Mualliflar

  • Gulnoza Axmadjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Mavluda Kozimova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74072

Kalit so‘zlar:

ta’lim o‘quv jarayonlari ijtimoiylashish pedagogic texnologiyalar umum ta’lim muassasalari

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabda tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quv
mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quvchilar jamoasining o‘rni va ahamiyati, o‘quvchilarni
ta’lim olish jarayonida jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish to‘g‘risidagi
ma’lumotlar berilgan


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

58

O‘QUVCHILARNI TA’LIM JARAYONIGA JALB ETISH VA ULARNI

IJTIMOIYLASHTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O‘RNI VA

AHAMIYATI

Axmadjonova Gulnoza Axatjon qizi

Kozimova Mavluda Azamjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti talabalari

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabda tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quv

mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quvchilar jamoasining o‘rni va ahamiyati, o‘quvchilarni
ta’lim olish jarayonida jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish to‘g‘risidagi
ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, o‘quv jarayonlari, ijtimoiylashish, pedagogic texnologiyalar,

umum ta’lim muassasalari.

Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab

jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Bilim
saviyasi yetarli bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bo‘lgan kishilar har qanday murakkabliklar
boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa,
ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha
munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar
o‘zlarining xuzur halovatlarini o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar
yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Bundan tashqari hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizga, turmush tarzimizga yot bo‘lgan
giyoxvandlik, fohishabozlik, qonunbuzarlik, turli aqidaparastlik kabi illatlarning ham suqulib
kirib kelishi ayrim kishilar, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday
ekan, salbiy og‘ishlar girdobiga kirgan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlar ko‘lamini
kuchaytirish, ta’sir ko‘rsatishning darajasini oshirishni taqozo etadi.

Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini

o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoharashni shakllantirishga
yo‘naltirilgan jarayondir. Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar
emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida
ta’lim tizimining muayyan holatini o‘zgartirish hisoblanadi.

Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga

yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning
komponentlaridan biri hisoblanadi. Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta
funksiyasini ajratib ko‘rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash. Ta’lim berish
funksiyasi ta’lim

jarayonining o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni

shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi,
anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar
ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi. Ta’lim
jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil
qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka
deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi.
Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan
foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish
kabilar kiradi. Pedagog o‘z faoliyatini talabalar faolligini oshirishga, ularning o‘quv – tarbiya
ishlarini hal qilishga qaratadi, ya’ni guruh jamoasiga tayanib ish ko‘radi. Umuman olganda
darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni demokratik usulda tashkil etish


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

59

o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, har bir ishda faol ishtirok etish hamda tashabbus ko‘rsatishga,
guruh jamoasi ishiga astoydil yondashishga o‘rgatib, ta’lim – tarbiya ishining
samaradorligini oshiradi. Ta’limni insonparvarlashtirish – bu insonga ta’lim berishda ularga
nafaqat bilim berish, kasb – hunarni egallashni o‘rgatish, balki yaxshilikni sevishni,
insoniylik amaliyotini ham o‘rgatish, ya’ni insoniylik sifatlarini namoyon etish
qobiliyatlarini hosil qilishga ko‘maklashish jarayonidir.

Demak, inson mohiyatidagi ezgulikni to‘la namoyon eta olish uchun jamiyatda shart –

sharoit va imkoniyat yaratishi muhimdir. Shu ma’noda ta’limning maqsadi ta’lim
oluvchilarni insoniyatning eng ezgu sifatlari, madaniy – ma’rifiy meroslari bilan
tanishtirishdir. Bunda ular faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat tuzilmalari va qadriyatlari o‘ta
muhimdir. Binobarin insonda insoniylik sifatlarini shakllantirmoqchi bo‘lgan jamiyat o‘z –
o‘zini sog‘lomlashtirish va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kerak. Qadimgi
donishmandlarning “O‘z – o‘zingni angla!” – degan o‘lmas hikmati bizgacha yetib kelgan.
Bu ajoyib durdona fikrdan qanchadan – qancha ma’no bor. Ayni paytda u barcha narsalarning
o‘lchovi va tabiati haqidagi fan kalitidir (ochqichidir). Demak, inson o‘z – o‘zini
o‘rganmasdan va anglamasdan turib insoniylasha olmaydi. O‘z – o‘zini anglash insonning
o‘zida insoniy sifatlarni barqarorlashtirishga yordam beradi. Ziyolilik ham, ijodkorlik ham
insoniylik o‘lchovi emas. Ammo insoniylashishni ham ijodiy, ham amaliy faoliyat tarzida
qaramoq kerak. Ta’lim berish faoliyati shubhasiz, insonning ma’naviy hayoti bilan
chambarchas bog‘liqdir. U doimo aqliy va ongli faoliyatni taqozo etadi. Ta’limdagi barcha
ishlar, eng avvalo, inson ongini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ammo bu boradagi faoliyatda
izchil fikr yuritish, rejali ishlarni amalga oshirish, haqiqatni anglash asosidagina samarali
natijalarga erishadi. Zero pedagogik jarayon doimiy fikrlash va ijod qilish jarayonidir.
Demak, ta’limni insonparvarlashtirish muammosi ta’lim oluvchilar ongini, tafakkurini, eng
muhimi ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003

2.

Bogarova V.G. Sotsialnaya pedagogika. Moskva. 1994

3.

Harchev A.G. Sotsialnoe vospitanie. Moskva, 1990 14. Qurboniyazova Z.Q.

Ijtimoiy tarbiya muammolari. Halq ta’limi, 2003, 6-son

Bibliografik manbalar

Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003

Bogarova V.G. Sotsialnaya pedagogika. Moskva. 1994

Harchev A.G. Sotsialnoe vospitanie. Moskva, 1990 14. Qurboniyazova Z.Q.

Ijtimoiy tarbiya muammolari. Halq ta’limi, 2003, 6-son

Халимова, М. В., & Ҳусаинова, Ҳ. (2013). Мустақил таълимнинг психологик жиҳатлари. ILMIY ХABARNOMA. НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК Учредители: Андижанский государственный университет им. ЗМ Бабура, (3), 93-95.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари