Mualliflar

  • Muxammadiyeva Sanobar Baxtiyor qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112621

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Unli tovushlar undosh tovushlar tovush uyg‘unligi tovush va harf fonetik materiallar qiyosiy tahlil.

Annotasiya

 Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  O‘zbekistondagi  va  Turkiyadagi  maktab  darsliklarida 
fonetik  materiallarning  taqdim  etilishi  tahlil  qilinadi.  O‘zbek  va  turk  tili  maktab  darsliklaridagi 
fonetik materiallarning o‘xshash va farqli jihatlari qiyoslanadi.  


background image

650

O‘ZBEK VA TURK TILI MAKTAB DARSLIKLARIDA

FONETIK MATERIALLAR HAQIDA

Muxammadiyeva Sanobar Baxtiyor qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti

Vahit Turk,

ilmiy rahbar, Istanbul madaniyat universiteti professori,

filologiya fanlari doktori

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistondagi va Turkiyadagi maktab darsliklarida

fonetik materiallarning taqdim etilishi tahlil qilinadi. O‘zbek va turk tili maktab darsliklaridagi
fonetik materiallarning o‘xshash va farqli jihatlari qiyoslanadi.

Kalit so‘zlar.

Unli tovushlar, undosh tovushlar, tovush uyg‘unligi, tovush va harf, fonetik

materiallar, qiyosiy tahlil.

ÖZBEKİSTAN VE TÜRK OKUL DERS KİTAPLARINDAKİ

FONETİK MALZEMELER HAKKINDA

Mukhammadiyeva Sanobar Bakhtiyor kızı,

Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü'nde yüksek lisans öğrencisi

Vahit Türk,

Bilimsel danışman, İstanbul kültür üniversitesi öğretim üyesi, filoloji doktoru

Özet.

Bu makalede Özbekistan ve Türkiye'deki okul ders kitaplarında fonetik materyallerin

sunumu analiz edilmektedir. Özbek ve Türk okul ders kitaplarındaki fonetik materyaller arasındaki
benzerlikler ve farklılıklar karşılaştırılmaktadır.

Anahtar kelimeler.

Ünlüler, ünsüzler, ses uyumu, ses ve harf, fonetik malzemeler,

karşılaştırmalı analiz.

О ФОНЕТИЧЕСКИХ МАТЕРИАЛАХ В УЗБЕКИСТАНСКИХ

И ТУРЕЦКИХ ШКОЛЬНЫХ УЧЕБНИКАХ

Мухаммадиева Санобар Бахтиёр кызы,

магистрант узбекско-финского педагогического института

Вахит Турк,

научный руководитель, профессор стамбульского университета культуры,

доктор филологических наук

Аннотатция.

В статье проводится сравнительный анализ изложения фонетических

материалов в школных учебниках Узбекистана и Турции, а также их различия и сходства.
Сравниваются сходства и различия узбекских и турецких школних учебников.

Ключевые слова.

Гласные, согласные, звуковая гармония, звук и буква, фонетический

материал, сравнителные анализ.

ABOUT PHONETIC MATERIALS IN UZBEKISTAN AND TURKISH LANGUAGE

SCHOOL TEXTBOOKS

Mukhammadiyeva Sanobar Bakhtiyor qizi,

master’s student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute

Vahit Turk,

scientific supervisor, professor of Istanbul culture university, doctor of philology


background image

651

Annotation.

This article analyzes the presentation of phonetic materials in school textbooks

in Uzbekistan and Turkey. Similarities and differences of phonetic materials in Uzbek and Turkish
school textbooks are compared.

Keywords.

Vowels, consonants, sound harmony, sound and letter, phonetic materials,

comparative analysis.

Turkiy tillar oilasiga kiruvchi turk tili o‘zbek o‘quvchisi uchun butunlay begona emas.

Shunga qaramasdan, uning o‘ziga xos farqli qirralari mavjud. Buni, avvalo, tilning kelib chiqishi va
fonetika bo‘limidan boshlash lozim. Sababi turk tilini o‘rganayotgan o‘quvchi uchun turk tili
fonetikasining o‘ziga xos tomonlarini aniq va lo‘nda qilib ochib berish zarur. Fonetikani yaxshi
o‘zlashtirish, bu o‘quvchiga, avvalo, to‘g‘ri talaffuz qilish uchun muhim. So‘z to‘g‘ri talaffuz
qilinmasa so‘zning ma’nosi tushunilmaydi yoki noto‘g‘ri tushunchaga olib keladi. Misol uchun:
Sinir (chegara) – sinir(asab), olmak(bo‘lmoq) – olmak (o‘lmoq), koku(hid) – koku(ildiz), atmak(
otmoq), - etmek (qilmoq), … kabi. Bunga o‘xshagan misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Yana
turk tili fonetikasini yaxshi bilgan talabada imlo xatolar ham kam uchraydi. [
I.X.Kamalovna,”O‘zbek auditoriyasi uchun turk tilini o‘qitishdagi ba’zi o‘ziga xoslik xususida”
maqolasi,75-bet].

O‘zbek va turk tilining o‘qitilishida esa maktab darsliklari muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda,

avvalo, fonetika bo‘limida nimalar o‘rganilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak.

Fonetikada tildagi tovushlar, ularning paydo bo‘lishi va turlari, nutq organlari, ularning

tovush hosil qilishdagi harakat holati, nutq apparati, nutq tovushlarining akustik va artikulyatsion
xususiyatlari, nutq jarayonida sodir bo‘ladigan turli xil fonetik hodisalar, nutqning fonetik
bo‘linishi, tovushlarning kommunikativ roli, hamda prosodika kabi hodisalar o‘rganiladi. Demak,
fonetika- (gr. Phone – tovush) tilning keng ma’noda tovush tuzilishini o‘rganuvchi tilshunoslikning
bo‘limi. Har bir til o‘z fonetikasiga ega. U shu tildagi tovushlarning hosil bo‘lishi va talaffuzining
o‘ziga xos xususiyatlarini, uning tasnifi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi, talaffuz va yozuv
munosabatlarini hamda urg‘u va bo‘g‘in xususiyatlarini tekshiradi. [ D. A. Nabiyeva, H. R.
Zokirova,”O‘zbek tili fonetikasi” o‘quv qo‘llanmasi, 4-bet].

Maktab darsliklaridagi fonetik materiallar esa tovush tizimi, talaffuz qoidalari, urg‘u haqida

ma’lumot beruvchi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbek va turk tillarida ushbu materiallar
quyidagicha taqdim etiladi:

O‘zbek tili darsliklarida fonetik materiallar:

O‘zbek tili darsliklarida fonetik materiallar asosan 1-4-sinflarda boshlang‘ich darajada

o‘qitiladi va keyinchalik murakkab fonetik hodisalar 5-9-sinflarda batafsil o‘rgatiladi.

Darsliklarda tovush va harflar alohida bo‘limlarda yoritilib, unli va undosh tovushlarning

sinflanishi tushuntiriladi.

So‘z urg‘usi va tovush uyg‘unligi singari hodisalarga darsliklarda kam e’tibor beriladi.

Darsliklarda ko‘proq yozma mashqlar, fikrlashga doir boshqotirmalar, matn bilan ishlash

berilgan. Audiomatn tinglash va shu asosda topshiriqlarni bajarish uchun ham darslar keltirilgan.

Turk tili darsliklarida fonetik materiallar:

Turk tili darsliklarida fonetik materiallar tizimli va qoidalar asosida taqdim etiladi.

Turk tilida tovush uyg‘unligi muhim o‘rin tutgani sababli darsliklarda unga alohida urg‘u

beriladi.

1-3-sinflarda unli va undosh tovushlarning talaffuzi, tovush o‘zgarishlari ko‘rsatiladi.

4-8-sinflarda esa urg‘u, intonatsiya va tovush o‘zgarishlari chuqurroq o‘rganiladi.

Turk tili maktab darsliklarining 3-sinfida alifbodagi 29ta harf, ularning talaffuzi, katta

harflarning yozilishi, kichik harflarning yozilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Bu ma’lumotlar
yuzasidan qiziqarli topshiriqlar ham berilgan.


background image

652




[Ilkokul turkce ders kitabi 3 Yazarlar B. E. Karaduman, E. Ozdemir. O. Yilmaz 25-sahfa].

Yuqoridagi mashqda raqamlarda yashiringan harflarni tiklash orqali so‘zlarni topish kerak.

O‘zbek maktablaridagi 3-sinf ona tili darsligida esa ,,Tovush va harflar’’, Unli tovushlar va

harflar’’, ,,Undosh tovushlar va harflar’’ mavzularida bevosita o‘zbek alifbosidagi 29ta harf (30ta
tovush)haqida ma’lumotlar mavjud. Yuqoridagi o‘zbek va turk tili 3-sinf ona tili darsligida alifboni
o‘rgatishdagi o‘xshashliklarni kuzatishimiz mumkin. Ikkala darslikdagi o‘quvchilar uchun berilgan
topshiriqlarda ham bir-biriga yaqinlik bor.

Ikkala tilning alifbosi haqidagi ma’lumotlarga tayangan holda o‘zbek va turk tili alifbosidagi

o‘xshash va farqli jihatlarni qiyoslaymiz.

O‘xshash jihatlar:

Hozirgi kunda ikkala til ham lotin alifbosiga asoslangan.

Harflarning ko‘pchiligi bir xil. Har ikkala alifboda ham mavjud harflar:

A, B, D, E, F, G,

H, I, K, L, M, N, O, P, R, S, T, U, V, Y, Z.

Fonetik tamoyilga yaqinlik. Harf va tovushlarning yozilishi va o‘qilishi bir-biriga yaqin.

Farqli jihatlar:

O‘zbek alifbosida ‘ (apostrof) bor, turkchada yo‘q.

O‘zbek alifbosida 6ta unli mavjud: Aa, Oo, Uu, O‘o‘, Ee, Ii. Turk tilida esa 8ta unli bor:

Aa, Oo, Uu, Üü, Öö, Ee, Ii, Iı. Demak, o‘zbek tilida 2ta unli kam.

O‘zbek va turk tilidagi ba’zi undoshlar yozilishida farqlarni ko‘rishimiz mumkin.

Masalan, SHsh –Şş, Chch – Çç, Jj – Cc,

O‘zbek tilidagi Qq harfi turk tilida yo‘q. Uning o‘rniga Kk harfini ishlatadi. Masalan,

kulak – quloq, kar – qor, kalin – qalin.

O‘zbek tilida qo‘llaniladiga Xx harfi turk tilida yo‘qligi uchun ular Hh harfi orqali

so‘zlarni ifodalaydi. Masalan, haber – xabar, harita – xarita.

O‘zbek tilidagi G‘g‘ (g‘azal, g‘arb, g‘oz kabi so‘zlarda qo‘llaniladigan) harfi turk tilida

boshqa vazifani bajaradi. Ya’ni yumshoq Ğğ deb ataladi va oldidagi unlini cho‘zib talaffuz qilish
uchun ishlatiladi. So‘zning qayerida va qanday harflarning yonida kelishiga ko‘ra farqlanadi.
Masalan, ağac(daraxt) - a:ac, eğitim(ta’lim) – eyitim, soğuk(sovuq) – soouk shaklida talaffuz
qilinadi.

O‘zbek va turk tillarining fonetik tizimi bir-biriga yaqin, ammo ularning o‘ziga xos farqlari

ham mavjud. Bu o‘xshashliklar tarixiy ildizning umumiyligidan dalolat bersa, farqlar esa har ikkala
tilning mustaqil rivojlanish yo‘lini bosib o‘tganini ko‘rsatadi. O‘xshashliklar, birinchi navbatda,
umumturkiy fonetik xususiyatlar – unli va undoshlar tizimi, so‘z tuzilishi, tovush muvofiqligi kabi


background image

653

omillar bilan izohlanadi. Bu jihatlar o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasida tarixiy, madaniy va til jihatdan
kuchli aloqalar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi.

Fonetika sohasidagi farqlar esa ikki tilda so‘zlashuvchilar o‘rtasidagi tushunishni

murakkablashtirmaydi, aksincha, fonetik jihatdan tanish elementlar orqali til o‘rganishni
osonlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ilkokul turkce ders kitabi 3sinif. // Yazarlar Karaduman B.E., Ozdemir E., Yilmaz O.2019.

2.

3-sinf ona tili darsligi. // Fuzalov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva SH. – Toshkent:

“O‘qituvchi’’ nashriyot-matbaa uyi. 2019.

3.

Imamova X. K. O‘zbek auditoriyasi uchun turk tilini o‘rganishdagi ba’zi o‘ziga xoslik

xususida. // Maqola.

75-bet.

4.

Nabiyeva D.A., Zokirova H.R. O‘zbek tili fonetikasi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Andijon.

2016, 4-bet.


Bibliografik manbalar

Ilkokul turkce ders kitabi 3sinif. // Yazarlar Karaduman B.E., Ozdemir E., Yilmaz O.2019.

3-sinf ona tili darsligi. // Fuzalov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva SH. – Toshkent:

“O‘qituvchi’’ nashriyot-matbaa uyi. 2019.

Imamova X. K. O‘zbek auditoriyasi uchun turk tilini o‘rganishdagi ba’zi o‘ziga xoslik

xususida. // Maqola. 75-bet.

Nabiyeva D.A., Zokirova H.R. O‘zbek tili fonetikasi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Andijon.

, 4-bet.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари