Mualliflar

  • Gulbahor Xolmirzayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Gulbahor Xolmirzayeva, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagoika instituti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86173

Kalit so‘zlar:

tanqidiy tafakkur ijodiy tafakkur

Annotasiya

Ushbu maqolada bugungi kunda bo‘lajak tarbiyachilarda tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishda integrative yndashuv va uning ahamiyati yoritib berilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

634

BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA TANQIDIY VA IJODIY TAFAKKURNI

RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING O‘RNI

Andijon davlat pedagoika instituti o‘qituvchisi

Xolmirzayeva Gulbahor

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15256135

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kunda bo‘lajak tarbiyachilarda tanqidiy va ijodiy

tafakkurni rivojlantirishda integrative yndashuv va uning ahamiyati yoritib berilgan

.

Kalit so‘zlar:

tanqidiy tafakkur, ijodiy tafakkur, integrativ yondashuv.

Zamonaviy pedagogikada tanqidiy

ва

ijodiy tafakkur tushunchalari shaxsning tafakkuriy

salohiyatini to‘liq shakllantirishga yo‘naltirilgan integrativ jarayon sifatida qaraladi. Bu ikki
tafakkur turi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligida asosiy
kognitiv va reflektiv kompetensiyalar sirasiga kiradi.

Tanqidiy tafakkur – bu shaxsning axborotga asoslangan holda mantiqiy, tahliliy va dalillarga

tayangan holda fikr yurita olish qobiliyatidir. U mavjud bilim va tajribalarni qayta baholash, sabab-
oqibat munosabatlarini aniqlash, muammolarga ko‘p qirrali yondashuvni anglatadi. Tanqidiy
fikrlash shaxsdan faqat axborotni qabul qilish emas, balki uni baholash, tahlil qilish va asosli
xulosa chiqarishni talab qiladi.

Ijodiy tafakkur esa shaxsning yangi, noodatiy, original g‘oyalarni yaratish, mavjud

muammoni yangicha hal qilish qobiliyatidir. Bu tafakkur turi mustaqil fikrlash, erkin mulohaza
yuritish, alternativ yechimlar topishga asoslanadi. Ijodiy tafakkur insonning kognitiv faoliyati
bilan bir qatorda estetik va emotsional-intellektual salohiyatini

ҳам

қамраб

олади

.

Pedagogik nuqtai nazardan, ushbu ikki tafakkur turi integratsiyalashgan holda bo’lajak

tarbiyachilarning kasbiy-pedagogik tafakkurini shakllantirish uchun poydevor vazifasini o’taydi.
Masalan, tanqidiy tafakkur orqali tarbiyachi tarbiyaviy muammolarni chuqur tahlil qiladi, ijodiy
tafakkur orqali esa ularga noodatiy, samarali yechimlar topadi. Bu fikr A.V. Kxutorskoy
tomonidan ilgari surilgan «shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim» konsepsiyasida ham asoslab berilgan —
bunda har bir tarbiyalanuvchining tafakkur shakllanishiga individual yondashuv muhim o‘rin
tutadi.

Sharq allomalari ham bu borada muhim fikrlar bildirgan. Jumladan, Al-Farobiy “Aql va

tafakkur inson komilligining asosi” deya ta’kidlagan bo‘lsa, Ibn Sino ijodiy tafakkurni “fikr
erkinligi” bilan bog‘laydi. Bu qarashlar zamonaviy pedagogik tafakkur konsepsiyalari bilan
uyg‘unlashadi.

Shunday qilib, tanqidiy va ijodiy tafakkur tushunchalari zamonaviy pedagogikada nafaqat

nazariy, balki amaliy jihatdan ham bo‘lajak tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy rivojida muhim
ahamiyat kasb etadi.

Integrativ yondashuv — bu ta’lim jarayonida fanlar, uslublar va metodlarni o’zaro bog’liq

holda, yaxlit tizim sifatida qo’llashga asoslangan pedagogik yondashuvdir. Uning asosiy maqsadi
bilimlarni alohida fanlar doirasida emas, balki bir -biri bilan bog’langan holda, hayotiy
muammolarni hal qlishga qodir shaxsni shakllantirishdir. Bu yondashuv orqali ta’lim real hayot
bilan bog’lanadi, talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi, ularning fanlararo
bog’lanishlarni anglash imkoniyatlari kengayadi.

Fanlar integratsiyasi ta’lim mazmunini yaxlitlashtirishga xizmat qiladi. Masalan, atrof-

muhitni muhofaza qilish mavzusini o’rganishda biologiya, geografiya va kimyo fanlarini o’zaro
bog’liq holda o’rgatish orqali bolalarda murakkab muammolarni ko’pqirrali tahlil qilish qobiliyati
shakllanadi. Bunday fanlararo yondashuv o

ʼ

quv jarayonini mantiqiy va mazmunan boy qiladi,

bilimlarning chuqur va mustahkam o

ʼ

zlashtirilishiga zamin yaratadi.

Uslublar integratsiyasi esa ta

ʼ

lim jarayonida qo

ʼ

llanadigan o

ʼ

qitish va o

ʼ

rganish usullarini

uyg

ʼ

unlashtirishni nazarda tutadi. Masalan, lektsiya va muhokama (diskussiya), keys-stadi, klaster

yoki proektli o

ʼ

qitish kabi uslublarni birgalikda qo

ʼ

llash orqali ta

ʼ

lim jarayoni faol va interaktiv


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

635

tusga kiradi. Bu usullar o

ʼ

quvchining bilim olish jarayonidagi faolligini oshiradi,

mustaqil fikrlash, tahlil qilish va yechim topish ko

ʼ

nikmalarini shakllantiradi.

Metodlar integratsiyasi esa o

ʼ

qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida turli metodlarni

moslashtirib qo

ʼ

llashni anglatadi. Masalan, ijodiy fikrlashni shakllantirishda muammoli vazifalar

yechish, rol

ь

li o

ʼ

yinlar tashkil etish, tajriba asosida bilim berish kabi turli metodlardan birgalikda

foydalanish ta

ʼ

lim jarayonini samaraliroq qiladi. Bu orqali nazariy bilim amaliy ko

ʼ

nikmalar bilan

uyg

ʼ

unlashadi, o

ʼ

quvchi bilimlarni faqat passiv qabul qiluvchi emas, balki faol ijodkorga aylanadi.

Xulosa qilib aytganda, tanqidiy va ijodiy fikrlash mezonlari va indikatorlaridan foydalanish

bo

ʼ

lajak tarbiyachilarning kasbiy rivojlanishi, ularning muammolarni yechish va yangicha

yondashuvlar ishlab chiqish qobiliyatini aniqlash va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Bu
esa o

ʼ

quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022-2026-

yillarga mo

ʻ

ljallangan O

ʻ

zbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasi to

ʻ

g

ʻ

risida” gi PF-

60-son

Farmoni

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston respublikasi prezidentining

Farmoni xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida Farmoni, 05.09.2018 yildagi PF-5538-son

3.

Jabborova Malohat “TALABALAR AKADEMIK O‘ZLASHTIRISHINING

NAZARIYMETODOLOGIK TALQINI”

Образование

и

инновационные

исследования

(2023

год

5)

4.

Iminova, D. N. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasidagi

hamkorlikning ahamiyati. Science and Education, 2(1), 301-303.

https://orcid.org/0009-0001-

1507-7735

ORCID

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022-2026yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” gi PF60-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston respublikasi prezidentining Farmoni xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Farmoni, 05.09.2018 yildagi PF-5538-son

Jabborova Malohat “TALABALAR AKADEMIK O‘ZLASHTIRISHINING NAZARIYMETODOLOGIK TALQINI” Образование и инновационные исследования (2023 год №5)

Iminova, D. N. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasidagi hamkorlikning ahamiyati. Science and Education, 2(1), 301-303. https://orcid.org/0009-00011507-7735 ORCID

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари