Mualliflar

  • Farangiz Inomjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Farangiz Inomjonova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Maktabgacha ta’lim yo’nalishi  103guruh  talabasi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86306

Kalit so‘zlar:

Maktabgacha ta’lim shaxs sog’lom

Annotasiya

Ushbu maqolada “maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalarini ijtimoiypedagogik faoliyatga tayyorlash – pedagogik zaruriyati haqidagi fikrlar yoritilgan. Shu bilan birga shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiy, psixologik va pedagogik omillarning ta’siri muhim ahamiyatga ega ekanligi yoritib berilgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

308

MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINI IJTIMOIY-

PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH UCHUN YO‘NALTIRILGAN

PEDAGOGIK JARAYON

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 103-

guruh talabasi Inomjonova Farangiz

Abrorjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233087

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

“maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalarini ijtimoiy-

pedagogik faoliyatga tayyorlash – pedagogik zaruriyati haqidagi fikrlar yoritilgan. Shu bilan birga
shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiy, psixologik va pedagogik omillarning ta’siri muhim
ahamiyatga ega ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

Maktabgacha ta’lim, shaxs, sog’lom, yetuk, tafakkur, ijtimoiylashuv,

ijtimoiylashtirish ,falsafa, ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayoni.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim

maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Barkamol
inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o’z vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun
qayg’uradigan, shuningdek iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqida yonib
yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Mehnat ta’limiga doir o’quv
vazifalari, maktabdagi boshqa fanlarning o’quv vazifalari, o’quvchilarga yangi bilimlar berish,
ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish, bilimlarni amalda qo’llash darslar samaradorligiga
erishish va xokazolarni talab etadi.

Bizga ma’lumki, jamiyatimiz doimo taraqqiy etib boradi. Buning uchun esa yangicha

bilim berish, o’zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq, tanqidiy ijodiy faoliyat
bilan shug’ullana olish ko’nikmalari tarkib topgan bo’lishi lozim. Demak tarbiya yosh avlodni
hayotga, mehnatga tayyorlashda, u mavjud jamiyat imkoniyatlarini shakllantirish, yanada
rivojlantirish maqsadida keksa avlod tomonidan orttirilgan tarixiy tajribani to’ldirgan, yanada
mukammalllashtirgan holda yosh avlodga singdirishdan iborat. Yurtboshimiz Mirziyoyev Shavkat
Miromonovich: “Yurtimizda ilm-fan, sog’liqni saqlash, ma’daniyat va san’at, sport kabi muhim
sohalar faol tarzda rivojlanmoqda”, - deb ta’kidlagan edilar. Darhaqiqat, Respublikamizda ta’lim-
tarbiya sohasidagi islohotlar keng doirada amalga oshirib kelinmoqda. «Hozirgi kunda innovatsion
texnologiyalar va ilm fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb
etish, o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlari uchun ularga zarur shart-
sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega

.

Ijtimoiy muammolarni o‘rganish va ularning ijobiy yechimini topishga yo‘naltirilgan

pedagogik faoliyat ko‘lami jihatdan murakkab bo‘lib, u bir necha yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Shaxsni ijtimoiy munosabatlarga moslashuvini ta’minlash; ota-ona qarovi va parvarishidan
mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlash; normadan og‘ish va deviatsiya holatlarini namoyon etuvchi,
shuningdek, spirtli ichimliklar hamda giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi bolalar va o‘smirlar
o‘rtasida o‘rtasida proflaktik ishlarni olib borish ijtimoiy-pedagogik faoliyatning muhim
yo‘nalishlari hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham ijtimoiy institutlardan biri sifatida bolalarni ijtimoiy

hayotga moslashtirish, ularni turli salbiy ijtimoiy ta’sirlardan muhofazalash, maktab ta’limiga
tayyorlash hamda psixologik jihatdan zo‘riqishlarining oldini olishda alohida o‘rin tutadi. Bu
muassasalarda tarbiyachilar bolalarni ijtimoiylashtirishda asosiy rolni o‘ynaydilar. Bo‘lajak
tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish borasida
puxta nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishlari esa kutilgan natijani qo‘lga kiritish imkonini
beradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

309

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning hayotida oila bilan bir qatorda

maktabgacha ta’lim muassasalari muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari “... bola
shaxsini sog‘lom va etuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini
ko‘zlaydi”.

Bola shaxsining sog‘lom va etuk bo‘lib kamol topishi maktabgacha ta’lim muassasalari

faoliyatida samaradorlikka erishishda ularning moddiy-texnik ta’minoti, pedagog kadrlarning
salohiyati, ta’lim-tarbiya yo‘nalishlari, pedagogik jarayon mazmuni, shuningdek, tarbiyachilar va
tarbiyalanuvchilar o‘rtasida qaror topgan sog‘lom psixologik muhit ustuvor ahamiyatga ega.

Garchi tashqi omillar (jumladan, ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minoti)ni

yaratishda davlat hamda jamiyatning bevosita ishtiroki kuzatilsa, ichki omillar (mas., malakali
pedagoglarni muassasaga jalb etib, jamoada sog‘lom psixologik muhitni qaror toptirish, ta’lim-
tarbiya ishlari mazmunini zamon talablariga muvofiq yangilash, pedagogik jarayonni tashkil
etishga ijodiy yondashish kabilar) mavjudligini ta’minlash maktabgacha ta’lim muassasalari
rahbarlarining boshqaruv mahoratlari va pedagogik jamoaning sa’i-harakatlariga bog‘liqdir.

So‘nggi yillarda ijtimoiy hayot sur’atining tezlashuvi natijasida maktabgacha ta’lim

yoshidagi bolalarning fiziologik-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni mazmunan
murakkab, ko‘pqirrali hamda ichki raqobatga asoslanuvchi ijtimoiy munosabatlar jarayoniga
tayyorlash ehtiyoji yuzaga keldi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar (mas., Buyuk Britaniya,
Germaniya, Fransiya, AQSH hamda Yaponiya kabilar)ning tajribalari va bir qator pedagogik-
psixologik tadqiqotlarning natijalari ushbu ehtiyojni ta’lim muassasalarida ijtimoiy-pedagogik
faoliyatni yo‘lga qo‘yish orqali qondirish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Tanlangan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan ilmiy-pedagogik faoliyat jarayonini

yoritishda ustuvor bo‘lgan tushunchalar mohiyatini to‘g‘ri anglab olish tadqiqot yo‘nalishini
to‘g‘ri belgilashga imkon beradi. Ayni o‘rinda: ijtimoiylashuv, ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
ijtimoiy-pedagogik faoliyat ko‘nikmalari, ijtimoiy-pedagogik faoliyat malakalari, ijtimoiy-
pedagogik axloq, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy tayyorlash kabilar tayanch tushunchalar sanaladi.

“Ijtimoiylashtirish” tushunchasi “Falsafa. Qisqacha izohli lug‘at”da quyidagicha

sharhlangan: “jamiyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq,
psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayoni”. “O‘zbek tilining
izohli lug‘ati”da esa “ijtimoiylashmoq” tushunchasi “ijtimoiy tus olmoq” ma’nosini anglatilishi
ko‘rsatilgan. Ijtimoiy tus olish tushunchaning umumiy mohiyatini ochib beradi. Biroq, ijtimoiy-
falsafiy, pedagogik va psixologik nuqtai nazardan tahlil etilganda tushuncha mazmunini kengroq,
batafsil yoritish taqozo etiladi. Zero, “ijtimoiy tus olish” aynan natijani ifodalashga xizmat qiladi.
SHaxsning ijtimoiylashuvida va aynan pedagogik talqinda natijadan avval jarayonning mohiyati,
uning kechishini o‘rganish, tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Darhaqiqat, shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiy, psixologik va pedagogik omillarning

ta’siri muhim ahamiyatga ega. Biroq, bizning nazarimizda R.S.Nemovdan farqli ravishda shaxs
ijtimoiylashuvida uning psixologik funksiyalari takomillashuvi muhim ekanligini inkor etmagan
holda globallashuv sharoitida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarning
o‘zlashtirilishi, dunyoqarashning boyishi etakchi o‘rin tutishini qayd qilmoqchimiz.

Ijtimoiy munosabatlar murakkab, keng qamrovli bo‘lish bilan birga ma’lum ko‘nikmalarga

egalikni ham talab etadi. Shu sababli bugungi kunda bolalarni ijtimoiy munosabatlarga
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ijtimoiy
munosabatlarga tayyorlash ham aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon, ham pedagogik
faoliyatning bir ko‘rinishi sifatida tarbiyachilardan mutaxassislik, pedagogik, psixologik va
metodik bilimlar, muayyan darajadagi ish tajribasi, boy dunyoqarash hamda kasbiy sifatlar
(bolalarni seva olish, ularning shaxsini hurmat qilish, bag‘rikenglik, mehribonlik, ularni tushuna
olish, yordamga tayyorlik va boshqalar)ga ega bo‘lishni taqozo etadi.

“Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalarini ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashga

yo‘naltirilgan pedagogik jarayon samaradorligini quyidagi mezonlar yordamida aniqlash mumkin:

1. Talabalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil

etishga oid nazariy bilimlarga egaliklari.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

310

2. Talabalarning tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy moslashtirish borasidagi amaliy

ko‘nikma va malakalarga egaliklari.

3. Talabalarning oilalarga metodik yordam ko‘rsata olish qobiliyatiga egaliklari.
4. Talabalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil

etishga nisbatan ijodiy yondasha olishlari.

Yuqorida bildirilgan fikrlar “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalarini ijtimoiy-pedagogik

faoliyatga tayyorlash jarayonining umumiy mohiyatini yorituvchi quyidagi andozani ishlab
chiqishga imkon berdi.

Demak, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriluvchi

ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayoni ko‘lam jihatidan keng, bir necha yo‘nalishdan iborat bo‘lib,
alohida kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishni taqozo etadi. Mazkur jarayonni samarali tashkil etilishi
uning metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida
bo‘lajak mutaxassislar (maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari)ni tayyorlashda ushbu
masalaga jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1.

Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston

davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi–
T: O‘zbekiston, 2016. - 56 b.

2.

Karimov I.A.Barkamol avlod orzusi /Tuzuvchilar Sh.Qurbonov, H.Saidov,

R.Ahliddinov. Nashr uchun mas’ul: T.Risqiev. – Toshkent: Sharq NMK Bosh tahririyati,
1999. – 42-bet.

3.

O‘quvchi shaxsini shakllantirish /Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov.

Nashr uchun mas’ul J.G‘.Yo‘ldoshev. – Toshkent: “Ma’rifat-Madadkor”, 2000. – 10-bet.

4.

Mudrik A.V. Osnovы sotsialnoy pedagogiki. – M.: ACADEMA, 2006. – S. 102.

5.

Falsafa. Qisqacha izohli lug‘at // Mas’ul muharrir A.Jalolov. – Toshkent: Sharq

nashriyot-matbaa kompaniyasi Bosh tahririyati, 2004. – 173-bet.

6.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli. Ikkinchi jild. Ye–M.–Toshkent: “O‘zbekiston

milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 178-bet.























Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi– T: O‘zbekiston, 2016. - 56 b.

Karimov I.A.Barkamol avlod orzusi /Tuzuvchilar Sh.Qurbonov, H.Saidov, R.Ahliddinov. Nashr uchun mas’ul: T.Risqiev. – Toshkent: Sharq NMK Bosh tahririyati, 1999. – 42-bet.

O‘quvchi shaxsini shakllantirish /Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. Nashr uchun mas’ul J.G‘.Yo‘ldoshev. – Toshkent: “Ma’rifat-Madadkor”, 2000. – 10-bet.

Mudrik A.V. Osnovы sotsialnoy pedagogiki. – M.: ACADEMA, 2006. – S. 102.

Falsafa. Qisqacha izohli lug‘at // Mas’ul muharrir A.Jalolov. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kompaniyasi Bosh tahririyati, 2004. – 173-bet.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli. Ikkinchi jild. Ye–M.–Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 178-bet.