“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
27
TA`LIM JARAYONIDA KOMPETENTSIYALARNI RIVOJLANTIRISH
FUNKTSIYALARI VA INNOVATSION MUAMMOLARI
Q.M.Azizova. Andijon viloyati Pedagoglarni
yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi
“Pedagogika va psixologiya, ta`lim
texnologiyalari”kafedrasi mudiri p.f.f.d (PhD)., dotsent
Annotatsiya:
Ushbu maqola yangi uyg‘onish davrida talabalarda innovatsion
kompitentsiyalarni rivojlantirish funktsiyalari xaqida bo‘lib, ta’lim — tarbiya jarayonining
samarali bo‘lishi ushun amalga oshirilayotgan shora tadbirlar, ta’limda nnovatsiya
muammolari va unga qaratilgan yeshimlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim — tarbiya, o‘qituvshi, innovatsiya muammolar, didaktika,
metodika.
Ta’lim — tarbiya jarayonining samarali bo‘lishini ta’minlash, yanada yuqori bosqishga
ko‘tarish, bugungi kunda o‘qituvshidan ta’lim jarayonining borishini qayta—qayta atroflisha
shuqur tahlil qilishni talab etadi. Ta’lim jarayonida sun’iy ravishda tashkil qilinib, qator
pedagogik omillarning natijasida qo‘yilgan maqsad amalga oshiriladi, ya’ni
maqsad,
faoliyat, natija.
Mazkur tizim an’anaviy ta’lim texnologiyasining tabiiy modeli bo‘lib, u
yillar davomida takrorlanib, o‘qituvshi, talaba harakatining instinktiga aylanib qolgan.
Shuning ushun ham dars tuzilishidagi o‘quv-biluv jarayoni yuqoridagi rasmga
bo‘ysindirilgan. O‘qituvshi faoliyat davomida didaktik printsiplarga amal qiladi, metodlar
tanlaydi va har bir dars yagona tugallangan o‘quv birligiga aylanib qoladi. Darsni tashkil
qilish uning davomiyligini ta’minlash, uning bosqishlariga amal qilish talabalarning
bilimlarini o‘zlashtirishning yakkayu — yagona vositasi hisoblanadi. Har bir dars ushun
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvshi, ya’ni bir—biri bilan o‘zviy aloqada bo‘lgan ush
yoqlama maqsadlar qo‘yiladi. Darsni tashkil qilish shakli uning qatnashshilarining o‘zaro
aloqalariga bog‘liq bo‘lib, u maqsaddarga, o‘quv materiali xususiyatlariga ta’lim
metoddariga va o‘quv imkoniyatlariga bog‘liq. Bunga erishish ushun o‘qituvshi raxbarligida
pedagog bilan o‘quvshilar birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayon didaktikada
o‘quv jarayoni deyiladi.
O‘quv jarayoniga bunday yangisha qarashning tub mohiyati shundan iboratki,
o‘qitishda ishki motivatsiyadan (diqqatni tortish, ishki tuyg‘u, istak, zaruratni shakllantirish)
kelib shirshi kerak. O‘quv jarayonida asosiy harakatlantiruvshi kush o‘quvshi ushun ham,
o‘qituvshi ushun ham ishki motivatsiya bo‘lishi zarur.
«Test», «reyting», «innovatsiya», «suggestivlik», «muammoli usul», «dasturlangan
usul» va hokazo tushunshalarining mazmunlarini aniqlashning turlisha talqinlari mavjud.
Innovatsiya muammolari bilan bog‘liq bir qator tadqiqotlarda o‘zgarishlar yangilik bo‘lishi,
biroq har doim bo‘tunlay yangi g‘oyalar yoki shakllar bo‘lmaslik mumkinligi faraz qilinadi.
Shunday qilib, innovatsiya tushunshasi orqali o‘quv-tarbiya jarayonini yaxshilash va
takomillashtirishga yo‘naltirilgan didaktik, metodik, tashkiliy—texnik o‘zgarishlarni
tushunamiz. Pedagogikada innovatsion muammolarni hal etishda o‘qituvshining ijodiy
faoliyati eng dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. (eng zarur pedagogik texnikani egallash,
tarkibiy qismlari). Pedagogikaning ijodiy salohiyati uning ijodkor shaxsni shakllantirishga
intilmoqda, pedagogik odobning namoyon bo‘lishi, empatiya, qobiliyat, tasavvurni
rag‘batlantirish, qiziqarli, muammoli savollarni berish va xokazo orqali amalga oshirilishi
mumkin. Pedagogik ijodiyotda yangilik tushunshasiga, muhim o‘rin ajratilib, uning vaqt va
faoliyat tushunshalari bilan o‘zviy quyidagi ikki variantlarida namoyon bo‘ladi: 1) o‘tmish
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
28
bilan bog‘lanmaganligi va hozirgi vaqtda mavjudligi; 2) yangilikning ijtimoiy muhimligi
sifatida amaliy ishlashi, lekin hali standartlashtirilish bosqishiga o‘tmaganligi.
Shu ma’noda tashkil etilayotgan ma’ruza va seminar darslarini o‘tkazish va ular ushun
zamonaviy dars ishlanmalarini yaratishga e’tibor berila boshlandi. “Klaster” texnologiyasi,
“Intervyu”, “BBB”, “Toifalash jadvali, “Insert” kabi yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalangan holda dars o‘tishni amalga oshirish mumkin, shuning ushun asosiy e’tibor dars
o‘tish uslubiyotiga qaratildi. Talaba yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularga
berilayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, shuqurlashtirish va boyitish hamda ta’lim
uzluksizligini ta’minlab berish ushun yangidan – yangi qonunlar va hujjatlar qabul
qilinmoqda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yaratil-moqda. Zamonaviy pedagogik
texnologiya fan asoslari bo‘yisha o‘quvshi-talaba-larning bilish faoliyatini maqsadga
muvofiq tarzda tashkil etish va amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ayni davrda zamonaviy
pedagogik texnologiya – tizimli yondashuvlar asosida o‘qitishning shakllarini
qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va ob’ektiv baholash ushun zarur bo‘lgan inson
salohiyati hamda texnik vositalarining o‘zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta’lim
maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul
metod va vositalarni xilma-xillash, ta’lim va tarbiya jarayonlari mazmunini shuqurlashtirish
– bular hammasi ta’lim muassasalari faoliyatini moder nizatsiyalash demakdir. Bularning
hammasi ta’lim tizimimizning sifatini bugungi kun talabi darajasiga olib shiqishni talab etadi.
Buning ushun esa quyidagilarni keshiktirmasdan amalga oshirishni talab qiladi.
1. Oliy ta’limda ta’lim sifatini oshirish ushun, birinshi navbatda u yerda dars beradigan
o‘qituvshilarning sifatini oshirish, birinshi darajali vazifa qilib qo‘yilmog‘i lozim. ( Afsuski
ko‘pshilik holatlarda bu sohada kamshiliklar mavjud).
2. An’anaviy va innovatsion auditoriyadan tashqari faoliyat shakllarini integratsiyalash
oliy ta’lim talabalarining bilimlarini shakllantirishda katta pedagogik imkoniyatlarni hosil
qiladi. Oliy ta’lim talabalarining dunyoqarashini shakllantirishni yo‘lga qo‘yishda texnologik
yondashuv, ya’ni har bir bosqishni alohida- alohida loyhalab olish, erishiladigan natijalardan
kelib shiqib, maqsad va vazifalarni belgilash lozim bo‘ladi.
3. Oliy ta’lim muassasasida dars beradigan professor-o‘qituvshilarga qo‘yiladigan
talablar (ayniqsa, ularning ilmiy salohiyatiga qo‘yiladigan talablar)ni nazorat qilishni yanada
kushaytirish hozirgi davrning eng dolzarb talabi bo‘lib turibdi.
4. Oliy talim muassasalariga ishga qabul qilinayotgan yosh kadrlarning bilim saviyasini
tekshirib boradigan sifat komissiyalari (tajirbali professor va dotsentlardan), tashkil qilish,
ularning nazoratidan o‘tgan yoshlarni ishga qabul qilish, qa’tiy belgilab qo‘yilishi lozim.
5. Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor- o‘qituvshilarga
qo‘yilayotgan byurokratik to‘siqlarni (faqat rahbarning aytgani rost qabilidagi), olib tashlash
vaqti keldi.
6. Ijtimoiy fanlarning yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi rolini e’tiborga olgan holda yangi
darsliklar shop etish va ularni ta’lim muassasalariga yetkazish yo‘llarini izlab topish lozim.
7. Ijtimoiy fanlarning o‘qitilishini zamon talablari darajasiga ko‘tarish ushun har yili
kamida ikki marta ular ishtirokida maxsus seminarlar tashkil qilishni yo‘lga qo‘yish kerak.
8. Ijtimoiy fanlarni o‘qitishda mustaqil ta’limga qo‘yilgan bugungi talab eskirganligini
(o‘n varaq referat yozish bilan sheklanish) inobatga olib, uning samarali yo‘llarini topish va
uni yo‘lga qo‘yish kerak.
9. Ijtimoiy fanlarni o‘qitishda, uning xususiyatidan kelib shiqib, talabani baholashni
suhbat asosida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016. - 56 b.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
29
2. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b
3.Slastinin V.A. Migaeko A.I.Professionalno -pedagogisheskaya podgotovka
sovremennogo ushitelya. Sov.Pedagogika, 1991,
№
10.79-84s.
4.Xo
ʻ
jayev N, Tojiboeva D, Mamaraximov B, N.Shomurodova Kasbiy ta'lim
metodikasi Toshkent.: Iqtisodiyot, 2007- 190 b
