Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 80
ULUG‘BEK ISHANOVNING IJODIY FOLIYATI
Madrimova To’xtajon
O’zbekiston Davlat Konservatoryasi Nukus filiali “umumiy kasbiy va
social-gumanitar fanlar” kafedrasi “Musiqashunoslik”
mutaxassisligi 2- kurs talabasi
Ilmiy rahbar:
Kamalova Gulmaryam Maksedullaevna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Ishanovlar oilasining O‘zbekiston va
Qoraqalpog‘iston tasviriy san’ati tarixidagi o‘rni va ulug‘bek Ishanovning san’at
sohasidagi faoliyati tahlil qilinadi. Muallifning san’atga bo‘lgan sadoqati, pedagogik
faoliyati va yosh avlodni tarbiyalashdagi metodlari o‘rganiladi. Maqola orqali oilaning
san’atga bo‘lgan mehr-muhabbati va milliy madaniyatga hurmatini ifodalovchi ijodiy
faoliyatlari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Ishanovlar oilasi, tasviriy san’at, pedagogika, san’at tarixi, yoshlarni
tarbiyalash, milliy madaniyat.
аннотация:
В данной статье рассматривается роль семьи Ишановых в истории
изобразительного искусства Узбекистана и Каракалпакстана, а также творческая
деятельность Улугбека Ишанова. Анализируются его преданность искусству,
педагогическая деятельность и методы воспитания молодого поколения. Статья
освещает творческую деятельность семьи, отражающую любовь к искусству и
уважение к национальной культуре.
Ключевые слова:
Семья Ишановых, изобразительное искусство, педагогика,
история искусства, воспитание молодежи, национальная культура.
annotation:
This article examines the role of the Ishanov family in the history of
visual arts in Uzbekistan and Karakalpakstan, highlighting the artistic activities of Ulugbek
Ishanov. It analyzes his dedication to art, pedagogical endeavors, and methods of nurturing
the younger generation. The piece sheds light on the family's artistic journey, reflecting
their passion for art and respect for national culture.
Keywords:
Ishanov family, visual arts, pedagogy, art history, youth education,
national culture.
Musiqa — insoniyatning eng qadimiy va jozibali san’ati bo‘lib, xalqning ruhiyatini,
his-tuyg‘ularini, orzu-umidlarini aks ettiruvchi beqiyos vositadir Ishanovlar oylasi san’at
davomchilari O‘zbek va qoraqalpoq tasviriy san’ati tarixida o‘z o‘rni va iziga ega bo‘lgan
ijodkorlar orasida Ishanovlar oilasi alohida e’tirofga loyiq. Bu oila vakillari san’atga
sadoqat, milliy madaniyatga hurmat va elga xizmat qilish avloddan-avlodga o‘tkazib
kelmoqda. Ularning ijodi orqali nafaqat badiiy go‘zallik, balki tarix, milliylik, xalqona ruh
ifodalangan. Aynan shu san’at davomchilaridandir Ishanov Ulug‘bek Muzafarovich
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 81
o‘zining hayoti va ijodi bilan ushbu an’analarni munosib davom ettirib kelmoqda.
Ulug‘bek Ishanov 1972-yil 8-mart kuni Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan U
san’atga mehr qo‘ygan, ijod bilan yashagan oilada tarbiya topgan. Uning otasi — Ishanov
Muzafar Burxonovich — O‘zbekistonda tan olingan rassom, monumentalist, o‘z umrini
tasviriy san’atga bag‘ishlagan yirik ijodkorlardan biridir. Onasi — Gulaim Saipova ham
san’atshunoslik sohasi vakili bo‘lib, san’at olamiga chuqur mehr bog‘langan ziyoli ayol
edi. 1971-yilda Gulaim Saipova bilan oila qurgan va 1974-yildan boshlab Nukus shahrida
ijodiy faoliyat olib borgan. Muzafar Ishanov san’at olamida nafaqat rassom, balki pedagog
sifatida ham tanilgan. Ular o‘zaro ahil va namunali oila bo‘lib, 3 nafar farzandni – ikki
o‘g‘il va bir qizni dunyoga keltirib, ularni mehr-muhabbat va mas’uliyat bilan
tarbiyalagan. Har bir farzandini o‘qitib, ularga o‘rta va oliy ma’lumot berib, jamiyatda o‘z
o‘rniga ega, foydali insonlar safidan joy olishlariga erishganlar. Ulug‘bek Ishanov ushbu
oilaning to‘ng‘ich farzandi bo‘lib, maktabda o‘qib yurgan davrlaridayoq o‘zining
iste’dodi, bilimga chanqoqligi va san’atga bo‘lgan qiziqishi bilan ajralib turgan. U ilk
maktab tahsilini 1979-yilda Nukus shahridagi Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 19-sonli
umumta’lim maktabida 1- sinifda o’qishni boshlagan. Shu yillardan boshlab rasmga
bo‘lgan qiziqishi yanada kuchaygan. U o‘z iste’dodini muntazam rivojlantirgan va san’at
yo‘lida qat’iyat bilan harakat qilgan. Bugungi kunda u nafaqat mohir rassom, balki ilmli,
sabrli va tajribali pedagog sifatida ham tanilgan. U 1987–1991 yillarda Nukus shahridagi
J. Shamuratov nomidagi Nukus san’at bilim yurtining tasviriy san’at bo‘limida tahsil oldi.
1992 yilda Toshkentdagi M. Uyg‘ur nomidagi Davlat madaniyat institutining san’at
fakultetida arxitektura bezagi va restavratsiya yo‘nalishida o‘qishni davom ettirdi, ammo
oilaviy sharoitlar sababli 1993 yilda akademik ta’til oldi. 2003 yilda O‘zbekiston Badiiy
Akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn
institutining san’atshunoslik fakultetiga o‘qishga kirib, tasviriy san’at tarixi va nazariyasi
yo‘nalishini 2007 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. Ulug‘bek Ishanov 2016 yildan buyon
Nukus shahridagi 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tasviriy san’at yo‘nalishida
yuqori toifali o‘qituvchi sifatida mehnat qilib kelmoqda. U o‘zining tajribasi, kasbga
sadoqati va san’atga bo‘lgan muhabbati bilan ko‘plab yosh iste’dodlarni tarbiyalab, ularni
respublika miqyosidagi turli tanlov va festivallarda g‘olib bo‘lishlariga sababchi
bo‘lmoqda. Shogirdlarining ayrimlari bugungi kunda yurtimizdagi nufuzli oliy o‘quv
yurtlarida tahsil olmoqdalar. 2022 yildan buyon u O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi
tasviriy san’atkorlari ijodiy uyushmasining a’zosi sifatida ijodiy faoliyat olib bormoqda.
Ulug‘bek Ishanov 1997 yilda oila qurgan. Uning rafiqasi – Erejepova Raushana, hozirda
12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xoreografiya bo‘limida o‘qituvchi bo‘lib
ishlaydi. Ularning farzandlari ham ota-onalarining san’atga bo‘lgan muhabbati va
fidoyiligi yo‘lidan borib, o‘z sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqdalar. Kattakon
o‘g‘li Muzafarov Bexruz Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq Davlat san’at muzeyida ilmiy
xodim bo‘lib ishlaydi. Kichik o‘g‘li Muzafarov Feruz – O‘zbekiston Davlat xoreografiya
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 82
akademiyasining talabasi bo‘lib, shu bilan birga Alisher Navoiy nomidagi Davlat
akademik teatrida ikkinchi toifali balet artisti sifatida faoliyat yuritmoqda. xulosa qilib
aytadigan bo’lsak Ulug‘bek Ishanovning hayoti va ijodiy faoliyati, uning oilasi, ota-onasi
va farzandlari bilan bog‘liq boy meros bugungi kunda nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki
butun O‘zbekiston san’at va madaniyatining ajralmas qismiga aylangan. U san’atni chin
qalbdan sevgan, uni yoshlarga o‘rgatish va kelajak avlodga yetkazishdek sharafli va
mas’uliyatli yo‘lni tanlagan fidoyi pedagog sifatida tanilgan. Uning o‘zi ham, ustozi
bo‘lgan ota-onasi ham, san’at yo‘lini tanlagan farzandlari ham xalqimiz madaniy-ma’naviy
hayotida alohida o‘ringa ega bo‘lgan insonlardir. Ulug‘bek Ishanov o‘z mehnati, bilim va
iste’dodi bilan jamiyatimizda san’at va ma’rifatga bo‘lgan hurmat va e’tiborni oshirishga
munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ “POPURRI” SHÍǴARMASÍNÍŃ
ÓZGESHELIGI //Вестник музыки и искусства. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 52-57.
2. Kamalova, . G., & Dauletbaeva , G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN
ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. Вестник музыки и искусства, 1(4), 89–
94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231
3. Dauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 880-884.
4. Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ “POPURRI” SHÍǴARMASÍNÍŃ
ÓZGESHELIGI //Вестник музыки и искусства. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 52-57.
5. Kamalova, . G., & Dauletbaeva , G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN
ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. Вестник музыки и искусства, 1(4), 89–
94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231
6. Kamalova G. QÁLEMI ÓTKIR KOMPOZITOR (D. Djańabaeva dóretiwshilik
jolı) //Вестник музыки и искусства. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 37-39.
7. Kamalova G.M. Kompozitor Dariko Djanabaeva Nókis, “Ilimpaz”. 2023.¬¬ 86-
betDauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR //Modern Science and Research. –
2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 880-884.