Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 76
SERKEYEV BAXTIYAR BAZARBAYEVICHNING
TASVIRIY SAN’AT SOHASIDAGI FAOLIYATI
Madrimova To’xtajon
O’zbekiston Davlat Konservatoryasi Nukus filiali “umumiy kasbiy va
social-gumanitar fanlar” kafedrasi “Musiqashunoslik”
mutaxassisligi 2- kurs talabasi
Ilmiy rahbar:
Kamalova Gulmaryam Maksedullaevna
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Serkeyev Baxtiyar Bazarbayevichning tasviriy san’at
sohasidagi faoliyati, yurtimiz va xalqaro miqyosdagi yutuqlari, ko‘rik-tanlovlardagi
muvaffaqiyatlari, turli tashkilotlar tomonidan berilgan faxriy yorliqlari va diplomlari
haqida batafsil yoritilgan. Shuningdek, uning teatr sahna bezaklaridagi ishtiroki, individual
ko‘rgazmalari, ilmiy-amaliy konferensiyalardagi faoliyati va yoshlar orasidagi targ‘ibot
ishlari haqida ham ma’lumot berilgan. Serkeyevning san’atga bo‘lgan sadoqati va
mehnatsevarligi uni jamiyatda hurmatga sazovor ijodkor sifatida ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
Serkeyev Baxtiyar, tasviriy san’at, ko‘rgazma, diplom, teatr, san’at
festivali, yoshlar, ijod, mukofot.
Аннотация:
В статье подробно рассматривается творческая деятельность
Серкеева Бахтияра Базарбаевича в области изобразительного искусства.
Освещаются его достижения как на республиканском, так и на международном
уровне, участие в конкурсах и фестивалях, награды и почетные грамоты. Также
уделено внимание его вкладу в оформление сценических постановок, персональные
выставки, участие в научно-практических конференциях и пропаганде искусства
среди молодежи. Его трудолюбие и преданность искусству делают его уважаемой
фигурой в культурной среде.
Ключевые слова:
Бахтияр Серкеев, изобразительное искусство, выставка,
диплом, театр, фестиваль, молодежь, творчество, награда.
Annotation:
This article provides a detailed overview of the creative career of
Bakhtiyar Bazarbaiyevich Serkeyev in the field of visual arts. It highlights his
achievements on both national and international levels, participation in contests and
festivals, as well as the numerous awards and honorary diplomas he has received. His
contributions to stage design, personal exhibitions, involvement in scientific-practical
conferences, and art promotion among the youth are also discussed. Serkeyev’s dedication
and hard work have established him as a respected artist within the community.
Keywords
: Bakhtiyar Serkeyev, visual art, exhibition, diploma, theatre, art festival,
youth, creativity, award.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 77
Serikeyev Bakhtiyar Bazarbayevich – San’atga bag‘ishlangan hayoti davomida
san’at inson qalbining oynasi, tuyg‘ularning so‘zsiz ifodasi va abadiyat sari yo‘llangan
sadoqatligini bilardi. Aynan shu tuyg‘u Serikeyev Bakhtiyar Bazarbayevichni bolaligidan
o‘ziga jalb etdi, hayot yo‘lini san’at bilan bog‘lashiga sabab bo‘ldi. Serikeyev Bakhtiyar
Bazarbayevich, 1990-yil 30-iyunda Nukus shahrida dunyoga keldi. Bolaligidan san’atga
bo‘lgan qiziqishi yangi izlanishlarga ilhomlantirar, har bir chizgan suratlarida o‘z
dunyosini aks ettirishga intilardi. O’qishga va san’atga bo’lgan qiziqishlari maktab tamon
olib borardi. 1997-yilda 18-sonli umumta’lim maktabiga o‘qishga bordi. Maktab yillarida
rasm chizishga bo‘lgan qiziqishi va mehri yanada kuchaydi va bu muhabbat uni
Qoraqalpog‘iston Tasviriy va amaliy san’at litsey-internatiga yetakladi. Bu yerda san’at
sirlarini yanada chuqurroq o‘rganib, qobiliyatlarini rivojlantirdi . Ijodiy yo‘llarida ilk
qadamlari yuksak marralarga, olib bordi. U san’at shunchaki hunar emas, balki inson
qalbining eng nozik iplarini chertuvchi sehrli olamligni bilgan. O‘qish davomida ko‘plab
ijodiy tanlovlarda ishtirok etdi va yetakchi o‘rinlarni egallab, san’at olamida o‘z o‘rnini
mustahkamlash sari dadil qadam tashlardi. 2005-2006-yillarda O‘zbekiston Badiiy
akademiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan
ko‘rgazmalar saroyida Serikeyev Bakhtiyar shaxsiy ko‘rgazmasini o‘tkazdi. Shu vaqtda u
Bu men uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi’’’’deb o’z fikrini bildirgan. Bakhtiyar 2006-
yilda Nukus san’at kollejiga o‘qishga qabul qilinadi. Rassomchilik sohasida bilimlarimni
yanada chuqurlashtirish maqsadida 2013-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy
rassomlik va dizayn institutining Dastgohli rangtasvir yo‘nalishida tahsilni davom ettirdi.
Bu davr uning ijodida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Endi Bakhtiyar nafaqat mahalliy,
balki xalqaro ko‘rgazmalarning ham faol ishtirokchisiga aylangandi. 2010-2013-yillarda
Tasviriy san’at haftaligida qatnashib, turli yo‘nalishlarda sovrindor bo‘lidi. 2011-yilda
"Ekologiya va yoshlar" ko‘rgazmasida 1-o‘rin, "Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!"
tanlovida 2-o‘rinni egalladi. 2012-yilda "Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi"
Respublika fan olimpiadasida 3-o‘ringa sazovor bo’lidi. 2012-yilda BMT tomonidan
o‘tkazilgan "Tinchlik kuni" tanlovida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi. 2013-yilda
esa "Ustoz va shogird" tanlovining g‘olibi bo‘ldi va "MRDI Faxri – 2013" unvoniga
sazovor bo‘ldi. 2013-yilda institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, bilim va mahoratlarini
yanada oshirish maqsadida shu institutning magistratura bosqichiga o‘qishga kirdi
Magistratura davrida san’atning yanada chuqur qirralarini o‘rgana boshladi va ijodiy
faoliyatini yangi bosqichga ko‘taradi . Xalqaro sahnaga chiqib 2013-yilda Toshkent
shahrida o‘tkazilgan "Biyennale" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib “Mening dardim,
mening umidim” nomli Orol mavzusiga bag‘ishlangan to‘rt qismli kartinasi 2013-yilda
EKOSAN Ekologiya va Salomatlik Xalqaro Jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan “Ustoz
va shogird” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, diplom bilan taqdirlangandi. Ushbu
kartinalari orqali rassom Orol dengizining qaytishiga bo‘lgan umidni uyg‘otishga harakat
qilgan. Ushbu asarlar orqali u xalqimizning an’anaviy hayot tarzi, urf-odatlari va
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 78
quvonchli lahzalarini o‘ziga xos badiiy talqin orqali tasvirlagan. Xalqaro tan olinishi va
yutuqlari Baxtiyarning asarlari O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi
hududidagina emas, balki xorijiy mamlakatlarda ham san’at ixlosmandlarini hayratda
qoldirmoqda. Uning kartinalari quyidagi davlatlarning muzeylari va shaxsiy
kolleksiyalarida saqlanmoqda: Qozog‘iston – Ostona shahridagi Qozog‘iston davlat
muzeyi Rossiya Turkiya Ozarbayjon Ispaniya Janubiy Koreya Shri-Lanka Malayziya
Filippin asrlari q Uning ijodi san’atshunoslar tomonidan yuqori baholanib, qoraqalpoq
rangtasvir san’atiga yangicha ruh olib kirayotgan ijodkor sifatida e’tirof etilmoqda. 2014-
yil dekabr oyida "San’at" jurnali tashabbusi bilan Toshkent fotosuratlar uyida shaxsiy
ko‘rgazmalari tashkil etildi. 2015-yilda O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida bo‘lib
o‘tgan "Rangtasvir avtoportreti – 21x21" ko‘rgazmasida qatnashib,. shu yil Turkiyaning
Kalkan, Kach va Kekova shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etib,
ijodiy tajribalarini yanada boyitdi. 2015-yilda Moskva Xalqaro Tasviriy san’at salonida
tashkil etilgan "Insoniyat va dunyo" ko‘rgazmasida ishtirok etdi 2015-2017-yillar
davomida ijodiy faoliyatini rivojlantirish va san’atga bo‘lgan qarashlarini yanada
kengaytirish maqsadida Rossiya, Malayziya, Filippin, Tailand, Laos, Kambodja va Shri-
Lanka davlatlarining muzey va galereyalarida bo‘lib, o‘sha hududlardagi san’at
yo‘nalishlari bilan tanishdi. Hozirda eksperimental rangtasvir yo‘nalishida izlanishlar olib
borib, ijodiy faoliyatlarni yangi bosqichga ko‘tarish ustida ishlamoqda. San’at doimiy
izlanish va yuksalish talab etadigan soha bo‘lib, men har doim yangi g‘oyalar, yangicha
uslublarni sinab ko‘rishga intilaman deya Bakhtiyar o’z fikirlarni har doim bayon qilib
kelgan. Bugungi ijodiy faoliyati 2017-yil sentyabr oyidan boshlab Berdaq nomidagi
Qoraqalpoq Davlat akademik musiqali teatrida rassom sifatida ish boshladi . Shu yilning
noyabr oyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi
bo‘limida Bosh ilmiy kotib lavozimida ish boshlashgan Shuningdek, peyzaj, natyurmort
va portret janrlarida ham o‘ziga xos uslubini shakllantirgan. Har bir kartina tomoshabinni
o‘yga toldiradigan chuqur ma’noga ega bo‘lib, ranglar uyg‘unligi va ifoda uslubi bilan
ajralib turadi. Baxtiyar bugungi kunga qadar 100 dan ortiq asar yaratib, uning kartinalari
san’at ixlosmandlari va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanib kelmoqda. San’atga
bo‘lgan fidoyiligi, ijodiy izlanishlari va yangicha yondashuvi bilan milliy rangtasvir
san’atini rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. U kelajakda ham san’at
olamida yorqin iz qoldirishga intilib, yangi asarlar yaratishda davom etmoqda.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ “POPURRI” SHÍǴARMASÍNÍŃ
ÓZGESHELIGI //Вестник музыки и искусства. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 52-57.
2. Kamalova, . G., & Dauletbaeva , G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN
ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. Вестник музыки и искусства, 1(4), 89–
94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 79
3. Dauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR //Modern Science and Research.
– 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 880-884.
4. Kamalova G. JAMIL CHARSHEMOVTÍŃ “POPURRI” SHÍǴARMASÍNÍŃ
ÓZGESHELIGI //Вестник музыки и искусства. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 52-57.
5. Kamalova, . G., & Dauletbaeva , G. (2024). DUWTAR SAZ ÁSBABÍN
ZAMANAGÓYLESTIRIWDIŃ ÁHMIYETI. Вестник музыки и искусства, 1(4), 89–
94. извлечено от https://science.uzdknf.uz/index.php/science/article/view/231
6. Kamalova G. QÁLEMI ÓTKIR KOMPOZITOR (D. Djańabaeva dóretiwshilik
jolı) //Вестник музыки и искусства. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 37-39.
7. Kamalova G.M. Kompozitor Dariko Djanabaeva Nókis, “Ilimpaz”. 2023.¬¬ 86-
betDauletbaeva G., Kamalova G. A SHINING STAR //Modern Science and Research. –
2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 880-884.