Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 255
SPORTCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGINI
OSHIRISHDA SPORT PSIXOLOGIYASINING O‘RNI
FarDU psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
Toshboltayeva Nodiraxon Ibrohimjonovna
FarDU Sport faoliyati fakulteti talabasi
Yakubov Bekzod
Abstract:
This article discusses the role of sports psychology in shaping the
emotional stability of athletes, its historical development, practical significance, and its
role in team sports. It also analyzes the necessary aspects of emotional stability for athletes,
its role in stress management, and self-confidence building on a scientific basis.
Annotatsiya:
Mazkur maqolada sportchilarning emotsional barqarorligini
shakllantirishda sport psixologiyasining o‘rni, uning tarixiy rivojlanishi, amaliy ahamiyati
hamda jamoaviy sport turlarida tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, sportchilar uchun
emotsional barqarorlikning zaruriy jihatlari, stressni boshqarish va o‘ziga bo‘lgan
ishonchni mustahkamlashdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
sport psixologiyasi, emotsional barqarorlik, stress, motivatsiya,
psixologik tayyorgarlik, jamoaviy ruhiyat.
Bugungi kunda sport psixologiyasi jismoniy tarbiya va sport sohasida muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni
ommalashtirish va sportchilarni xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini
ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda
sport psixologiyasi sportchilarning emotsional barqarorligini oshirishda muhim vosita
sifatida ko‘riladi.
Sport psixologiyasi XIX asr oxirlarida AQSHda murabbiylar tayyorlash maktablari
tashkil topishi bilan shakllana boshlagan. XX asrning 50-yillaridan boshlab u mustaqil fan
sifatida e’tirof etilib, Frenklin Xenri va Artur Sleyter Xemmellar kabi olimlarning ilmiy
izlanishlari bilan rivojlangan. 60-yillarda bu sohada qiziqish ortib, turli darsliklar va ilmiy
adabiyotlar chop etilgan.
Emotsional barqarorlik - bu shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish, stress ostida
xotirjamlikni saqlash va ijobiy ruhiyatda qolish qobiliyatidir. Bu sifat sportchilarga
musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va
jismoniy-ruhiy uyg‘unlikni saqlashda yordam beradi.
Emotsional barqarorlikning sportchilarga ta’siri.Stress ostida qaror qabul qilish –
musobaqalardagi tezkor vaziyatlarda hushyorlik bilan harakat qilish imkonini beradi.
Musobaqa natijalariga ta’siri – stressni boshqara olgan sportchi o‘z salohiyatini to‘liq
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 256
namoyon eta oladi. Motivatsiya va ishonchni saqlash – muvaffaqiyatsizlik holatida ruhiy
tiklanish imkonini beradi. Jismoniy va ruhiy uyg‘unlik – psixologik barqarorlik mushaklar
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sportchilarni psixologik tayyorlashda murabbiy va
psixologlar o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Suhbatlar, psixologik testlar va treninglar orqali
sportchilarning ruhiy holati tahlil qilinadi. Meditatsiya va vizualizatsiya kabi metodlar
sportchilarning stressga bardoshliligini oshiradi. Futbol, basketbol, voleybol kabi jamoaviy
sport turlarida ruhiy holat jamoaning umumiy faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shuning
uchun sport psixologlari o‘zaro ishonchni mustahkamlovchi mashg‘ulotlar orqali jamoa
ichidagi muvozanatni saqlashga xizmat qiladilar.
Xulosa qilib aytganda sport psixologiyasi sportchilarning emotsional barqarorligini
oshirish, stressni yengish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.
Psixologik tayyorgarlik sportchilarning nafaqat musobaqalarda, balki kundalik hayotda
ham muvaffaqiyatli bo‘lishlariga xizmat qiladi. Shu bois sport psixologiyasini amaliyotga
keng joriy etish zamon talabi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Хенри Ф. "Основы спортивной психологии" – Москва: Физкультура и спорт,
1982.
2.
Weinberg, R. & Gould, D. (2014). Foundations of Sport and Exercise Psychology. 6th
Edition. Human Kinetics.
3.
Martens, R. (1987). Coaches Guide to Sport Psychology. Human Kinetics.
4.
Анохин П.К. "Эмоции и спорт" – Санкт-Петербург: Лань, 2004.
5.
Cox, R. H. (2012). Sport Psychology: Concepts and Applications. 7th Edition.
McGraw-Hill.
6.
Ibrokhimjonovna T. N. PERSONAL EDUCATION AS A MAIN BASIS OF
SOCIETY'S DEVELOPMENT //Academicia Globe: Inderscience Research. – 2021. –
Т. 2. – №. 03. – С. 1-2.
7.
Тошболтаева Нодира Иброхимжоновна// Билиш жараёнлари риволанишида
шахсни тараққий этиши// Journal of innovations in scientific and educationalresearch
volume-2, Issue-13 (26-Desember).472-475 . 2022
8.
Toshboltayeva Nodira Ibrohimjonovna// The importance of thinking IN he complex
process of individual activity// International conference on Studies in Humanit es,
Education and Sciences.January 10 th,2022.69-70