Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 12
TASVIRIY SAN’ATDA ESTETIKA VA GO‘ZALLIK TUSHUNCHASI
Guliston Davlat unversiteti
San’atshunoslik fakulteti o‘qituvchisi
Karshiboyeva Dilafruz
Rangtasvir yo‘nalishi 2- bosqich talabasi
Boqiyeva Tahmina
Annotatsiya:
Tasviriy san’atda estetika va go‘zallik tushunchalari inson tafakkuri
va hissiyotlarini aks ettirishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Estetika, san’atni
baholash va tushunish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, go‘zallik me’yorlari zamon va
madaniyatga qarab o‘zgarib boradi. Ushbu maqolada tasviriy san’atda estetik tamoyillar,
go‘zallikning subyektiv va obyektiv talqinlari, shuningdek, klassik va zamonaviy san’at
yo‘nalishlaridagi go‘zallik konsepsiyalari tahlil qilinadi. San’atda uyg‘unlik, ranglar
balansini yaratish va kompozitsion tuzilish yordamida vizual estetikani shakllantirish
usullari muhokama etiladi. Bundan tashqari, san’atning falsafiy jihatlari ham ko‘rib
chiqilib, insonning go‘zallikni idrok etish jarayoni haqida fikr yuritiladi.
Аннотация:
Эстетика и понятие красоты в изобразительном искусстве являются
важными элементами художественного выражения человеческого восприятия и
эмоций. Эстетика играет ключевую роль в оценке искусства, а представления о
красоте меняются в зависимости от эпохи и культуры. В данной статье
рассматриваются эстетические принципы в живописи, субъективные и объективные
интерпретации красоты, а также концепции красоты в классическом и современном
искусстве. Обсуждаются методы создания визуальной эстетики через гармонию,
баланс цветов и композиционные решения. Кроме того, исследуются философские
аспекты искусства и восприятие красоты человеком, позволяя глубже понять его
эстетическое восприятие.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 13
Abstract:
Aesthetics and the concept of beauty in visual arts are fundamental
elements of artistic expression, reflecting human perception and emotions. Aesthetics play
a crucial role in evaluating art, and the standards of beauty evolve depending on historical
periods and cultural influences. This article examines aesthetic principles in painting,
subjective and objective interpretations of beauty, and beauty concepts in classical and
contemporary art. It discusses methods of achieving visual aesthetics through harmony,
color balance, and compositional structuring. Furthermore, philosophical aspects of art and
the human perception of beauty are explored, providing deeper insight into aesthetic
appreciation.
Kalit so‘zlar:
tajriba, rivojlanish, matematika, dasturlash, san’at, biznes,
tilshunoslik, tarix, ekologiya, texnologiya, muhandislik, kreativlik, tahlil, dizayn, ilm-fan,
innovatsiya, algoritmlar, strategiya, psixologiya, marketинг, iqtisod, lingvistika
Ключевые слова:
опыт, развитие, математика, программирование, искусство,
бизнес, лингвистика, история, экология, технологии, инженерия, креативность,
анализ, дизайн, наука, инновация, алгоритмы, стратегия, психология, маркетинг,
экономика
Keywords:
experience, development, mathematics, programming, art, business,
linguistics, history, ecology, technology, engineering, creativity, analysis, design, science,
innovation, algorithms, strategy, psychology, marketing, economics
“Estetika” (yunon. aisthetikos – his qilinadigan) iborasi dastlab olmon faylasufi
Aleksandr Baumgarten (u G‘arbiy Evropa falsafiy tafakkurida muhim o‘rin tutgan Volf
maktabi namoyondasi hisoblanadi)ning “Estetika («Aesthetica»)” nomli ikki tomlik asari
(1750-1758- y.y.)da muomalaga kiritilgan. Baumgarten estetikani bilishning yuksak
darajasi hisoblangan mantiqdan farqli o‘laroq, hissiy bilishning quyi darajasidagi fan
sohasiga tegishli deydi. Uning fikricha, mantiqiy mushohada aniq tasavvurlarga, estetik
mushohada esa noaniq va mavhum tasavvurlarga asoslanadi. Buning birinchisi – aql
muhokamasiga, ikkinchisi – did muhokamasiga tegishlidir. Biroq, insonning universum
bilan munosabati avval estetik mushohada orqali ro‘y beradi, so‘ngra mantiqiy mushohada
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 14
orqali amalga oshadi. Shunga ko‘ra, estetikaning predmeti – go‘zallik, mantiqniki –
haqiqatdir. Baumgartenning estetikaga kiritgan ushbu nazariyasi keyinchalik san’at
falsafasiga nisbatan keng qo‘llanildi. Bu nazariya Immanuil Kant, Fridrix Gegel va boshqa
faylasuflar tomonidan rivojlantirildi, hatto fanning predmetini aniqlashda go‘zallik
masalasi bilan boshlangan mulohazalar to g‘oyalar olamining falsafiy mohiyatiga tegishli
mulohazalar bilan bog‘lanib ketdi. Shuning uchun ham ko‘pchilik nazarida Baumgarten
“estetikaning asoschisi” sifatida tilga olinadi. Ammo, nemis faylasufi Teodor Lipps
estetikani mohiyatan “nemislarga xos fan” ekanligini ta’kidlagani holda Germaniyada
estetikaning asoschilari sifatida 4 nafar faylasuf - Gotxold Efraim Lessing, Iogann Gotfrid
Gerder, Immanuil Kant, Fridrix SHillerni ko‘rsatib o‘tadi. U Immanuil Kant “estetikaning
asoschisi” sifatida birinchi bo‘lib estetik qadriyatlarni shakllanadigan va rivojlanadigan
“hudud”ning chegarasini belgilab berdi. Shundan keyingina estetika masalalari Kantning
idealistik falsafasi bilan birlashdi va rivojlandi, - degan xulosaga keladi.Shuni alohida
ta’kidlash zarurki, “Estetika fan emas, uning mazmuni fanning ilmiy talablariga javob
bermaydi”, - degan fikrlar estetikaning mohiyatini tushunmaslik natijasida kelib chiqqan
fikrlardir. Odatda, fan - dunyo haqidagi obektiv bilimlar tizimi; uni ma’lum maqsadlar
yo‘lida o‘zgartirishga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy
ong shakli hisoblanadi. Estetika ham fan sifatida o‘zining qonuniyatiga, kategoriyalariga
va tushunchalar tizimiga ega. Biroq, “Estetika – go‘zallik haqidagi fan” deyish asl
mohiyatni anglatmaydi. Aksincha, estetika keng qamrovli fan sifatida: a) u yoki bu
voqelikka daxldor go‘zallik tuyg‘ularining mohiyatini bilishga intiladigan hodisalar
majmui; b) borliqni hissiy idrok etishga asoslangan ong shakli; v) haqiqatni anglash va his
qilish, qadriyatlarni bilish va tahlil etishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Estetika
ilmiy-nazariy masalalar va fan talablari doirasidan tashqarida qo‘llanilganda ko‘plab
ma’nolarni anglatishiga sabab ham ana shunda. Qolaversa, boshqa fanlar kabi estetika ham
odamlarga umumiy zaruriyat yuzasidan kundalik faoliyatda kerak bo‘ladigan narsa-
hodisalarni (chiroyli bo‘lish, orasta kiyinish, ozoda yurish, nafis harakat qilish kabi
masalalar bilan estetikaning muayyan sohasi shug‘ullanadi) emas, balki estetika fan
sifatida estetik tarbiyani takomillashtirish, badiiy tafakkurni rivojlantirish, odam tuyg‘usini
tarbiyalash,
uning
did,fahm-farosatini
yuksaltirishga
qaratilgan
fundamental
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 15
masalalarning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish va yechimini topishga e’tibor beradi.
Zero, estetikaning mavjudlik shartini nafosatshunos O.A.Krivsun ”Qayerdaki inson
tafakkuri va tabiat hodisasi tufayli yaratilgan predmetlar olamini his etish yoki undan
zavqlanish tuyg‘usi sodir bo‘lar ekan o‘sha erda “estetik jarayon”, “estetik hodisa” ro‘y
beradi” – deb izohlaydi. Shu ma’noda, qayerdaki, yashashga ishonch, yashash umidi,
yashashdan maqsad yoki voqelikni hissiy idrok etishga, tabiat hodisalarini anglashga
ehtiyoj
sezilsa,
o‘sha
yerda
estetika
mavjuddir,
desak
noto‘g‘ri
bo‘lmaydi.Estetika predmeti, obyekti va tadqiqot doirasiga ega fan. Ma’lumki, barcha
fanlar o‘z predmetiga ega bo‘lib, olamning mohiyatini bilish, borliqning mazmunini
tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan o‘z predmetini belgilaydi. Olaylik,
salomatlik tibbiyotning maqsadi bo‘lsa, uning predmeti - inson salomatligini asrash,
mustahkamlash, himoya qiluvchi vositalar, hodisalar, omillar hisoblanadi. Biroq,
estetikaning predmetini tibbiyotnikidek bir so‘z bilan ifodalash qiyin. Mohiyatan insonni
paydo bo‘lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha qadriyatlar
estetikaning predmeti bo‘la oladi. Jumladan, tabiat va uning estetik xususiyatlari, san’at va
uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning
rivojlanish prinsiplari estetikaning predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Chunonchi, Immanuil
Kantning nazarida estetikaning predmeti – bu san’atdagi go‘zallik bo‘lib, u estetik
muhokama qobiliyatini tanqid sifatida namoyon bo‘ladi. Fridrix Gegel esa estetikaning
predmetini umuman san’at, xususan tasviriy san’at bilan cheklab qo‘yadi. Shu ma’noda
estetikaning predmeti – olam va uning umuminsoniy ahamiyatiga ko‘ra o‘rganiladigan
estetik hodisalar hisoblanadi. Biroq, estetikaning predmeti estetik tajribaning inson va
jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama tadqiq etishni, shuningdek,
insonning biroz bo‘lsa-da o‘zining ma’naviy olamga tegishli ekanligini, global ijtimoiy-
utilitar tobelikdan halos bo‘lish yo‘llarini anglashni, shaxsiy erkinligi va mutloq va uyg‘un
to‘laqonli hayotning bir qismi ekanligini his qilishga qaratilgan masalalar bilan
belgilanadi.Estetika fan sifatida ilmiy, ma’rifiy, badiiy taraqqiyotning o‘ziga xos
muammolari doirasida bahs yuritadi, tahlil qiladi, o‘rganadi va o‘rgatadi.Go‘zallik – bu
ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, uni idrok qilishda subyektiv va obyektiv jihatlar o‘zaro
bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ayrim falsafiy oqimlar go‘zallikni universal mezonlarga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 16
asoslangan obyektiv hodisa deb bilsa, boshqalari uni har bir insonning shaxsiy tajribasi va
his-tuyg‘ulariga bog‘liq subyektiv tushuncha sifatida ko‘radi. Go‘zallikning obyektiv
aspektlari ko‘pincha tabiatda va san’atda kuzatiladigan mutanosiblik, uyg‘unlik va maxsus
estetik qonuniyatlarga asoslanadi.Bu qonunlar: matematik proporsiyalar (oltin kesish
nisbati, simmetriya va geometriya tamoyillari tabiatda ham, san’atda ham uyg‘unlikni
ta’minlovchi obyektiv mezonlardir),tabiiy go‘zallik (peyzaj, hayvonlar, gullar va inson
qiyofasi kabi ob’ektlar ko‘pincha universal estetik mezonlarga mos keladi)dir. San’atda
klassik go‘zallik – Antik san’at va Uyg‘onish davri san’at asarlari mukammal anatomiya
va nisbatlarga asoslangan bo‘lib, obyektiv go‘zallik mezonlarini namoyon etadi.
Go‘zallikning subyektiv aspektlari har bir insonning individual tajribasi, madaniyati va
hissiy idroki bilan bog‘liq. Madaniy farqlar – Har bir jamiyatda go‘zallik standartlari o‘ziga
xosdir. Masalan, Sharq va G‘arb san’atida go‘zallik tasavvurlari turlicha bo‘lishi mumkin.
Hissiy idrok go‘zallikni har bir inson o‘z shaxsiy hissiyotlari orqali baholaydi. Bir kishi
uchun estetik jihatdan jozibador bo‘lgan narsa boshqasi uchun oddiy yoki yoqimsiz
bo‘lishi mumkin. San’atda eksperimentallik zamonaviy san’atda an’anaviy go‘zallik
tushunchalaridan voz kechib, hissiy va subyektiv tajribalarga asoslangan san’at asarlari
yaratish keng tarqalgan.
Tasviriy sanʼat – rangtasvir, haykaltaroshlik va grafikani birlashtirgan nafis
sanʼat turi.Voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali
obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borliqni
obyektiv mavjud sifatlari – hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va
nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari hissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy
konkretliligidan illuziomizmga oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin
boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji,
uning u yoki bu qismi (fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib,
dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning
ruhiy qiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik
va emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining
mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks
ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning gʻoyaviy mohiyati, siyosiy,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 17
falsafiy, estetik va etik gʻoyalari ham tasviriy sanʼatning mazmuniga aylanadi. Tasviriy
sanʼat obrazlarining koʻrgazmaliligi rassomga hayotning muayyan hodisasiga oʻz
munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli hayotni bilishning
faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, maʼlum tizimning ommaviy ongini qaror
topishida muhim rol oʻynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy ongni
shakllantiradi hamda xalq orzu-umidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat
kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumgʻoyaviy kurashlarning bir boʻlagi sifatida
namoyon boʻladi.Insoniyatning mehnat faoliyati, eʼtiqodlari, diniy qarashlari zaminida
tasviriy sanʼat paydo boʻlgan va rivojlangan. Qadimgi tosh asrining ilk bosqichidayoq
inson oʻz ehtiyoji uchun zarur boʻlgan buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash
jarayonida qulaylik, maqsadga muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm,simmetriya hissi
ortdi. Marhumlar bilan vidolashuv, dafn marosimlarida marxumlar qabriga turli buyumlar
qoʻyish odatlarida tasviriy sanʼatning fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam
tushuncha va tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh,suyak keyinchalik sopoldan ishlangan
turli shakl va haykallarda, qoyatoshlarga, gʻor devorlariga chizilgan, rangda ishlangan
rasmlarda ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo, borliq haqidagi oʻy-xayollari, oʻzga
dunyo toʻgʻrisidagi tasavvurlari mujassamlashgan.Ijtimoiy jamoa tuzumining inqirozi
hamda mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralishi
tasviriy sanʼat rivojida muhim oʻrinni egallaydi. Tasviriy sanʼat inson faoliyatining
maʼlum sohasiga aylanib davr ruhiyati, uning siyosiy, maʼnaviy va nihoyat estetik
qarashlarini aks ettiruvchi manbaga aylandi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida,
jumladan Qadmgi Misrda tasviriy sanʼat insonning dunyo, borliq toʻgʻrisidagi tushuncha
va tasavvurlarini, xudolar darajasiga koʻtarilgan fir’avnlarni ulugʻlash quroliga
aylandi. Yunonistonda tasviriy sanʼat jamiyatning erkin fuqarosiga qaratilgan va
antik mifologiyaning gʻoyalarini plastik moddiylashtirilgan koʻrinishida kamol
topdi, Qadimgi Rim realizmida murakkab inson jismi namoyon boʻldi.Insoniyat
sivilizatsiyasining muhim oʻchoqlaridan hisoblangan O‘rta Osiyo, uning ajralmas
qismi O‘zbekiston hududida ham tasviriy sanʼat ijtimoiy hayotda muhim oʻrin egallab,
davr hamda inson tafakkuridagi nozik oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi. Zarautsoy
rasmlari, Xorazm,So‘g‘d,Baqtriya mahobatli
haykal
va
rangtasvirlari
shuning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 18
dalilidir.Oʻrta asrlar tasviriy sanʼati uslub jihatidan rang-barang, turlari keng va xilma-xil,
bu
davrda
mahobatli
haykaltaroshlikning
nodir
namunalari
yuzaga
keldi. Hindiston,Indoneziya, HindiXitoy oʻlkalarida betakror haykaltaroshlik asarlari
yaratildi. Oʻrta Sharq mamlakatlarida miniaturaning oʻziga xos turi yaratilgan boʻlsa, Oʻrta
asr Yevropaning madaniyatida haykaltaroshlik va rassomlik diniy eʼtiqod va
dunyoqarashlar zaminida oʻziga xos yoʻnalish va mazmun kashf etdi, ikona sanʼati ravnaq
topdi.Roman uslubi va gotika barpo etilgan meʼmoriy obidalarda sanʼatlar sintezining
ajoyib namunalari yaratildi.
Xulosa
: Estetika va tasviriy san’at bir-birini to‘ldiruvchi tushunchalar bo‘lib, inson
idrokini, hissiyotini va tafakkurini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. San’at faqat
go‘zallikni ifodalash vositasi emas, balki jamiyatning madaniy va falsafiy qadriyatlarini
aks ettiruvchi muhim element hamdir.Estetika san’atning vizual va ma’naviy jihatlarini
anglashga yordam beradi. U nafaqat san’atni baholash mezonlarini belgilaydi, balki
tomoshabinning ichki idrokini shakllantiruvchi omil sifatida ham xizmat qiladi. Go‘zallik
tushunchasi har bir madaniyatda turlicha talqin etiladi, shu sababli san’atda estetikaning
roli doimiy ravishda rivojlanib boradi. Tasviriy san’at
tarix davomida turli shakllarda
namoyon bo‘lib, jamiyatning estetik tamoyillarini belgilab kelgan. Antik davrda ideal
go‘zallik tamoyillari hukmron bo‘lsa, zamonaviy san’atda subyektiv ekspressiya va hissiy
yondashuv muhim ahamiyat kasb etmoqda. San’atning vizual ta’siri inson ruhiyatiga,
madaniy qadriyatlariga va individual idrokiga ta’sir ko‘rsatadi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.[HVT
da
badiiy
adabiyot,
kino,
teatr
va
tasviriy
san’atni
ahamiyati](https://mbaza.uz/anywork/hvt-da-badiiy-adabiyot-kino-teatr-va-tasviriy-
sanatni-ahamiyati/)
2.[San’at - Vikipediya](https://uz.wikipedia.org/wiki/San%CA%BCat)
3. Лосев А. Ф. – "Эстетика и искусство"
4. Бахтин М. М. – "Эстетика словесного творчества"
5. Каган М. С. – "Эстетика как философская наука"
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 3 –to’plam May 2025
Sahifa: 19
6. John Dewey – *Art as Experience*
7.Clive Bell – *Art*
8.Nelson Goodman – *Languages of Art*
9.
Bohodirovna, K. D. (2024). TASVIRIY SAN'ATDA O'ZBEK MILLIY
O'YINLARI KOMPOZITSIYASINING YORITILISHI VA UNING TARBIYAVIY
AHAMIYATI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL
RESEARCH, 7(12), 34-37.
10.
Bohodirovna, K. D. (2024). TASVIRIY SAN’AT VA FALSAFA
O‘RTASIDAGI
O‘ZARO
BOG’LIQLIK
HAMDA
ULARDAGI
ESTETIK
TUSHUNCHALARNING INSONIYAT MADANIYATIGA TA’SIRI. Научный
Фокус, 2(19), 356-358.
11
. Boxodirovna, K. D. (2025). KOMPOZITSIYANING O‘ZIGA XOS
QONUNIYATLARI VA ULARNING AHAMIYATI. MASTERS, 3(2), 137-141.
12
. Boxodirovna, K. D., & Bunyodovna, B. T. (2025). PUANTILIZM VA
ABSTRAKTSIYA USLUBLARIDA" BAHOR IFORI" MAVZUSI. MASTERS, 3(2),
142-146.
13.
Boxodirovna, K. D. (2025). TASVIRIY SAN'ATDA INSON QIYOFASIDAN
СHIZGILARNI BAJARISH. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE
EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 4(43), 144-148.
14.
Boxodirovna, K. D. (2025). KOMPOZITSIYA FANINI O‘QITISHDAGI
INNOVATSION USULLARINING AHAMIYATI. YOSH OLIMLAR, MAGISTR VA
IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY FAOLIYATINI OSHIRISHDA ULARGA
QARATILGAN KREATIV G‘OYALAR, YECHIM VA TAKLIFLAR, 3(26), 35-39.