MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
399
ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Farg‘ona davlat unversiteti o‘qituvchisi
Olimova Nodirabegim Ibrohimjon qizi,
Farg‘ona davlat unversiteti talabasi
Saxobiddinova Nilufarxon Mo‘ydinjon qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233474
Annotatsiya
: Ushbu maqolada eshitish nuqsonlari kelib chiqqish sabablari,eshitish
nuqsonlari darajalari va hozirgi kunda kar va zaif eshituvchi bolalarning ta’lim muassasalarida
taxsil olishlari haqida bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar
: Analizator, fonematik eshituv, grammatik va leksik komponentlar,karlar, zaif
eshituvchilar, ginetik faktorlar,korreksion -pedagogik jarayon ,korreksion-kommunikativ
tamoyil,korreksion- komponensiya.
Nutq – murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning
umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan
idrok etishga asoslangan bo‘lib, atrofdagilarga taqlid etish yo‘li bilan rivojlanib boradi. Og‘zaki
nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakat ga keltiruvchi analizator ishtirok etadi.
Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan holda
ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p jihat dan talaffuzga bog‘liq. Bola
nutqi ning o‘sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish
darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi – o‘z nutqi va atrofdagilar nutqidagi
so‘zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham xarakterlanadi. So‘z
tarkibini anglab ol ishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida
ham muhim ahamiyatga ega.
Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so‘zning o‘zaro aloqada bo‘lishi aqliy
rivojlanishning asosini tashkil etadi. Defektologlarning (T. A. Vlasova, R. M. Boskis, D. V.
Neyman va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning
rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo‘lganligiga va og‘ir-
yengilligiga bog‘liq. Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi,
keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tug‘ma hali tili
chiqmagan go‘daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi kar soqovlikka olib keladi.
Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif
eshituvchi bo lalar guruhi ga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan so‘ng yaxshi
eshitmaydigan bo‘lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolganlar guruhiga kiradi.
Bu nuqson nutq tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tufayli eshitishda
xos kamchiliklar bo‘laveradi.
Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi
mumkin. Kar bolalarning 25–30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi. sabab: onaning
homiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota-onalarning ichkilik
ichib turishi, onaning homiladorlik davrida bilar-bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa,
streptomitsin, xinin singari dorilarni), homilaning shikastlanishi; irsiyat, genetik faktorlar (quloq
tuzilishidagi patologik o‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi – bituvi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan
kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy asab markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi
o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit,
qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda kar-soqovlik yoki turli
darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin.
Hozirgi kunda ekologiya masalalarning keng o‘rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini
olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga turli zaharli kimyoviy dorilar juda kuchli
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
400
ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi asab tolalarini ishdan chiqaradi,
natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo‘lib qoladi. Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar
alohida yordamga muhtoj bolalar kategoriyasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman
rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Eshitish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o‘qitilishi va
tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bog‘cha va maktab dasturlarini o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos
qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi
rivojlangandan so‘ng, masalan, ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar
nutqini eshitmaydi va hattoki, bilganlarini ham asta-sekin unutadi, boladagi karlik bilan soqovlik
qo‘shilib u kar-soqov bo‘lib qoladi. Bolaga o‘z vaqtida maxsus yordam ko‘rsatilmasa, unda aqliy
zaiflik belgilari ham paydo bo‘ladi. Biroq nuqsonning o‘rnini to‘ldirib, boshqaruvchi jarayonlarni
faollashtiruvchi maxsus, korreksion rostlaydigan sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib,
ularning ham nutqiy rivojla- nishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi. Zaif eshituvchi
bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya muassasasi hamda maktab-internatda
barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.
Maxsus muassasalardagi tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-
tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak. Yuqorida qayd etilganidek, surdopedagogikada
eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar-soqov, tug‘ma hamda keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib
qolgan bolalar kiradi.
Zaif eshituvchi bolalar o‘z navbatida eshitish qobiliyatining nechog‘liq buzilganiga qarab
yengil, o‘rta va og‘ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo‘linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi
bolalar ovoz bilan gapirilgan nutqni 6–8 m masofadan ovoz chiqarmay, shivirlab gapirilgan gapni
quloq suprasidan 3–6 m masofada eshitadi. O‘rta darajadagi zaif eshituvchi bolalar ovoz chiqarib
gapirilgan gapni 4–6 m, ovozsiz pichirlab gapirilganini 1–3 m masofadan eshitadi. Og‘ir darajali
zaif eshitishda bola o‘rta me’yorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 m, shivirlashni
0,5 m masofadan eshitadi, xolos. Zaif eshitishi natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar
kuzatiladi: lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, grammatik komponent rivojlanmagan – gap ichida
so‘zlarni tashlab ketish, so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish, ularni o‘zaro bog‘lay olmaslik, kelishik, so‘z
yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata olmaslik; tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz
qilish – o‘xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir-biri bi lan adashtirish, tushirib ketish va
boshqalar shular jumlasidandir.
Bola nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bil maslik orqasida ayrim
tarbiyachi va o‘qituvchilar bolani dangasa, mas’uliyatsiz, bezori deb, unga noto‘g‘ri munosabatda
bo‘lishadi, natijada bola injiq, yig‘loqi, serjahl, gap o‘tmas bo‘lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi
ruhiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari
qatorida ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktab da ta’lim-tarbiya olishi
mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda bo‘lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
talab etiladi. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, to‘la kompen satsiyalash mumkin.
Tarbiyachi va o‘qituvchilarning asosiy vazifasi – me’yorida rivojlangan bolalarni zaif eshituvchi
bolalardan ajratib, ularga alohida yondashish, zarur bo‘lsa, ularning «maxsus muassasalar»da
ta’lim-tarbiya olishini yoki integratsiyalashgan ta’limga jalb etilishini ta’minlashdan iborat.
Maxsus muassasalarda o‘z fikrini og‘zaki ifodalay olmasligini his etgan o‘quvchi yozma shaklda
bayon etishni bilishi kerak. Buning uchun o‘quvchilarni o‘z fikrini og‘zaki, yozma bayon etishga
o‘rgatish amaliy nutqiy ko‘nikma va malakalarni shakl lantirish asosida amalga oshiriladi. Kar va
zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni shakllantirish yuzasidan dars va
mashg‘ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida o‘qituvchi va o‘quvchi faoli yati tashkil
etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy
materiallarning amaliy egallanishini ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muam moli nutqqa
(gapirish, yozib tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda
nutqiy materiallar fan lar bo‘yicha o‘quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgi langan
bo‘ladi, ya’ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
401
Har bir dars uchun nutqiy materiallar korreksion-kommunikativ tizim
tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda (o‘quvchilarning eshitish, talaffuz qilish imkoniyatlariga
mos, talaffuzi yaqqol va eshitilish diapazoni yengil, oddiydan murakkabga, noo‘xshashlikdan
o‘xshashlikka boruvchi tartibda) tanlanadi va tayyorlanadi.
So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi, ya’ni ta’lim muassasasi
egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va
o‘quvchilar amal da (erkin, qo‘rqmasdan, uyalmasdan) qo‘llashlariga erishish uchun keng sharoit
yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari ishtirokida yaratiladi. Ularning kar bola bilan keng
muloqoti va iliq munosabati bolaning keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga
bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy
axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum
miqdorda bo‘ladi) qoldig‘idan optimal ravishda foydalanishga bog‘liq bo‘lganligi tufayli maxsus
muassasalarda ta’limni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar
maxsus jihozlanadi. Ya’ni ta’lim muassasasi moddiy texnika negizining yo‘nalishga mos
shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi. Kar va zaif eshituvchi bola o‘z ona
tilini shu til qonuniyatlari, xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy
imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan va mahalliy
sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondashuv asosida egallaydi. Ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiya jarayonini, xususan ona tili ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini nutq
sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalashga o‘rgatishda daktil
belgilardan tegishli bosqichlarda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Kar va zaif eshituvchi
o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yoz ma) nutqni shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida
yondashish dolzarb masaladir. Buni amalga oshirish bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning
borliqni anglashlari hamda ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida siyosiy, iqtisodiy, madaniy
va boshqa ijtimoiy munosabatlarning barchasida me’yorda rivojlangan, sog‘lom tengqurlari
qatorida o‘z ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi taqdirdoshlari)
tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta’minlash mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
O‘quvchilarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyatini rivojlantirish, o‘z ona tilida
sog‘lom tengqurlari kabi so‘zlashish, fikr almashishini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-
korreksion jarayonni yagona tizim asosida amalga oshirish orqali takomillashtirilmoqda.
Kar va zaif eshituvchi bolalar ta’limiga «Labdan o‘qish» ko‘nik malarini shakllantirish va
mustahkamlash mashg‘ulotlari kiritilgan.
Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar maxsus maktab internatlarining barchasi ovoz
kuchaytiruvchi apparatlar bilan ta’minlangan, xonalari maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamalar
bilan jihozlanadi, sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni maqsadli amalga oshirish uchun sharoitlar
yaratilgan. Hozirgi kunda surdopedagogikada kar va zaif eshituvchi bolalarning maxsus ta’lim
bilan erta qamrab olinishi, rivojlanishi, korreksiya-kompensatsiya qilinishi masalalari dolzarbdir.
Respub lika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Avloniy nomidagi XTXMO instituti hamda
RTM xodimlari buning uchun uslubiy ko‘rsatmalar yaratish ustida faol mehnat qilib kelmoqdalar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
V. S. Raxmonova ,,Defektologiya asoslari“.-: ,,Voris -Nashriyot”2012
2.
V.S. Raxmonova ,,Maxsus pedagogika“.-T: ,,G‘aafur G‘ulom“ nashriyoti 2004
3.
D.A. Nazarova, Z.N Mamarajaobova Maxsus pedagogika(surdopedagogika).
Darslik.-Toshkent: ,,INNOVATSIYA – ZIYO”,2020.-488b
4.
O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to‘g‘risidagi“ Qonuni -T:SHarq nashriyoti
-matbaa konseerni.1997.
5.
Maxsus pedagogika qo‘llanma.Toshkent:,,NIF MISH“ 2020
