Mualliflar

  • Madrimova To’xtajon
  • Kamalova Gulmaryam Maksedullaevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112702

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: tasviriy san’at Alpomish milliy obraz Orol dengizi milliy raqs ko‘rgazma rassom Qoraqalpog‘iston tarixiy motiv.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonlik iste’dodli rassom Abatov Jalg‘asning ijodiy yo‘li, badiiy asarlari va ularning milliy san’atdagi o‘rni yoritilgan. Rassomning “Alpomish”, “Orol”, “Milliy raqs” kabi asarlari orqali xalq ruhi, tarixiy xotira va estetik qarashlar ifodalangani ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada uning sahna bezagi, ko‘rgazmalardagi ishtiroki va tasviriy san’atdagi yutuqlari haqida batafsil so‘z yuritiladi. Muallif Abatov Jalg‘asning ijodini zamonaviy san’atda o‘ziga xos hodisa sifatida talqin qiladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 83

ABATOV JALG‘ASNING IJODIY YO‘LI

Madrimova To’xtajon

O’zbekiston Davlat Konservatoryasi Nukus filiali “umumiy kasbiy va

social-gumanitar fanlar” kafedrasi “Musiqashunoslik”

mutaxassisligi 2- kurs talabasi

Ilmiy rahbar:

Kamalova Gulmaryam Maksedullaevna

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonlik iste’dodli rassom Abatov

Jalg‘asning ijodiy yo‘li, badiiy asarlari va ularning milliy san’atdagi o‘rni yoritilgan.
Rassomning “Alpomish”, “Orol”, “Milliy raqs” kabi asarlari orqali xalq ruhi, tarixiy xotira
va estetik qarashlar ifodalangani ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada uning sahna bezagi,
ko‘rgazmalardagi ishtiroki va tasviriy san’atdagi yutuqlari haqida batafsil so‘z yuritiladi.
Muallif Abatov Jalg‘asning ijodini zamonaviy san’atda o‘ziga xos hodisa sifatida talqin
qiladi.

Kalit so‘zlar:

, tasviriy san’at, Alpomish, milliy obraz, Orol dengizi, milliy raqs,

ko‘rgazma, rassom, Qoraqalpog‘iston, tarixiy motiv.

Аннотация:

Статья посвящена творческому пути талантливого художника из

Каракалпакстана — Абатова Жалгаса. Рассматриваются его значимые
произведения, такие как «Алпамыш», «Арал», «Национальный танец», в которых
отражены духовные и исторические ценности народа. В статье анализируются его
участие в выставках, сценографические проекты и вклад в развитие современного
изобразительного искусства Узбекистана. Автор подчеркивает индивидуальный
стиль художника и его роль в сохранении культурной идентичности.

Ключевые слова:

Абатов Жалгас, изобразительное искусство, Алпамыш,

Арал, национальные мотивы, выставка, сценография, художник, Каракалпакстан,
культурное наследие.

Annotation:

This article discusses the artistic legacy of talented Karakalpak painter

Abatov Jalgas. It highlights his major works such as “Alpomish,” “Aral,” and “National
Dance,” which vividly express the spirit, traditions, and cultural memory of the people.
The article also explores his role in national exhibitions, stage design, and his contribution
to the development of contemporary visual art in Uzbekistan. The author emphasizes the
artist’s unique style and his significance in preserving national identity through art.

Keywords:

Abatov Jalgas, visual art, Alpomish, Aral Sea, national image, exhibition,

stage design, artist, Karakalpakstan, cultural heritage.


Har bir insonning hayoti – bu o‘ziga xos bir san’at asari. Ularning birinchi qadamidan

boshlab, har bir tanlangan yo‘l va amalga oshirilgan ishi, yuzaga kelgan qarorlar, xatolar
va muvaffaqiyatlar, hayotning rang-barangligini yaratadi. Hayotini san’atga bag‘ishlagan


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 84

har bir shaxs o‘ziga xos chizg‘ilarni, shakllarni va ranglarni o‘z ijodi orqali hayotga tadbiq
etadi. Ana shunday ijodiy yuraklarning biri, o‘zining san’atga bo‘lgan cheksiz muhabbati
va ustozlik faoliyati orqali yosh avlodga ta’lim berib kelayotgan, o‘z kasbini chuqur
anglagan, san’atni chin qalbdan sevgan bir insonning hayoti haqida so‘z yuritamiz. Bu
insonning ko‘plab ijodiy izlanishlari, rassomchilikka oid yutuqlari va hayotini san’atga
bag‘ishlashdagi katta sabr-toqati uning shaxsini yanada qadrlanadigan qiladi. Abatov
Jalg’asbay Orinbayivich 1979-yili 30–mayda Qaraqalpog’iston Respublikasi Nukis
shaxrida tug’ildi millati qarqalpoq biyiqsiq urig’idan Bolalik va Maktab Yillariga kelsak
1985-yili, Nukis shahridagi 12 – sanli o’rta maktabga 1-sinifga o’z qadamini qo’yadi
Bolalikdan rassomchilikka bo‘lgan qiziqish uni hech qachon tark etmasdi. Maktabga
borish, yangi bilimlarni o‘zlashtirishda, uning qalbi tasviriy san’atga chanqoq edi. Ta’lim
olish, yangi bilimlarni egallash bilan birga, uning tasvirga bo‘lgan qiziqishi har kuni
yanada ortib borardi. Maktab yillarida o‘qituvchilar uning san’atga bo‘lgan muhabbatini
ko‘rgan va uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilganlar. 5- sinifdan boshlab nukis shaxridagi
Eshjan baxshi Qospolotov nomidagi musiqa va san’at maktabida o’qib rasomchilik
sirlarini Jenis Lepesov ham Ziynatdin Ibragimov og’adan o’rgandi Bu davrda u chizgan
suratlar faqatgina qog‘ozda tasvirlangan ob’ektlar emas, balki uning ichki olami, hayotga
qarashlari va orzulari edi. Oliy Ta’limga Kirish va San’at Yo‘lida Birinchi Qadamlar
Maktabni tamomlaganidan so‘ng, uning hayotida yangi bosqich boshlanadi. U o‘zining
san’atni chuqurroq tushunish va yaratish uchun. O’rta talim maktabni 9- sinifini
bitkizgandan so’ng 1993 -1997 yillar oralig’ida Japaq shomuratov nomidagi O’qishni
bitkazib kelgandan so’ng 1997- 2004 yillar oralig’ida U, ko‘plab yoshlar singari, oliy
o‘quv yurtiga, ayniqsa, tasviriy san’at va amaliy badiiy san’at yo‘nalishiga qiziqib kirishni
maqsad qilgan. Uning uchun bu nafaqat bilim olish, balki o‘zini topish, o‘z orzulariga
erishish uchun muhim imkoniyat edi.tasviriy san’ati yo‘nalishida tahsil olish uning
san’atga bo‘lgan sevgisini yanada mustahkamladi. Bu davrda u nafaqat tasviriy san’atning
nazariy asoslari bilan tanishib chiqdi, balki o‘z ijodini rivojlantirishga ham katta e’tibor
qaratdi. Toshkent shaxridagi Kamolidin Begzod nomidagi Milliy rassomchilik va Dizayen
inistutida, Ranglisujet hamda kino telividinya xudojniki bo’limida o’qib bakalavir va
magistrature diplomlarini oldi Oliy o‘quv yurtida olingan bilimlar nafaqat uni professional
rassom sifatida shakllantirdi, balki unga o‘ziga xos ijodiy yondoshuvni o‘rgatdi. San’atga
bo‘lgan muhabbati, o‘ziga xos tarzda, uning badiiy tafakkurini rivojlantirdi va uni yanada
hayotga yaqinlashtirdi U tahsil olgan institutda mashhur O‘zbekiston xalq rassomi,
akademik Javlon Umarbekov va taniqli rassom Babur Ismoilovdan saboq olib, ularning
ijodiy maktabidan ilhomlanadi, Va o‘zining ijodiy faoliyatini davom ettirib, turli nufuzli
tanlov va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab keladi. 2001–2002-yillar
mobaynida O‘zbekfilm kinostudiyasi tamonidan suratga olingan "Alpomish" nomli
multfilmda rassom-assistent sifatida faoliyat yuritadi. 2004-yilda esa Jo‘qorg‘i Kenges


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 85

qaroriga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijodkor yoshlariga berilgan tanlovda
ishtirok etib, ijodiy diplom va sertifikatiga sazovor bo‘ladi.

Oila Va Shaxsiy Hayotning Boshlanishi San’atga bo‘lgan muhabbatini davom

ettirishda, u shaxsiy hayotini ham tinchlik va mehr-muhabbat asosida qurdi. 2006-yilda
Saytbekova Aynur bilan oila qurgan u, o‘zining shaxsiy va professional hayotida
muvozanatni topishga erishdi. Aynurning o‘zi ham ta’lim sohasida faoliyat olib
borayotgan, ilmga sodiq inson edi. Birgalikda ular nafaqat o‘zlarining hayotlarini, balki
to‘rt farzandning hayotini ham san’at va ilm bilan boyitmoqdalar. Ularning oilaviy hayoti,
o‘zaro hurmat, hamjihatlik va san’atni qadrlashga asoslangan.

Jalg’asbay kelgusi ijodiy ishlarini aytib o’tsak 2021-yilda O‘zbekiston san’at Oner

akademiyasi a’zolig qilib saylandi. 2023-yilda esa ushbu akademiyaning kumush medali
bilan taqdirlandi . Uning ijodiy ishlari orasida “Alpomish” multfilmi uchun ishlangan
eskizlar, “Yedige”, “Gurres”, “Qora uy”, “Qoraqalpoq ayoli”, “Aral”, “Qushlar”, “Tabiat
ko‘rinishi”, “Muhabbat nomasi”, “Shanaraq”, “Baqshi”, “Baland”, “Mo‘ynoq”, A.
Shamarutova portreti, “Egizaklar”, “Milliy natyurmort”, “Mo‘ynoq qizi”, “Nama”,
“Jiraw”, “Tawlar”, “Sirli san’at”, “Qisqa oqshom”, “Qish ko‘rinishi”, “Natyurmort”,
“Guz”, “Jazz ko‘rinishi”, “Umid”, “Umir yo‘li” kabi asarlar mavjud bo‘lib, ularning
ayrimlari Aral mavzusida ishlangan kompozitsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. 2005–2013-
yillar davomida nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Tasviriy san’at”
kafdrasida assistent o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. 2013–2021-yillar oralig‘ida
Berdak nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Arxitektura kafedrasida assistent
o‘qituvchi sifatida ishlaydi. 2023-yildan boshlab esa ushbu kafedrada dotsent

lavozimida

ishlamoqda.. Ustozlik Faoliyati va Yutuqlar Bugungi kunda, u nafaqat rassom, balki ustoz
sifatida ham o‘zining yo‘lini davom ettirmoqda. O‘zining bilimi, tajribasi va san’atga
bo‘lgan qiziqishini yosh avlodga o‘rgatib, yangi ijodkorlarni yetishtirmoqda. Renessans
tasviriy san’ati va amaliy badiiy san’at yo‘nalishida bakalavr bosqichidagi talabalarga
o‘qituvchilik qilib, ularning dunyoqarashini kengaytirishga harakat qiladi. Ushbu yillarda
uning shogirdlari respublika va xalqaro festivallarda qatnashib, o‘z ustozining ismini
sharaflashmoqda. Ular o‘z ijodlarini namoyish etishda yuqori natijalarga erishib, san’atni
nafaqat o‘zlarining, balki jamiyatning eng muhim qadriyatiga aylantiradilar.
Shogirdlarining ba’zilarining nafaqat san’at, balki ilm sohasida ham yutuqlarga
erishayotganini ko‘rish, ustozning qalbini to‘lishiga sabab bo‘ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Hayotining har bir bosqichi, har bir rasmda, har bir

yangi g‘oya va uslubda, u o‘zining san’atga bo‘lgan fidoyiligini namoyish etdi.
Rassomchilik uning qalbining sehridir. har bir chizgan rasmi, faqat chiziqlar va ranglardan
iborat emas, balki uning ichki olami, orzulari va tuyg‘ulari ham tasvirlaydi U nafaqat
san’atkor, balki ta’lim beruvchi ustoz, ota va turmush o‘rtoq sifatida o‘z izini qoldirmoqda.
Ularning ishlaridan nafaqat o‘zi, balki jamiyat ham foyda ko‘rmoqda. hayoti va ijodi
yoshlarni ilhomlantiradi va san’atni yanada qadrlashga yordam beradi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 86

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ “POPURRI” SHÍǴARMASÍNÍŃ

ÓZGESHELIGI //Вестник музыки и искусства. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 52-57.

2. Kamalova, . G., & Dauletbaeva , G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN

ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. Вестник музыки и искусства, 1(4), 89–
94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231

3. Dauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR //Modern Science and

Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 880-884.

4. Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ “POPURRI” SHÍǴARMASÍNÍŃ

ÓZGESHELIGI //Вестник музыки и искусства. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 52-57.

5. Kamalova, . G., & Dauletbaeva , G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN

ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. Вестник музыки и искусства, 1(4), 89–
94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231

6. Kamalova G. QÁLEMI ÓTKIR KOMPOZITOR (D. Djańabaeva dóretiwshilik

jolı) //Вестник музыки и искусства. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 37-39.

7. Kamalova G.M. Kompozitor Dariko Djanabaeva Nókis, “Ilimpaz”. 2023.¬¬ 86-

betDauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR //Modern Science and Research. –
2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 880-884.


Bibliografik manbalar

Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ “POPURRI” SHÍǴARMASÍNÍŃ ÓZGESHELIGI //Вестник музыки и искусства. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 52-57.

Kamalova, . G., & Dauletbaeva , G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. Вестник музыки и искусства, 1(4), 89–94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231

Dauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 880-884.

Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ “POPURRI” SHÍǴARMASÍNÍŃ ÓZGESHELIGI //Вестник музыки и искусства. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 52-57.

Kamalova, . G., & Dauletbaeva , G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. Вестник музыки и искусства, 1(4), 89–94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231

Kamalova G. QÁLEMI ÓTKIR KOMPOZITOR (D. Djańabaeva dóretiwshilik jolı) //Вестник музыки и искусства. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 37-39.

Kamalova G.M. Kompozitor Dariko Djanabaeva Nókis, “Ilimpaz”. 2023.¬¬ 86-betDauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 880-884.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари