Mualliflar

  • Guljahon Tillabayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57783

Kalit so‘zlar:

mustaqil ta’lim taym menejment vaqt Eyzenxauzer matrisasi va Kaizen.

Annotasiya

ushbu maqolada talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirishda taym menejment texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari  keltirilgan va ilmiy tahlil qilingan


background image

308

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TAYM MENEJMENT

TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA XORIJIY

TAJRIBALAR

Tillabayeva Guljahon Ilhomjon qizi

Farg‘ona politexnika instituti

“Oliy matematika” kafedrasi stajor-tadqiqoqtchisi

Annotatsiya:

ushbu maqolada talabalarning mustaqil ta’lim olish

kompetentligini rivojlantirishda taym menejment texnologiyasidan foydalanish
bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari keltirilgan va ilmiy tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

mustaqil ta’lim, taym menejment, vaqt, Eyzenxauzer

matrisasi va Kaizen.

Аннотация

:

в

данной

статье

представлен

и

научно

проанализирован

опыт

зарубежных

стран

по

использованию

технологии

тайм

-

менеджмента

в

развитии

самостоятельной

учебной

компетентности

студентов

.

Ключевые

слова

:

самостоятельное

образование

,

тайм

-

менеджмент

,

время

,

матрица

Эйзенхаузера

и

Кайдзен

.

Annotation:

in this article, the experiences of foreign countries on the use

of time management technology in the development of students' independent
learning competence are presented and scientifically analyzed.

Key words:

independent education, time management, time, Eisenhauser

matrix and Kaizen.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarni raqobatbardosh kadr

va kuchli mutaxassis qilib yetishtirish muhim masaladir. Buning uchun uzluksiz
ta’lim tizimida talabalarni mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirish
zarur. Chunki talabalar mustaqil ta’lim olish jarayonida mustaqilligi, kreativ
fikrlashi va dunyoqarashi kengayadi. O‘rgangan yangi bilimlarni mustaqil tahlil
qilish qobiliyati rivojlanadi. Bu esa hayotdagi har bir o‘zgarishlarni to‘g‘ri
baholashga va maqbul qarorlarni qabul qilishiga yordam beradi. Oliy ta’lim
muassasalarida talabalarning mustaqil ta’lim olishi zamonaviy o‘quv
amaliyotining muhim elementi bo‘lib, talabalarda mustaqillikni, tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish va o‘rganilayotgan fanlar bo‘yicha bilimlarni
chuqurlashtirish imkonini beradi. Mustaqil ta’lim olishni rivojlantiruvchi turli xil
metod va texnologiyalar mavjud bo‘lib ular orasida taym menejment
texnologiyasi bugungi kunda eng dolzarb texnologiyalardan biridir. Chunki
talabalar tizimli va tartibli harakat qilishni o‘rgansalar yanada samaradorliklari
yuqori bo‘ladi. Shu bois talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini
rivojlantirishda taym menejment texnologiyasidan foydalanish talab etiladi.

Mustaqil ta’lim

–talabalarning o‘z oldilariga kreativ yondashuv asosida

turli ta’lim metodlari asosida u yoki bu vazifalarni, maqsadlarni ongli ravishda
qo‘yishi, o‘z faoliyatini rejalashtirishi va uni amalga oshirishi hamda o‘zini
baholay olish qobiliyatlari bilan aniqlanishidir.


background image

309

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Taym menejment

-bu minimal vaqt, energiya va boshqa resurs xarajatlari

bilan maqsadga erishish va maksimal natijaga erishish uchun eng samarali texnika
va usullardan foydalangan holda o‘z faoliyatini, jamoa yoki tashkilot faoliyatini
o‘z vaqtida oqilona tashkil etishga imkon beradigan texnologiya.

[

]

4,10

Talablarning mustaqil ta’lim olish kompetentligini rivojlantirishda taym

menejment texnologiyasidan foydalanish xorijiy davlatlarda turli xil usullar
yordamida amalga oshiriladi. Joriy vaqtni tahlil qilish va nazorat qilish uchun
butun dunyo bo‘yicha mashhur texnikalardan biri bu- Eyzenxauzer matritsasidir.

D.Eyzenxauzer

shunday ta’kidlaydi: “Shoshilinch ishlar, eng muhimi emas

va muhim narsalar eng shoshilinch emas”. Shuning uchun u shaxsiy vaqtni
optimallashtirish usuli sifatida "Eisenhower to Do matrix" ni ishlab chiqdi.

Eyzenxauzer matritsasi

deb ataladigan texnika har qanday yaqinlashib

kelayotgan yoki davom etayotgan ishlarni “shoshilinch” va “muhimlik” mezonlari
bo‘yicha tasniflashdir.

[ ]

1,15

Shunday qilib, to‘rtta ish guruhi ajratiladi:
1. Muhim va dolzarb masalalar;
2. Muhim va shoshilinch bo‘lmagan masalalar;
3. Muhim bo‘lmagan va shoshilinch masalalar;
4. Muhim bo‘lmagan va shoshilinch bo‘lmagan masalalar.

Kvadrat 1. Shoshilinch va muhim – “yong‘in” toifasiga kiradigan ishlar. Biz

hamma narsani tashlab, olovni o‘chirishimiz kerak. Ularni amalga oshirish
kechiktirishni talab qilmaydi. Ideal rejalashtirishda matritsaning bu kvadrati bo‘sh
qolishi kerak, chunki muhim va shoshilinch masalalarning paydo bo‘lishi
tartibsizlik qilish ehtimoli ko‘rsatkichidir. Jadvalning ushbu qismi ko‘p odamlarni
o‘ziga xos dangasalik va yomon ustuvorlik tufayli to‘ldiradi. O‘z vaqtida
boshlanmagan yoki tahlil qilinmagan ikkinchi toifadagi ishlar ushbu toifaga
osongina o‘tadi.

Kvadrat 2. Muhim va shoshilinch bo‘lmagan masalalar - zudlik bilan

bajarilishini talab qilmaydigan muhim narsalar. Agar siz ushbu vazifalarni
e’tiborsiz qoldirsangiz, vaqt o‘tishi bilan bu vazifalar 2-kvadratdan 1-kvadratga
o‘tadi va siz ularni stress ostida bajarishingiz kerak bo‘ladi.

Biroq, ushbu ishlarning “muhim va shoshilinch” bo‘lganlar guruhi

o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, agar sizda vakolatli yordamchilar bo‘lsa,
majburiy monitoring va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni tuzatish uchun
vaqt zaxirasini qoldirib, ba’zi faoliyatlarni topshirishingiz mumkin.

Kvadrat 3. Muhim bo‘lmagan va shoshilinch masalalar- yakuniy natija

uchun muhim bo‘lmagan, lekin darhol hal qilishni talab qiladigan narsalar. Vaqtni
tejash nuqtai nazaridan, bu ishlarni o‘zingiz qilishingiz juda foydasiz, chunki
erishiladigan natija qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, asosiy faoliyat uchun alohida
ahamiyatga ega emas. Bunday masalalar majburiy ravishda topshirilishi kerak va
hech qanday holatda ular bilan o‘zingiz shug‘ullanmasligingiz kerak.


background image

310

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Kvadrant 4. Muhim bo‘lmagan va shoshilinch bo‘lmagan masalalar- vaqtni

boshqarish bo‘yicha trenerlar orasida keng tarqalgan ajoyib jumla bilan
tavsiflanadigan bu kvadrat -vaqtni isrof qiluvchilardir. Bu kvadratga mos
keladigan ishlar va vazifalarni bemalol rad qilishingiz mumkin, chunki ular
kerakli daromad keltirmaydi. Bunday vazifalarga suhbatlar, o‘yin-kulgular,
barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatish va sizning bevosita maqsadlaringiz bilan
bog‘liq bo‘lmagan narsalarni qilish kiradi.

Tanaffus vaqtini belgilashda

“Interval usuli”

samaralidir. Misol uchun,

har bir soatni 45 va 15 daqiqalik ikki qismga bo‘lishingiz mumkin. Birinchidan,
hech kim yoki hech narsa sizni chalg‘itishiga yo‘l qo‘ymasdan, 45 daqiqa
davomida diqqatingizni vazifaga qarating va keyingi 15 daqiqada miyani
o‘chirishga harakat qiling, tanaffus qiling. Bu holatda miyaning o‘zi birdaniga
yangi g‘oyani chiqarishi mumkin. Intervallarda ishlash diqqatni jamlashni
osonlashtiradi. Buning ustiga, tanaffus paytida siz kichik ishlarni qilishingiz
mumkin.

Vazifalarni to‘g‘ri bajarishda keng qo‘llanilagidan usullardan yana biri bu-

“Pomodoro” texnikasidir.

Pomodoro Technique yoki “Pomidor” Texnikasi

– vaqtdan samarali

foydalanish metodi bo‘lib, belgilangan vazifaga maksimum diqqat e’tibor bilan,
ortiqcha ruhiy bosimlarsiz erishish uchun ishlab chiqilgan. Bu so‘z italyanchasiga
pomidor degan ma’noni anglatib, bu metodni yaratgan Francesco Cirillo dastlab
pomidor shaklidagi oshxona soatidan foydalangani uchun shunday atalgan.

Bu texnika juda sodda bo‘lib: belgilangan vazifaga sarflamoqchi bo‘lgan

vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik “davr”larga bo‘lib olasiz va xar bir shunday
davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya’ni, 25 daqiqa ishlab, 5
daqiqa dam olasiz. Xar bir 25 daqiqa “pomodoro” deb ataladi. Keyinchalik bu
butun jarayon nomiga aylanib ketgan. Xar 4 ta “pomodoro” keyin, kattaroq, 15-
20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib
chiqiladi.

Pomodoro” texnikasidan foydalanishning afzalliklari:

-Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, biror bir loyihani amalga oshirishda eng

katta to‘siq bu o‘z-o‘zini nazorat qila olmaslikdir. Yuqoridagi metod orqali qisqa
vaqt ichida kichik vazifalarni bajarishingiz kerak. Bu esa odatdagi zo‘r berib
ishlashdan ancha osonroq va nazorat qilishga qulay hisoblanadi.

-Ish jarayonida sizga xalal beruvchi va chalg‘ituvchi mayda detallar aslida

siz o‘ylaganizdan ko‘proq vaqt va diqqatingizni olib qo‘yadi. “Pomidor” texnikasi
orqali siz tashqi chalg‘ishlarni ham nazorat qilishingiz mumkin. Taymerni 25
daqiqaga qo‘yib ishga kirishganizda o‘zi shundoq ham kam vaqt sizga boshqa
tashqi omillarga chalg‘imaslik kerakligini eslatib turadi. Xar bir “pomodoro” dan
keyin qilinadigan 5 daqiqalik tanaffus esa, diqqatingizni yana ishga jamlab olish
uchun sharoit yaratib beradi.

-Bu metod insonlarni vaqtni qadrlashga o‘rgatadi. Shuningdek, bu jarayon

orqali siz o‘z imkoniyatlaringiz haqida chuqurroq bilib olasiz. Bir necha kunlik


background image

311

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

mashg‘ulotlar natijasida ma’lum bir ishni uddalash uchun sizga nechta
“pomodoro” kerak bo‘lishini aniq bilib olasiz.

-“Pomidor” texnikasi insonlarni mukammallikka o‘rgatadi. Bunda har bir

“pomodoro” yangi bir imkoniyat, avvalgisida qilgan kamchilik va xatolarni
keyingisida to‘g‘irlab, samaradorlikni yanada oshirib borishingizga yordam
beradi.

-Shu bilan birga, bu texnika orqali balansni saqlash o‘rganiladi. Siz o‘z

vazifalaringizga qancha vaqt ajratasiz, qancha vaqt oila, sog‘lik, o‘zingizni
anglash va dam olishga bag‘ishlaysiz. Bu texnika vaqtingizni teng ravishda
boshqarishda juda samaralidir.

Kaizen

-yaponcha “yaxshi tomonga o‘zgarish” yoki “doimiy takomillashib

borish” ma’nolarini anglatadi. Bu atama dastlab Yaponiya biznes maktablarida
har bir ishchi va operatsiyani doimiy takomillashtirib borish jarayoni uchun
ishlatilgan. Hozirgi kunda Kaizen boshqa ko‘plab sohalar, xususan, shaxsiy
rivojlanishni tushuntirishda ham keng qo‘llaniladi.

Shaxsiy rivojlanish jarayonida, Kaizen

– bir martalik va birdaniga ko‘p

kuch talab qiluvchi harakatlar emas, balki, bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan
hayotimizni yaxshilashga qaratilgan va uzoqni ko‘zlab qilinadigan harakatlardir.

Yaponlarning fikricha shaxsiy rivojlanish uchun eng maqbul yo‘l

kichik

o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich va doimiy ravishda hayotga tatbiq qilib
borishdir.

Ko‘p insonlarda muvaffaqiyat yoki katta o‘zgarishlar odatda ulkan tashabbus

orqali vujudga keladi degan aldamchi faraz mavjud. Aslida, katta muvaffaqiyatlar
uzoq vaqt davomida izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilgan harakatlar
natijasi hisoblanadi. Kaizen muvaffaqiyatga erishish jarayonining eng realistik
ko‘rinishidir. Bu yaponlarning barqaror va tuganmas muvaffaqiyatga erishish
falsafasi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Brain Tracy. Time management (The Brian Tracy Success Library):

American Management Association, 2008-1-1.-138 P.

2. GOKARAJU RANGARAJU. Time management: Institute of Engineering

and Technology/ India, 1997. 12 C.

3. Devin Allen. Getting things done: New-York 2001, 267 P.
4.

Автореферат

:

НИЗАМОВА

ЧУЛПАН

ИЛЬДАРОВНА

.

РАЗВИТИЕ

САМООРГАНИЗАЦИИ

СТУДЕНТОВ

В

УЧЕБНОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

С

ПРИМЕНЕНИЕМ

ТЕХНОЛОГИИ

ТАЙМ

-

МЕНЕДЖМЕНТ

:

Казань

– 2021.

5.

Стивен

Р

.

Кови

.

Муваффақиятли

инсонларнинг

7

кўникмаси

(

Шахсий

камолотнинг

қудратли

қуроли

): “Ofset-print”

МЧЖ

, “Nihol”

нашриёти

, 2020.

380

б

.

Bibliografik manbalar

Brain Tracy. Time management (The Brian Tracy Success Library): American Management Association, 2008-1-1.-138 P.

GOKARAJU RANGARAJU. Time management: Institute of Engineering and Technology/ India, 1997. 12 C.

Devin Allen. Getting things done: New-York 2001, 267 P.

Автореферат: НИЗАМОВА ЧУЛПАН ИЛЬДАРОВНА. РАЗВИТИЕ САМООРГАНИЗАЦИИ СТУДЕНТОВ В УЧЕБНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ С ПРИМЕНЕНИЕМ ТЕХНОЛОГИИ ТАЙМ-МЕНЕДЖМЕНТ: Казань – 2021.

Стивен Р.Кови. Муваффақиятли инсонларнинг 7 кўникмаси (Шахсий камолотнинг қудратли қуроли): “Ofset-print” МЧЖ, “Nihol” нашриёти, 2020. 380 б.