Jild 1 № 12 (2024)

						{$identification) ko'rish
Jild 1 № 12 (2024)
Nashr qilingan: 17-12-2024

Maqolalar

18-22 28 21

БОШЛАНҒИЧ ТАЪЛИМНИНГ МАТЕМАТИКА ДАРСЛАРИДА ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

U Abdullayev, Azizbek Turdalievich

Ҳозирги кунда Математика фанини ўқитишда асосий фаннинг 60 фоизини мустақил таълимини ташкил этади. Бу эса яънада мустақил таълимга бўлган эътиборни оширмоқда. Асосий эътибор мустақил таълимга қаратилган

492-495 121 51

TA’LIM SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYARDAN FOYDALANISHNING O’RNI VA AHAMIYATI

B Qurbanov

Bugungi kunning globallashayotgan dunyosida ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi zamonaviy jamiyatning muhim talablaridan biridir. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari (AKT) va boshqa innovatsion yondashuvlar yordamida ta’lim jarayonini yanada qiziqarli, samarali va qulay qilish mumkin.

375-377 49 28

ANIQ FANLARDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINING O‘RNI

E Abdullayev , A Matkarimov

Mazkur maqolada aniq fanlarda mustaqil ta'limni tashkil etishda muhandislik grafikasi fanining ahamiyati tahlil qilinadi. Muhandislik grafikasi talabalarning fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi muhim fanlardan biri sifatida ko‘rib chiqilib, uning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Mustaqil ta'lim jarayonida ushbu fanning interfaol metodlar va zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilishi talabalarning ijodiy va muhandislik qobiliyatlarini shakllantirishga qanday ta’sir qilishi asoslanadi

206-211 44 20

IXTISOSLASHGAN MAKTAB O‘QUVCHILARIDA RADIOAKTIV NURLANISHLARNING TIRIK ORGANIZMLARGA TA’SIRI TO‘G‘RISIDA TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISH

Dilmurod Yusupov , Madinabonu Muxtoraliyeva

Mazkur ilmiy maqola, oʻquvchilarda radioaktiv nurlanishning tirik organizmlarga taʼsiri haqidagi tasavvurlarni shakllantirish metodikasiga bagʻishlangan. Tadqiqotda radioaktiv nurlanishning biologik taʼsirlarining ilmiy asoslari va uning ekologik xavflari koʻrib chiqilgan. Oʻquvchilarda bu masalalarga nisbatan chuqurroq tushuncha hosil qilish uchun metodik yondoshuvlar, pedagogik texnikalar va o‘qituvchilarning ta’lim jarayonidagi roli o‘rganilgan.

200-205 61 21

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA FIZIKANING YADRO FIZIKASI BO‘LIMINI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA O‘QITISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Dilmurod Yusupov , Mashhuraxon Musajonova

Yadro fizikasining murakkab mavzularini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi orqali o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va qiziqishini oshirishga xizmat qiluvchiloyihalash asosidagi o‘quv usullari, ulardan foydalanish natijalari hamda amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari keltirilgan

193-199 43 23

IXTISOSLASHGAN TA’LIM MUASSASALARIDA YADRO FIZIKASI BO‘LIMINI O‘QITISHNING KOMPYUTER TAJRIBASI

Dilmurod Yusupov , Dilnoza Mashrabboyeva

Ushbu ishda yadro fizikasi mavzularini o‘qitish metodikasini zamonaviy fan va texnologiya yutuqlari bilan boyitilib, kompyuter texnologiyalari dasturlari yordamida takomillashtirilib, mavzularni namoyishli tarzda innovatsion texnologiyalar bilan o‘qitilishi o‘quvchilar dunyoqarashini zamonga mos holda shakllanishida samarali bo‘lishini asoslab berilgan

188-192 55 18

Birinchi tartibli bir o'zgaruvchili oddiy avtoregressiya modellari Kritik holatga yaqin bo’lgan xol

Т.С.Мирзаев Т.С.Мирзаев

Maqolada statsionar bo'lmagan bir o'lchovli  ko’rinishidagi avtoregressiya modeli o'rganiladi, bu erda  va  berilgan tasodifiy miqdorlar. Statsionar bo'lmagan holatda (α=±1) eng kichik kvadratlar usuli bilan qurilgan baholarning taqsimotlari Wiener jarayonining funksiyalari yordamida ifodalangan murakkab shaklga ega (α=±1) qarang, masalan, α=1 holda). Biz α parameter uchun yangi baholarni tuzamiz.

186-188 66 25

O‘RTA MAKTABLAR YUQORI SINFLARIDA YADRO FIZIKASI BILAN BOSHQA FAN PREDMETLARINING O‘ZARO MANFAATLI FANLARARO ALOQALARI

Dilmurod Yusupov , Azimjon Samatov , Ziyoda Abdujabborova

Ushbu ishda o‘rta maktablarning yuqori sinflarida fizikaning yadro fizikasi bo‘limini kimyo, matematika, biologiya va informatika fanlari o‘rtasidagi fanlararo bog’lanish keltirilgan

182-185 53 18

BIR VAQTLI AVTOREGRESSIYA MODELLARI NOMA’LUM PARAMETRLARNI BAHOLASH USULLARI

Toxirjon Mirzayev

Ushbu maqolada bir vaqtli avtoregressiya modeli uchun parametrlarni baholashning yangi g’oyalari taklif etilgan. Taklif etilgan baholashlar, odatdagi an’anaviy eng kichik kvadratlar usulida olingan baholashlarga qaraganda oddiyroq limit taqsimotga ega.

178-181 175 36

FIZIKANI FANLARARO O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING EKOLOGIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

Dilmurod Alijanov , Azimjon Samatov , Muhibjon Imomov

Ushbu maqolaning maqsadi umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda ekologik masalalarga e’tibor qaratishning ahamiyatini ko‘rsatish va o‘quvchilarning ekologik tafakkurini rivojlantirishda fizika darslarining o‘rnini ochib berishdir.

174-177 67 15

TEXNOLOGIYA TA’LIMI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Maryamhon Ibragimova

Texnologiya darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida amaliy konikma hosil qilish va foydalanish hamda ta’lim jarayonida innovatsiyalar va interfaol usullardan foydalanishning yo’l va usullari ko’rsatib berilgan.

170-173 75 21

Texnologiya fanining servis xizmati yo`nalishini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish

Firdovusxon Yusufxodjayeva

Maqolada Texnologiya fanining servis xizmati yo`nalishini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish haqida ma’lumot berish bilan birgalikda ularga ta’lim-tarbiya berishda an’anaviy o’qitish usullari bilan chegaralanib qolmasdan, intefaol usullardan  foydalanish orqali o’qitishning sifat darajasini oshirib, hamda interfaol  metodlardan foydalanib texnologiya fanining o`qitish maqsad qilib olingan

163-169 72 24

MAXSUS MAKTAB INTERNATLARIDA O’QUVCHILARNI INTERFAOL METODLAR ORQALI TARBIYALASH

Muxlisaxon Usmonova

Maqolada maxsus maktab internatlarida o‘qitilayotgan Texnologiya fani mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va ta’lim mazmunini loyihalashda samarali interaktiv metodlar va ulardan foydalanish metodikasi haqida so’z yuritilgan.

158-162 60 27

OLIY TA'LIMDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA SMART TEXNOLOGIYA VA SMART ISHLANMALARNING AHAMIYATI

Dilmurod Alijanov

Ushbu maqolada oliy ta'limda mustaqil ta'limni tashkil etishda smart texnologiyalar va smart ishlanmalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Smart texnologiyalar orqali ta'lim jarayonini interaktiv va individual yondashuvlar asosida tashkil etish, talabalarni bilim olishda mustaqillikka undash va o‘quv jarayonini yanada samarali qilish usullari ko‘rib chiqiladi. Virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, onlayn platformalar va shaxsiy yondashuvlarning o‘quv jarayoniga qo‘shadigan hissasi batafsil yoritilgan

155-157 86 26

RAQAMLI SIMULYATSIYALAR VA VIRTUAL LABORATORIYALAR

Erkinjon Yusupov

Maqolada fizikani o’qitishda raqamli simulyatsiyalar va virtual laboratoriyalardan foydalanishning o’rni hamda ahamiyati ochib berilgan

152-154 39 13

ROLLI O‘YINLAR VOSITASIDA QARORLAR QABUL QILISH

Sumanbar Hasanova

Maqolada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida qarorlar qabul qilish va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishda rolli o‘yinlarning ahamiyati, pedagogik aspektlari ochib berilgan. Veb sayt yaratish misolida aniqlashtirilgan

149-151 43 19

UMUMIY О‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ANIQ VA TABIIY FANLARNI О‘QITISHDA FANLARARO BOG‘LANISHLARNI AMALGA OSHIRISHNING AHAMIYATI

Ibroximjon Zaxidov

Mazkur maqola umumiy о‘rta ta’lim maktablarida aniq va tabiiy fanlarni о‘qitish jarayonida fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish va uning ahamiyatini tadqiq qilishga bag‘ishlanadi. Fanlararo bog‘lanish ta’lim mazmunini boyitishga, о‘quvchilarning bilim va kо‘nikmalarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada fanlararo yondashuvning metodologiyasi, uning о‘quv jarayoniga ta’siri va о‘quvchilarda kompleks tafakkurni shakllantirishdagi о‘rni va ushbu yо‘nalishdagi pedagogik samaradorlikni oshirishga yо‘naltirilgan tavsiyalar yoritilgan

145-148 68 21

Kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda dual ta’limning o‘rni

Marg’ubaxon Eshnazarova , Zulayxo Marasulova, Asiljon Bulturaliyev

Ushbu maqolada dual ta’limning rivojlaniishi, dual taʼlimning nazariy va pedagogik asoslari tahlil qilib berilgan. Dual taʼlim — bu akademik va amaliy tayyorgarlikni o‘zaro uygʼunlashtirgan oʼqitish modeli hisoblanadi. Maqolada nazariya va amaliyotni integratsiyalash orqali zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashda dual taʼlimning ahamiyati ko‘rsatilib o‘tilgan.

142-144 59 14

Axborot texnologiya soha mutaxassislarini kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda dual ta’limning afzalikllari (Germaniya tajribasi misolida)

Marg’ubaxon Eshnazarova , Nargiza Turdaliyeva, Ibroximjon Komiljonov

Ushbu maqolada dual taʼlimning bir nechta afzalliklari, IT sohasidagi foydali xususiyatlari ham yoritib berilgan. Taʼlim muassasalari va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati taʼkidlanib, ushbu modelni muvaffaqiyatli joriy etishga xizmat qiladigan pedagogik shart-sharoitlar bayon qilingan

137-141 24 20

BOTANIKA DARSLARIDA TALABA MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Zoxidaxon Yusupova

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida botanika fanini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonlarini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari, talaba mustaqil ishini tashkil etish uslubiyoti va bu jarayonda interfaol usullardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan

133-136 27 12

MUSTAQIL TA’LIM VA TADBIRKORLIK: INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUV

Butaev T Butaev T

Maqolada globallashuv sharoitida   oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida talabalarni mustaqil ta’limni tashkil etish   orqali kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish hamda innovatsiyalar va moslashuvchanlik asosiy kompetensiyalarini shakllantirish asosida tadbirkorlikka yo‘naltiriltirish yuzasidan tavsiyalar bayon qilingan.

130-132 35 22

Kasbiy faoliyatda dual ta’limdan foydalanishda Germaniya tajribasi

Marg’ubaxon Eshnazarova , Abduraxim Matkarimov, Zulayxo Marasulova

Maqolada nazariya va amaliyotni integratsiyalash orqali zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashda dual taʼlimdan foydalanishda Germaniya tajribasini joriy etish, taxlil va tavsiyalar keltirilgan.


 

125-129 193 33

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BOTANIKA FANINI O‘QITISHDA TALABALARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS TOMONLARI

Muxayyo Akbarova

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida botanika fanini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonlarini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari, talaba mustaqil ishini tashkil etish uslubiyoti va bu jarayonda interfaol usullardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan

122-124 74 16

FIZIKA YO‘NALISHI TALABALARINI MUSTAQIL TA’LIM OLISHLARIDA MATN TUZISHNI AHAMIYATI

Odinaxon Ismanova

Oliy ta’lim tizimida fizika yo‘nalishi talabalarining mustaqil ta’lim olishlarida, kurs ishi  yoki referat yozishlarida  matn tuzish ko’nikmasi to’la shakllanmagan bo’ladi. Shuning uchun ushbu ishda  fizik bakalavr ta’lim yo’nalishida talabalariga matn tuzish ko’nikmalarini shаkllantirish uslublari yoritilgan. Shu bilan birga talabalarda ma’lumotlarni tahlil qilib, ulardan o’rganilmagan jihatni topib so’ngra ilmiy tilda matn yozish uchun tavsiyalar berilgan.

118-121 44 22

Ilm-fan-ta’lim tizimining rivojida xalqaro baholash usullari foydalanish samaradorligi

Xurshida Komilova

Maqolada global o‘zgarishlar davrida turli darajadagi ta’lim sifatini baholash tizimining rivojlanish tendensiyalari, ta’lim sifatini baholash, xalqaro baholash usullari foydalanish ta’lim tizimining samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar yoritilgan.

115-117 77 23

BULLING O‘SMIRLARDA DOLZARB MUAMMO SIFATIDA

Dilafruz Oribboyeva

Ushbu maqolada o‘smirlar  jamoasida bullingning paydo bo‘lishiga doir ma’lumotlar berilgan bo’lib,  bullingni yuzaga keltiruvchi omillar  natijasida  o‘smirning  xulq-atvorida  yuzaga keladigan  psixologik  va biologik  o‘zgarishlar to‘g‘risidagi  ma’lumotlar yoritilgan

111-114 35 15

Globallashuv sharoitida xotin-qizlarni ilmiy faoliyatini rivojlantirishda STEM yondashuv tatbiqi

Xurshida Komilova

Maqolada O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining ustuvor vazifalardan biri xotin-qizlarni ilmiy-innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yoritilgan. Xotin-qizlarning ilm-fan va STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) ilmiy sohalarda faoliyat sotsiologik tahlil natijalari yoritilgan.

108-110 38 19

Ko’p qavatli uylarda yashaydigan aholini favqulodda vaziyatlar xavfi sodir bo’lganda ko’chirish tadbirlarini tashkil etish.

Akramjon Nabiyev , Muxlisa Isroilova

Yong'in omillari ta'sir qilish ehtimoli mavjud bo'lgan hududdan odamlarni majburiy ko'chirish jarayoni o’rganish

103-107 43 17

“ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH” FANI MUSTAQIL TA’LIMDAGI MUAMMOLI JARAYONLARNI “AQLIY XUJUM” USULIDAN FOYDALANIB HAL ETISH IMKONIYATLARI

M.Dadaxanov1 M.Dadaxanov1, A.Axmedov A.Axmedov

Ushbu maqolada “Algoritmik tillar va dasturlash” fanini o‘qitish jarayonida innovasion usullardan biri bo‘lgan – “Aqliy xujum” usulining mustaqil ta’limdagi samara va imkoniyatlari to‘g‘risida izlanishlarning ayrim natijalari keltirilgan. Unda ilmiy-metodik manbalarga tayanib, mavjud ilmiy adabiyotlar asosida muammo tahlil qilingan va aniq fanlarni oʼqitishda mustaqil ta’limni  rivojlantirishning bugungi kundagi holatidan kelib chiqib, zarur xulosalar chiqarilgan.

98-102 39 15

Oliy ta’lim muassalarida mustaqil ta’limni tashkil etish masalalari.

Shavkatbek Xudayqulov

Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq muhim masalalarni tahlil qiladi. Maqolada mustaqil ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, uning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, muvaffaqiyatli mustaqil ta’limni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan omillar ko‘rib chiqiladi.

95-97 25 12

ПРОФЕССОНАЛ ТАЪЛИМИНИ ЎҚИТИШ ЯНГИ ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯДАН ФОЙДАЛАНИШ

Анвар Сайфитдинов , Озодахон Maмаюсупова

Янги материални ўрганишни талаб қилиши билан бирга, олдинги ўрганилган материалларни, бошқа предмедлардан олган билимларни ҳам такрорлашни ва уларни амалиётда қўллашни ўргатади

92-94 43 9

TA’LIM MUASSASALARIDA MEHNATNI XAVFSIZ TASHKIL ETISH.

Sh.S.Xudayqulov Sh.S.Xudayqulov, M.X.Mamajanov M.X.Mamajanov

Ushbu maqolada ta’lim muassalari o‘quv ustaxonalarida olib boriladigan mashg‘ulotlarda xavfsiz mehnatni tashkil etish, o‘quvchilar salomatligi ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni kamaytirish, mikroiqlim sharoitlarini yahshilash kabi muammolar xal etishga qaratilgan

87-91 32 15

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINI “YASHIL IQTISODIYOT” TUSHUNCHASINI ANGLASHGA O‘RGATISH MASALASI

Ibroxim Uluxanov , Saida Dehqonboyeva

Maqolada bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida mavjud ekologik muammolarning mohiyatini va ularga ilmiy yondashuvni, shuningdek, uning oldini olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish yo‘llarini o‘rgatish yoritilgan

84-86 29 65

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINI TAYYORLASHDA KASBIY TAYYORGARLIK TUSHUNCHASI

Ibroxim Uluxanov , Mohinur Ne’matxo‘jayeva

Maqolada bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisini tayyorlashda kasbiy tayyorgarlik tushunchasi va “Kasbiy tayyorgarlik” tushunchasini aniqlashtirish masalalari yoritilgan

77-83 214 17

TA’LIM JARAYONINI RAQAMLASHTIRISHNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI

Nurillo Otaxanov

Bugungi kunda raqamlashtirish ta’lim jarayonida ham oʻz aksini topmoqda. Bu jarayon dinamik boʻlib, rivojlanishda davom etadi va manfaatdor tomonlarning oʻzgaruvchan ehtiyojlari va texnologik imkoniyatlariga moslashadi. Bunday ta’limiy texnologiyalarning ijobiy va salbiy oqibatlarini e’tiborga olgan holda tashkil qilish taʻlimning yangi istiqbollarini ochib, innovatsiyalar, yangi ta’lim modellarini ishlab chiqish va umuman ta’lim sifatini oshirish uchun zamin yaratadi.

74-76 38 13

ТАЛАБАЛАР МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА МАСОФАЛИ ЎҚИТИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ

А.А. Запаров А.А. Запаров, А.А.Зафаров А.А.Зафаров, М.Холмирзаева М.Холмирзаева, М. Рўзиматова М. Рўзиматова

Мақолада бўлажак мутахассислар учун мустақил таълимни ташкил этишда масофали ўқитишнинг ўрни, масофали ўқитиш технологияларининг тузилиши, мазмуни ва уни яратиш масалалари ёритилган.

70-73 41 15

OLIY TA'LIM MUASSALARIDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH TENDENSIYALARI

Odiljon Mamatkarimov , Umarxon Babaxo’jaev , Odinaxon Ismanova

Ushbu ishda zamonaviy fizika fani o‘qituvchilarini bilimi va mahoratiga qo‘yilgan talablar keltirilgan. Yangi ta’lim standartlari asosida malaka talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash uchun fizikaviy ta’lim yo‘nalishida an’anaviy ta’limdan voz kechib yangi ta’lim texnologiyalari asosida mashg‘ulotlarni tashkil qilish, auditoriya va mustaqil ta’lim  shakllarini izchilligini ta’minlashda muammolar va uni bartaraf etish usullari yoritilgan

65-69 38 14

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ALGEBRA FANINI O‘QITISHDA MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISHGA ZAMONAVIY YUNDASHULAR.

Хилола Нажмиддинова

Zamonaviy ta'lim muassasalari talabalarni 21-asr muammolariga tayyorlash uchun ta'limga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga intilmoqda. Algebra matematik tahlilning asosi sifatida mantiqiy fikrlash, analitik ko'nikmalar va murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. O‘quvchilarning algebra asosida mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish raqamli texnologiyalar, modulli o‘qitish va interfaol yondashuvlar kabi zamonaviy o‘qitish usullarini samarali integratsiyalash imkonini beradi. Ushbu maqola algebraning o'quv jarayonining asosi sifatidagi rolini o'rganadi va talabalarning mustaqil bilim olishiga yordam beradigan zamonaviy usullarni muhokama qiladi.

60-64 71 23

O‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari (Prezident maktablari tajribasi asosida)

Xilola Najmiddinova , Madina Xasanova

Tez texnologik taraqqiyot va murakkab global muammolar davrida o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’limning asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu ko'nikmalar talabalarga muammolarni samarali tahlil qilish, baholash va hal qilish imkonini beradi, ularni oliy ta'lim va ish joyida muvaffaqiyatga tayyorlaydi. Ushbu maqolada Prezident maktablari tomonidan ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘llaniladigan yondashuv va texnologiyalar ko‘rib chiqilib, kengroq ta’lim tizimlari uchun qimmatli tushunchalar berilgan.

54-59 417 18

ROL INFORMATSIONNYX TEXNOLOGIY V RAZVITII SOVREMENOY LINGVISTIKI

Сатыбалдиева Ч.Г Сатыбалдиева Ч.Г, Астанова М.К Астанова М.К

Ushbu ilmiy maqolaning asosiy maqsadi lingvistik tadqiqotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning turli jihatlarini ko‘rib chiqish va ularning tilshunoslik fanini rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatishdan iborat.

50-53 27 20

Talabalarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash metodikasini takomillashtirish

Xilola Najmiddinova , Fahriddin Usmonjonov

Globallashuv PISA (Programme for International Student Assessment), TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) va PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) kabi xalqaro baholash dasturlarining ahamiyatini oshirdi. Ushbu baholashlar talabalarning turli fanlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarini baholaydi, shu bilan birga ularning ushbu bilimlarni real dunyo kontekstlarida qo'llash qobiliyatini ta'kidlaydi. Talabalarni ushbu dasturlarda ustunlikka tayyorlash uchun innovatsion o'qitish amaliyotlari, faol o'qitish strategiyalari va xalqaro standartlarga moslashuvni o'zida mujassam etgan moslashuvchan metodologiya talab etiladi. Ushbu maqola talabalarni xalqaro baholashga tayyorlashning samarali usullarini o'rganadi, o'quv dasturlarini muvofiqlashtirish, o'qituvchilarni tayyorlash va talabalarning faolligini ta'kidlaydi, tegishli adabiyotlarga havolalar bilan qo'llab-quvvatlanadi.

46-49 38 13

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI TAKOMILLASHTIRISH

S.X.Abdullaev S.X.Abdullaev , S.J.Jaloliddinova S.J.Jaloliddinova

Maqolada oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga tayyorlashning natijasi sifatida ularda shakllanadigan kasbiy kompetentlik mazmuni, uning tuzilmasi hamda o‘quv fanlarini o‘rganishdagi imkoniyatlari keltirilgan.

42-45 52 20

TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA SMART USULIDAN FOYDALANISH METODIKASI

S.X.Abdullaev S.X.Abdullaev , S.T.Abdumannonov S.T.Abdumannonov

Ushbu maqolada axborotlashtirish muxitida ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida SMART usulidan foydalanish metodikasi keltirilgan.

39-41 64 11

TEXNOLOGIK TA’LIMDA KOMPETENSIYA DARAJALARINI BAHOLAShDA INNOVATSION YONDAShUV

A.Matkarimov A.Matkarimov , D.Inomjonova D.Inomjonova

Ushbu maqolada texnologik ta’limda kompetensiya darajalarini baholashda innovatsion yondoshuvga bag‘ishlangan. Maqolada mamlaktimizda texnologik ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashning o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan

30-33 63 13

FIZIKADAN TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH

Baxrom Abdulazizov , Ibroximjon Zaxidov

Mazkur maqolada mustaqil taʼlim va uni tashkil etishdan maqsad, vazifalar,  mustaqil taʼlim shakllari, talablar bajarilishi lozim boʻlgan ishlar fizika oʻqitish metodikasi fani misolida koʻrsatib berigan. Uni samarador boʻlishi uchun mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishga yо‘naltirilgan tavsiyalar yoritilgan

27-29 22 9

O’QUVCHILАRDА IJODKORLIK KO’NIKMАLАRINI RIVOJLАNTIRISH OMILLАRI

Ismoiljon Karimov

Maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan texnologiya fani darslarida o’quvchilarda ijodkorlik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan  ayrim yangi omillar haqida so’z yuritilgan

39 0

ANIQ FANLAR O‘QITUVCHILARINING ERGONOMIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MUHITINI TASHKIL ETISH TIZIMI VA TEXNOLOGIYASI

Abdullaev S.X. Abdullaev S.X.

O‘qituvchilarning ergonomik madaniyatini rivojlantirish muhitini tashkil etishning va hozirgi zamon maktab o‘qituvchisining ergonomik madaniyatini rivojlantirishda ergonomik bilim, ko‘nikma va malakalarning dolzabligi asoslangan. Qulay muhitni yaratish shartlarini umumlashtirib, ularni jadvalda taqdim etilgan. O‘qituvchilarning ergonomik madaniyatini rivojlantirish jarayoni mazmuni va amalga oshirish texnologik tizimini, ergonomik madaniyatini rivojlantirish modelini uning tarkibiga kiruvchi komponentlarni inobatga olib taqdim etilgan.

9-17 42 0

TA’LIMDA YANGI QADAM: ILM FAN VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI

M.R.Qodirxonov M.R.Qodirxonov , A.Matkarimov A.Matkarimov

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida ilm, fan va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash masalasi yoritiladi. Zamonaviy ta’limda ilmiy asoslangan yondashuvlar va amaliyotga yaqinlashish talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Axborot texnologiyalari (AT) yordamida nazariya va amaliyot integratsiyasiga erishish, innovatsion texnologiyalarni ta’limga joriy qilish, sun’iy intellekt va modellashtirish vositalaridan foydalanish bugungi kun talablariga javob beruvchi yangi qadam sifatida ko‘rib chiqiladi. Mazkur maqola ta’lim jarayonini rivojlantirishda ilm, fan va amaliyot uyg‘unligining ahamiyatini va uni qo‘llash mexanizmlarini tahlil qiladi.

657-660 191 31

TEXNOLOGIYA FANIDAN SINFDAN TASHQARI MUSTAQIL ISHLARNING MAQSADI VA VAZIFALARI.

Sh.Tursunova Sh.Tursunova, Mexrigul Aliyeva

Texnologiya bo`yicha sinfdan tashqari ishlar texnik mehnat darslarining davomi qo`shimchasidir. O`quv mashg`ulotlari bilimlarga qiziqishini o`zstiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo`llash hamda chuqurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ishdarsda berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o`zining o`yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish o`quvchilarga ishning o`zlariga ko`proq yoqqan, o`zlarini ko`proq qiziqtirgan to`rini tanlashlari uchun imkon yaratadi

650-656 114 25

INTEGRALLARNI FIZIKA MASALALARINI YECHISHDAGI O'RNI

G.X.Erkinjanova G.X.Erkinjanova

Ushbu maqolada integrallarni fizik masalalarda qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Integrallar yordamida fizik jarayonlarni modellashtirish va murakkab muammolarni yechish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada integrallarni mexanikadan elektrotexnikaga, aerodinamika va gidrodinamika kabi sohalarda qo‘llashning muhimligini ta’kidlab, zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida hisoblash jarayonlarining samaradorligi oshirilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, integral usullarining ta’limdagi ahamiyati, ilmiy tadqiqotlar va yangi texnologiyalar rivojidagi roli ham muhokama qilinadi. Integrallarni fizikada qo‘llashning istiqbolli yo‘nalishlari va yangi ilmiy kashfiyotlarga yo‘l ochishi mumkinligi haqida xulosalar berilgan

646-649 38 7

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH TENDENSIYALARI

Shohsanam Maxsudova

Ushbu maqolada oliy taʼlim muassasalarida aniq fanlarni oʼqitishda mustaqil ta’limni tashkil etish muammosining nazariy tahlili bayon qilingan. Unda ilmiy-metodik manbalarga tayanib, mavjud ilmiy adabiyotlar asosida muammo tahlil qilingan va aniq fanlarni oʼqitishda mustaqil ta’limni  rivojlantirishning bugungi kundagi holatidan kelib chiqib, zarur xulosalar chiqarilgan.

642-645 42 13

KO’P O’ZGARUVCHILI DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI, FIZIKA MASALALARINI YECHISHDA QO’LLANILISHI

Shohsanam Maxsudova

Ushbu  maqola  oliy ta`limda  matematik – fizika usullari  fanini  chuqurroq  o`zlashtirishda, uni tub  mazmunini, misollarini  ishlashda  matematik  formulalardan  foydalanish  ko`rsatilgan

636-641 204 17

Matematika va informatikaning ta’limda qo‘llanilishi: Zamonaviy o‘qitish metodlari.

Asadillo Jo‘raxonov , Nargiza Turdaliyeva

Matematika va informatika fanlari zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning analitik fikrlash, muammolarni hal qilish va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu maqolada matematika va informatikaning ta’limda qo‘llanilishi va zamonaviy o‘qitish metodlari, jumladan, interaktiv o‘qitish, onlayn vositalardan foydalanish, proyektga asoslangan o‘qitish, gamifikatsiya va blended learning kabi usullar tavsiflanadi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va bilimlarni amaliyotda qo‘llashga yordam beradi

633-635 115 31

TEXNOLOGIYA FANINI STEAM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O'QITISH USULLARI

R.Xomidova R.Xomidova

Ushbu maqolada STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) texnologiyalarini umumta’lim maktablari texnologiya fani mashg’ulotlarida joriy etishning samarali usullari ko'rib chiqiladi. Unda STEAMni maktabdagi fanlar integratsiyalashning afzalliklari muhokama qilinadi, texnologiyani amalga oshirish strategiyalari taklif etiladi, shuningdek muvaffaqiyatli amalga oshirish natijalari taqdim etiladi va texnologiya fani mashg’ulotlarida STEAM texnologiyasini joriy etish bo`yicha ma`lumotlar beriladi.

628-632 47 7

TA`LIM TIZIMIDA INNOVASIYALARDAN FOYDALANISH.

Shavkatbek Xudayqulov , Shaxnoza Mirzajonova , Durdona Olimova

Davlatimiz rahbari innovatsiyaning ahamiyati tog‘risida quyidagilarni ta’kidladi: «Innovatsiya bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak».

623-627 27 9

MАKTАBLАRDА “STEАM” TIZIMINI JORIY ETISH

Baxtiyor Razzoqov

Ushbu mаqolаdа hozirgi kundа mаmlаkаtimizdа yoshlаrning tа’lim-


tаrbiyа olishlаri vа bаrkаmol inson bo‘lib yetishishlаri uchun yаrаtilаyotgаn


shаroitlаr, tа’limni isloh qilish tizimi, STEАM tа’lim tizimi orqаli bolаdа kreаtivlik,qund qiziquvchаnlik vа hozirgi kundа eng muhim bo‘lgаn xususiyаt-muаmmoni hаl qilish qobiliyаti hаqidаgi mа’lumotlаr bаyon etilgаn.

618-622 52

"Texnologiya va dizayn fanida xona interyeri hamda jihozlash dizayni"

Farhod Tursunov , Nozigul Turgʻunboyeva , Gulchiroy Vohidova

Bu maqola xona interyerining dizayni va jihozlashi haqida yaxshi maslahatlar beradi. Uni oʻqish orqali, uyining tuzilishi va dizaynining yaxshi qilish boʻyicha koʻmak olishi mumkin. Ushbu maqolada biz xonaning ichki qismi va mebel dizayni tamoyillarini ko'rib chiqamiz, sizning makoningizni uslub va qulaylik boshpanasiga aylantirishga yordam beradigan amaliy maslahatlar beramiz.Bu mavzu kuchli koʻnikmalarga ega va qiziqarli tavsiyalar beradi.

615-617 81 20

Texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlari

Nilufarxon Zuxriddinova , Madinabonu Rahimjonova , Sanobarxon To'ychiyeva

Ushbu maqola texnik ijodkorlikni rivojlantirish metodlarini o'rganishga bag'ishlangan. Texnik ijodkorlik zamonaviy jamiyatning innovatsion salohiyatini oshirishda katta ahamiyatga ega. Maqolada texnik ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi asosiy metodlar, ularning ahamiyati, shuningdek, amaliy qo'llanish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, o'quvchilar texnik ijodkorlikni shakllantirishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan trening va mashg'ulotlar haqida ma'lumot olishadi

611-614 46 6

Tаlаbаlаrda dars jarayonida lоyihаlаsh kо’nikmalarini rivоjlаntirishning tехnоlоgik vа реdаgоgik fаnlаr intеgrаtsiyаsi bоsqichlаri vа mоdеli

Solijon Ubaydullayev , Umidaxon Odilova , Sanobarxon To‘ychiyeva

maqolada  xozirgi  kunning mazmuni va muammolari mohiyati,shunungdek ,bo’lajak texnologik ta’lim yo’nalishi o’qituvchilarida ijodkorlik,modellashtirish,modellashtirish ko’nikmalari rivojlantirishda fanlararo integrasiya muhim o’rin egallashi xaqida so’z boradi

606-610 55 18

Oʻquvchilarning texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda texnologik ta’lim darslarini o’rni

Nilufar Zuhriddinova , Xosiyatxon Mamatqulova , Moxizarbonu Maxamatova

Ushbu tezisda ijodkorlik, qobiliyat, texnik ijodkorlik,  o`quvchilarning texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish, q‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkil qilishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifa haqida so`z yuritiladi.

603-605 94 17

Ta’limda individual yondashuv: Talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish.

Go’zaloy Mamatova , Hasanboy Ismoilov , Xojiakbar Raxmonaliyev

Ushbu ilmiy maqolada ta'limda individual yondashuvning ahamiyati va uning talabalar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqolada ta'lim jarayonida har bir talabaning shaxsiy ehtiyojlari, qobiliyatlari va o‘rganish usullariga moslashtirilgan individual yondashuvning qanday qilib kasbiy tayyorgarlikni yaxshilashga yordam berishi ko‘rsatiladi

599-602 140 12

Mustaqil ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish

Go’zaloy Mamatova , Hasanboy Ismoilov

Ushbu maqola mustaqil ta'limda sun'iy intellektdan (SI) foydalanishning imkoniyatlari va muammolarini tahlil qiladi. Maqolada, SI texnologiyalarining o‘quvchilarga o‘z-o‘zini boshqarish, shaxsiylashtirilgan ta'lim, va materiallarni tezkor o‘zlashtirish imkoniyatlarini qanday taqdim etishi muhokama qilinadi.

597-598 87 9

Texnologik ta’lim konsepsiyasining asosiy maqsadi va rivojlanishining ustuvor yо‘nalishlari

Solijon Ubaydullayev , Alimardon Xakimov , Abduxalil Azimov

Maqola  maktablar,  hamda  texnologik  jarayon  davomida  bajariladigan  operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatda  qo‘llash,  kasb-hunar  tanlash,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida  ijtimoiy munosabatlarga  kirisha  olish,  mehnat  bozorida  zarur  bo‘ladigan  kompetensiyalarini shakllantirish haqida fikr yuritilgan

592-596 30 7

Kаmрitetsаviy yоndаshuv yоrdаmidа fizikа fаnining оʻqitish vа uning оʻquvсhlаrning аmаliy kоʻnikmаlаrni rivоjlаntirish metоdikаsi tаkоmilаshtrish

Go’zaloy Mamatova , Hasanboy Ismoilov , Xojiakbar Raxmonaliyev

Mаqоlаdа Оliy texnikа tа’lim muаssаsаlаri bаkаlаvr bоsqiсhidа fizikа fаnini о’qitish jаrаyоnidа tа’lim рrinsiрlаridаn fоydаlаnish mаsаlаlаri muhоkаmа etilgаn. Tа’lim рrinsiрlаridаn fоydаlаnish tаlаbаlаrning fizikа fаni bо’yiсhа оlаdigаn bilimlаrining mukаmmаl bо’lishi, оlgаn nаzаriy bilimlаrini аmаldа qо’llаy bilish kо’nikmаlаrigа egа bо’lishi, аmаliy fаоliyаtidа uсhrаshi mumkin bо’lgаn muаmmоlаrni mustаqil hаl qilish qоbiliyаtigа egа bо’lish imkоnini berаdi.

584-591 167 23

BURCHAKLI MURAKKAB BIR TIRNOQLI BIRIKMALARNI TAYYORRLASH TEXNOLOGIYASI

Farxod Tursunov , Gulchiroy Voxidova , Nozigul Turg’unboyeva

Maqolada  Yog‘och buyumlarni yasashda asosan tirnoqli biriktirishdan foydalaniladi. U ikki elsment: tirnoq va go‘sha (quloqlar)dan iborat bo‘ladi. Tirnoqlar yaxlit va turumli xillarga bo‘linadi. Odatda yaxlit tirnoqlar yassi, turumli tirnoqlar esa yassi va dumaloq bo‘ladi. Mustahkamligi jihatidan yaxlit va turumli tirnoqli birikmalar bir xildir. Tirnoqlarning ochiq va yopiq xillari mavjud bo‘lib, ochiq tirnoq quloqlar yoki go‘sha bilan birikkanida birikuvchi detalning narigi tomoniga o‘tishi  haqida uslubiy tahlil qilingan

578-583 60 9

TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHDA TALABALARNING TEXNOLOGIK BILIM VA IJODKORLIK QO’BILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Shaxnoza Jaloldinova , Abdumalik Sharipov

Ijodkor, mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash vazifalari avvalo umumiy o’rta ta‘lim tizimida amalga oshiriladi. Biroq, ta‘lim va tarbiya amaliyotida o’quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish ta‘limiy texnologiyalarning tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilmasdan, bu borada funksional yondoshuv ustunlik qilmoqda. Ba‘zi pedagoglar o’quv-ijodiy faoliyatga nisbatan ijobiy motivlarga e‘tiborni qaratsa, boshqalari intellektual sifatlarni, o’quvchining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkillashtirishga asosiy e‘tiborni qaratmoqdalar. Uzluksiz ta‘lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor shaxsni tarbiyalash, o’quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta‘lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o’zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo’naltirilganligi haqida maqolada  uslubiy tahlil qilingan.

573-577 25 11

Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalada tovushlar talaffuzida uchraydigan kamchiliklarni korreksiyalash texnologiyasi

Dilnoza Mamasharipova , M.Nizamova M.Nizamova

Maqolada rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni erta aniqlash ularga tashxis qo'yish, va nuqsonni erta bartaraf etish, bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida nutqini rivojlantirishning umumiy va maxsus didaktik tamoyillarini, shakli, mazmuni, metodlari haqida so'z boradi

569-572 35 13

DSSC QUYOSH ELEMENTLARINING ISHLASH PRINSPI

Arslonbek Naimjonov , Abdulaziz Abdukarimov , Afzalbek Namozaliyev

Quyosh energiyasidan samarali foydalanish uchun dye-sensitized solar cells (DSSC) texnologiyasi zamonaviy va istiqbolli yechimlardan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda DSSC quyosh panellarining ishlash prinsipi, asosiy komponentlari (fotosensibilizator, elektrolit, va elektrod materiallari) va ularning o‘zaro ta'sir mexanizmi batafsil yoritib berilgan. Shuningdek, DSSC texnologiyasining energiya konversiyasi samaradorligini oshirish imkoniyatlari va uning afzalliklari, jumladan, arzonligi, moslashuvchanligi va atrof-muhitga zarar yetkazmasligi muhokama qilingan. Mazkur tadqiqot DSSC texnologiyasining kelajakdagi rivojlanishi va amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni ochib beradi.

564-568 50 10

FOTOVOLTAIK ELEMENTLARNING AVLODLARI

Arslonbek Naimjonov , Abdulaziz Abdukarimov , Afzalbek Namozaliyev

Ushbu ishning maqsadi fotovoltaik elementlarning turli avlodlarini va ularning rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish orqali quyosh elementlari haqidagi tushunchalarni boyitishdir. Ushbu ishda shuningdek turli quyosh elementlarining afzalliklari va kamchiliklari ham keltirilgan.

560-563 27 20

ONLINE TEACHING: CHALLENGES AND CHANCES

Durdona Khamidova

Teaching English online has become an increasingly popular option for both teachers and students around the world. The convenience and flexibility of online teaching allow teachers to work from anywhere, and students to learn at their own pace and on their own schedule. In addition to the benefits of online teaching, there are also unique challenges that arise, particularly when teaching English in Asian countries

555-559 88 16

MATEMATIK ANALIZNING AKADEMIK LITSEY VA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O‘QITILADIGAN MATEMATIKA KURSI BILAN ALOQADORLIGI.

Mohiniso Kamolxo’jayeva

Ushbu maqolada matematik analiz fanining predmeti, matematik analiz fanining akademik litsey va maktablarda o'qitiladigan matematika kursi bilan aloqadorligi, hosila, integral, differensial funksiya tushunchalarining kelib chiqishi qisqa bayon etilgan.

551-554 77 46

Boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda sun’iy intellekt elementlaridan foydalanishdagi mavjud ilovalar tahlili

Ravshanbek Xo‘jamqulov , Mohinabonu Ibrohimjonova , M.Eshnazarova M.Eshnazarova

Ushbu maqola boshlang‘ch sinflarda matematika fanini o‘qitishda sun‘iy intellekt texnologiyalarining o‘rni va afzalliklarini tahlil qiladi. Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan dasturlar, virtual o‘qituvchilar va matematika o‘yinlari o‘quvchilarning o‘quv jarayonlarini qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi.

547-550 44 13

ALGEBRANING “AKSLANTIRISHLAR” MAVZUSINI O’QITISHDAGI INNOVATSION G’OYALAR

Ruhshona Jo'raboyeva , Shohsanam Maxsudova

Ushbu  maqola  algebraning   “Akslantirishlar”   mavzusini   o'qitishdagi   innovatsion  g'oyalarni tatqiq etishda   yaqindan   yordam   beradi.   Ushbu   mavzu   o'quvchilarga  matematik  modellashtirish   va  analitik   geometriya  kabi   fanlarni   o'zlashtirishda muhim   asos   yaratadi.   Akslantirish   bilan   bog’liq   ko’plab   masalalar   real  hayotdagi  geometrik,  tehnalogik  va   ilmiy   muammolarni   yechishda   qo’llaniladi.   Masalan, kompyuter    grafikasi,   arxitektura,   fizikada   va  boshqa   sohalarda.   Mavzuni innovatsion   g’oyalar orqali   o’tish   o'quvchilarni  darsga   jalb   qilishga  va   qiziqtirishga imkon   yaratadi.   Matematik   ta’limda   akslantirishlarni        o’rganish   o’ quvchilarni nafaqat   geometrik   shakllarni   tushunish ,   balki   ularni   turli   transformatsiyalar   orqali   yangi   holatlarni    tassavur  qilish  uchun yordam beradi .   Shu  bilan  birga   akslantirish mavzusini   o’rgatishda   zamonaviy  pedagogik   metodlardan   foydalanib   darsni  yanada   intelektini   oshirish   mumkin

542-546 79 18

O’ZBEK MILLIY XALQ HUNARMANDCHILIGI SAN’ATI DARSLARINI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Shahzoda Tursunova , Madinabonu Rustamova

Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalari uchun o’zbek milliy xalq hunarmandchiligi san’ati va tarixini o’rganish, turlari haqida tushunchaga ega bo’lish milliy xalq hunarmandchilik sohalariga yanada yangiliklar kiritib,dunyoga tanitish shu bilan birga avloddan avlodga yetkazib berish muhim vazifamizdir.

538-541 209 17

BOSHLANG`ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSINI OLIB BORILISHI.

Sh.Tursunova Sh.Tursunova, Ruxshona Quchqorboyeva

Boshlang`ich sinflarda texnologiyaga tayyorlash dasturi  bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga  va tarbiyalashga qaratilgan

535-537 93 11

TEXNOLOGIYA DARSLARI ORQALI O`QUVCHILARDA TEXNIK FIKRLASH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Sh.B.Tursunova Sh.B.Tursunova, Gulnoza Abdurazzaqova

O`quvchilarni xalq xo`jaligida ishlashga tayyorlash, ularda mehnatga muxabbat va yaratuvchilik faoliyati darajasida o`z bilim va malakalarini ijodiy qo`llash ko`nikmalarini shakillantirish - umumta`lim maktablarining asosiy vazifalaridan biridir. Bu fazifani hal qilishda o`quvchilarni texnik fikrlashini rivojlantirish masalasi yoritilgan

531-534 66 12

BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINI MAXSUS KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION TALIM TEXNOLOGIYALARI

Sh.B.Tursunova Sh.B.Tursunova, Iroda G’aniyeva

Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini maxsus kompetentligini rivojlantirishning nazariy va amaliy g‘oyalaridan kelib chiqib maxsus kompetentlikni rivojlantirishning innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan bir qatorda, oliy ta’lim tizimidagi interfaoli o‘qitish jarayoni va interfaol ta’lim vositalaridan salmoqli foydalanish imkoniyatlari

528-530 28 9

Matematika oʻqituvchisining pedagogik mahorati va kasbiy sifatlari

Gulnora Saydullayeva

Ushbu maqolada matematika oʻqituvchisining pedagogik mahorati va kasbiy sifatlari tahlil qilinadi. Oʻqituvchining samarali pedagogik faoliyatini amalga oshirishda uning ilmiy bilimlari, oʻqitish usullari, kommuni-katsiya koʻnikmalari va innovatsion yondashuvlari muhim ahamiyatga ega. Maqola oʻqituvchining pedagogik mahoratining oʼquvchilarning ta'lim dara-jasiga ta'sirini va kasbiy sifatlarning roli, shuningdek, oʼqituvchining doimiy oʻzini-oʻzi rivojlantirish jarayoniga e'tibor qaratadi. Maqola, shuningdek, ma-tematika oʻqituvchisining oʻquvchilarga yuqori natijalarga erishishda qoʻlla-nilishi kerak boʻlgan yondashuvlarni koʻrib chiqadi

525-527 38 14

BUGUNGI KUN PEDAGOGLARIGA QO'YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR

Fotimaxon Tursunpo'latova , Shohsanam Maxsudova

Ushbu maqolada bugungi kun pedagoglariga qo'yiladigan zamonaviy talablar haqida  fikr-mulohazalar yuritilgan

520-524 45 7

INTERAKTIV DARSLAR ORQALI BO’LAJAK MATEMATIKA O’QITUVCHILARINING TADQIQOTCHILIK KO’NIKMALARINI OSHIRISH

Dildora Abdurahmonova , Shohsanam Maxsudova

Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilar uchun taqdiqotchilik ko'nikmalarini rivojlantirishda interaktiv darslarning o'rganilishiga yondashuv masalalari tahlil qilingan

521-524 27 10

IJTIMOIY GUMANITAR YO'NALISH PEDAGOGLARINING KREATIV KOMPONENTLARINI TAKOMILLASHTRISH

Iroda Mansurova

Ushbu maqolada globallshuv sharoitida pedagog shaxsiga qo’yilgan talablardan eng muhimlaridan biri hisoblanmish, O’qituvchilarning xususan, ijtimoiy guanitar yo’nalish o’qituvchilarining kreativ qobilyatlari hamda ushbu qobilyatlarni shakllantirish usul va afzalliklari haqida fikr mulohaza hamda pedagoglarda krativlikni shakllantirish xususida takliflar berilgan

509-513 179 27

Diofant tenglamalar. Chiziqli Diofant tenglamalarni Evklid algoritmi yordamida yechish metodlari.

Shayxislom G`ayniddinov, Ravshanbek Xo‘jamqulov, Shahloxon Abdullayeva

Ushbu maqola Diofant tenglamalar haqida bo‘lib, unda chiziqli Diofant tenglamalarini Evklid algoritmi yordamida yechish metodlari o‘rganiladi. Diofant tenglamalar – faqat butun sonli yechimlarga ega bo‘lgan tenglamalar bo‘lib, ularning o‘rganilishi qadimgi yunon matematigi Diofantusga borib taqaladi

505-508 60 9

MUSTAQIL TA’LIM O’QUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA

Munojatxon Asranbayeva

Ushbu maqolada talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish, mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirishiga yo’naltirilgan tizimli o’quv-izlanishli faoliyat haqida fikr yuritilgan. Maqola talabalar, pedagoglar, psixologlar va mustaqil ta’lim muammosi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan

502-504 169 5

ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA «TEXNOLOGIYA» FANINI O‘QITISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI

Tursunova Sh.B Tursunova Sh.B , Orzigul O‘sarova

Zamonaviy texnologiyalar orqali ba’zi o‘qituvchilarga o‘zlarini sinab ko‘rilgan va ishonchli ta’lim amaliyotlariga yangi raqamlashtirilgan ta’lim resurslari orqali yangiliklarni joriy etishga qanday yordam berayotganiga oydinlik kiritish uchun quyidagi zamonaviy o‘qitish usullari xaqida fikr yuritiladi.

499-501 24 9

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANLARIDA MUSTAQIL TA'LIMNI BAHOLASHNING XALQARO USULLARI VA ULARNI JORIY ETISHDAGI ISTIQBOLLARI

Sulaymanov O. Yu Sulaymanov O. Yu

Axborot texnologiyalari (AT) zamonaviy jamiyatning har bir jabhasiga chuqur kirib bormoqda. Ta'lim tizimida axborot texnologiyalarining o‘rni ham beqiyos darajada oshmoqda. Ayniqsa, mustaqil ta'limni tashkil etishda AT'ning roli alohida ahamiyatga ega. Mustaqil ta'limni sifatli baholash va nazorat qilish uchun xalqaro usullarni o‘rganish va ularni joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir.

496-498 30 4

Maktab o‘quvchilarida mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish va energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar

Turg‘unpo‘lat Ismanov

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarida mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘quvchilarning mustaqil ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda izlanish va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, qayta tiklanmaydigan energiya resurslarni tejashga asoslangan ta’lim tizimini qo‘llashning amaliy jihatlari bayon qilinadi.

492-495 33 6

TA’LIM SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYARDAN FOYDALANISHNING O’RNI VA AHAMIYATI

Qurbanov B. B Qurbanov B. B

Bugungi kunning globallashayotgan dunyosida ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi zamonaviy jamiyatning muhim talablaridan biridir. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari (AKT) va boshqa innovatsion yondashuvlar yordamida ta’lim jarayonini yanada qiziqarli, samarali va qulay qilish mumkin.

489-491 24 4

1-SINFLARDA XORIJIY TILLARNI O’QITISHDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARGA SAMARALI YECHIMLAR.

Oynisa Omonboyeva

Ushbu maqolada 7 va 8 yoshdagi bollarga xorijiy til (ingliz tilini) o’rgatish mobaynida yuzga keladigan muammolar, ularni til o’rganishga qiziqtirish. 16 va 17 yoshdagi o’quvchilar bilan 7 va 8 yosh òrtasidagi o’quvchilarning til o’rganishga bo’lgan layoqatlari qandayligi aniqlangan. Tadqiqot metodi ushbu yoshdagi òquvchilarning  òzlashtirishlari kuzatishlar orqali aniqlangan. Shu bilan bir qatorda xorijiy til òqitishda yo’l qo’yadigan  xatolar va bularga samarali metodika va  qiziqarli o’yinlar orqali  yechimlar keltirib o’tilgan. Tadqiqot natijalari darsda òquvchilarni zeriktimasdan , qiziqarli tarzda til òrgatish mumkinligi kuzatilgan. Xulosa qilib aytganda , til òrgatish murakkab jarayon, lekin turli xildagi metodlar orqali samarali òrgatish mumkinligi bayon etilgan.

486-488 27 10

Bo’lajak o’qituvchilarda ijodiy kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga oid innovatsion yondashuv

Dilafro‘z Qayumova

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishda neogen savollardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan va tahlil qilingan

482-485 77 14

TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI MASHG’ULOTLARNI GRAFIK ORGANAYZER TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TASHKIL ETISH.

Mexrigul Aliyeva

Maqolada texnologik ta’lim mashg’ulotlarida pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda interaktiv usullarning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Maqolada fanlarni o’zlashtirish, bilim, ko’nikma va malakalarni shakillantirish hamda o’tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifalarini bajarishda grafikli organayzer texnologiyasi foydalanish yo’nalishlari tavsiya etilgan

478-481 185 16

Texnologiya fanini o’qitishda didaktik o’yinlarning ahamiyati

Maqsadjon Ibroximov , Gulsanam Ergashaliyeva

Texnologiya fanini o‘qitish orqali o‘quvchi yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim tizimining ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun, ta’lim tizimining moddiy-texnik ba’zasini boyitish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashni davrning o‘zi taqazo etmoqda. Zamon talabiga mos yetuk kadrlarni tarbiyalash zarurati maktab ta’lim mavqeini ham o‘zgartirdi. Shunday ekan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda maktab ta’limida darslarda didaktik o’yinlardan foydalanishning o‘rni kattadir. Tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanish ta’lim jarayonida o’quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun didaktik o‘yinlar boshlang'ich o‘quvchilarning mavzuni tushunib etishlarida juda ham muhimdir

475-477 63 7

OPTIKA BO‘LIMINING MA’RUZA MASHG‘ULOTLARIDA AMALIY KOMPYUTER DASTURLARINING IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Maqsudali Qurbonov

Ushbu tezisda optika bo‘limini o‘qitishda kompyuter dasturlarining amaliy imkoniyatlari va ularning ma’ruza mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Zamonaviy dasturlar yordamida optik hodisalarni vizualizatsiya qilish, modellashtirish va interaktiv tarzda o‘rganish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Tezis optika bo‘yicha bilimlarni yanada samarali o‘zlashtirishga yordam beruvchi GeoGebra, Optical Ray Tracer va PhET kabi dasturlarni o‘quv jarayonida qo‘llashning afzalliklarini yoritadi. Shu bilan birga, bu texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi pedagogik ahamiyati va talabalar ijodkorligini rivojlantirishdagi roli muhokama qilingan.

455-474 371 32

MAKTABGACHA, UMUMIY О‘RTA, PROFESSIONAL VA OLIY TA’LIM TIZIMLARIDA TEXNOLIGIK TA’LIMNING UZVIYLIGINI TA’MINLASH KONSEPSIYASI MAZMUNI

Ibrohim Uluhanov , Solijon Ubaydullayev

Mamlakatimizda mavjud  taʻlim  muassasalarida  zamonaviy  texnologiya  fani yoʻnalishida oʻqituvchi pedagog-kadrlarni tayyorlash sifati bugungi kun talablariga mos kelmasligi  texnologiya  fanini  oʻqitishni  tubdan  qayta  koʻrib  chiqish  va  zamon  talabiga  mos ravishda yangilashni taqazo etmoqda. Maqolada maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy taʼlim  tizimlarida texnologik taʼlimni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini, Konsepsiyada belgilangan talablar asosida tayyorlash va samarali natijalar haqida so’z yuritiladi

452-454 49 15

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILAR IJODKORLIK FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

Maqsadjon Ibroximov

Mazkur maqolada o‘quvchi bolalarning ijodkorlik qobiliyatini shakillantirishda mustaqil fikrlashning nazariy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Shuningdek, ijodkorlik qobiliyatini shakillantirishda pedagok hodimning vazifalari ham bayon etilgan

449-451 63 14

“Raqamli Avlod Tarbiyasida Sun’iy Intellektning O‘rni”

Begzodjon Mamatov , Nargiza Turdaliyeva

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va raqamli avlodni tarbiyalashda yuzaga keladigan muammolar yoritilgan. Sun’iy intellektning afzalliklari va salbiy tomonlari, ayniqsa, uning ta’limda shaxsiylashtirish, o‘qituvchilar ishini yengillashtirish, va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilingan. Shuningdek, maqolada texnologik tengsizlik, axborot xavfsizligi va sun’iy intellektning ma’lumotlarga bo‘lgan ta’siri ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada kelajakda sun’iy intellektdan oqilona foydalanish va uning xavflarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

445-448 45 15

MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH ORQALI BO’LAJAK FIZIKA FANI O’QITUVCHILARINI KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Nozimaxon Po’latova

Ushbu  ishda oliy ta’lim talabalari  uchun fizikadan mustaqil ish turlari, bajarish usuli haqida so'z boradi.Talabalarga mustaqil o'quv va bilim faoliyatini amalga oshirish davomida ularning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishi yoritib berilgan

441-444 24 15

Индивидуальная работа со слабоуспевающими обучающимися по техническим дисциплинам.

М.А.Иброхимов М.А.Иброхимов

Одной из основных проблем, с которыми сталкиваются учителя в этой статье, является индивидуальная работа со студентами, которые плохо обучены техническим предметам. Одним из аспектов преподавания в университете является внеклассная деятельность со студентами. Концепция внеклассной деятельности может быть очень широкой и может включать в себя исследования, методическую работу, воспитательную работу и индивидуальную работу со студентами.повысить интерес к изучению учебных предметов и повысить успеваемость.

437-440 74 24

O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Maqsadjon Ibroximov

Ushbu maqolada o‘quvchilarda tayanch va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarning o‘rni, qo‘llanilish ahamiyati, tanishuv texnologiyasi natijasida o‘quvchilarning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, muloqot yuritishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam berishi, hamda matnni tahlil qila olish va muomala qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish to‘g‘risida fikr yuritilgan

432-436 84 10

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH ORQALI O‘QUVCHILARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH

Maqsadjon Ibroximov

ushbu maqolada texnologiya darslarida innovatsion usullardan foydalangan holda o’quvchilarni  ijtimoiy hayotga tayyorlash imkoniyatlari ko'rib chiqiladi

428-431 117 17

Taqqoslamalar va qoldiqli bo‘lish bilan bo‘g‘liq muammolarni hal qilishda Xitoy Qoldiqlar Teoremasi.

Shayxislom G`ayniddinov, Ravshanbek Xo‘jamqulov , Mohinabonu Ibrohimjonova

Ushbu maqolada modulyar arifmetika tushunchasi va uning asosiy elementlari bo‘lgan qoldiqli bo‘lish va Xitoy Qoldiqlar Teoremasi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Modulyar arifmetika, ya’ni qoldiqli bo‘lish tushunchasi sonlar nazariyasida keng qo‘llaniladi va asosan biror butun sonni boshqa bir butun songa bo‘lish natijasida qoladigan qoldiq bilan ishlashni nazarda tutadi. Shuningdek, Xitoy Qoldiqlar Teoremasi algoritmining qadam – baqadam yechimi ham bayon qilingan.

424-427 21 11

К АКТУАЛЬНЫМ ВОПРОСАМ ВОСПИТАНИЯ В ХОДЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА

Тохирбек Собиржонов

В данной статье освещены вопросы эффективной организации воспитательного процесса в сфере образования. Автор приводит выводы и рекомендации по исследуемой теме

420-423 53 22

"ANIQ FANLARNI O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH: MUAMMO, YECHIM VA TAKLIFLAR"

Lobarxon Raximova

Mazkur maqolada aniq fanlarni o‘qitishda mustaqil ta’limni samarali tashkil etish muammolari va ularga yechim takliflari keltirilgan. Mustaqil ta’lim o‘quvchilarga o‘z bilimlarini mustahkamlash, ilmiy fikrlashni rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Maqola aniq fanlar o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun metodik yondashuvlar, innovatsion yondashuvlar va amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

415-419 91 13

TA’LIM TASHKILOTLARIDA STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMMILASHTIRISH YO'LLARI

Muxayyo Mo'minova

Zamonaviy ta’lim tizimida rivojlangan davlatlarning tizimni rivojlantirishda tutgan o‘rni o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ta’lim tashkilotlarida strategik boshqaruv tizimi, turlari, AQSH va Yaponiya davlatlarining ta'lim tashkilotlaridagi boshqaruvi haqida bayon qilingan

408-414 163 21

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI TA’LIM TIZIMINING BOSHQARISHNI STRATEGIYALASH TIZIMI

Muxayyo Mo'minova

Ushbu maqolada ta’lim tizimi boshqaruvining ahamiyati va uning turlari haqida so’z boradi. Ayniqsa,uzluksiz ta’lim tizimida o’rta ta’lim muassasalari bo’lgan maktab boshqaruviga alohida e’tibor qaratilgan. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshqaruvi ularning xususiyatlari hamda rivojlantirish mumkin bo’lgan sohalarini mukammallashtirib strategayalash kunning dolzarb masalasi ekanligini muhokama qilingan. Maktab boshqaruvida ahamyatga ega jihatlar ta’kidlanib, maktab boshqaruviga mas’ullar va ularning shaxsiy xususiyatlaridan tortib boshqaruv strategiyalarini rivojlantirish to’g’risida to’xtalib o’tilgan.

402-407 141 14

MAKTABLARDA INKLYUZIV TA’LIMNI BOSHQARISH MASALALARI

Ruxshona Ruxshona, Muxаyyо Mо‘minоvа

maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ huquqiy xujjatlar; inkluziv ta’lim davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, inklyuziv ta’limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat’i nazar, ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumta’lim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi ta’lim tizimi ekanligi; maktabda inklyuziv ta’lim tizimini to‘g‘ri tashkil etish hamda boshqarish masalalaridagi muammolar; mavjud muammolarni bartaraf etish uchun aniq ko‘rsatmalar bayon etilgan.

397-401 24 10

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТВОРЧЕСКОЙ И СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ ПРИ ОБУЧЕНИИ ТЕХНОЛОГИИ В ШКОЛЕ

Жамилахон Мухитдинова , Нозима Араббоева

В данной статье излагаются некоторые аспекты формирования творческой и социальной активности учащихся, а также формирование у них творческих способностей, являющейся важной педагогической проблемой. Также поясняется необходимость создания педагогических условий для формирования творческой и социальной активности учащихся на уроках технологии. В частности, использование инновационных технологий, таких как «SMART- технология» также дает эффективные результаты

393-396 40 6

ФАКТОРЫ, СПОСОБСТВУЮЩИЕ ФОРМИРОВАНИЮ СОЦИАЛЬНО-ТВОРЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ

Жамилахон Мухитдинова , Ноилахон Каримова

В статье рассматривается процесс формирования социально-творческой активности школьников на уроках технологии в Узбекистане. Освещены методические принципы, направленные на активизацию учащихся через использование современных технологий, проектной деятельности и интеграции межпредметных связей. Выделены перспективы и вызовы, с которыми сталкиваются педагоги в контексте формирования социальной и творческой активности школьников

386-392 162 26

KARTALARNING KLASSIFIKATSIYASI

Nodiraxon Mamajonova , Sharifjon Nasrullayev

Maqola kartalarning turli klassifikatsiyasi haqida so‘z yuritadi va kartografiyaning muhim jihatlarini yoritadi. Kartalar, ularning masshtabi, mazmuni, maqsadi, ko‘rsatilgan obyektlar va usuliga qarab tasniflanadi. Maqolada kartalarning kattalik va kichiklik masshtabi, umumiy geografik va tematik kartalar, shuningdek, rasmiy va elektron kartalar kabi asosiy turlariga e'tibor qaratiladi. Maqola kartalarning amaliy ahamiyatini ham ta'kidlaydi, chunki ular geografik ma'lumotlarni taqdim etishda, resurslarni boshqarishda, transportni rejalashtirishda va siyosiy hududiy tahlillarda muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, raqamli kartalar va geoinformatsion tizimlar (GIT) kabi zamonaviy texnologiyalar kartografiyada qanday yangi imkoniyatlarni yaratganligi haqida ham so‘z boradi. Maqola kartografiyaning kelajagi, innovatsion yondoshuvlar va texnologiyalarning kartalar yaratish va ulardan foydalanishdagi ahamiyatini tahlil qilib, kartalarning ilmiy va amaliy qiymatini tushuntiradi

382-385 107 18

Zamonaviy teodalitlar

Nodiraxon Mamajonova , Roziyabonu Baxodirova

Maqola zamonaviy teodalitlar — bu jamiyatda kuchli ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy strukturalar orqali resurslar va yer taqsimoti boshqariladigan tizimlardir. Ular o'zining ildizlarini o'rta asrlardagi teodalizm tizimlaridan olgan bo'lib, bugungi kunda asosan katta korporatsiyalar, iqtisodiy elitalar yoki mafioz tizimlarda ko'rinadi.

378-381 39 12

THE INFLUENCE OF DIGITAL TECHNOLOGIES ON LITERARY CREATION AND PROSPECTS

Dilnoza Buribayeva , Diana Abduramanova

This thesis explores the transformative impact of digital technologies on literary creation and education. It investigates how digital tools shape modern literature and analyzes the prospects and challenges of employing pedagogical technologies in independent learning. By combining a theoretical review with a mixed-methods research approach, the study reveals the dual-edged nature of digital advancements. It emphasizes the role of educators and institutions in leveraging these tools while mitigating their shortcomings to enhance independent learning and creative expression.

375-377 58 8

ANIQ FANLARDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINING O‘RNI

O‘.E.Abdullayev O‘.E.Abdullayev , A.Matkarimov A.Matkarimov

Mazkur maqolada aniq fanlarda mustaqil ta'limni tashkil etishda muhandislik grafikasi fanining ahamiyati tahlil qilinadi. Muhandislik grafikasi talabalarning fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi muhim fanlardan biri sifatida ko‘rib chiqilib, uning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Mustaqil ta'lim jarayonida ushbu fanning interfaol metodlar va zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilishi talabalarning ijodiy va muhandislik qobiliyatlarini shakllantirishga qanday ta’sir qilishi asoslanadi

370-374 85 18

C++ muhitida Rekursiv funksiyalar haqida ma`lumotlar va dasturlarni ko`rib chiqish

Kamola Alijonova , Diloromxon Ubaydullayeva

Bu maqola, funksiyalar va rekursiv funksiyalar mavzusidagi  algoritmlar-ni yaratishning asosiy usullarini o'rgatadi. Ushbu maqola, dasturlash  sohasidagi muhim kontseptlarni tushunish uchun funksiya va rekursiv funksiyalar- ni qanday samarali qo'llab-quvvatlashni va ulardan foydalanishni ko'rsatadi. 

364-369 39 4

LOKAL TARMOQNI LOYHALASHTIRISHDA MATEMATIK DASTURLASH MASALALARINI QO‘LLASH

Nigora Usmanjanova , Asliddinxon Axmedov , Ahliddin Najmiddinov

Ushbu maqolada lokal tarmoqni sozlash, ularni dasturiy qismi matematik moduli haqida yoritib o‘tilgan. Bir to‘g‘ri chiziqda joylashgan kompyuterlarda tarmoq hosil qilish ni bir nechta qadamlarining matematik modeli yoritilgan.

357-363 38 11

ADOBE PHOTOSHOP DASTURIDA UCH O’LCHAMLI FAZODAGI AKVARIUM TASVIRINI YARATISH

Sadriddin Nastinov , Jahongirxon Muhammadiev

Ushbu maqolada Adobe Photoshop dasturi uch o‘lchamli fazodagi akvarium tasviri yortilgan. Dasturda har bir qatlamda alohida  layer qismlarga qaratilgan. Yangi 1600X1200 nuqtada yaratib olamiz. Akvarium tasviri qulay oson, Shar shaklga chizma chizib olishimiz lozim

352-356 82 16

FIZIKA FANINI O‘QITISHDA MUSTAQIL TA’LIM

S.A.Fazilova S.A.Fazilova

Davlat ta'lim standartida talabalarning mustaqil ishlariga ajratilgan o'quv soatlari ulushining yetarli darajada ortishi  mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmunini, uslublarini va didaktik qo'llab-quvvatlash vositalarini zamonaviylashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.  Ushbu talablar barcha fanlar qatori “Fizika” fanidan ham mustaqil ishlar mazmunini, uning turlarini, vazifalarga qo'yiladigan talablarni aniqlash muammolarini yuzaga keltiradi.


 

350-351 20 8

GEOMETRIYA FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI PLATFORMALARDAN FOYDALANISH

San’at Islomov

Maqolada ikkinchi tartibli chiziqlaribni raqamli simmiliyasiyalar vositasida  o’qitish bayon qilingan. Talabalarda fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishda asalalarning ahamiyati ko’rsatib berilgan

347-349 43 8

Pedagogik eksperimentlarda qo‘llaniladigan elektron dasturiy ta’minotlar tahlili

Qulmatov Z.Z Qulmatov Z.Z

Pedagogik eksperimentlarda qo‘llaniladigan elektron dasturiy ta’minotlar turli davlatlarda turli olimlar tomonidan foydalaniladi va ularning tanlovi tadqiqotning maqsadi va sohasiga bog‘liq. Maqolada ayrim davlatlardagi olimlarning, ilmiy tekshirish institutlarining va ular qo‘llagan elektron dasturiy ta’minotlar tahlil qilingan.

343-346 72 18

MUSTAQIL TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

M.A.Nishonova M.A.Nishonova

Bugungi kunda ta'lim jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish tobora ortib bormoqda. Mustaqil ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va bilim olish samaradorligini oshirishda, ularni bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot mustaqil ta'lim jarayonini raqamli texnologiyalar yordamida qo'llab-quvvatlashning afzalliklarini tahlil qiladi hamda uning samaradorligini oshirishda qaysi omillar muhim ekanini ko‘rsatadi.

339-442 53 13

SUG‘URTA SOHASINI RAQAMLASHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASINI O‘RGANISH

Farrux Saidov

O‘zbekiston sug‘urta sohasining rivojlanishi uchun raqamlashtirish jarayonining o‘rganilishi va xorijiy davlatlarda qo‘llanilayotgan texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati katta. Ushbu maqolada AQSh, Yevropa, Yaponiya va Xitoy kabi mamlakatlarning sug‘urta sohasida sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), blokcheyn kabi texnologiyalardan foydalanish tajribasi tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada xorijiy tajribalarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, raqamli sug‘urta xizmatlarini joriy etishning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati batafsil tahlil qilinadi. Ushbu maqola sug‘urta kompaniyalari uchun zamonaviy raqamli echimlarni yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

335-338 69 39

Matematika fanini o‘rganishda Maple platformasidan foydalanish imkoniyatlari va amaliy jihatlari

Ikromjon O‘ktamaliyev , Ravshanbek Xo‘jamqulov

Bu maqola Maple platformasining matematika fanini o‘rganishdagi ahamiyati, uning imkoniyatlari va amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maple yordamida murakkab matematik masalalarni yechish, grafik chizish va boshqa matematik jarayonlarni raqamli texnologiya yordamida sodda va samarali o‘rganish mumkin

329-334 88 14

HOZIRGI KUNDA ROBOTLARNING O’RNI

Dilnavoz Rayimova , Marjonabonu Axmadova

Ushbu maqolada robototexnikaning zamonaviy hayotdagi o‘rni, avtomatlashtirilgan mashinalarning turli sohalarda, ayniqsa tibbiyotda muhimligi va o‘ziga xos xususiyatlari. Robot yaratish uchun kerak bo‘ladigan zamonaviy intelektual qurilmalar haqida yoritilgan. Robotlarning hayotdagi alohida o‘rni haqida yoritilgan.

326-327 230 34

ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSTAQIL TA’LIMGA QO‘LLASH MASALALARI

Ubaydullayeva G.O Ubaydullayeva G.O

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etishda zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarning ahamiyati, ulardan foydalanishning istiqbollari va yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar yoritiladi. Bugungi kunda maxsus ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun individuallashtirilgan va moslashtirilgan ta’lim jarayonini ta’minlash inklyuziv ta’limning muhim maqsadlaridan biridir. Ushbu maqsadga erishish uchun raqamli vositalar, yordamchi texnologiyalar va zamonaviy ta’lim platformalarining o‘rni o‘rganiladi. Tadqiqotda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning moliyaviy va texnik cheklovlari hamda xavfsizlik masalalari tahlil qilinadi va bu muammolarni hal qilish uchun tavsiyalar beriladi

322-325 166 31

TEXNOLOGIYA FANIDAN “FARTUK TIKISH” MAVZUSINI STEAM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TASHKIL ETISH.

Abduraxim Matkarimov , Husnida Qahharova

Hozirgi zamon ta’limida innovatsion texnologiyalarni joriy etish va STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvini qo‘llash ta'lim sifatini oshirishga yordam beradi. Ushbu yondashuv orqali o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi, balki amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantiradi.

318-321 41 15

Chiziqli algebra fani masalalarini C# va C++ dasturlash tillarida yechish

Shayxislom G‘ayniddinov , Ravshanbek Xo‘Jamqulov

Chiziqli algebra fanining masalalarini C# va C++ dasturlash tillarida yechishning qulayliklari

312-317 245 20

TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI.

Nargiza Turdaliyeva, Marg‘ubaxon Eshnazarova , Ruxsora Rohataliyeva

Axborot texnologiyalarining izchil rivojlanishi ko‘plab sohalarda, shuningdek ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlarga olib keldi. Ushbu maqola texnologiyaning ta’limdagi ahamiyati, uning XXI asrning zarur ko‘nikmalarini egallashga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi.


Axborot texnologiyalari ta’lim tizimida innovatsiyalarni tezlashtiruvchi omil sifatida xizmat qildi va pedagoglarga turli o‘qitish uslublari va talabalarning qobiliyatlariga moslashtirilgan metodlarni qo‘llash imkoniyatini berdi. O‘quv jarayoni raqamli vositalar, multimediya materiallari va interaktiv platformalar orqali tubdan o‘zgartirildi, bu esa talabalarning ishtirokini oshirish, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi

308-311 28 9

TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TAYM MENEJMENT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBALAR

Guljahon Tillabayeva

ushbu maqolada talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirishda taym menejment texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari  keltirilgan va ilmiy tahlil qilingan

306-307 41 4

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA KO'ZMUNCHOQ VA NOZIKLAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Rano Karshiyeva

Ushbu maqola texnologiya darslarida ko'zmunchoq va noziklar bilan ishlash texnologiyasiga bag'ishlangan. Maqolada ko'zmunchoq va noziklar turlari, ular bilan ishlashda xavfsizlik choralari, texnologiya darslarida ularni qo'llashga oid misollar va qo'shimcha ma'lumotlar keltirilgan. Maqola o'quvchilarga ko'zmunchoq va noziklar bilan ishlashni o'rgatishga va shu orqali ularning ijodkorligini rivojlantirishga yordam beradi

300-305 46 10

ИННОВАЦИОННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА САМОСТОЯТЕЛЬНОЕ ОБУЧЕНИЕ

Тимур-Мухаммет Агжанов

В этой статье рассматриваются инновационные педагогические технологии и их влияние на развитие навыков самостоятельного обучения у студентов. В условиях быстро меняющихся пространств пространства традиционных образовательных подходов дополняются или заменяются инновационными методами, такими как смешанное обучение, адаптивные образовательные системы, проектно-ориентированное обучение и геймификация. Использование данных технологий способствует формированию у учащихся критического мышления, навыков самоорганизации и мотивации к изучению нового материала без постоянного руководства со стороны преподавателей. В статье анализируются преимущества и ограничения каждой страны и их влияние на учебную самостоятельность студентов. На основе проведённого анализа даны рекомендации по использованию технологий обработки данных в образовательных программах, чтобы повысить эффективность самостоятельного обучения и лучше подготовить учащихся к современным требованиям рынка труда.

297-299 82 25

CHIZIQLI TENGLAMALAR SISTEMASINI O'QITISHNING ZAMONOVIY METODLARI

Adolat Darmonova

Maqolada chiziqli tenglamalar sistemasini yechishni o‘qitish jarayonida Kollaborativ o'qitish texnologiyalaridan foydalanish yoritilgan. Kolabrativ texnologiyaning avzalliklari ochib berilgan. Iqtisodiy masalalarni kolobrativ texnologiyalar yordamida chiziqli tenglamalar orqali optimal yechimni topish usullari bayon qilingan

293-296 54 15

O`QUVCHILARNI TEHNOLOGIYA FANIGA QIZIQTIRISH ORQALI INNOVATSION VA TADBIRKORLIK QOBILYATLARNI SHAKLLANTIRISH.

Shahzoda Tursunova , Binonaoy Dedaxanova

Shaxs ijodkorlik sifatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatdan ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, uning ro‘yobga chiqishida nazariy izlanishlar va amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu borada bo‘lajak pedagog kadrlar kasbiy ijodkorligini tashkil etish ko‘p qirraliligi hamda murakkab kompleks tuzilmaga egaligi bilan o‘ziga xos o‘rin tutadi

289-292 19 5

TALABALANING MUSTAQIL TA’LIM OLISHIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Boburjon Tillabayev

ushbu maqolada talabalarning mustaqil ta’lim olishida o‘z-o‘zini rivojlantirish metodikasi berilgan bo‘lib ba’zi xorijiy tajribalar ilmiy tahlil qilingan va tushuntirilgan

284-288 47 13

BOSHLANG`ICH SINFLARGA MATEMATIKA ELEMENTLARINI SINGDIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV

Dilnavo Azimjonova , Muxayyo Mo‘minova

Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarga matematika elementlarini singdirishda psixologik yondashuv masalalari tahlil qilingan

281-283 38 15

ANIQ FANLARNI O’QITISHDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH

Shohsanam Maxsudova

Ushbu maqolada oliy taʼlimda aniq fanlarni oʼqitishda mustaqil ta’limni tashkil etish muammosining nazariy tahlili bayon qilingan. Unda ilmiy-metodik manbalarga tayanib, mavjud ilmiy adabiyotlar asosida muammo tahlil qilingan va aniq fanlarni oʼqitishda mustaqil ta’limni  rivojlantirishning bugungi kundagi holatidan kelib chiqib, zarur xulosalar chiqarilgan.

278-280 39 11

SUN'IY INTELLEKT VA NEYRONTO’RLI TEXNOLOGIYALAR FANIDAN TALABALARNI BILIM VA KO’NIKMALARINI BAHOLASHDA INTELLEKTUAL TIZIMLARDAN FOYDALANISH

Аxrоrbek Аbdullауev , Diyorbek Nazirjonov

Ushbu maqolada sun'iy intellekt va neyron tarmoqli texnologiyalar fanidan talabalarning bilim va ko’nikmalarini baholash uchun intellektual tizimlarni yaratish texnologiyalari muhokama qilinadi. Talabalarni baholashda intellektual tizimlardan foydalanish, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish va samaradorligini oshirish bilan birga, talabalarning bilim darajasini chuqurroq tahlil etish imkonini beradi. Ushbu maqolada intellektual baholash tizimlarining afzalliklari, ularni yaratish texnologiyalari va qo‘llanilish imkoniyatlari tavsiflanadi

274-277 43 11

Oliy ta`lim muassasalarida mustaqil ta`limni tashkil etish, raqamli ta`lim texnologiyalaridan foydalanish.

Go`zaloy Mamatova , Adolatxon Xatamova

Raqamli texnologiyalar ta`lim jarayonini yanada samarali va qulay tashkil etish, talabalar uchun mustaqil o`rganishni rivojlantirishda muhim ro`l o`ynaydi.

270-273 38 10

SPLAYN FUNKSIYANING YAQINLASHISHI

G.Y.Soliyeva G.Y.Soliyeva, N.S.Zokirova N.S.Zokirova, D.A.Mahmudova D.A.Mahmudova, J.X.Suvonov J.X.Suvonov, D.A.Abdusattorov D.A.Abdusattorov, R.Anvarjonova R.Anvarjonova

Agar  har  bir [xi, xi+1] qismiy  kesmadagi  splaynning  noma’lum parametrlari boshqa qismiy kesmalardagi splaynlarning noma’lum parametrlari bilan birgalikda  aniqlansa,  bunday  splaynlar global  splaynlardeyiladi.Global  splaynlarda qismiy   kesmalardagi splaynlarning  noma’lum  parametrlari  chiziqli  algebraik tenglamalar sistemasini haydash usuli bilan yechish vositasida topiladi

264-269 137 37

REKURSIV ALGORITMLAR YORDAMIDA MASALALAR YECHISH USLUBIYOTI

Feruza Otabayeva , Maxliyoxon Mansurova

Ushbu maqolada rekursiya, rekursiv algoritmlar tahlil qilib chiqilgan. Rekursiv algoritmlar yordamida masalalar yechishda qo‘llash uchun usullar tavsiya etilgan. Rekursiv algoritmlar yordamida fibonachi va factorial masalalarini yechish dasturlari 2 xil dasturlash tillarida keltirilgan.

260-263 30 7

НЕОБХОДИМОСТЬ И ПРЕИМУЩЕСТВА ПРИМЕНЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ ЯДЕРНОЙ ФИЗИКЕ

Дилмурод Юсупов

В данной работе показано возможности достижения к эффективным результатам с помощью компьютерной технологии и программ при изучение ядерных процессов. Также обосновано изучение тем ядерной физики при сочетании успехами современной ядерной технологии и наглядными средствами способствует формированию современное мировоззрения студентов

255-259 156 13

MATEMATIKA FANIDA O‘ZLASHTIRILISHI QIYIN BO‘LGAN MASALALARNI VA ZAMONAVIY METODIKADAN FOYDALANISH METODIKASI (KO‘PXADLAR MAVZUSI MISOLIDA)

Nargiza Zokirova , Abduvali Mamatov

Ushbu maqolada matematika fanining "Ko‘pxadlar" mavzusini o‘zlashtirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va zamonaviy metodikalar orqali bu qiyinchiliklarni engib o‘tish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Ko‘pxadlar mavzusi, ayniqsa, talabalar uchun murakkab bo‘lishi mumkin, chunki u algebraik formulalar, matematik analiz va geometriya tushunchalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Maqolada zamonaviy pedagogik metodikalar, shu jumladan interaktiv ta’lim, vizual yondashuvlar va onlayn platformalardan foydalanish orqali bu masalalarni samarali o‘rgatish metodlari tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga matematikani o‘rgatishda yangi yondashuvlarni qo‘llashda yordam beradi.

247-254 70 7

OLIY TA'LIMDA MUSTAQIL TA'LIM TASHKIL ETISHNI REJALASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI.

Nargiza Zokirova , Abduvali Mamatov

Ushbu maqolada oliy ta'limda mustaqil ta'limni tashkil etishda raqamli texnologiyalarining o‘rni o‘rganilgan. Mustaqil ta'lim talabalar uchun o‘z bilimlarini mustahkamlash, shaxsiy o‘qish jarayonini boshqarish va o‘qituvchilardan tashqari manbalardan foydalanish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar ta'lim jarayonini modernizatsiya qilishda, o‘quvchilarga interaktiv va moslashuvchan o‘qish sharoitlarini yaratishda, shuningdek, ta'lim samaradorligini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqotda raqamli texnologiyalarning oliy ta'limda qanday qo‘llanilishi, ularning samaradorligi va mustaqil ta'lim jarayoniga qanday ta'sir qilishi tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, raqamli platformalar va onlayn resurslarning o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida samarali aloqalarni o‘rnatishda qanday rol o‘ynashi ko‘rsatiladi

241-246 108 28

MATEMATIKA FANIDA O‘ZLASHTIRILISHI QIYIN BO‘LGAN MASALALARNI VA ZAMONAVIY METODIKADAN FOYDALANISH METODIKASI (Sodda geometrik shakillar mavzusida)

Nargiza Zokirova , Azizbek Abduraxmanov

Mazkur maqolada matematika fanidagi o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan masalalarni hal qilishda zamonaviy pedagogik metodlardan, ayniqsa sodda geometrik shakllardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Geometrik shakllar yordamida murakkab masalalarni sodda va tushunarli tarzda yechish, o‘quvchilarga yangi bilimlarni o‘zlashtirishda sezilarli yordam beradi. Ushbu maqolada sodda geometrik shakllar yordamida o‘qitishning metodikasi va uning o‘quvchilarni yanada faolroq ishtirok etishga undashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, o‘qitishda zamonaviy metodik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.

238-240 74 14

FIZIKANING “ELEKTR VA MAGNETIZM” BO‘LIMINI O‘QITISHDAGI INNOVATSION G‘OYALAR

D.Yusupov D.Yusupov, D.Alijonov D.Alijonov, N.Zokirova N.Zokirova, M.Imomov M.Imomov

Ushbu maqola fizikaning “Elektr va Magnetizm” bo‘limini o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion g‘oyalarni tahlil qiladi. Innovatsion pedagogik yondashuvlar yordamida o‘quvchilarni ushbu murakkab fan sohasida chuqurroq tushunishga yordam berish mumkin. Elektr va magnetizmni o‘rgatishda amaliy tajribalar , zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va interfaol o‘qitish metodikalarini qo‘llashning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning nazariy bilimlarini amalyot bilan bog‘lash, interaktiv laboratoriya ishlari va simulyatsiyalarni qo‘llash orqali o‘qitish jarayonini samarali qilish mumkin. Maqolada pedagogik metodologiya, o‘quv jarayonini innovatsion tarzda tashkil etish va o‘quvchilarni o‘zaro faoliyatga jalb qilish masalalari tahlil etiladi.

233-237 100 24

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA KURSINI INTEGRATIV О‘QITISH О‘QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA

Dilmurod Alijanov

Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida fizika fanini integrativ o'qitish orqali o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi. Fizika fanining boshqa tabiiy va gumanitar fanlar bilan bog'lanishi, o'quvchilarni nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashga, kompleks muammolarni hal qilishga va ilmiy fikrlashga o'rgatishi ta'kidlanadi. Maqolada fanlararo integratsiya, amaliy tadqiqotlar, muammolarni matematik model sifatida hal qilish jarayonlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, integrativ ta'lim metodlarining o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va muammolarni hal qilishdagi qo'llanilishi haqida to'xtalib o'tiladi. Natijada, fizika fanini integrativ tarzda o'qitish o'quvchilarda keng qamrovli bilimlarni shakllantirish, ular orasida manfiy fikrlashni kamaytirish va tajriba o'tkazish ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

228-232 128 10

TEXNOLOGIYA TA’LIMI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDIGI MUAMMOLAR VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALARI

SH.B.Tursunova SH.B.Tursunova, Xushroy Xakimova

Bo‘lajak mutaxassis uchun oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayonida bilimlarni egallash va ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish, istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ularni samarali qo‘llash yo‘llarini egallaydi, ularni pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog’lash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o‘zlashtirib borishi va texnologik loyihalash hamda amalga oshirishga asoslangan holda texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish modeli ishlab chiqildi.

223-227 54 21

DASTURLASH FANIDAN MUSTAQIL TA'LIMNI XALQARO BAHOLASH USULLARIDAN FOYDALANISH

Xoshimjon Xolmirzayev

Ushbu maqola dasturlash fanidan mustaqil ta’limni xalqaro baholash usullari asosida o‘rganishning ahamiyatini va ularning ta’lim tizimlarida qo‘llanilishi jarayonini tahlil qiladi. Xalqaro baholash tizimlari, jumladan PISA, TIMSS va ICILS, o‘quvchilarning texnik va amaliy ko‘nikmalarini baholash orqali ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada ushbu baholash tizimlarining samaradorligi, ularning milliy ta’lim dasturlariga integratsiyasi va mustaqil ta’limni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Xalqaro baholash usullaridan foydalanish o‘quvchilarga global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatlarini yaratadi va zamonaviy ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi

219-222 48 12

O’QUVCHILARDA TADBIRKORLIK KO’NIKMALARI VA INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYA FANINING O’RNI VA AHAMIYATI

Sh.Tursunova Sh.Tursunova

Ushbu maqolamda bugungi kunda maktabgacha, umumiy o’rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.O’quvchilarda tadbirkorlik ko’nikmalari va innovatsiyalarni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr yuritilgan

215-218 38 7

“Hisoblash usullari” fanini oʻqitishda mustaqil ta’limni tashkil etish orqali xalqaro tajribalardan foydalanish texnologiyalari

Sayfiddin Toshboyev

Ushbu maqolada mustaqil ta’limning ahamiyati, xususan “Hisoblash usullari” fanini oʻqitishda uning roli koʻrib chiqilgan. Mustaqil ta’lim, talabalar uchun shaxsiy rivojlanish, fikrlash va oʻz-oʻzini boshqarish kabi koʻnikmalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada, talabalarni mustaqil oʻrganishga ragʻbatlantirish va ularning tadqiqot koʻnikmalarini shakllantirish jarayonidagi zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribalarni tahlil qilinadi.

212-214 35 14

TALABALARGA ENERGIYA MANBA‘LARINI TAQQOSLAB O‘QITISH ORQALI ATOM ENERGETIKASI HAQIDA ADEKVAT MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH

Dilmurod Yusupov , Sayohat Shodmonboyeva

Maqolada oliy ta’limda yadro fizikasi bo‘limi mavzularini innovatsion texnologiyalar asosida barcha turdagi energiya manba‘larini afzal va zaif tomonlarini tahlili orqali o‘qitish bayon etilgan