Universal International Scientific Journal
135
To‘rayeva Nodira Rajabovna
1
.,
To‘rayeva Charos Murtazoyevna
2
.,
Xayrullayeva Sadoqat Yusuf qizi
3
Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani 12-DMTT mudirasi
1
.,
Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani 5-umumiy
o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
2
.,
Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani 12-DMTT tarbiyachisi
3
Uzbekistan
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNING AQLIY
RIVOJLANISHIDAGI MUAMMOLAR
Abstract:
The development of children in preschool age directly affects their future intellectual
potential and personal capabilities. During this period, the child not only acquires basic knowledge and
skills, but also their mental development, creative thinking and social adaptability are formed. However, in
preschool educational institutions, this process is associated with many problems. In this article, we will
consider ways to identify problems in the mental development of children in preschool educational
institutions and find solutions to them.
Keywords:
Child's thinking, potential, preschool educational institution, Presidential Decree,
educator, pedagogue, intellectual games, interactive methods, mental growth, stress, STEAM,
Kindergarten.
Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal
Jurnalning bosh sahifasi:
Universal International Scientific Journal
Year: 2024 Issue: 1 Volume: 9
International indexes
Universal International Scientific Journal
13
6
Annotatsiya:
Bolalarning maktabgacha yoshdagi rivojlanishi ularning kelajakdagi intellektual
salohiyati va shaxsiy imkoniyatlariga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu davrda bola nafaqat asosiy bilim va
ko‘nikmalarni egallaydi, balki ularning aqliy rivojlanishi, ijodiy tafakkuri va ijtimoiy moslashuvchanligi
shakllanadi. Ammo maktabgacha ta’lim muassasalarida bu jarayon ko‘plab muammolar bilan bog‘liq.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning aqliy rivojlanishidagi muammolarni
aniqlash va ularga yechim topish yo‘llari haqida fikr yuritamiz.
Kalit so‘zlar:
Bola tafakkuri, salohiyat, maktabgacha ta’lim muassasasi, Prezident qarori, tarbiyachi,
pedagog, intellectual o‘yinlar, interaktiv metodlar, aqliy o‘sish, stress, STEAM, Kindergarten.
Аннотация:
Дошкольное развитие детей напрямую влияет на их будущий интеллектуальный
потенциал и личностные возможности. В этот период ребенок приобретает не только базовые
знания и навыки, но и свое умственное развитие, творческое мышление и социальную гибкость. Но
в дошкольных образовательных учреждениях этот процесс связан со многими проблемами. В
данной статье мы рассмотрим способы выявления проблем психического развития детей в
дошкольных образовательных учреждениях и поиска их решения.
Ключевые слова:
Детское мышление, потенциал, дошкольное образовательное учреждение,
решение Президента, воспитатель, педагог, интеллектуальные игры, интерактивные методы,
умственное развитие, стресс, ПАР, Детский сад.
Language:
Uzbek
Citation:
Turayeva , J., Torayeva , C., & Khairullayeva , S. (2024). PROBLEMS IN THE MENTAL
DEVELOPMENT OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Universal
International
Scientific
Journal,
1(9),
135–141.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1378
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14514244
KIRISH
Pedagogik va psixologik tadqiqotlar
natijalari shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha
yoshdagi
bolalik
insonning
aqliy
rivojlanishidagi optimal davr hisoblanadi. Bir
qator psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki,
maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy
rivojlanish darajasi keyingi yosh davrlariga
nisbatan juda yuqori. Maktabgacha yoshdagi
bolalik davridagi tarbiyadagi har qanday
nuqsonlarni, aslida, katta yoshda bartaraf etish
qiyin va bolaning butun keyingi rivojlanishiga
salbiy ta’sir qiladi. So‘nggi yillarda yurtimizda
mazkur soha rivojida qator islohotlar amalga
oshirilmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
30-sentabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
Universal International Scientific Journal
13
7
to‘g‘risida”gi PQ-3305-son qarori va 2019-yil
8-oktabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini
yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
PQ-4477-son
qarorida
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish,
bolalarning intellektual salohiyatini oshirish
va ularga zamonaviy ta’lim usullarini joriy
qilish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.
Ushbu qarorlar muassasalarda sifatli ta’limni
ta’minlash va ta’lim-tarbiya jarayonini xalqaro
standartlarga
moslashtirishga
qaratilgan.
Shuningdek, Prezidentimizning 2021-yil 6-
noyabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyani
sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida
davlat-xususiy
sheriklik
asosida
yangi
muassasalar tashkil etish, pedagoglarning
malakasini oshirish va innovatsion ta’lim
texnologiyalarini joriy qilish ishlari faol
amalga oshirilmoqda.
ASOSIY QISM
Maktabgacha ta’lim sohasini tahlil qilar
ekanmiz bir qator muammolar ko‘zga
tashlanadi. Jumladan: Individual yondashuv
yetishmasligi.
Maktabgacha
ta’lim
muassasalarida
ko‘pincha
guruh
bilan
ishlashga e’tibor qaratiladi. Shu sababli,
bolalarning individual ehtiyojlari, qiziqishlari
va imkoniyatlari e’tibordan chetda qolishi
mumkin. Natijada ba’zi bolalar yetarlicha
o‘zlashtira olmasliklari yoki o‘z qobiliyatlarini
to‘liq namoyon eta olmasliklari mumkin.
Buning uchun tarbiyachilar va pedagoglar har
bir bolaning qobiliyatlarini aniqlash uchun
individual diagnostika o‘tkazishi va ta’lim
jarayonini
moslashtirishi
zarur.
Maxsus
dasturlar va turli o‘yinlar orqali bolalarning
qiziqishini uyg‘otish ham muhim. Bunda
bolaning psixologik holati va rivojlanish
sur’ati ham inobatga olinishi kerak.
Fikrlashni
rivojlantiruvchi
o‘yin
metodlari:
• Mantiqiy jumboqlar: Bola uchun
yoshiga
mos
sodda
jumboqlar
va
boshqotirmalar
yechimini
topishga
yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar aqliy qobiliyatni
rivojlantiradi.
• Konstruktor o‘yinlari: LEGO va shunga
o‘xshash qurilish o‘yinchoqlari bolalarda
muhandislik qobiliyatlarini shakllantirishga
yordam beradi.
• “Bir qadam oldinga” o‘yini: Bolalardan
biror voqea yoki ertak davomida nima bo‘lishi
mumkinligini tasavvur qilish va aytib berish
talab qilinadi.
• Matematik o‘yinlar: Oddiy qo‘shish va
ayirishlarni o‘z ichiga olgan raqamli o‘yinlar
orqali mantiqiy fikrlash rivojlantiriladi.
• Kreativ topshiriqlar: Masalan, “Bu
narsani boshqa nima sifatida ishlatish
mumkin?” degan savollar orqali bola ijodiy
yondashuvni rivojlantiradi.
Universal International Scientific Journal
13
8
Ta’lim metodikalarining eskirganligi.
Ko‘plab maktabgacha ta'lim muassasalarida
hanuz eski metodikalar va standartlashtirilgan
dasturlar
qo‘llaniladi.
Bu
bolalarning
ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va innovatsion
ko‘nikmalarini rivojlantirishga to‘siq bo‘lishi
mumkin. Ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirish
uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
interaktiv
metodlar
va
STEM
(fan,
texnologiya, muhandislik va matematika)
yondashuvlarini maktabgacha ta’limga joriy
qilish kerak. Shuningdek, raqamli o‘yin va
ta’lim
ilovalaridan
foydalanish
ta’lim
jarayonini qiziqarli va samarali qiladi.
Shuningdek, bolalarning yoshiga mos ravishda
mantiqiy o‘yinlar, loyihaviy ishlar va ijodiy
mashg‘ulotlar tashkil qilish kerak.
Fikrlashni oshiruvchi o‘yin misollari:
• “Qaysi biri ortiqcha?” Bolalarga 4-5 ta
obyekt ko‘rsatilib, ular orasidan ortiqchasini
topish so‘raladi. Masalan, “Olma, nok, uzum,
kitob” – bu yerda kitob ortiqcha.
• “Topib
ayt”
o‘yini:
Bolalarga
predmetni tasvirlash (rang, shakl, vazifa)
orqali uning nomini topishga yordam berish
taklif qilinadi.
• Labirint o‘yinlari: Bolalar labirint
ichidan to‘g‘ri yo‘lni topishga harakat qiladi,
bu esa ularning diqqatni jamlash qobiliyatini
oshiradi.
Kadrlar malakasining yetarli emasligi.
Tarbiyachilarning bilim va ko‘nikmalari
bolalarning aqliy rivojlanishiga katta ta’sir
qiladi. Ba’zi holatlarda, pedagoglarning
malakasi
zamonaviy
talablar
darajasida
emasligi kuzatiladi, bu esa ta’lim sifatining
pasayishiga olib keladi. Tarbiyachilar uchun
muntazam ravishda malaka oshirish kurslari
tashkil etish va ularga yangi texnologiyalarni
o‘rgatish zarur. Pedagoglarni rag‘batlantirish
tizimini yaxshilash orqali ularda ta’lim
jarayoniga
mas’uliyat
hissini
oshirish
mumkin. Shuningdek, xorijiy tajribalarni
o‘rganish va ilg‘or metodlarni joriy qilish
malaka oshirish jarayonini boyitadi.
Resurslar
va
infratuzilma
yetishmovchiligi. Ko‘plab maktabgacha ta’lim
muassasalarida sifatli o‘quv materiallari,
zamonaviy o‘yinchoqlar va o‘quv qurollari
yetishmaydi.
Bundan
tashqari,
ba’zi
bog‘chalarda joy yetishmovchiligi va gigiyena
sharoitlari past darajada bo‘lishi mumkin.
Davlat va xususiy sektor hamkorligi orqali
resurslarni ko‘paytirish, maktabgacha ta’lim
muassasalarini texnik va moddiy jihatdan
mustahkamlash lozim. Shuningdek, bolalar
uchun ergonomik va xavfsiz muhit yaratishga
e’tibor qaratish kerak. Shu bilan birga,
bolalarning
turli
qobiliyatlarini
rivojlantiradigan maxsus markazlar tashkil
etish muhim ahamiyatga ega.
Universal International Scientific Journal
13
9
Ota-onalarning
ta’lim
jarayonidagi
ishtiroki
pastligi.
Bolalarning
aqliy
rivojlanishida ota-onalar bilan maktabgacha
ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik
muhim o‘rin tutadi. Ammo ba’zi hollarda ota-
onalar bolalarning rivojlanishiga yetarlicha
e’tibor qaratmaydi yoki ularning ta’lim
jarayonida faol qatnashmaydi. Ota-onalar
bilan muntazam uchrashuvlar, treninglar va
maslahatlar tashkil qilish lozim. Ota-onalarga
bolalar rivojlanishi uchun uyda qanday
yordam berish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar
berish ham samarali natija beradi. Bunda
zamonaviy
kommunikatsiya
vositalaridan
foydalanib, ota-onalar uchun onlayn seminar
va treninglarni yo‘lga qo‘yish ham tavsiya
etiladi.
Bolalarning psixologik va ijtimoiy
muammolari. Ba’zan maktabgacha yoshdagi
bolalarda psixologik va ijtimoiy muammolar,
masalan, diqqatni jamlashda qiyinchilik, o‘z-
o‘zini
boshqarishdagi
cheklovlar
yoki
tengdoshlari
bilan
muloqot
qilishda
muammolar kuzatiladi. Bu muammolar aqliy
rivojlanish jarayoniga to‘sqinlik qilishi
mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida
psixologlar
faoliyatini
kuchaytirish,
bolalarning psixologik holatini muntazam
monitoring qilish va kerakli yordam ko‘rsatish
zarur. Psixologik o‘yinlar va mashg‘ulotlar
orqali
bolalarning
hissiy
va
ijtimoiy
rivojlanishiga ko‘maklashish lozim.
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi.
Maktabgacha ta’limni samarali tashkil etish va
bolalarning aqliy rivojlanishini qo‘llab-
quvvatlashda
rivojlangan
davlatlar
tajribasidan o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
• Finlyandiya:
Ushbu
mamlakatda
maktabgacha ta’lim bolalarning qiziqishlarini
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan.
Ta’lim
jarayonida tabiat bilan muloqot, ijodiy o‘yinlar
va
bolalarning
mustaqil
fikrlashini
shakllantiruvchi
loyihaviy
yondashuv
qo‘llaniladi.
Finlyandiyada
bolalarning
shaxsiy rivojlanish sur’atlari inobatga olinadi
va ta’lim tizimida stress holatlaridan
qochishga harakat qilinadi.
• Yaponiya: Yaponiyada maktabgacha
ta’lim bolalarning intellektual salohiyati bilan
bir qatorda, ularda axloqiy tarbiya va ijtimoiy
mas’uliyatni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu
mamlakatda bolalarning o‘zaro muloqoti,
jamoaviy ish ko‘nikmalari va muammolarni
hal qilishga oid dasturlar keng qo‘llaniladi.
• AQSh: AQSh maktabgacha ta’lim
tizimida STEM (fan, texnologiya, muhandislik
va matematika) yondashuvi keng qo‘llaniladi.
Bolalar interaktiv o‘yinlar va tajribalar orqali
o‘rganishga jalb etiladi. Shu bilan birga,
ijodkorlikni
rag‘batlantirish
maqsadida
Universal International Scientific Journal
1
40
maxsus robototexnika va san’at mashg‘ulotlari
ham tashkil etiladi.
• Germaniya: Germaniyada maktabgacha
ta’lim
muassasalari
(Kindergarten)
bolalarning har tomonlama rivojlanishini
qo‘llab-quvvatlash
uchun
mo‘ljallangan.
Bolalarning o‘z qiziqishlariga ko‘ra bilim
olishiga imkon beruvchi erkin metodikalar
qo‘llaniladi. Bu bolalarning mustaqil qaror
qabul
qilish
va
mantiqiy
fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ushbu
tajribalarni
o‘zimizning
maktabgacha ta’lim tizimiga moslashtirish
orqali bolalarning aqliy rivojlanishini yuqori
darajada
qo‘llab-quvvatlash
imkoniyati
mavjud.
Biz
faoliyat
olib
borayotgan
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi
12-DMTT da tarbiyalanayotgan bolalar
bilan tarbiyachilarimiz guruh va individual
mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Ota-onalari
bilan
doimiy
aloqa
o‘rnatilib,
mashg‘ulotlarning ijobiy natijalari bo‘yicha
kerakli ishlar olib borilmoqda.
XULOSA
Maktabgacha ta’lim muassasalarida
bolalarning aqliy rivojlanishi ta’lim tizimining
dolzarb
masalalaridan
biridir.
Mazkur
maqolada muammolarni aniqlash, ularning
sabablari va samarali yechimlar taklif etildi.
Jumladan, ta’lim jarayonida individual
yondashuvni
kuchaytirish,
zamonaviy
metodikalarni
joriy
qilish,
pedagoglar
malakasini oshirish va ota-onalar ishtirokini
kengaytirish
lozimligi
ta’kidlandi.
Shuningdek, Finlyandiya, Yaponiya, AQSh va
Germaniya kabi rivojlangan davlatlarning
ilg‘or tajribalari misolida o‘z ta’lim
tizimimizni takomillashtirish imkoniyatlari
o‘rganildi. Shu bilan birga, Prezident qarorlari
asosida amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim
sifatini oshirishda muhim asos bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni
kuchaytirish
orqali
bolalarning
fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi
innovatsion yondashuvlar joriy etilishi zarur.
Natijada,
bugungi
bolalar
kelajakda
jamiyatning faol va ijodkor a’zolariga
aylanishiga zamin yaratish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Andreev V.I. Pedagogika: Proc. ijodiy o'z-o'zini rivojlantirish kursi / V.I. Andreev - 2-nashr. - Qozon:
"Innovatsion texnologiyalar markazi", 2010 - 608 b.
2. Anikeeva N.P. O'yin ta'limi. M.: Eksmo, 2008. - 322 b.
3. Belkin A.S. Yosh pedagogikasining asoslari: Prok. talabalar uchun nafaqa. yuqoriroq ped. darslik bosh / A.S.
Belkin - M.: Akademiya, 2008. - 192 p.
Universal International Scientific Journal
1
4
1
4. Blonskiy P.P. Xotira va fikrlash: Kitobda. sevimli. aqldan ozgan. ishlab chiqarish. - M.: Oliy maktab, 2011. -
404 b.
5. Bojovich L.I. Tanlangan psixologik ishlar / Ed. DI. Feldshteyn. M.: MPSI, 2014. - 710 b.
6. Bojovich L.I. Shaxs va uning bolalik davrida shakllanishi. M.: Vlados, 2009. - 512 p.
7. Bondarenko A.K., Matusik A.I. Bolalarni o‘yinda tarbiyalash. M.: Akademiya, 2009. - 256 b.
8. Bordovskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika: Universitetlar uchun darslik / N.V. Bordovskaya, A.A. Rean -
Sankt-Peterburg: Piter, 2008. - 304 p.
9. Venger L.A. Rolli o‘yin va bolaning aqliy rivojlanishi // O‘yin va uning maktabgacha yoshdagi bolaning
rivojlanishidagi roli: Sat. ilmiy ishlar. - M.: MGU, 2008. - 127p.
10. Vygotskiy L.S. Bolalar psixologiyasi // Sobr. t.: 6-jildda M.: Logos, 2009. - 630 b.
11. Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya//Psixologiya: klassik asarlar. M.: MGU, 2010. - 710 b.
12. Gafitulin T.M. Bolaning o‘yin va shaxsiyatini rivojlantirish // Pedagogika + TRIZ: Sat. o‘qituvchilar, ta’lim
menejerlari uchun / Ed. A.A. Jina. - M.: Vita-Press, 2013. - Nashr. 5. - S. 40-44.
13. Jukovskaya R.I. O'yin va uning pedagogik ahamiyati. M.: Aspect press, 2008. - 218 b.
