Mualliflar

  • Umidaxon Xakimova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Umidaxon Xakimova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogik instituti  Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86323

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim vaqt tushunchasi

Annotasiya

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt haqidagi tasavvurni shakllantirish ularning kundalik faoliyatini rejalashtirish, intizomli bo‘lish hamda maktab ta’limiga tayyorlanishda muhim ahamiyatga ega ekanligi. Vaqtni anglash bolaning tafakkuri va nutqining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi yoritilib berilgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

266

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VAQT HAQIDAGI

TASAVVURLARNI UYG‘OTISH

Andijon davlat pedagogik instituti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi

Xakimova Umidaxon

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15230613

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt haqidagi

tasavvurni shakllantirish ularning kundalik faoliyatini rejalashtirish, intizomli bo‘lish hamda
maktab ta’limiga tayyorlanishda muhim ahamiyatga ega ekanligi. Vaqtni anglash bolaning
tafakkuri va nutqining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi yoritilib berilgan.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim, vaqt tushunchasi, vaqt birliklari, didaktik o‘yinlar,

interaktiv metodlar, pedagogik kuzatuv, soat va taqvim, bolaning tafakkuri, vaqtni rejalashtirish.

Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu

borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha
ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”,“Ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha
ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga
oid masalalarni hal etish nazarda tutilgan.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu

paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va o‘quv tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan
davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun vaqt tushunchasi mavhum bo‘lib, uni anglash va o‘zlashtirish ko‘p vaqt va
to‘g‘ri yondashuvni talab etadi. Vaqtni to‘g‘ri idrok etish bolaning kundalik hayotini rejalashtirish,
tartib-intizomni saqlash va maktab ta’limiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim rol o‘ynaydi. Shu
sababli, maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt haqidagi tasavvurni shakllantirish ta’lim
jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bolalarda vaqtni anglash qobiliyatining shakllanishi tafakkur, nutq va mantiqiy

fikrlashning rivojlanishiga yordam beradi. Vaqt tushunchasini o‘rgatish orqali bolalar: Kundalik
vaqt birliklarini (tong, kun, kechqurun, tun) farqlashni o‘rganadilar. Soat va taqvim kabi vaqtni
o‘lchash vositalaridan foydalanishni boshlaydilar. Vaqtni rejalashtirish va o‘z faoliyatini tartibga
solish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

Bolalarda vaqt tushunchasini shakllantirishda quyidagi usullardan foydalanish samarali

hisoblanadi:

1. Didaktik o‘yinlar: “Soatni top”, “Qaysi vaqt?”, “Taqvim o‘rganamiz” kabi o‘yinlar

yordamida bolalar vaqt birliklarini o‘rganadilar.

2. Interaktiv metodlar:
Soatlar, taqvimlar, ertaklar yordamida vaqt tushunchasini bolalarga yetkazish.Multfilmlar

va hikoyalarda vaqt o‘tishini ko‘rsatish orqali tushunishni mustahkamlash.

3. Pedagogik kuzatuv:
Bolalarning kun davomidagi faoliyatlarini kuzatib, vaqtni qanday idrok etayotganini

aniqlash.

4. So‘zli tushuntirish va suhbatlar:
Vaqt haqida oddiy suhbatlar olib borish, masalan, “Biz ertalab nima qilamiz?”,

“Tushlikdan keyin nima qilamiz?” kabi savollar yordamida bolalarni fikrlashga undash. Bolalarda
matematik tushunchalarni shakllantirishda bolaga alohida yaqindan yondashish ahamiyatga
egadir. Tarbiyachi guruh bilan ko‘pincha frontal ish olib boradi. Ushbu frontal ish yutuqlar bilan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

267

birga, kamchiliklarga ham egadir. Bolalarning faoliyati uchun bir xil sharoit

yaratilganligi va vazifani bajarish imkoniyatlari bolalarda har xil bo‘lganligi sababli materialning
o‘zlashtirilishi ham har xil bo‘ladi. Frontal yondashish bolalarning axborot xazinasini to‘liq
e’tiborga olishga imkoniyat bermaydi, chunki ular turli bilim qiziqishlariga, qobiliyatlariga va
layoqatlariga ega. yordam berish bilan qo`shib olib boriladi, bunga xatolarni tuzatish ham
qo`shiladi. Tarbiyachi bolalar bilan bajariladigan yakka va jamoa ishlari jarayonida xatolarni
tuzatishni amalga oshiradi

Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt tushunchasini shakllantirish ularning tafakkuri va

intizomini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘yin, interaktiv metodlar va pedagogik
yondashuvlar orqali bolalar vaqtni to‘g‘ri idrok etishni o‘rganadilar va kundalik hayotda uni
qo‘llay boshlaydilar. Vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish ko‘nikmasi esa ularning kelgusidagi ta’lim
jarayoniga tayyorgarligini kuchaytiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirlar mahkamasining

“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 802-sonli qarori
2020-yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi PQ-4312-sonli 2019-yil

3.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi

maktabgacha ta’lim agentligining “Maktabgacha taʼlim agentligi tizimi xodimlari asosiy
lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 124-son buyrug‘i, 2023-yil

4.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni

O‘RQ–637, 2020-yil

5.

Qodirova. N. R. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI

RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-111.


























Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirlar mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 802-sonli qarori 2020-yil.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi PQ-4312-sonli 2019-yil

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta’lim agentligining “Maktabgacha taʼlim agentligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 124-son buyrug‘i, 2023-yil

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni O‘RQ–637, 2020-yil

Qodirova. N. R. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI

RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-111.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари