Mualliflar

  • Dilafruz Yuladasheva
    Farg‘ona davlat unversiteti
  • Shoxidaxon To’ychiyeva
    Farg‘ona davlat unversiteti

Muallif tarjimai holi

  • Dilafruz Yuladasheva, Farg‘ona davlat unversiteti

    Fag’ona Davlat Universiteti filologiya fanlari doktori(DSc), dotsent

  • Shoxidaxon To’ychiyeva, Farg‘ona davlat unversiteti

    Farg’ona Davlat Universiteti, Ta’lim va tarbiya na’zariyasi va metodikasi  (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86212

Kalit so‘zlar:

nutqiy kompetensiya bolalar

Annotasiya

Maqolada bolalarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishning ahamiyati va metodlari, nutqning bolalar uchun eng muhim aloqa vositasi ekanligi va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun nutqiy kompetensiyani shakllantirishdagi metod va vositalar haqida so‘z yuritilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

575

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQIY KOMPETENSIYANI

SHAKLLANTIRISH METOD VA VOSITALARI

Fag’ona Davlat Universiteti filologiya fanlari doktori

(DSc), dotsent Yuladasheva Dilafruz

yuldilaf@mail.ru

Farg’ona Davlat Universiteti,

Ta’lim va tarbiya na’zariyasi va metodikasi

(maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi,

1-bosqich magistranti To’ychiyeva Shoxidaxon Qaxramon qizi

shohidatuychiyeva95@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15255123

Annotatsiya.

Maqolada bolalarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishning ahamiyati va

metodlari, nutqning bolalar uchun eng muhim aloqa vositasi ekanligi va maktabgacha yoshdagi
bolalar uchun nutqiy kompetensiyani shakllantirishdagi metod va vositalar haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

nutqiy kompetensiya, bolalar, metod, vosita, texnologiyalar, o‘yin, nutqni

rivojlantirish, muloqot ko‘nikmalari.

Kirish.

Bolalarda nutqiy kompetensiyani shakllantirish ta’lim va tarbiyaning eng muhim

vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu davrda nafaqat kelajakdagi ta’limiy yutuqlar, balki shaxsni
rivojlantirish uchun ham asoslar qo‘yiladi. Nutq — aloqa vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, uning rivojlanishi bolaning psixik va ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Lug‘atni mustahkamlash va faollashtirish metodlari bu o‘yinchoqlar, rasmlarni, ko‘zdan

kechirish, didaktik o‘yinlar, so‘zli mashqlar va boshq. Lug‘at ishining metod va usullari
Bolalarning lug‘ati ularga atrofdagi olamni tanishtirish bilan bir vaqtda o‘sib boradi. Lug‘atni
shakllantirish jarayonida tarbiyachi bolalarning psixologik jarayonlarini, ularning aqliy
qobiliyatlarini: sezgi, diqqat-e’tibor, xotira, fikrlash, (kuzatish) kuzatuvchanligini rivojlantiradi.

K.D.Ushinskiy o‘zining “Ona tili so‘zlari” maqolasida bolani ona tili, ona tilidagi so‘zlar

orqali tarbiyalash masalasini qo‘ydi. Chunki xalqchillik dastlab ona tilida o‘z ifodasini topadi.
Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma’naviy qiyofasi ana shu til ta’sirida shakllanadi.

Maktabgacha yosh — kognitiv va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, nutq

modellari bilan tanishishning faol davri hisoblanadi. Bolaning kelajakdagi ta’limidagi
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan shu davrda nutqning samarali rivojlanishiga bog‘liq. Nutq
ko‘nikmalari xotira, diqqat va tasavvurning rivojlanishiga ham ta’sir qiladi.

Bugungi kunda texnologiyalarning tez rivojlanib borayotganligi, ta’limda yangiliklarni joriy

etish va bolalarni tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlarni saqlagan holda ularni birlashtirishda
yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bolalarning madaniy o‘zligini
shakllantirishdagi va turli ilova va texnologiyalaryordamida ta’limni yanada samarali qilishda
katta rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda multimediya va raqamli ta’lim vositalarini ta’limda keng
qo‘llanib kelinayotgani va u rivojlanib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, ta’limda multimediya texnologiyalaridan foydalanish nutq ko‘nikmalarining
yaxshilanishiga yordam beradi. Z.ShAbdurahmonova (2015) tadqiqotlariga ko‘ra, multimediya
texnologiyalaridan foydalanish bolalarning til va nutqni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini
sezilarli darajada oshiradi.

Dialogik muloqot – metodi nutqni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu metod bolalar

va kattalar o‘rtasidagi faol o‘zaro aloqaga asoslanadi. Bilamizki bolalar taqlidchan bo‘ladilar va
ular har jabhada shu qatorda talafuzda ham kattalarga va o‘z atrofidagilarga taqlid qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining nutqiga ayniqsa katta talab qo‘yiladi.
Tarbiyachining nutqi tushunarliligi, aniqligi, jonliligi, ishonarliligi, to‘g‘riligi va hokazolar bilan
ajralib turishi kerak, agar unda hammadan qolgan, bir qolipdagi fikrlar ko‘p bo‘lsa bu nutq natija
bermaydi. Nutqning ta’sirchan bo‘lishi, uning bolalarga ta’sir etishida intonatsiya muhim
ahamiyatga ega.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

576

Pedagog va olimlar bolalarda nutqni shakllantirish uchun turli metodlarni ishlab

chiqargan va ularni amalga oshirishda muvaffaqiyatga erishgan. O‘yin metodlari, muloqot va
ijodiy yondashuvlar bolalarni ushbu jarayonga faol jalb qilish orqali nutqni samarali
rivojlantirishga qaratilgan.

Nutqiy kompetensiyani shakllantirishning yetakchi metodlaridan biri — o‘yin metodi. O‘yin

bolalarga nafaqat nutqni rivojlantirish, balki yangi so‘zlar, ifodalar va grammatika
konstruktsiyalarini qiziqarli va o‘z hohishlari bilan o‘rganish imkonini beradi. Pedagog o‘yin
metodlarini qo‘llaganda turli vaziyatlar yaratish orqali bolalarga yangi so‘zlar, iboralar o‘rgatishi,
ularni qiziqarli mavzularda muloqotga jalb qilishi mumkin bo‘ladi. D.M.Muxamedova (2016)
tadqiqotlariga ko‘ra, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish nutq rivojlanishini nafaqat til
bilimlarini, balki ijtimoiy ko‘nikmalarni ham shakllantiradi.

Maktabgacha ta

ʼ

limda bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi maxsus, xususiy

vazifalar amalga oshiriladi:

-

Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o‘stirish, lug

ʼ

atini boyitish.

Bolalarni tevarak- atrofdagi buyumlar, hodisalar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar
mehnati va hokazolar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini,
xususiyatlarini, xarakterlarini so‘zlar bilan aytamiz.

-

Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Lug

ʼ

at tilning qurilish materiali

hisoblanadi.

-

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bola, eng avvalo, tilning tovush

tomonini egallashi kerak, ya

ʼ

ni tovushlarni to‘g

ʼ

ri talaffuz etishi lozim. Bunda biz avvalo

tabiatdagi, atrof-olamdagi tovushlarga taqlid qildirish orqali rivojlantirib boramiz.

-

So‘zlashuv nutqini (dialogik) shakllantirish. Bolalarga bilim va tarbiya berishda

so‘zlashuv nutqiga (dialogik) o‘rgatish katta ahamiyatga egadir.

-

Hikoya qilishga (monologik nutqqa) o‘rgatish. Bolalarni maktabga tayyorlashda

monolog nutqni rivojlantirish juda muhimdir. Bunda bolalarga qayta hikoya qildirish metodi
katta yordam beradi.

Xulosa.

Bolalarda nutqiy kompetensiyani shakllantirish nafaqat kelajakdagi ta’lim

muvaffaqiyatini, balki umumiy shaxsiy rivojlanishning asoslarini ham qo‘yadi. Bu jarayonda
an’anaviy pedagogik usullar bilan birga innovatsion texnologiyalarning roli oshib bormoqda. Nutq
rivojlanishining muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun barcha usullarni kompleks ravishda qo‘llash zarur,
chunki bu bolaning o‘zini ifoda etish qobiliyatini kengaytiradi va uning dunyoqarashini boyitadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Q.Shodiyeva. “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”. “O‘qituvchi” nashriyot-

matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2011. 5-bet.

2.

Sh.Sh.Nizomova. “Bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va texnologiyalari”. O‘quv

qo‘llanma. Buxoro – 2022. 34-bet

3.

S.X.Jalilova, S.M.Aripova. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi”.

“Faylasuflar” nashriyoti. Toshkent – 2017. 162-bet.

4.

D.R.Babayeva. “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”. Toshkent–2018

5.

M.Asqarova va boshqalar. “Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish”. Toshkent –

2001.

6.

Sobirovich, S. I., & Kizi, T. S. Q. (2025). Maktabgacha yoshdagi bolalarning

tarbiyasida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarni zamonaviy texnologiyalar orqali
singdirish.

Eurasian

Journal

of

Technology

and

Innovation,

3(1),

33-36.

https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-yoshdagi-bolalarning-tarbiyasida-milliy-urf-
odatlar-qadriyatlar-va-an-analarni-zamonaviy-texnologiyalar-orqali

Bibliografik manbalar

Q.Shodiyeva. “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”. “O‘qituvchi” nashriyotmatbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2011. 5-bet.

Sh.Sh.Nizomova. “Bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Buxoro – 2022. 34-bet

S.X.Jalilova, S.M.Aripova. “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi”. “Faylasuflar” nashriyoti. Toshkent – 2017. 162-bet.

D.R.Babayeva. “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”. Toshkent–2018 5. M.Asqarova va boshqalar. “Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish”. Toshkent – 2001.

Sobirovich, S. I., & Kizi, T. S. Q. (2025). Maktabgacha yoshdagi bolalarning tarbiyasida milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarni zamonaviy texnologiyalar orqali singdirish. Eurasian Journal of Technology and Innovation, 3(1), 33-36.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари