Mualliflar

  • Xilola Zuxriddinova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74252

Kalit so‘zlar:

pedagogika ta'lim tarbiya pedagogik metod pedagog muloqoti

Annotasiya

Ushbu maqolada pedagogning ta'lim tizimidagi faoliyatini o‘ziga xos talablari majburiyatlari va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatining turli metodlari haqida,
shuningdek pedagogik jarayonda tarbiyaning qanday xolda ta'lim bilan hamohang xolda berish yo‘llari to‘g‘risida ham fikr bildilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

490

PEDAGOG FAOLIYATINING TA'LIM VA TARBIYA JARAYONIDAGI

O‘ZIGA XOS TALABLARI

ADPI 1-bosqich o‘zbek tili

yo‘nalishi Zuxriddinova Xilola

Annotatsiya :

Ushbu maqolada pedagogning ta'lim tizimidagi faoliyatini o‘ziga xos

talablari majburiyatlari va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatining turli metodlari haqida,
shuningdek pedagogik jarayonda tarbiyaning qanday xolda ta'lim bilan hamohang xolda
berish yo‘llari to‘g‘risida ham fikr bildilgan

.

Kalit so‘zlar :

pedagogika, ta'lim, tarbiya, pedagogik metod, pedagog muloqoti,

pedagog xususiyatlari, pedagogik jarayon.

Pedagogik psixologiya - faqatgina ta'lim berib qo‘ymay, tarbiyani ham o‘zgaradi.

Kasblar ichida "O‘qituvchilik" kasbi eng murakkab kasb hisoblanadi. Yosh avlodni kelajakka
tayyorlash uning zimmasida bo‘ladi.

Pedagogika - (yunoncha paidagogike) tarbiya, ta'lim hamda ma'lumot berishning

nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganuvchi fanlar majmuasi. Dunyoni o‘qituvchisiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Hattoki bironbir kasbni egallagan insonni ham ustozi bordir. O‘qituvchi
fanlarni o‘qitish bilan cheklanib qolmaydi. U har bir o‘quvchini hayot yo‘lini to‘g‘ri topishga
o‘rgatadi. Yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydi. Shuning uchun ham donishmandlarimiz :
"Ustoz otangday ulug‘" - deb bejizga aytishmagan.

Ta'lim - o‘quvchilarga Nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va

malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini
tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayondir. Ta'lim jarayonining ta'lim berish funksiyasi -
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Har bir
o‘qituvchining bilim berish usuli har xil. Ba'zilar qattiqqo‘llik bilan bilim bersa, boshqalari
qiziqarli o‘yinlar tarzida bolani darsga qiziqtirib o‘tadi.

Tarbiya - aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta'sir jarayoni: shaxsda muayyan jismoniy,

ruhiy, axloqiy, ma'naviy, madaniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy
pedagogik jarayon. Yuqorida aytib o‘tilganidek o‘qituvchi faqatgina bilim berib qo‘ymay
tarbiya ham beradi. Odamlar jamiyatda yashashi uchun, o‘zgalar bilan muloqot qilishi uchun
ham tarbiya juda katta rol o‘ynaydi.

O‘qituvchining,umuman

о

lganda

р

edag

о

gik jam

о

aning ta’lim-tarbiya jaray

о

nida

о

‘quvchilarni bilish va

о

‘rganish kaliti va

о

‘quv fa

о

liyatining ij

о

diy

х

arakteri,

о

‘quvchi

sha

х

sining shakllanishi uchun eng ya

х

shi shar

о

it yaratadigan,ta’lim-tarbiyada maqbul

b

о

‘lgan em

о

tsi

о

nal muhitni ta’minl

о

vchi. jumladan,ruhiy

р

si

хо

l

о

gik t

о

‘siqlarning

р

ayd

о

b

о

‘lishini

о

ldini

о

ladigan,b

о

lalar jam

о

asida ijtim

о

iy-

р

si

хо

l

о

gik jaray

о

nlarni t

о

‘g‘ri y

о

‘lga

s

о

lib b

о

shqarishni ta’minlaydigan va

о

‘quv tarbiyaviy jaray

о

nda

о

‘qituvchining

о

‘z

р

edag

о

gik mah

о

ratidan

о

qil

о

na f

о

ydalanishi uchun imk

о

niyatlar yaratadigan muhim

v

о

sitadir.Agar insonning ilmi to‘la bo‘lsa-yu, tarbiyasi bo‘lmasa, oilada, do‘stlar davrasida

aslo hurmat topmaydi. (1)

"Metod" so‘zi yunoncha tarjimasi " tadqiqot", "usul", "maqsadga erishish yo‘li" kabi

ma'nolarni anglatadi. Pedagogik metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida
vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi faoliyat va bilish jarayonlarining
o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta'rif va tavsif berishdir. Kuzatish, test kabi bir qancha
metodlar bor. Kuzatish metodi - 2 xil bo‘ladi ichki va tashqi metod.

Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
1. Kuzatish maqsadi, vazifasi
2. Kuzatilayotgan obyekt tanlanadi


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning

salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy

anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

491

3. Tadqiqot o‘tkazish vaqti rejaqilinadi.
"Test" metodi- shaxsning aqliy qobiliyatini, irodaviy sifatlarini va boshqa

xususiyatlarini tekshirishda yordam beradi. Test odamni qaysi kasbni tanlashini, oldindan
qanday maqsadlari borligini va shuni aytib o‘tish kerakki, xulq-atvorini ham ochib beradi.

Pedagog muloqoti deganda, pedagog va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro birgalikdagi

harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o‘quv tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish va o‘zaro
hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizim, usul va malakalar tushuniladi. Ayrim
o‘qituvchilar bor o‘quvchilarga haddan ortiq qo‘ppollik qiladi. Albatta bu narsa bolaga
yoqmaydi. Hatto o‘sha o‘qituvchining fanini yomon ko‘rishgachaboradi. Boshqalari juda
muloyim bo‘lishadi. Bu odat o‘quvchini layoqatsizlikka olib kelishi mumkin. Pedagogda
birmuncha tartiblilik va mehribonlik ham bo‘lishi kerak. Ana o‘shanda uning o‘quvchilari
darslarni yaxshi o‘zlashtiradi va fanga bo‘lgan qiziqishi ham ortadi. Har bir pedagogning
o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. Endigina ishga kirgan yosh pedagogni ham, ko‘p yillik ish
tajribasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni ham ko‘rishimiz mumkin. Yosh o‘qituvchilar
dastlabki paytlarida o‘quvchilarga ortiqcha mehribonlik munosabatda bo‘ladi. Hozirgi kunda
tajribali pedagoglar anchagina vazminlik va qattiqqo‘llik bilan ajraladi. Adabiyot
o‘qituvchisi o‘quvchilar bilan muloyim, samimiy muloqot qiladi. Ular o‘quvchilar bilan
qiynalmasdan

emotsional

aloqalar

o‘rnatadi.Tabiatshunoslik

o‘qituvchilarining

boshqalardan ajralib turadigan xislati shundaki, ular o‘quvchilar bilan qat'iy, ishchan
munosabatda bo‘ladi. Ularning munosabati rasmiy bo‘ladi. Pedagogik jarayon - bu
o‘qituvchilar va o‘quvchilarning rivojilanish va ta'lim muammolarini hal qilishga qaratilgan
maxsus tashkil etilgan o‘zaro ta'siridir. "Pedagogik jarayon " tushunchasining sinonimi
sifatida "Ta'lim jarayoni" atamasi ham qo‘llanadi. Pedagogik jarayonning ajralmas xususiyati
o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi aloqa, odob-axloqi va faoliyatining o‘zaro o‘zgarishi
natijasidir. Pedagogik jarayonning asosiy maqsadi o‘qituvchi va talabalar intilayotgan aniq
bir natijasini aks ettirishi kerak. Ushbu jarayon barcha ijtimoiy jarayonlar bilan chambarchas
bog‘langan.

Foydalanilganadabiyotlar:

1. https://uz.m.wikipedia.org>wiki
2. http://reja.tdpu.uz
3. https://arxiv.uz
4. kompy.info
5. N Tojiboyeva "Muloqot psixologiyasi". O‘quv qo‘llanma T 2024

Bibliografik manbalar

Foydalanilganadabiyotlar:

kompy.info

N Tojiboyeva "Muloqot psixologiyasi". O‘quv qo‘llanma T 2024