Mualliflar

  • Mukarramoy Xo`jabekova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Mukarramoy Xo`jabekova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta`lim kafedrasi  katta o`qituvchisi, Jalaquduq tumani, 1-umumta`lim maktabi o`qituvchisi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86398

Kalit so‘zlar:

Oliy ta`lim mutaxassislikka kirish

Annotasiya

Ushbu maqolada Mutaxassislikka kirish fani, fanni oliy ta`limda o`qitilishi, fanlar blokidagi o`rni va ahamiyati, fanning maqsadi, vazifalari va talabalar uchun qay darajada muhimligi ochib berilgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

104

MUTAXASSISLIKKA KIRISH FANINI OLIY TA`LIMDAGI O`RNI

Andijon davlat pedagogika instituti,

Maktabgacha ta`lim kafedrasi

katta o`qituvchisi.

Mukarramoy Xo`jabekova,

Maktubaxon Rahmatullayeva

Jalaquduq tumani,

1-umumta`lim maktabi o`qituvchisi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15226682

Anotatsiya:

Ushbu maqolada Mutaxassislikka kirish fani, fanni oliy ta`limda o`qitilishi,

fanlar blokidagi o`rni va ahamiyati, fanning maqsadi, vazifalari va talabalar uchun qay darajada
muhimligi ochib berilgan.

Kalit so`z:

Oliy ta`lim, mutaxassislikka kirish, mutaxassis, islox qilish, ilg`or tajriba, kreativ

texnologiya, fanlar bloki, o`quv reja, pedagog, qobiliyat, mahorat, texlogiya, metod.

Bugungi globallashuv davrida dunyo miqyosida ilm-fan va uning rivojlanishiga

qaratilayotgan e`tabor hammamizga ma`lum. Hususan, respublikamizda ham ta`lim sifatini
rivojlantirish va jahonning ilg`or tajribalarini o`rganish va ulardan oqilona foydalanish muhim
vazifadir. Masalan, Oliy ta`lim tizimini tubdan islox qilishga oid bir qancha qaror va farmonlar
qabul qilindi. [1] Aynan ushbu qarorlarning ijrosi sifatida oliy ta`lim muassasalarida
“Mutaxassislikka kirish” fanining o`qitilishini o`rganib chiqdik.

Mutaxassislikka kirish fani birinchi kurs talabalariga o‘quv yurtlarining qisqacha tarixiy

taraqqiyoti, ularning tuzilishi va vazifalari, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o‘qitish
jarayonining asosiy shakllari, o‘quv rejasining mazmuni, ilmiytekshirish ishlari, o‘quv va ilmiy
ishlarni bajarishda texnik vositalardan foydalanish, talabalarni huquq va burchlari, talaba
trayektoriyasi va mustaqil ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, kitob bilan ishlash, bibliografiya texnikasi
kabilar bilan tanishtiradi. [2] Ushbu kursda o‘quv materiallarning o‘zlashtirilishi uchun nimalar
qilinishi lozimligi, o‘zlashtirishni hisobga olish, talabalarni nazoratlarga tayyorlash hamda ularni
o‘tkazishni tashkil etish, talabalar o‘quv tadqiqot va ilmiy tekshirish ishlarining asosiy mazmuni,
ularning turmushi, madaniyati va dam olishini tashkil etish, o‘quv mehnati va turmush nafosati
singari sohalarga ham alohida o‘rin ajratiladi.

«Mutaxassislikka kirish» fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. «Mutaxassislikka

kirish» fanining xususiyatlari shundan iboratki (uni qo‘llash haqida gap ketganda), u tizimli,
analitik, daliliy, ixtisoslashgan, umumlashtiruvchi, uslubiy, jamlovchi, vaqtinchalik,
tekshiriladigan va ochiqdir. Aslida fan – nazariy dalillar haqida bilimlarni amalga oshirish va hosil
qilish uchun ilmiy va mantiqiy mezonlarga ega bo‘lgan usul. Ilmiy sohada rasmiy, tabiatshunoslik,
ijtimoiy fanlar mavjud. Ijtimoiy fanlar tarkibiga: pedagogika, psixologiya, jamiyatshunoslik
(sotsiologiya), tarix va iqtisodiyot kiradi. [3]

Ta’lim va tarbiya «Mutaxassislikka kirish» fanining asosiy tushunchalari hisoblanadi.

Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga
tayyorlashning asosiy vositasi sanaladi. Ta’lim jarayonida ma’lumot olinadi va tarbiya amalga
oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi o‘quv
yurtlarida o‘qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ma’lumot berish
jarayonini ham bildiradi. Ta’limning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy
taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy ma’lumotga bo‘lgan ehtiyoj,
kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi pedagogik g‘oyalarga qarab kishilik jamiyati
taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’limning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllarini o‘zgartirib
boradi. Ta’lim mohiyati – e‘tibori bilan dars berish jarayonini, ya’ni pedagog (o‘qituvchi)
faoliyatni, umuman o‘quvchining bilish, o‘rganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda o‘quv
jarayonini, ya’ni o‘quvchi faoliyatini bildiradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

105

Ta’limning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda o‘zgarib borgani

kabi, ta’limning xarakteri, yo‘nalishi ham uning maqsadiga muvofiq o‘zgarib boradi. [5] Ta’lim
dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Ta’lim shaxsda bilish
qobiliyatlarni, yuksak his-tuyg‘ularni, idrok va tafakkurni tarkib toptiruvchi kuchli omildir. Ta’lim
jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish – jamiyatning moddiy-texnika bazasini
yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, komil insonni tarbiyalashga yordam beradi.[6]
Ta’lim o‘quvchining bilish qobiliyatini o‘stiruvchi asosiy omildir. O‘quvchilar qobiliyatini
o‘stirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon bo‘ladi. [7] Didaktik
tamoyillarda ta’limning mazmuni va jarayonlariga qo‘yilgan talablar belgilanadi. Ta’limning
maqsadi va vazifalari ijtimoiy muhit, shuningdek, muayyan o‘quv yurtlari funksiyasiga muvofiq
tarixan o‘zgarib boradi.

FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RО`YHАTI

1.

О`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 08.10.2019 yildаgi PF-5847-sоn fаrmоnigа

аsоsаn оliy tа’lim tizimini 2030-yilgаchа rivоjlаntirish оliy tа’limni tizimli islоh qilishning ustuvоr
yо‘nаlishlаrini bеlgilаsh

2.

Mutаxаssislikkа kirish 1-qism [Mаtn] : dаrslik / Gulchеhrа Izbullаyеvа – Buxоrо:

Sаdriddin Sаlim Buxоriy, 2023.y.

3.

Mutаxаssislikkа kirish. Dаrslik / Xоlmаnоvа Z.Tоshkеnt.2022.y.

4.

R.T.Gаziеvа, X.N.Ismаtullаyеv, Ch.Оhunbоbоеvа.О`quv qо`llаnmа.

Tоshkеnt.2018.y.

5.

M.M.Xо`jаbеkоvа Аrt-tеrаpiyа,qо`llаnmа. Аndijоn.2024.y.

6.

Mominova,

G.

(2023).

MAKTABGACHA

TALIM

TASHKILOTLARI

TARBIYACHILARINING

UMUMMADANIY

KOMPOTENSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI. Science and innovation in the education system,
2(2), 122-126.

7.

Iminova D. (2024). INNOVATIV LOYIHALAR VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH

SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING
MAZMUNI. Экономика и социум, (5-2 (120)), 266-274.
























Bibliografik manbalar

О`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 08.10.2019 yildаgi PF-5847-sоn fаrmоnigа аsоsаn оliy tа’lim tizimini 2030-yilgаchа rivоjlаntirish оliy tа’limni tizimli islоh qilishning ustuvоr yо‘nаlishlаrini bеlgilаsh

Mutаxаssislikkа kirish 1-qism [Mаtn] : dаrslik / Gulchеhrа Izbullаyеvа – Buxоrо:

Sаdriddin Sаlim Buxоriy, 2023.y.

Mutаxаssislikkа kirish. Dаrslik / Xоlmаnоvа Z.Tоshkеnt.2022.y.

R.T.Gаziеvа, X.N.Ismаtullаyеv, Ch.Оhunbоbоеvа.О`quv qо`llаnmа.

Tоshkеnt.2018.y.