MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
323
MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARDA ESTЕTIK
TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O’RNI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Olimova Dilfuzaxon Ubaydullayevna
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233126
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda estеtik
tasavvurlarni shakllantirishda oilaning o’rni va uning imkoniyatlari nazariy jixatdan yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Maktabgacha talim, oila, rivojlantirish, estetik tarbiya, estеtik tasavvur,
takomillashtirish, tasavvur, shakllantirish.
Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalarning, oilalar mustahkamligining o‘rni beqiyosdir.
Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog‘lomligiga
bog‘liq bo‘lganidek, butun organizm o‘z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga oshirishda har bir
hujayraning munosib o‘rni bo‘lganidek, oila ham davlat va jamiyat deb atalgan butun bir
organizmni tashkil etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sog‘lom bo‘lishi, ularda ijobiy psixologik
iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o‘zi
yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini
ta’minlovchi, hal qiluvchi omil bo‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda jamiyatimizning eng muhim va hal qiluvchi
bo‘g‘ini xamda uni har tomonlama asrab – avaylash tadbirlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bo‘lajak dasturning uzviy qismi sifatida ko‘rishimiz zarur. Xalqimizda “Qush o‘z uyasida
ko‘rganini qiladi”, degan ibora bejiz aytilmagan, bunda chuqur ma’no – mazmun bor.
Oila u qaysi millat, qaysi davlatga oid bo’lishidan qat'iy nazar aynan mana shu millatni,
mana shu davlatning xususiyatini o’zida mujassam etadi. Shuning uchun ham oila insoniyatning
ilohiy va mo’'jizaviy kashfiyotidir.
Oilaning milliy ruhi-xalqning milliy ruhiyatini bеlgilaydi... Oila ma'naviyat qanchalik boy,
tеran va chuqur bo’lsa-jamiyat ham shu qadar boy bo’ladi, oila ma'naviyatida jamiyat ma'naviy
olami tajalliy topgan bo’ladi.
Oilada bolalarni estetik tasavvurlarini shakllantirishning eng optimal shakli san'at turlari
haqidagi ma'lumotlar, badiiy estetik qonuniyatlar haqida bilimlar vositasida elementar
tasavvurlarni tarkib toptirishdir. Bu borada musiqa, raqs, teatr, kino, tasviriy va amaliy san'at,
milliy badiiy hunarmandchilikning tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyosdir. Ularning tarbiyaviy
ahamiyatidan oila sharoitida samarali foydalanish uchun esa ilmiy asoslangan, tajribada sinab
ko’rilgan ta'limiy, tarbiyaviy tadbirlarning mazmuni, metodikasi, pedagogik shart-sharoitlarini
ishlab chiqish talab etiladi. Bu bugungi kun pedagogika fani uchun dolzarb mavzu sifatida e'tirof
etilmoqda.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud bo’lmasada, shakllanish jarayonida juda ko’p
«eksperimentlarni» hayotda sinab ko’rishnatijasida xalq, jamiyat hayoti, turmushiga oid urf
odatlarni o’zida sinovdan o’tkazadi. Yaxshilarini o’z bag’rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga
yetkazadi. Oila o’z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirishi bilan
ularga boshlang’ich ijtimoiy yo’nalishlarni beradi.
Shuning uchun ham oila, oilada farzandlar tarbiyasi barcha zamonlarda muhim masalalardan
sanalib kelingan.
Oila va oilaviy munosabatlar, ularning jamiyatning, oilaning tamaddudi (tsivilizatsiyasi)
dagi o’rni haqida tarixiy manbalar mavjud. Qur'oni Karim, Hadisu shariflar, shuningdek «Avesto»
kabi muqaddas manbalarda bu haqda ibratli hikmatlar mavjud. Ayniqsa, Sharq mutafakkirlari bu
masalalarga alohida e'tibor bilan qaraganlar. «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning
«Mineralogiya», «Geodeziya», «Hindiston», «O’tgan avlodlar obidalari», Abu Ali ibn Sinoning
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
324
«Axloq», «Axloq fani», «Oila xo’jaligi», Burhoniddin Marg'inoniyning «Hidoya»,
Alisher Navoiyning «Hayrat-ul Abror» va «Mahbub-ul qulub», Zahiriddin Muhammad Boburning
«Boburnoma», Kaykovusning «Qobusnoma», Abdurauf Fitratning «Oila», Rizouddin ibn
Fahruddining «Oila» asarlarini bu e'tibor va e'tirof yo’lidagi sa'yi-harakatlari natijasi sifatida
qarash mumkin.
Oiladagi o’zaro munosabatlar madaniyat malakasi tasavvuf falsafasida ham alohida o’rin
tutadi. Bu falsafaning yirik vakillari bo’lgan Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband,
Najmiddin Kubro tariqatlarida ota va onalar o’zaro munosabatlarining farzandlar kamolatidagi roli
alohida ta'kidlab o’tilganligini ko’ramiz. Shuningdek, oila tarbiyasiga oid qimmatli fikrlar ulug’
mutafakkirlar imom al-Buxoriy, at-Termiziylarning asarlarida ham zikr etilgan.
Oila sharoitida bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirishda ota-ona va farzand
munosabatidagi estetik mazmun har doim bosh omil hisoblangan. Bu jarayon shu darajada
komponentlarga boyki, shuning uchun uni ham ijtimoiy-pedagogik, ham psixologik, ham tarixiy-
falsafiy taraflarini hisobga olish lozim. Ota-onaning o’z farzandini individualligini inobatga
olmagan holda tinimsiz ko’rsatma berishi (qachon va qanday teleko’rsatuv ko’rish lozimligi, kim
bilan, qachon va qancha vaqt qanday o’yin o’ynashi, qanday rangdagi, qanday shakldagi kiyim
kiyishi) bolaning tabiiy moyilliklariga mos tushmagan taqdirda unda dunyoqarashni, shu
jumladan, uning (dunyoqarashning) tarkibiy qismi – estetik tasavvurlarni shakllantirishda «sinish»
yuzaga keladi, ya'ni bolaning tasavvurida sun'iy tarzda, majburiy o’zlashtirilgan, anglanmagan
tushuncha va tasavvurlar tarkib topib boradi. Biroq bu tasavvur dastlabki real holat yuzaga kelishi
bilanoq parchalanib ketadi. Shuning uchun ham ota-ona va farzand munosabatlarini estetik
tasavvurlarni shakllantirishdagi faoliyatning muhim komponenti sifatida qaralishi lozimligiga
alohida urg’u berish lozim.
Oilada bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirishda ota-onalarning bolalar bilan
munosabatida yaqqol sezilishi mumkin bo’lgan jihatlaridan biri ota-onaning o’z farzandlarini
nafaqat oila sharoitida sub'ektiv holatlarni anglashga, balki olamni estetik mazmun nuqtai
nazaridan anglashga kompleks yondoshishga tayyorligi bilan belgilanadi. Bu tayyorlik oila
sharoitida ota-ona va bola munosabatlarida muttasil tarzda qo’llanilishi pirovard ijobiy natijaning
pedagogik kafolatidir.
Oila sharoitida ota-onalar alohida e'tibor qaratishi lozim bo’lgan muhim jihatlardan biri bu
– atrof-muhitni, olamni, shu jumladan oiladagi mikromuhitni bola tomonidan emotsional idrok
etish estetik tasavvurlarni shakllanishining belgilovchi omillaridanligidir.
Ota-onalarning bu boradagi faoliyati uch yo’nalishda olib boriladi: birinchi yo’nalish – ota-
onalar farzandlarida estetik tasavvurlarni shakllanishi uchun qulay oilaviy mikromuhit yaratishlari
lozim; ikkinchi yo’nalish – ota-onalar o’z farzandlarining estetik mazmun va yo’nalishdagi
faoliyatlarini kuzatib, lozim bo’lgan vaziyatlarda bu jarayonga ma'lum o’zgartirishlar kiritishi, bir
so’z bilan aytganda, bu jarayonni pedagogik boshqarishlari lozim; uchinchi yo’nalish – bu bevosita
ota-onalarning o’z xatti-harakatlari, faoliyatlari, estetik qiziqishlari bilan bolalarini o’z ortidan
ergashtira olishlari, ya'ni o’rnak, ibrat bo’lishlari lozim.
Estetik tasavvur ko’p sifatlarning debochasi. Shuning uchun unga bolalarni ilk yoshidan
oshni qilish lozim. Zero, Fyodor Dostoevskiy ta'kidlaganidek, odam bolalikdan yaxshilik va
go’zallik kurtaklarisiz hayotga qadam qo’ymasligi kerak, avlodlarni ham yaxshilik va go’zallik
kurtaklarisiz hayotga yo’llab bo’lmaydi. Shu bois ota-ona va farzand munosabatlarida farzandlarni
hayotga to’g’ri shakllangan estetik tasavvurlar bilan yo’llash barkamol avlod tarbiyasining muhim
shartlaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilk qadam” davlat
o‘quv dasturi. –T.: 2022.
2.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017.
3.
Akramova X.S. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
325
pedagogik faoliyat. Zamonaviy ta’lim jurnali, 2016, №4. 66-bet.
4.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti, 1993. 159–160-b.
5.
Amir Temur o‘gitlari. – Toshkent: Navro‘z, 1992, 36-bet.
6.
Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o‘rni / Najmidinova
Karimaxon Usmonovna. – T.: «Adolat», 2016. 6-bet.
7.
Xalmatova M. Oilaviy munosabatlar madaniyatini takomillashtirish va sog‘lom
avlodni tarbiyalash muammolari: f.f.d. dis. Toshkent Davlat agrar universiteti. – Toshkent,
1998. 270-bet.
