Mualliflar

  • Muborak Dehqanova
    Chirchiq davlat pedogogika universiteti

Muallif biografiyasi

  • Muborak Dehqanova, Chirchiq davlat pedogogika universiteti

    Chirchiq davlat pedogogika universiteti  Maxsus pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86284

Kalit so‘zlar:

klaster tizimi ta’lim pedagogika tadqiqot subyekt

Annotasiya

Ushbu maqolada ta’lim klastrinignmetodologik asosi va uni inlyuziv ta’limga yo‘lga qo‘yishdagi bevosita ahamiyati, chet el tajribasi, xozirgi kunda ta’limning subyektlar o‘rgasidagi o‘rni va uning metodologiyasi haqida ma’lumot berilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

368

TA‘LIM KLASTERI MUHITIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI

BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING METODOLOGIK

ASOSLARI

Chirchiq davlat pedogogika universiteti

Maxsus pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi

Dehqanova Muborak

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233308

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim klastrinignmetodologik asosi va uni inlyuziv

ta’limga yo‘lga qo‘yishdagi bevosita ahamiyati, chet el tajribasi, xozirgi kunda ta’limning
subyektlar o‘rgasidagi o‘rni va uning metodologiyasi haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

klaster tizimi, ta’lim, pedagogika, tadqiqot, subyekt.

Mamlakatimizda pedagogik ta’lim klasteri va uning amaliyotga tadbiqi muammosi

alohida tadqiqot ob’yekti sifatida keyingi yillarda chuqur o‘rganilmoqda. Xususan, ta’lim klasteri
pedagogikamizda integratsiya va uzluksizlik bilan bog‘liq yangi innovatsion yo‘nalish hamda
uning amaliyotga tadbiq qilinishi pedagogik ta’limda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash omili
ekanligi G‘.I.Muhamedov, Sh.Q.Mardonov, Sh.Botirova, X.Sultonov, S.Toshtemirova,
N.Koshanova, Q.Mahmudovlarning tadqiqotlarida muayyan darajada yoritilgan. Muammoga
yondosh bo‘lgan yo‘nalishlarda, xususan: uzluksiz ta’lim tizimining tashkiliy-pedagogik omillari,
ta’lim tizimini mazmun va shakl jihatdan takomillashtirish mexanizmlari R.Eshchanov,
G.Bobojonova, D.Bekchanov, M.Quronov, R.A.Mahmudov, R.Sh.Ahliddinov, Yu.N.Abdullaeva;
ta’limda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, ta’lim turlararo integratsiyani kuchaytirish
B.S.Abdullaeva, N.X.Raxmonqulova, D.Sh.Yakibova, M.I.Toshpulatova, A.A.Jumanov,
R.B.Adizov; fanlararo aloqadorlikni ta’minlash va ta’lim muassasalarining ilmiy-uslubiy
hamkorligining

tashkiliy

jihatlari

N.M.Abdullaeva,

G.Sh.Fayzullaeva,

O.K.Abdurahmonovlarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi
(MDH) mamlakatlarida ta’lim klasterlarini tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari, xususan,
hududiy ta’lim klasterlarining tuzilmasi va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish,
kasbiy ta’limda klaster modelini tatbiq etish muammolari A.Yashevoy, B.Pugacheva,
A.G.Granberg, M.Galushkina, A.V.Leontev; klaster modeli vositasida ta’limni boshqarishni
nazariy va ilmiymetodik jihatdan takomillashtirish texnologiyalari N.V.Gorodnova,
P.F.Anisimov, G.I.Ibragimov, D.L.Skipin, V.P.Panasyuk, N.Ye.Yegorov; ishlab chiqarish va
ta’limni klaster vositasida integratsiyalashning mazmuni, shart-sharoitlari va omillari
N.A.Mishura, L.L.Naumova; individual sub’ektlar va klaster ishtirokchilarining imkoniyatlarini
oshiradigan ijtimoiy hamkorlik asosida amalga oshiriladigan ta’lim resurslarini tashkil etishning
integral tizimlari A.S.Subetto, Ye.A.Korchagin, N.A.Sharay, L.N.Nikolaeva, T.V.Vdovinalar
tomonidan tadqiq etilgan. Xorijlik olimlardan A.Marshall, M.Porter, O.Solvel, G.Lindgvist,
S.Ketelslarning ilmiy izlanishlarida klaster modelining muayyan sub’ektlar raqobatbardoshligini
oshirishdagi roli, ta’lim klasterlari modelining yagona tipologik xususiyatlari AQSh va Yevropa
mamlakatlari misolida ochib berilgan. Xorijiy tadqiqotlarda ta’lim klasterlari hududiylik,
boshqaruv, raqobatbardoshlik, fan va ishlab chiqarish munosabati kabi yo‘nalishlar bo‘yicha
umumiy tarzda o‘rganilgan. Klaster modelini ta’limning muayyan tarmog‘ida, xususan, pedagogik
ta’limda samaradorlikka ta’sir etuvchi omil sifatida tadbiq etish zarurati tadqiqotimiz mavzusini
belgilab berdi.

Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy maqsad atrofida

birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda xususiy
manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi subyektlari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va
nazorat qiladi, har biri alohida klasterning ma’naviy va intellektual maydonini yaratadi, ijtimoiy
ta’siri hamda ahamiyatini kengaytiradi. Jahon ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy
faoliyatga tayyorlashning samarali mexanizmlari, innovatsion texnologiyalari amaliyotga tadbiq


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

369

etilgan. Natijada ta’lim oluvchining akademik, ijtimoiy ehtiyojlarini tezkor

diagnostika qilish orqali sifatli ta’lim bilan ta’minlashning modernizatsiyalashgan tizimini
modellashtirish imkoniyati kengaydi. YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qabul qilingan
“Inchxon” deklaratsiyasi “Bir umrlik ta’lim” , “Ta’lim hamma uchun” dasturi asosida imkoniyati
cheklangan bolalarni ta’limga erta jalb etish orqali inklyuziv ta’limga erishish, oliy ta’limda
fanlarni o‘qitish metodikalarini takomillashtirish hamda amaliy yo‘naltirish, bo‘lajak
defektologlarning kasbiy kompetensiyalarini intensiv rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda.

Jahon oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida inklyuziv va korreksion ta’lim jarayonida

imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitishga o‘rgatish metodikalarini rivojlantirish, ta’lim
ishtirokchilari faoliyatini diversifikatsiyalash, bo‘lajak defektologlarni kasbiy amaliyotga metodik
tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida oilalar, hamkor tashkilotlarning
ishtirokini kuchaytirishning samarali mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Yetakchi davlatlar AQSh, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Singapur,
Rossiyada bo‘lajak defektologlarni, ota-onalarni, tor mutaxassislarni korreksion va inklyuziv
ta’lim amaliyotiga tayyorlashda interfaol usullar, adaptiv o‘quv vositalaridan samarali
foydalanish, maktabgacha va maktab ta’limi mazmuniga kommunikativ – motivatsion, refleksiv-
rivojlantiruvchi talablarni optimallashtirishning didaktik ta’minotini yaratish, mentor-o‘qituvchi,
mentor-talaba, hamkor-oila faoliyatiga talabalarni tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini
takomillashtirish, shuningdek, alohida ehtiyojli bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash
texnologiyalarini tizimlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda.

Ta’lim klasteri deganda mintaqa va munitsipalitetlarning ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy

sohalarini rivojlantirishi, yosh avlodni intellektual rivojlantirish manfaatlarini ko‘zlab, o‘quv
jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim tashkilotlari tarmog‘ining tizimi tushuniladi. Shu
jumladan ta’lim klasteri, qoida tariqasida, hududning fundamental ilmiy va ilmiy-amaliy
ishlanmalar, o‘quv loyihalari, yangi texnologiyalar va texnikalar, ilmiy mahsulotlarni loyihalash
va ishlab chiqarish doirasida birlashtirish va muammolarni hal qilishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Муҳамедов Ғ.И., Ходжамқулов У.Н. Педагогик таълим инновацион кластери:

таъриф, тавсиф, тасниф. –Т.: Университет,2019.

2.

Питюков В.Ю. Основны педагогической технологии. —М.: Гном-Пресс,

1999.

3.

Поулсеи С. Введение в современную методику преподавания. — Бишкек:

Кесип, 2007.

4.

Рахмонов А.Р. Инновацион таълим кластери ўқув фаолиятига самарали усул

сифатида // Барқарор ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар. II, 2019,
Чирчиқ.

5.

Файзуллаева Н.С. Таълим тизимида стратегик бошқарувнинг амалий

аҳамиятлари. //Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар илмий электрон журнали. 5
сон, июль, 2012

6.

Ходжамқулов У.Н. Таълим кластери инновация сифатида // Барқарор

ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар. Халқаро илмий-амалий анжуман
илмий ишлар тўплами. II, 2019, Чирчиқ







Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

Муҳамедов Ғ.И., Ходжамқулов У.Н. Педагогик таълим инновацион кластери: таъриф, тавсиф, тасниф. –Т.: Университет,2019.

Питюков В.Ю. Основны педагогической технологии. —М.: Гном-Пресс, 1999.

Поулсеи С. Введение в современную методику преподавания. — Бишкек: Кесип, 2007.

Рахмонов А.Р. Инновацион таълим кластери ўқув фаолиятига самарали усул сифатида // Барқарор ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар. II, 2019, Чирчиқ.

Файзуллаева Н.С. Таълим тизимида стратегик бошқарувнинг амалий аҳамиятлари. //Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар илмий электрон журнали. 5 сон, июль, 2012

Ходжамқулов У.Н. Таълим кластери инновация сифатида // Барқарор ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар. Халқаро илмий-амалий анжуман илмий ишлар тўплами. II, 2019, Чирчиқ