Mualliflar

  • Rohila Marifova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74207

Kalit so‘zlar:

ontogenez balog‘at davri inqiroz psixika rivojlanish

Annotasiya

Maqolada ontogenezda yosh davrlarining rivojlanishida o‘smirlik davrining
o‘ziga xos xususiyatlari, inqirozni yuzaga keltiruvchi sabablar va uning shaxs sifatida
shakllanishidagi omillari haqida fikr yuritilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

585

O‘SMIRLIK DAVRI - PSIXOLOGIK “TOBE”LIK.

Andijon davlat pedagogika instituti maktabgacha

ta'lim fakulteti maxsus pedagogika yo‘nalishi

talabasi Marifova Rohila

Annotatsiya:

Maqolada ontogenezda yosh davrlarining rivojlanishida o‘smirlik davrining

o‘ziga xos xususiyatlari, inqirozni yuzaga keltiruvchi sabablar va uning shaxs sifatida
shakllanishidagi omillari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘z:

ontogenez, balog‘at davri, inqiroz, psixika, rivojlanish, avtonomiya.

O‘smirlik davri 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, ko

ʻ

pchilik

o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish asosan 5-8- sinflarga to‘g‘ri keladi. O

ʻ

smirlik deganda bu endi

bola bo

ʻ

lmagan ammo hali to‘liq balog

ʻ

at yoshga yetmagan insonning hayotiy davrlardan biri. Bu

davrda bolada juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘la boshlaydi. Ya'ni bu qanday o‘zgarish degan savol tug

ʻ

ilishi

tabiiy holat? Biologik o‘zgarish deganda bu tanadagi jinsiy yetilishning boshlanishi, hujayralarning
o‘sib bo‘linishi tushuniladi. Psixologik o‘zgarishlar esa bu o‘zlarini tutishi layoqat qobiliyati va
imkoniyatlarini ma'lum darajada ko‘rsatishga intilishidir. O

ʻ

smirlik davri xalq tilida “o‘tish davri”

“qiyin davr” deb ham ataladi.

Bu davrni hammamiz boshidan kechirgan ekanmiz hammada har xil o‘zgarishlar bo‘lishi

mumkin. Bola o‘ta injiq yoki xayolparast, o‘yinga, sevgi muhabbatga berilib ketishi mumkin bo

ʻ

lgan

davrdir. Ayniqsa bu davrda u atrof muhitga, do

ʻ

stlari, yaqinlari, tengdoshlariga nisbatan muomalasi

o‘zgarishi mumkin. O‘smirlik yoshida axloq mazmuni keskin o‘zgaradi. Bola xuddi o‘zini katta
insondek tuta boshlaydi yurish-turishi ko‘zga tashlanadigan ayrim tomonlari ota-ona davriga tezroq
yetish istagini uyg‘otadi. Inson umrining o‘smirlik davrida oilasi va maktab nazoratidan chetda
qolishi xatarli holatga olib kelishi mumkin. Ya

ʼ

ni bola o‘z oqimida o‘zini e'tibordan chetda qolgan

insondek tutib yolg‘iz qolishi tamaki,alkogol va boshqa yomon moddalarni qabul qilishni boshlashi
mumkin. O

ʻ

smirlik davrining inqirozi haqida juda ko‘p olimlar nazariy qarashlar olib borgan:

Biogenetik yo

ʻ

nalish vakillari S.Xall Z.Freyd bu inqiroz biologik shartlanganligi tufayli

muqarrardir deb hisoblagan. Yana boshqa olimlar M. Med R. Benedekt o

ʻ

smirlik inqirozi ijtimoiy

munosabatlarning natijasidir deb hisoblaydilar.

Ba

ʼ

zida bolalarning o‘smirlik paytida injiq, qo

ʻ

rs bo

ʻ

lib qolishiga ota-onalar ham sababchi deb

o

ʻ

ylayman. Ular bolalariga e'tibor bermaydi ular qiziqqan sohalariga o‘qishiga yoki shug‘ullanishga

to‘sqinlik qilib o‘zlari tanlagan kasbini egallashini xohlashadi va boshqalarning farzandlari bilan
taqqoslash ularni umuman o‘qishga va hech narsaga qiziqmaslikka olib keladi. Bu o‘smir o‘z
kamchiligini o‘ylaydi va o‘zidan qoniqmasligi his paydo bo‘ladi natijada buni oqibati yaxshi
bo‘lmasligi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki shaxsning ishtiyoqini qondirishga
yo‘naltirilganligini aks ettiruvchi qiziqishning qondirilishi hech qachon uning so

ʼ

nishini

ifodalamaydi, aksincha obyektning noma'lum qirralarini aniqlashga yordam beradi.

Psixolog L.S.Vigotskiy o‘smir yoshi psixologiyasini “psixik rivojlanishdagi inqiroz” deb

nomlaydi. Hozirgi davrda o‘smirlar o

ʻ

tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan bir

muncha ustunlikka ega. Muhit omillarining yaxshilanishi akseleratsiyani kuchayishiga olib
kelmoqda. Hozirda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq ro

ʼ

y bermoqda.

Xulosa qilib aytganda o‘smirning oiladagi mavqeining o‘zgarishi, maktabda o‘qishning yangi

sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida murakkab munosabatlar o‘rta yoshdagi o‘quvchilar oldiga
ko‘pgina yangi talablar qo‘yadi va ularning butun psixik hayotida yangi qiyinchiliklar tug‘diradi.
Avval mustahkam o‘rnashib qolgan ko‘nikma va malakalar yangi hayot kechirish tarziga ko‘p
jihatdan mos kelavermaydi. Shuning uchun o‘smirlarning psixik jihatdan normal hayot kechirishi va
o‘sishini ta’minlash uchun o‘smirlik yoshining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari e’tiborga olingan
ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanilishi zarur.

Adabiyotlar.
1.F.Haydarov N.Halilova "Umumiy psixologiya" T- 2009.
2.G

ʻ

oziyev "Umumiy psixologiya"

3.M.Xolnazarova SH.Fayziyeva "Rivojlanish psixologiyasi"

Bibliografik manbalar

F.Haydarov N.Halilova "Umumiy psixologiya" T- 2009.

Gʻoziyev "Umumiy psixologiya"

M.Xolnazarova SH.Fayziyeva "Rivojlanish psixologiyasi"