MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
411
ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARDA KOXLEAR
IMPLANTATSIYA VA UNING SAMARADORLIGI
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Namangan filiali pedagogika-psixologiya kafedrasi
o’qituvchisi Latibjonova Ziyoda Nazirjon qizi
Maxsus Pedagogika yo’nalishi 2-kurs talabasi
Odiljonova Ruxshona Abrorjon qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233554
Annotatsiya:
Koxlear implantatsiya eshitish qobiliyatini yo’qotgan insonlarga eshitishni
tiklashda yordam berish uchun qo’llaniladigan jarrohlik amaliyotidir.Koxlear implantatsiya
eshitish qobilyatini tiklash yoki yaxshilash uchun quloq ichiga o’rnatiladigan maxsus elektron
qurilma bo’lib, u koxlea deb ataladigan ichki quloq qismiga implantatsiya qilinadi. Bu implantat
eshitish nervini elektr signallari bilan stimulatsiya qilib, tovushlarni miyaga yetqazish imkonini
beradi. Koxlear implatatsiya asosan eshitish qobiliyati to’liq yoki deyarli yo’qotgan odamlarga
yordam beradi.
Kalit so’zlar:
koxlear implantatsiya, jarrohlik amaliyoti, nutq protssesori, elektr signal,
tovush, eshitish apparatlari, koxlear, reabilitatsiya jarayonlari, terapiya.
Koxlear implantatsiya - bolalarda eshitish qobilyatini tiklash va ularning rivojlanishi uchun
katta foyda beradi. Ayniqsa, eshitish qobilyati tug’ma yoki yoshligida yo’qotilgan bolalar uchun
koxlear implantatsiya muhim ahamiyatga ega, chunki bu qurilma bolalarga qator imkoniyatlar
yaratib beradi. Eshitish qobilyati bo’lmagan bolalarda til va nutq rivojlanishi qiyinlashadi va
koxlear implantatsiya yordamida bola tovushlarni Eshita boshlaydi va til o’rganishi
osonlashadi.Erta yoshlarda implant qilingan bolalarda nutq qobilyati sezilarli darajada o’zgaradi
ya’ni rivojlanadi.Koxlear implantatsiya jarayoni eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalalar uchun
katta imkoniyatlarni taqdim etsa-da, uning muntazam terapiya va oilaning qo’llab-quvvatlashi juda
muhim hisoblanadi.Koxlear implantatsiya jarayonida muammo va kamchiliklar ham kuzatilishi
mumkin.Masalan murakkab reabilitatsiya -bu jarayonda jarrohlik amaliyoti va uzoq muddatli
reabilitatsiyani talab qilgani uchun qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Hamma uchun mos emasligi-
implantatsiyada barcha eshitish nuqsonlariga mos kelavermaydi. Ba’zi nuqsonlarda bu amaliyotni
foydalanish cheklangan. Jarayon va vaqt- odatda, implantatsiya bolalarda 12 oylikdan boshlab
qo’llanilishi mumkin. Jarayon jarrohlik amaliyotini va keyingi reabilitatsiya bosqichini o’z ichiga
oladi. Bolalarda implantatsiyadan keyin 3-4 hafta oralig’ida bolalarga nutq protssesori o’rnatiladi
va eshitish qobilyatini rivojlantirish ishlari boshlanadi.Bolaning umumiy rivojlanishi ( novebral
intelekti, intelekti, motorikasi, xotirasi, diqqati ) surdopedagog tomonidan olib boriladi. Oila
a’zolariga psixologik yordam ko’rsatiladi. Reabilitatsiya jarayonlari 4 bosqichda amalga
oshiriladi.
1.
Nutq protssesorini sozlash
2.
Eshitish qobilyatini va nutqni rivojlantirish
3.
Bolaning umumiy rivojlanishi, xotirasi, e’tibori, qobilyatini rivojlantirish
4.
Bola va uning oilasiga peda-psixologik yordam ko’rsatish kabilar
reabilitatsiya jarayoni bosqichlari hisoblanadi.
Reabilitatsiya jarayoni va uning samarasi, natijalari qator omillarga bog’liq bo’ladi. Koxlear
implantatsiya kelib chiqishi va tarixi XX asrning o’rtalariga borilib taqaladi. Bu texnologiya
eshitish yo’qotilishiga chalingan odamlar uchun yangi imkoniyatlar yaratdiva 1970-yillardan
boshlab keng rivojlanib, ommalasha boshladi.Dastlabki yutuqlar va tajribalar 1950 va 1960-
yillarda tadqiqotchilar eshitishini elektr impulslar yordamida tiklash mumkinligini
o’rganishdi.Dastlabki tajribalar orqali ular quloq nerviga o’rnatiladigan elektrodlar yordamida
tovush signallariga berishga muvaffaq bo’lishdi. Fransuz tadqiqotchi Andre Dyurvoshua va
amerikalik jarroh Uilyam House koxlear implantning ilk prototiplarini yaratishgan. 1972-yilda
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
412
AQSH birinchi tijorat koxlear implantini ya’ni House/3M deb nomlanuvchi oddiy bir
kanalli implant ishlab chiqariladi. Bu oddiy implantni tovushlarni aniq qabul qilish imkonini
bermasa ham, asosiy tovushni his qilishga yordam berdi. 1990-yilga kelib koxlear implantatsiya
texnologiyasi tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Zamonaviy koxlear implantlar tovushlarni ancha
sifatli va tabiiy qabul qila oladigan darajaga yetdi. Kompyuter texnologiyalari, batareya
quvvatining oshishi, va eng yangi audio algoritmlar yordamida koxlear implantatlar yanada
samarali bo’ldi va turli yoshdagi bemorlarga moslashtrildi. Bugungi kunda koxlear implantatsiya
jarayoni ko’plab mamlakatlarda keng qo’llanilib, millionlab odamlar uchun eshitish va jamiyat
bilan muloqot qilish imkonini yaratmoqda.
Koxlear implantatsiya jarrohlik jarayoni bosqichlarga bo’lingan xolatda amalga oshiriladi.
1.Tayyorlanish; jarayondan oldin bemor audiolog va otolaringolog ( quloq, tomoq, burun
shifokori) tomonidan batafsil tekshiruvdan o’tadi. Eshitish qobiliyati va boshqa muhim tibbiy
ko’rsatgichlar o’rganiladi. Qolaversa kompyuter tomografiyasi yoki magnit-rezonans tomografiya
(MRI) yordamida ichki quloq tuzilishi o’rganiladi.
2.Narkoz. Operatsiya umumiy narkoz (uyqu holatdagi og’riqsizlantirish) ostida o’tqaziladi,
shunda bemor hech qanday og’riq sezmaydi.
3.Implantatsiya- jarroh quloq orqasida kesik ochadi va chakka suyagi ichiga kiradi.Keyin
jarroh eshitish (koxlea) nerviga yaqin joyda kichik teshik ochiladi va implantning elektrodlari ichki
quloqdagi koxlea kanaliga kiritadi.
4. Jarrohlikni tiklash; Elektrodlar va qurilma joylashtrilgandan so’ng, kesik tikiladi.Bemor
bir necha soatdan keyin uyga jo’natish uchun tayyorlanishi mumkin. Amaliyotdan keyingi
reabilitatsiya jarayonlar bemorga bir necha haftalik davolanish va tiklanish jarayoni kerak bo’ladi.
Shundan so’ng implant sozlanadi va tashqi tovush qabul qiluvchi qurilma o’rnatiladi.Jarayon
tugagandan keyin bemorga eshitishni o’rganish uchun audiologik reabilitatsiya kerak bo’ladi,
chunki yangi tovush signallarini to’g’ri farqlash uchun vaqt va maxsus mashg’ulot talab etiladi.
Jarrohlik xavflari, implantatsiya boshqa har qanday jarrohlik amaliyoti kabi ba’zi xavf-xatarlarga
ega; infeksiya yoki qon ketishi, eshitish yoki balans bilan bog’liq muammolar, quloq atrofida
sezuvchanlikning o’zgarishi.
Umuman olganda, koxlear implantatsiya jarayoni nisbatan xavfsiz va ko’plab bemorlar
uchun muvaffaqiyatli o’tadi. Zamonaviy tibbiyotda ushbu amaliyot samarali va bemorlar uchun
katta yordam beradi.Bolalarda koxlear implantatsiyadan so’ng moslashish jarayoni asta-sekinlik
bilan kechadi va ko’pincha maxsus reabilitatsiya va trening talab etadi. Bu jarayon bolaning
eshitish va nutq qobilyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatda ega. Bolaning eshitish tizimi
elektr signallarga moslashishi uchun vaqt talab etadi.Jarayonlardan so’ng maxsus terapiya lardan
foydalanadi ulardan masalan
1.Eshitish terapiyasi- bu bola eshitishni amalda o’rganishlari uchun terapiya o’z ichiga
ovozli mashg’ulotlar, ovozlarni farqlash mashqlarni oladi. Audiologlar bolaga yangi tovushlarni
tanib olishda yordam beradi.
2.Nutq terapiyasi- bolalar eshitishini o’rgangan sari, nutq rivojlanishi ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Logopedlar bolaning nutqini rivojlantirish uchun maxsus darslar o’tqazadilar. Nutq
terapiyasi bolaning ovozlarni to’g’ri tallafuz qilishiga va tushunishiga yordam beradi.
3.Oila qo’llab-quvvatlashi; Bolaning ijtimoiy rivojlanishi uchun oilaning ishtiroki juda
muhim.Ota-onalar va yaqinlar bolaga yangi tovushlarni o’rganish va nutq qobiliyatlarini
rivojlantirishda ko’maklashishlari mumkin. Moslashish jarayoni bolaga individual yondashuv va
doimiy qo’llab-quvvatlashni talab qiladi. Bolaning yoshiga, eshitish qobiliyati darajasiga va
individual o’rganish qobiliyatiga qarab, bu jarayon har xil vaqt davom etishi mumkin.Texnologiya,
reabilitatsiya, va ota-onalarning qo’llab-quvvatlashi bilan ko’p bolalar koxlear implantatsiya dan
keyin muvaffaqiyatli moslashadiva ijtimoiy rivojlanishlari davom etadi. Koxlear implantatsiya
dagi yutuqlar eshitish nuqsoni bilan yashovchi insonlar uchun qulay imkoniyatlarni
yaratdi.So’nggi yillarda koxlear implantatsiyadagi yutuqlar sezilarli darajada oshib, eshitish
qobilyatini yo’qotgan millionlab odamlarning hayot sifatini yaxshiladi.Yana bir yutuq shundaki
erta yoshda qo’llanilishi; KI juda yosh bolalarda, hatto bir yoshga to’lgan bolalarda ham amalga
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
413
oshirilmoqda.Bu imkoniyat ularga yoshligidan tovushlarni o’rganish, nutq va tilni
rivojlantirish imkonini beradi.Imunitet va xavfsizlikni oshirish texnologiyalari; Zamonaviy
implantning allergik reaksiyalarga va tana tomonidan rad etilishi xavfini minimallashtiradigan
biokompatibil materiallaridan ishlab chiqilmoqda, bu esa xavfsizligini oshiradi.
Xozigi kunga kelib Ziroat Mirziyoyeva tomonidan tas’is etilgan ,, Zamin Fondi “ 2019-yilda
tashkil qilinib, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga koxlear implantatsiya amaliyotlari tashkil
qilinmoqda. Shuni aytib o’tish joizki, implantatsiya orqali bemorlar yoki eshitishida nuqsoni
bo’lgan bolalar tovushlarni farqlay olishni boshlaydilar, bu esa nutqni tushunish va o’z nutq
qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradi. Bu ayniqsa bolalar uchun muhimdir, chunki ular o’z
tengdoshlari bilan muloqot qilishida qiyinchiliklarga duch kelmaydilar.Implantatsiyada eshitish va
nutq qobilyatlari tiklanib, eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarga ta’lim olishva jamiyatga
moslashishni yengillashadi.Eshitish qobilyatining tiklanishi ularga maktab,ish va ijtimoiy hayotda
muvaffiqatga erishishga yordam beradi.Eshitish qobiyatining tiklanishi eshitishida nuqsoni
bo’lgan bolalarda o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradiva ularning kundalik hayotini yengillashtiradi,
bu esa ularning psixologik holatiga ijobiy ta’sir qiladi.Umuman koxlear implantatsiya jarayoning
asosiy maqsadi eshitish qobiliyati cheklangan insonlarga hayot sifatini yaxshilash imkonini
yaratishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ayupova M.Yu. Logopediya. - T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati
nashriyoti, 2007
2.
Koroleva I.V. Kar bolalar va kattalami koxlear implantatsiya qilish (elektrod
eshitish protezlari). - SPb .: KARO, 2008
3.
Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari o‘rnatilgan, zaif
eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent:
4.
Kuzmicheva E.P., Yaxnina S.Z. Kar bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish.
- M., 2003 yil.
6.
Mamarajabova Z.N.Koxlear implantli eshitish moslamalari
o‘matilgan, zaif eshituvchi bolalar eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi- Toshkent:
AktivPrint, 2020.
5.
Koroleva I.V. Koxlearnaya implantatsiya gluxix detey i vzroslbix
(elektrodnoye protezirovaniye sluxa) SPb.: KARO, 2009. (15-19b).
