Mualliflar

  • Muzaffar Asraqulov
    Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Beznisni boshqarish” (General) mutaxasisligi boʻyicha 2-kurs magistratura

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.83286

Kalit so‘zlar:

sanoat sanoat korxonalari strategiya muvozanat barqaror muvozanati talab va taklif daromad xarajat

Annotasiya

Ushbu maqolada sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishining nazariy-uslubiy asoslari, iqtisodiy mazmun- mohiyati, korxonalarning barqaror iqtisodiy o‘sishi va xorijiy olimlarning nazariy qarashlari yoritilgan


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

227

Universaljurnal.uz

Asraqulov Muzaffar Luqmonjonovich

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

“Beznisni boshqarish” (General) mutaxasisligi boʻyicha 2-kurs magistratura

Uzbekistan

muzaffar4345@gmail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishining nazariy-uslubiy

asoslari, iqtisodiy mazmun- mohiyati, korxonalarning barqaror iqtisodiy o‘sishi va xorijiy olimlarning

nazariy qarashlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

sanoat, sanoat korxonalari, strategiya, muvozanat, barqaror muvozanati, talab va taklif,

daromad, xarajat.

Аннотация:

В статье рассматриваются теоретико-методологические основы устойчивого

развития промышленных предприятий, их экономическое содержание, устойчивый экономический

рост предприятий, а также теоретические взгляды зарубежных ученых.

Ключевые слова:

промышленность, промышленные предприятия, стратегия, равновесие,

устойчивое равновесие, спрос и предложение, доход, себестоимость.

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

KICHIK SANOAT KORXONALARINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MEXANIZMINI

SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4

Published: 30.04.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

22

8

Abstract:

This article covers the theoretical and methodological foundations of the sustainable

development of industrial enterprises, their economic content, sustainable economic growth of enterprises,

and theoretical views of foreign scientists.

Keywords:

industry, industrial enterprises, strategy, equilibrium, sustainable equilibrium, supply and

demand, income, cost.

Language:

Uzbek

Citation:

Asraqulov , M. (2025). WAYS TO FORM A MECHANISM FOR SUSTAINABLE

DEVELOPMENT OF SMALL INDUSTRIAL ENTERPRISES. Universal International Scientific Journal,

2(4), 227–231. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1595

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15331741

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Jahon

mamlakatlarida

kuzatilayotgan

ijtimoiy-iqtisodiy

o‘zgarishlar va jarayonlar, ayniqsa, jahon
moliyaviy- iqtisodiy inqirozi davrida bozor
munosabatlarining rivojlanishining yangi
mexanizmlarini shakllantirishga bo‘lgan
ehtiyojni oshirdi. Shu sababdan, ko‘plab
sanoat korxonalar o‘zgarib borayotgan
tashqi muhit sharoitlariga moslashuvchan
bo‘lgan

investitsion

strategiyalarini

rivojlantirishga

zarurat

sezmoqdalar.

Hozirgi sharoitda iqti-sodiy salohiyatni
tiklash zarurligi mazkur rivojlanishni
ta’minlaydigan mexanizmni shakllantirish
asosida sanoat korxonalarini barqaror
rivojlantirish uchun sharoit yaratishni
birinchi o‘ringa qo‘ymoqda Korxonalar
resurslari cheklanganligi, mavjud tashqi
muhit

sharoitida

ularning

barqaror

rivojlanishiga

zamin

yaratish

imkoniyatlarini

beradigan

strategiyani

ishlab

chiqish

boshqaruvning

asosiy

muammosi shaklida namoyon bo‘lmoqda.
Bunda shuni ta’kidlash kerakki, har bir
korxona

uchun

barqaror

o‘sish

strategiyasini ishlab chiqish yakka tarzda
amalga oshiriladi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda

bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan
xususiy

mulk

ustuvorligini

mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik
bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta
mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat
iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi
ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini
oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish

bo‘yicha

qulay

ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli
huquqiy kafolatlar yaratildi.

Davlat va nazorat idoralarining

korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga
aralashuvini keskin kamaytirish hamda
tadbirkorlik

subyektlarining

iqtisodiy

erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

22

9

kengaytirish bo‘yicha choralar qabul
qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik
korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq
tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki
yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va
boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida
to‘layotgan,

shuningdek,

ishlab

chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari va
rentabelligini

ta’minlayotgan

kichik

tadbirkorlik

subyektlarida

uch

yil

davomida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish
taqiqlandi.

Korxona boshqaruvida zamonaviy

konsepsiyalarni joriy etish o‘ta dolzarb
ahamiyat kasb etib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvardagi

PF-60-son

“2022–2026-

yillarga

mo‘ljallangan

Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risi- da”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonning

3-bandiga

ko‘ra, milliy

iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori
o‘sish surʼatlarini taʼminlash- da muhim
bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olingan
bo‘lib, ushbu vazifalar sohaning istiqbolli
rivojlanishini taʼminlaydi.

Mamlakatimizdagi

sanoat

korxonalarida resurs tejamkorligini oshi-
rish bo‘yicha bugungi kundagi holatni
tahlil etish va resurs tejamkorli- gini
oshirishning

tashkiliy-iqtisodiy

mexanizmlarini takomillashtirish bugungi
kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Shuning uchun resurslar tejamkorligi bilan
bog‘liq barcha jarayonlarni tadqiq etish va
ularga taʼsir etuvchi omillarni eʼtiborga
olgan holda tizimli tadqiq etish lozim deb

hisoblaymiz. Shundan kelib chiqqan holda,
“resurs” va “resurs tejamkorlik” hamda
“resurs samaradorligi” tushunchalarini
interpritatsiya qilish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.

«Resurslar» tushunchasining o‘zi

fransuzcha “ressource” so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib, yordamchi vositani
anglatadi. Resurslarni umumiylashtirib
iqtisodiy, biologik, ekologik, informatsion
va inson resurslariga ajratish mumkin.
Dissertatsiya mavzusidan kelib chiqqan
holda mahalliy va xorijlik olimlarning
resurs tejamkorligi bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlarini

o‘rganib

chiqamiz.

Аmerikalik

iqtisodchi

olimlar

S.Makkonell, S.Bryu fikriga ko‘ra,
“iqtisodiyotda resurs – bu jamiyat
ehtiyojlarini qondiradigan tovarlar va
xizmatlarni

ishlab

chiqarish

uchun

ishlatiladigan

xizmat

yoki

boshqa

aktivlardir”.

Tijorat banklarining kapitallashuv

darajasi

oshmoqda,

kichik

biznes

subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori
texnologik uskunalar xarid qilishi uchun
imtiyozli

kreditlash

mexanizmi

takomillashtirildi.

Ushbu

shartlar

korxonaning

iqtisodining davrlari (o‘sish, tushish,
muvozanat)ga ko‘ra ahamiyatlilik darajasi
farqlanadi.

Shuningdek,

korxonaning

barqaror rivojlanishini ta’minlashda uning
moliyaviy holatidan kelib chiqib, iqtisodiy
qarorlar qabul qilish zarur hisoblanadi.
Misol uchun: korxona o‘zining to‘lov
qobiliyatini

(likvidlilik

dara-jasi)


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

2

30

mustahkamlash uchun o‘z mablag‘larini
miqdorini

oshirishi

mumkin.

Yoki

resurslardan samarali foydala-nish uchun
yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab
chiqarishga joriy etishi mumkin. Iqtisodiy
o‘sish davrida korxonaning mahsulotlariga
bo‘lgan talab yuqori bo‘lgan pallada
reklama berishga ehtiyoj sezilmagan
davrda reklama xarajatlarini kamaytirish
maqsadga muvofiqdir. Yana bir muhim
narsa ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish,

mehnat

unumdorligini

ko‘paytirish uchun inson kapitaliga
investitsiya

qilish

zarurdir.Iqtisodiy

tizimlar umumiy muvozanati konsepsiyasi.
Sanoat

korxonalarini

barqaror

rivojlantirish

konsepsiyasi

iqtisodiy

tizimlarning makro va mikro darajadagi
xulq-atvorini

tavsiflovchi

klassik

va

hozirgi zamon tadqiqotlari tushunchalar
tizimining muhim tarkibiy qismi hi -
soblanadi.Sanoat

korxonalarida

kechayotgan biznes-jarayonlarni tadqiq
etishda “barqaror muvozanat” tushun-
chasi va u bilan bog‘liq barqaror bozor
iqtisodiyoti sharoitlari uchun o‘rinli
bo‘lgan tushunchalarni yoritib berish
ahamiyatlidir.

“Muvozanat”

tushunchasining

mohiyati

ko‘plab

tadqiqotlarda

qo‘llanilayotgan

tahlil

usullari

va

o‘rganilayotgan

sanoat

korxonalarining darajasidan kelib chiqib,
talqin qilinadi. Shu bilan birga bu
tushunchaning taklif qilingan ma’nosi
yetarlicha asoslanmagan. Bunda ko‘p
darajada sanoat korxonalarining barqaror
rivojla-nish

shartiga

kiradigan

vazifalarning

xossalari

tadqiqoti

va

xulosasiga urg‘u beriladi. Natijada bugungi
kunda iqtisodiy tizimning barqaror va
muvozanatli

holatining

fundamental

mazmuni to‘g‘risidagi masala ochiqligicha
qolmoqda.

Turli

darajadagi

iqtisodiy

tizimlarning amal qilish va rivojlanish
omili hisoblangan iqtisodiy tizimning
maqsadli determinasiyasi tushunchasidan
foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda
maqsadli

determinasiyalashning

ken-

gaytirilgan talqinini qo‘llash zarur, ya’ni
“tizimni maqsadli determinasiyalash”
tushunchasi orqali uning bosh-lang‘ich
sharoitlari

va

rivojlanish

ichki

mexanizmlaridan shakllanadigan iqtisodiy
tizimning birmuncha kelgusi holatini
tushunamiz. Amaldagi mexanizmlar tizim
xulq-atvorining berilgan yo‘nalishini
belgilab, uning oxirgi holati ham
izlanayotgan muvozanat holati hisoblanadi.
Iqtisodiy tizim xulq-atvorining maqsadga
yo‘naltirilgan-ligida, tizimga muvozanatli
ta’sir ko‘rsatish sohasida bu ta’sirni
qoplashga

urinayotgan

qarama-qarshi

jarayon-lardan iborat teskari aloqa tamoyili
namoyon

bo‘ladi.

Maqsadli

determinasiyalashni

tushunish

turli

darajadagi

iqtisodiy

tizimlar

uchun

muvozanatlilikning mazmunini o‘rganish
va muvozanat holatining sermazmun
tizimli konsepsiyasini ishlab chiqish
imkonini beradi. Shu bilan bog‘liq
ravishda,

maqsadga

yo‘naltirilgan

tizimning mazmunini tavsiflash muhim
bo‘lib, buning uchun funksional invariant


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(4)

Universaljurnal.uz

2

31

konsepsiyasidan

foydalaniladi.

Bunda

“funksional invariant” (o‘zaro bog‘liq va
qarama-qarshi

ko‘rinishlar)ni raqobat

sharoitida xo‘jalik tizimining amal qilishi
jarayonida o‘z ahamiyatini saqlayotgan
ko‘rsatkichlar majmui sifatida ta’riflash
mumkin. “Maqsadli deter-minasiyalash
(aniqlashtirish)” ko‘rsatkichi korxonani
rivojlantirish yo‘nalishining o‘zgarishi
bilan bog‘liq xo‘jalik tizimining ko‘plab
ko‘rsatkichlarining

amal

qilishini

tavsiflaydi. U daromad, xarajatlar, ishlab
chiqarilayotgan

sanoat

mahsulotining

hajmi, qo‘llanilayotgan aktivlar majmui va
h.k.larni o‘z ichiga oladigan o‘zgaruvchilar
to‘plami bilan belgilanadi. Demak, o‘zaro
bog‘liq ko‘rinishlardan foydalanish makro
va mikro darajadagi iqti-sodiy tizimlarni
birlashtiradigan

umumiylikni

ajratish

imkonini beradi, hamda ular tomonidan
muvozanat holatiga erishish asosida yotadi,
binobarin, mazkur umumiy xossa sifatida
maqsadga yo‘naltirilganlik chiqadi.

Iqtisodiyotning o‘zi jamiyatning

kam resurslarni qanday bosh- qarishi va
taqsimlanishini

o‘rganish

sifatida

aniqlandi. Klassik iqtisod resurslarning uch
toifasini tan oladi, ular ishlab chiqarish
omillari deb ham ataladi: yer, ishchi kuchi
va kapital. Yer barcha tabiiy resurslarni o‘z
ichiga oladi va ishlab chiqarish joyi ham

xomashyo manbayi sifatida qaraladi.
Mehnat yoki inson resurslari ish haqi
to‘lanadigan

mahsulotni

yaratishda

berilgan inson mehnatidan iborat. Kapital
inson tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar
yoki

ishlab

chiqarish

vositalaridan

(mashina-

lar,

binolar

va

boshqa

infratuzilma) foizlar bo‘yicha to‘lanadigan
boshqa tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiqarishda foydalaniladi.Tashqi omillarga
korxona o‘z ta’sirini ko‘rsata olmaydi,
ya’ni ular natijasida yuzaga keluvchi
xarajatlarni kamaytira olmaydi. Ichki
omillar

natijasida

yuzaga

keluvchi

xarajatlarga esa korxona o‘z ta’sirini
o‘tkazishi, ya’ni uni kamaytirishi mumkin.
Korxona resurslarini boshqarish aynan
korxona uchun ichki omil hisoblanadi va
shu

sababdan,

resurslarni

samarali

boshqarishni

tashkil

qilish

korxona

ixtiyorida bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda
korxona raqobatbardoshligini oshirishda
resurslarni samarali boshqarish dolzarb
ahamiyat kasb etadi.

Bozor

iqtisodiyoti

sharoitida

faqatgina kam xarajat qilgan holda yuqori
daromad olish imkoniyatiga ega samarali
korxonalargina raqobatga bardosh bera
oladilar. Korxona xarajatlari ikkita omil:
tashqi va ichki omillarga bog‘liq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

2.

T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva – Iqtisodiyot nazariyasi. 1-qism, Toshkent,-2014, 28-b.

3.

John F. Krafcik – Triumph of the Lean Production System, Massachusetts Institute of technology, Sloan Management

Review, Vol. 30, Num. 1. Fall 1988.

4.

Jeffrey K. Liker – The Toyota Way: 14 Management Principles from the World's Greatest Manufacturer, 2004.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva – Iqtisodiyot nazariyasi. 1-qism, Toshkent,-2014, 28-b.

John F. Krafcik – Triumph of the Lean Production System, Massachusetts Institute of technology, Sloan Management Review, Vol. 30, Num. 1. Fall 1988.

Jeffrey K. Liker – The Toyota Way: 14 Management Principles from the World's Greatest Manufacturer, 2004.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари