Mualliflar

  • Maryamhon Ibragimova
    Qo`qon DPI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57668

Kalit so‘zlar:

Pedagogik texnologiyalar innovatsiya interfaol metodlar hamkorlik pedagogikasi

Annotasiya

Texnologiya darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida amaliy konikma hosil qilish va foydalanish hamda ta’lim jarayonida innovatsiyalar va interfaol usullardan foydalanishning yo’l va usullari ko’rsatib berilgan.


background image

174

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

TEXNOLOGIYA TA’LIMI DARSLARIDA INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISH

Ibragimova Maryamhon G`ulomovna, Qo`qon DPI v.bdotsenti

E-mail:

Ibragimova

maryamxon77@mail.com

(ORCID 0000-0003-2837-

5907)

Annotatsiya

: Texnologiya darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar

jarayonida amaliy konikma hosil qilish va foydalanish hamda ta’lim jarayonida
innovatsiyalar va interfaol usullardan foydalanishning yo’l va usullari ko’rsatib
berilgan.

Tayanch so`zlar:

Pedagogik texnologiyalar, innovatsiya, interfaol

metodlar, hamkorlik pedagogikasi.

Abstract:

An integrated approach to technology in classes, creation and use

of practical knowledge in the course of training, and ways and means of using
innovations and interactive methods in the educational process are shown.

Key words:

Pedagogical technologies, innovation, interactive methods,

cooperative pedagogy.

Аннотация

:

Показан

комплексный

подход

к

технологиям

на

занятиях

,

созданию

и

использованию

практических

знаний

в

процессе

обучения

,

а

также

пути

и

средства

использования

инноваций

и

интерактивных

методов

в

образовательном

процессе

.

Ключевые

слова

:

Педагогические

технологии

,

инновации

,

интерактивные

методы

,

кооперативная

педагогика

.

O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini,

jamiyatning

yangilanishini, ijtimoiy

yo’naltirilgan bozor

iqtisodiyotini

shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik
xususiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda

Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs

manfatlarini ro’yobga chiqarishning sharoyitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini
va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy hulq-
atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshiralayotgan
islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat,
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining
muhim shartidir

11

.

Texnologik ta’lim o’qituvchisi oliy ta’lim muassasasida pedagogika,

psixologiya, umumkasbiy hamda maxsus fanlardan olgan bilim va ko’nikmalarini

11

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz balan birga quramiz. –T.: “O‘zbekiston”,

2017. – 488 b.


background image

175

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

amalga tadbiq etishda umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilarida umummehnat,
kasb tanlashga yo’llash va umumkasbiy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishning
metodlari, dars berishning shart-sharoitlari, tashkiliy shakllari hamda metodlari,
shuningdek, o’quvchilarda kasblarga oid bilim berish ko’nikish, moslashish,
tanlash, kasbni shakkllantirish yoki boshqa kasbni tanlash, tashkiliy shakllari
hamda vositalari, shuningdek, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan
tanishtirish ishlarini olib borishi lozim.

O’quvchilarni tehnologiya fanida kasb tanlashga yo’llash jarayonida ishlab

chiqarish bilan bog'liq bo’lgan barcha sohalar, ularda qo’llaniladigan texnologik
jarayonlar hamda ishlab chiqarish munosabatlari to’g'risida to’liq tassavurga ega
bo’ladilar. Umumiy o’rta ta'lim maktablarida o’quvchilarni Texnologik ta'lim,
kasb tanlashga yo’llash tarkibida kasbga yo’naltirish ularning zamonaviy va
milliy kasb - hunarlarni o’zaro uyg'unligini ta'minlagan holda bilim, ko’nikma,
malakalarni egallashlarini ta'minlaydi. Kasb tanlashga yo’llash va kasbga
yo’naltirish ishlarini xalq xo’jaligi tarmoqlari istiqbolini hamda kasb-hunar
kollejlari sohalashtirilganligini hisobga olgan holda bajarishiga xizmat qiladi.

“OILA DAVRASIDA KASBIY QIZQISHLARNI HIMOYA QILISH”
O’YINI

O’yinning maqsadi

: o’quvchining ota-onalar (do’stlar, o’qituvchilar va

boshqalar.) qarshisida o’zi tanlagan kasbini himoya qilishga o’rgatish.

Mazkur o’yindan mustaqil hamda “Kasbiy maslahat” o’yiniga tayyorlov

o’yini sifatida foydalanish mumkin.

12

O’yin 8-9 sinf o’quvchilariga mo’ljallangan. O’yinda 2-3 kishidan iborat

guruh ishtirok etadi. O’yin 15-20 daqiqa davom etadi. O’yin uchun alohida xona
zarur (Sinfning bir burchagi yoki "Kasbiy maslahat" o’yini bilan birgalikda tashkil
etish ham mumkin).

O’yinning olib borish tartibi

O’yin maxsus tayyorgarlik bosqichini talab etmaydi.

1-bosqich.

O’quvchilarga rollar taqsimlanadi: “o’qiyotganlar” (bolaning

o’zi), uning “ota-ona”si yoki “qarindoshlar”i (tog’a, ona, buvi, katta opa va
boshqalar)

2-bosqich.

Boshlovchi (psixolog) ko’rsatmalarni baland ovozda o’qib

beradi.

Yo’riqnoma:

Tasavvur qiling, o’quvchi uyiga keladi va o’z kasbiy maqsad-

niyatlarini bildiradi (agar kasb hali tanlanmagan bo’lsa, o’quvchiga kasbning
qanday ekanligi ahamiyati yo’qligi va bu haqida umuman o’ylab ko’rmaganligini
aytishi mumkin). Ota-onalar uning bu qaroriga qarshi chiqib, uni bu fikrdan
qaytarishga harakat qiladilar. Natijada nizo yuzaga keladi, bu holatda kimning
dalillari ishonarli bo’lsa, uni asoslashga kirishadilar. Fikrlarni majburan singdirish
lozim emas, majburlash fikrlarning kuchsizligini anglatadi.

12

Ibragimova, M., & G'ulomovna, I. M. (2023). Development of Small Business and Private Entrepreneurial

Activity Through Vocational Direction.

Journal of Research in Innovative Teaching and Inclusive Learning

,

1

(1),

41-43.


background image

176

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

3-bosqich . Boshlovchi ishtirokchilarni o’tirib olishlarini va o’yinni

boshlashlari mumiknligini bildiradi. Boshlovchi bu o’yinda “

"Kasbiy maslahat”

o’yinidagidan ko’ra kamroq ishtirok etishi lozim. O’yinda kasbiy yordam
ko’rsatish emas, balki bolaga tanish bo’lgan oilaviy munosabat sahnalashtirilmoqda

4 –bosqich. O’yinni muhokama qilish

Agar o’yin “Kasbiy maslahat” da foydalanilganda unga muhokama qilmasdan

yondashish mumkin. Aksincha uni mustaqil tashkil etganda esa ishtirokchilarning
har birini munosabatiga alohida etibor qaratib, o’quvchilarning kasb tanlash rejalari
to’g’ri tuzilgan va tuzilmaganligi muhokama qilinadi.

Rolli o’yinning diagnostik imkoniyatlari

O’quvchilarning ushbu o’xshash sharoitda ota-onalari xatti-harakatlarini ifoda eta
olganliklari o’yinni ularning o’z ota-onalari haqida axborot olishga imkon beradi.
Biroq , olingan bunday ma’lumotlarni muhokama qilishda ma’lum ehtiyotkorlik
zarur., chunki o’quvchilar boshqalarning ota-onasini imittsiya qilgan bo’lishi ham
mumkin

O’yinni borishida duch kelinadigan qiyinchiliklar

O’quvchilar o’yinda rollariga his-hayajon bilan kirishib ketib, uning asosiy
maqsadini unutib qo’yadilar. Bunday xollarda boshlovchi o’yinda “katta
bobo” rolini o’ziga olib o’yin tizgini qaytarishi mumkin. Ayrim hollarda
o’quvchilar o’yin jarayonida hamkorlikda ishlay olmasliklari muammoning
echimi to’liq topilmasligiga olib keladi.

13

O’yinni rivojlantirish istiqbollari

Ushbu o’yin natijalaridan kelib chiqib o’quvchilarning ota-onalari bilan

ularning kasb tanlashi mavzusi yuzasidan suhbat o’tkazish qoidalarini shakllantirish
mumkin. Agar o’yin bolalar va ularning ota-onalari ishtirokida tashkil etilsa yanada
ijobiy va jonli ko’rinish oladi. Mabodo “Oila davrasida kasbiy qiziqishlarni
muhokama qilish” o’yinini “Kasbiy maslahat” bilan birgalikda tashkil etishda
quyidagi tartibga amal qilish lozim:

14

1. Ishtirokchilar uchun umumiy yo’riqnoma.
Rollar taqsimoti quyidagicha bo’ladi: ikkita kasb yuzasidan maslahatchi, 3-4 a’zoli
oila.
2.Oiladagi oilaviy nizo sahnasi ijro etiladi (“Oila davrasida kasbiy qiziqishlarni
muhokama qilish” o’yini bo’yicha). Maslahatchilar tashqariga chiqadilar va kasbiy
maslahatning umumiy tuzilishi bilan tanishadilar Barcha bosqich 10-15 daqiqaga
mo’ljalangan.

Shunday qilib, “Kasbiy maslahat” o’yiniga oila a’zolari va maslahatchilar

maxsus tayyorgarlik ko’radilar.

4. Kasb bo’yicha maslahatchilar ota-onalarining ishtirokida o’quvchiga

maslahat beradilar. Maslahatchilar maslahat berish tartibi aks ettirilgan varaqdan

13

Ibragimova, M. G. (2022). O ‘RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA KASB-HUNARGA YO

‘NALTIRISH.

PEDAGOGS jurnali

,

4

(1), 174-182

14

Ибрагимова

,

М

.

Г

.

(2019).

НОВЫЕ

ТЕХНОЛОГИИ

ШИТЬЯ

В

ТРУДОВОМ

ОБУЧЕНИИ

.

Актуальные

научные

исследования

в

современном

мире

, (2-5), 113-116.


background image

177

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

foydalanmaydilar. Agar maslahatni tashkil etish ular tomonidan yaxshi
o’zlashtirilmagan bo’lsa, u holda boshlovchi ularga o’yin davomida uning tashkil
etish sxemasiga nazar tashlashlarini taklif etishi mumkin.

Tajribalarning ko’rsatishicha “Kasbiy maslahat” o’yinining ushbu varianti

ko’p vaqtni oladi (o’yinning dastlabki ijrosi kamida bir soat vaqtni oladi).Ammo
o’yin davomida kasb tanlashga doir murakkab masalalarning yechimini topishga
imkoniyat yaratiladi.

Xulosa o`rnida:Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani zamonaviy

axborot va pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanib, ta’limiy va tarbiyaviy
ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Maktabda o’quvchilar texnologiya fanini qunt
bilan o’zlashtirib borishlari uchun darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik
vositalardan foydalanish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz balan

birga quramiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

2.Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat

bo‘lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik. // Xalq so‘zi, 2017-yil, 16-iyun

3.Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o‘qitish

metodlari. –T.: “O‘qituvchi”, 1990. – 232 b.

4..Ibragimova, M., & G'ulomovna, I. M. (2023). Development of Small

Business

and

Private

Entrepreneurial

Activity

Through

Vocational

Direction.

Journal of Research in Innovative Teaching and Inclusive

Learning

,

1

(1), 41-43.

5.

Мариям

,

И

.

(2018).

НАПРАВЛЕНИЕ

МОЛОДЕЖИ

К

ПРОФЕССИОНАЛЬНОМУ

ОБРАЗОВАНИЮ

.

Актуальные

научные

исследования

в

современном

мире

, (5-6), 29-31.

6. Ibragimova, M. G. (2022). O ‘RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA

KASB-HUNARGA YO ‘NALTIRISH.

PEDAGOGS jurnali

,

4

(1), 174-182.

7.

Ибрагимова

,

М

. (2016).

РОЛЬ

ВНЕУРОЧНЫХ

ЗАНЯТИЙ

.

Ученый

XXI

века

, (10).

8. Gulomovna, I. M. (2022). IN ORGANIZING A CIRCLE TRAINING

USING INTERACTIVE METHODS.

9.

Ибрагимова

,

М

.

Г

. (2011).

Факторы

морально

-

нравственного

ориентирования

учащихся

профессиональных

колледжей

на

предпринимательскую

деятельность

.

Молодой

ученый

, (12-2), 99-101.

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz balan birga quramiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik. // Xalq so‘zi, 2017-yil, 16-iyun

Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o‘qitish metodlari. –T.: “O‘qituvchi”, 1990. – 232 b.

.Ibragimova, M., & G'ulomovna, I. M. (2023). Development of Small Business and Private Entrepreneurial Activity Through Vocational Direction. Journal of Research in Innovative Teaching and Inclusive Learning, 1(1), 41-43.

Мариям, И. (2018). НАПРАВЛЕНИЕ МОЛОДЕЖИ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 29-31.

Ibragimova, M. G. (2022). O ‘RTA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA KASB-HUNARGA YO ‘NALTIRISH. PEDAGOGS jurnali, 4(1), 174-182.

Ибрагимова, М. (2016). РОЛЬ ВНЕУРОЧНЫХ ЗАНЯТИЙ. Ученый XXI века, (10).

Gulomovna, I. M. (2022). IN ORGANIZING A CIRCLE TRAINING USING INTERACTIVE METHODS.

Ибрагимова, М. Г. (2011). Факторы морально-нравственного ориентирования учащихся профессиональных колледжей на предпринимательскую деятельность. Молодой ученый, (12-2), 99-101.