“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
469
SOYA DONI TARKIBIDAGI YOG
ʻ
LARNING AHAMIYATI
Ashurov Baxromjon Qudrat o‘g’li
Andijon davlat universiteti 1-bosqich magistranti,
ashurov.baxromjon@umail.uz
Jaynaqov Mirzoxid Sharabutdinovich
Andijon davlat universiteti dotsenti,
mirzohidjaynaqov@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15578797
Anotatsiya:
Ushbu maqolada soya o‘simligining dunyo maydonida yetishtirilishi va undan
olinadigan mahsulotlar haqida hamda soya doni tarkibida mavjud bo‘lgan biokimyoviy
komponentlarga qisqacha ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, yog’lar va ularning ahamiyati haqida
alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
soya doni, yog
ʻ
kislotalari, ekstraksiya, dukkakli o‘simliklar.
Аннотация
:
В
статье
представлена
краткая
информация
о
мировом
выращивании
соевых
бобов
и
получаемых
из
них
продуктах
,
а
также
о
биохимических
компонентах
,
содержащихся
в
соевых
бобах
,
с
особым
акцентом
на
масла
и
их
важности
.
Ключевые
слова
:
Семена
сои
,
жирные
кислоты
,
экстракция
,
бобовые
растения
.
Annotation:
This article provides brief information on the global cultivation of soybeans and
the products obtained from them, as well as the biochemical components contained in soybeans, with
special emphasis on oils and their importance.
Key words:
Soybean seed, fatty acids, extraction, leguminous plants.
Soya dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik efemer o
ʻ
simlik bo
ʻ
lib, qishloq xo
ʻ
jaligining eng
qadimiy va strategik ahamiyatga ega ekinlaridan biri hisoblanadi. Asosan Sharqiy Osiyo (Xitoy,
Koreya)da tarqalgan bo
ʻ
lsada, zamonaviy davrda AQSH, Braziliya, Argentina kabi mamlakatlarda
keng miqyosda yetishtiriladi. Soya doni yuqori ozuqa qiymati (40-45% protein, 18-20% yog
ʻ
, 30%
uglevodlar) bilan ajralib, inson parvarishi, chorvachilik va sanoatda ko
ʻ
p qirrali qo
ʻ
llaniladi. Undagi
to
ʻ
liq aminokislotalar tarkibi, essensial yog
ʻ
kislotalari (omega-3 va omega-6), vitaminlar (E, B
guruhi) va mineral moddalar (temir, kalsiy) uni global oziq-ovqat xavfsizligining asosiy manbai
qiladi.
O‘simlik moyi – organik moddalar; glitserin bilan bir asosli yog
ʻ
kislotalar (triglitseridlar)ning
to
ʻ
liq murakkab efirlari; lipidlar sinfiga mansub. Uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda yog
ʻ
—
hayvon, o
ʻ
simlik va mikroorganizmlar hujayrasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Bular bir xil
yoki turli yog
ʻ
kislotalarning radikallari bo
ʻ
lishi mumkin. Yog
ʻ
molekulasida to
ʻ
yingan yog
ʻ
kislotalardan stearin va palmitin kislotalar ko
ʻ
proq, to
ʻ
yinmagan yog
ʻ
kislotalardan olein, linol va
linolen kislotalar uchraydi. Yog
ʻ
ning kimyoviy xossalari tarkibidagi to
ʻ
yingan va to
ʻ
yinmagan yog
ʻ
kislotalar nisbatiga bog
ʻ
liq. Yog
ʻ
suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, spirtda oz
eriydi. O
ʻ
ta qizigan bug
ʻ
, mineral kislotalar yoki ishqor ta
ʼ
sir ettirilganda gidrolizlanib (sovunlanib),
glitserin va yog
ʻ
kislotalar yoki ularning tuzlari (sovunlar)ni hosil qiladi. Suv qo
ʻ
shib qattiq
chayqatilganda emulsiyalar vujudga keladi. Yog’ning barqaror emulsiyasiga sut misol bo
ʻ
la oladi.
[1] Yog‘lar yuqori bir asosli karbon kislotalar bilan uch atomli spirt – glitserindan hosil bo‘lgan
murakkab efirlardir. Bunday birikmalarning umumiy nomi – triglitseridlar. Tabiiy yog‘lar alohida
modda emas, balki, har xil triglitseridlar aralashmasidir. O‘simlik yog‘i suyuq bo‘ladi va moylar deb
ataladi. O‘simlik moylarining tarkibi odatda to‘yinmagan kislotalarning qoldiqlarini o‘z ichiga oladi.
O‘simlik moylari suyuq bo‘lishining sababi har bir qo‘shbog‘ning muhiti 6 atomdan iborat qattiq,
tekis strukturadir va bunday molekulalar kristall panjaraga yaxshi mos kelmaydi [2]. Yog‘lar oziq-
ovqat mahsulotlarining juda muhim komponentlaridan biri hisoblanadi. Ular juda xilma-xil iste’mol
mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi va bu iste’mol mahsulotlarining oziqaviy hamda biologik
qiymatini belgilab beruvchi omillardan biri hisoblanadi. Lipidlar tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib,
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
470
oqsillar va uglevodlar bilan birgalikda tirik organizmlardagi organik moddalarning asosiy massasini
tashkil etadi. O‘simliklarning, asosan, urug‘larida, ba’zi bir o‘simliklarning esa mevasi yoki tana
po‘stlog‘ida yog‘lar to‘planadi. Tarkibida yog‘miqdori ko‘p bo‘lgan o‘simlik urug‘lari yog‘li (yoki
moyli) urug‘lar deb ataladi.
O‘simlik yog‘lari o‘z tarkib va sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkichlarga «sonlar»
deb nom berilgan bo‘lib, ular yog‘ tarkibi va miqdori bilan bog‘liqdir (masalan, kislota soni, yod
soni). Yana sifat ko‘rsatkichlariga namligi, uchqunlanishi, paxta yog‘idagi sovunlanish soni va
boshqalar kiradi.
O‘simlik yog‘larida tarkibi va xususiyati bo‘yicha turli xildagi rang beruvchi moddalar ham
bo‘ladi. Rang beruvchi moddalarning asosiy guruhini karotinoidlar va xlorofillar, paxta yog‘ida esa
gossipol va uning hosilalari tashkil etadi. Ekstraksiya va press usulida olingan o‘simlik yog‘lari
misolida rafinatsiyalangan (oq yog‘) paxta yog‘ini kislota sonini aniqlash, rafinatsiyalangan paxta
yog‘ini (oq yog‘) namlik va uchuvchan moddalar miqdorini aniqlash, o‘simlik yog‘larida erituvchi
(benzin) borligini sifat bo‘yicha aniqlash, qora va oq yog‘larining rang sonini, rang o‘lchagich
(svetomer), (Lavibond) yordamida aniqlash, rafinatsiyalangan (oq yog‘) paxta yog‘ining tarkibidagi
sovun miqdorini aniqlash, rafinatsiyalangan (oq yog‘) paxta yog‘ini yod sonini aniqlash kabi
ishlario‘rganildi. Yog‘larning tashkil etuvchi kislotalar soni 30 dan ortiq bo‘lsa ham, yog‘tarkibida
doimo uchraydigan kislotalar soni asosan 8 tadan oshmaydi. Yog‘kislotalari tarkibiga ko‘ra yog‘lar
to‘yingan, to‘yinmagan, mono to‘yinmagan, polito‘yinmagan, gidrogenezlangan turlarga bo‘linadi.
To‘yingan yog‘larda yog‘kislotalarining molekulalari vodorod atomlari bilan to‘liq
ta’minlangan bo‘lsa, to‘yinmaganlarida bo‘sh joylar bo‘lib, ularga qo‘shimcha vodorodlar birikib
olishi mumkin. Ushbu bo‘sh joylar bitta bo‘lsa bunday yog‘kislotalari monoto‘yinmagan, ikkita va
undan ziyod bo‘lsa polito‘yinmagan deyiladi. To‘yinmagan yog‘ kislotali yog‘larga asosan o‘simlik
yog‘lari kirib, suyuq (xona haroratida erigan) holda bo‘ladi. Masalan, kungaboqar, zaytun, paxta
chigiti, soya yog‘lari tarkibida yog‘kislotalariningmiqdori 75-90 foizgacha bo‘ladi. Palma, kakao
yog‘lari hamda barcha hayvon yog‘lari (qo‘y, qoramol) o‘z tarkibida ko‘pi bilan 40-50 foiz
to‘yinmagan yog‘kislotalari saqlaydi va quyuq (xona harorati sharoitida ham qotgan) holda
bo‘ladi.[5]Sog‘lom ovqatlanishda to‘yinmagan yog‘lar muhim ahamiyatga ega. Almashtirib
bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari (linol, linolen, araxidon va boshqalar) aynan shu yog‘lar tarkibiga
kiradi. Iste’mol taomlarida ushbu yog‘lar ishlatilsa, yomon sifatli xolesterin [3].
Hozirgi kunda bir qator donli ekinlar shular jumlasidan yasmiq, loviya, no‘xot, marjumak,
bug'doy, arpa, suli, makkajo‘xori kabi ozuqaviy jihatidan yuqori o‘rinlarda sanaladigan o‘simliklar
qatoriga soya kabi muhim o‘simlik ham qo‘shilganligi hech kimga sir emas [1, 2]. Tarkibi makro va
mikro elmentlarga boy bo‘lgan soya o‘simligining bugungi kundagi yalpi mahsuloti jahon miqyosida
276 500 tonnani tashkil qiladi. Jahon bozorida ushbu yalpi mahsulotning ekin maydoni yer shari
bo‘ylab 111 300 ming gektar maydonni tashkil etadi. Hosildorligiga to‘xtaladigan bo‘lsak 24,8 s/ga
to‘g’ri keladi [4]. Respublikamizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan o‘simlik yog‘i bilan va
chorvachilik tarmog‘ini shrot bilan barqaror ta
ʼ
minlash, mamlakatimizda yetishtirilayotgan moyli
ekinlar, xususan soya, kungaboqar, kunjut, masxar va zig‘ir doni hisobiga qayta ishlash va eksport
hajmlarini yanada oshirish va importni kamaytirish masalalariga alohida e
ʼ
tibor qaratilmoqda.
Jumladan, asosiy maydonlarga jami 124,7 ming gektar, shundan 51,3 ming gektar soya, 41,8 ming
gektar kungaboqar va 31,6 ming gektar kunjut ekinlari; g‘o‘za qator oralariga hamkor ekin sifatida
73,1 ming gektar soya hamda bog‘-tok qator oralaridan samarali foydalanish maqsadida ular orasiga
jami 10,3 ming gektar moyli, shundan, 7,2 ming gektar kungaboqar, 1,9 ming gektar kunjut va 1,2
ming gektar maxsar ekinlari; lalmi maydonlarda 21,4 ming gektar, shundan 16,3 ming gektarda
maxsar va 5,1 ming gektarda zig‘ir; g‘alladan bo‘shagan takroriy maydonlarga jami 44,3 ming gektar,
jumladan, 33,9 ming gektar kungaboqar va 10,4 ming gektar kunjut ekinlari ekib
parvarishlanmoqda[5]. Soya dukkakli o‘simliklarning bir turi bo‘lib, Sharqiy Osiyoda ko‘p maqsadli
ekin sifatida keng o‘stiriladi. U issiq yozli hududlarda (20° C dan 30° C gacha bo‘lgan haroratda
optimal o‘sish sharoitlarda) o‘stiriladi. Asosiy ishlab chiqaruvchi davlatlar - AQSh, Braziliya va
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
471
Argentina. Yevropada soya yetishtirish cheklangan bo‘lib, umumiy soya ishlab chiqarishi 1 100 000
tonnani tashkil etadi [6].
Soya o
ʻ
simligi qadim zamonlardan beri insoniyat tomonidan yetishtirilib kelinadigan muhim
qishloq xo
ʻ
jaligi ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy kelib chiqishi Sharqiy Osiyoga tegishli
bo
ʻ
lib, hozirda dunyo bo
ʻ
ylab keng qo
ʻ
llaniladi va iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi tufayli
qit
ʼ
alararo tarqalgan. Soya o
ʻ
zining yuqori ozuqaviy qiymati, ayniqsa, yuqori oqsil va yog
ʻ
miqdori
bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar uni inson parvarishi, chorvachilik uchun yem-xashak tayyorlash,
shuningdek, oziq-ovqat sanoati (masalan, tofu, souslar, yog
ʻ
lar) va bioyoqilg
ʻ
i ishlab chiqarishda
strategik ahamiyatga ega qiladi. Qishloq xo
ʻ
jaligida soya azotni bog
ʻ
lovchi bakteriyalar (rhizobia)
bilan simbiozda o
ʻ
sishi tufayli tuproq unumdorligini saqlashda muhim rol o
ʻ
ynaydi. Bu xususiyat uni
ekologik barqaror dehqonchilik tizimlarida almashlab ekish uchun ideal ekin sifatida ko
ʻ
rsatadi. Ilmiy
tadqiqotlar soyaning sog
ʻ
liq uchun foydali komponentlari (izoflavonlar, antioksidantlar)ni aniqlagan
bo
ʻ
lsada, uning genetik modifikatsiyalangan navlari atrof-muhit va inson salomatligi bo
ʻ
yicha davom
etayotgan bahslarga sabab bo
ʻ
lmoqda. Shunga qaramay, soya zamonaviy agrosanoat kompleksining
ko
ʻ
p qirrali komponenti bo
ʻ
lib, global oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiyotni qo
ʻ
llab-quvvatlashda
ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali Jild: 04, Nashr: 12 | Dec - 2024 ISSN:
2181-2624 s-316-218
2. In ZDTF (Vol. 3, Number 3, pp. 4–7). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10785131
3. Innovative Development in Educational Activities ISSN: 2181-3523 VOLUME 2 | ISSUE
11 | 2023
4. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
5. Scientific-practical symposium on theme “the role of plant genetic resources in global
climate change and food security” november 7-8-9, 2024
6. The EU Vegetable Oil & Proteinmeal Industry’s informations 2024 year.
