186
TOGʻAY MURODNING “OTAMDAN QOLGAN DALALAR”
ROMANIDA SUBKODLARDAN FOYDALANISH
Abduvohidova Dildora Fazliddin qizi,
Oʻzbekiston- Finlandiya pedagogik instituti talabasi
Erbutayeva Shalola Utkirovna,
ilmiy rahbar, Oʻzbekiston- Finlandiya pedagogik instuti katta oʻqituvchisi
dildoraabduvohidova384@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada subkod termini va uning qanday qoʻllanilishini xalqimizning
zabardast vakillaridan bir boʻlmish Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida
koʻrib chiqamiz.
Kalit soʻzlar.
Kod, subkod, sheva, jargon, adabiy til.
TOGʻAY MUROD’UN “BABAMDAN KALAN TARLALAR” ROMANINDA
ALT KODLARIN KULLANILMASI
Abduvohidova Dildora Fazliddin kızı,
Özbekistan - Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Erbutayeva Shalola Utkirovna,
bilimsel danışman, Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü
kıdemli öğretim görevlisi
Özet.
Bu makalede, "subkod" terimi ve onun nasıl kullanıldığını halkımızın önde gelen
temsilcilerinden biri olan Togʻay Murod’un “Babamdan Kalan Tarlalar” romanı üzerinden ele
alıyoruz.
Anahtar kelimeler.
Kod, subkod, ağız, jargon, edebi dil.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СУБКОДОВ В РОМАНЕ ТОГАЯ МУРОДА
«ПОЛЯ, ОСТАВШИЕСЯ ОТ ОТЦА»
Абдувахидова Дильдора Фазлиддин кызы,
cтудентка Узбекско-Финского педагогического института
Эрбутаева Шалола Уткировна,
научный руководитель, старший преподаватель
Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В этой статье мы рассмотрим термин «субкод» и его применение через
роман «Отаман қалған далалар» одного из выдающихся представителей нашего народа
Тогая Мурода.
Ключевые слова.
Код, субкод, диалект, жаргон, литературный язык.
THE USE OF SUBCODES IN TOGAY MUROD’S NOVEL
“FIELDS LEFT BY MY FATHER”
Abduvohidova Dildora Fazliddin qizi,
student of Uzbekistan-Finland pedagogical institute
Erbutayeva Shalola Utkirovna,
scientific advisor, senior lecturer of the Uzbekistan-Finland pedagogical institute
187
Abstract.
In this article, we will examine the term "subcode" and its application in the novel
Otamdan qolgan dalalar by Togay Murad, one of the prominent representatives of our nation.
Keywords.
Code, subcode, dialect, jargon, literary language.
Milliy adabiyotimizning XX asr oxirgi choragi rivojida Togʻay Murodning munosib oʻrni
bor. U ellik besh yillik hayoti, salkam oʻttiz yillik ijodiy faoliyati davomida bir necha hikoya, toʻrt
qissa ikki roman yaratdi, jahon adabiyotidan tarjimalar qildi, adabiy- tanqidiy maqolalar yozdi.
Yozuvchi qoldirgan adabiy meros miqdor jihatdan U qadar koʻp emas. Ammo uning qissa va
romanlari oʻziga xos badiiyati, til va ifoda tarzi, “adabiy aholi” safiga olib kirgan hech qaysi
adibnikiga oʻxshamaydigan tirik odamlari- personajlar bilan davr adabiyotida yorqin iz qoldirgan.
Ilk romani “Otamdan qolgan dalalar” Togʻay Murod ijodidagina emas, milliy adabiyotimiz tarixida
muhim hodisa boʻldi. Bu asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi
bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy
aqidalarga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan
anglash yoʻlini tutadi. [5]
Tilshunoslikda kod deganda lisoniy shakllar: til, hududiy yoki ijtimoiy dialektik, shahar
konyesi tushuniladi. “Kod” termini bilan birga “subkod” termini ham ishlatiladi. Masalan, hozir
oʻzbek tilining subkodlari bu - adabiy til, ijtimoiy jargon, shahar (Toshkent) koynesi hisoblanadi.
Subkod ham oʻz navbatida turlarga boʻlinib, tarkibiga quyidagicha subkodlari kiritish mumkin.
Masalan, rus adabiy tili, milliy tilga nisbatan subkod boʻlgan holida ikki turga kodlashgan va
soʻzlashuv tiliga ajraladi. Bulardan har biri oʻzining vazifasiga koʻra bir-biridan farqlanadi:
kodlashgan til nutqning adabiy shaklida, soʻzlashuv tili esa nutqning kundalik oʻgʻzaki shaklida
qoʻllaniladi. Oʻz navbatida kodlashgan adabiy til ilmiy, rasmiy, publitsistik, badiiy va boshqa
uslublarga boʻlinadi. Bunga oʻxsha holat soʻzlashuv tilida ham kuzatiladi. Rus sotsiolingvistikasida
subkodlar koʻpincha til mavjudlik shakllari, gʻarb sotsio-lingvistikasida registerlar deb har
yuritiladi. Yuqoridagi maʼlumotlarga tayanib “Otamdan qolgan dalalar” romanidagi subkodlarni
koʻrib chiqamiz. Dehqonqul tilidan aytilgan bobosi Jamoliddin ketmon tarifida “Bobomizda nima
boʻldi - ketmon boʻladi. Ketmon emas - bir baloyi bad boʻladi!. Bu yerda bad soʻzi yomon
maʼnosida qoʻllanilgan. Yoʻldan oʻtkich-ketkichlar bobomizga hormang etadi. Yani, oʻtib-
ketayotganlar ayotgan qoʻshimchasi
-kich
shakilda qoʻllanilgan. Saraton jingirtob- jingirtob
kuydirmish bir mahal yoʻldan ajabtovur ovozlar eshitildi. Vo darigʻo, shu koʻrinmish ajina
boʻldimi?. Yoki Jamoliddin ketmon bilan Salohiddin boʻyrachi nutqida ishlatilgan soʻzlar. Bobomiz
boʻyrachini gapga soladi. Sizdan oldin ashiyoqqa bir balo oʻtdi, - deydi bobomiz.Ana u yerga soʻzi
ashiyoqqa qisqartirilgan shaklida asarda keltirilgan. Salohiddin boʻyrachi ariq oʻngida oyoq iladi.
Oyoq ilmoq ya’ni oʻsha yerga oʻtirmoq. Salohiddin boʻyrachi shunday deya, yoʻl bosh adogʻiga
qarab oladi. Adogʻi - oxiri. Bobomiz, oldiga lik etib sanchib oʻtadi. Boshqa shevalarda likkillamoq
shaklida ham ishlatilgan holatlarni ham koʻrishimiz mumkin. Ushbu gapda lik etib va sanchib oʻtdi
degan soʻzlarga nazar tashlaydigan boʻlsak. Kishini bir qaraganda eʼtiborini tortadigan holatni
koʻramiz. Gapning umumiy mazmunidan kelib chiqib tezlik va chaqqanlik bilan oʻtirdi desak
adashmagan boʻlamiz. Bobomiz qabatiga choʻkadi.Bu gapda qabati degan soʻzga duch kelamiz.
Oʻquvchida ba’zı tushunmovchilik holati ham boʻlishi mumkin. Chunki qabat soʻzining asil
maʼnosiga qaraydigan boʻlsak qavat, qatlam maʼnosini bildiradi. Koʻpincha narsalarning ustiga
tushgan yoki joylashgan qismi haqida gap ketganda ishlatiladi. Bu gap qabatiga ya’ni yoniga oʻtirdi
maʼnosida qoʻllangan. Mulla Oqposhsho bizni ololmaydi, deyatib edi- yu? Deyayotib -yotib -yatib
yoki romanda qoʻllangan “Boʻlaman degich el, bir-birini botirim deydi, boʻlmayman degich el, bir-
birini etini yeydi”. Degan soʻzi degich shaklida talaffuz qilingan. Chalajon oq lashkarlar tagʻin daf’
a qilibdi. Ha tavqi la’natlar! Toshkanniyam olibdimi-a? Toshkent soʻzi Toshkan kent- kan tarzida
insonlar nutqida qoʻllanilgan.[15,18] Oqposhsho saharlayin Tashkanni bosibdi. Ila- bila,
Qoʻqongacha kelibdimi-?. Bobomiz chaparasta-chaparasta soʻkadi. Bobomiz ohista- ohista tejaladi.
Erkakzot Oqposhshoda asalli bir enlik lungi boʻlmaydi. Ayolzot Oqposhshoda mammalari osma
qovunday- osma qovunday- osilib yotadi. [20]
188
Erkak va ayol soʻzlariga nima sababdan yozuvchi, zot qoʻshimchasini qoʻlladi degan savol
kitobxonni xayolidan oʻtishi mumkini. Shunchaki erkak va ayol soʻzlarini qoʻllasa ham boʻlardi.
Zot qoʻshmchasini qoʻllashdan maqsad nima degan savollar tugʻilishi mumkin. Zot qoʻshimchasi ot
va sifat soʻzlariga qoʻshilib “lik”ga tegishli maʼnolarini bildiradi. Bu qoʻshimcha koʻpincha ilmiy
va rasmiy uslubda uchraydi. Masalan:
Arabzot
(barcha arab millatiga mansub).
Shirinzot
(shirinlik
bilan bogʻliq).
Insonzot
(barcha insonlar) Ushbu maʼlumotga tayangan holda erkakzot Oqposhsho
va ayolzot Oqposhsho deganda Oqposhsholar va u yerning aholisini yozuvchi zot qoʻshimchasi
orqali ifolagan deyishimiz mumkin. Eshikogʻalar dang qotib qoladi. Otishlarini-da bilmaydi,
otmasliklarini-da bilmaydi. Dong qotib soʻzi bu oʻrinda dang shaklida qoʻllangan. [24] . Biz asarda
qoʻllanilgan maqollarni ham shaeva shaklida qoʻllanilishini koʻrishimiz mumkin. "Oʻttizda er
atangan, qiriqida sher aylanar, deydilar . Taqsir, men bir kam saksonda. Atalgan va atalar soʻzlari
atangan va atanar tarzida ifodalangan.[31] Asarda Dehqonqul tilidan aytilgan
oʻzbak
(oʻzbek),
shul
(shunday),
bola-baqra
(bola-chaqa),
qandaychikin
(qanday),
ulay-bulay
(unday-bunday),
elovrayapsanmi
(alahsilayapsanmi)
jigit
(yigit) va koʻplab shevaga oid soʻzlar ishlatishni
koʻrishimiz mumkin. [34,48 ] .
Yuqorida keltirilgan shevaga oid turli xil soʻzlar asarning boshidan oxirigacha qoʻllanilgan.
Biz asarni bir qarashda yoq sodda xalqona tarzida yozilgan desak adashmagan boʻlamiz. Togʻay
Murod “Otamdan qolgan dalalar” romanida inson-larning qanday turmush sharoitida
yashayotganligini, qanday davr va oʻsha davr ziddiyatlarini sodda xalq tilidan ochib bergan deb ayta
olamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Togʻay Murod “Otamdan qolgan dalalar” romani. Zukko kitobxon nashriyot-matbaa uyi, 2022.
– B 351.
2.
Yusupova Orzibonu Sunnatovna. Sotsiolingvistika (Oʻquv qoʻllanma) Samarqand, SamDU
nashriyot. – 2023. – B 234.
3.
H.Dadaboyeva, Sh. Usmonova "Horijiy sotsiolingvistika 2014.
4.
Zarif Aliqulov, Soat Boymirzayeva. Sotsiolingvistika. Ma’ruzalar matni. Samarqand, SamDU
nashri. - 2009. - B 108.
5.
Sh. Usmanova va boshqalar . Sotsiolingvistika (oʻquv qoʻllanma) Toshkent, "Universitet" . -
2014. - B 85.