MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
150
IJTIMOIYLASHTIRISH OMILLARI VA MEXANIZMLARI
Andijon davlat pedagogika institute
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
104-guruh talabasi B.Muxtorova
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226972
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ijtimoiylashtirish jarayonining mohiyati,uning asosiy
omillari va mexanizmlari tahlil qilinadi. Ijtimoiylashtirish- shaxsning jamiyatga moskashuvi,
ijtimoiy normalar, qadriyatlar va madaniny me’yorlarni o’zlshtirish jarayoni hisoblanadi.
Maqolada ijtimoiylashtirishning oilaviy, ta’lim, tengdoshlar guruhi va ommaviy axborot kabi
omillar hamda identifikatsiya, intekektuallashuv lohihalash va boshqa shu kabi maxanizmlar
yoritiladi.Ushbu mexanizmlar orqali shaxsning muhitga integratsiyasi va undagio’z o’rnini topish
tahlil qilinadi
Kalit so’zlar
: Ijtimoiylashtirish, omillar, mexanizmlar, identifikatsiya, refleksiya,
loyihalash, mezo, makro, mikro, mega, empatiya, impiringting, ekzistensial, reklektsiya.
Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p
sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar
omil deyiladi. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo’linadi:Tashqi omillar va ichki omillar.
Tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
Mega omillar (mega-eng katta)-kosmos, yer shari, planetlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan
jarayonlarni kiritsa bo‘ladi.
Makro omillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat, shuningdek bularga demografik,
ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan
omillar kiritiladi.
Mezo omillar (mezo-o‘rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu
submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari.
Mezo omillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning
OAVlariga ta’sir qiladi.
Mikro omillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillarga -oila, qo‘shnilar,
tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlari
kiradi.
Ichki omillar:
Shaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki
mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud.
Ularni bir- biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs
rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko‘rsatiladi.
Ijtimoiylashuv jarayoniga samarali ta’sir qiluvchi va bu jarayonlarni faollashishida
mexanizmlar muhim rol o‘ynaydi.
Mexanizm bu
–harakatga keltiruvchi turtki, kuch hisoblanadi,
ijtimoiylashuv jarayonida turtki vazifasini bajaradi. Ijtimoiylashuv jarayoni mexanizmlarini bir
qator olimlar o‘rganib chiqqanlar. Shulardan I.Podlasiyning tasnifi bo’yicha mexanizmlar:
1.
Bostirish mexanizmi:
Hohish istaklarni, g’oyani, fikrni ongdan chiqarib tashlash.
Masalan:
Bolani ongidan salbiy istak-g‘oyalarni ularning ongidan chiqarib tashlash ya’ni
kattalarni hurmat qilmaslik, salom bermaslik, mashinalarda yoshi kattalarga joy bermaslik va shu
kabilar.
2.
Ajratish mexanizmi:
Yomon taassurotlardan voz kechish, xotiralardan kechish.
Masalan:
Biror yoqtirgan o’yinchog’ining buzilishi natijasida bola tushkunlikka tushadi
pedagog esa o’yin davomida bolani chalg’itib tushkunlikdan olib chiqishi kerak.
3.
O’z-o’zini
cheklash
mexanizmi:
Bolani
o’ziga
bo’lgan
ishonchini
pasayishi,’’men’’konsepsiyasining yo’qolib borishi.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
151
Masalan:
boshqa bolalar bilan o’zini taqqoslash,boshqalar singari zo‘r she’r
ayta olmasligi, o‘rtoqlari kabi raqsga tusha olmasligi va boshqalar bolani o‘ziga bo‘lgan ishonchini
yo‘qolishiga olib keladi.
4.
Loyihalash mexanizmi:
O’z kamchiliklarini boshqalardan deb hisoblash. O‘zini aybini
birovga to’ngash.
Masalan:
Bola rasm chizib, u unchalik chiroyli chiqmasa,’’Bu bo’yoqlar yaxshi emas ekan,
shuning uchun rasmlarim chiroyli chiqmadi,’’deydi, lekin o’zining chizish mahoratini
takomillashtirish zarurligini tan olmaydi.Ota-onasidan, tarbiyachidan tanbeh eshitmaslik uchun
o’zi sindirgan o’yinchoqni boshqalardan deb hisoblashi ham mumkin.
5.
Identifikatsiya mexanizmi:
Bola hayolan o’zini qahramonlarga o’xshatish.
Masalan:
Farzand ota-onasi yoki katta aka-opalariga taqlid qilib, ularning xulq- atvorini
qabul qiladi. Masalan, ota-onasi o’qituvchi bo’lsa, bola ham o’zini kelajakda o’qituvchi sifatida
his qila boshlaydi. O’zini o’rgimchak odamga o’xshatish va qo‘llarini har xil shakllarga keltirish
va boshqalar.
6.
Empatiya mexanizmi:
O’rtoqlarini, do’stlarini hissiy holatlariga hamdard bo’lish.
Masalan:
Bola o’rtog’ini dardiga hamdard bo’ladi lekin ba’zi paytlarda nimaga
yig’layotganini va nima sababadan kulayotganini bilmay birgalashib kulishadi va yig’lashadi.
7.
Intelektuallashuv mexanizmi:
bu mexanizmda pedagoglarning ro‘li juda muhim yani
biron bir vaziyatda bolaning o’rtoqlari singari muammolariga yechim topish.
Masalan:
Bolalar bog’chada o’ynayotib, to’p panjara yoki daraxt shoxiga tiqilib qoladi, bir
bola uni qo‘li bilan olishga harakat qiladi, lekin yeta olmaydi. Shu paytda tarbiyachi tayoqcha yoki
uzun shox yordamida uni tushirish mumkinligini ko‘rsatib beradi. U esa kuzatib xuddi shu usulni
qo’llab, muammoni hal qiladi
8.
Harakatlarni bekor qilish
mexanizmi:
Fikr, hissiyot, harakatlarini susaytirish uchun
qo’llanadi.
Masalan:
biror ish qilayotganda o’zini fikrlashi bo’yicha zo’r chiqayotgan bo’ladi, lekin biz
o’z qarashlarimiz bo’yicha past baho beramiz va shu tariqa bola harakatlari susayadi.
Mudrikning tasnifiga bo’yicha mexanizmlar:
1.I
mpiringting mexanizmi;
xotirada saqlab qolish degan manoni bildiradi.insonga ta’sir
qiladigan hayotiy muhim obyektlarni eslab qolish.
Masalan:
Bola har kuni bog’chaga boradigan yo’ni eslab qolib,ota-onasiga:’’Mana bu
yo’ldan yuramiz,keyin bog’chaga yetib boramiz,’’deb ayta oladi. Bola bog’chada tug’ilgan kunini
qanday nishonlaganini yoki do’sti bilan qanday o’yin o’ynaganini eslab keyinchalik do’stlariga
aytib berishi mumkin.
2.
Ekzistensial mexanizm:
tilni o‘zlashtirish hamda ijtimoiy xulq atvor normalariga
anglamagan holda ega bo’lish.
Masalan:
har hil so’zlarni kattalardan o’zi bilmagan holda yodlab olish va u so’zni to‘g‘ri
kelmaydigan joylarda ishlatish.
3.
Taqlid maxanizmi:
biror bir namunaga o’xshab harakat qilish.
Masalan:
kichkina qiz onasining harakatlariga taqlid qilib, o’yinchoq qo’g’irchoqlarini
ovqatlantirishga harakat qiladi, kichkina bola otasiga taqlid qilib o’yinchoq mashinasini
“ta’mirlashga’’urinadi yoki “ishga ketyabman” deb chamadon ko’tarib yuradi yokida o’zini
multfilm qahramonlariga o’xshatadi, jo’ja kabi ‘’piyo-piyo’’ qilib yuradi
4.
Reflektsiya mexanizmi
:o’z –o’zini tahlil qilish,o’z hatti-harakatlarini tushunib yetish.
Masalan:
Bola kublardan minoralar qurayotganda noto’g’ri joylashtirib, uni qulatib
yuboradi. Keyin o’ylab ko’rib: “Men pastiga katta kub qo’yishim kerak ekan!” deb xatoni tuzatadi.
Bolani kamol topishida, shaxs bo‘lib yetishishida ijtimoiylashuv jarayoni muhim rol
o‘ynaydi. Jamiyat qabul qilgan qarorlarni o‘zlashtirish, ijtimoiy tajriblarani egallash jarayoni
orqali sodir bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
152
1. Mo‘minova, G. (2023). Maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyachilarining
umummadaniy kompotensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari. Science and innovation in the
education system, 2(2), 122-126.
2. Gulhayo, M. (2023). Technologies for development of general competences of preschool
teachers. Science and Innovation, 2(4), 632-634.
3. Iminova D. (2024). Innovativ loyihalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish
motivatsiyasini rivojlantirishning mazmuni. Экономика и социум, (5-2 (120)), 266-274.
4. Iminova, D. N. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasidagi
hamkorlikning ahamiyati. Science and Education, 2(1), 301-303.
5.
Xusanovich,
M.
O.
(2024,
November).
MAKTABGACHA
TA’LIM
MUASSASALARIDA
TADBIRKORLIK
MADANIYATIGA
O
‘RGATISH.
In
INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE
(Vol. 3,
No. 25, pp. 16-18).
6.
Mirzayev, O. (2023). ЕRTАK-TЕRАPIYАSI VА TАDBIRKОRLIK MАDАNIYАTI
ЕLЕMЕNTLАRINING
INTЕGRАTSIYАSINI
TА’MINLАSHNING
MЕTОDIK
TIZIMI.
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
,
2
(25), 92-
94. https://orcid.org/0009-0004-8134-3925 ORCID
7.
Khusanovich, T. M. O. DEVELOPING STEAM COMPETENCIES IN OLDER
PRESCHOOLERS.
