Mualliflar

  • Muhabbat Yaqubova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Muhabbat Yaqubova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti  Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86332

Kalit so‘zlar:

Pape-mashe maktabgacha ta'lim ijodiy rivojlanish

Annotasiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni ijodiy rivojlanishiga yondashishda pape-mashe  texnologiyalarining ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada, pape-mashe texnologiyasining amalyotdagi holati hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar haqida bayon etilgan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

245

MAKTABGA TAYYORLOV GURUH TARBIYALANUVCHILARINI PAPE

MASHE TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA IJODIY RIVOJLANISHINI

SHAKLLANTIRISHNING NAZARIYA VA AMALIYOTDAGI HOLATI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

Yaqubova Muhabbat Dilshodbekovna

yaqubovamuhabbat90@gmail.com

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15230299

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni

ijodiy rivojlanishiga yondashishda pape-mashe texnologiyalarining ahamiyati o‘rganilgan.
Maqolada, pape-mashe texnologiyasining amalyotdagi holati hamda yo‘l qo‘yilayotgan
kamchiliklar haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Pape-mashe, maktabgacha ta'lim, ijodiy rivojlanish, tarbiyalanuvchilar,

texnologiyalar, atrofdagi olam, o‘quv o‘yinlari va o‘yinchoqlar, pedagogik yondoshuvlar.

Hozirgi kunda ilmiy manbalarda, ota-onalar o‘rtasida, hatto pedagoglar orasida maktabga

tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari egallashi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning ko‘p ekanligi haqida
fikrlar yuritilmoqda.

Haqiqatan ham, maktabgacha ta’lim tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ta’lim jarayonidagi

murakkabliklar tufayli ayrim bolalarda qiziqishlar so‘nib borayotganini guvoxi bo‘lmoqdamiz.
Ular olamni o‘z imkoniyatlari darajasida ko‘radilar. Maktabga tayyorlov guruh
tarbiyalanuvchilarida o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonch hissi qanchalik to‘g‘ri, sog‘lom va
tabiiy shakllantirilgan bo‘lsa, u keyingi bosqich maktabda sifatli ta’lim olishi yanada osonlashadi.
Bu o‘rinda bolalar uchun muhim sanalgan bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalaridan biri
bu – ijodiy rivojlanish hisoblaniladi.

Ijodiy rivojlanish

bolaning yangi g‘oyalar yaratishi,

muammolarni yangi usulda hal qilish imkoniyatlari va shu bilan birga o'zining ijodiy
imkoniyatlarini rivojlantirish jarayonidir.

Bola ijodiy rivojlanishi olamni anglashidagi muhim

bo‘g‘ini sanalinadi, bolaning ijodiy olamga bo‘lgan qiziqishi aniqlanishi natijasida layoqatlari,
iste’dodlari rivojlana boradi. Shuning uchun ijodiyot olamiga bolalarni olib kirish zarur
sanalinadi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari, olamni anglash va bilish

jarayonida, o‘z imkoniyatlarini sarhisob qilib, o‘ziga bo‘lgan ishonch hosil qilish jarayoniga
nisbatan ijodiy rivojlanish shakllantirilgan bo‘lsagina, bolalarda barcha ta’lim, shaxs shakllanishi
ijobiy amalga oshiriladi.

Ammo hayotda ko‘p hollarda boladagi qiziqishlari, intilishlar, layoqatlar bilan amaldagi

belgilangan qat’iy tartib o‘rtasida keskin ziddiyatlar yuzaga keladi. Bolaning boshqa soxaga
bo‘lgan qiziqishi tufayli kattalar tomonidan belgilab qo‘yilgan majburiyatlarni qoniqarli tarzda
bajara olmaydi. Ya’ni rasm chizishni yaxshi ko‘rgan bola kattalarning buyruqlari tufayli dutor
chalishni ijobiy o‘rgana olmaydi. Ikkinchi tomondan esa bolaga nisbatan “bilishing kerak”,
“o‘rganishing kerak”, “doimo birinchida bo‘lishing kerak”, “orqada qolma” kabi talablari
qo‘yiladi. Natijada ikki xil istak o‘rtasida qattiq kurash ketadi. Manashu kurash jarayonida bola
hohlamagan tarzda o‘ziga ishonchsizligi rivojlanib ma’nan qaram insonga aylanib qoladi. Bu esa
bolaga bo‘lgan kuchli talab bolani ruxiyati sinishiga ham olib keladi. Bolaning biror narsani sitqi
dildan bajarishi yaratayotgan narsalariga kreativ yondashishi bu tarbiyalanuvchining kelajagini
belgilab qo‘yuvchi omil sanalinadi.

Mana shu jarayonlarda ziddiyatlarni osonlashtirib bolani olamga bo‘lgan qiziqishini

oshiruvchi jarayon –

ijodiy rivojlanishinidir.

Olimlar maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarida ijodiy faollikni

rivojlantirishga yordam beruvchi omillar tajriba jarayonida o‘rganilishi natijasida quydagi
xulosaga keldilar.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

246

Atrofdagi olam

Bolarga atrofingizdagi hamma narsa – odamlar, mashinalar,

binolar, tabiat haqida so‘zlashish juda ham yoqadi. Bu bolaning nutqini, xotirasini, tasavvurini
rivojlantirishga yordam beradigan va umuman olganda, bolaning ko‘plab shaxsiy xususiyatlarini
shakllantirishda muhim nuqta bo‘lgan kattalar va bola o‘rtasidagi aloqa vositasi sanalinadi.

O‘quv o‘yinlari va o‘yinchoqlar

Bolalar ijodiy rivojlanishida o‘yin faoliyatining o‘rni

beqiyos sanalinadi va tasavvur olami kengayib boradi, muammolarni mustaqil hal qilishni
o‘rganadi va fikrlarini erkin bayon eta olishga yordam beradi. O‘yinlar orqali bolalar yangi
g‘oyalar yaratish, xayoliy dunyo qurish va turli tuman rollarda o‘zlarini sinab ko‘radilar. Bu
jarayon orqali bolalar kreativ fikrlashini, mantiqiy yondashuvni va o‘ziga bo‘lgan ishonchini
oshirib boradilar.

Pedagogik yondoshuvlar:

Bolalarning ijodiy rivojlantirishda tarbiyachilar va

pedagoglarning roli katta. Ijodiy o‘qitish yondoshuvlarini amalga oshirish, bolalarga yangi
ko‘nikmalarni egallashda erkinlik berish va ularni o‘z qobiliyatlarini kashf qilishga undash kerak.
Tarbiyachilar ijodiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi, quvnoq va qiziqarli muhit yaratishlari zarur
sanalinadi

.

Tayyorlov guruh tarbiyalanuchilari o‘zining ko‘p qirrali ijodiy layoqatlarini namoyon etish,

ko‘rsatish, rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etish, ijodiylik jihatidan shaxsiy realizatsiyasini amalga
oshirishga bo‘lgan ishtiyoq juda yuqori bo‘ladi. Har bir 6-7 yoshgacha bo‘lgan bolada tabiiy
ravishda o‘z “Men”ini namoyon qilishga harakat bo‘ladi va mana shu harakat ko‘p hollarda ijodiy
rivojlanishini ko‘rsatib berish orqali vujudga keladi. Bolada ijodiy rivojlanishini kurtaklari ilk
iste’dod namunalarini anglash, pape mashe texnologiyasi asosida yasash va qog‘ozdan yasalgan
buyum va o‘yinchoqlarni ko‘rish orqali mehnatga o‘rganish, o‘z qobilyatini rivojlanishi uchun
harakatda bo‘lish tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsata olish, tengdoshlari ichida ijtimoiy makonda
o‘z o‘rniga ega bo‘lish va ijodiy rivojlanishinilarini namoyon etish orqali o‘z ijtimoiylashuvini
ta’minlash orqali kechadi. Mana shu jarayonlar esa maktabgacha ta’lim faoliyati jarayonida sodir
bo‘ladi. Binobarin, maktabgacha ta’lim tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilariga pape mashe
texnologiyalari asosida ijodiy rivojlanishini shakllantirish uchun mana shu ikki uzviy bog‘liq
makondagi maqsadli pedagogik faoliyat talab etadi.

Ijodiy qobiliyat asosida tarbiyalanuvchilarda shakllanadigan fazilatlar to‘plami kelajakda

uning qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, har qanday kasbiy faoliyatda unga yordam beruvchi
va ijodiy yondashuvini ta’minlaydigan asos bo‘ladi. Shunga ko‘ra, maktabga tayyorlov guruhida
pape mashe mashg‘ulotlari badiiy-estetik tafakkur, dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltiriladi
va bolalarda parallel ravishda pape mashe buyumlarini yasash, turli shakllar yarata olish, uni
shaxsan amaliy ko‘rsata olish, yasagan buyumlaridan huzurlana olish, ulardan o‘ziga psixo-
emotsional quvvat olishni bilish, pape mashe texnologiyasi asosida yasalgan o‘yinchoq vq
buyumlar haqida fikr yuritish orqali o‘z faoliyatida muammo, tashvish, konflikt vaziyatlar,
murakkabliklarga yo‘l topa olishda namoyon bo‘ladi.

Shunga ko‘ra, pape-mashe texnologiyalari asosida ijodiy rivojlanishni rivojlantirishda san’at

turlarining uyg‘unligi qatorida, nazariy bilimlar va amaliyotning muvofiq tarzda mutanosib
shakllantirilishi, bolani buyum va o‘yinchoqlar yasashga o‘rgatish barobarida pape-mashe
texnologiyalari asarlarini yaratish, ulardan zarq ola bilish, pape mashe asarlarini tushunish va
baholay olishni o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Maktabga tayyorlov guruh
tarbiyalanuvchilaridan pape mashe texnologiyalari asosida ijodiy rivojlanishini shakllantirishning
amaliy ahvolini tahlil qilish quyidagi nomuvofiqliklar, qarama-qarshiliklar, amaliyot bilan nazariy
talablar o‘rtasidagi farqlarning mavjudligini ko‘rsatdi:

- Nazariy jihatdan

pape-mashe texnologiyalari bolalarning ijodiy qobilyatlarini

rivojlantirishda samarali vosita hisoblaniladi. Ammo amaliyotda bu texnologiyaning qo‘llanilishi
ko‘pincha qiyinlashadi. Pedagoglar va tarbiyachilar ushbu texnikani to‘g‘ri va samarali ishlatish
bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasliklari mumkin. Natijada, bolaning ijodiy
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ijodiy va amaliy faoliyatlar to‘liq amalga oshirilmaydi.

-Pape-mashe texnologiyasi orqali ijodiy faoliyatni tashkil etish uchun pedagoglarning

maxsus malakasiga ehtiyoj bor. Biroq, amaliyotda pedagoglarning ushbu texnologiyaga doir


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

247

tajribalari yetishmasligi mumkin. Bu, o‘z navbatida, bolalar uchun mazmunli va

samarali ijodiy faoliyatlarni tashkil etishda muammo tug‘dirishiga sabab bo‘ladi;

-Bola ijodkorligini shakllantirishda uning individual xususiyatlari, qobiliyatlari va

qiziqishlari hisobga olinishi zarur. Ammo amaliyotda, ko‘pincha barcha bolalar uchun yagona
yondashuv qo‘llanadi. Pape-mashe texnologiyasini turli yoshdagi va turli rivojlanish bosqichidagi
bolalar uchun moslashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi;

-Amaliyotda tarbiyachilar ko‘pincha bolalarga tayyor yechimlar yoki aniq ko‘rsatmalar

berishadi, bu esa bolalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish o‘rniga, ularning o‘z fikrlarini erkin
ifodalashlariga to‘sqinlik qilishi mumkin. Pape-mashe texnologiyasi orqali ijodiy rivojlanishini
rivojlantirishda bolalar o‘z qo‘llari bilan ishlash, yangi shakllar yaratish va ijodiy yondoshuvlarni
sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak;

Dunyo miqyosida bolalar ijodiy rivojlanishi va kreativligini o‘stirish va ta’minlash bo‘yicha

yuzlab yangi metodikalar amaliyotga joriy etilayotganligi, kreativlik, pape mashe
texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganligi, maktabgacha ta’lim jarayonida bolalar
ijodiy rivojlantirishida pape mashe texnologiyalari asosida qobilyatlarini rivojlantirish va
shakllantirishga bo‘lgan ilmiy e’tiborning kattaligi, biroq milliy ta’lim tizimida dunyo tajribasini
tanqidiy va ijodiy o‘rganib, uni milliy ta’lim tizimiga tadbiq qilinishi asoslari yaratilmaganligi
kabilarni qayd etish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi 4-fevral 2022-yil.
2. Выгoтский Л.С. Психoлoгия искусствa (idem, pdf)/ Oбщ. ред. В.В.Ивaнoвa, кoммент.

Л.С.Выгoтскoгo и В.В.Ивaнoвa, вступит. ст. A.Н.Леoнтьевa. 3-е изд. – М.: Искусствo, 1986.
– 573 с.

3. Qodirova. N. R. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI

RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-111.


























Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi 4-fevral 2022-yil.

Выгoтский Л.С. Психoлoгия искусствa (idem, pdf)/ Oбщ. ред. В.В.Ивaнoвa, кoммент. Л.С.Выгoтскoгo и В.В.Ивaнoвa, вступит. ст. A.Н.Леoнтьевa. 3-е изд. – М.: Искусствo, 1986. – 573 с.

Qodirova. N. R. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI

RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-111.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари