Mualliflar

  • Muxammadiyeva Sanobar Baxtiyor qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112494

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Unli tovushlar undosh tovushlar tovush uyg‘unligi tovush va harf fonetik materiallar qiyosiy tahlil.

Annotasiya

  Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  O‘zbekistondagi  va  Turkiyadagi  maktab  darsliklarida fonetik  materiallarning  taqdim  etilishi  tahlil  qilinadi.  O‘zbek  va  turk  tili  maktab  darsliklaridagi fonetik materiallarning o‘xshash va farqli jihatlari qiyoslanadi.  


background image

164

O‘ZBEK VA TURK TILI MAKTAB DARSLIKLARIDA FONETIK

MATERIALLAR HAQIDA

Muxammadiyeva Sanobar Baxtiyor qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 1-kurs magistranti

Vahit Turk, ilmiy rahbar, Istanbul madaniyat universiteti professori,

filologiya fanlari doktori

muhammadiyevasanobar@gmail.com

Annotatsiya

. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi va Turkiyadagi maktab darsliklarida

fonetik materiallarning taqdim etilishi tahlil qilinadi. O‘zbek va turk tili maktab darsliklaridagi
fonetik materiallarning o‘xshash va farqli jihatlari qiyoslanadi.

Kalit so‘zlar

. Unli tovushlar, undosh tovushlar, tovush uyg‘unligi, tovush va harf, fonetik

materiallar, qiyosiy tahlil.

ÖZBEK VE TÜRK OKUL DERS KİTAPLARINDA FONETİK MATERYALLER

ÜZERINE BIR INCELEME

Sanobar Muxammadiyeva Bakhtiyor qizi,

Özbekistan-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü 1sınıf yüksek lisans öğrencisi

Vahit Türk, bilimsel danışmanı,

Istanbul Kültür Üniversitesi profesörü, filoloji bilimleri doktoru


Özet

. Bu makale, Özbekıstan ve Türkıyedekı okul ders kıtaplarında yer alan fonetik

materyallerın karşılaştırmalı bir analizini sunmaktadır. Fonetik içeriğin sunumundaki benzerlikler
ve farklılıklar her iki ülkenın eğitim bağlamında incelenmektedir.

Anahtar kelimeler.

Ünlü sesler, ünsüz sesler, ses uyumu, ses ve harf, fonetik materyaller,

karşılaştırmalı analiz.

АНАЛИЗ ФОНЕТИЧЕСКИХ МАТЕРИАЛОВ В УЗБЕКСКИХ И ТУРЕЦКИХ

ШКОЛЬНЫХ УЧЕБНИКАХ

Мухаммадиева Санобар Бахтиёр кизи

,

Магистрантка Узбекско-Финского педагогического института

Вахит Турк, раучный руководитель,

профессор Стамбульского университета культуры,

доктор филологических наук


Аннотатция.

В статье проводится сравнительный анализ изложения фонетических

материалов в школных учебниках Узбекистана и Турции, а также их различия и сходства.
Сравниваются сходства и различия узбекских и турецких школних учебников.

Ключевые слова.

Гласные, согласные, звуковая гармония, звук и буква, фонетический

материал, сравнителные анализ.

AN ANALYSIS OF PHONETIC MATERIALS IN UZBEK AND

TURKISH SCHOOL TEXTBOOKS

Mukhammadiyeva Sanobar Bakhtiyor qizi,

First-year master’s student at the Uzbekistan-Finland pedagogical institute

Vahit Turk, scientific advisor,

Professor Doctor of philological sciences, Istanbul Kultur Universy.


background image

165

Annotation.

This article presents a comparative analysys of the phonetic materials included

in school textbooks of Uzbekistan and Turkey. It examines the similarities and differences in the
way phonetic content is presented and Uzbek and Turkish educational contexts.

Keywords.

Vowel sounds, consonant sounds, sound harmony, sound and letter, phonetic

materials, comparative analysys.

Turkiy tillar oilasiga kiruvchi turk tili o‘zbek o‘quvchisi uchun butunlay begona emas.

Shunga qaramasdan, uning o‘ziga xos farqli qirralari mavjud. Buni, avvalo, tilning kelib chiqishi va
fonetika bo‘limidan boshlash lozim. Sababi turk tilini o‘rganayotgan o‘quvchi uchun turk tili
fonetikasining o‘ziga xos tomonlarini aniq va lo‘nda qilib ochib berish zarur. Fonetikani yaxshi
o‘zlashtirish, bu o‘quvchiga, avvalo, to‘g‘ri talaffuz qilish uchun muhim. So‘z to‘g‘ri talaffuz
qilinmasa so‘zning ma’nosi tushunilmaydi yoki noto‘g‘ri tushunchaga olib keladi. Misol uchun:
Sinir (chegara) – sinir(asab), olmak(bo‘lmoq) – olmak(o‘lmoq), koku(hid) – koku(ildiz), atmak(
otmoq), - etmek (qilmoq), … kabi. Bunga o‘xshagan misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Yana
turk tili fonetikasini yaxshi bilgan talabada imlo xatolar ham kam uchraydi. [ I.X.Kamalovna
,,O‘zbek auditoriyasi uchun turk tilini o‘qitishdagi ba’zi o‘ziga xoslik xususida’’ maqolasi,75-bet].

O‘zbek va turk tilining o‘qitilishida esa maktab darsliklari muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda,

avvalo, fonetika bo‘limida nimalar o‘rganilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak.

Fonetikada tildagi tovushlar, ularning paydo bo‘lishi va turlari, nutq organlari, ularning

tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va artikulyatsion
xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo‘ladigan turli xil fonetik hodisalar, nutqning fonetik
bo‘linishi, tovushlarning kommunikativ roli, hamda prosodika kabi hodisalar o‘rganiladi. Demak,
fonetika- (gr. Phone – tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o‘rganuvchi tilshunoslikning
bo‘limi. Har bir til o‘z fonetikasiga ega. U shu tildagi tovushlarning hosil bo‘lishi va talaffuzining
o‘ziga xos xususiyatlarini, uning tasnifi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi, talaffuz va yozuv
munosabatlarini hamda urg‘u va bo‘g‘in xususiyatlarini tekshiradi. [ D.A.Nabiyeva, H.R.Zokirova
,,O‘zbek tili fonetikasi’’ o‘quv qo‘llanmasi, 4-bet]

Maktab darsliklaridagi fonetik materiallar esa tovush tizimi, talaffuz qoidalari, urg‘u haqida

ma’lumot beruvchi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek va turk tillarida ushbu materiallar
quyidagicha taqdim etiladi:

O‘zbek tili darsliklarida fonetik materiallar:

O‘zbek tili darsliklarida fonetik materiallar asosan 1-4-sinflarda boshlang‘ich darajada

o‘qitiladi va keyinchalik murakkab fonetik hodisalar 5-9-sinflarda batafsil o‘rgatiladi.

Darsliklarda tovush va harflar alohida bo‘limlarda yoritilib, unli va undosh tovushlarning

sinflanishi tushuntiriladi.

So‘z urg‘usi va tovush uyg‘unligi singari hodisalarga darsliklarda kam e’tibor beriladi.

Darsliklarda ko‘proq yozma mashqlar, fikrlashga doir boshqotirmalar, matn bilan ishlash

berilgan. Audiomatn tinglash va shu asosda topshiriqlarni bajarish uchun ham darslar keltirilgan.

Turk tili darsliklarida fonetik materiallar:

Turk tili darsliklarida fonetik materiallar tizimli va qoidalar asosida taqdim etiladi.

Turk tilida tovush uyg‘unligi muhim o‘rin tutgani sababli darsliklarda unga alohida urg‘u

beriladi.

1-3-sinflarda unli va undosh tovushlarning talaffuzi, tovush o‘zgarishlari ko‘rsatiladi.

4-8-sinflarda esa urg‘u, intonatsiya va tovush o‘zgarishlari chuqurroq o‘rganiladi.

Turk tili maktab darsliklarining 3-sinfida alifbodagi 29ta harf, ularning talaffuzi, katta

harflarning yozilishi, kichik harflarning yozilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Bu ma’lumotlar
yuzasidan qiziqarli topshiriqlar ham berilgan.


background image

166



[Ilkokul türkçe ders kıtabı 3-sınıf. Yazarlar B. E. Karaduman, E. Özdemir. O. Yilmaz,

Istanbul, 2019. 25-sahfa].Yuqoridagi mashqda raqamlarda yashiringan harflarni tiklash orqali
so‘zlarni topish kerak.

O‘zbek maktablaridagi 3-sinf ona tili darsligida esa ,,Tovush va harflar’’, Unli tovushlar va

harflar’’, ,,Undosh tovushlar va harflar’’ mavzularida bevosita o‘zbek alifbosidagi 29ta harf (30ta
tovush) haqida ma’lumotlar mavjud. Yuqoridagi o‘zbek va turk tili 3-sinf ona tili darsligida alifboni
o‘rgatishdagi o‘xshashliklarni kuzatishimiz mumkin. Ikkala darslikdagi o‘quvchilar uchun berilgan
topshiriqlarda ham bir-biriga yaqinlik bor.

Ikkala tilning alifbosi haqidagi ma’lumotlarga tayangan holda o‘zbek va turk tili

alifbosidagi o‘xshash va farqli jihatlarni qiyoslaymiz.

O‘xshash jihatlar:

Hozirgi kunda ikkala til ham lotin alifbosiga asoslangan.

Harflarning ko‘pchiligi bir xil. Har ikkala alifboda ham mavjud harflar:

A, B, D, E, F, G,

H, I, K, L, M, N, O, P, R, S, T, U, V, Y, Z.

Fonetik tamoyilga yaqinlik. Harf va tovushlarning yozilishi va o‘qilishi bir-biriga yaqin.

Farqli jihatlar:

O‘zbek alifbosida ‘ (apostrof) bor, turkchada yo‘q.

O‘zbek alifbosida 6ta unli mavjud: Aa, Oo, Uu, O‘o‘, Ee, Ii. Turk tilida esa 8ta unli bor:

Aa, Oo, Uu, Üü, Öö, Ee, Ii, Iı. Demak, o‘zbek tilida 2ta unli kam.

O‘zbek va turk tilidagi ba’zi undoshlar yozilishida farqlarni ko‘rishimiz mumkin.

Masalan, SHsh –Şş, Chch – Çç, Jj – Cc,

O‘zbek tilidagi Qq harfi turk tilida yo‘q. Uning o‘rniga Kk harfini ishlatadi. Masalan,

kulak – quloq, kar – qor, kalın – qalin.

O‘zbek tilida qo‘llaniladiga Xx harfi turk tilida yo‘qligi uchun ular Hh harfi orqali

so‘zlarni ifodalaydi. Masalan, haber – xabar, harita – xarita.

O‘zbek tilidagi G‘g‘ (g‘azal, g‘arb, g‘oz kabi so‘zlarda qo‘llaniladigan) harfi turk tilida

boshqa vazifani bajaradi. Ya’ni yumshoq Ğğ deb ataladi va oldidagi unlini cho‘zib talaffuz qilish
uchun ishlatiladi. So‘zning qayerida va qanday harflarning yonida kelishiga ko‘ra farqlanadi.
Masalan, ağaç(daraxt) - a:aç, eğitim(ta’lim) – eyitim, soğuk(sovuq) – soouk shaklida talaffuz
qilinadi.

O‘zbek va turk tillarining fonetik tizimi bir-biriga yaqin, ammo ularning o‘ziga xos

farqlari ham mavjud. Bu o‘xshashliklar tarixiy ildizning umumiyligidan dalolat bersa, farqlar esa
har ikkala tilning mustaqil rivojlanish yo‘lini bosib o‘tganini ko‘rsatadi. O‘xshashliklar, birinchi
navbatda, umumturkiy fonetik xususiyatlar – unli va undoshlar tizimi, so‘z tuzilishi, tovush


background image

167

muvofiqligi kabi omillar bilan izohlanadi. Bu jihatlar o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasida tarixiy,
madaniy va til jihatdan kuchli aloqalar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi.

Fonetika sohasidagi farqlar esa ikki tilda so‘zlashuvchilar o‘rtasidagi tushunishni

murakkablashtirmaydi, aksincha, fonetik jihatdan tanish elementlar orqali til o‘rganishni
osonlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

1.Ilkokul türkçe ders kıtabı 3sınıf. Yazarlar Karaduman B.E., Özdemir E., Yılmaz O. Istanbul,
2019. 25-sahfa

2.

Ona tili. 3-sinf darsligi. Fuzalov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva SH.. – Toshkent:
“O‘qituvchi’’ nashriyot-matbaa uyi. 2019. 13-bet

3.

Imamova X. K. O‘zbek auditoriyasi uchun turk tilini o‘rganishdagi ba’zi o‘ziga xoslik xususida.
Maqola. ,,International scientific-practical conference on the topic of ,,Problemes and
perspectives of modern technology in teaching foreign languages’’ 4.11.2024. 75-bet.

4.

Nabiyeva D.A., Zokirova H.R. O‘zbek tili fonetikasi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Andijon.
2016, 4-bet.

Bibliografik manbalar

1.Ilkokul türkçe ders kıtabı 3sınıf. Yazarlar Karaduman B.E., Özdemir E., Yılmaz O. Istanbul,

25-sahfa

Ona tili. 3-sinf darsligi. Fuzalov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva SH.. – Toshkent:

“O‘qituvchi’’ nashriyot-matbaa uyi. 2019. 13-bet

Imamova X. K. O‘zbek auditoriyasi uchun turk tilini o‘rganishdagi ba’zi o‘ziga xoslik xususida.

Maqola. ,,International scientific-practical conference on the topic of ,,Problemes and

perspectives of modern technology in teaching foreign languages’’ 4.11.2024. 75-bet.

Nabiyeva D.A., Zokirova H.R. O‘zbek tili fonetikasi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Andijon.

, 4-bet.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари