Mualliflar

  • M.A.Nishonova M.A.Nishonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57775

Kalit so‘zlar:

Mustaqil ta'lim raqamli texnologiyalar Moodle Google Classroom Coursera raqamli savodxonlik ta'lim resurslari texnik qo‘llab-quvvatlash

Annotasiya

Bugungi kunda ta'lim jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish tobora ortib bormoqda. Mustaqil ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va bilim olish samaradorligini oshirishda, ularni bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqot mustaqil ta'lim jarayonini raqamli texnologiyalar yordamida qo'llab-quvvatlashning afzalliklarini tahlil qiladi hamda uning samaradorligini oshirishda qaysi omillar muhim ekanini ko‘rsatadi.


background image

343

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

MUSTAQIL TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

M.A.Nishonova ADPI, doktorant

Annotatsiya

Bugungi kunda ta'lim jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish

tobora ortib bormoqda. Mustaqil ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va bilim olish samaradorligini oshirishda,
ularni bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu tadqiqot mustaqil ta'lim jarayonini raqamli texnologiyalar yordamida qo'llab-
quvvatlashning afzalliklarini tahlil qiladi hamda uning samaradorligini oshirishda
qaysi omillar muhim ekanini ko‘rsatadi.

Сегодня

использование

цифровых

технологий

в

образовательных

процессах

постоянно

растет

.

В

процессе

самостоятельного

обучения

цифровые

технологии

играют

важную

роль

в

повышении

эффективности

саморазвития

и

обучения

учащихся

,

способствуя

их

более

глубокому

усвоению

знаний

.

Данное

исследование

анализирует

преимущества

поддержки

самостоятельного

обучения

с

помощью

цифровых

технологий

и

определяет

,

какие

факторы

важны

для

повышения

его

эффективности

.

Nowadays, the use of digital technologies in educational processes is steadily

increasing. In independent learning, digital technologies play an essential role in
enhancing students' self-development and learning efficiency, encouraging them to
grasp knowledge more deeply. This research analyzes the advantages of supporting
independent learning through digital technologies and identifies the key factors that
contribute to improving its effectiveness.

Kalit so‘zlar:

Mustaqil ta'lim, raqamli texnologiyalar, Moodle, Google

Classroom, Coursera, raqamli savodxonlik, ta'lim resurslari, texnik qo‘llab-
quvvatlash

Ключевые

слова

:

самостоятельное

обучение

,

цифровые

технологии

,

Moodle,

Google

Classroom,

Coursera,

цифровая

грамотность

,

образовательные

ресурсы

,

техническая

поддержка

Keywords: Independent learning, digital technologies, Moodle, Google

Classroom, Coursera, digital literacy, educational resources, technical support

Kirish

Barchamizga

ma’lumki,

bugungi

kunda

raqamli

texnologiyalar

hayotimizning deyarli barcha sohalarida keng tatbiq etilmoqda va bu jarayon
ta'lim sohasida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, mustaqil ta'lim
jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
ortib bormoqda. Bu jarayonda talabalar o‘z bilimlarini boyitish, qobiliyat va
iqtidorlarini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash va ma'lumotlarni tahlil qilish bilan
bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, ularning
o‘quv

faoliyatini

mustaqil

boshqarishni

o‘rganishlari

uchun

raqamli

texnologiyalar samarali vosita sifatida xizmat qiladi.


background image

344

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Ushbu tadqiqotda mustaqil ta'lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar

yordamida tashkil etish imkoniyatlari va samaradorligi tahlil qilindi. Mustaqil
ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish talabalar bilim olish jarayonlarini
qo‘llab-quvvatlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga
xizmat qiladi. Mustaqil ta'lim uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish
jarayonida talabalar o‘z vaqtida va qulay sharoitda ta'lim olish imkoniyatiga ega
bo‘lib, ta'lim resurslari bilan bemalol ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar

Adabiyotlar tahlili

Andersonning "The Theory and Practice of Online Learning" asarida raqamli

texnologiyalarning masofaviy va mustaqil ta'limdagi o‘rni keng yoritiladi. U onlayn
ta'lim jarayonini tahlil qilib, raqamli vositalar yordamida o‘quv jarayonini interaktiv
qilish hamda talabalar mas'uliyatini oshirishni ta'kidlaydi: “Raqamli vositalar,
talabalar o‘zlariga mos keladigan o‘qitish usullarini tanlash imkoniyatiga ega
bo‘lgan sharoitni yaratadi” [1, B.43].

Batesning "Teaching in a Digital Age" asari raqamli texnologiyalardan

foydalangan holda ta'limni zamonaviylashtirishga bag‘ishlangan. Uning fikricha,
raqamli texnologiyalar ta'lim tizimini samarali va qulay qiladi: “Ta'limda raqamli
texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalar o‘zlari uchun qulay va samarali o‘quv
muhitini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi” [2, B.58].

Laurillard "Teaching as a Design Science" asarida ta'limni dizayn sifatida

o‘rganadi va raqamli texnologiyalar o‘quvchilarni faol o‘quv jarayoniga jalb
qilishini ta'kidlaydi: “Raqamli texnologiyalar ta'lim jarayonini dizaynlashda keng
imkoniyatlar yaratadi va o‘quvchilarni bilim olishda faol ishtirok etishga undaydi”
[5, B.72].

Nurullayev va Ismoilov "Axborot texnologiyalari va ta'lim jarayoni" asarida

axborot texnologiyalaridan foydalanishning o‘zbek ta'lim tizimidagi afzalliklarini
ko‘rsatadi: “Axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash orqali talabalar
masofadan bilim olish va o‘z o‘quv faoliyatini boshqarishni o‘rganadi” [7, B.35].

Tursunovning “Raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik

asoslari” asarida ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning mustaqil bilim
olish va ma'suliyatni oshirishga ta'siri haqida so‘z boradi: “Raqamli texnologiyalar,
ta'lim jarayonini yanada samarali qilish va o‘quvchilarda bilim olishda mustaqillikni
oshirishga yordam beradi” [8, B.47].

Tadqiqot usullari

Mustaqil ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish borasida olib

borilgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy yondashuvlar asosan ta'lim resurslarini
optimallashtirish, interaktiv va o‘zaro aloqani kuchaytiruvchi vositalarni
qo‘llashga qaratilgan. Asosiy ma'lumot manbaalari sifatida xalqaro ta'lim
loyihalari, ilmiy maqolalar va mashhur raqamli platformalardan (masalan,
Moodle, Coursera, Google Classroom) foydalanish tajribasi tahlil qilindi. Bu
platformalar ta'lim jarayonlarini boshqarish va o‘quv materiallarini o‘quvchilarga
qulay shaklda taqdim etish imkonini beradi.

Mustaqil ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning asosiy

afzalligi shundaki, ular talabalarga o‘quv jarayonini ma’lum tanlangan vaqt va


background image

345

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

makonda tashkil qilish imkonini beradi. Interaktiv videodarslar, onlayn testlar,
o‘yin-testlar va turli xil loyihaviy ishlar kabi vositalar orqali talaba o‘zini-o‘zi
baholash, bilim-ko‘nikmalarni qay darajada samarali ozlashtirib olayotganini
tezkor, aniq tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, Moodle, Coursera,
Google Classroom kabi online platformalar talabalar foydalanishlari mumkin
bo‘lgan keng ma’lumotlar ba’zasini taqdim etadilar. Bu platformalardagi bilim
resurslari — videodarslar, qo‘llanmalar va testlar — talabalarni fanni yanada
chuqurroq o‘rganishga, o‘quv jarayonidagi talablarni o‘zlashtirishlariga katta
hizmat qiladi.

Muhokama va tahlil

“Raqamli boshqaruv tizimlari, bulutli hisoblash va sun'iy intellekt kabi

texnologiyalar insoniyat uchun yangi imkoniyatlarni ochish bilan birgalikda yangi
muammolarni

ham

yaratdi” [9]. Ta'limda raqamli texnologiyalardan

foydalanishning ko‘pgina afzalliklari bilan bir qatorda bir qator qiyinchiliklar va
cheklovlarni ham mavjud bo‘lib, bular quyidagicha kengaytirib ko‘rilishi
mumkin:

Ø

Texnik resurslar yetishmasligi

: Barcha talabalar va o‘qituvchilarning

texnik vositalar (kompyuter, planshet, tezkor internet kabi) bilan bir xil darajada
ta’minlanmaganligi mustaqil ta'limni tashkil etishda muammolar keltirib chiqaradi.
Garchi, ta'lim muassasalari barcha talabalarga teng imkoniyat yaratishga intilsalar-
da, texnik jihozlarning yetishmasligi yoki internetga cheklangan ulanish bu
jarayonni qiyinlashishiga sabab bo‘lib qoladi. Shuning uchun raqamli ta'lim
resurslaridan keng foydalanishda davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan qo‘llab-
quvvatlash dasturlari tashkil etilishi muhim.

Ø

Raqamli savodxonlikning pastligi

: yana bir muhim sabab shuki, barcha

o‘qituvchilar va talabalar bir xil darajada raqamli savodxonlikka ega bo‘lmasliklari
mumkin. Bu esa jarayonda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishga
to‘sqinlik qiladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab talabalar uchun raqamli
platformalardan foydalanish dastlab qiyinchilik tug‘diradi. O‘qituvchilarning
raqamli savodxonligi yetarli darajada bo‘lmasa, mustaqil ta'lim jarayonini to‘g‘ri
tashkil etish ham qiyinlashadi. Bu masalani ijobiy hal qilish uchun esa ta'lim
muassasalari va o‘qituvchilar o‘rtasida raqamli texnologilardan foydalanish
ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturlari, treninglar va malaka
oshirish kurslarini tashkil etish zarur.

Ø

Raqamli

platformalarning

cheklovlari

:

Hozirgi

kunda

keng

qo‘llanilayotgan raqamli platformalar (Moodle, Google Classroom, va boshqalar)
ning o‘ziga xos afzalliklari bor bo‘lsa-da, ba’zida ularni ta'limning turli talablariga
to‘liq mos kelmasligi ham muammo tug‘diradi. Ya’ni, barcha ta'lim ehtiyojlarini
qondirish uchun ularning ayrim funksiyalari yetarli emas. Masalan, ayrim
platformalar murakkab interaktiv mashg‘ulotlarni amalga oshirish yoki katta
hajmdagi darslik materiallarini yuklash imkoniyatiga ega emas. Bu o‘qituvchi va
talabalardan bir nechta platformani birgalikda ishlatishni taqozo etadi, bu esa
jarayon ishtirokchilaridan ko‘proq vaqt va resurslar talab qiladi.


background image

346

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Ø

Ta'limni moslashtirish va qo‘llab-quvvatlash ehtiyoji

: Mustaqil ta'lim

jarayonida o‘quvchilar texnik va ilmiy masalalarda qo‘llab-quvvatlanishi muhimdir.
Bu nafaqat texnik jihatdan yordam, balki o‘quv jarayonini rejalashtirish, o‘quv
materiallarini qidirish va ishlash bo‘yicha maslahatlar shaklida ham bo‘lishi
mumkin. Shu bois, ta'lim muassasalari tomonidan maxsus texnik yordam xizmatlari,
onlayn qo‘llanmalar, va mustaqil o‘qishni boshqarishga qaratilgan qo‘shimcha
vositalarni tashkil etish talab etiladi. Masalan, texnik yordam xizmatlari talabalarga
o‘quv jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan texnik muammolarni bartaraf etishga
yordam beradi, bu esa jarayonning uzluksiz davom etishiga xizmat qiladi.

Xulosa

Mustaqil ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari

o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu esa, mustaqil ta'lim jarayonini takomillashtirishda raqamli texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish zaruratini ko‘rsatadi. Ta’lim muassasalari
bu jarayonda talabalarga va o‘qituvchilarga doimiy metodik va texnik ko‘mak berib,
raqamli savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlarni tashkil
etishlari lozim. Shu tarzda, raqamli ta’lim texnologiyalaridan to‘liq foydalanish
mustaqil o‘quv jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Anderson, T. (2008).

The Theory and Practice of Online Learning

.

Athabasca University Press.

2. Bates, A. W. (2015).

Teaching in a Digital Age: Guidelines for Designing

Teaching and Learning for a Digital Age

. Tony Bates Associates Ltd.

3. Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008).

Blended Learning in Higher

Education: Framework, Principles, and Guidelines

. Jossey-Bass.

4. Johnson, L., Becker, S. A., Cummins, M., Estrada, V., Freeman, A., & Hall,

C. (2016).

NMC Horizon Report: 2016 Higher Education Edition

. The New Media

Consortium.

5. Laurillard, D. (2012).

Teaching as a Design Science: Building Pedagogical

Patterns for Learning and Technology

. Routledge.

6. Siemens, G. (2005). Connectivism: A learning theory for the digital age.

International Journal of Instructional Technology and Distance Learning

, 2(1), 3

7. Nurullayev A.N., Ismoilov, S.M. (2018).

Axborot texnologiyalari va ta'lim

jarayoni

. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

8. Tursunov, A.T. (2020).

Raqamli texnologiyalardan foydalanishning

pedagogik asoslari

. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

9. D.Makhmudova Using artificial intelligence techniques in web application

firewall

(WAF)

/

/

-

AIP

Conference

Proceedings,

2024

https://doi.org/10.1063/5.0210409

Bibliografik manbalar

Anderson, T. (2008). The Theory and Practice of Online Learning. Athabasca University Press.

Bates, A. W. (2015). Teaching in a Digital Age: Guidelines for Designing Teaching and Learning for a Digital Age. Tony Bates Associates Ltd.

Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008). Blended Learning in Higher Education: Framework, Principles, and Guidelines. Jossey-Bass.

Johnson, L., Becker, S. A., Cummins, M., Estrada, V., Freeman, A., & Hall, C. (2016). NMC Horizon Report: 2016 Higher Education Edition. The New Media Consortium.

Laurillard, D. (2012). Teaching as a Design Science: Building Pedagogical Patterns for Learning and Technology. Routledge.

Siemens, G. (2005). Connectivism: A learning theory for the digital age. International Journal of Instructional Technology and Distance Learning, 2(1), 3

Nurullayev A.N., Ismoilov, S.M. (2018). Axborot texnologiyalari va ta'lim jarayoni. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Tursunov, A.T. (2020). Raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik asoslari. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

D.Makhmudova Using artificial intelligence techniques in web application firewall (WAF) / / - AIP Conference Proceedings, 2024 https://doi.org/10.1063/5.0210409