Mualliflar

  • Moxinur Uzoqjonova
    ADPI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74088

Kalit so‘zlar:

Agrosanoat qo‘riqxonalar milliy bog`lar biosfera innovatsion texnologiyalar

Annotasiya

Ushbu maqolada ekologik ta’lim tarbiya, ularning yoshlar ongiga singdirilishi, O‘zbekiston Respublikasidagi ekologik muammolar va ularning yechimlari, insonlarning tabiatga ta’siri hamda ekologik ta’lim tarbiya haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

99

EKOLOGIK MA’DANIYATNI YOSHLAR ONGIGA PEDAGOGIK

METODLAR YORDAMIDA SINGDIRISH

Uzoqjonova Moxinur Diyorbek qizi

ADPI, biologiya 2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ekologik ta’lim tarbiya, ularning yoshlar ongiga

singdirilishi, O‘zbekiston Respublikasidagi ekologik muammolar va ularning yechimlari,
insonlarning tabiatga ta’siri hamda ekologik ta’lim tarbiya haqida qisqacha ma’lumotlar
berilgan.

Kalit so‘zlar: Ekologik ta’lim –tarbiya, Agrosanoat, qo‘riqxonalar , milliy bog`lar,

biosfera, innovatsion texnologiyalar.

Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo‘lib, kelajakda

dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq – ovqat sanoati, transport
majmuini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi Respublikada ijtimoiy – ekotizmlarning holatiga muayyan darajada salbiy ta`sir
ko‘rsatadi.

Ekologik ta’lim –tarbiya orqali yoshlarda o‘z yashash muhiti to‘g‘risidagi bilimlar,

atrofimizdagi olam tabiat va insonlarni o‘zaro uzviy bog‘langanlik haqidagi ilmiy nazariy
dunyoqarashlarni, o‘lkasi va vatanini ekologik tizimlari ularning paydo bo‘lishi evolyusion
rivojlanishi, antropogen ta’sirlar, makon va maydon bo‘yicha tarqalish qonunyatlari undan
kelib chiqadigan xususiyatlari, boyliklari, holati, kelajak istiqbollari, milliy, regional va
global miqyosdagi tabiat va jamiyat munosabatlari, amaliy ekologik ko‘nikma va malakalar
yoshlar ongiga singdiriladi. Yer yuzasi atrof muhitni muhofaza qilish uning boyliklaridan
oqilona foydalanish va buzilgan tabiat va majmualarini qayta tiklashga oid muammolarini
anglash va ularni yechimini topishga doir to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish kompotensiyasi
ularni tanlangan kasblarga qarab ekologik ta’lim va tarbiya shakllantiriladi va rivojlantiriladi.

Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotganligi inobatga

olinib, so‘nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof muhit muhofazasi,
ekologik madaniyat, ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ma’rifat masalalariga alohida e’tibor
berilmoqda.

«Inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy

taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish,
inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari
dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun
dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar
amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini
belgilash imkoniyatini beradi»[2]

Guvohi bo‘layotganimizdek bugungi kunda insoniyat tabiatga jiddiy zarar etkazganiga

qaramay, uni asl holatiga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Ekologik vaziyatni
yaxshilashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri jamiyatning har bir a’zosida zamonaviy
ekologik dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.

Ekologik ta’limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni

beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o‘ta
jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo‘shishi
zarurligi bilan belgilanadi.

Yurtimizda ekologik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tegishli normative huquqiy

hujjatlar qabul qilingan. Jumaladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
"O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

100

to‘g‘risida" [3] qarori qabul qilindi. Unga binoan, Konsepsiyaning asosiy maqsadi o‘sib
kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish hamda
rivojlantirish, ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek,
ekologiya sohasidagi ilm-fanni jahonning ilg‘or innovatsion texnologiyalarini jalb etgan
holda yanada takomillashtirishdan iborat.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, bugungi yoshlar ongiga ekologik ta’lim-tarbiyani

singdirish oilada, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning
muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash
jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza
qilishga o‘rgata boriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Suvonqulov Jamshid. Fuqarolarning o

ʼ

zini o

ʼ

zi boshqarish organlari ekologik

vakolatlarining huquqiy asoslari tushunchasi, tarkibi va muammolari.

Архив

Научных

Публикаций

JSPI, (2020). 1(49).

Извлечено

от

https://science.i edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/5176

2.

Madaminjonovna M. M. K. L. METHODOLOGY OF EDUCATIONAL

TEACHING OF GENERAL SCIENCES
3.

Mirzakarimova, M. M., & Uzoqjonova, M. D. qizi. (2023). O‘zbekistonda

chiqindilarni qayta ishlash muammolarini o‘rganish va bartaraf qilish.

4.

Science

and

Education,

4(11),

78–83.

Retrieved

from

https://www.openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/6393.

Bibliografik manbalar

Suvonqulov Jamshid. Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari ekologik

vakolatlarining huquqiy asoslari tushunchasi, tarkibi va muammolari. Архив Научных

ПубликацийJSPI, (2020). 1(49). Извлечено

отhttps://science.i edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/5176

Madaminjonovna M. M. K. L. METHODOLOGY OF EDUCATIONAL

TEACHING OF GENERAL SCIENCES

Mirzakarimova, M. M., & Uzoqjonova, M. D. qizi. (2023). O‘zbekistonda

chiqindilarni qayta ishlash muammolarini o‘rganish va bartaraf qilish.

Science and Education, 4(11), 78–83. Retrieved from

Xalimova, M. V., & Aliyeva, X. F. (2023). SHARQ ALLOMLARI ASARLARIDA KASB-HUNAR VA KASB TANLASH MASALALARI. Tafakkur manzili, 4, 102-112.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари