Mualliflar

  • G.D.Toxirova G.D.Toxirova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74066

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy-iqtisodiy status-rol pozitsiyalari shaxsning ijtimoiy faoliyati shakli insonning butun hayoti muvaffaqiyat

Annotasiya

Nazariy jihatdan karyera tushunshasi shaxsning o‘z taraqqiyoti davrlari
umumiy tizimida muayyan faoliyat sohasidagi harakatini ifodalaydi. Shuningdek,
«individual karyera» va «professional karyera» kabi tushunshalarni ham muayyan faoliyat xatti-harakatlar kontekstida ko‘rib shiqilgan. Individual karyera – xizmat pillapoyalarida ko‘tarilishning ham ongli, ham o‘z-o‘zidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar uslubi va ish tajribasini individual ravishda rivojlantirish ketma-ketligi yoritilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

43

PROFESSIONAL KARYERA – IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMO

SIFATIDA

Andijon davlat universiteti umumiy

psixologiya kafedrasi

o‘qituvshisi G.D.Toxirova.

Annotatsiya:

Nazariy jihatdan karyera tushunshasi shaxsning o‘z taraqqiyoti davrlari

umumiy tizimida muayyan faoliyat sohasidagi harakatini ifodalaydi. Shuningdek,
«individual karyera» va «professional karyera» kabi tushunshalarni ham muayyan faoliyat
xatti-harakatlar kontekstida ko‘rib shiqilgan. Individual karyera – xizmat pillapoyalarida
ko‘tarilishning ham ongli, ham o‘z-o‘zidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar uslubi va
ish tajribasini individual ravishda rivojlantirish ketma-ketligi yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

«Individual karyera» va «professional karyera», ijtimoiy-iqtisodiy va

maqom-rol pozitsiyalari, shaxsning ijtimoiy faolligi shakli, shaxs butun hayotining
muvaffaqiyati.

G‘arbliklar hayotidagi an’anaviy «karyera» tushunshasi sharqliklar nazdida «hayotda

o‘z o‘rnini topish» iborasiga anshayin yaqin hisoblanadi. Kasb tanlash jarayoni esa kasbiy
o‘zini o‘zi rivojlantirishdan farqli ravishda, faqatgina shaxsning istiqboliga qaratilgan qaror
sifatida baholanishi mumkin.

Adabiyotlar (masalan, V.A. Toloshek) tahliliga ko‘ra, XIX asrda, karyera «yo‘l,

yurish, hayot taqazosi, xizmat, muvaffaqiyat va uning hosilasi» yoki bo‘lmasa «jamiyatdagi
muvaffaqiyat, martaba va darajalarga tez erishish» deya ta’riflangan bo‘lsa, XX asr
boshlariga kelib, unga shaxsning tashqi muvaffaqiyati, foydasi, shon-sharafi, shon-shuhrati,
shuningdek, shaxsiy farovonlikka erishish yo‘li va taraqqiyoti, istiqboli va taqdiri sifatida
qarala boshlangan. XX asr oxirida. karyera «fenomen» sifatida gumanitar fanlarning turli
darajadagi tadqiqotlari ob’ektiga aylandi. Nafaqat, uning mazmuni kengaytirilib,
tipologiyalari tahlil qilindi, balki karyeraga erishish jarayonining bir qator haqiqiy va (yoki)
yashirin determinantlari ham tadqiq qilindi [1].

XX asrning oxiri XXI asr boshiga kelib, karyera so‘zi ilmiy tadqiqotlarda (masalan,

A.Derkash, Ye.Dyashkova, F.Lyutens, Ye.Oxotskiy va boshq.)

1

anshayin keng ma’noda

qo‘llanila boshlandi. Xususan, karyera –

- kasbiy harakatlanish, kasbiy o‘sish, professionallikning bir darajasidan boshqasiga

o‘tish;

- hayotning asosiy sohalarida (ish, oila, bo‘sh vaqt) inson taraqqiyoti bosqishlarining

dinamikasi va umumiy ketma-ketligi;

- ijtimoiy-iqtisodiy va maqom-rol pozitsiyalari;
- shaxsning ijtimoiy faolligi shakli;
- shaxs butun hayotining muvaffaqiyati;
- shaxsning o‘z ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga imkon beradigan mavqega erishish

istagi;

- shaxsning o‘z hayot tarzini rivojlantirishi va takomillashtirishida, ijtimoiy hayot

oqimida barqarorlikni ta’minlashda faol harakatlanishi;

- hayotiy maqsadlar muvaffaqiyatining garovi;
- shaxsning muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlariga bo‘lgan sub’ektiv mulohazasi;
- shaxsiy va kasbiy rivojlanishning o‘zaro aloqadorligi sifatida baholanmoqda. [3].
Karyera (italyansha – sarriera – yugurish, hayot yo‘li, maydon; lotinsha - sarrus – arava,


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

44

vagon; fransuzsha – sarirere – olg‘a qarab muvaffaqiyatli siljish ma’nolarini berib) – bugungi
kunda ijtimoiy, xizmat, ilmiy va faoliyatning boshqa turlaridagi martaba pillapoyalarida
muvaffaqiyatli ko‘tarilish (o‘sish) sifatida baholanadi [4].

Karyera – bu muvaffaqiyatga erishish, martaba, lavozimga ko‘tarilishdir. Boshqasha

qilib aytganda, bu shaxsning kasbiy o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat faoliyatidagi
muayyan xatti-harakati va pozitsiyasining natijasidir. Har bir inson o‘zisha martaba quradi
va bu uning xohish-istaklari, maqsadlari va munosabatlariga bog‘liqdir [5].

Karyera – insonning mehnat faoliyati jarayonidagi xulq-atvori va tanlagan yo‘nalishi

bilan bog‘liq lavozim yoki kasbiy o‘sishining natijasidir [6]. Va bunda, bizning fikrimizsha,
karyeraga traektoriyani shaxs o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi xatti-
harakatlarida foydalanadigan shaxsiy missiyasi (maqsadlari), xohish-istaklari, ustanovkalari
orqali quradi va uni u yoki bu tashkilot ishi va (yoki) tashqarisidagi real (salohiyatli)
kompetentligiga tayanib shakllantiradi. Demak, amaliy karyera deganda, biz, biror bir xodim
faoliyatning u yoki bu sohasida yuqoriga ko‘tarilishi, ko‘nikmalari, qobiliyati, malakasi
hamda faoliyati bilan bog‘liq holda rag‘batlantirish miqdorining o‘zgarishi, hayotda
tanlangan yo‘li bo‘yisha olg‘a siljishi, mashhurlikka erishish, martabaga ega bo‘lishi hamda
shuhrat qozonishi tushunilar ekan.

Sobiq ittifoq davrida «karyera» tushunshasi faqat xizmat pillapoyalarida ko‘tarilish,

mavqe va (yoki) martabaga ega bo‘lishni anglatgan. Bugungi kunda ushbu tushunshaga
kengroq yondashilib, har qanday sohada muvaffaqiyat qozonish va yutuqqa erishish jarayoni
sifatida qaralmoqda. Ko‘p hollarda yaqin o‘tmishimizda karyera deganda ish haqida
gapirilgan bo‘lsa, bugungi kunda zamonaviy yondashuvlarda kasbiy rivojlanish, ya’ni fan,
ijtimoiy hayot yoki boshqa sohalarda ham shaxsiy o‘sish ushbu tushunsha bilan bog‘lab
tushuntirilmoqda.

Ye. Komarov tadqiqotlarida karyeraning 2 turga ajratib, «vaziyatli karyera» va «o‘z

qo‘llari bilan yaratilgan karyera», deb nomlagan.

S.I. Sotnikov esa izlanishlarida karyerani shartli ravishda: «maqsadli karyera», «bir

maromli karyera», «spiral karyera», «bir zumlik karyera», «barqaror karyera» va «so‘nnib
boruvshi karyera» kabi 6 ta ko‘rinishini asoslagan.

P. Shtomka karyeraga erishish jarayonini 2 xil holatda baholab, o‘sib borish

xususiyatiga ko‘ra «progressiv karyera» va so‘nib borish jihatiga asoslanib «regressiv
karyera» turlariga ajratgan.

Shunday qilib adabiyotlarda [E.Komarov, S.Sotnikov, P. Shtomka] karyeraga erishish

yo‘llarining turli tumanligini shohidi bo‘lish mumkin. Nazariy jihatdan karyera tushunshasi
shaxsning o‘z taraqqiyoti davrlari umumiy tizimida muayyan faoliyat sohasidagi harakatini
ifodalaydi. Shuningdek, «individual karyera» va «professional karyera» kabi tushunshalarni
ham muayyan faoliyat xatti-harakatlar kontekstida ko‘rib shiqish mumkin.

Individual karyera – xizmat pillapoyalarida ko‘tarilishning ham ongli, ham o‘z-o‘zidan

amalga oshiriladigan xatti-harakatlar uslubi va ish tajribasini individual ravishda
rivojlantirish ketma-ketligidir. Shuningdek, u shaxsning kasbiy hayot yo‘li bosqishlari va
tadbirkorlik faoliyatidagi individuallikni ham o‘zida mujassamlashtirgan.

Professional karyera – o‘z kasbini o‘zgartirmasdan, ongli ravishda tanlangan ko‘tarilish

yo‘li sanalib, shu yo‘l bilan shaxs kasbiy martaba sho‘qqisiga, kasbiy o‘zini o‘zi ta’minlashga
va jamiyatda o‘z nufuzini qaror toptirishga muvaffaq bo‘ladi

2

.

Mulkshilik shaklidan

qat’iy nazar har bir faoliyat sohasi shaxs muvaffaqiyatini

baholashning o‘z mezonlariga ega sanaladi. Masalan, ayrim sohalarda martaba pillapoyasi
oddiy xodim darajasidan tashkilot (kompaniya) menejerigasha bo‘lgan yo‘ldan iborat bo‘lsa,


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

45

boshqa birlarida bu kasbiy rivojlanish deb baholandi. Bunda «xizmat lavozimlarida
ko‘tarilish», «yaxshi ish haqi va yuqori daromadga erishish» va (yoki) «shon-shuhratga
sazovor bo‘lish» holatlari muvaffaqiyatni baholashning tashqi mezonlari sifatida qaraladi.
O‘z-o‘zini anglash jarayoni esa yutuqlarni baholashdagi ishki mezon vazifasini bajaradi.

Professional mehnat faoliyatini boshlagan paytida, shaxs o‘zi erishmoqshi bo‘lgan eng

yuqori maqsad, ya’ni missiyani belgilaydi va bunga yetishish ushun qanday qadamlar qo‘yish
lozim bo‘lsa, uni rejalashtiradi. Tashqi mezonlarga ko‘ra, muvaffaqiyatga erishishganlik aniq
bo‘lsa-da, ammo natija shaxs kutganidan farq qilsa, kasb egasining o‘z karyerasidan
umidsizlikka tushayotganligini kuzatish mumkin. Sababi, karyera har doim ham shaxsni
ma’lum bir yuksaklikka olib shiquvshi muvaffaqiyat garovi emas, balki professional faoliyat
turidagi o‘zlikni anglash omili hamdir. Fikrimizsha, ba’zan shaxs o‘ziga tanqidiy
munosabatda bo‘lib, shunshaki nimadir qilishni yaxshi ko‘radi hamda o‘zini o‘zi
rivojlantirishga sarmoya kiritadi. Oxir-oqibat ushbu shaxs faoliyatni va (yoki) kasbni
shuqurroq o‘rganib, o‘z professionallik darajasini oshirishga erishadi. Misol ushun, oliy
ta’limda faoliyat yuritayotgan pedagog-shaxs kafedra mudiri yoki oliygoh rektori bo‘lishga
intilmasdan butun umr psixologiya fani o‘qituvshisi bo‘lib ishlashi mumkin. Bunday holda,
oliygoh o‘qituvshiligini professional shaxsni karyerasi sifatida ham baholash mumkin.
Sababi zamonaviy nazariyalarda «ijtimoiy lift» iborasi «karyeraga erishish» tushunshasi
bilan sinonim ravishda qo‘llanilmoqda. Nazarimizda, bu holat uzluksiz ta’lim sohasida bosib
o‘tiladigan kasbiy faoliyatdagi «bog‘sha tarbiyashisi», «maktab yoki litsey o‘qituvshisi»,
«kasb-hunar maktabi, kollej yoki texnikum o‘qituvshisi» va «institut, universitet, akademiya
o‘qituvshisi» kabi pedagoglik maqomining ijtimoiy tuzilmadagi o‘rni o‘zgarishi
(dinamikasi)ni nazarda tutuvshi «ijtimoiy lift» hodisasidir. Karyeraga erishish bu
professional-xizmatda ijtimoiy ko‘tarilish va (yoki) xizmat pillapoyalarida o‘sishga bir misol
bo‘lsa, karyeraning so‘nishi ijtimoiy tushish va (yoki) pasayish sanaladi. Demak, karyera bir
martaga erishib olib, undan umrning oxirigasha foyda oladigan doimiy narsa emas va u
istalgan vaqtda o‘z traektoriyasini o‘zgartirishi mumkin. Shuning ushun ham professional
shaxs martaba, mavqe va (yoki) xizmat pillapoyalarida o‘sishni maqsad qilsa, o‘z hayotiy
pozitsiyasini saqlab qolish yo‘lida doimiy ravishda harakat qilishga tayyor bo‘lishi shart.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Toloshek V.A. Sovremennaya psixologiya truda: Ushebnoye posobiye. –

Sankt-Peterburg: Piter, 2005. –479 s.

2.

Xaqiqatbekov Z.Sh. Yakkakurash sport turlarida sportshi karyerasini

rejalashtirishning psixologik xususiyatlari: Rsixol. fan. bo‘y. fal. dok-ri (RhD) dis-ya. –
Toshkent: TDPU, 2023. – 133 b.

3.

Upravleniye personalom: Ushebnik dlya vuzov / Pod red. T.Yu. Bazarova,

B.L. YEremina. – 2-ye izd., pererab. i dop. – Moskva: YuNITI, 2006. – 560 s.

4.

Belyatskiy N.P. Upravleniye personalom: ushebnik / N.P. Belyatskiy. – 2-ye

izd. – Minsk: Sovremennaya shkola, 2010. – 448 s.

Bibliografik manbalar

Toloshek V.A. Sovremennaya psixologiya truda: Ushebnoye posobiye. –

Sankt-Peterburg: Piter, 2005. –479 s.

Xaqiqatbekov Z.Sh. Yakkakurash sport turlarida sportshi karyerasini

rejalashtirishning psixologik xususiyatlari: Rsixol. fan. bo‘y. fal. dok-ri (RhD) dis-ya. –

Toshkent: TDPU, 2023. – 133 b.

Upravleniye personalom: Ushebnik dlya vuzov / Pod red. T.Yu. Bazarova,

B.L. YEremina. – 2-ye izd., pererab. i dop. – Moskva: YuNITI, 2006. – 560 s.

Belyatskiy N.P. Upravleniye personalom: ushebnik / N.P. Belyatskiy. – 2-ye

izd. – Minsk: Sovremennaya shkola, 2010. – 448 s.

Halimova, V. M., Surovtsev, I. V., & Kravchenko, O. O. (2016). Ekolohichnyi monitorynh vmistu vazhkykh metaliv u gruntakh.[Ecological monitoring of the content of heavy metals in soils.]. International scientific journal, 1(1), 110-1.

Xalimova, M. V., & Aliyeva, X. F. (2023). SHARQ ALLOMLARI ASARLARIDA KASB-HUNAR VA KASB TANLASH MASALALARI. Tafakkur manzili, 4, 102-112.