Jild 1 № 9 (2024)

						{$identification) ko'rish
Jild 1 № 9 (2024)
Nashr qilingan: 27-12-2024

Maqolalar

18-21 1024 37

NA’MATAK O‘SIMLIGINING BA’ZI FOYDALI XUSUSIYATLARI VA ORGANIZIMGA TA’SIRI

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Maftuna Hoshimova , Azizaxon Axmadjonova

Ushbu maqola na’matak o‘simlik turlari, organizmga foydali va zararli ta’sirlari, ozuqaviy qiymati haqida ma’lumotlar berilgan. Na’matak - erta bahorda chiroyli pushti rangli gullaydigan, yozning oxiri va sentabr oyining boshida pishib yetilgan mevalari bilan quvontiradigan ko‘p yillik buta. Xalq orasida bu o‘simlik «yovvoyi atirgul» deb ham ataladi.

64-69 162 28

DIATOM SUVO’TLAR(BACILLARIOPHYTA)NING SISTEMATIK O’RNI, O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA AHAMIYATLI VAKILLARI

Ilashov Shohjahon Xurshid o’g’li Ilashov Shohjahon Xurshid o’g’li, Ibrohimova Mohinur Hamidullo qizi Ibrohimova Mohinur Hamidullo qizi, Xusanov Saydulloxon Ilyosxon oʻgʻli Xusanov Saydulloxon Ilyosxon oʻgʻli

Ushbu maqolada Diatom suvo'tlar bo'limining morfologiyasi, anatomiyasi, sistematikasi, ekologiyasi, o'ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan. Diatom suvo'tlar tarqalish jihatdan boshqa suv o'tlardan yaqqol ustunlik qilib, yer yuzining turli sharoitlarida yashashga moslashgan. Tuzilishining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kokkoid tuzilishga ega bo'lgan qalqon bilan tashqi tomondan qoplangan.     

57-63 75 21

SHARIFA SALIMOVA BAXSHIYONALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Zilola Eshanova

Maqolada Sharifa Salimova ijodidagi baxshiyona asarlar tahlili orqali ularning o‘ziga xos xususiyatlari hamda davr muammolari tasvirini berishda folklorning turli unsurlaridan foydalanishdagi shoira mahorati yoritilgan. Shuningdek, Sh.Salimovaning “Baxshiyona” turkumi bir xil kompozitsion strukturaga ega emasligi, xalq dostonlari, ertakona motiv va obrazlar stilizatsiyasi asosida shakllantirilgani asoslangan

52-56 60 17

RAQAMLI MUHITDA TA'LIMNI TASHKIL ETISH: INTERFAOL YONDASHUVLAR VA AKTNING DIDAKTIK TAMOYILLARI GEOGEBRA MISOLIDA

Arofathon Kuchkarova

Ushbu maqolada raqamli muhitda ta'limni tashkil etish, interfaol yondashuvlar va AKT ning didaktik tamoyillari GeoGebra dasturi misolida ko‘rib chiqiladi. GeoGebra dasturi matematikani o‘rganishda interfaol va vizual usullarni taqdim etadigan kuchli vosita sifatida, o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallashga yordam beradi. Zamonaviy ta'lim tizimi, ayniqsa, geografiya, algebra va geometriya kabi sohalarda GeoGebra dasturidan foydalanish orqali o‘quvchilarni ilmiy fikrlashga, ijtimoiy va akademik faoliyatga jalb etishga imkon beradi.

49-51 161 15

EFEDRIN ALKALOIDINING BA’ZI XUSUSIYATLARIGA OID

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Ominaxon Tojidinova

Ushbu maqolada efedrin alkaloidi haqida va uning tuzulishi, tarkibi, ijobiy va salbiy ta’sirlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Efedrin asosan oddiy qizilicha va tog‘ qizilchasi tarkibida boshqa o‘simliklarga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Efedrin tibbiyot va tabobatda qo‘llaniladi, lekin hozirgi kunda kam foydalaniladi

43-48 247 43

XITOY TA’LIM TIZIMI UNI O’ZBEKISTONDA QO’LLASH IMKONIYATLARI

Lochinbek Hazratqulov

Ushbu maqola O’zbekistonda xozirda ozgartirishlar kiritilayotgan ta’lim tizimi xaqida va uni xitoy ta’lim tizimidan nusxa olib o’zimizning sharoitlarga moslagan xolda o’rnatishimiz. Natijada O’zbekistonda ham xitoy talim tizimidagi kabi yutuqlarga erishish va O’zbekistonda xitoydagi kabi   o’z soxasining kuchli kadrlarni kopaytirishga xizmat qiladi.

37-42 181 50

PIRROFIT (PYRROPHYTA) SUVO’TLARINING TABIATDAGI O’RNI TARQALISHI VA AHAMIYATI

Shohjahon Ilashov , Mohinur Ibrohimova , Saydulloxon Xusanov

Ushbu maqolada Pirrofit suvo'tlarning morfologiyasi, anatomiyasi, sistematikasi, o'ziga xosligi va ahamiyati haqida ma'lumot berilgan. Pirrofit suvo'tlar asosan monad, ayrim vakillari kokkoid, palmelloid, ipsimon tuzilishli bo'lib, tarkibida ko'plab pigmentlar jumladan, karotin, ksantofil, peridinin uchraydi. Hujayra tuzilishi dorzoventral bo'lib, membranalarida edjektosoma tukchalari mavjud.

33-36 83 20

O’ZBEKISTON TOG’LARIDA TARQALGAN JUNIPERUS. L TURKUMI BOTANIK TAVSIFI, VAKILLARI VA AHAMIYATI

Gulshanoy Razakova , Murodali Tojiboyev

Maqola O‘zbekiston tog‘larida tarqalgan Juniperus L. turkumi o‘simliklarining botanik tavsifi, ularning vakillari va ekologik ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Juniperus turkumi, o‘simliklarning eng qadimgi va ekologik jihatdan muhim guruhlaridan biri hisoblanadi. Ushbu o‘simliklar asosan tog‘lik va tog‘oldi hududlarida uchraydi va yuqori chidamlilikka ega bo‘lib, qurug‘ochilik va sovuqqa qarshi barqarorlik ko‘rsatadi. Maqolada Juniperus turkumiga kiruvchi o‘simliklarning xususiyatlari, ular o‘sadigan biotoplar va ekologik roli batafsil tahlil qilinadi. O‘zbekistonning Tyan-Shan, Farg‘ona va Zarafshon tog‘larida tarqalgan Juniperus vakillari, ayniqsa, Juniperus communis va Juniperus turkestanica kabi turlar muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada Juniperus o‘simliklarining xalq tibbiyoti va qurilish sanoatida qo‘llanilishi, ularning iqtisodiy va ekologik ahamiyati, shuningdek, O‘zbekistonning tabiatini saqlashdagi roli ko‘rib chiqiladi. Maqola ekologik barqarorlikni ta’minlashda va tabiiy resurslarni boshqarishda Juniperus o‘simliklarining ahamiyatini oshirish zarurligini ta’kidlaydi.        

29-32 98 22

ANTIOKSIDANT FERMENTLAR VA ULARNING VAZIFALARI

N.R.Xamidullayeva N.R. Khamidullayeva, R.Y. Latipova R.Y. Latipova, S.I.Xusanov S.I. Khusanov, M.Sh.Khakulova M.Sh.Khakulova

Mazkur maqolada antioksidant fermentlarning inson organizmidagi ahamiyati va ularning asosiy vazifalari yoritilgan. Ushbu ish antioksidant fermentlarning hujayra hayotiyligi va salomatlik uchun muhimligini ilmiy asosda tavsiflaydi va kelgusida ularni qo‘llashning amaliy imkoniyatlarini ochib beradi.

26-28 60 23

ASKOMITSETLARNING UMUMIY TAVSIFI, AHAMIYATI, VAKILLARI

Zarina Sansarova , Murodali Tojiboyev

Ushbu maqolada askomitsetlarning umumiy tavsifi, ahamiyati, va  vakillari haqida ma’lumot yoritib berilgan. Sinfning tuban hamda yuqori vakillari, vegetaativ, jinssiz va jinsiy ko’payishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.  Askomitsetsimonlar qishloq xo’jalik ekinlarida parazitlik qilib har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ularning foydali tomonlari ham bo’lib ba’zi turlaridan antibiotiklar, vitaminlar va boshqa moddalar olinadi.

22-25 134 37

XITRIDIOMITSETLAR SINFINING UMUMIY TAVSIFI VA KO’PAYISH USULLARINI O’RGANISH

Dildora Niyozova , Murodali Tojiboyev

Mazkur maqolada Xitridiomitseatlar sinfi (Chytridiomycota) haqida umumiy tavsif va ularning ko‘payish usullari o‘rganiladi. Xitridiomitseatlar - zamburug‘larning bir sinfi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi suvli muhitlarda yashaydi. Ular o‘zining unikal morfologiyasi va hayotiy tsikllari bilan ajralib turadi. Maqolada Xitridiomitseatlarning morfologik xususiyatlari, tasniflashda o‘rni, va ekologik roli keltirilgan. Shuningdek, ko‘payish jarayonlari, shu jumladan jinsiy va jinsiz ko‘payish usullari, sporalarning tarqalishi va ularning hayot tsikli to‘liq tahlil qilinadi. Xitridiomitseatlarning biologik va ekologik ahamiyati, ularning qishloq xo‘jaligi va tibbiyotdagi o‘rni haqida ham fikrlar keltirilgan. Maqola ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqqan mutaxassislar uchun foydali bo‘lib, bu sinfning ko‘payish mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.        

70-74 144 27

MOLIKULYAR BIOFIZIKA ASOSIY TAMOYILLARI VA ULARNING FUNKSIYASI

Mahliyo Abduvaxopova , Yo’ldoshxon G’ofurov

Ushbu maqolada molekulyar biofizika va uning funktsiyalariga alohida e'tibor qaratgan holda biofizika va uning tamoyillari haqida qisqacha ma'lumot beradi. Bu sizga biologik tizimlar ichidagi o'zaro ta'sirlar va bu jarayonlarni o'rganishda biofizikaning roli haqida tushuncha beradi. Dissertatsiya shuningdek, energiya almashinuvi, molekulyar o'zaro ta'sirlar va biologik tizimlar dinamikasi, shuningdek, biofizik jarayonlarni tahlil qilish va simulyatsiya qilish uchun kompyuter modellashtirishni qo'llash bilan bog'liq mavzularni o'z ichiga oladi.

15-17 68 23

RO`YANDOSHLAR OILASI TAVSIFI, SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

Madinabonu Baxromova , Murodali Tojiboev

Ushbu maqolada Rubiaceae oilasining taksonomiyasi, uning morfologik va ekologik xususiyatlari, shuningdek, uning inson hayoti va tabiiy ekotizimlarda o'ynaydigan roli bayon qilingan. Ushbu oilaning noyob turlari va ularning ahamiyati ko'rib chiqilgan.    

11-14 208 38

DORIVOR ROZMARIN (ROSMARINUS OFFICINALIS) O’SIMLIGINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

R.Y. Latipova R.Y. Latipova, N.R. Xamidullayeva N.R. Xamidullayeva, L.K. Yunusova L.K. Yunusova, D.S. To’ychiyeva D.S. To’ychiyeva

Ushbu maqolada rozmarin o’simligining botanik xususiyatlari, tarqalishi, kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Unda rozmarinning o’ziga xos efir moylari, antioksidant birikmalari va terapevtik xususiyatlari, oziq-ovqat sanoatida keng qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.       

8-10 109 28

GINKGO BILOBA L. O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

Nilufar Sotvoldiyeva

Ushbu maqolada ginkgo biloba o`simligining morfologiyasi, botanik tavsifi, tarqalishi, ahamiyati yoritib berilgan. Ginkgo biloba ochiq urug’li o’simlik hisoblanadi. Ko’kalamzorlashtirishda foydalansa bo’ladi. U zamburug’ kasalliklariga, hasharotlarga, havoning ifloslanishiga yaxshi chidaydigan chiroyli o’simlik hisoblanadi.            

3-7 129 26

LABORATORIYA O‘QUV MASHG‘ULOT DARSLARIDA OSHLOVCHI MODDALARNI ANIQLASHGA OID

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Sevara Xakimova , Xilola Xusanboyeva

Ushbu maqola oshlovchi moddalarining xususiyatlari, olinish usullari, qaysi o‘simliklarda oshlovchi moddalar borligi, o‘quv labaratoriyalarda oshlovchi moddalarga xos sifat reaksiyalarini tajriba asosida yoritib berilgan.          

183-186 321 36

REKOMBINANT DNK TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA INSULINNI SINTEZ QILISH

D Ibroximova, M Maxmudova, M Ro‘ziboyeva, F To‘xtaboyeva

Mazkur tezisda rekombinant DNK texnologiyasi yordamida insulin sintez qilish jarayonlari batafsil yoritilgan. Insulin gormonining organizmdagi vazifalari va uning diabet kasalligini davolashdagi ahamiyati tushuntirilgan. Ishda insulin ishlab chiqarishning genetik muhandislik usullari, rekombinant DNK texnologiyasining asoslari, bakterial va xamirturush hujayralaridan foydalanish bosqichlari va tozalash jarayonlari batafsil ko‘rib chiqilgan

187-191 279 36

KITOBXONLAR EHTIYOJINI O‘RGANISH USULLARI TAHLILI

S Berdibekova, Sh Normatov

Ma’lumki, kutubxona fondini shakllantirishda kitobxonlar ehtiyoji hisobga olinishi kerak bo‘lgan eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Ammo muayyan kitobxonning axborot ehtiyojlari dinamik xususiyat kasb etib, u vaqt o‘tishiga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Bunga bir tamondan kitobxonning o‘zgarib boruvchi shaxsiy xusisiyatlari, ikkinchi tomondan ilm-fan sohasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur maqolada kitobxonlar axborot ehtiyojlarini aniqlashning ana’naviy va zamonayiy usullari tahlil etiladi

192-195 231 48

FERMENTLARNING BIOTEXNOLOGIYA VA GEN MUHANDISLIGIDA QO‘LLANILISHI

F To‘xtaboyeva, N Xamidullayeva, R Erkinova, M Shavkatbekova

Mazkur maqola fermentlar va ularning ishtirokidagi texnologiyalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda fermentlarning biologik-kimyoviy xususiyatlari, ularning oziq-ovqat, farmatsevtika, kimyo sanoatlari hamda tibbiyot va ekologiyadagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, fermentlarning biotexnologiya va gen muhandisligidagi ahamiyati, ularning sanoatda yangi imkoniyatlarni yaratishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Ushbu ish fermentlar bilan bog‘liq texnologik yechimlarning hozirgi kundagi ahamiyati va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini yoritishga qaratilgan

196-200 87 21

DUNYO TILSHUNOS OLIMLARINING SOMATIZMLARGA DOIR NAZARIY QARASHLARI

Maxmudjon Mirzakarimov

Tilshunoslik tadqiqotining zamonaviy yo‘nalishlari - semantik-kognitiv, lingvokulturologik, psixolingvistik-somatika tilda inson omilini o‘rganish (antropotsentriklikning namoyon bo‘lishi sifatida) va voqelikni konseptualizatsiya qilish doirasida hal qilinadi. Ushbu maqolada anu shu mavzu yoritilgan

201-205 316 44

O‘SIMLIK VA HAYVON IRSIYATINI GEN INJENERIYASI USULI BILAN O‘ZGARTIRISH

F To‘xtaboyeva, M Yaquboliyeva, N Murodaliyeva, M Ergasheva

Ushbu maqolada  o’simliklar va hayvonlarga gen kiritish usullari, xususan, Agrobakteriya yordamida transformatsiya va mikroinyektsiya, shuningdek, hayvonlar uchun genetik modifikatsiya jarayonlari batafsil bayon qilinadi. Shuningdek, gen injeneriyasining afzalliklari va xavflari, jumladan, ekosistema va inson salomatligiga ta’siri, etik masalalar va xavf-xatarlar tahlil qilinadi

206-211 192 39

YASMIQ ( LENS CULINARIS M) O`SIMLIGINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Feruza To'xtaboyeva, Madinabonu Raximova

Yasmiq ( lens culinaris M) dukkakdoshlar oilasiga mansub  bo`lib ,qimmatli oziq – ovqat ma`hsuloti hisoblanadi. Yasmiq tuproqning unumdorligini oshirishda  azot fiksatsiya  qiluvchi o,simlik hisoblanib ,  doni tarkibidagi oqsil miqdori 24-35% ga teng . Respublikamizda yasmiq yetishtirish va uning  biologic  xususiyatlarini o`rganish  asosida qimmatli seleksion  manbalar  olish va shu orqali aholi oziq – ovqat havfsizligini ta`minlash muhim ahamiyatga ega.

112-120 390 48

XAYVON XUJAYRALARI GEN MUXANDISLIGI

Feruza Tuxtaboyeva , Mashxura Mukumjonova , Ruxshona Xamdamova , Zulxumor Rahmonova

Ushbu maqolada hayvon hujayralarining genetik materialini o‘zgartirish orqali yangi xususiyatlar kiritish yoki mavjud xususiyatlarni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalar haqida ma`lumot berilgan. Ushbu soha zamonaviy biotexnologiya va tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Bu texnologiyalar yordamida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, inson kasalliklarini o‘rganish, genetik terapiyalar yaratish va qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yuqori sifatli hayvon zotlarini olish imkoniyati yaratiladi. Hayvon hujayralari gen muhandisligi kelajakda biotexnologik rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida xizmat qiladi.

174-176 106 35

TORONDOSHLAR OILASINING TURLARI, TARQALISHI VA AHAMIYATINI O’RGANISH

Odiljon Shavkatbekov

Mazkur ilmiy ishda Torondoshlar oilasining turlari, tarqalishi va ahamiyati o‘rganiladi. Torondoshlar (Urticaceae) o‘simliklar oilasi bo‘lib, dunyo bo‘ylab 50 turdan ortiq o‘simlikni o‘z ichiga oladi. Ushbu o‘simliklar asosan tropik va subtropik hududlarda tarqalgan bo‘lib, ayrim turlari yevrosiyo va Shimoliy Amerika hududlarida ham uchraydi. Torondoshlar oilasining o‘simliklari ko‘pincha dori-darmon, oziq-ovqat va sanoat sohalarida ishlatiladi, shuningdek, ularning ekologik ahamiyati ham katta, chunki ular tuproqni oziqlantirish va ekosistemada o‘zaro munosabatlarni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu ishda Torondoshlar oilasining turlari tasnifi, ularning geografik tarqalishi, iqtisodiy va ekologik ahamiyati, shuningdek, ularni tadqiq etishning ilmiy-ijobiy ahamiyati muhokama qilinadi

168-173 30 11

G’O’ZA O’SIMLIGINING NOQULAY SHAROITLARDA MINERAL O’G’ITLAR ORQALI RIVOJLANISH, SHU ORQALI HOSILDORLIK SFATI HAMDA MIQDORINI IJOBIY O’ZGARISHI

Ya Tursunov , Sh Xasanova

Maqolada Andijon viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitlarida yetishtirilayotgan  g‘o‘zaning  “Andijon-35”  navida  karbamid o‘g‘itlari asosida tayyorlangan suspenziyani g‘o‘zaning rivojlanish davrlarida   bargi orqali qo‘llash me’yorlarini, o‘simlik  o‘sishiga va rivojlanishiga, paxta hosiliga ta’sirini aniqlandi.

164-167 128 33

TA‘LIM SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Malohat Qodirova

Ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalari va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkonyatlari, ularning afzaliklari keltirib o’tilgan. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida internet, multimedia resurslari, raqamli platformalar va turli interaktiv vositalar o’quvchilarning bilim olish jarayonini samarali tashkil etishda keng qo’llanilmoqda. Bu texnologiyalar o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi kommunikatsiyani yaxshilash, shuningdek, ta’limni individualizatsiya qilish imkoniyatlarini yaratadi

158-163 101 26

SARIMSOQ VA PIYOZ KUKUNINING KIMYOVIY TARKIBI TARKIBI VA DAVOLASH XUSUSIYATLARI

Ugilxon Mamatqulova

Maqolada sarimsoqpiyoz va piyozning kimyoviy tarkibi, shuningdek vitamin tarkibi va flavanoidlar tarkibi shifobaxsh xususiyatlari asosida turli kasalliklarni oldini olish va davolash to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan. Piyoz tarkibidagi vitamin va flavanoidlarni YuQSX taxlili asosida o`rganilgan va taxlil qilingan. Ular tarkibidagi  karotin, kversetin, fitontsidlar va vitaminlari shuningdek antiseptik va yalligʼlanishga qarshi taʼsiri, anti-aterosklerotik taʼsiri, diuretik va antioksidantlik xossalari to`g`risida malumotlar keltirilgan

151-157 56 32

O'tkir zaharliligini aniqlash "LUPINUS AS"

Charosxon Abdujabborova

Maqolada O‘zbekistonda topilgan yapon za’frani (lot. Styphnolobium japónicum) va lyupin (lot. Lupus) aralashmasidan tayyorlangan “As Lupinus” biologik faol moddasining o‘simliklar organizmiga umumiy ta’siri va o‘tkir zaharliligi o‘rganilgan. sichqonlar. Namuna Bioorganik kimyo institutining farmakologiya va biologik faol moddalar skriningi laboratoriyasida tekshirildi. "As Lupinus" - bu biologik faol oziq-ovqat qo'shimchasi bo'lib, tajriba uchun maydalangan va o'ziga xos hidga ega

146-150 109 42

AUTENTIK MATERIALLARNING INGLIZ TILINI O'QITISHDAGI SAMARADORLIGI

Mohlaroyim Solijonova

Autentik materiallar ingliz tilini o‘qitishda samarador usul sifatida keng qo‘llanilib, o‘quvchilarning lingvistik va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqola autentik materiallarning ingliz tilini o‘rgatishda qo‘llanilishi, ularning samaradorligini oshirish usullari va natijaviy ko‘rsatkichlari haqida so‘z yuritadi. Tadqiqotda autentik materiallardan foydalanishning lingvistik, madaniy va psixologik afzalliklari, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan holda foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinadi

142-145 96 23

BIOTEXNOLOGIYANING OCHILISH TARIXI

H Abdug‘ofurova, M Komilova, M Xoldarova, F To‘xtaboyeva

Ushbu tezisda Biotexnologiya fani ochilishi, biotexnologiyaning tarixi va rivojlanishi, biotexnologiyaning tibbiyotdagi ahamiyati, biotexnologiyaning ekologik ahamiyati, biotexnologiyaning ijtimoiy va etik masalalari haqida qisqacha ma`lumot berigan

135-141 68 24

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNING AQLIY RIVOJLANISHIDAGI MUAMMOLAR

Nodira To‘rayeva , Charos To‘rayeva , Sadoqat Xayrullayeva

Bolalarning maktabgacha yoshdagi rivojlanishi ularning kelajakdagi intellektual salohiyati va shaxsiy imkoniyatlariga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu davrda bola nafaqat asosiy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi, balki ularning aqliy rivojlanishi, ijodiy tafakkuri va ijtimoiy moslashuvchanligi shakllanadi. Ammo maktabgacha ta’lim muassasalarida bu jarayon ko‘plab muammolar bilan bog‘liq. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning aqliy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularga yechim topish yo‘llari haqida fikr yuritamiz

130-134 239 49

YERDA HAYOTNING PAYDO BO‘LISHI

Tolib Teshaboyev

Yerda hayotning paydo bo‘lishi – bu insoniyat uchun eng qiziqarli va muhim savollardan biridir. Ushbu jarayon, nafaqat biologiya, balki kimyo, geologiya va astronomiya sohalarida ham chuqur o‘rganilmoqda. Hayotning kelib chiqishi haqida ko‘plab nazariyalar mavjud bo‘lib, ular orasida organik birikmalar, kimyoviy evolyutsiya va geologik jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirlar yotadi. Ushbu maqolada, hayotning paydo bo‘lishi jarayonini, uning nazariyalarini va evolyutsiyasini batafsil ko‘rib chiqamiz

125-129 371 55

FERMENTLARNI IMMOBILLASH: MOHIYATI, USULLARI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI

Feruza Tuxtaboyeva , Zilola Mahmudojonova , Baxridil Oqyo’lova

Fermentlarni immobillash jarayoni biotexnologiya va sanoat sohalarida katta ahamiyatga ega bo‘lib, fermentlarning samaradorligini oshirish, ularning faolligini uzoq muddat davomida saqlash va ekologik xavfsizlikni ta'minlashga yordam beradi. Fermentlarni immobillash orqali sanoat jarayonlarini optimallashtirish, qayta ishlash imkoniyatini yaratish va atrof-muhitga zararli chiqindilarni kamaytirish mumkin.

177-182 308 50

HUJAYRA MUHANDISLIGIDA FOYDALANILADIGAN TEXNOLOGIK JARAYONLAR

M Olimov, Sh Nabiyeva, Sh Shodmonova, F To‘xtaboyeva

Hujayra muhandisligi biologiya va texnologiyaning kesishgan nuqtasida joylashgan fan bo‘lib, turli xil texnologik jarayonlar yordamida hujayralarni modifikatsiya qilish va ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi. Ushbu maqolada hujayralarni o‘stirish, genetik tahrirlash, differensiyatsiya, bioprinting, kriokonservatsiya, bioreaktor texnologiyalari, biomarker monitoringi, va nanotexnologiyalardan foydalanish kabi zamonaviy texnologik jarayonlar ko‘rib chiqiladi.

107-111 62 23

SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKILLANTIRISHDA JISMONIY TAYYORGARLIKNI AHAMIYATI

Nafosat Najmiddinova , Soraxon Erkinova , Madinaxon Xolmirzaeva

Mazkur maqolada sog’lom turmush tarzini ta’min etuvchi omillaridan biri jismoniy mashqlar va jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish chora-tadbirlari va ularni rivojlantirish masalalari ko’rilgan. 

103-106 84 30

VIRUSNING SISTEMATIKASI TUZILISHI TARQALISHI VA AHAMIYATI

Omadbek Abdullayev

"Viruslarning tizimatikasi, tuzilishi, tarqalishi va ahamiyati" mavzusi viruslarning biologik xususiyatlarini va ularning inson hayoti, iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun tahdidlarini o‘rganishni maqsad qilgan. Viruslar mikroskopik organizmlar bo‘lib, ular o‘z-o‘zidan hayot kechira olmaydi, balki faqat uyali mezbon tizimlarida ko‘payishlari mumkin. Ushbu tezisda viruslarning tuzilishi, genetik materialining turi, evolyutsion rivojlanish jarayoni, ularning tizimatik tasnifi va biologik aktivligi tahlil qilinadi. Viruslar turli ekosistemalarda keng tarqalgan va ular ko‘plab kasalliklar, shu jumladan odamlar, hayvonlar va o‘simliklar orasida yuqishi mumkin. Viruslar nafaqat mikrobiologiya, balki tibbiyot, ekologiya, va biotexnologiya sohalarida ham katta ahamiyatga ega. Ushbu tezisda viruslar bilan bog‘liq asosiy xususiyatlar va ular tarqalishining global va mahalliy miqyosdagi oqibatlari ko‘rib chiqiladi

99-102 98 19

TAKOMILLASHMAGAN ZAMBURUG’LARNING UMUMIY TAVSIFI, ASOSIY VAKILLARI

Layloxon Obidjonova

Ushbu maqolada takomillashmagan zamburug’lar, ularning umumiy tavsifi, asosiy vakillari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Shilimshiqlarga o‘xshash zamburug‘lar ham geterotrof oziqlanish xususiyatiga ega. Zamburug‘larning bunday oziqlanishi va bir qator boshqa xususiyatlari ularning ham o‘simliklarga, ham hayvonlarga o‘xshashligini ko‘rsatadi

95-98 48 14

THE PLACE, DISTRIBUTION, REPRODUCTION AND IMPORTANCE OF BROWN WATER GRASS IN NATURE

Zebiniso Khojamberdiyeva

Qoʻngʻir suv oʻtlari, ilmiy nomi bilan Phaeophyta yoki Phaeophyceae, dengiz suvida yashovchi koʻp hujayrali organizmlardan iborat boʻlib, ular oʻzining pigmentlari va ekologik ahamiyati bilan ajralib turadi. Ushbu oʻsimliklar sovuq va moʻtadil suv ekotizimlarida keng tarqalgan. Ular dengiz hayotini qoʻllab-quvvatlovchi muhim omil boʻlib, bir vaqtning oʻzida iqtisodiy jihatdan ham qimmatli hisoblanadi.

92-94 53 17

QIZIL SUVOʻTLARINING TABIATDAGI OʻRNI, TARQALISHI, KOʻPAYISHINI VA AHAMIYATI

Oygul Abduvohidova

Men ushbu tezisda „Qizil suvoʻtlarining tabiatdagi oʻrni tarqalishi, koʻpayishi va ahamiyati “ haqida maʼlumotlar keltirilgan.

88-91 50 18

DESCRIPTION OF THE LICHEN DIVISION, STRUCTURE OF THE THALLUM, TYPES, IMPORTANCE IN NATURE AND IN THE NATIONAL ECONOMY

Markhabo Solijonova

This article describes the description of lichens, the structure and types of lichens, their importance in nature and economy. Despite the fact that lichens are distributed in the most difficult living conditions, they cannot withstand air pollution. That is why they rarely grow in urban conditions. In general, lichens are also used in the preparation of expensive paints and perfumery products

84-87 261

ODDIY BANGIDEVONA (DATURA STRAMONIUM) O‘SIMLIGINING XUSUSIYATLARIGA OID

Feruza Tuxtaboyeva , Ibroximjon Ismoilov , Rayhona Latipova , Saboxat Latifjonova

Ushbu maqolada bangidevona o‘simligining xususiyatlari, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali va zararli xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Unda oddiy bangidevonaning o‘ziga xos alkaloidlari va ularning fizik-kimyoviy xossalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

81-83 72 28

ASKOMITSETSIMONLAR SINFNING TASNIFI, VAKILLARI, AHAMIYATI VA KOʻPAYISHI

Maftuna Muhammadyunusova

Askomitsetlar (Ascomycota) — zamburugʻlar olamining eng katta va xilma-xil sinfi bo‘lib, tabiatda va inson hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada askomitsetlarning umumiy xususiyatlari, ko‘payish usullari, ekologik ahamiyati, inson faoliyatidagi o‘rni va salbiy ta’sirlari batafsil yoritiladi.  Maqola askomitsetlarning iqtisodiy va biologik ahamiyatini to‘liq ochib beradi

75-80 59 28

DORIVOR YULG’UN (TAMARIX) O’SIMLIGI TARKIBIDAGI MAKRO- VA MIKROELEMENTLARNI IBP-OES USULIDA ANIQLASH

Yusufjon Isayev , G`ayrat Madrahimov , Xusniyo Zokirova

ushbu maqolada yulg’un o’simligining novdasi po’stlog’i hamda gullari tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdorini induksion bog‘langan plazmali optik emission spektometriya (IBP-OES) usulida aniqlash natijalari keltirilgan. O’simlik  materialining  mineral  tarkibi o’zaro qiyoslanganda novda po’stlog’i tarkibida makro- va mikroelementlar miqdori o’simlikning gul qismiga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi