Mualliflar

  • M.J. Maxammatova M.J. Maxammatova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Dilafruz Vaxobova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74077

Kalit so‘zlar:

integratsiya integratsiyalashgan ta'lim metodika boshlang‘ich ta'limda fanlararo aloqadorlik

Annotasiya

Ushbu maqolada integratsiyalashgan ta’limda o‘quvchilarni o‘qitish va
tarbiyalashga yangi yondoshuvlar, boshlang‘ich sinflarda integratsiyalangan talimni amalga oshirish metodikasi va integratsiyalashgan darslarni amaliyotda qo‘llash va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integratsiyalashgan ta’lim berish ko‘nikmalarini yanada mahorat bilan o‘tishi uchun ommmalashgan hamda zamonaviy metodlar, texnologiyalar haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

89

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIGA

INTEGRASIYALASHGAN TA’LIM ASOSIDA O‘QITISHNI O‘RGATISH

METODIKASI

M.J. Maxammatova,

ADPI, Pedagogika va psixologiya

kafedrasi katta o‘qituvchi

Vaxobova Dilafruz Avazbekovna

biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi

Annotasiya:

Ushbu maqolada integratsiyalashgan ta’limda o‘quvchilarni o‘qitish va

tarbiyalashga yangi yondoshuvlar, boshlang‘ich sinflarda integratsiyalangan talimni amalga
oshirish metodikasi va integratsiyalashgan darslarni amaliyotda qo‘llash va bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integratsiyalashgan ta’lim berish ko‘nikmalarini yanada
mahorat bilan o‘tishi uchun ommmalashgan hamda zamonaviy metodlar, texnologiyalar
haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

integratsiya, integratsiyalashgan ta'lim, metodika, boshlang‘ich ta'limda

integratsiya, fanlararo aloqadorlik, ta’lim, metod, klassika, metodika, aloqadorlik.

Bugungi zamonaviy ta’lim tizimiga tubdan o‘zgartirishlar kiritilishi bilan bir qator

ta’lim-tarbiya jarayonini olib boruvchi shaxslarga ham yangi innovatsion talablar qo‘yila
boshladi. Jumladan,zamonaviy o‘qituvchi yangi innovatsion faoliyatga tayyormi? degan
savolga javob izlana boshladi. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi ta’lim tizimidagi
islohotlarning tub mohiyatini anglagan holda an’anaviy ta’limdan zamon talabiga mos
innovatsion ta’limga o‘tishi lozim.

Biz bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga quyidagi fanlararo bog‘lanishni

o‘rgatishimiz shart. Boshlang‘ich sinfdagi ta’lim-tarbiya jarayoni shaxs kamolotiga poydevor
qo‘yiladigan dastlabki bosqichdir. Undagi ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi pedagogik
jarayonni takomillashtirish orqali yosh avlodni bilimli, har tomonlama yetuk, mustaqil
fikrlay oladigan darajada shakllantirish uchun zamin yaratishdir.Hozirgi kunda ta’lim
jarayoniga innovatsion yondashuv, darslarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan
foydalanish va ularni o‘quv jarayoniga qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqish dolzarb
masalalardan biriga aylanib qoldi. Shunga binoan o‘qituvchi har bir akademik soatni kelajak
avlod uchun ahamiyatini chuqur anglab, kreativ yondashgan holda tashkillashi lozim.

Maktabgacha va maktab ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilashni

ta'minlashda moddiy omillar bilan bir qatorda, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish darajasi muhim ahamiyatga kasb etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich ta'lim o‘quvchilarining intellektual fikrlay olish salohiyati,
aqliy rivojlanishi, o‘zini-o‘zi anglash salohiyatini shakllantirishi, moddiy borliq
go‘zalliklarini his eta olishga o‘rgatishi, boshqalar fikrlarini tushunishini, shaxsiy fikrlarini
og‘zaki va yozma bayon eta olish hislatlarini shakllantirishga erishishi mumkin. "Ta'lim va
fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma'no-mazmuni va uning dolzarbligidan kelib
chiqib, unga quyidagicha izoh keltirish mumkin: birinchidan, yangi ta'lim tizimi, barkamol
avlod kadrlarni tayyorlashdagi o‘zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb
sohalarining

paydo

bo‘lgani

hamda

uning

mamlakatimiz

sharoiti

bilan

bog‘liqligidir;ikkinchidan, ta'lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida
muayyan davrdan boshlab inson faoliyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning
ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi; uchinchidan, ta'lim inson shaxsining
intellektual-ma'naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarish va ijtimoiy,
siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlashga qaratilgan
harakatlar yig‘indisi bo‘lib, ma'rifat hamda bilim berishni anglatadi; to‘rtinchidan, fan
jamiyatining ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

90

ijtimoiy ong shaklidir. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, ma'naviy
barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat
qiladi".

Shu bilan birga, olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga e'tibor qaratadigan

bo‘lsak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish
masalalariga B.S.Abdullaeva, A.Sadikova, M.Toshpulatova, Yu.Jabborova, N.Muxitdinova,
Z.T.Nishonova,

G.Mamatova,

N.V.Kuzbmina,

M.I.Lukbyanova,

A.K.Markova,

N.V.Matyash, Ye.M.Pavlyutenkov va boshqalar alohida to‘xtalib o‘tgan. B.S.Abdullaeva o‘z
ilmiy ishlarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish,
ta'lim vositalarini rivojlantirish, matematik tafakkurni rivojlantirish borasida o‘quvchilar
savodxonligini oshirishga oid ishlarni tahlil qilgan [2].

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi “Atrofimizdagi olam” faniga ikkinchi darajali fan

tariqasida munosabatda bo‘lmay, shaxsni shakllantirishning asosiy omili sifatida qarashi
kerak. Chunki kichik yoshdagi o‘quvchilarga boshlang‘ich sinfdagi predmetlar orqali yuqori
sinflarda o‘tiladigan fanlarga tayyorgarlik bosqichlari amalga oshiriladi.Masalan,
“Atrofimizdagi olam” darsidagi mavzularni o‘zlashtirish bilan o‘quvchilar botanika,
biologiya, kimyo kabi fanlarga doir dastlabki tushunchalarga ega bo‘lib borishadi.

Boshlang‘ich sinfdagi 3-4-sinf atrofimizdagi olam darsida o‘qituvchi shunday

usullardan foydalanishi kerakki, bu usullar orqali o‘quvchilarda tabiatga doir bilim, ko‘nikma
va malakalar hosil bo‘lishi bilan bir qatorda botanika, kimyo kabi fanlarga doir bilimlar
uchun zamin yaratishi kerak.

Atrofimizdagi olam fanidan “O‘zbekistonning foydali qazilmalari mavzusida oltin,

kumush, mis kabi tabiiy qazilmalar” haqida ma`lumot beriladi. Ko‘rinib turibdiki, bu mavzu
orqali o‘qituvchi bolalarda kimyo faniga doir dastlabki tushunchalarni hosil qilmoqda.

“Tuproqlar” mavzusini o‘rganish jarayonida tuproqni geografik qobiqning muhim

komponenti ekanligiga doir ilk tasavvurlar hosil bo‘ladi.

“Yovvoyi o‘tlar“ mavzularini o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi ta`limini amaliyot

bilan bog`liqlik prinsipiga rioya qilsa, bolalar kundalik hayotda uchragan, ammo nomini
bilmagan o‘simliklar haqida savollar berishadi. G`umay, Ajriq, Salom – alaykum, Semizo‘t,
sho‘ra kabi begona o‘tlar haqida tushunchaga ega bo‘lishadi.

Yuqoridagi misollardan ko‘rinib tuibdiki, boshlang`ich sinf o‘qituvchilari

“Atrofimizdagi olam” fanini qiziqarli, tushunarli va yangi pedagogik texnologiyalar asosida
mahorat bilan tashkillashi shart. Bu bilan u yuqori sinflarda o‘tiladigan botanika, biologiya
va kimyo fanlari uchun o‘qituvchilarni tayyorlab boradi va kelajak uchun zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida" PF-5847-son Farmoni

2. “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini fanlarni integratsiyalab o‘qitishga
tayyorlash’’. Hayitov Anvar Isomiddin o‘g‘li,TDPU tadqiqotchisi. Pedagogika ilmiy-

nazariy va metodik jurnal. 2022- yil,3-bet.

3. “Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish va ta’lim prinsiplari’’.
Mavlonova.R, Raxmonqulova. N. Boshlang`ich ta`limning int egratsiyalashgan
pedagogikasi. Toshkent “O‘qituvchi” 2006.
4. “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini fanlarni integratsiyalab o‘qitishga
tayyorlash’’. Hayitov Anvar Isomiddin o‘g‘li,TDPU tadqiqotchisi. Pedagogika ilmiy-

nazariy va metodik jurnal. 2022- yil,4-bet.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida" PF-5847-son Farmoni

“Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini fanlarni integratsiyalab o‘qitishga

tayyorlash’’. Hayitov Anvar Isomiddin o‘g‘li,TDPU tadqiqotchisi. Pedagogika ilmiy-

nazariy va metodik jurnal. 2022- yil,3-bet.

“Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish va ta’lim prinsiplari’’.

Mavlonova.R, Raxmonqulova. N. Boshlang`ich ta`limning int egratsiyalashgan

pedagogikasi. Toshkent “O‘qituvchi” 2006.

“Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini fanlarni integratsiyalab o‘qitishga

tayyorlash’’. Hayitov Anvar Isomiddin o‘g‘li,TDPU tadqiqotchisi. Pedagogika ilmiy-

nazariy va metodik jurnal. 2022- yil,4-bet.