MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
448
AUTIZM SINDIROMLI BOLALAR.
Andijon Davlat Pedagokika Inisituti
“Logopedya’’ yo’nalishi 1-bosqich 102-guruh talabasi
Xudoyberdiyeva Muhayyo Alisher qizi
Ilmiy Rahbar: assisent oʻqituvchisi
Ahmedova Vaziraxon Tursunboyevna
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233662
Annotatsiya:
Ushbu tezisda autizm sindiromiga yo’liqqan bolalar haqida ma’lumot berib
o’taman. Bu kasallikning kelib chiqish sabablari va ishlab chiqilgan davo choralari haqida
bilimlarga ega bo’lasiz.
Kalit so’zlar:
Autizm (grekcha «autos» – «o‘zim» degan so‘z) – bu ruhiyatning o‘ziga xos
holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi.
Ushbu kasallikning dolzarbligi Butunjaxon Sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2001
yildannoq alohida ajratib ko’rsatilib ,shu yilning o’zida ,,Psixik salomatlik yili”
Deb e’lon qilingan .2008 yili Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan
2 aprel Xalqaro autizm muammosi to’g’risida axborotlarni tarqatish kuni deb e’lon qilinib
,shundan buyon xar yili nishonlanib kelinadi .
[2 6 sahifa ]
Olimlarning fikricha,autizm kassaligini kelib chiqish sabablaridan biri bu – homilani ona
qornidalik davrida ma'lum bir turdagi oqsillarning yetishmovchiligi. Ikkinchi sababi, organizmda
ikki xil og‘ir metalning, qo‘rg‘oshin va simobni, ko‘payib ketishi. Uchinchi sabab atrof muhitni
ekologik buzilishi va homiladorlik paytida kuchli stress holatlarini kechirish. Anemiya hamda qon
bosimning oshishi, buyrakda bosim oshishi – bularning hammasi autizimni kelib chiqish sabablari
hisoblanadi. Bundan tashqari autizm kasalligi belgilarining kengayishini, ya'ni rivojlanishdan
ortda qolish belgilari Retta sindromi, Aspergera sindromi va autizmning klassik simptom
komplekslarining ko‘p uchrashi. Shuningdek, kasallik haqida ma'lumot ko‘paymoqda. Ilgari
tortinchoq, uyatchan, introvert va shizofreniyaga moyil bolalarni
«g‘ayritabiiy bolalar
»
deyishgan bo‘lsa, hozirgi kaunga kelib bunday bolalarni autistik bolalar (autizm) deyishmoqda
Autizmspektiri buzilishi
(ASB)-
bu rivojlanishning murakkab buzilishi bo’lib,muloqot
qilish,ijtimoiy o’zaro munosabat va xatti-harakatlarda o’ziga hos qiyinchiliklar bilan
tavsiflanadi.Bu sindirom odatda 3 yoshga qadar aniqlanadi va insonning hayoti davomida saqlanib
qoladi.
Maxsus adabiyotlarda autizm sindiromiga ega bo’lgan bolalarning nuqsonlari va qo’pol
buzilishlariga qaramasdan, ularning normal tengdoshlariga nisbatan qiyoslanganda ancha kech
rivojlanishi kuzatiladi.Autizmga ega bo’lgan bolalar
Ota-onalarni ko‘pincha farzandlaridagi muloqotdan qochish, hatto yaqin odamlari
bilan aloqani chegaralash, boshqa bolalar bilan o ‘ynay olmaslik, tevarak-atrofga faol
qiziqishining yo‘qligi, hulqning stereotipligi (bir tarzdaligi), qo‘rquvlar, tajovuzkorlik, o‘z-
o‘ziga tajovuz kabilar cho‘chitadi. Autik bolalarda, shuningdek, yoshi kattalashishi bilan nulqning
va intellektning rivojlanishini orqada qolishi, ta’limdagi qiyinchilikiar ham kuzatilishi mumkin.
Maishiy va ijtimoiy malakalami o ‘zlashtirishda ham o‘ziga xosliklar namoyon bo‘ladi. Autizmli
bolalarda o‘z - o lziga xizmat qilishda yetarlicha muammolar yuzaga keladi. o‘z-o‘ziga xizmat
qilish ko‘nikmalarini rivojlanishi autik bolalarda alohida muammo hisoblanadi. Hattoki eng
chaqqon bolalar, alohida is’tedod qobiliyatiga ega bo‘lganlari ham hayotiy holat va maishiylikka
moslashmagan bo‘ladilar. Ularda ham o‘z-o‘ziga xizmat qilish sekin shakllanadi hamda
sifatli rivoj lanmaydi.
Autizmli bolalarning intellektual rivojlanish imkoniyatlari
turlichadir: intellektual jarayonlarni aqli zaifligidan to psixik rivoj- lanishni yengil orqada
qolishi hamda qaysidir iste’dod qobiliyatining o ‘ziga xos ko‘rinishini rivojlanishidir.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
449
Autik bolalam ing hulqidagi stereotipiik hayotdagi doimiy, odat bo‘lib qolgan
sharoitni saqlashga bolgan kuchli intilish bilan bog‘liq bo‘lib sharoildagi, hayot tarzidagi
ozginagina o‘zgarishga qarshilik, ulardan qo‘rqish; bir xil tarzdagi harakatlarga berilganlik,
masalan, bir m arom da tebranish, qoini silkitish, sakrash, biror tovushni, so‘zni jum lani doimo
takrorlash, malum bir buyumlarga o‘rganib qolish, ular bilan doimo bir xil tarzdagi
manipulyatsiya qilish: silkitish, taqillatish, yirtish, aylantirish; bir xil tarzdagi, stereotip
qiziqishlarga berilganlik: faqat malum bir o‘yinni doimo o‘ynash yoki rasmni doimo bir
mavzuda chizish va hokazolarda namoyon bo‘ladi.
Ammo bunday bola ko‘p narsani o‘zi tushuna olsa-da, uning diqqatini tortish, biror narsaga
o‘rgatish juda mushkul boiadi. Uni iinch qo‘yilganda bola sokin boladi, lekin ko‘pincha o‘nga
qaratilgan topshiriqlami bajarmaydi. hatto o‘zining ismi aytilganda ham javob bermaydi, o‘ziga
tortish qiyin bo‘ladi. Uni qanchalik
“silkitilsa”
, qanchalik u bilan shug‘ullanishga harakat
qilinmasin, uni qavta-qayta gapira oladimi, haqiqatan ham fikrlay oladimi (vaqti- vaqti bilan
namoyon bo’ladigan) deb ko‘p marotalab tekshirilganda bola aloqadan bosh tortadi, uning g‘alati
stereotip harakatlari yanada ko‘payadi o‘ziga tajovuzkorlik ortadi. Nima uchun autik bolaning
barcha qobiliyatlari faqatgina tasodifan namoyon bo‘ladi? Nima uchun autik bola o‘z
qobiliyatlaridan real hayotda foydalanishni istamaydi? Ota-onalar uni tinchlantira olmasalar, uni
qo‘rquvdan himoya qilishga qodir bolm asalar, bola mehribonlik va yordamni qabul qilinasa, unga
qanday va qay tarzda yordam berish kerak? Bolaning hayotini tashkil qilish, uni biror narsaga
o‘rgatish harakatlari mavjud boigan ozgina aloqa qilish shakllarini buzib kattalami va bolaning
jahlini chiqarsa nima qilish kerak? Autik bolalaming ota-onalari, tarbiyachilar va o‘qituvchilari
ana shunday masalalarga, albatta, duch keladilar.
Autik bolaning muammolarini ko‘rib chiqishda shu xulosaga kelish mumkin-ki, uning
reabilitatsiyasida asos - bolaning butun hayotini davolashni tashkil etishdir. Bunda asosiy ish
uning yaqinlariga ~ oilasi yoki uning o ‘rnini bosuvchilarga yuklanadi, ularga esa
mutaxassislarDavolash maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korrektsiya qilish uchun barcha
turdagi autist bolalarga mos keladigan quyidagi chora tadbirlar qo‘llash mumkin:
[ 4 Electron manbaa]
• Gapirish qobiliyatini yaxshilash maqsadida logoped bilan mashg‘ulotlar olib borish;
• So‘zlashish uchun rasmli kartochkalardan foydalanish yoki planshet, kompyuterda
so‘zlarni yozib o‘rgatish;
• Bola bilan har xil o‘yinlar o‘ynash, bir sferada faqat bir mutaxassis bilan ishlaydi.
• Medikamentoz davo faqatgina qo‘shimcha sifatida bolada kuchli agressiya bo‘lsagina
buyuriladi. jamoasi yordam berishi lozim.
Ushbu mavzuni o’rganish autizmning asosiy sabalari, uning tarixiy rivoji va diagnostika
usullarini chuqurroq tushunishga yordam beradi.Mazkur holatga oid tadqiqotlar davom etmoqda
va u inson rivojlanishi hamda miya faoliyatining nozik
Jihatlarini ochib berishda muhim ahamyat kasb etadi.
Aqliy zaiflik va autizm mutlaqo alohida-alohida tushunchalar bo‘lib, autist kishi intellektual
jihatdan normatipik kishiga qaraganda ustunroq bo‘lishi yoki aksincha autistik bo‘lmagan
kishilarda aqliy jihatdan orqada qolish kuzatilishi mumkin. Shuningdek, autistik shaxslar odatda
normatipik shaxslardan tashqi ko‘rinishi jihatdan ajralib turmaydi. Autizm haqida ma’lumotga
egalik bo‘yicha so‘rovlarimiz odamlar orasida autistik shaxslarning yuz qiyofasi o‘zgacha bo‘ladi
degan qarashlar borligini ko‘rsatdi. Katta ehtimol bilan, bu holatda autizm Daun sindromi bilan
adashtiriladi.
Autizm ikki turga bo‘linadi: yuqori funksiyali autizm va past funksiyali autizm. Yuqori
funksiyali autizm bilan yashaydigan odamlar odatdagi hayotda siz-u bizning oramizda yashay
oladilar. Ular takrorlanuvchi harakatlar, muloqotga kirishishdagi qiyinchiliklar, odamlar bilan
aloqaga kirishishdan ko‘ra ma’lum turdagi yumushni yoqtirish kabi o‘ziga xosliklarni namoyon
qilishlari mumkin. Past funksiyali autizm esa ko‘pincha yondosh sog‘lik muammolari bilan kelib
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
450
(aqliy rivojlanishning ortda qolishi, ba’zan hatto harakatlanish bilan bog‘liq
muammolar), ko‘pincha doimiy parvarish va ko‘makni talab qiladi.
[1 8 sahifa]
Autizmni u bilan yondosh kelishi mumkin bo‘lgan tibbiy holatlar bilan adashtirib
yubormaslik muhim. Va unutmaslik kerakki, autizm insonga umr davomida hamroh bo‘ladi.
Maxsus terapiyalar yordamida odatiy hayotda yashashga xalaqit beruvchi jihatlarni korreksiya
qilish mumkin, biroq autizm davolanmaydi. Chunki, yuqorida aytilganidek, u kasallik emas.
Autizm — qanday, qayerda va qachon?
Autizm juda keng va hamon o‘rganilayotgan mavzu. Bugun AQShda har 36 boladan biri
autizm tashxisini olyapti. G‘arb tajribasiga shubha bilan qaraydiganlar kishilar buni AQShda
ovqatlanish, atrof-muhit, mentalitet «muammolari» bilan bog‘lashga harakat qilsa-da, ilmiy
manbalar buni rivojlangan mamlakatlardagi diagnostikaning rivojlanganligi bilan asoslaydi. Ya’ni
ilgari ko‘z yumilgan holatlar bugun yaxshiroq tadqiq qilinmoqda. Afsuski, bizda emas.
Autizmning ilk belgilari go‘dakning 12-14 oyligidayoq namoyon bo‘ladi. Rivojlangan
mamlakatlardagi diagnostik yutuqlardan farqli o‘laroq O‘zbekiston tibbiyoti bolaga 3 yoshigacha
autizm diagnozini qo‘ymaydi va odatda autizm bilan birga aqliy rivojlanish ortda qolishi ham
kuzatilgan bolalargina diagnoz olishga «muvaffaq bo‘lishadi».
Biz bilan suhbatlashishga rozilik berga onalar, ayrim med-personallar buni diagnoz olingan
taqdirda davlat tomonidan ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan majburiy yordam bilan bog‘laydilar.
O‘zbekistonda yuqori funksiyali autizm ko‘pincha autizmning simptomlari qatorida bo‘lgan
nutqiy rivojlanishni ortda qolishi, psixo-nutqiy rivojlanishning ortda qolishi kabi diagnozlar bilan
almashtiriladi. Bu esa ota-onaning salbiy ma’noda tinchlanishiga, hotirjamlashishiga sabab
bo‘ladi.
Autizmning ilk belgilarini ertaroq payqash yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
qiyinchiliklarning oldini olishda juda muhim. Chunki to‘g‘ri parvarish qilingan autistik bola
kelajakda kutilganidan yaxshiroq natijalar ko‘rsatishi mumkin. Xo‘sh, autizmning ilk belgilarini
qanday farqlab olsa bo‘ladi? Autistik kichkintoylar boshqa bolalardan qanday jihat(lar)i bilan farq
qiladi?
Quyida autizmning eng keng tarqalgan simptomlarini sanab o‘tamiz:
Bola odatda ismiga e’tibor bermaydi;
Yolg‘iz o‘ynashni yoqtiradi:
Ko‘zga qarashdan qochadi;
12-14 oylik davrda ham oddiy murojaat nutqi (kel, ol, ber, qo‘y kabi so‘zlar, ishoralar)ni
tushunmaydi;
Nimanidir istaganda ko‘rsatkich barmog‘ini ishlatmaydi;
Aylanuvchi jismlar, masalan, mashina baloniga boshqa o‘yinchoqlardan ko‘proq qiziqadi;
Til imkoniyatlari jihatdan ortda qola boshlaydi;
Boshini devorga, yerga yoki qo‘li bilan uradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan belgilarning hammasi ham va doim ham kuzatilmaydi. Lekin ota-
ona tomonidan ularning bittasi payqalgan taqdirda ham, bu shifokor qabuliga borish uchun asos
bo‘la oladi. O‘zbek ota-onalari orasida 2-3 yoshda ham biror so‘z ayta olmaydigan bolaga nisbatan
befarqlik kuzatiladi, kattalar tomonidan «bobosi ham 5 yoshida gapirgan», «hamma bola har xil
bo‘ladi», «o‘zi ko‘p multfilm ko‘radi», «yolg‘iz katta bo‘lyapti, shunga kamgap, unga uka
obkelish kerak», «onasi yaxshi qaramaydi, telefonga yopishib qolgan» kabi bahonalar tez-tez
ishlatiladi. Va, afsuski, yo‘qotilgan vaqt ko‘p hollarda bolaning zarariga ishlaydi.
Ya’ni autizmning ilk belgilarini imkon qadar erta payqash va zaruriy chora tadbirlarni
ko‘rish bolaning kelajagi uchun muhimdir. Bu chora tadbirlar qatorida odatda gadjetlarni cheklash,
bola bilan ko‘proq va aniqroq tilda gaplashish kabilar bo‘ladi. To‘g‘ri, hamma bola har xil, hamma
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
451
bolaning tili har xil yoshda «chiqadi», biroq xarakterli jihati shundaki, normatipik bola
bu yoshda gapirmasa ham, siz gapirayotgan gapni yaxshi tushunadi va hech bo‘lmaganda imo-
ishoralar, mimik harakatlar bilan muloqotga kirishadi.
Autistik bolalarning o‘ziga xosligi ham aynan nutqni tushunish muammolari bilan bog‘liq
bo‘lib, u siz nima deyotganligingizni anglay olmaydi, shu sababli ham gapirmaydi, muloqotga
kirishmaydi. Bu muloqot uzilishi ortidan autistik bolalarda normatipik bolalardagiga qaraganda
ko‘proq asabiylik, agressiya va norozilik kuzatilishi mumkin.
Alohida ta’kidlash muhimki, ko‘p hollarda farzandidagi o‘zgarishlarni sezgan ota-onalar
ham yo hammasini vaqt izmiga topshirib, befarqlikni tanlashadi yoki bo‘lmasam, jamiyatdan
uyalgan holda farzandidagi o‘ziga xoslikni hammadan yashirishga intilishadi, bolani uyda
saqlashadi.
O‘zbekistonda autizm reabilitatsiyasi bilan bog‘liq juda ko‘plab muammolar bor, terapevt
kadrlarning yetishmasligi, tashxis va korreksiya metodlarining eskirganligi, ixtisoslashtirilgan
muassasalarning kamligi shular jumlasidandir. Ammo bu muammolar haqida yozishdan oldin, eng
avvalo, e’tiborni ota-onalarning, umuman, jamoatchilikning autizm bilan bog‘lliq qarashlariga
qaratishga qaror qildik. Chunki, alal-oqibat, hamma mas’uliyat ota-onaning bo‘ynida qoladi.
Xulosa
Intellektual jihatdan tengdoshlaridan ancha oldinda bo‘lgan, biroq kommunikativ
muammolarga ega autistik farzandni katta qilayotgan ona bilan suhbatda uning bir so‘zlari
e’tiborimizni tortdi: «Atrofga qarang, autist bo‘lmagan odamlar bor, bugun ular qora ishchi, ishsiz
yoki boshqa qandaydir statusda. Va autist odamlar bor, bugun ular olim, aktyor, ijodkor, millioner.
Kishining muvaffaqiyatga erishishiga uning autizmi to‘sqinlik qila olmaydi. Autistlar bugun siz-u
bizning oramizda. Ularni tushunish, to‘g‘ri qabul qilish va bunday bolalarga erta davrda biroz
yordam berib yuborish kerak xolos». Haqiqatan ham, bugun dunyo bo‘ylab bir qancha
mashhurlikka erishga kishilar o‘zlarining autistik shaxs ekanliklarini e’tirof etganlar.
Jamiyatimizda autizm bilan bog‘liq qo‘rqinchli narrativlar yashagani holda aslida autizm
qo‘rqinchli tushuncha emas, autizm xavfli emas, autizm hukm emas va autistlar bugun siz va
bizning oramizda yashaydi. Biz yetarli bilimga ega emasligimiz ortidan ularni odamovi, introvert
yoki boshqa qandaydir nomlar bilan atarmiz balki.
So‘rovlarimiz natijasida ko‘pgina ota-onalarning autizmning ilk belgilari haqida
tushunchaga egaligi, hatto dunyo bo‘ylab mashhur autistik shaxslarni tanishi aniq bo‘ldi va bu
kishini quvontiradi. Ularning ayrimlari autizmni tuhfa deb qabul qilishlarini bildiradilar. Bu tuhfa
kimga nasib etishini XXI asrda hech bir olim, shifokor va texnologiya aniqlab berolmaydigan bir
paytda farzandi bilan bog‘liq o‘zgarish va noodatiyliklarni anglash, payqash va tegishli chora
ko‘rish, u xoh autizm bilan, xoh boshqa tushuncha bilan aloqador bo‘lsin, har bir ota-onaning
burchidir.
[3 ]
Foydalanilgan adabiyotlar
;
1 D.R Madazizova “Bolalar Rivojlanishidagi nuqsonlarining klinik asoslari’’
2 L. R Mo’minova “Autizm sindiromi. Uning sabablari.Turlari va bartaraf etish
metodikasi.”Toshkent 2015
3 Dilbar Elamanova Kasallik tahlilidan
4 Elektron manbaa.
