Universal International Scientific Journal
124
Tursunali Tolibjonovich Turg‘unov
Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi direktori
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ma’lumki, 2030 yilga qadar Xalq ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan.
Mazkur hujjatning birinchi bandida PISA xalqaro tadqiqotida O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash va
2030 yilga borib, kuchli 30 talikka kirishga erishish maqsadli yo‘nalishda belgilangan. Ya’ni, ta’lim tizimi
uchun strategik vazifa belgilab berilgan.
Bugungi kunda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro baholash
jarayonlarida munosib qatnashish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham
xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash
dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish borasida qator ijobiy ishlar
amalga oshirilmoqda.
Kalit so‘zlar:
PISA, TIMSS, PIRLS, ta’lim, xalqaro, baho, tadqiqot, strategik, barqaror,
kompetentlik, matn, daraja.
Аннотация:
Как известно, утверждена Концепция развития народного образования до 2030
года. В первом пункте данного документа определено участие Узбекистана в международном
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TADQIQOTLARDAGI ISHTIROKI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4
Published: 19.04.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
12
5
исследовании PISA и достижение цели — к 2030 году войти в число тридцати лучших стран. То
есть для системы образования установлена стратегическая задача.
В настоящее время в развитых странах мира уделяется особое внимание повышению качества
образования и достойному участию в международных оценочных процессах. Республика
Узбекистан также реализует ряд положительных мер по формированию навыков работы с
заданиями в рамках международных оценочных программ, таких как PISA, TIMSS, PIRLS,
направленных на подготовку к международным исследованиям.
Ключевые слова:
PISA, TIMSS, PIRLS, образование, международный, оценка, исследование,
стратегия, устойчивость, компетентность, текст, уровень.
Abstract:
As is known, the Concept for the Development of Public Education until 2030 has been
approved. The first clause of this document outlines Uzbekistan’s participation in the international PISA
study and sets a targeted goal of joining the top 30 countries by 2030. In other words, a strategic task has
been defined for the education system.
Today, developed countries around the world are paying special attention to improving the quality of
education and ensuring meaningful participation in international assessment processes. The Republic of
Uzbekistan is also undertaking a range of positive initiatives to develop the skills necessary for working
with tasks within the frameworks of international assessment programs such as PISA, TIMSS, and PIRLS,
aimed at preparing for participation in international studies.
Keywords:
PISA, TIMSS, PIRLS, education, international, assessment, research, strategic,
sustainable, competence, text, level.
Language:
Uzbek
Citation:
Turgunov, T. (2025). PARTICIPATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IN
INTERNATIONAL RESEARCH. Universal International Scientific Journal, 2(4), 124–130. Retrieved
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1505
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15250585
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Ma’lumki, 2030 yilga qadar Xalq
ta’limini
rivojlantirish
konsepsiyasi
tasdiqlangan. Mazkur hujjatning birinchi
bandida
PISA
xalqaro
tadqiqotida
O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash va
2030 yilga borib, kuchli 30 talikka kirishga
erishish maqsadli yo‘nalishda belgilangan.
Universal International Scientific Journal
12
6
Ya’ni, ta’lim tizimi uchun strategik vazifa
belgilab berilgan.
Dastlab PISA, PIRLS, TIMSS
xalqaro baholash dasturlarining mazmun-
mohiyati xususida qisqacha so‘z yuritamiz.
PISA
–
(Programme
for
International Student Assessment) ta’lim
oluvchilarning ta’lim yutuqlarini baholash
bo‘yicha xalqaro dasturi va ta’lim sifati
monitoringi
bo‘lib,
15
yoshli
o‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar
va o‘qish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari,
zamonaviy jamiyatda to‘laqonli faoliyat
yuritishlari, keng ko‘lamli muammolarni
hal etishlari uchun zarur kompetentlik
darajasini o‘rganadi.
Ushbu dastur Iqtisodiy hamkorlik
va taraqqiyot tashkiloti (Organization for
Economic Cooperation and Development)
tomonidan amalga oshiriladi.
PIRLS – (Progress in International
Reading
Literacy
Study)
bu
turli
mamlakatlardagi boshlang‘ich maktab
o‘quvchilari tomonidan o‘qish sifati va
o‘qilgan matnni tushunish darajasini
baholashning xalqaro tizimi va u asosida
olib boriladigan xalqaro tadqiqot.
TIMSS – (Trends in Mathematics
and Science Study) matematika va Science
ta’limi sifatini baholashga oid xalqaro
tadqiqot
bo‘lib,
IEA
(International
Association
for
the
Evaluation
of
Educational
Achievement)
tomonidan
tashkil etilgan. TIMSS tadqiqotlarida 4-
sinf
va
8-sinf
maktab o‘quvchilari
matematika va tabiiy fanlardan o‘z
bilimlarini sinab ko‘radi.
Dasturda ishtirok etayotgan davlatlar
soni tobora ortib bormoqda. Agar 2015
yilda TIMSS tadqiqotida 57 davlat ishtirok
etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 60
dan ortiq davlatni tashkil etdi. Turli yillarda
Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya,
Gonkong, Belgiya ta’lim tizimi eng yuqori
balga ega bo‘lgan. Shu o‘rinda ta’kidlash
joizki,
ta’limning
sifati
professor-
o‘qituvchining
kasbiy
tayyorgarlik
darajasidan yuqori bo‘la olmaydi. Ta’lim
beruvchi eski kategoriyalar bilan fikr
yuritar ekan, hech qanday texnologiya dars
samaradorligini oshira olmaydi.Ta’lim
sifatini ta’minlashda interfaol axborot-
ta’lim muhitini yaratish, inson shaxsiga
hurmat,
ijtimoiy
ko‘nikmalarni
rivojlantirish, ta’limni demokratlash- tirish
katta ahamiyatga ega.
Ta’limning
yangicha
mazmuni
ta’limni boshqarishni tubdan o‘zgartirishni
Universal International Scientific Journal
12
7
taqozo etadi. O‘z vaqtida va to‘g‘ri qaror
qabul qila oladigan, resurslarni (vaqt,
moliya, kadrlar, texnologik, KPI, forsayt)
boshqara oladigan, kuchli intuisiyaga ega,
shijoatli, notiq, innovasion tafakkurga ega,
xarizmatik
liderlarni
shakllantirish
masalasi o‘ta muhim. Xalqaro dasturlarda
munosib ishtirok etish uchun zamonaviy
ta’lim dasturlari va darsliklar kontenti XXI
asrning shaxsni o‘zgarishlarga tayyorlash,
ijtimoiy intellekt, barqaror rivojlanish,
ekologik madaniyat kabi yana bir nechta
bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga
xizmat qilmog‘i lozim.
O‘zbekistonda
xam
xalqaro
tadqiqotlarga
tayyorgarlik
ko‘rishga
yo‘naltirilgan PISA, TIMSS, PIRLS
xalqaro baholash dasturlari doirasidagi
topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini
shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni
tayyorlash, ularning bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarini,
shuningdek,
o‘quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash
hamda tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha
savodxonligini
rivojlantirish,
o‘qituvchilarga amaliy va uslubiy yordam
berish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga
oshirilmoqda. Bugungi kunda ta’lim tizimi
oldida turgan muhim vazifalar sirasiga –
xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish,
pedagog va o‘quvchilarda PISA, TIMSS,
PIRLS
xalqaro
baholash
dasturlari
doirasida
ishlash
ko‘nikmasini
shakllantirish, tanqidiy, ijodiy va mantiqiy
fikrlashini rivojlantirish, o‘qituvchilarga
amaliy va uslubiy yordam berish kabilar
kiradi.
Mamlakatimizda ilk marotaba 2021
yilning
5-14
aprel
kunlari
4-sinf
o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish
darajasini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, 2022 yilning aprel
oyida yurtimizdagi 202 ta maktabda PISA
xalqaro baholash tadqiqotlari o‘tkazildi.
Tadqiqotda yurtimizning 15 yoshli maktab
o‘quvchilari tabiiy-ilmiy savodxonlik,
matematik savodxonlik hamda o‘qish
savodxonlik yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok
etdi.
O‘zbekiston Respublikasi 2025
yilda PISA xalkaro baholash tizimida
ikkinchi marotaba ishtirok etadi.
PISA xalkaro baholash tizimi xaqida
ko‘proq tushunchaga ega bo‘lish uchun
O‘zbekistan
Respublikasi
Vazirlar
Maxkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi
"Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini
Universal International Scientific Journal
12
8
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora-tadbirlari tug‘risida"gi
karoriga murojat etdik. Mazkur xujjatda
ta’lim tizimining asosiy vazifalari va
faoliyat yo‘nalishlari etib ta’lim tizimida
o‘kish,
o‘zbek
tili
va
adabiyoti
yo‘nalishidagi
fanlardan
savodxonlik
darajasini rivojlantirishning innovasion
metodlarini ishlab chikish va joriy etishga
yunaltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
ta’lim sifatini baholash sohasida
xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro
loyihalarni ishlab chiqish va amalga
oshirish, xalkaro ilmiy anjumanlar va
simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda
ishtirok etish;
umumiy
o‘rta
ta’lim
muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda
muvaffakiyatli ishtirok etishini ta’minlish;
O‘zbekiston
Respublikasining
xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan
natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan
qiyyosiy taqqoslash belgilandi.
Aynan bunungi kunda Andijon
viloyatida PISA xalqaro baholash tizimida
ishtirok etish jarayoniga viloyatdan 19 ta
maktab (shundan 1 tasi Prezident maktabi)
tanlab olingan. mavjud umumta’lim
maktablaridan
ushbu
jarayonga
tayyorgarlik
ishlari
qizg‘in
olib
borilmoqda. Tadqiqotda ishtirok etadigan
1750 nafar 15 yoshdagi o‘quvchilar uchun
830 dona PISA tadqiqoti talablariga mos
keladigan kompyuterlar bilan ta’minlandi,
kompyuterga ehtiyoj to‘liq qoplandi
Viloyat pedagogik maxorat markazidan
ushbu umumta’lim maktablariga ma’sul
shaxslar biriktirilib, kundalik ishlarida
amaliy
yordamlar
berilmoqda,
o‘qituvchilarning darslari tahlil qilib
borilib,metodik
yordam
ko‘rsatilib
borilmoqda.
7-11 sinflarda tabiiy, matematika,
ona tili va adabiyot hamda informatika
fanlaridan dars beradigan o‘qituvchilarning
umumiy soni 337nafarni tashkil etib,
shundan 219 nafari (64,9%) malaka toifali
o‘qituvchilar (56 nafari (16,6%) oliy
malaka toifali, 81 nafari (24%) birinchi
malaka toifali, 82 nafari (24,3%) ikkinchi
malaka toifali),
118
nafari(35,1%)
mutaxassis
o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.
Ayni damda 19 ta maktabga ham
tumandagi yuqori bilim salohiyatiga va
pedagogik mahoratiga ega bo‘lgan tajribali
ustozlar biriktirilgan. Bundan tashqari,
yo‘nalishdagi fanlardan Prezident ta’lim
Universal International Scientific Journal
12
9
muassasalari
agentligi
tasarrufidagi
ixtisoslashtirilgan maktablardan tajribali
pedagoglar ham amaliy yordam uchun jalb
etilgan.
O‘quv
seminar-trening
mashg‘ulotlari o‘tib borilmoqda.
Maktabda
o‘qituvchilar
va
o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil
ishlashi
uchun
sharoitlar
yaratilgan,
o‘qituvchilar uchun metodik xonalar
tashkil qilingan, kerakli jihozlar va o‘quv-
uslubiy materiallar bilan ta’minlandi.
Tadqiqotda ishtirok etish uchun
tanlab olingan maktablarning 2009-yilda
tug‘ilgan
o‘quvchilarining
ro‘yxati
shakllantirilib,
har
bir
o‘quchining
tug‘ilganligi haqida guvohnoma nusxalari
tayyorlangan.
O‘quvchilarni xalqaro tatqiqotlarga
tayyorlash va ularni qiziqishlarini oshirish
maqsadida 2025 yil 15 mart va 9-aprel
kunlari 15yoshli o‘quvchilar o‘rtasida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
tomonidan Bilimdon o‘quvchilar” tanlovi
o‘tkazildi.Andijon
viloyatidan
tanlab
olingan
19
ta
maktablarning
o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi.
Bo‘lib o‘tgan tanlov natijalariga
ko‘ra
Andijon
viloyatidan
jami
5 nafar o‘quvchilar (Andijon shahar 17-
maktab, Andijon shahridagi Prezident
maktabi,
Asaka
tumani
59-maktab,
Izboskan tumani 10-maktab, Paxtaobod
tumani 3-maktab o‘quvchilari) eng yuqori
ballni qo‘lga kiritib, maktabgacha va
maktab ta’limi vazirining faxriy yorlig‘i
xamda esdalik sovg‘asi (noutbuk)ni qo‘lga
kiritdilar.
Bundan tashqari tadqiqot uchun
tanlab olingan 19 ta maktablarning har
birida haftaning har juma kunlarida 7-11
sinf (15 yoshli) o‘quvchilari uchun tadqiqot
yo‘nalishlari
doirasida
jamoaviy
intellektual (Zakovat – intellektual savol-
javob o‘yini, Breyn-ring – jamoalar
savollarga tez javob berish, Kim millioner
bo‘lishni istaydi? – bilim va tezkor fikrlash
va boshqa ta’limiy) o‘yinlar hamda turli xil
sinovlar tashkil etib kelinmoqda.
Intellektual o‘yinlarda g‘olib bo‘lgan
va
yuqori
natijalarni
qayd
qilgan
o‘quvchilar turli xil badiiy adabiyotlar va
esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirilib
kelinmoqda.Cerebry
platformasidan
foydalanish tizimli yo‘lga qo‘yilgan, har
bir maktabda o‘quvchilarning ishtirok etish
grafiklari
ishlab
chiqilgan
hamda
samaradorlik darajasi xaftalik taxlil qilib
borilmoqda.A.Avloniy
nomidagi
Universal International Scientific Journal
1
30
pedagogik
mahorat
milliy
instituti
tomonidan tashkil etilgan test.avloniy.uz
platformasida ham o‘quvchilar tomonidan
topshiriqlarni yechish tizimli yo‘lga
qo‘yilgan hamda bugungi kun holatiga 8ta
topshiriq to‘liq yakunlangan.
Bunda PISA xalqaro baholash
tizimidan foydalanishning yana bir asosiy
muhim
jixatlaridan
biri-
bu
o‘quvchilarning
savodxonligi
hamda
bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini
rivojlantirish, 15 yoshli bolalarning bilim
darajasi miqdoriy ko‘rsatkichini adolatli
aniqlash
va
xalqaro
miqiyos
bilan
solishtirish hamda intellektual salohiyatini
yanada oshirishga xizmat qilishligini
tushuntirilmoqda. PISA xalqaro baholash
tizimining natijasiga qarab, o‘qituvchi va
o‘quvchilar o‘zlarining galdagi vazifalarini
aniq belgilab oladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Аметовна, Ю. Т., Назаровна, К. Х. (2020). Применение интеграции при обучении русскому
языку в национальных группах. Сўз санъати, (3).
2. Yuldasheva, T., Kadirova, K. (2020). Teaching Russian with Innovative Approach. European
Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(7).
3. Юлдашева, Т. А. (2021). Методы исследованияв методике преподавания руссеого языка.
Academic research in educational sciences, 2(2).
4. Yuldasheva, T. A., Begimova, A. (2022). The Role of the Constitution of the Republic of
Uzbekistan in our Free and Prosperous Life. International Journal
5. Юлдашева Т. А. (2021). Русский язык в школе и в вузе: проблемы изучения и преподавания.
Экономика и социум, 9(88), 1015-1021.
6. Юлдашева, Т. А. (2021). Обучение языковой коммуникации на русском языке. Экономика и
социум, 3(2), 593-596.
