MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
681
RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALARNI TAFFAKUR VA NUTQ
XUSUSIYATI
Andijon davlat pedagogika insitutining
maktabgacha ta‘lim fakulteti
Logopediya yo‘nalishi 1 bosqich talabasi
Ro‘ziboyeva Diyora Ilyosbek qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15258370
Annotatsiya.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar taffakurini xusussiyatlari, o‘ziga xosligi,
turlari va taffakur orqali ularni aqli zaiflikdan ajrata olishga yordam berishi. Ruhiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar turlari haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
taffakur, obraz, diagnostika, aqli zaiflik, bilish, sezgi, intellectual, Talaffuz,
grammatika, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, hissiy, muvaffaqiyat, diferensiatsiya, xarakter
.
Ruhiy
rivojlanishning susayishi haqidagi ma’lumotlar asosan XX asrning ikkinchi yarmidan keyin
ko‘zga tashlana boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda ruhiy rivojlanishning susayishi
vaqtinchalik holat deb tasavvur qilingan. O‘zlashtirmaslikning aqliy zaiflik bilan o‘xshatmoq,
chalkashtirish qo‘pol xatoliklarga olib keladi. O‘zlashtirmaslikning ko‘pincha aqli zaiflikning
yengil darajalariga, zaif eshituvchilarga o‘xshatib yuboriladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning kelib chiqish sabablari har xil bo‘ladi:
-onaning homiladorlik davridagi taksikozlari:
-bolaning chala tug‘ilishi, asfeksiya:
-onaning yurak tomir kasalliklari:
-bolaning yurak kasalliklari (tug‘ma parog).
O‘zlashtirmaslikning sabablari:
-bolaning maktab ta’limiga tayyor emasligi
-bolada o‘quv faoliyati zaminlari va malakalarining shakllanmaganligi:
-bolalar talablarga bo‘ysinishga o‘rganmaganlar, boshlagan ishlarini oxiriga yetkazishni,
topshiriqni bajarganda diqqat qilishni bilmaydilar.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning bilish faoliyati, tafakkuri, idrok, diqqat, ish
qobiliyati markaziy nerv sistemasining kasalliklari, o‘qituvchining pedagogik malakasining
pastligi, oiladagi nizolar, noto‘gri tarbiya natijasida bir qadar zarar yetgan bo‘ladi. Doimo
o‘zlashtira olmaslik tufayli bu bolalar xulq atvorida turli salbiy xislatlar yuzaga keladi. N.Vayzman
va boshqa olimlar tekshirishi shuni ko‘rsatdiki, ruhiy rivojlanishi sust bolalar o‘zlashtirish jihatdan
sog‘lom va debil bolalar orasidagi oraliq o‘rinda turadi. Normal bola topshiriqni to‘g‘ri tushunib,
kerakli tartibda bajargan bo‘lsa, debil bolalar bajara olmaydilar.
Ruhiy rivojlanishning susayishi quyidagi turlardan iborat.
1. Ruhiy rivojlanish susayishining konstitutsion turi.
2. Ruhiy rivojlanish susayishining somatagen turi.
3. Ruhiy rivojlanish susayishining psixogen turi.
4. Ruhiy rivojlanish susayishining organik serebral turi.
Konstitutsional turi
. Infaltil bolalar psixik rivojlanishi bo‘yicha o‘z tengdoshlaridan orqada
qoladilar.
Infaltilizm tug‘ma yoki o‘sish davridagi har xil kasalliklar ta’sirida kelib chiqadi. Bolalarda
infaltilizm yuqumli kasalliklar, ichkli sekretsiya bezlari, miya kasalliklari, tomirdagi nuqsonlar
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ularning qiziqishlari o‘yin faoliyati bilan chegaralanadi. O‘yin
jarayonida ular o‘ziga xizmat qilish malakalarini egallab olsalar ham undan kam foydalanadilar.
Mustaqil o‘yinlar mazmunli, qiziqarli bo‘lib, uzoq davom etishi mumkin. Infaltil bolalarning
lug‘at boyligi yetarlicha bo‘lib, ular hikoyaning, ertakning mazmunini tushunib oladilar.
Qiynalganda yordamdan yaxshi foydalana oladilar. Infaltil bolalar uchun ayniqsa xulqning
murakkab formalari rivojlanmay qolishi xarakterlidir. Bunday bolalarda barcha faoliyat turlarining
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
682
funksional faolligining pasaygani kuzatiladi. Infaltil bolalar odatda bo‘yi past, gavda
tuzilishi noto‘g‘ri bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi jinsiy sistemaning rivojlanmay qolganligi
kuzatilib, yetilishning orqada qolishi va ikkilamchi jinsiy tomonning rivojlanmay qolishiga olib
keladi. Bunday bolalar maktabda o‘qishga qiziqmaydilar. O‘zlashtirmaslik bolaning astenik
holatiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Astenik holatni qattiq charchash, ruhiy kechinmalar keltirib
chiqaradi. Bunday bolalar o‘qish jarayonida tez charchaydilar, bosh og‘rig‘i, quvvatsizlik
natijasida qobiliyati pasayadi, xotira, quvvati zaiflashadi. Topshiriqni bajarganda e’tiborni bir
joyga to‘play olmaydilar. Buning natijasida o‘qish, yozish, hisoblashda qiyinchiliklar yuzaga
keladi. Yozuvda harflarni tashlab ketish, so‘zlarni oxirigacha yozmaslik, bo‘g‘inlarni tashlab
ketishi kuzatiladi.Serebroastenik holatda markaziy nerv sistemasi tez charchaydi. Nevrologik
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Psixogen shaklining kelib chiqish sabablari:
-bola tarbiyasi bilan shug‘ullanmaslik, burch, ma’suliyat hissining shakllanmasligi, zarur
bilim va tasavvurning yetishmasligi
-bolani haddan tashqari erkalatish
-bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lish, jazolash ota-ona mojarolari, alkogolizmga ruju
qo‘yish:
Psixogen shaklida
bosh miyaning kasalliklariga yaxshi yetilmaganligiga aloqador
o‘zgarishlar kuzatiladi , ularnining his tuyg‘u, irodaviy holatlari taraqqiy etmaganligi asosan
organik infatilizm tarzda namoyon bo‘ladi:
-ko‘tarinki ruhda yuradigan bolalar
-kayfiyati o‘zgarib, mayus yuradigan bolalar
-mustaqil harakat qilolmaslik, qo‘rqib yuradigan bolalar
-miyaga aloqador organik harakterdagi infaltilizm:
-serebral-endokren infaltilizm. His-tuyg‘u yaxshi rivojlanmay, nevropatiya holatlari yuzaga
keladi. Yaxshi uxlayolmaydi, ishtahasi bo‘lmaydi.
Ruhiy rivojlanish sustlashganlikning serebral shakli.
Bosh miya shikastlari, meningit,
meningoesefelit, gidrosefeliya va boshqa kasalliklar natijasida kelib chiqadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun mamlakatiomizda maktabgacha ta’lim
muassasalari, maktab, maxsus maktab internatlar, kuni uzaytirilgan maktablar, tenglashtirish
sinflari tashkil etilgan. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan alohida ta’lim-tarbiya ishlari
olib boriladi.
Somatagen turida
Ruhiy rivojlanishning somotogen turi organizmdagi jismoniy (somatik)
kasalliklar yoki buzilishlar natijasida yuzaga keladigan ruhiy rivojlanish kechikishi yoki
patologiyalarini anglatadi. Bu turdagi rivojlanish buzilishlari quyidagi omillar bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin:
-Homiladorlik va tug‘ruq davridagi omillar – homila gipoksiyasi, ona organizmidagi
infeksiyalar, toksik ta’sirlar.
-Bola yoshligida og‘ir kasalliklar – uzoq davom etgan yallig‘lanish jarayonlari,
intoksikatsiya, bosh miya shikastlanishlari.
-Endokrin buzilishlar – qalqonsimon bez yetishmovchiligi (gipotireoz), buyrak usti bezlari
disfunktsiyasi.
-Genetik kasalliklar – metabolik sindromlar, Fermentopatiyalar (masalan, fenilketonuriya).
-Organik miya shikastlanishlari – bosh miya travmalari, neyroinfeksiyalar.
Ommaviy maktab oldida ta’lim-tarbiya jarayonida har bir bolaning har tomonlama barkamol
o‘sishini ta’minlashdek muhim vazifa turadi. Bu vazifani bajara borib, ba’zan ayrim bolalarning
o‘qishda qiynalishlari kuzatiladi. Bu qiyinchiliklar bolalarning ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklar
oqibatida tug‘iladi. Bu kamchiliklar maktabda bolaning o‘zlashtirmasligiga olib keladi. Nuqsonli
bolalar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ham uchraydi. Bu bolalarda hech qanday
organik jarohatlar bo‘lmaydi. Umumta’lim maktablarida rivojlanishda turli nuqsonlari bo‘lgan
bolalarning ko‘pchiligi o‘qiydilar va ushbu maktab dasturini o‘zlashtirishga qiynaladilar.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
683
Umumta’lim maktablaridagi barcha o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarni 3 guruhga
ajratish mumkin.
1.Umumta’lim
maktablarida
qoldiriladigan
yoki
uzoq
bo‘lmagan
muddatga
sog‘lomlashtirish nuassasalariga yuborilib, maktabga qaytariladigan o‘zlashtirmovchi bolalar.
2.Nuqson harakteriga ko‘ra tegishli maxsus maktablarga yuboriladigan o‘zlashtirmovchi
bolalar.
3.Umumta’lim maktablarda qoldiriladigan o‘zlashtirmovchi bolalar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki: bolalarning aksariyat 7 yoshda ham maktabga
bormasdan bog‘chada qolishni hoxlaydi. O‘qishda bo‘lgan qiziqishlarga ustunlik qiladi. O‘yinga
bo‘lgan qiziqishining ustunlik qilganligi va doimo, muntazam muvaffaqiyatsizlikka uchrab
turishi sababli bu bolalarda o‘qishga nisbatan salbiy munosabat shaklana boradi. O‘z-o‘ziga
ishonmaslik hislari shalklanadi. Aksariyat hollarda,ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda
intelektual faollik, qiziqishlar yetarli bo‘lmaydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni faoliyati
o‘rganilganda ularning o‘z faoliyatini yetarli rejalashtira olmasligi, xatti harakatlarining normal
bolalarga nisbatan qo‘zg‘aluvchanligi, o‘z-o‘zini nazorat qilish saviyasining pastligi, o‘z
imkoniyatlarini yetarli baholay olmasligi va faoliyatlarni maqsad sari yonaltirishning yetarli
emasligi ma‘lum bo‘ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
“Maxsus pedagogika” M.U.Xamidova Toshkent-2018
2.
M.Ayupova “Logopediya” 2007 yil
3.
“ logopediya”(L.S Volkova tahriri ostida)-M
4.
“Logopediya”(L.Mominova,M. Ayupova)-T
