“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
395
RIVOJLANISH DAVRIDA ONG TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK
Teshaboyeva Inobathon Qahramonovna
Andijon davlat pedagogika insituti
Texnalogik ta’limi sirtqi I-bosqich talabasi
Annotatsiy:
Ushbu maqola psixologiya va pedagogikada ilk ong tushunchasini keng
tadbiq qilgan holda ,bu tushuncha bilim ,ko‘nikmaga ega bo‘lish ,hamda insoniyat ongida
paydo bo‘ladiga yangidan –yangi tushunchalar hamda ular keltirib chqaradigan asosiy
voqealar haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Ijtimoiy mahsul,ong ostidagi hodisalar,gallyusinatsiya,til amaliy –
haqiqiy ongdir.
Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi.
Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit
bir holga keltiruvchi shakli bo‘lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida
muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.
Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday? Uning birinchi ta’rifi-
nomining o‘zidayoq berilgan bo‘lib, ong deganidir. Ong psixik jarayonning eng yuqori
darajasi hisoblanadi. Uning asosiy xususiyatlari bu harakat va shiddatdir. U refleksik va turki
bo‘luvchi xususiyatga ega. “Men-mohiyat”. Inson onggi va miya rivojlanishi o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik bo‘ladi. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam
haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. K.Marks. «Ongning yashash usuli va ong uchun
nimaningdir borligi bilimdir». deb yozgan edi. Ongning strukturasiga muhim bilish
jarayonlari kiradi. Ular yordamida odam o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar
qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo‘shish mumkin. Sezgilar va idrok
yordamida miyaga ta’sir etuvchi kuzatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda
borliqning o‘sha momentda kishi tasavvurida hosil bo‘lgan hissiy manzarasi gavdalanadi.
Xotira ongda o‘tmish obrazlarini qaytadan gavdalantiradi. Xayol ehtiyoj ob’ekti bo‘lgan
ammo hozirgi paytda yo‘q narsning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan
bilimlardan fodalangan yo‘li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o‘tilgan psixik
bilish jarayonidan istalgan birining batamom barbod bo‘lishiga olib keladi. Ongning ikkinchi
ta’rifi unda sub’ekt bilan ob’ekt o‘rtasida aniq farqlanishni o‘ziga ifodasini topishi, ya’ni
odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Odam o‘z hatti-
harakatlarini va umuman o‘zini-o‘zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»
degan ajratish har bir kishi kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo‘l bo‘lib, uni o‘zidan o‘zi
anglashi jarayonida yuz beradi. Ongning uchinchi ta’rifi-odamning maqsadini ko‘zlovchi
faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi.
Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi. Irodaviy qarorlar qabul
qilinadi. Harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi. Unga tegishli tuzatishlar
kiritiladi va hakazo. K.Marks «kishi tomonidan berilgan narsaning formasini o‘zgartirish
bilangina cheklanmaydi, tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o‘zining ongli
maqsadini ham amalga oshiradi. Bu maqsad qonun sifatida kishining ish usulini va bu ishning
harakterini belgilab beradi va kishi o‘z irodasini ana hu maqsadga bo‘ysundirish lozim» deb
ta’kidlagan edi.
Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatni amalga oshirishda va yo‘nalishida kasallik oqibatida
yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning
buzilgani deb qaramoq kerak.
Ongning to‘rtinchi ta’rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir.
«Mening o‘z muhitimga bo‘lgan munosabatim meninng ongimdir» deb yozgan K.Marks.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
396
Shu o‘rinda chet el adibi Djon Keho ning ijtimoiy tarmoqlarda quydagi so‘zlarni aytdi:
Biz gaprayotgan har bir so‘zlarimiz ma’lum bir tasavvurlar paydo qiladi bu xolatni biz o‘z
foydamizga ishlatishimiz mumkin. Shu sababsiz ong ortingizni sizga ishlashini sozlang va
hayotingizni yorqinlashtiring. Biz ishlatadigan so‘zlarimiz hayotimizga katta tasirini
o‘tkazadi farqi yo‘q u hayolan mi yoki og‘zakimi, bir narsani esda saqlab qolishingizni
istardim ,siz nima xaqida gapirsangiz o‘sha haqida o‘ylaysiz va o‘ylaganingizni yodingizga
tortasiz va ya’na siz gapirishdan avval tasavvur qilasiz.Men hozir sizga bir narsani tez –tez
qaytaraman oq fil, oq fil, oq fil ,oq fil,oq fil hayolingizga qanday obraz keldi oq fil keldi aaa
ko‘ryapsizmi biz gapirayotgan hamma gaplar hayolimizda shakillanadi. Biz bu holatdan
hayotimizda zo‘r foydalanishimiz mumkin. Endi ikkinchi qism siz nimani o‘ylasangiz
o‘shani hayotingizga tortasiz.endi eng qizig‘ini o‘qing ishonaman bu sizga yoqadi .har
qanday holatni obrazni hayolingizda o‘ylab yursangiz o‘sha holatni ong ortingizga tomir otib
tasavvur qilsangiz hayotingizga ko‘cha boshlaydi u, shu sababdan bizning hayollarimiz biz
o‘ylagandandakuchliroq aslida,bizning gaplarimiz hatto sog‘ligimizga ham tasir ko‘rsatadi
hatto,shunday odamlarni eshitgansiz “e xudoyim, girpp mavsumi kelmoqda men bu yil ham
doimgidek gripp bo‘laman” deyishadi va bunday fikrdan keyin u odam albatta kasal bo‘ladi.
Axir bu tentaklikku, kasallikni o‘zingizga tortib nima qilasiz, nega kasalangan holatingizni
oldindan ong ostingizga joylab ,kasallikni chaqirasiz. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ko‘p
odamlar ijobiy fikrlashlari oqibatida hayoti go‘zallashib, muvofaqqiyatlarga to‘la boshlaydi.
Men quyidagi gaplarni doim takrorlayman mening tanam juda g‘aroyib, u qayta tiklanish
imkoniyatiga ega. O‘zingiz o‘ylang, ovqatlanayotganingizda organizm foydali vitamin va
elementlarni o‘zi ajratib oladi, tanangizning kerakli joylariga taqsimlaydi, kerakmaslarini
chiqarib yuboradi va bu avtomatik tarzda bo‘lmoqda, qo‘lingizni kesib olsangiz qon tomir
kletkachalar infeksiya tushishini oldini olib, terini yopa boshlaydi va qon to‘xtaydi, ularga
buyruq berishingiz shart emas.Agar qo‘lingiz sinsa mening qo‘lim tuzalmoqda va tezroq
tuzalmoqda deb takrorlashingiz kerak. Ongimiz va tanamiz bir –biriga mutanosib ishlashi
uchun moslashtirilgan, shu sababdan ong ortingizni ,hayollaringizni o‘zingiz foydangizga
ishlatishga yonaltiring va hayotingizni yorqinlashtirib maqsadlarga erishing unutmang ;
Ongsizlik-kishini o‘zini tuta olmaydigan qilib qo‘yadigan taaassurotlar bilan bog‘liq
psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig‘indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni
aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o‘rni va vaqtini mo‘ljal
qilish, yaxlitligi yo‘qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi.
Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik
hodisalar (tush ko‘rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko‘rsatadigan
kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo‘lib, lekin takrorlanaverib
avtomatlashib ketgan va shunga ko‘ra endilikda anglanmaydigan bo‘lib qolgan harakatlar
faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik
hodisalariga bemor kishining psixikasida ro‘y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-
alahlash, ko‘ziga yo‘q narsalarning ko‘rinishi kabilarni ham ko‘rish mumkin. shularga,
asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga
tenglashtirish noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida
borliqning etarli darajada bir xil bo‘lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy
shart-sharoitlari bilan bog‘liq holda bo‘lgandir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Petrovskiy “Umumiy psixologiya” 1990-yil.
2. Tolibdjanovna, A. Z. (2023). Psychological Factors of Manifestation of Aggressive
Behavior in Teenagers during Globalization.
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
397
3. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the formation of
psychological culture of students.
Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 428-
431.
4. Tolibdjanovna, A. Z. (2024). Social and psychological factors in the formation of
psychological culture of students.
Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2), 428-
431.
5. Khosilbekovna, S. F. (2024). Ethnopsychological Predictors of the Process of
Acculturation in Migrant Students.
International Journal of Formal Education
,
3
(2), 199-
203.
6. Xosilbekovna, S. F. (2024). The impact of globalization on the manifestation of
aggressive behavior in adolescence.
Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali
,
4
(2),
134-137.
