinining tilakoidli membranalarining yorug’lik yig’ish kompleksiga ta’sir qilmasligini ko‘rsatadi.
ERIBIDAE OILASI PHRAGMATOBIA FULIGINOSA TURI BIOLOGIK INDIKATOR SIFATIDA
Erebidae – tangachaqanotlilar turkumining eng yirik oilasidan biri sanaladi Molekulyar genetik va filogenetik tadqiqotlar asosida bu oila alohida taksonomik birlik – oila sifatida ajratildi. Tunlamsimon kapalaklar nafaqat qishloq xo‘jalik ekinlari, balki tabiiy senozlardagi o‘simliklarni ham jiddiy zararkunandasi hisoblanadi. Kapalakning lichinkalari o‘simlik vegetatsiya va hosildorligiga jiddiy zarar keltiradi. Tadqiqotlarimizda ushbu kapalaklar faunasi tarqalishi, taksonomiyasi va ba’zi bioekologik xususiyatlari o‘rganildi. Farg‘ona vodiysida hududida Erebidae oilasining 2 kenja oila, 4 avlodga mansub 9 tur qayd etildi.
TUYATOVON O‘SIMLIGINING BIOEKOLOGIYASI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada oddiy tuyatovon o‘simligining bioekologiyasi va uning yetishtirish texnologiyasi haqidagi asosiy jihatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
MUSA MAXMUD RUZIN – BIRINCHI O‘ZBEK GERBARIY KOLLEKTORI
Maqolada birinchi o‘zbek gerbariy kollektori Musa Maxmud Ruzinning ilmiy ekspeditsiyalari va tadqiqotlari tahlil qilingan. Uning tug‘ilgan sanasi va vafot etgan yili aniq belgilanmagan.
SEMIZ O‘T (ALOE VERA) O‘SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARIVA UNING XALQ TABOBATIDAGI HAMDA ZAMONAVIY TIBBIYOTDAGI QO‘LLANILISHL
Ushbu tezisda semiz o‘t (Aloe vera) o‘siinligining biologik tarkibi. davolovclii xususiyatlari va u xalq tabobati hamda zamonaviy tibbiyotda qanday kasalliklar uchun qo‘llanilishi ihniy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, semiz o‘tning kosmetologiya. farmatsevtika va gigiyena sohalaridagi qo‘llamlishi. undan tayyorlanadigan dori vositalari va ulaming terapevtik samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot semiz о‘tiling tabiiy shifobaxsh o‘simlik sifatidagi ahamiyatini tasdiqlaydi.
QO‘QON DAVLAT UNIVERSITETI (KD) GERBARIYIDAGI ASTRAGAL L. TALIMASINI QAYTA KO‘RISH.
Maqolada Qo‘qon davlat universiteti Biologiya kafedrasi gerbariy fondida (KD) saqlanayotgan Astragalus L. turkumi tahlili yoritilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Astragalus turkumining 11 turining jami 57 ta gerbariy namunalari saqlanayotganligi aniqlandi.
COUSINIA TURKUMI TURLARINI URGUT BOTANIKA-GEOGRAFIK RAYONIDA TARQALISHINI TO‘R TIZIMLI XARITALASH
Ushbu tadqiqot Urgut botanik-geografik rayoni florasiga oid Cousinia turkumining tur tarkibi va geobog‘langan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan tahlilni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot davomida, Cousinia turkumining 24 turini 31 ta indeksda (maksimal darajada SR=6, CD=10) tarqalishi ko‘rib chiqilib, to‘r tizimli xaritasi ishlab chiqilgan.
SEMIZ O‘T (ALOE VERA) O‘SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI VA UNING XALQ TABOBATIDAGI HAMDA ZAMONAVIY TIBBIYOTDAGI QO‘LLANILISHI.
Ushbu tezisda semiz o‘t (Aloe vera) o‘simligining biologik tarkibi, davolovchi xususiyatlari va u xalq tabobati hamda zamonaviy tibbiyotda qanday kasalliklar uchun qo‘llanilishi ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, semiz o‘tning kosmetologiya, farmatsevtika va gigiyena sohalaridagi qo‘llanilishi, undan tayyorlanadigan dori vositalari va ularning terapevtik samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot semiz o‘tning tabiiy shifobaxsh o‘simlik sifatidagi ahamiyatini tasdiqlaydi.
ATROPA BELLADONNA NING GULLASH BIOLOGIYASI
Ushbu maqolada Xorazm sharoitida Atropa belladonna birinchi vegetatsiya yilida generativ davrga o‘tdi va bu davr I-variantdagi o‘simliklarda 98-107 kun, II-variantdagi o‘simliklarda 70-80 kun, umumiy vegetatsiya davri har ikki variantda 220-230 kunni tashkil etdi. Ikkinchi va uchinchi vegetatsiya yillarida quyosh sharoitdagi o‘simliklarning umumiy vegetatsiyasi 10-20 kunga, soya sharoitidagilarniki esa 5-6 kunga cho‘zilishi aniqlandi
CHUST TABIAT YODGORLIGIDA TARQALGAN ASTERACEAE OILASI TAHLILI
Maqolada Chust tabiat yodgorligi xududida keng tarqalgan Asteraceae oilasining avlodi va turlari haqida ma’lumot berilgan. Chust tabiiy yodgorligi hududida 44 turkum va 155 turkumga mansub 250 turdagi oʻsimliklar roʻyxati tuzilgan, shu jumladan Asteraceae oilasiga mansub oʻsimliklar, 23 turkum va 42 tur.
ACANTHOPHYLLUM TURKUMI AYRIM TURLARINI TURLI POPULYASIYALARNING MUHIT TA’SIRIDA POYA QISMINI ANATOMIC TUZILISHI XUSUSIYATLARI
Farg‘ona vodiysining endemik turi bo‘lmish Acanthophyllum turkumi turlari arealining xar xil tashqi muxit sharoitlariga ega bo‘lgan nuqtalaridan olingan o‘simlik guruhlari poyasining ko‘ndalang kesmasi tuzilishini muxit sharoitiga karab o‘zgarishilari aniqlangan.
QALAMPIR (CAPSICUM ANNUUM) MUNCHOQ MEVALARINING FIZIOLOGIK VA DORIVOR XUSUSIYATLARI
Ushbu tezisda Capsicum annuum L. turiga mansub qalampir o‘simligining “munchoq” navidagi mevalarining fiziologik xususiyatlari va dorivor ahamiyati chuqur o‘rganiladi. Qalampir mevasining asosiy bioaktiv komponentlari – kapsaitsin, flavonoidlar, alkaloidlar, efir moylari va askorbin kislotasining o‘simlikdagi fiziologik jarayonlarga ta’siri, ularning sintezi, saqlanishi va o‘sish davrlaridagi o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Ayniqsa kapsaitsinning himoya mexanizmlarida, metabolizmda va stressga qarshi chidamlilikda tutgan o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Tezisda shuningdek, qalampir mevasining an’anaviy va zamonaviy tabobatda ishlatilish holatlari, ularning terapevtik, yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va antimikrob xususiyatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida fiziologik faol moddalarning inson organizmiga ta’siri, ulardan oziq-ovqat, farmatsevtika va xalq tabobatida foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Ushbu ish orqali qalampir munchoq mevalarining dorivor salohiyati hamda ularning fiziologik jarayonlardagi faolligini aniqlash orqali nafaqat agronomik, balki biotibbiyot sohalarida qo‘llanilish istiqbollari yoritib beriladi.
SURXONDARYO VILOYATIDA TARQALGAN PAPAVERACEAE JUSS. OILASINING TURKUMLARINING BIOLOGIYASI VA TARQALISHI
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati florasi tarkibidagi Papaveraceae Juss. oilasiga mansub turkum va turlarining taksonomiyasi haqida maʼlumotlar keltirilgan. Surxondaryo viloyati florasida Papaveraceae Juss. oilasi o‘ziga xos o‘simliklar dunyosiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ularning botanik-geografik rayonlar kesimidagi tarqalishi va taksonomik holati haqida so‘nggi ilmiy ishlarga oid maʼlumotlar yoritilgan. Hozirgi kunda ushbu oilaning yer yuzida 48 ta turkumga mansub 1036 turi maʼlum [12], Oʻrta Osiyoda esa 10 ta turkumga mansub 53 turi tarqalgan [1]. Oʻzbekistonda 9 ta turkumga mansub 32 ta turi aniqlangan boʻlib [8], shundan 6 ta turkumga mansub 22 ta turi Surxondaryo viloyati hududida o‘sishi qayd etilgan.
ZIGʻIR OʻSIMLIGI VA UNING XUSUSIYATLARI
Ushbu tezis ishida zigʻir (Linum usitatissimum) oʻsimligining biologik va agronomik xususiyatlari, uning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati, kimyoviy tarkibi va foydali xossalari chuqur ilmiy asosda yoritilgan. Zigʻir moyi inson salomatligi uchun muhim boʻlgan omega-3 yogʻ kislotalarining tabiiy manbai sifatida tan olinadi. Zigʻir tolasi esa yengil sanoatda, ayniqsa mato ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi. Tezisda zigʻir o‘simligining iqlim va tuproqga qo‘yiladigan talablariga, yetishtirish texnologiyasiga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralariga ham e’tibor qaratilgan. Zigʻirning farmakologik va ekologik ahamiyati haqidagi maʼlumotlar uni ko‘p tarmoqli foydali ekin sifatida tavsiflaydi.
KANAKUNJUT O‘SIMLIGINING FIZIOLOGIYASI DORIVORLIK XUSUSIYATI
Ushbu tezisda kanakunjut o‘simligi fiziologiyasi dorivorlik xususiyati haqida malumotlar keltirilgan. Kanakunjut qadimdan maʼlum bo‘lgan o‘simlikdir. Maʼlumotlarga ko‘ra kanakunjut o‘simligi Sharqiy Аfrikadan kelib chiqqan deb aytilgan. Hozirda ham turli joylarda yovvoyi holda o‘suvchi kanakunjut o‘simligi ko‘p uchraydi. Har xil tuproq-iqlim sharoitida o‘sgani tufayli kanakunjutning xilma- xil shakllari tarqalgan. Ilmiy izlanishlar natijasida kanakunjutning O‘zbekistonda ham yetishtirish mumkunligi isbotlangan.
FERULA TADSHIKORUM PIMENOV TURI URUG‘LARINING MORFOLOGIYASI VA UNUVCHANLIK BIOLOGIYASI
Ushbu maqolada Ferula tadshikorum Pimenov turi urug‘larining morfologiyasi va unuvchanlik biologiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
O‘SIMLIKLARDA NAFAS OLISH JARAYONINING ICHKI VA TASHQI OMILLARGA BOGʻLIQLIGI
Mazkur maqolada o‘simlik hujayralarida sodir bo‘ladigan nafas olish jarayonining biologik mohiyati va uni tartibga soluvchi ichki (endogen) hamda tashqi (ekzogen) omillar yoritilgan. Shuningdek, har bir omilning nafas olishga ta’sir mexanizmi qisqacha tahlil qilinadi.
YIRIK BARGLI JIYDANING (ELAEAGNUS MACROPHYLLA THUNB.) MORFO-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNING SAMARQAND SHAHRINI KO‘KALAMZORLASHTIRISHDAGI ROLI
O‘z tadqiqotimizda Elaeagnus macrophylla Thunb.ni yashil maydon yaratish uchun istiqbolli o‘simlik ekanligini, shahar va qishloqda aholi yashash joylarini obodonlashtirishdagi roli yani boshqa o‘simliklardan, manzaraliylik va o‘simlik kasaliklariga chidamlilik xususiyatlari kabi ma'lumotlar berilgan. To‘siq tizimini yaratish uchun buta o‘simliklarining eng istiqbolli turlaridan biri bu Elaeagnus macrophylla Thunb. Elaeagnus turkumining bu tur yangi binolar oldini, istirohat bog‘ilari va shahar atrofi hududlarini obodonlashtirishda yordam beradigan, bir qator foydali xususiyatga ega sovuqqa chidamli, oson shaklga kiradigan va tuproqni tanlamaydi o‘simlik hisoblanadi. Ko‘kalamzorlashtirishda tashqari, mevalaridan oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi. Gullaridan olingan asal, moy parfyum va kosmetika ishlab chiqarishda ishlatiladi.
MOYCHECHAK (ROMASHKA) DORIVORLIGI VA ISHLATILISHI
Ushbu tezisda xalq tabobatida inson organizmidagi kasalliklarini davolashda qo‘llanilayotgan shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan moychechak (romashka) o‘simligi teri va uyqu holatini me’yorlashtirish xususiyatiga egaligiga hamda boshqa noyob dorivorlik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
PHLOMOIDES TURKUMINING FOYDALI XUSUSIYATLARINI O‘RGANILGANLIGI TARIXI
ko‘p yillar davomida an'anaviy tibbiyotda qo‘llanilgan Lamiaceae oilasi o‘simliklari guruhi. Turli mintaqalarda, ayniqsa Markaziy Osiyoda odamlar bu o‘simliklardan yo‘tal, yaralar va oshqozon kasalliklarini davolashda foydalanganlar. Vaqt o‘tishi bilan olimlar bu o‘simliklar haqida ko‘proq ma'lumot olishga qiziqish bildirishdi va ularni o‘rganishni boshladilar. Ular Phlomoides turlarida yallig'lanishni kamaytirishga, bakteriyalarga qarshi kurashishga va umumiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan tabiiy moddalar mavjudligini aniqladilar. Bugungi kunda tadqiqotchilar ushbu o‘simliklarning foydali xususiyatlarini va ularni zamonaviy tibbiyotda qanday qo‘llash mumkinligini o‘rganishni davom ettirmoqdalar.
SURXONDARYO HUDUDIDAGI JURINEA TURKUM TURLARI O‘SIMLIKLARINING ENDEMIK TURLARI
Maqolada Surxondaryo vohasida tarqalgan edimik turlarning uchrash
joylari va amaliy ahamiyati hamda ishlatilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan
TUGMACHAGUL (MALVA L) O‘SIMLIGINING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mazkur tezisda Tugmachagul (Malva L.) o‘simliklarining morfobiologik xususiyatlari, ekologik ahamiyati va agronomik hamda tibbiy qo‘llanilishi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Tugmachagul o‘simliklari yuqori fotosintez faolligi, yaxshi rivojlangan ildiz tizimi va tuproqni barqarorlashtirish qobiliyati bilan ajralib turadi. Ular ekologik tizimda tuproq eroziyasini kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, qishloq xo‘jaligida o‘simliklar uchun ozuqa manbai sifatida qo‘llaniladi. Tibbiyotda esa yallig'lanishga qarshi va antiseptik sifatida ishlatiladi. Tezisda Tugmachagulning morfologik va biologik xususiyatlari, shu jumladan, suvga bo‘lgan talablari, polinatsiya jarayoni va iqlim sharoitiga moslashuvi ham ko‘rib chiqilgan.
AYDARKO‘L SOHILIDA ARTEMISIA L. TURKUMI VAKILLARINING TARQALISHI
Ushbu maqolada Aydarko‘l sohilida Artemisia L. turkumi vakillarining tarqalishi haqida mulohazalar yuritilgan. So‘ngi yillarda antropogen va boshqa o‘zgarishlar ta’sirida Artemisia L. turkumi vakillarining keyingi rivojlanish jarayonlari haqida fikrlar berilgan.
LAVANDA O‘SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI
yarim buta o‘simlik bo‘lib, Lamiaceae (labguldoshlar) oilasiga mansub. Uning erta gullashi, kuchli efir yog‘i ajratishi va ekologik chidamliligi tufayli farmakologiya, kosmetologiya, parfyumeriya va xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Tezisda lavandaning morfologik-strukturaviy xususiyatlari, botanik tasnifi, ekologik talablari va yetishtirish texnologiyalari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, uning asosiy bioaktiv komponentlari – linalool, linalil asetat va kamfora kabi moddalarning fiziologik ta’siri, yallig‘lanishga, infeksiyaga va stressga qarshi xossalari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Lavanda o‘simligi xalq tabobatida yurak-tomir kasalliklari, uyqusizlik, nevrozlar va teri kasalliklarida samarali foydalaniladi. Tadqiqot lavandaning dorivor xususiyatlarini to‘g‘ri baholash va uni mahalliy sharoitlarda madaniylashtirish imkoniyatlarini ochib beradi.
ROZMARIN (ROSMARINUS OFFICINALIS) O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI DORIVORLI XUSUSIYATLARI
Dorivor rozmarin (Rosmarinus officinalis) farmatsevtika, kosmetologiya va oziq-ovqat mahsulotlarini sanoatda keng qo‘llaniladi. Rozmarin efir moylariga boy bo‘lib, uning asosiy komponentlari 1,8-sineol (evkaliptol), kamfora, borneol, alfa-pinene, beta-pinen, limonen, kamfen, verbenon va linalool kabi terpen birikmalardir. Bundan tashqari, rozmarin tarkibida flavonoidlar (apigenin, luteolin), fenolik kislotalar (rozmarin kislotasi, kofein kislotasi), triterpenoidlar (ursolik va oleanolik kislotalar), antioksidant birikmalar bor.
ROSA PERSICA MICHXNING TARQATISHI. EX JUSS. MARKAZIY VA G'ARBIY OSIYODA
Rosa persica Michx. sobiq Juss. yovvoyi atirgul turi Erondan Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Afgʻonistongacha boʻlgan qurgʻoqchil va yarim qurgʻoqchil hududlarga xosdir. Ushbu tadqiqot georeferents hodisasi ma'lumotlaridan foydalangan holda ushbu turning fazoviy tarqalishi va biogeografik naqshlarini tahlil qilishga qaratilgan. GBIF-dan jami 453 ta yozuvlar yig'ildi va gridlangan issiqlik xaritalari va batafsil topografik qoplamalar yordamida vizualizatsiya qilindi. Natijalar turning mo''tadil tog'li va dashtli yashash joylari, ayniqsa Eronning shimoli-sharqi, janubiy Qozog'iston va O'zbekiston bilan kuchli aloqadorligini ko'rsatadi.
BIEBERSTEINIA MULTIFIDA DC.NING O‘SIMLIKLAR QOPLAMIDA TUTGAN O‘RNI
Ushbu maqolada Biebersteinia multifida ning Kuxiston okrugi Urgut geografik rayoni hududining bir nechta soylaridagi tarqalishi hamda fitotsenozlardagi tutgan o‘rni va assotsiatsiyalari to‘g’risidagi tajribalar natijasida olingan ma’lumotlari yoritilgan. Aniqlangan fitotsenozlar o‘zaro solishtirilib, Urgut geografik rayonida qonteparning quyidagi assotsiatsiyalari borligi aniqlangan: Carex pachystylis - Biebersteinia multifida - Eremurus olgae - mixtoherbosum, Carex pachystylis – Poa bulbosa - mixtoherbosum assosiasiyasi, Pseudoroegneria setulifera - Carex pachystilis -har xil oʻtlar, Carex pachystilis – Phlomis salicifolia – mixtoherbosum.
TARQALGAN VIOLA L. TURKUM TURLARINING BIOEKOLOGIYASI VA TARQALISHI
Violaceae Batsch. oilasi (Gunafshadoshlar) - asosan tropik va moʻtadil iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan kosmopolit turkumlarga boy oilalardan biri hisoblanadi. Bu oilaga mansub turlar Raunker tasnifi bo‘yicha fanerofitlar, gemikriptofitlar hamda kriptofitlar hayotiy shakl ko‘rinishida uchraydi. Areal jihatdan eng keng tarqalgan yuqori darajaga ega bo‘lgan turkumlardan biri - Viola L. turkumi (gunafsha) boʻlib, manzarali va dorivor oʻsimlik sifatida qadrlanadi. Violaceae Batsch. oilasining ahamiyati tibbiyotda flavonoidlar va alkaloidlar tarkibiga koʻra keng oʻrganilgan boʻlib, landshaft dizayni va ekologik jihatdan ayrim turlari atrof-muhitni muhofaza qilishda ishtirok etadi. Ushbu maqolada oilaning morfologik xususiyatlari, sistematikasi, tarqalishi va ekologiyasi ilmiy adabiyotlar asosida yoritiladi. Violaceae Batsch. oilasining yer yuzida 27 ta turkumga mansub 1152 ta turi [12] tabiiy holda tarqalgan. Viola L. turkumining yer yuzida 725 ta turi [12], Oʻrta Osiyoda 32 ta turi [1], Oʻzbekistonda 17 ta turi [2], Surxandaryoda 4 ta turi, Surxon davlat qoʻriqxonasi hududida esa 3 ta turi [6] tabiiy holda oʻsishi aniqlandi.
SURXON DAVLAT QOʻRIQXONASIDA TARQALGAN CONVOLVULUS L. TURKUMI TURLARNING BIOEKOLOGIYASI VA TARQALISHI
Convolvulus L. turkumi Convolvulaceae Juss. oilasiga mansub bo‘lib, keng geografik arealga ega — u asosan tropik va subtropik mintaqalarda uchraydigan kosmopolit o‘simliklar turkumidir. Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida mazkur turkumga kiruvchi turlar morfologik xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ayni turlarning aksariyati dorivorlik, ozuqaviy va manzarali xususiyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Convolvulus L. turkumining Surxon davlat qo‘riqxonasida uchrashi biogeografik nuqtai nazardan muhim bo‘lib, ular asosan tog’ etaklari, adirlar va daryo vodiylariga xos hududlarda tarqalgan. Ushbu turlar mahalliy flora sharoitlariga moslashgan bo‘lib, boshqa o‘simliklar bilan raqobatdagi o‘zaro munosabatlari ham tadqiq etilgan. Hozirgi paytda ushbu oila tarkibida 59 ta turkumga mansub 1962 ta tur mavjudligi qayd etilgan [12]. Convolvulus L. turkumining o‘zi esa 208 ta turga ega [12]; shundan O‘rta Osiyoda 23 dan ortiq turi [1], O‘zbekiston hududida esa 14 dan ortiq turi [2] aniqlangan. Surxondaryo viloyatida esa 10 ta turining gerbariy namunalari yig‘ilgan bo‘lsa, so‘nggi izlanishlar Surxon davlat qo‘riqxonasida Convolvulus L. turkumiga oid 4 ta turning tarqalganini ko‘rsatdi [6].
SURXON DAVLAT QO‘RIQXONASIDA TARQALGAN AMARANTHACEAE JUSS. OILASIGA MANSUB DORIVOR O‘SIMLIKLARNING BIOEKOLOGIYASI HAMDA TARQALISHI
Amaranthaceae Juss. oilasiga mansub oʻsimliklar morfologik va ekologik moslashuvchanlikka ega ekanligi shuningdek, uning tibbiyotdagi va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati, ko‘plab yovvoyi va madaniy turdagi o‘simliklardan farq qilib, sho‘rlangan yerlarda yaxshi o‘sishi va qurg’oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu oilaga mansub o‘simlikning barglari va novdalari xalq tabobatida ko‘plab kasalliklarni davolashda ishlatiladi, shu bilan birga, ularning ozuqaviy qiymati ham yuqori va cho‘l yaylovlarini rekultivatsiya qilishda istiqbolli halofit o‘simliklar sifatida ilmiy baholandi. Amaranthaceae Juss. oilasining yer yuzida 197 ta turkumga mansub 2032 ta turi [13] uchraydi. Ushbu oilaning Oʻrta Osiyoda 53 ta turkum 292 ta turi [1,2], Oʻzbekistonda 47 ta turkum 91 ta turi [7], Surxandaryoda 36 ta turkum 77 ta turi hamda Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida 7 ta turkumga mansub 10 ta tur tabiiy holda tarqalgan. Qoʻriqxona hududida tarqalgan Amaranthaceae Juss. oilasiga mansub 5 turning dorivorlik xususiyati mavjud boʻlib quyida ushbu turlarga alohida toʻxtalib oʻtaman.
TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IGA INTRODUKSIYA QILINGAN BIGNONIACEAE OILASI AYRIM TURLARINING TAVSIFI
Maqolada qurg’oqchilikka chidamli bo‘lgan, ko‘kalamzorlashtirishda foydalanilayotgan va vertikal ko‘kalamzorlashtirishga tavsiya etish mumkin bo‘lgan ayrim turlarning tavsifi keltirilgan
S.BYZANTINA O‘SIMLIKINING O‘SISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada Xorazm sharoitida 2024 yil 20 aprelda, havo harorati urug‘lari 10 kun ichida 72%, S. betonicaeflora urug‘lari esa 70% unib chiqdi. Ijobiy haroratlar yig‘indisi +107,3ºS ni tashkil etdi. Umuman o‘rganilgan o‘simliklar urug‘larining unuvchanligi har ikkala ekologik sharoitda ham keskin farq qilmadi. Har ikkala (Laboratoriya va dala) sharoitda ham urug‘larning 70-80% unishi aniqlandi.
ISIRIQ O‘SIMLIGI VA UNING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Ushbu tezisda isiriq o‘simligining biologik xususiyatlari, tarqalgan hududlari va uning dorivorlik jihatlari yoritilgan. Isiriq qadimdan xalq tabobatida keng qo‘llanilib kelgan bo‘lib, uning tarkibidagi efir moylari, organik kislotalar va boshqa biologik faol moddalar inson salomatligi uchun foydalidir. Tadqiqotda isiriqning yallig‘lanishga qarshi, antiseptik, og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilib, uni xalq tabobatida va zamonaviy fitoterapiyada qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
COLCHICUM KESSELRINGII REGEL (COLCHICACEAE) TARQALISH BOIGEOGRAFIYASI VA GEOFAZOVIY TAHLILI
Maqolada O‘zbekiston florasida tarqalgan Colchicum kesselringii Regel ning morfologiyasi va biogeografiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijasida tur Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo Surxandaryo va Toshkent viloyatlarida tarqalganligi aniqlandi C. kesselringii eng jich populyatsiyalari Jizzax viloyatida (Nurota va Molguzar tizmalarida) joylashgan. Shuningdek, turni tabiat muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. IUCN Qizil ro‘yxatining toifalari va mezonlariga asoslanib, turning saqlanish holati baholangan.
ANDIJON VILOYATIDA GAGEA MINIMA POPULYATSIYASINING STRUKTURA VA EKOLOGIK BARQARORLIGI
Andijon viloyati Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysi hududida joylashgan boʻlib, bu yerda bahorgi efemeroidlar, jumladan, Gagea minima (Liliaceae) turi keng tarqalgan. Ushbu maqolada aynan Gagea minima turining morfologik belgilariga, ekologik yashash muhitiga va ontogenetik rivojlanish bosqichlariga asoslangan holda uning populyatsiyasidagi ontogenetik spektri tahlil qilinadi. Dala tadqiqotlari 2025-yil bahorida Andijon viloyatining Bo‘ston tumani hududida oʻtkazildi. Tadqiqot davomida tur individlarining ontogenetik holatlari (embrional, yuvenil, immatur, virginil, generativ, senil) boʻyicha nisbiy ulushi aniqlangan. Tahlil natijalari Gagea minima populyatsiyasining barqaror yoki beqaror holatini baholash, shuningdek, tabiiy muhitga moslashuvchanligi va tahdid soluvchi omillarni aniqlashga xizmat qiladi.
TAMARIX L. TURKUMI TURLARINING XO‘JALIKDAGI VA EKOTIZMDAGI AHAMIYATI
Mazkur tezisda Tamarix L. turkumiga mansub o‘simlik turlarining xo‘jalikda va tabiiy ekotizimlarda tutgan o‘rni yoritilgan. Bu turlar yovvoyi sharoitda o‘suvchi, sho‘rlanishga, qurg‘oqchilikka va eroziyaga chidamli o‘simliklar bo‘lib, ular yerdan foydalanish, cho‘l zonalarini rekultivatsiya qilish hamda ko‘kalamzorlashtirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ular changni ushlovchi, biofiltr va eroziyaga qarshi yashil to‘siq sifatida ekotizimlarda barqarorlikni ta’minlaydi.
“YASHIL HUDUDLAR” BARPO ETISHDA EVODIYA TURLARIDAN UNUMLI FOYDALANISH
Tetradium daniellii (Benn.) T.G.Hartley o‘simliginidan o‘rmonzorlar tashkil etish va Evodiya o‘rmonzorlaridan olingan asal maxsulotlarini tijoratlashtirish imkoniyatlari yuqoriligini hisobga olingan. Urug‘ unuvchanligini orttishida stratifikatsiya usulini qo‘llash va normalarini sinash, introduksiya jarayoni, agrotexnik jarayonlar, asal tarkibini o‘rganish, urug‘dan moy olish va undan farmatsevtik maxsulot olish imkoniyatlarini shakllantirish kabi kelgusidagi rejalar ko‘zda tutilgan ilmiy muammolar qatoriga kiradi. Evodiya asosida “Yashil makon” umummillay loyihasini ijrosini ta’minlash, kelgusida katta miqdorda asal maxsulotini yaratib, oziq-ovqat havfsizligi muammosini hal etishga hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan.
ADIR HUDUDLARIDA TURLI ANTROPOGEN BOSIM OSTIDAGI ACANTHOPHYLLUM ALBIDUM O‘SIMLIGI SENOPOPULYATSIYALARINING SHAKLLANISHI
Ushbu maqola Farg‘ona vodiysining adir hududlaridagi antropogen bosim va muhit sharoiti ta’sirida Acanthophyllum albidum o‘simligi senopopulyatsiyalarining shakllanishini o‘rganildi. Tadqiqotda o‘simlikning populyatsiya strukturasi, tarqalish xususiyatlari, reproduktiv muvaffaqiyati va ekologik moslashuvi aniqlandi. Antropogen omillar, xususan, yerdan foydalanish, qishloq xo‘jaligi faoliyati senopopulyatsiyalarning o‘zgarishiga olib keladi. Tadqiqot natijalari Acanthophyllum albidum o‘simligini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar shakllantirishga xizmat qiladi.
TARAXACUM OFFICINALE O‘SIMLIGINING MORFOLOGIYASI, FIZIOLOGIYASI VA IN VITRO O‘STIRILISH SHAROITLARINING TAHLILI
Taraxacum officinale (dorivor qizilbosh) O‘zbekiston hududida keng tarqalgan, ekologik jihatdan moslashuvchan va dorivor xususiyatlarga boy o‘simlikdir. Ushbu tadqiqotda mazkur o‘simlikning morfo-fiziologik va anatomik tuzilishi chuqur o‘rganildi. Ildiz tizimi, poya va urug‘larning morfologiyasi, ularning tarqalish mexanizmlari, ekologik moslashuvchanligi hamda in vitro sharoitida biotexnologik va farmatsevtik ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilindi.
ARCTIUM SCHMALHAUSENII (WINKL) KUNTZENING BA'ZI BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Arctium Schmalhausenii (Winkl) Kuntze Asteraceae oilasiga mansub bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik. Schmalgausen arktiumining ayrim bioekologik xususiyatlari va qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganildi va uni tog' hamda tog’ oldi hududlari (adir) sharoitida yangi yem-xashak, asal beruvchi va moyli o‘simlik sifatida madaniylashtirish ustida ishlar borildi.
TURKISTON TIZMASINI SHIMOL-G'ARBIDAGI CHICIN SUV GASTROPODLARI.
Maqolada Turkiston tizmasining shimoliy-g‘arbiy qismidagi chuchuk suvli gastropodlarning malakofaunasi, shuningdek, mollyuskalarning ekologik tahlili va balandlik bo‘yicha taqsimlanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Faunistik va ekologik tahlil shuni ko'rsatadiki, bu hududning chuchuk suv malakofaunasi asosan endemik turlardan tashkil topgan.
TINIQQANOTLI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA, SESIIDAE)NING ADABIYOTLARDA O’RGANILISHIGA OID
Tiniqqanotli kapalaklar tashqi ko‘rinishi asalarilarga o‘xshash, shaffof qanotlarga ega bo‘lgan kapalaklar turi sanaladi. Ular dunyoning turli mintaqalarida keng tarqalgan bo‘lib, hayot tarzi bevosita o‘simliklar bilan trofik bog‘langan. Ushbu oilaga mansub turlarning lichinkalari o‘simliklarning poya va ildizlarini jiddiy zararlab, manzarali daraxtlari hamda qishloq xo‘jaligi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tezisda tiniqqanotli kapalaklarning biologiyasi va tarqalishi haqidagi ilmiy adabiyotlarda keltirilgan muhim ma’lumotlar yoritilgan.
TOLDOSHLAR OILASIGA MANSUB DARAXTLARNI KEMIRUVCHI ZARARKUNANDA XIDLI DARAXTXO‘RNI ZARARLASHI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI
Mazkur maqolada kapalaklar turkumiga mansub, Cossidae oilasiga kiruvchi hidli daraxtxo‘r (Cossus cossus L.) zararkunandasi haqida so‘z boradi. Ushbu hasharot Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa terak va tol daraxtlariga jiddiy zarar yetkazadi. Mualliflar 2018–2020 yillarda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlarida dala kuzatuvlari o‘tkazib, ushbu zararkunandaning tarqalishi va zarar darajasini baholaganlar. Hidli daraxtxo‘rning biologiyasi, rivojlanish sikli va unga qarshi samarali kurash choralariga oid tavsiyalar keltirilgan.
ANDIJON VILOYATIDA NINACHILAR (INSECTA, ODONATA) FAUNASIGA ANTROPOGEN OMIL TA'SIRINI 2024-2025 YILLAR DAVOMIDAGI TAHLILI
2022–2025 yillarda Andijon viloyatining Marhamat, Jalaquduq, Xo‘jaobod va Izboskan tumanlarida ninachilar (Odonata) populyatsiyalariga antropogen ta’sir o‘rganildi. Transekt va kvadratura usullari bilan Calopteryx splendens, Ischnura elegans va Enallagma cyathigerum turlari tahlil qilindi. Jalaquduqda Calopteryx splendens soni 4,5 birlik, Marhamatda 3,0, Izboskanda 2,0 bo‘lsa, Xo‘jaobodda Ischnura elegans 4,0 birlikni tashkil etdi. Qamishlarni yoqish va suv ifloslanishi salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ekologik nazorat va yashash joylarini muhofaza qilish tavsiya qilinadi.
QORASUV KANALIDA UNIONIDAE VA CORBICULIDAE OILALARI IKKIPALLALI MOLLYUSKALARINING BIOTOPLARDA TARQALISHI
: Kanalda olib borilgan tadqiqotlar natijasida 2 turkum, 4 turkumga mansub 8 tur va 2 kenja tur keng tarqalganligi aniqlandi. Aniqlanishicha, Colletopterium bactrianum, Colletopterium cyreum sogdianum, Corbicuila cor, Corbicuila fluminalis kamdan-kam uchraydigan stenabiontlar, Sinanodanta gibba, Sinanodanta ruerorum, Sinanodanta orbcularis, Colletopterium ponderosum volgense, Corbiculina tijani, Corbiculina tigʻi keng tarqalgan. evribionlarning turlari. Tarqalishi boʻyicha toshloq tuproqlarda 20% ga 2 xil, qumloq tuproqlarda 30% ga 3 xil va gil tuproqlarda 50% ga 5 xili borligi aniqlandi.
MEVALI DARAXTLAR BILAN BOG‘LIQ NEMATODALAR FAUNASINING O‘RGANILISHI
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda mevali daraxtlar agrotsenozlarida uchraydigan fitoparazit nematodalar faunasi haqida adabiyotlar sharxi keltirilgan. Tadqiqotlar olma, nok, shaftoli, o‘rik, gilos kabi daraxtlar rizosferasida tarqalgan zararli nematodalar (Pratylenchus, Meloidogyne, Xiphinema, Longidorus, Helicotylenchus) va ularning salbiy ta’siriga qaratilgan. Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Surxondaryo va boshqa viloyatlar hamda Tojikistonda olib borilgan izlanishlar tahlil qilinadi.
TOXOCARA CANIS WERNER (1782) NEMATODASINING FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALISHI
Ushbu tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi hududida Toxocara canis Werner (1782) nematodasining tarqalishi va morfologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot natijalari Oltinko‘l, Quva va Izboskan tumanlarida itlarning yuqori zararlanish darajasini ko‘rsatdi. Nematodaning erkak va urg‘ochi vakillarining asosiy morfometrik ko‘rsatkichlari aniqlanib, toksokarozning epizootik holatini baholash uchun ilmiy asos yaratildi.
PISTA (PISTACIA VERA L.) ZARARKUNANDALARIGA OID
Pista (Pistacia vera L.) entomokompleksi tarkibini, zararli va foydali hasharotlarning bioekologik xususiyatlarini hamda ularning o‘simlik fiziologiyasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Zararli organizmlarga qarshi ekologik xavfsiz kurash usullari, jumladan, biologik va agrotexnik tadbirlar asosida samarali tavsiyalar ishlab chiqarish. Olingan natijalar asosida pista plantatsiyalarining hosildorligini oshirish va zararli hasharotlarning iqtisodiy zarar yetkazish darajasini pasaytirishga xizmat qiladigan ma’lumotlar bilan yoritilgan.
Sudralib yuruvchilar faunasi (TOSHBAKALAR OILASI - TESTUDINIDAE (BATSCH, 1788)) TOSH-QOʻMIR SHAHRI YAQINDAGI.
Sudralib yuruvchilar quruqlikdagi umurtqali hayvonlarning eng qadimgi guruhlari bo'lib, juda keng tarqalgan, ammo kam e'tiborga olingan va etarlicha o'rganilmagan. Bu hayvonlarning ekotizim va inson hayotidagi roli katta va xilma-xildir. Ular juda ko'p turli xil umurtqasiz hayvonlarni, shu jumladan "zararkunandalar" ni iste'mol qiladilar va o'zlari ko'plab qushlar va hayvonlar uchun oziq-ovqat bo'lib xizmat qiladi.
AFIDOFAGLAR YORDAMIDA SHIRALARGA QARSHI ZAMONAVIY BIOLOGIK KURASH HAQIDA
Ushbu maqolada муҳим афидофаглар (Aphidius ervi, Lysiphlebus fabarum, Aphelinus mali)ning morfologiyasi, iqlimga moslashuvi va zararkunanda populyatsiyasini pasaytirish tajribalari tahlil qilingan. Ekotizimga zarar yetkazmay, foydali entomofaunani asrash va insektitsid iste’molini kamaytirish imkoniyati bilan ahamiyatli. Bu metod an’anaviy insektitsidlar o‘rniga ekologik xavfsiz va samarali tanlov sanaladi. O‘zbekiston sharoitida ham ommaviy tatbiq etish istiqbolli ekani ta’kidlangan.
SHIRALAR POLIMORFIZMI SHAKLLANISHIDA ENTOMOFAGLARNING O‘RNI
Ushbu maqolada shiralar polimorfizmining (qanotli va qanotsiz morflar, jinsiy va partenogenetik avlodlar) entomofaglar (xonqizi, sirfida, chrysopalar) ta’sirida shakllanish jarayoni yoritiladi. Farg‘ona vodiysi sharoitida mazkur fenotipik o‘zgarishlarning genetik va ekologik omillari, zararkunandalar tarqalishi hamda biokurash choralariga ta’siri tahlil qilinadi. Polimorfizmning evolyutsion ahamiyati va urg‘ochi shiraning avlod fenotipini boshqarish roli ko‘rib chiqiladi.
FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA EREBIDAE OILASI KAPALAKLARINING INVAZIV TURLARI HAQIDA
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida Erebidae oilasiga mansub kapalaklarning invaziv tarqalishi, polifaglik xususiyatlari hamda qishloq xo‘jaligi va tabiiy ekotizimlarga keltiradigan zararlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida Lymantria dispar, Euproctis chrysorrhoea, Hyphantria cunea kabi turlar eng zararli zararkunanda sifatida qayd etilib, ularning fenologik ko‘rsatkichlari hamda tez ko‘payish omillari tahlil qilindi.
TERAK BARGXO‘RI (CHRYSOMELA POPULI LINNAEUS, 1758) NING FARG‘ONA VODIYSIDAGI TARQALISHI VA BIOEKOLOGIYASI
Ushbu maqolada terak bargxo‘ri (Chrysomela populi Linnaeus, 1758) ning Farg‘ona vodiysi sharoitidagi tarqalishi, biologik rivojlanish bosqichlari va populyatsiya dinamikasi o‘rganildi. Entomologik kuzatuvlar davomida bu zararkunanda yiliga bir necha avlod beradi, lichinka va imago holatlarida barglarga sezilarli zarar yetkazadi. Ch. populi ning rivojlanishiga iqlim sharoitlari, fitotsenoz turi va agrotexnik omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada zararkunandaning fenologik xususiyatlari, morfologik belgilari va qishlov davri to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirildi. Integratsiyalashgan kurash choralarini ishlab chiqishda bu ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysida terak plantatsiyalarini muhofaza qilishda zarur bo‘lgan ekologik va amaliy asoslarni shakllantiradi.
FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA SHIRALARNING FIZIOLOGIK POLIMORFIZMI HAQIDA
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysida yashovchi shiralar (Aphididae) populyatsiyalarida kuzatiladigan fiziologik polimorfizm (qanotli va qanotsiz shakllar, jinsiy va partenogenetik avlodlar, hayot sikllarining turlicha namoyon bo‘lishi)ning sabablari, mexanizmlari va evolyutsion ahamiyati tahlil qilingan. Mualliflar dalada kuzatuvlar, laboratoriya tajribalari hamda molekulyar tadqiqot usullaridan foydalangan holda shiralarning yuqori moslashuvchanlik imkoniyatlari, ya’ni bir xil genotipda turli fenotiplar hosil bo‘lishini ta’minlaydigan asosiy omillarni aniqlashga intilgan.
FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA KATTA QORA ARCHA SHIRASI (CINARA PICEAE PANZER, 1800) NING OZIQLANISH EKOTIPLARI VA EKOLOGIK MOSLASHUVI
Ushbu maqolada katta qora archa shirasi (Cinara piceae Panzer, 1800) turining Farg‘ona vodiysi sharoitidagi ekologik xususiyatlari va oziqlanish spektri o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida ushbu shira asosan Picea abies, P. tianschanica va P. schrenkiana daraxtlarida keng tarqalganligi, Pinus va Juniperus turlarida esa kamroq uchrashi aniqlangan. C.piceae koloniya hosil qilgan joylarda daraxtlarning fotosintez faoliyati pasayadi va o‘sish sur’ati susayadi.
"ZEBRA BALIQ (DANIO RERIO): BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ILMIY TADQIQOTLARDAGI O‘RNI"
Zebra baliq (Danio rerio) so‘nggi yillarda biologiya va tibbiyot sohalarida eng ko‘p o‘rganilayotgan model organizmlardan biriga aylangan. Ushbu kichik chuchuk suv baliqlari, o‘zining oddiy tashqi ko‘rinishiga qaramay, odam genlarining taxminan 70 foizini o‘zida aks ettiradi. Bu ularga inson organizmi kasalliklarini chuqur o‘rganishda juda muhim vosita sifatida qarash imkonini beradi. Zebra baliqlarining embrionlari tashqi muhitda rivojlanishi va ularning shaffofligi, genetik manipulyatsiyani soddalashtiradi. Ushbu baliqning yurak, ko‘z, suyak va boshqa a’zolarini regeneratsiya qilish qobiliyati esa regenerativ tibbiyotda katta istiqbollar ochmoqda. Shuningdek, zamonaviy Kontrakt Tadqiqot Tashkilotlari (CRO), jumladan Biobid kompaniyasi tomonidan dori moddalari va kasalliklar modellarini sinashda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu tezisda zebra baliqning biologik xususiyatlari, ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni hamda inson salomatligiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi.
PROCIPHILUS OLEAE (LEACH EX RISSO, 1826) TURINING O‘ZBEKISTONDA ILK BOR QAYD ETILISHI
Ushbu maqolada O‘rta yer dengizi havzasi hududlarida keng tarqalgan Prociphilus oleae (Leach ex Risso 1826) turining O‘zbekiston hududida ilk bora qayd etilganligi hamda uning tarqalishi va bioekologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan.
YOSTIQSIMON SOXTAQALQONDORLARNING BIOEKOLOGIYASIGA OID
Ushbu tadqiqotda Pulvinaria salicicola Borchsenius, 1953, Anapulvinaria pistaciae (Bodenheimer, 1926) ва Pulvinaria vitis (Linnaeus, 1758) turlarining ekologik omillarga (harorat, namlik, balandlik, o‘simlik yoshi) nisbatan sezgirligi NMDS (Non-Metric Multidimensional Scaling) tahlili asosida baholandi. Olingan natijalar har bir turning ekologik talablari va rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlashga xizmat qildi. Har bir turning optimal yashash sharoitlari belgilab berildi.
SESIA APIFORMIS: MIMIKRIYA VA YASHIRIN HAYOT TARZINING BIOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada Sesia apiformis turi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot Namangan viloyatining Pop tumanida bajarildi. Tadqiqot natijalarida lichinkalarning daraxt tanasi ichida yashirin rivojlanishi va imago bosqichida esa asalarilarga o‘xshash tashqi ko‘rinishi orqali yirtqichlardan samarali himoya mexanizmi shakllanganligini ko‘rsatdi. Bu biologik xususiyatlar turga mahalliy ekologik sharoitlarga moslashish va populyatsiyaning barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Maqolada Sesia apiformisning ekologik o‘rni, uning yashash muhitlarini saqlash muhimligi hamda kelgusida tadqiqotlar olib borish zarurligi ta’kidlandi.
FARG‘ONA VODIYSI “YOZYOVON CHO‘LLARI” TABIAT YODGORLIGIDA TARQALGAN QANDALA TUR TARKIBI
Ushbu tadqiqot Farg‘ona vodiysi markazida joylashgan “Yozyovon cho‘llari” tabiiy hududida yarimqattiqqanotlilar - qandala (Heteroptera) turkumi turlarini aniqlashga qaratildi. Natijalarga ko‘ra, bu hududda 9 ta oilaga mansub jami 23 ta qandala turi qayd etildi. Eng ko‘p uchraydigan turlar Pentatomidae oilasiga tegishli bo‘lib, bu guruh ekologik va agrar ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazuvchi turlarni aniqlash va ularga qarshi samarali himoya choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
OQ BALIQ (COREGONUS LAVARETUS): BIOLOGIYASI VA UNING MUHITGA MOSLASHUVI
Mazkur maqolada Coregonus lavaretus (oq baliq)ning biologik xususiyatlari, turli muhitlarga moslashuvi, populyatsiyaviy o‘zgarishlari va ularni saqlash strategiyalari yoritilgan. Oq baliqning o‘sishi, jinsiy yetilishi, ekologik omillarga bo‘lgan munosabati hamda harorat va suv kimyoviy tarkibining ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan.
O‘ZBEKISTONDA ILK BOR QAYD ETILGAN KOKSID TURLARI (COCCOIDEA)
2025-yilda Farg‘ona vodiysi hududlarida olib borilgan entomologik kuzatuvlar davomida O‘zbekistonda ilgari qayd etilmagan to‘rt koksid turi: Saissetia oleae, Pulvinaria hydrangeae, Pulvinaria floccifera va Lepidosaphes beckii aniqlandi. Ushbu turlar manzarali o‘simliklarda uchrashi, ularning zararlangan organlari va mezbon o‘simliklari belgilandi. Tadqiqot natijalari koksidlar faunasining boyishiga hamda yangi zararkunandalar xavfini baholashga imkon beradi.
KUZGI BUGʻDAY DALALARIDA SUNN ZARARONCHILARI (EURYGASTER INTEGRICEPS PUT.) VA DONLI BARAGI QOʻNGI (OULEMA MELANOPUS L.)NING INFESTATSIYA DARAJALARI
Sirdaryo viloyatining kuzgi bug‘doy dalalarida Eurygaster integriceps va Olema melanopusning paydo bo‘lish darajasi monitoringi. Sirdaryo viloyati tumanlari tomorqalarida kuzgi bug‘doy maydonlarida hosildorlikka jiddiy xavf tug‘diruvchi Eurygaster integriceps va Olema melanopus kabi zararli zararkunandalarning tarqalish darajasini aniqlash maqsadida monitoring o‘tkazildi. 0,25 m² maydonga zararkunandalar zichligi baholandi.
GʻARBIY FARGʻONA HUDUDIDA PENTATOMOIDEA (HETEROPTERA) TURLARINING LANDSHAFTGA NISBATAN TARQALISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada Gʻarbiy Fargʻona vodiysida Pentatomoidea katta oilasiga mansub 24 turning adirlik, cho‘l, to‘qay va agrotsenoz landshaftlariga nisbatan ekologik tarqalishi tahlil qilingan. Natijalar turlarning moslashuvchanligi, dominantlik darajasi va ekologik guruhlanishini aniqlashga imkon berdi.
BO‘ZSUV KANALI QORABALIG‘I (SCHIZOTHORAX EURYSTOMUS)NING O‘SISH XUSUSIYATLARI
Maqolada Bo‘zsu kanali qorabalig‘ining (Schizothorax eurystomus Kessler, 1872) o‘lcham-yosh tarkibi va o‘sish sur’ati tahlili keltirilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qorabaliq uzunligining eng katta o‘sishi hayotning birinchi yilida kuzatilgan va ikkinchi yildan boshlab uzunligining keskin sekinlashishi qayd etilgan.
DAMARIQ KANALI KOREYA QIRRAQORININING (HEMICULTER LEUCISCULUS) EKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Maqolada Bo‘zsuv kanalidagi Koreya qirraqorinining (Hemiculter leucisculus) reproduktiv xususiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijasida qirraqorinning individual mutlaq serpushtligi baliqning yoshi, uzunligi va tana vaznining o‘sishi bilan ortib borishi ma’lum bo‘ldi.
O‘ZBEKISTON ISSIQXONALARIDA KOKSIDLAR: IMPORT XAVFI, O‘RGANILISH HOLATI VA ULARNING TAHLILI
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston issiqxonalarida koksidlar (Homoptera: Coccoidea) ning tur tarkibi, bioekologiyasi va zararlilik xususiyatlarini o‘rganish ahamiyatli ekanligini ko‘rsatdi. Xorijiy tadqiqotlar koksidlar biologiyasi va kurash usullarini keng yoritgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda bu yo‘nalishda ishlar yetarli emas. Ushbu tadqiqot koksidlarning tur tarkibi va populyatsiya dinamikasini o‘rganishda birinchi qadam bo‘lib, issiqxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
CHIRCHIK HAVZASI VA QO'SHISH HAVZASI AMFIPODA (MALAKOSTRAKA: AMPHIPODA) HAYVONATLARI HAQIDAGI TADQIQOTLAR HAQIDA QISQA SHARX.
Maqolada Chirchiq havzasi va unga yondosh hududlardagi amfipodalar faunasi, ularning tarqalishi va morfologik xilma-xilligi haqida tarixiy manbalar asosida ma’lumot beriladi. A.V.Martynovning tadqiqotlari asosida aniqlangan turlar keltirilib, mavjud ma’lumotlarning tizimlashtirilmaganligi va yangi tadqiqotlar zarurligi ta’kidlanadi.
OSHQOVOQ (CUCURBITA MOSCHATA DUCHESNE) NEMATODALARI FAUNASI VA EKOLOGIYASI
Quyidagi maqolada Oltiariq tumani ayrim fermer xo‘jaliklari sabzavot ekinlari yetishtiriladigan dala qirg‘oqlarida ekiladigan oshqovoq “Palov kadi” navida uchraydigan fitonematodalar faunasi, ekologiyasi, hamda sistematik taxlillari keltirilgan.
IN VITRO SHARTLARDA BALIQLARDAGI ichakdagi uglevodlar assimilyatsiyasiga qo'rg'oshin tuzining ta'siri.
Suvdagi ksenоbiоtiklar kоntsentratsiyasining оshishi natijasida baliqlarning reprоduktiv tizimlariga salbiy ta'sir kо'rsatadi. Оg'ir metallar baliq tanasida tо'planganligi sababli, ular insоn tanasiga оsоngina kirib, salbiy оqibatlarga оlib kelishi mumkin. Qо'rg'оshin mоnоamin оksidaza va atsetilxоlin esteraza faоlligini pasaytirib, baliqdagi impulslarning о'tkazuvchanligini blоklaydi. Qо'rg'оshin immunitet tizimini zaiflashtiradi va infektsiyalarga mоyillikni оshiradi. in vitrо sharоitida qо’rg’оshin tuzining (PbNО3) 0,4 ml ta’siri оstida laktоzaning metоbоlizmi ichakning 3 ta qismida ham keskin pasaydi. Saxоrоza va maltоzaga nisbatan deyarli salbiy ta’sir kо’rsatmadi.
UZUNMOʻYLOV QOʻNGʻIZLARNING FARGʻONA VODIYSIDAGI TUR TARKIBI: TAKSONOMIK REVIZIYA VA YANGI QARASHLAR
Maqolada Fargʻona vodiysida uchraydigan uzunmoʻylov qoʻngʻizlar (Cerambycidae) oilasining zamonaviy taksonomik tarkibi yoritilgan. Adabiyotlar, kolleksiyalar va dala kuzatuvlari asosida tur va kenja tur aniqlanib, ularning mahalliy nomlari, tarqalish areallari va ekologik xususiyatlari tahlil qilingan. Natijalar hudud entomofaunasi va bioxilma-xillikni muhofaza qilish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘ZBEKISTON TUMANI ICHKI ZOVUR SUVLARI IXTIOFAUNASINING TUR TARKIBI
Oʻzbekiston tumani zovur suvlari ixtiofaunasini oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar deyarli mavjud emas. Mazkur maqolada Oʻzbekiston tumani zovurlarida uchrovchi baliq turlarining tur tarkibi tahlil qilinadi. Natijalarga koʻra, ushbu hudud zovurlarida jami 9 ta baliq turi qayd etildi, ulardan 4 tasi endemik hisoblanadi. Dominant turlar sifatida Schizothorax eurystomus va Triplophysa strauchii aniqlangan. Shu bilan birga, birinchi bor Alburnus chalcoides turi Oʻzbekiston tumani zovur suv havzalarida ilk marotaba qayd etildi
O‘ZBEKISTONDA DIASPIDIOTUS BERLESE, 1896 TURLARI VA ULARNING ZOOGEOGRAFIK TAHLILI
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda Diaspidiotus urug’iga mansub turlar tarkibi va ularning zoogeografik tarqalishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida sakkiz tur, jumladan Diaspidiotus perniciosus va D. ostreaeformis aniqlanib, ularning Palearktika mintaqasidagi ekologik moslashuvchanligi hamda qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar zararkunandalarni monitoring qilish va ularni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
SARATONLARNI (CICADINEA) KO‘PAYISHI
Maqolada saratonlarning tuxumlarining tuzilishi, rivojlanish bosqichlari va muddatlari, lichinkalarning tuxumdan chiqishi hamda saratonlarning postembrional rivojlanishi haqida ma’lumotlar berilgan.
FARGʻONA VODIYSIDA COLLETOPTERUM SOGDIANUM (KOBELT, 1897) (BIVALVIA: UNIONIDAYE) TURINI ILK BOR QAYD ETILISHI
Ushbu maqolada Fargʻona vodiysining sharqiy qismida joylashgan Oqqush koʻlida Colletopterum sogdianum turining ushbu hududda ilk bor aniqlanishi haqida yangi ilmiy maʼlumotlar taqdim etilgan. Tadqiqot davomida mazkur turga oid morfometrik koʻrsatkichlar, ekologik sharoitlarga moslashuv xususiyatlari va yashash muhiti atroflicha oʻrganildi. Olingan natijalar Fargʻona vodiysida tarqalgan noyob va himoyaga muhtoj mollyuska turlarini saqlab qolish zarurligini asoslab beradi hamda mintaqadagi bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan strategiyalarni qayta koʻrib chiqish uchun ilmiy asos yaratadi.
FARG‘ONA VODIYSI AGROBIOTSENOZLARIDA TARQALGAN YIRTQICH QANDALALAR (INSECTA: HEMIPTERA: HETEROPTERA)NI O‘RGANISH
Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi rivojlangan muhim hududlaridan biridir. Agrobiotsenozlarda yirtqich qandalalar entomofag sifatida zararkunanda hasharotlar populyatsiyasini boshqarib, tabiiy biologik muvozanatni ta’minlaydi. Ushbu maqola vodiyda tarqalgan yirtqich qandalalarning turlari, bioekologik xususiyatlari, qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va ularni qo‘llab-quvvatlash usullarini yoritadi. Tadqiqot natijalari barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlari uchun muhim yo‘l-yo‘riq beradi.
QORAQALPOG'ISTON KICHIK QORVON GELMINTLARINI TAKSONOMIK VA EKOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Maqolada 2021-2024 yillar davomida Qoraqalpog‘iston sharoitida mayda shoxli mollarda parazitlik qiladigan gelmintlarning taksonomik va ekologik xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha olib borgan tadqiqot ishlarimiz natijalari keltirilgan
CREONTIADES PALLIDUS TURINING BIOLOGIYASI VA ZARAR YETKAZISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada Miridae oilasiga mansub qandalalar g’o‘za, madaniy o‘simliklarga, qand lavlagi, dukkakli yem-xashak ekinlari, tolali o‘simliklar, moyli o‘simliklar, g‘alla, poliz, dorivor va manzarali o‘simliklarning jiddiy zararli tomonlari va ularga qarshi doimiy ravishda kurashish chora-tadbirlari yoritilgan
CREONTIADES PALLIDUS TURINING BIOLOGIYASI VA ZARAR YETKAZISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada Miridae oilasiga mansub qandalalar g’o‘za, madaniy o‘simliklarga, qand lavlagi, dukkakli yem-xashak ekinlari, tolali o‘simliklar, moyli o‘simliklar, g‘alla, poliz, dorivor va manzarali o‘simliklarning jiddiy zararli tomonlari va ularga qarshi doimiy
ravishda kurashish chora-tadbirlari yoritilgan
INTENSIV URUG‘ MEVALI O‘SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI
Maqolada intensiv urug‘mevali bog‘larda uchraydigan hasharotlar tur tarkibi, ularning taksonomiyasi o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirishga oid qarorlari asosida, yangi agrotexnologiyalar va ularda ushraydigon hasharotlar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
SURXONDARYO VOHASIDA BUG‘DOY NEMATODAFAUNASINING TAKSONOMIK TAHLILI
Maqolada bug’doy o‘simligi va uning ildizi atrofidagi tuproqda uchrovchi fitonematodalarining turlar xilma-xilligi hamda tarqalishi to‘g’risida tadqiqotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida bug’doy o‘simligi va uning ildiz atrofidagi tuproqda 3 ta kenja sinf, 8 ta turkum, 9 ta kenja turkum, 23 ta oila, 44 ta avlod va 93 ta turga mansubdir.
SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA ANOPHELES CHIVINLARIGA BEZGAK PLAZMODIUM VIVAX YUQISHINING MAVSUMI ELEMENTLARI
Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati iqlim sharoitida bezgak plazmodiumini olib yuruvchi Anopheles urug’iga mansub chivinlarning mavsumiy faolligi va gonotrofik tsikllarning qisqarishi yillik kuzatuvlar asosida mavsumiy o‘zgarishlar tahlil qilindi.
BEDA QANDALASI (ADELPHOCORIS LINEOLATUS GOEZE.)NING BIOEKOLOGIYASI VA UNGA QARSHI KURASH
Mazkur tezisda beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus Goeze.) ning bialogiyasi, tarqalish geografiyasi, o‘simliklarga yetkazadigan zarari va unga qarshi kurash usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bundan tashqari zararkunandaga qarshi agrotexnik, mexanik va kimyoviy usullar orqali samarali kurash choralariga alohida e’tibor qaratilgan
NOK QANDALASI (STEPHANITIS PYRI (FABRICIUS, 1775)NING BIOLOGIYASI VA ZARARLILIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada nok qandalasi (Stephanitis Pyri (Fabricius, 1775)ning biologiyasi, tarqalish hududi va meva daraxtlariga, xususan, nok va olma daraxtlariga yetkazadigan zararini tahlil qilinadi. Hasharotning hayot sikli, tuxum qo‘yish xususiyatlari, lichinkalarning rivojlanish bosqichlari va ekologik ta’siri yoritilgan. Zararni kamaytirish maqsadida agrotexnik, kimyoviy va ekologik kurash usullari tavsiya etilgan. Maqolada keltirilgan ma’lumotlar bog‘dorchilik amaliyotida zararkunandaga qarshi samarali choralar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
QO’SHIMCHA HAYVONLARNI BO’VMA HAYVONLARIDA NOAN’anaviy EMUQ QO’SHIMLARIDAN FOYDALANISH.
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini boqishda noan’anaviy ozuqa qo‘shimchalaridan foydalanish zamonaviy chorvachilikning dolzarb yo‘nalishi hisoblanadi. Maqolada turli xil noan'anaviy ozuqa qo'shimchalari, jumladan o'simlik ekstraktlari, probiyotiklar, ferment preparatlari, dengiz o'tlari va oziq-ovqat sanoati chiqindilari muhokama qilinadi. Ularning hayvonlar mahsuldorligiga, mahsulot sifatiga (go‘sht, sut, tuxum), salomatlik va immunitetga ta’siriga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday qo'shimchalardan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari, jumladan, ularning iqtisodiy samaradorligi va ekologik xavfsizligi tahlil qilinadi. Antibiotiklar va kimyoviy o'sish promouterlariga qaramlikni kamaytirishda noan'anaviy qo'shimchalarning imkoniyatlarini ko'rsatadigan tadqiqotlar natijalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, biotexnologiyaga asoslangan yangi ozuqa qo‘shimchalarini yaratish istiqbollari va ularning chorvachilikni barqaror rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z boradi.
MINGBULAK G'ARBIY AVVON (MARKAZIY QIZILQUM, O'ZBEKISTON) Qishki aviatsiya faunasi
Mingbuloqda o‘tkazilgan tadqiqotda 7 turkumga mansub 37 turdagi qushlar ro‘yxatga olingan. Qushlarning 16 turi (43,2%) o‘troq, 11 turi (29,7%) uchib o‘tuvchi-qishlovchi va 7 turi (18,9%) qishlovchi hisoblanadi. Mingbuloq tumani qishki ornitofaunasining yarmidan ko‘pini (56,8%) qish mavsumida uchib keladigan qushlar tashkil etdi. Biotoplar bo‘yicha eng katta xilma-xillik qumli cho‘lda - 23 tur va shag‘alli cho‘lda - 14, boshqa biotoplarda - sho‘rxok cho‘lda - 5, tepaliklarda - 8 va suv havzalarida - 9 tur qushlar qayd etildi. Markaziy Qizilqum sharoitida qushlarning qish mavsumida oziqlanishi bo‘yicha asosiy guruhni o‘txo‘rlar (16 tur yoki 43,2%) va yirtqichlar (8 tur yoki 21,6%) tashkil etdi. Qushlarning biotoplarda tarqalish bir xil emas, qumli cho‘llarda xilma-xillik eng yuqori, sho‘rlangan tuproqli biotop eng kambag‘al.
O'ZBEKISTONDA yirtqich sutemizuvchilarning DINOFILYOZI
Tadqiqot ishlari 2017-2024 yillar davomida Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘istonning turli hududlarida olib borildi. 127 ta yirtqich sutemizuvchilar to'liq va qisman gelmintologik parchalanish usuli yordamida tekshirildi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi turlarda dirofilariyani aniqlash maqsadida 4760 ta urgʻochi qon soʻruvchi chivin ushlandi. Tadqiqotlar natijasida Fargʻona vodiysi va Qoraqalpogʻistonning yirtqich sutemizuvchilar vakillarida dirofilariyaning ikki turi: D. immitis va D. repens topildi. Yirtqich sutemizuvchilar orasida dirofilariyaning tarqalishi haqida asl ma'lumotlar keltirilgan. Aniqlanishicha, uy itlari, tulkilar va shoqollar boshqa tekshirilgan hayvonlarga qaraganda nematodalar bilan kasallanish darajasi yuqori. Dirofilaria nematodalarining tashuvchilari, ularning yuqish darajasi va invaziya rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar to'g'risida to'plangan materiallar ham tahlil qilindi.
VARZOB DARASIDAGI QON SO‘RGAN CHUVLAR (DIPTERA: CERATOPOGONIDAE) HAQIDA MA’LUMOT.
Ushbu maqolada Varzob darasida yashovchi qon so‘ruvchi mittilar (Diptera: Ceratopogonidae) haqida ma'lumotlar keltirilgan. Turli turlarning soni, ularning populyatsiya dinamikasi va jismoniy tuzilishi hisobga olinadi. Qon so‘ruvchi mittilarning morfologiyasi va ekologiyasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Maqolada ushbu mintaqada yashovchi 20 dan ortiq turlar tasvirlangan va tavsiflangan
NANOFAN VA PARAZİTOLOGIYANI BAJARTIRISH: LEYSHMANIAZNI DAVOLASHDA ANQIK DORIKATLARNI BERISH UCHUN AMFOTERITSIN B VA VITAMIN B12 BILAN AMIN-FUNKSIONLANGAN tsellyuloza nanotolalari
Leyshmanioz butun dunyo bo'ylab e'tibordan chetda qoladigan yuqumli kasallik bo'lib, protozoa parazitlari sabab bo'ladi. Leyshmaniozni davolash cheklangan va ko'pincha jiddiy yon ta'sirlar bilan bog'liq. Amfoterisin B - leyshmaniga qarshi yuqori samarali dori; ammo, uni og'iz orqali qabul qilish past bioavailability va toksikligi bilan cheklangan. Ushbu muammoni hal qilish uchun AmB ni og'iz orqali yuborish uchun VitB12-PEG4000-AmB-CNFs yangi formulasi ishlab chiqilgan. Formulyatsiya 28,53 sirt zaryadiga ega bo'lgan 490 nm zarracha hajmini ko'rsatdi va CNFlarning BET sirt maydoni 42,08 m2 / g dori yuklash imkoniyatini osonlashtirdi. FTIR va XRD funktsiyani, preparatni yuklashni va konjugatlarning inkapsulyatsiyasini tasdiqladi. Formulyatsiya SEM tasvirlarida yuzaki tartibsiz va AmB-CNFlarda VitB12-PEG4000 konjugatlarining ko'p qatlamli funksionallashuvi bilan kuzatildi, bu EDS spektrlari N ning og'irligining% o'sishini ko'rsatganligini tasdiqlaydi. amastigotlar mezbon hujayralarga sitotoksiklikni kamaytiradi. Ushbu innovatsion yondashuv leyshmaniozni davolashdagi doimiy muammolarni samarali hal qilish uchun maqsadli etkazib berishni kam yon ta'sirlar bilan birlashtirgan istiqbolli terapevtik alternativani taqdim etadi.
YOVVOVOY OYIB BO‘LGAN DORIBLI MEVVALARNI BIOTEXNOLOGIK QO‘LORLASHTIRISH VA KONSERVASI: OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA BARQARARLIKGA ZAMONAVIY BIOLOGIK YONDASHLASH.
Global oziq-ovqat xavfsizligi, biologik xilma-xillikning yo'qolishi va atrof-muhitning buzilishi sharoitida zamonaviy biologiya innovatsion va barqaror echimlarni taqdim etishi kerak. Ushbu tadqiqot zamonaviy biologiya fanining muhim muammolaridan birini ko'rib chiqadi: yuqori ozuqaviy va dorivor ahamiyatga ega bo'lishiga qaramay, yovvoyi iste'mol qilinadigan mevalardan (WEFs) to'liq foydalanilmaslik va genetik eroziya. Yevropa qichitqi daraxti, rus zaytun, chinor anjiri, oddiy anjir, xitoy fonari, yevropa olxo‘ri, tulki uzum va hind jujubi kabi turlarga e’tibor qaratgan ushbu tadqiqot zamonaviy biotexnologik ob’ektiv orqali ularning imkoniyatlarini o‘rganadi.
USTOZNI ESLAB
Kechagina yonimizda yurgan yaqin odamimiz, ustozimiz xaqida oʻtgan zamonda gapirish juda ogʻir ekan. Shu ma’noda Andijon davlat universitetining zabardast olimlaridan biri mehribon ustozimiz Joʻraqulov Gʻayrat Ne’matovich xaqida oʻylaganimda yuqoridagi kechirma doimo vujudimni oʻrab olganday tuyiladi. Domla chin ma’noda haqiqiy olim va inson edi. Ayniqsa barchalarga yaxshilik sogʻinishi meni doimo astoydil maftun etib kelgan va shu insonga shogird boʻlishimning birinchi omili boʻlgan. Ayniqsa, domlaning dilkashligi, odamoxunligi koʻpchilik bilan doʻstlik rishtalarini mustaxkam bogʻlanishiga sabab boʻlgan fazilatlardan biri edi. Jamoamizdagi koʻplab professor-oʻqituvchilar Gʻayrat Ne’matovich deyishganda har qanday sharoitda ham doʻst boʻlishga qodir, yuragi toza, mehr-muhabbatli hamkasbini tasavvur etib kelishgan. Darhaqiqat, biz bugun xotirlayotgan domlamiz Gʻayrat Joʻraqulov ana shunday ezgulik yoʻlida yashab, yaxshilikning roʻyobi yoʻlini oʻzining yashash tarziga aylantira olgan dilbar insonlardan edi.
ZOOLOG-ENTOMOLOG MEROSI (professor M.H.Ahmedov ilmiy maktabining rivoji)
Insoniyat tarixida buyuk olimlar tomonidan yaratilgan kashfiyot va g‘oyalar fan taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqqan. Misol uchun, I.Nyuton mexanika qonunlarini shakllantirgan bo‘lsa, A.Eynshteyn nisbiylik nazariyasi bilan butun dunyo e’tiborini ilmga qaratdi. Albatta, jamiyat ravnaqi faqat Yevropa yoki Amerikaning ilmiy yutuqlari bilangina belgilanmaydi. Sharq olimlaridan Ibn Sino, Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek kabi zabardast siymolar o‘z ijodi va tadqiqotlari orqali jahon ilm-fan xazinasini boyitganlar.
OLIMNING OLAMCHA OBROʻSI
Bu ulkan zamin, bu foniy dunyo necha-necha insonlarni bagʻriga olib, ularga faqat yaxshilikdan, birovni qoʻllab-quvvatlashdan, umri davomida savob amallarni bajarib, ikki dunyo saodatiga erishishdan iborat buyuk ezguliklarni ravo koʻrib kelmoqda. Buning natijasida kurrai zaminimizda oʻz hayotlarini yaxshilik urugʻini sochishga baxshida qilgan minglab, millionlab insonlar yashab oʻtdilarki, ular hayotining mazmuni jamiyatga, jamoatga va butun olamiyotga yaxshilik qilishdan iborat boʻlgan. Biz qalamga olmoqchi boʻlgan inson ham ana shunday ezgulik yoʻlida yashab, ezgulikning roʻyobi yoʻlini oʻzining yashash tarziga aylantirib olgan insonlardan edi.
SOʻZ BOSHI
Bugun biz “Zamonaviy biologiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida bir-birimiz bilan fikr almashish bilan birga taniqli zoolog olim, biologiya fanlari doktori, professor Ahmedov Madaminbek Hotamovichning 76 yillik xotirasini nishonlamoqdamiz. Butun umrini millatiga va ilm yoʻlida shogirdlarining kamol topishiga baxshida etgan olim Madaminbek Ahmedovning xotirasi yurtimizning barcha fidoyilari qatori yodga olinadi.