“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
299
TUYATOVON O‘SIMLIGINING BIOEKOLOGIYASI VA YETISHTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Musaeva Aysuliw Aybekovna., Tóreniyazova Saltanat Elmuratovna
Berdoq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti
Musaevaaysuliw9@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15597233
Annotasiya:
Ushbu maqolada oddiy tuyatovon o‘simligining bioekologiyasi va uning
yetishtirish texnologiyasi haqidagi asosiy jihatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Oddiy tuyatovon, quruq va sho‘r tuproqlar, azotli o‘g‘itlar, agronomik xossalari,
ilmiy va amaliy metodlar, suv, adaptatsiya.
Аннотация
:
В
данной
статье
представлены
сведения
о
биоэкологии
сада
парнолистик
обыкновенной
и
основных
аспектах
технологии
ее
выращивания
.
Ключевые
слова
:
парнолистик
обыкновенный
,
сухая
и
засоленная
почва
,
азотное
удобрение
,
агрономические
свойства
,
научные
и
практические
методы
,
вода
,
адаптация
.
Annotation:
This article provides information about the bioecology of the honeysuckle garden
and the main aspects of the technology for its cultivation.
Keywords:
Common wheatgrass, dry and salty soil, nitrogen fertilizer, agronomic properties,
scientific and practical methods, water, adaptation.
Tuyatovon - Zygophyllum fabago ko‘p yillik o‘simlik. U Tuyatovondashlar- Zygophyllaceae
oilasiga mansub bo‘lib, quruq sharoitga chidamliligi bilan mashhur. O‘simlik sershox bo‘lib o‘sadi
va mayda sariq gullar hosil qiladi. Odatda sovuq oylarda tinim davriga o‘tadi. Tuyatovon o‘simligi
Qoraqalpog‘istonning turli tuproq sharoitida o‘sib rivojlanadigan o‘simliklarning biri hisoblanadi. Bu
o‘simlik ko‘p yillik ildizpoyali o‘simlik o‘t, buta, chala butalardan iborat. O‘simliklar tekis, odatda
tik yoki biroz ko‘tarilgan poyali. Poyasi qattiq, shoxlangan. Bo‘yi 30-70 sm. Barglari sersuv, qarama-
qarshi, ba’zan 2 - 4 juftdan joylashgan. Barglari bandli, keng, yashil, teskari tuxumsimon bargchalari
bor. Yonbarglari yashil, tuxumsimon yoki ellipssimon, pastki va o‘rta barglari qo‘shilib ketgan. [1,6];
Gullari 1 yoki 2 tadan, gulkosa barglari tuxumsimon yoki ellipssimon, chetlari oqish
pardasimon. Gultoj barglari deyarli gulkosabarglarga teng, teskari tuxumsimon, oqish sariq, tubi qizil
dog‘li. Changchisi 8-10 ta, changchilari tojbarglaridan ko‘p. Yoz davomida gullab urug‘lanadi.
Urug‘idan ko‘payadi. Mevasi bir yoki bir necha uchli ko‘sak. Ildizlari o‘q ildiz bo‘lib, yer sharining
cho‘l va yarim cho‘l hududlarida tarqalgan. 250 dan ortiq turi bor. O‘zbekistonda 13 turi uchraydi.
Yovvoyi o‘t sifatida barcha ekinlar orasida uchraydi. Daryo, ko‘l atroflarida, vohalardagi biroz
sho‘rlangan yerlarda o‘sadi. [4,7]
Dunyoda tuyatovonning tarqalishini quyidagicha tavsiflash mumkin: mo‘tadil ushbu tur
o‘zining tabiiy arealining butun hududida keng tarqalgan bo‘lsa-da odatda qurg‘oqchil va yarim
qurg‘oqchil mintaqalarda uchraydi, asosan O‘rta Osiyo, Kavkazorti, Janubiy Sibirning qurg‘oqchil
hududlarida yaxshi drenajlangan tuproqlarda o‘sadi va atrof-muhitning og‘ir sharoitlarida omon
qolishga moslashgan [5].
Tuyatovon osimligini yetishtirish. Zygophyllum o‘simliklari issiq va quruq iqlimga chidamli,
shuning uchun O‘zbekistonning ko‘plab mintaqalarida, xususan, Qoraqolpoqston, Buxoro,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlaridagi cho‘l hududlarida bu o‘simlikni yetishtirish
mumkin. Bu o‘simliklar suvni tejashga moslashgan, shuning uchun ularni sug‘orish minimal darajada
talab qilinadi, ammo o‘simlik o‘sishining dastlabki bosqichlarida sezilarli miqdorda suv zarur.
Zygophyllum o‘simliklari urug‘lar bilan ko‘payadi. Urug‘lar yaxshi sifatli bo‘lishi kerak, chunki
ularning yuqori navlari yaxshiroq rivojlanadi. Urug‘lar kuzda yoki bahorda ekiladi. Bahorda mart
oylarining boshlarida, tuproq harorati 10-15 C ga yetganda ekish tavsiya etiladi. Neytral yoki biroz
ishqoriy (pH 7.0-7.5) tuproqlar mos keladi. Urug‘larni ekishda 1-2 sm chuqurlikda va ortasidagi
masofa 15-20 sm bo‘lishi kerak. Ekishdan oldin tuproqni tayyorlash, organik o‘g‘itlar bilan boyitish,
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
300
shuningdek tuproqning yaxshi drenajini ta’minlash zarur. O`sish uchun 20-25 C harorat ideal
hisoblanadi. O`simlik -5 C gacha sovuqqa chidamli. Unib chiqish bosqichi mart oyi, vegetative o`sish
bosqichi aprel-may oylari, gulllash va mevalash iyun-iyul oylari, avgustdan boshlab vegatatsiya
davrini yakunlaydi. Tuyatovon o‘simligi qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lsa-da, boshlang‘ich o‘sish
davrida yaxshi rivojlanish uchun ortiqcha sug‘orish kerak bo‘lishi mumkin. Sug‘orish davri quruq
iqlimda minimal darajada bo‘lishi kerak, haroratni va yomg‘ir miqdorini hisobga olib sug‘orish tizimi
belgilanadi. Tuyatovon o‘simligi asosan kam o‘g‘it talab qiladi, ammo urug‘lantirish o‘simliklarning
sifatli rivojlanishini ta’minlaydi. Organik o‘g‘itlar (kompost yoki gumus) tuproqni boyitishda
samarali bo‘ladi. Bir nechta mikroelementlar va fosfor, kaliy, azot kabi mineral o‘g‘itlar
o‘simliklarning o‘sishi uchun foydali bo‘lishi mumkin. [2,3]
1-rasm tuyatovon o`simligi - zygophyllum fabago
2-rasm tuyatovon o`simligi ajratilgan urug`i
Metod va materiallar. Tuyatovon o‘simliklarini o‘rganish va ularni samarali yetishtirishda turli
ilmiy va amaliy metodlardan foydalaniladi. Ular orasida organik tadqiqot usullari ham alohida o‘rin
tutadi, chunki bu o‘simliklar quruq va sho‘r tuproqlarda yaxshi o‘sadi va ekologik jihatdan barqaror
ekin sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Morfologik
tahlil: Tuyatovon o‘simligining morfologik xususiyatlari (barglar, gullar, ildiz tizimi) yordamida turli
sharoitlarda
ularning
qanday
rivojlanishini
tahlil
qilish
mumkin.
Fiziologik tahlil: O‘simliklarning quruq va sho‘rga chidamli fiziologik mexanizmlari o‘rganiladi. Bu,
ayniqsa, o‘simlikning suvni qanday tejashini, osmolyatlar va boshqa adaptiv elementlar ishlab
chiqarishini aniqlashda muhimdir. Agranomik tahlil: Tuyatovon o‘simligini ekish va yetishtirishda
organik o‘g‘itlar va tabiiy pestitsidlar (masalan, kompost, biologik preparatlar) qo‘llaniladi. Bu
usullar tuproqni tabiiy holatda saqlash, o‘simliklarning sog‘lom o‘sishini ta’minlash va ekinlar
sifatini yaxshilashga qaratilgan.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
301
Xulosa.
Tuyatovon o‘simligini o‘rganish bir qancha zarur natijalar berdi, ayniqsa, ularning
sho‘rxoklik va qurg‘oqchilikka chidamliligi, genetik moslashuvchanligi, morfologik va fiziologik
adaptatsiyalari, shuningdek, qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha. Bu o‘simlik
ekologik tiklanishda va tuproqni sho‘rlanishdan saqlashda samarali ekinlar sifatida katta salohiyatga
ega. Tuyatovon o‘simligini o‘rganish natijalari, shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi va biotexnologiya
sohalarida yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Aliyev S., “Tuzli tuproqlarda Zygophyllum fabago ningrivojlanish mexanizmlari,” Ekologiya
va agrotexnologiya kitobi, 2020.
2.
Dzhayev A., “Zygophyllum fabagoning agronomic xususiyatlari,” O‘simliklarni yetishtirish
jurnali, 2018.
3.
Manzarali o‘simliklar biologik xususiyatlari hamda agrotexnik talablari” Mualliflar: Saidova
D., Erkaboyeva G., Suyunova K.
4.
Дудченко
Л
.
Г
.,
Козьяков
А
.
С
.,
Кривенко
В
.
В
.
Пряно
-
ароматические
и
пряно
-
вкусовые
растения
:
Справочник
/
Отв
.
ред
.
К
.
М
.
Сытник
. —
Киев
:
Наукова
думка
, 1989. —
304
с
. — 100 000
экз
. — ISBN 5-12-000483-0.
Сабиров
Р
.
Парнолистник
//
Пчеловодство
:
журнал
. — 1978. —
№
5. —
С
. 29.
5. “
Растение
Парнолистник
обыкновенный
(Zygophyllum fabago L.) –
как
источник
биологически
активных
веществ
Mualliflar:
Д
.
Өстемірқызы
va boshqalar
6. https://www.plantarium.ru/page/view/item/41237.html
7.
https://aprh.journals.ekb.eg/
